Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-25-son)
24.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Qoraqalpogʻiston Respublikasida muhandislik sohalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida oʻzaro integratsiyani yoʻlga qoʻyish, oʻqitish usul va shakllarini takomillashtirish, taʼlim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali taʼlim sifatini hamda ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali negizida Nukus davlat texnika universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
taʼlim jarayoniga ilm-fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini qoʻllagan holda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
hudud uchun istiqbolli boʻlgan yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
zamonaviy oʻquv, ilmiy va IT laboratoriyalari bazasini yaratish, ushbu laboratoriyalarni ilgʻor texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini amalga oshirish;
amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalar samaradorligini oshirish hamda tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish;
ixtisoslik sohalari boʻyicha taʼlim, ilm-fan, ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish hamda taʼlim dasturlarining ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash;
hududdagi texnika yoʻnalishlarida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlaydigan kasbiy taʼlim tashkilotlarining uslubiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
soha tashkilotlarida talabalarning malakaviy amaliyotini va professor-oʻqituvchilarning stajirovkasini tashkil etish, shuningdek, mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
talabalarning har tomonlama yetuk kadrlar boʻlib yetishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, ularda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, taʼlim-tarbiya va amaliyot uygʻunligini samarali tashkil etish.
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
a) Universitetda Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyatini tashkil etsin.
Bunda:
Ilgʻor muhandislik maktabi yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi hamda unda taʼlim olish uchun akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalar tanlov asosida saralanadi va amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladi;
Ilgʻor muhandislik maktabi yoʻnalishiga mos sanoat hamkorlari belgilanib, ularning texnik va texnologik taraqqiyotini taʼminlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi;
Ilgʻor muhandislik maktabida sanoat hamkorlari tomonidan taqdim etilgan muammolar portfeli asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish yoʻlga qoʻyiladi;
Ilgʻor muhandislik maktabida amalga oshiriladigan amaliy va innovatsion loyihalarni sanoat hamkorlari va Innovatsion rivojlanish agentligi mablagʻlari hisobidan birgalikda moliyalashtirish tizimi joriy etiladi;
Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda:
yirik ishlab chiqarish korxonalarini Universitetning Ilgʻor muhandislik maktabiga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda samarali faoliyatini tizimli davom ettirish;
2025/2026 oʻquv yiliga qadar Universitetda tajriba-ishlab chiqarish (“spin-off”) korxonasini tashkil etish;
yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat yurituvchi chet ellik va (yoki) yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchisi boʻlgan mahalliy mutaxassislarni Universitetga shartnoma asosida jalb etish choralarini koʻrsin.
4. Universitetga quyidagi huquqlar berilsin:
xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturlari asosida oʻz taʼlim dasturlarini shakllantirish;
Universitet faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma asosida maslahat va ekspert-tahlil xizmatlari koʻrsatish hamda ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmat koʻrsatuvchi korxonalar tashkil etish;
taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayoniga chet ellik mutaxassislarni jalb qilish hamda ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik maosh hamda boshqa toʻlovlarni belgilash va toʻlash;
professor-oʻqituvchilarni oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari va “ustoz-shogird” tizimi boʻyicha bajargan ishlarining natijasi hamda talabalarning erishgan yutuqlari boʻyicha ragʻbatlantirib borish.
5. Quyidagilar:
Nukus davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Nukus davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Nukus davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan kasbiy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
a) 2025/2026 oʻquv yili boshlanguniga qadar kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlari hamda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida Universitetning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
b) tanlov fanlari va mustaqil taʼlimga Tebinbuloq kon-metallurgiya kombinatining takliflari asosida zamonaviy fanlarni doimiy kiritib borsin hamda talabalarning malakaviy amaliyotlari bevosita Tebinbuloq kon-metallurgiya kombinatida tashkil qilinishini taʼminlasin;
v) Universitetda Taʼlim xizmatlari markazini tashkil etib, talabalarga oʻqish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar boʻyicha barcha zarur xizmatlarning “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻysin;
g) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Universitetda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, atrof-muhit muhandisligi, kimyo muhandisligi, elektr muhandisligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, texnologik mashinalar va jihozlar yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash salmogʻini oshirish choralarini koʻrsin;
Energetika muhandisligi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilarga “Muqobil va qayta tiklanuvchi energetika” kvalifikatsiyasini berishni hamda oʻquv rejasining tanlov fanlari qismiga “Atrof-muhit muhofazasi” va “Yashil energetika va ekologik komplayens” fanlari kiritilishini taʼminlasin;
Universitet talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichini va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimini joriy etsin;
Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumida muhandislik sohalaridagi kasblar (mutaxassisliklar) boʻyicha kasbiy taʼlim dasturlarida toʻliq davlat granti asosida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashni yoʻlga qoʻysin;
Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumiga muhandislik sohalarida dual taʼlim shaklida oʻquvchilarni qabul qilishni ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
b) Universitet faoliyati tugatilayotgan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
v) Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi va bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi;
g) Universitet faoliyatini moliyalashtirish:
Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida tasdiqlangan budjet parametrlariga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-yanvar,
PQ-25-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-25-son qaroriga 1-ILOVA
Nukus davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiBajarish muddatiMoliyalashtirish manbalariIjro uchun masʼullarI. Nukus davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish1.Nukus davlat texnika universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) faoliyatini tashkil etish.1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.2. Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.3. Universitetning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.2025-yil mart-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligi,Universitet2.Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali faoliyatini tugatish hamda ularning asosiy aktivlarini xatlovdan oʻtkazib, Universitet balansiga oʻtkazish.1. Asosiy aktivlarni xatlovdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish.2025-yil mart-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,Kadastr agentligi2. Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarining asosiy aktivlarini xatlovdan oʻtkazish va Institut balansiga topshirish.2025-yil aprel3.Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish.2025-yil fevral-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Kadrlar buyurtmachilari talablariga mos tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish.2025-yil mart3. Kafedralarni zarur oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlash.2025-yil aprel4.Universitetga tajribali va yuqori malakali mutaxassis va pedagog xodimlarni jalb qilish.1. Mutaxassis va pedagog xodimlarni ochiq tanlov asosida saralab olish hamda ular bilan qonunchilik talablari asosida mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.2025-yil mart-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Universitet2. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan professor-oʻqituvchilar, ishchi va xizmatchi xodimlarni belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish.2025-yil davomida5.Nukus shahar 1-son politexnikumini Nukus shahri Nukus-Toʻrtkoʻl avtomagistrali shohkoʻchasi, 181-uy manzilidagi bino va inshootlarga joylashtirish.Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik institutining Nukus shahri Nukus-Toʻrtkoʻl avtomagistrali shohkoʻchasi 181-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarini Nukus shahar 1-son politexnikumiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish.2025-yil aprel-Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiII. Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish6.Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini joriy etish.1. Zamonaviy malaka talablari va fan dasturlarini ishlab chiqish maqsadida ish beruvchilarning takliflari hamda 300 talik roʻyxatga kirgan universitetlar dasturlarini tahlil qilish.2025-yil aprel — may-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Ish beruvchilarning takliflari va 300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha fanlar katalogini optimallashtirish.2025-yil iyul7.Axborot-resurs markazi fondini yangi avlod adabiyotlari bilan boyitib borish.1. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligiga kiritilayotgan yangi fanlardan yetishmayotgan oʻquv adabiyotlari roʻyxatini shakllantirish.2025-yil mayUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Yaratilgan yangi adabiyotlar mualliflarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish va adabiyotlarni chop etish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab8.Talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida amaliy va sayyor mashgʻulotlar tashkil etish.1. Talabalarning amaliyotini hududdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish.2. Talabalar amaliyotini samarali tashkil etish va doimiy monitoringini olib borish.DoimiyUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet9.Universitetning taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.1. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish.2025-yil mayUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Xorijiy ekspertlar ishtirokida taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha tegishli taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim talablariga moslashtirish.2025-yil iyul3. Xalqaro taʼlim talablariga moslashtirilgan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.2026-yil dekabr10.Universitet professor-oʻqituvchilari va doktorantlarini xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuborish.1. Universitet professor-oʻqituvchilarining 2025 — 2027-yillarda xorijda ilmiy stajirovka, malaka oshirish rejasini ishlab chiqish.2025-yil aprelUniversitetning budjetdan tashqari va grant mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,Universitet2. Har yili kamida 5 nafar professor-oʻqituvchi va doktorantlarni xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuborish.2025 — 2027-yillar11.Oʻquv jarayoniga chet eldan professor-oʻqituvchilar hamda soha mutaxassislarini jalb qilish.1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayoniga jalb qilish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabUniversitetning budjetdan tashqari va grant mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bitiruvchisi boʻlgan va (yoki) faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni oʻquv jarayonlariga jalb etish.2025 — 2027-yillarda12.Universitet professor-oʻqituvchilarining soha yoʻnalishi boʻyicha respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtashini tashkil etish.1. Soha yoʻnalishi boʻyicha respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida professor-oʻqituvchilarning stajirovka oʻtashini tashkil etish boʻyicha dastur ishlab chiqish.2025-yil oktabrUniversitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Professor-oʻqituvchilarning har yili kamida bir marta ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtashini tashkil etish.2025 — 2027-yillarda13.Universitet talabalarini bevosita ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish hamda ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish.1. Talabalarning amaliyotlarini maqsadli tashkil etish uchun ularni asosiy ish beruvchi korxona va tashkilotlarga biriktirish.Har yili oktabr-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Talabalarning amaliyot oʻtash davrida muayyan tashkilot va korxonalarda mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashishlariga koʻmaklashish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab14.Universitetni nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritishga tayyorlash.1. Universitetni nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritish boʻyicha besh yillik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.2025-yil sentabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Universitetning nufuzli ilmiy-texnik bazalarda oʻz profiliga ega boʻlishini taʼminlash.2025-yil oktabr3. Universitetni nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan maqsadli parametrlar ijrosini monitoring qilib borish.2025 — 2027-yillar davomidaIII. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlash15.Universitetning xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot hamjamiyatiga integratsiyalashuvini taʼminlash.1. Universitet professor-oʻqituvchilarining xorijiy mamlakatlarda sohaga oid oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda tizimli ravishda ishtirok etishini taʼminlash.2025-yildan boshlabUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, homiylik mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,Universitet2. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalaridagi jurnallarda eʼlon qilish.Doimiy16.“Scopus” va “Web of Science” xalqaro maʼlumotlar bazalariga kiritilgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, maqolalarga iqtiboslik koʻrsatkichlarini oshirish.1. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy jurnallarda maqolalar chop qilishlari uchun seminar-treninglar tashkil etish, konsultatsiya va mahorat darslarini oʻtkazish.2025-yil sentabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini patentlash salmogʻini oshirish, tajribali professor-oʻqituvchilar hamda soha mutaxassislari tomonidan ularga zarur maslahatlar berib borish.Doimiy17.Universitetda Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Ilgʻor muhandislik maktabini tashkil etish yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish.2025-yil mayUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,Universitet2. Ilgʻor muhandislik maktabini tashkil etish boʻyicha meʼyoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.2025-yil iyul3. Ilgʻor muhandislik maktabi yoʻnalishiga mos sanoat hamkorlarini belgilash.2025-yil sentabr4. Taʼlim olish uchun akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalarni tanlov asosida saralash va oʻquv jarayonini amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida tashkil etish.2025-yil avgust-sentabr5. Ilgʻor muhandislik maktabida sanoat hamkorlari tomonidan taqdim etilgan muammolar portfeli asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish.2026-yil yanvarIV. Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish18.Universitetning yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshiriladigan yillik ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.1. Universitet ish rejasini ishlab chiqish.Har yili yanvar oyida-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Ish rejasini tasdiqlash va ijroga yoʻnaltirish.Doimiy19.Talabalarning ichki tartib-qoidalarga toʻliq rioya etishini taʼminlash maqsadida Nukus davlat texnika universitetning Odob-axloq kodeksini ishlab chiqish.1. Universitetning Odob-axloq kodeksini ishlab chiqish.2025-yil aprel-Universitet2. Barcha bosqichdagi talabalarni Odob-axloq kodeksi bilan tanishtirish.2025-yil may3. Odob-axloq kodeksida belgilangan qoidalarga amal qilinishi yuzasidan Odob-axloq komissiyasi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.2025-yil sentabrdan20.Xalq eʼtirofi va el ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari bilan talabalar uchrashuvlarini tashkil etish.1. Xalq eʼtirofi va el ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari roʻyxatini shakllantirish.2025-yil fevralUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, masofaviy tarzda ham tashkil qilish.Reja asosidaV. Universitet faoliyatini raqamlashtirish va taʼlim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish21.Oliy taʼlim muassasasi kampusi va ulardagi bino-inshootlarda AKT infratuzilmasini takomillashtirish.1. Oliy taʼlim muassasasining mavjud binolarida IT infratuzilmasi holatini xatlovdan oʻtkazish.2025-yil fevralUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Universitet2. Xatlov natijalariga koʻra talab etiladigan IT qurilmalarini xarid qilish va oʻrnatish.2025-yil may22.Universitet faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qoʻllash.1. “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimini oʻrnatish va ishga tushirish.2025-yil yanvarUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Axborot tizimiga Universitetning professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishini taʼminlash.2025-yil fevral-mart23.Talabalarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida Taʼlim xizmatlari markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Taʼlim xizmatlari markazi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil aprelUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Taʼlim xizmatlari markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil may
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-25-son qaroriga 2-ILOVA
Nukus davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar
ROʻYXATI
T/rObyekt nomiManziliEgallagan maydoni,(m2) Balansda saqlovchi1.1-oʻquv binosiNukus shahri A. Dosnazarov koʻchasi 74-uy8 022,0Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali2.2-oʻquv binosiNukus shahri T. Kaipbergenov koʻchasi 26-uy5 957,93.3-oʻquv binosiNukus shahri A. Utepov koʻchasi 10-uy3 519,84.Moʻynoq IT markaz binosiMoʻynoq tumani Ajiniyaz koʻchasi 123-uy1 903,05.Nukus shahar 1-son politexnikumining bino va inshootlariNukus shahri A. Utepov koʻchasi raqamsiz uy5036,0Nukus shahar 1-son politexnikumi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-25-son qaroriga 3-ILOVA
Nukus davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan kasbiy taʼlim tashkilotlari
ROʻYXATI
