Fargʻona viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-26-son)
24.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Fargʻona viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish, ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda yuqori malakali hamda xalqaro talablarga mos professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga koʻtarish, oliy taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qoplash maqsadida:
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Fargʻona viloyati hokimligining:
Fargʻona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali negizida Fargʻona davlat texnika universitetini;
Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filiali negizida Qoʻqon davlat universitetini;
Fargʻona davlat universitetini unga Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filialini qoʻshib yuborish yoʻli bilan qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
a) uch oy muddatda:
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universitetining boshqaruv kadrlari lavozimlariga oliy taʼlim tashkilotlarida yuqori natijalar koʻrsatgan, uzoq yillik ish tajribasiga ega, xorijiy tillarni biladigan, nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olgan yoki malaka oshirgan mutaxassislarni jalb etsin;
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universiteti professor-oʻqituvchilari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash tizimini ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda joriy etsin;
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universitetida talabalarga oʻqish davomida vujudga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar yuzasidan barcha zarur xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatish maqsadida Registrator ofisini tashkil etsin;
b) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
malaka talablari va oʻquv dasturlarini ish beruvchilarning takliflari hamda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturlari asosida ishlab chiqsin va oʻquv jarayoniga joriy etsin;
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universitetida bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda oʻqitiladigan alohida guruhlarni tashkil etsin;
oʻzaro kelishuvlar asosida respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlari hamda yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari bilan akademik mobillikni yoʻlga qoʻysin;
mustaqil taʼlim va tanlov fanlarini kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida oʻquv rejalariga kiritib borsin;
ish beruvchi korxona va tashkilotlarning real muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish va talabalarning bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalarini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish choralarini koʻrsin;
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universiteti professor-oʻqituvchilari va doktorantlarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga stajirovka va malaka oshirishga yuborsin;
Fargʻona davlat texnika universiteti professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari hamda talabalari tomonidan amalga oshirilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar natijalarini tijoratlashtirish hamda sotish maqsadida “spin-off” korxonalarini tashkil etsin.
3. Quyidagilar:
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti, Fargʻona davlat universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Fargʻona viloyati hokimligi:
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universiteti professor-oʻqituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashgʻulotlar olib borishi, talabalarning malakaviy amaliyot oʻtashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida soha korxonalarida mutaxassislik kafedralari filiallarini tashkil etsin;
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universitetining talabalarini amaliyot oʻtash uchun hududdagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalari, taʼlim va boshqa tashkilotlarga biriktirish hamda yuqori kurs talabalarini haq toʻlanadigan amaliyotga jalb qilish choralarini koʻrsin;
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarni Fargʻona davlat texnika universitetiga sanoat hamkori sifatida biriktirsin hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Fargʻona viloyati hokimligi bilan birga Fargʻona davlat texnika universitetida yuridik shaxs maqomisiz Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyatini tashkil etsin.
Belgilansinki:
Ilgʻor muhandislik maktabida taʼlim olish uchun akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalar tanlov asosida saralanadi va amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladi;
Ilgʻor muhandislik maktabi yoʻnalishiga mos sanoat hamkorlari belgilanib, ularning texnik va texnologik taraqqiyotini taʼminlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi;
Ilgʻor muhandislik maktabida amalga oshiriladigan amaliy va innovatsion loyihalarni sanoat hamkorlari va Innovatsion rivojlanish agentligi mablagʻlari hisobidan birgalikda moliyalashtirish tizimi joriy etiladi;
Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati Fargʻona davlat texnika universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Belgilansinki:
a) Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti va Fargʻona davlat universiteti:
davlat oliy taʼlim tashkilotlari hisoblanadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
ushbu qaror bilan faoliyati tugatilayotgan tegishli oliy taʼlim tashkilotlarining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorislari hisoblanadi;
b) ushbu qaror bilan faoliyati tugatilayotgan oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini yangidan tashkil etilgan tegishli universitetlarda davom ettiradi;
v) Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universiteti faoliyatini moliyalashtirish:
Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Sport vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida tasdiqlangan budjet parametrlariga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Fargʻona viloyati hokimi X.X. Bozarov belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-yanvar,
PQ-26-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-26-son qaroriga 1-ILOVA
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiBajarish muddatiMoliyalashtirish manbalariIjro uchun masʼullarI. Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti faoliyatini tashkil etish1.Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitetlar) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Universitetlar ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.2. Universitetlarning tashkiliy tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash.2025-yil mart-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligi, Universitetlar2.Universitetlar fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish.2025-yil mart-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Kadrlar buyurtmachilari talablariga mos tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish.2025-yil mart3. Kafedralarni zarur oʻquv-uslubiy va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlash.2025-yil aprel4. Kafedralarning professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil aprel3.Universitetlarni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar (pedagog xodimlar) bilan toʻldirish.1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni (pedagog xodimlarni) belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish.2025-yil mart-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar, Kambagʻallikni qisqartirishva bandlik vazirligi2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.2025-yil mart3. Fargʻona politexnika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali, Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filiali, Fargʻona davlat universiteti va Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filialining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan professor-oʻqituvchilar, ishchi va xizmatchilarni belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish.2025-yil aprel4.Talabalarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni “Yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida Universitetlarda Registrator ofisi faoliyati yoʻlga qoʻyilishini taʼminlash.1. Registrator ofisi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil martUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Registrator ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil aprelII. Universitetlarda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish5.Universitetlarda taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini joriy etish.1. Malaka talablari va fan dasturlarini shakllantirish maqsadida ish beruvchilar takliflari hamda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturlarini tahlil qilish.2025-yil iyul-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Ish beruvchilar takliflari va xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida taʼlim yoʻnalishlarining fanlar katalogini maqbullashtirish.2025-yil avgust6.Taʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.1. Taʼlim jarayonini innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish.2025/2026 oʻquv yilidanUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Taʼlim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion gʻoya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi taʼlim texnologiyalari bilan boyitish.2025-yil oktabr7.Talabalarda tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish.1. Mustaqil taʼlimni tashkil etish boʻyicha xorijiy pedagog xodimlar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etish.2025/2026 oʻquv yiliUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Talabalarning mustaqil taʼlim olishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish.2025/2026 oʻquv yili3. Oʻquv jarayoniga kasbiy kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish.2026/2027 oʻquv yili8.Nogironligi boʻlgan talabalarning ijtimoiy moslashuvi uchun sharoit yaratish va inklyuziv taʼlim gʻoyalarini targʻib qilish.1. Universitetlarda tahsil oluvchi nogironligi boʻlgan talabalar bilan ishlarni tizimli tashkil etish.2. Inklyuziv taʼlimni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari,homiylik xayriyalariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar9.Universitetlarning professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalari uchun xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.1. Nufuzli ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga ega kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish.2025-yil avgustUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari,grantlarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Elektron maʼlumotlar bazalariga obunani tashkil qilish hamda ulardan professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalar uchun bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.2025-yil sentabr10.Axborot-resurs markazi fondini yangi avlod adabiyotlari bilan boyitib borish.1. Taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislikka kiritilayotgan yangi fanlardan yetishmayotgan oʻquv adabiyotlari roʻyxatini shakllantirish.2025-yil oktabrUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Yaratilgan yangi adabiyotlar mualliflarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish va adabiyotlarni chop etish.2026-yil yanvar3. Darslik va oʻquv qoʻllanmalarni, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitetlarning xarajatlar smetasida muntazam mablagʻ ajratilishini nazarda tutish.2026-yil dekabr11.Hamkor tashkilotlarda Universitetlarning kadrlar tayyorlovchi kafedralari filiallarini tashkil etish.1. Tashkilot va korxonalarda Universitetlarning kadrlar tayyorlaydigan kafedralarining filiallarini tashkil etish.2025-yil dekabrUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar,hamkor tashkilotlar2. Kafedralar filiallarida mashgʻulotlar oʻtkazgan hamda malakaviy amaliyot ishlariga rahbarlik va maslahatchilik qilgan xodimlarga Universitetlar tomonidan soatbay ish haqi toʻlash tartibini joriy etish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab12.Universitetlarning 2 tadan taʼlim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.1. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish.2026-yil martUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Xalqaro taʼlim talablariga moslashtirilgan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.2026/2027 oʻquv yili13.Universitetlarda dars beradigan professor-oʻqituvchilarning respublika ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda yoʻnalishlari boʻyicha qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish.1. Professor-oʻqituvchilarni ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda qisqa muddatli stajirovka oʻtashini tashkil etish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil iyunUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda professor-oʻqituvchilarning stajirovka oʻtashlarini tashkil etish.2025 — 2027-yillar14.Universitetlarda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida TOP-1000 talik roʻyxatga kiruvchi xorijiy nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari va mutaxassislarining ulushini oshirish.1. Oʻquv va ilmiy jarayonga xorijiy professor va oʻqituvchilarni, shuningdek, oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlar jalb qilish boʻyicha yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining tajribasini oʻrganish.2025-2026-yillarXalqaro grantlar, Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. 2025-2026-yillar mobaynida Universitetlarga yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlaridan har yili eng kamida 10 nafardan yuqori malakali oʻqituvchi va mutaxassislarni maʼruzalar oʻqish, maxsus kurslar tashkil etish uchun jalb qilish.2025-2026-yillar15.Dunyoning yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni kengaytirish.1. Universitetlar professor-oʻqituvchilari va talabalarining yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ikki tomonlama almashuv dasturlari asosida malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini tashkil etish.2. Universitetlar professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalarining nufuzli xalqaro taʼlim, ilmiy-amaliy koʻrgazmalar, yarmarkalar hamda xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladigan forumlar, konferensiyalar va tadbirlarda ishtirokini taʼminlash.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabXalqaro grantlar, Universitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar16.Universitetlar professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish, jumladan, xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tajriba oshirishlarini tashkil etish.1 Universitetlar professor-oʻqituvchilarining 2025 — 2027-yillarda xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash rejasini ishlab chiqish.2025-yil aprelUniversitetlarning budjetdan tashqari va grant mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Har yili kamida 10 nafardan professor-oʻqituvchilarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.3. Professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy ilmiy markazlar va oliy taʼlim tashkilotlarida, shuningdek, korxonalarda stajirovkalar tashkil etish.2025 — 2027-yillar17.Universitetlarni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi TOP-1000 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritish boʻyicha tizimli va samarali ishlarni olib borish.1. Universitetlarning xalqaro reytingini oshirish maqsadida ularning faoliyatini tahlil qilish.2025-yil martUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Tahlil natijalariga qarab xalqaro eʼtirof etilgan agentliklar tomonidan eʼlon qilingan reytinglarida ishtirok etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijroga yoʻnaltirish.2025-yil may18.Universitetlar talabalarini bevosita ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish hamda ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish.1. Talabalar amaliyotini maqsadli tashkil etish uchun ularni asosiy ish beruvchi korxona va tashkilotlarga biriktirish.Har yili oktabr-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalar amaliyotini tarmoq (soha)ning muayyan tashkilotlari va korxonalarida kelishuv (shartnoma) asosida tizimli ravishda oʻtkazilishini taʼminlash.3. Talabalarning amaliyotni oʻtash davrida muayyan tashkilotlar va korxonalarda mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashishlariga koʻmaklashish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabIII. Universitetlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlash19.Universitetlar pedagog xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirish.1. Pedagog xodimlar uchun “Web of Science”, “Scopus” tizimlarida ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etib borish.2. Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish.3. “Xirsh” indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish.4. Universitetlarning ilmiy jurnallarini “Scopus”, “Web of Science” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga kiritish choralarini koʻrish.2025/2026 oʻquv yiliUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar,vazirligi,Universitetlar20.Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinash va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.1. Universitetlar kafedralarining ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlarini belgilash, ilmiy loyihalar koʻlamini kengaytirish va tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha shartnomalarni bajarishni tashkil etish.2. Fargʻona viloyatidagi korxonalarning muammolari boʻyicha mavzular bazasini shakllantirish va loyihalarni bajarish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabHududdagi tarmoq korxonalarining mablagʻlariUniversitetlar,Fargʻona viloyati hokimligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi21.Universitetlarning professor-oʻqituvchilari tomonidan “Scopus” va “Web of Science” xalqaro maʼlumotlar bazalariga kiritilgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, maqolalarga iqtiboslik koʻrsatkichlari salmogʻini oshirish.1. Professor-oʻqituvchilar ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishlari uchun seminar-treninglar tashkil etish, konsultatsiya va mahorat saboqlarini oʻtkazish.2025-yil sentabrUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini patentlashtirish ishlari salmogʻini oshirish, tajribali professor-oʻqituvchilar hamda soha mutaxassislari tomonidan ularga zarur maslahatlar berib borilishini taʼminlash.Doimiy22.Universitetlarning ilm-fan sohasidagi faoliyatini xalqaro miqyosda eʼtirof etilishini taʼminlash va hamkorlikni rivojlantirish.1. Universitetlarning professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilarini xalqaro tadqiqot dasturlarida ishtirok etish koʻlamini oshirish.2. Ilm-fanning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha fanlararo xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil etish.3. Hamkorlikda xalqaro ilmiy loyihalarni bajarish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Fargʻona viloyati hokimligi,Universitetlar23.Yoshlarni ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va innovatsion ishlarga faol jalb etish asosida “Startap” markazini tashkil qilish.1. Yoshlarni ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va innovatsion ishlarga faol jalb etish uchun “Startap” markazini tashkil qilish.2. Talabalarning eng yaxshi innovatsion loyiha va startaplarini ragʻbatlantirish.3. “Startap” loyihalarini moliyalashtirishga yetakchi ishlab chiqarish korxonalarini jalb etish.2025-yil sentabrUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar,homiylar mablagʻlariUniversitetlar,Fargʻona viloyati hokimligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi24.Qoʻqon davlat universitetida olib borilayotgan amaliy va innovatsion tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash orqali ularning natijadorligini oshirish, ilmiy ishlanmalar transferini samarali amalga oshirish.1. Amaliy va innovatsion tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolariga yoʻnaltirishni nazarda tutgan holda shakllantirish.2025-yil mayIlmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlarQoʻqon davlat universiteti,Fargʻona viloyati hokimligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan eʼlon qilinadigan loyihalarga tanlov eʼlon qilish maqsadida oʻrnatilgan tartibda ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun taklif (mavzu)lar berish hamda tanlovlarda ishtirok etish.2025-2026-yillar3. Xalqaro innovatsiya va texnologiyalar transferi markazini tashkil etish.2026-yil fevralIV. Universitetlarda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish25.Universitetlarda “Talabalar teatr studiyasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. “Talabalar teatr studiyasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.2025-yil oktabrUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. “Talabalar teatr studiyasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil noyabr26.Universitetlarda besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalarini tashkil etish uchun zarur xona, jihozlar ajratish.2025-yil oktabrUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil noyabr27.Talabalarning ichki tartib qoidalarga toʻliq rioya etishlarini taʼminlash maqsadida Universitetlarning “Odob-axloq kodeksi”ni ishlab chiqish.1. “Odob-ahloq kodeksi”ni ishlab chiqish.2025-yil sentabr-Universitetlar2. Barcha bosqichdagi talabalarni “Odob-ahloq kodeksi” bilan tanishtirish.3. “Odob-ahloq kodeksi”da belgilangan qoidalarga amal qilish yuzasidan Odob-ahloq komissiyasi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.2025-yil oktabr28.Universitetlarda “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini tashkil etish.1. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibi (Nizomi)ni ishlab chiqish.2025-yil oktabrUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibi asosida tanlovlarni yuqori saviyada oʻtkazish.2025-yil noyabr-dekabr29.Xalq eʼtirofi va el ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari bilan talabalar uchrashuvlarini tashkil etish.1. Xalq eʼtirofi va el ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari roʻyxatini shakllantirish.2025-yil oktabrUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq, seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, masofaviy tarzda ham tashkil qilish.Reja asosida30.Talabalarni jismoniy chiniqtirish va ularning sport sohasida oʻz qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish.1. Universitetlarda “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish hamda Universitetlarning ichki va viloyat oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasidagi musobaqalarini oʻtkazish.2. Jismoniy tarbiya va sportga doir tadbir va aksiyalarni tashkil etish.Har yili reja asosidaUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar,homiylar mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar31.Romanlar, hikoyalar va kinofilmlar orqali yoshlar ongida xalq qahramonlari haqida chuqur tasavvur uygʻotish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini keng yoʻlga qoʻyish.1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, jadid bobolarimiz, Ikkinchi jahon urushi davrida oʻz jonini fido qilgan qahramonlarning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan ijodiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish.2025-yil davomidaUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Talabalarning teatr va muzeylarga tashrifini tashkil etish.3. Talabalar uchun filmlar namoyishini tashkil etish.Reja asosidaV. Universitetlar faoliyatini raqamlashtirish va taʼlim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish32.Universitetlar kampusi va ulardagi bino-inshootlarning AKT infratuzilmasini takomillashtirish.1. Universitetlarning mavjud binolarida IT infratuzilma holatini xatlovdan oʻtkazish.2025-yil martUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Xatlov natijalariga koʻra talab etiladigan IT qurilmalarini xarid qilish.2025-yil iyun-iyul3. Universitetlar serverlarini uzluksiz zaxira elektr manbai bilan taʼminlash.2025-yil avgust33.Universitetlar faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qoʻllash.1. “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (HEMIS)”ni oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish.2025-yil aprelUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Axborot tizimiga Universitetlarning tuzilmasi, professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishini taʼminlash.2025-yil iyun34.Talabalarga onlayn usulda shartnomalar olish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish.1. Universitetlar uchun “Oliy taʼlim tizimida toʻlov xizmatlarini yagona hisob raqami orqali qabul qilish va taqsimlash hamda moliyaviy hisobotlarni yuritish (billing.edu.uz)” tizimini sozlash va alohida profil yaratish, maʼlumotlarni birlashtirish.2025-yil mart-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Talabalarga shartnomalarni onlayn taqdim etish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish.2025-yil aprel35.Universitetlarning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish.1. Universitetlarda mavjud kutubxona fondini xatlovdan oʻtkazish hamda raqamlashtirilishi lozim boʻlgan resurslar roʻyxatini shakllantirish.2025-yil martUniversitetlarning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitetlar2. Roʻyxat asosida resurslarni “Unilibrary” elektron kutubxona platformasiga kiritish.2025-yil iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-26-son qaroriga 2-ILOVA
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar
ROʻYXATI
T/rObyektning nomiManziliEgallagan maydoni,(m2)Balansda saqlovchiFargʻona davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlarROʻYXATI1.Bosh bino, galereya binosi, mexanika fakulteti binosi, kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti binosi, qurilish fakulteti binosi, ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti binosi, kimyo texnologiya fakulteti binosi, texnopark binosi, axborot-resurs markazi, majlislar zali, kutubxona, 1-sportzal, 2-sportzal, laboratoriya, oshxona binolari hamda yordamchi bino va inshootlarFargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 86-uy 138 865,0Fargʻona politexnika instituti2.Energetika fakulteti 2 va 3 qavatli oʻquv binolari, sportzal hamda yordamchi bino va inshootlarFargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 70-uy 26 673,03.Oʻquv binosi, laboratoriya binosi hamda yordamchi bino va inshootlarFargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 84-uy3788,94.1-talabalar turar joyiFargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 86/1-uy 3305,45.2-talabalar turar joyiFargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 86/2-uy1156,26.3-talabalar turar joyi Fargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 86/3-uy1156,27.4-talabalar turar joyiFargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 86/4-uy1156,28.5-talabalar turar joyiFargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 86/5-uy1156,29.1-oʻquv binosiFargʻona shahri Mustaqillik koʻchasi 185-uy50 458,4Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali10.2-oʻquv binosiFargʻona shahri Aeroport koʻchasi 17-uy15 059,311.Talabalar turar joyiFargʻona shahri S. Temur koʻchasi 69-uy1 874,3Qoʻqon davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlarROʻYXATI1.1-oʻquv binosi hamda yordamchi bino va inshootlarQoʻqon shahri Turon koʻchasi 30-uy1748,6Qoʻqon davlat pedagogika instituti2.3-oʻquv binosi, 1-talabalar turar joyi, 2-talabalar turar joyi, oshxona, mehmonxona, IT park hamda yordamchi bino va inshootlarQoʻqon shahri Turon koʻchasi 23-uy4796,63.4-oʻquv binosi, sportzal hamda yordamchi bino va inshootlarQoʻqon shahri Sarbon koʻchasi 66-uy2139,044.Sportzal, 1 qavatli oʻquv binosi hamda yordamchi bino va inshootlarQoʻqon shahri Istiqlol 1-tor koʻchasi 26-uy761,05.5-oʻquv binosi, axborot-resurs markazi hamda yordamchi bino va inshootlarQoʻqon shahri Qipchoqariq koʻchasi 98-uy1338,06.6-oʻquv binosi, sportzal, galereya hamda yordamchi bino va inshootlarQoʻqon shahri Movarounnahr koʻchasi 47-uy38297.8-oʻquv binosi, sportzal hamda yordamchi bino va inshootlarQoʻqon shahri Turon koʻchasi 5-uy2505,08.9-oʻquv binosi, 4-talabalar turar joyi hamda yordamchi bino va inshootlarQoʻqon shahri Yangi dehqon koʻchasi 2-uy62649.3-talabalar turar joyi hamda yordamchi bino va inshootlarQoʻqon shahri Darxon koʻchasi 18-uy2229,010.Maishiy xizmat koʻrsatish uyiQoʻqon shahri Turon koʻchasi 35a- uy75,011.Oʻquv binosi (4 qavatli), oʻquv binosi (axborot-resurs markazi), talabalar turar joyi, faollar zali, ustaxona, sportzal binolari hamda yordamchi bino va inshootlarQoʻqon shahri U. Nosir koʻchasi 4-uy7 887,2Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali12.Oʻquv binosi, talabalar turar joyi, sportzal, majlislar zali, ustaxona, oshxona binolari hamda yordamchi bino va inshootlarQoʻqon shahri Movarounnahr koʻchasi 2k-uy9 345,5Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filialiFargʻona davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlarROʻYXATI1.Oʻquv binosiFargʻona shahri Kimyogarlar koʻchasi 9-uy23 961,0Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filiali2.Sport majmuasiFargʻona shahri Margʻilon koʻchasi 1-uy44 858,0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-26-son qaroriga 3-ILOVA
Fargʻona davlat texnika universiteti, Qoʻqon davlat universiteti, Fargʻona davlat universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari
ROʻYXATI
T/rTaʼlim tashkiloti nomiQuvvatiFargʻona davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlariROʻYXATI I. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari1.Fargʻona davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyi (Fargʻona politexnika instituti akademik litseyi)4502.Fargʻona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali akademik litseyi)480II. Kasbiy taʼlim tashkilotlari3.Beshariq tuman 1-son politexnikumi9004.Buvayda tuman 2-son politexnikumi8255.Dangʻara tuman 1-son politexnikumi9006.Dangʻara tuman 2-son politexnikumi6507.Quvasoy shahar politexnikumi8008.Qoʻqon shahar 2-son politexnikumi5859.Margʻilon shahar 2-son politexnikumi90010.Margʻilon qurilish va kommunal xoʻjaligi texnikumi57011.Oltiariq sanoat va texnologiyalar texnikumi76512.Oltiariq tuman 2-son politexnikumi125013.Soʻx tuman politexnikumi67014.Toshloq xizmat koʻrsatish va servis texnikumi100015.Uchkoʻprik tuman 2-son politexnikumi61516.Fargʻona tuman xizmat koʻrsatish va servis texnikumi72017.Fargʻona tuman 1-son politexnikumi60018.Fargʻona sanoat va xizmat koʻrsatish texnikumi153019.Fargʻona shahar 1-son politexnikumi109020.Fargʻona shahar 3-son politexnikumi73521.Qoʻqon raqamli texnologiyalar texnikumi575Qoʻqon davlat universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlariROʻYXATII. Oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti1.Qoʻqon davlat universiteti akademik litseyi (Qoʻqon davlat pedagogika instituti akademik litseyi)540II. Kasbiy taʼlim tashkilotlari2.Oʻzbekiston tuman sanoat va servis texnikumi8253.Dangʻara tuman 3-son politexnikumi7654.Qoʻqon pedagogika texnikumi10005.Qoʻqon shahar 1-son politexnikumi4006.Bagʻdod agrotexnologiyalar texnikumi12007.Buvayda tuman 1-son politexnikumi7658.Yozyovon tuman 1-son politexnikumi6509.Qoʻshtepa tuman 1-son politexnikumi90010.Rishton tuman 1-son politexnikumi75011.Toshloq tuman 1-son politexnikumi72012.Oʻzbekiston tuman 1-son politexnikumi72013.Uchkoʻprik tuman 1-son politexnikumi105014.Fargʻona tuman 2-son politexnikumi61515.Furqat tuman politexnikumi1200Fargʻona davlat universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlariROʻYXATII. Oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti1.Fargʻona davlat universiteti akademik litseyi720II. Kasbiy taʼlim tashkilotlari2.Beshariq tuman 2-son politexnikumi7203.Quva tuman politexnikumi11124.Margʻilon shahar 1-son politexnikumi6005.Bagʻdod tuman politexnikumi6156.Yozyovon tuman 2-son politexnikumi8007.Qoʻshtepa tuman 2-son politexnikumi6158.Oltiariq tuman 1-son politexnikumi7909.Rishton tuman 2-son politexnikumi61510.Soʻx pedagogika texnikumi33011.Toshloq tuman 2-son politexnikumi90012.Oʻzbekiston tuman 2-son politexnikumi60013.Fargʻona shahar 2-son politexnikumi82514.Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan texnikum480
