2018-yil 9-martda imzolangan havo qatnovi toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish kiritish haqida
18.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bayonnoma
[Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining davlat reyestrida 2025-yil 14-yanvarda roʻyxatdan olindi, roʻyxat raqami 4548-TJ-2024(1)-H]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumat, keyingi oʻrinlarda Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,
2018-yil 9-martda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi Bitimning 24-moddasiga (keyingi oʻrinlarda — Bitim) amal qilgan holda,
Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida havo qatnovini yanada rivojlantirish zaruriyatini eʼtirof etgan holda,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Bitimning 3-moddasi 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish maqsadida, bu haqda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilgan holda aviakorxona yoki aviakorxonalarni tayinlash huquqiga ega.”.
2-modda
Mazkur Bayonnoma Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va Bitimning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradi. Mazkur Bayonnoma Bitimning amal qilishi tugatilgunga qadar amal qiladi.
Dushanbe shahrida 2024-yil 18-aprelda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, tojik va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Mazkur Bayonnoma qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda, Ahdlashuvchi Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
(imzolar)
