Namangan davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-23-son)
24.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Namangan viloyati iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, ishlab chiqarish, muhandislik, yengil sanoat sohalari uchun zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy taʼlim tashkilotlarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligining Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan toʻqimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
muhandislik, qurilish, toʻqimachilik, axborot texnologiyalari va dasturlash, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda xizmat koʻrsatish sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq oliy maʼlumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash;
taʼlim jarayoniga ilm-fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini qoʻllagan holda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida milliy taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini uygʻunlashtirish orqali ishlab chiqarish, sanoat korxonalari va qishloq xoʻjaligi tarmoqlari uchun eng ilgʻor innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish;
amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriya bazasini shakllantirish hamda uni ilgʻor texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash;
yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarning xorijiy ilmiy-amaliy stajirovkasini tizimli yoʻlga qoʻyish;
hududdagi texnika yoʻnalishida kadrlar tayyorlovchi kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻquv-uslubiy yordam koʻrsatish;
talabalarning har tomonlama yetuk kadrlar boʻlib yetishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, ularda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, taʼlim-tarbiya va amaliyot uygʻunligini samarali tashkil etish.
3. Quyidagilar:
Namangan davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Namangan davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Namangan davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda:
a) Universitetda yuridik shaxs maqomisiz Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyatini tashkil etsin.
Belgilansinki:
Ilgʻor muhandislik maktabida taʼlim olish uchun akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalar tanlov asosida saralanadi va amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladi;
Ilgʻor muhandislik maktabi yoʻnalishiga mos sanoat hamkorlari belgilanib, ularning texnik va texnologik taraqqiyotini taʼminlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi;
Ilgʻor muhandislik maktabida sanoat hamkorlari tomonidan taqdim etilgan muammolar portfeli asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish yoʻlga qoʻyiladi;
Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
b) Universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashgʻulotlar olib borishi, talabalarning malakaviy amaliyot oʻtashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida soha korxonalarida mutaxassislik kafedralari filiallarini tashkil etsin;
v) Universitetga yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat yurituvchi chet ellik mutaxassislarni va yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchisi boʻlgan mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish choralarini koʻrsin.
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
a) uch oy muddatda:
Universitet boshqaruv kadrlari lavozimlarini oliy taʼlim tashkilotlarida yuqori natijalar koʻrsatgan, uzoq yillik ish tajribasiga ega, xorijiy tillarni biladigan, nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olgan yoki malaka oshirgan istiqbolli mutaxassislar, ustuvor ravishda, ilmiy darajaga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish chorasini koʻrsin;
Universitet kampusi va ulardagi bino-inshootlarni yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlasin hamda oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etsin;
b) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Universitet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari hamda talabalari tomonidan amalga oshirilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar natijalarini tijoratlashtirish hamda sotish maqsadida “spin-off” korxonasi faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
Universitetda oʻquv jarayonini sifatli tashkil etish uchun professor-oʻqituvchilar, jumladan, xorijdan oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislarni jalb etish hamda professor-oʻqituvchilar, yosh olimlar va tayanch doktorantlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuborishni taʼminlasin;
mustaqil taʼlim va tanlov fanlarini zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarining takliflari asosida oʻquv rejalariga kiritib borsin;
ish beruvchi korxona va tashkilotlarning real muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish va talabalarning bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalarini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish choralarini koʻrsin;
v) 2026/2027 oʻquv yiliga qadar Universitetning kamida ikkita bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va uchta magistratura mutaxassisligining xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
6. Namangan viloyati hokimligi:
2025-yildan boshlab yirik ishlab chiqarish korxonalarini Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Universitet talabalarini amaliyot oʻtash uchun hududdagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalari, taʼlim va boshqa tashkilotlarga biriktirish hamda yuqori kurs talabalarini haq toʻlanadigan amaliyotga jalb etish choralarini koʻrsin.
7. Belgilansinki:
a) Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan toʻqimachilik sanoati institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchilarga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi;
b) Universitet:
davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan toʻqimachilik sanoati institutining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
v) Universitet faoliyatini moliyalashtirish:
Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-yanvar,
PQ-23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-23-son qaroriga 1-ILOVA
Namangan davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiBajarish muddatiMoliyalashtirish manbalariIjro uchun masʼullarI. Namangan davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish1.Namangan davlat texnika universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) faoliyatini tashkil etish.1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.2. Universitetning tashkiliy tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash.2025-yil mart-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligi,Universitet2.Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish.2025-yil fevral-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Kadrlar buyurtmachilari talablariga mos tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish.3. Kafedralarni zarur oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlash.4. Kafedralarning professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil mart3.Universitetni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar (pedagog xodimlar) bilan toʻldirish.1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni (pedagog xodimlarni) belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish.2025-yil mart-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Namangan viloyati hokimligi,Universitet2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.2025-yil mart3. Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Namangan toʻqimachilik sanoati institutining ishdan boʻshatiladigan ishchi va xizmatchilarini belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish.2025-yil aprel4.Talabalarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni “Yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida Registrator ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Registrator ofisi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil martUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Registrator ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil aprelII. Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish5.Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va taʼlim jarayoniga tatbiq etish hamda Axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish.1. Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish uchun professor-oʻqituvchilarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish asoslarini belgilash.2025-yil mayUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Darslik va oʻquv qoʻllanmalarini, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet xarajatlari smetasida muntazam mablagʻ ajratish.2026-yil yanvardan3. Universitet taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini oʻquv adabiyotlari yangi avlodi bilan taʼminlash maqsadida tahririyat-nashriyot boʻlimi faoliyatini tashkil etish, bosmaxonaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy bosma jihozlar bilan taʼminlash.2026-yil dekabr6.Universitetda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida TOP-1000 talik roʻyxatga kiruvchi nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari ulushini oshirish.1. Oʻquv va ilmiy jarayonga xorijiy professor-oʻqituvchilarni, shuningdek, oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlar jalb qilish boʻyicha nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining tajribasini oʻrganish.2. 2025-2026-yillar mobaynida Universitetga yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan har yili yuqori malakali oʻqituvchi va mutaxassislarni maʼruzalar oʻqish, maxsus kurslar tashkil etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun jalb qilish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabxalqaro grantlar, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet7.Hamkor tashkilot va korxonalarda kadrlar tayyorlovchi mutaxassislik kafedralari filiallarini tashkil etish.1. Universitetning taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha hamkor tashkilot va korxonalarda mutaxassislik kafedralarining filiallarini tashkil etish.2025-yil sentabrUniversitetning budjetdan tashqari va grant mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet,hamkor tashkilot va korxonalar2. Mutaxassislik kafedralarining filiallarida mashgʻulotlar olib borgan hamda malakaviy amaliyot ishlariga rahbarlik va maslahatchilik qilgan xodimlarga Universitet tomonidan soatbay ish haqi toʻlashni joriy etish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab8.Universitetning texnika sohasiga oid 2 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi hamda 3 ta magistratura mutaxassisligini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. 1. Taʼlim sifatini taʼminlashda xorijiy tajribalarni oʻrganish.2025-yil mayUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish.2025-yil iyun3. Xorijiy ekspertlar ishtirokida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha tegishli taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim talablariga moslashtirish.2025-yil iyun4. Xalqaro taʼlim standartlariga moslashtirilgan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.2026-yil avgust9.Universitet professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish, jumladan, xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tajriba oshirishlarini tashkil etish.1. Universitet professor-oʻqituvchilarining 2025 — 2027-yillarda xorijda malaka oshirish va ilmiy-amaliy stajirovka oʻtash rejasini ishlab chiqish.2025-yil mayUniversitetning budjetdan tashqari va grant mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Har yili kamida 10 nafar professor-oʻqituvchilarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.3. Professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy ilmiy markazlar va oliy taʼlim tashkilotlarida, shuningdek, korxonalarda stajirovkalar tashkil etish.2025 — 2027-yillar10.Universitet oʻquv jarayonlariga xorijdan professor-oʻqituvchilar hamda soha mutaxassislarini jalb qilish. 1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayoniga jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabUniversitetning budjetdan tashqari va grant mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Oʻzaro hamkorlik asosida xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayonlariga jalb etish.2025 — 2027-yillarda11.Universitetni nufuzli xalqaro tashkilotlar reytingiga kiritishga tayyorlash.1. Universitetni nufuzli xalqaro tashkilotlar reytingiga kiritish boʻyicha besh yillik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.2025-yil martUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Universitetning nufuzli ilmiy-texnik bazalarda oʻz profiliga ega boʻlishini taʼminlash.2025-yil mart3. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarida Universitet profilini ochish.2025-yil dekabr4. Universitetni nufuzli xalqaro tashkilotlar reytingiga kiritish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan maqsadli parametrlar ijrosini monitoring qilib borish.2025 — 2027-yillarda har olti oyda12.Universitet tasarrufidagi akademik litseylarda taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish choralarini koʻrish.1. Akademik litsey uchun ikki yillik tizimga moslashtirilib, chuqurlashtirilgan fanlardan yaratilgan darslik va adabiyotlarni aprobatsiyadan oʻtkazish va chop etishga tayyorlash.2025-yil iyunUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Aprobatsiyadan oʻtgan va nashr qilishga tayyorlangan darsliklarni chop etish.2025-yil avgust3. Universitet tasarrufidagi akademik litsey oʻquv dasturlarini xalqaro dasturlar (“International Advanced Levels”, “International Baccalaureate”) asosida takomillashtirish.2025/2026 oʻquv yiliga qadar13.Universitet tasarrufidagi akademik litseyning maʼnan eskirgan oʻquv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika jihozlarini xatlovdan oʻtkazish va yangi laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash.1. Akademik litseyning maʼnan eskirgan oʻquv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika jihozlarini xatlovdan oʻtkazish.2025-yil martUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Universitet tasarrufidagi akademik litseyni yangi laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash.2025/2026 oʻquv yiliga qadarIII. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlash14.Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tizimli tashkil etish.1. Universitetning ilmiy salohiyatini yilma-yil oshirib borish maqsadida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tizimli tashkil etish uchun ehtiyojlar yuqori boʻlgan ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.2025-yil noyabr-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Universitet tadqiqotchilarini xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga doktoranturaga oʻqishga yuborish.2026-yil noyabr15.Universitet tadqiqotchilarining ilmiy stajirovkalarini tashkil etish orqali ilmiy ishlar koʻlamini oshirish.1. Universitet ilmiy-texnik, muhandis xodimlari va tadqiqotchilarini respublika va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovkalarini tashkil etish.2. Namangan viloyatidagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida tadqiqotchilarning stajirovka oʻtashi boʻyicha dasturlar tayyorlash va amalga oshirish.2025-yil oktabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariUniversitet,Innovatsion rivojlanish agentligi,“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,Namangan viloyati hokimligi16.Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinash va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.1. Namangan viloyati Yoshlar texnoparki bilan hamkorlikda innovatsion ishlanmalarni yaratish va ularning samaradorligini oshirish. 2. Universitet kafedralaridagi ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, ilmiy loyihalar koʻlamini kengaytirish va xoʻjalik shartnomalarini bajarishni tashkil etish.3. Tarmoq korxonalarining muammolari boʻyicha mavzular bazasini shakllantirish.4. Tarmoq korxonalarining buyurtmalariga muvofiq shartnomalar tuzish va loyihalarni bajarish.2026-yil mayHududdagi tarmoq korxonalarining mablagʻlariUniversitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi17.Universitetda davlat ilmiy dasturlari doirasida olib borilayotgan loyihalar va tadqiqotlarning natijadorligini oshirish.1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish.2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish.2026-yil mayIlm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,UniversitetIV. Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish18.Universitetning yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshiriladigan 2025-yil uchun moʻljallangan ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.1. Universitet ish rejasini ishlab chiqish.2025-yil fevral-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Ish rejani tasdiqlash va ijroga yoʻnaltirish.2025-yil mart19.Universitetda talabalar teatr studiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Talabalar teatr studiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.2025-yil aprelUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Talabalar teatr studiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil may20.Talabalarning ichki tartib qoidalarga toʻliq rioya etishini taʼminlash maqsadida Namangan davlat texnika universitetining odob-axloq kodeksini ishlab chiqish.1. Odob-axloq kodeksini ishlab chiqish. 2025-yil aprel-Universitet2. Barcha bosqichdagi talabalarni Odob-axloq kodeksi bilan tanishtirish.2025-yil may3. Odob-axloq kodeksida belgilangan qoidalarga amal qilinishi yuzasidan Odob-axloq komissiyasi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.2025-yil sentabrdan21.Xalq eʼtirofi va el ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari bilan talabalar uchrashuvlarini tashkil etish.1. Xalq eʼtirofi va el ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari va ijodiy kechalar oʻtkazish roʻyxatini shakllantirish.2025-yil sentabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq, seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, masofaviy tarzda ham tashkil qilish.reja asosidaV. Universitet moddiy-texnika bazasini mustahkamlash22.Universitetning bino va inshootlarini joriy taʼmirlash.1. Bino va inshootlarni joriy taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.2025-yil iyulUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bino va inshootlarni joriy taʼmirlash.2025-yil avgust23.Universitetning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash hamda jihozlashni 2026-yil va keyingi yillar uchun moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish.1. Universitetning bino va inshootlarini taʼmirtalabligi boʻyicha xatlovdan oʻtkazish.2025-yil avgustRespublika budjeti mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Namangan viloyati hokimligi,Universitet2. Xatlov natijasida taʼmirtalab deb topilgan bino va inshootlarni ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taklif kiritish.2025-yil oktabr24.“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali, mevali daraxt hamda buta koʻchatlarini ekish.1. Manzarali, mevali daraxt hamda buta koʻchatlarini ekish rejasini shakllantirish.2025-yil sentabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Belgilangan rejaga asosan manzarali, mevali daraxt hamda buta koʻchatlarini ekish.2025-yil martVI. Universitet faoliyatini raqamlashtirish va taʼlim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish25.Universitet kampusi va ulardagi bino-inshootlarning AKT infratuzilmasini takomillashtirish.1. Universitetning mavjud binolarida IT infratuzilmasi holatini xatlovdan oʻtkazish.2025-yil martUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Universitet2. Xatlov natijalariga koʻra talab etiladigan IT qurilmalarini xarid qilish.2025-yil iyun-iyul3. Universitetning barcha binolarini optik tolali kanallar orqali yuqori tezlikdagi internetga ulash.2025-yil avgust4. Universitetdagi serverlarni uzluksiz zaxira elektr taʼminoti manbai bilan taʼminlash.2025-yil sentabr26.Universitet faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qoʻllash.1. Universitetda “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimini oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish.2025-yil aprelUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Axborot tizimiga Universitetning professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishini taʼminlash hamda taʼlim muassasalariga tegishli maʼlumotlarni birlashtirish.2025-yil iyun27.Talabalarga onlayn usulda shartnomalar olish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish. 1. Universitet uchun “Oliy taʼlim tizimida toʻlov xizmatlarini yagona hisob raqami orqali qabul qilish va taqsimlash hamda moliyaviy hisobotlarni yuritish” (billing.edu.uz) axborot tizimini oʻrnatish, sozlash va alohida profil yaratish, tegishli maʼlumotlarni birlashtirish.2025-yil martUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Talabalarga shartnomalarni onlayn taqdim etish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish.2025-yil aprel28.Universitetning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish.1. Universitetda mavjud kutubxona fondini xatlovdan oʻtkazish hamda raqamlashtirilishi lozim boʻlgan resurslar roʻyxatini shakllantirish.2025-yil martUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Roʻyxat asosida resurslarni “Unilibrary” elektron kutubxona platformasiga kiritish.2025-yil may
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-23-son qaroriga 2-ILOVA
Namangan davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar
ROʻYXATI
T/rObyektning nomiManziliEgallagan maydoni, (m2)Balansda saqlovchi1.1, 2, 3-oʻquv bino-inshootlariNamangan shahri Yangi Namangan tumani I. Karimov koʻchasi 12-uy110600,0Namangan muhandislik-qurilish instituti2.600 oʻrinli talabalar turar joyi bino va inshootlariNamangan shahri Yangi Namangan tumani I. Karimov koʻchasi 27-uy14600,03.Ustaxona va ombor binosiNamangan shahri Davlatobod tumani M. Murodov koʻchasi 101-uy2878,04.4-oʻquv binosiNamangan shahri Yangi Namangan tumani Anorzor koʻchasi 1-uy9573,05.5-oʻquv binosiNamangan shahri Yangi Namangan tumani 8-mart koʻchasi 6-A-uy37900,06.7-oʻquv binosiUychi tumani Yorqoʻrgʻon qishlogʻi Navoiy koʻchasi 1-uy21300,07.7-oʻquv binosi ochiq sport maydoniUychi tumani Yorqoʻrgʻon qishlogʻi Navoiy koʻchasi 1-uy8600,08.1, 2, 3, 4, 5, 6-oʻquv binolari, 1-TTJ binosi va oshxona, faollar zali, sport zal, yordamchi oʻquv bino-inshootlarNamangan shahri Davlatobod tumani Kosonsoy koʻchasi 7-uy39655,4Namangan muhandislik-texnologiya instituti9.360 oʻrinli 2-TTJ binosi va inshootlariNamangan shahri Davlatobod tumani I. Karimov koʻchasi 1-uy7806,310.7-oʻquv binosiNamangan shahri Davlatobod tumani Sportchilar koʻchasi 1-uy4630,911.8, 9, 10-oʻquv binolariNamangan shahri Davlatobod tumani Sportchilar koʻchasi 1-uy16648,912.11-oʻquv binosiNamangan shahri Davlatobod tumani Mustaqillik koʻchasi 6-A-uy9715,013.1, 2, 3-oʻquv binosi, sport zal va yordamchi bino-inshootlarNamangan shahri Davlatobod tumani Janubiy aylanma yoʻli koʻchasi 17-uy2435,1Namangan toʻqimachilik sanoati instituti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-23-son qaroriga 3-ILOVA
Namangan davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari
ROʻYXATI
T/rTaʼlim tashkiloti nomiQuvvatiI. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari1.Namangan davlat texnika universitetining 1-son akademik litseyi (Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi)8202.Namangan davlat texnika universitetining 2-son akademik litseyi (Namangan muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi)600II. Kasbiy taʼlim tashkilotlari1.Kosonsoy tuman 1-son politexnikumi8102.Kosonsoy tuman 2-son politexnikumi9003.Kosonsoy tuman 3-son politexnikumi5554.Mingbuloq yengil sanoat texnikumi5405.Mingbuloq agrotexnologiyalar texnikumi 7206.Mingbuloq tuman 1-son politexnikumi15307.Mingbuloq tuman 2-son politexnikumi5858.Namangan tuman 2-son politexnikumi10509.Namangan sanoat va iqtisodiyot texnikumi76510.Namangan xizmat koʻrsatish va servis texnikumi126011.Namangan shahar 1-son politexnikumi54012.Namangan shahar 2-son politexnikumi 90013.Norin tuman 1-son politexnikumi105014.Norin tuman 2-son politexnikumi72015.Pop tuman 1-son politexnikumi 105016.Pop tuman 2-son politexnikumi 75017.Pop tuman 3-son politexnikumi 87018.Toʻraqoʻrgʻon tuman 1-son politexnikumi58519.Toʻraqoʻrgʻon tuman 2-son politexnikumi54020.Toʻraqoʻrgʻon agrotexnologiyalar texnikumi105021.Uychi tuman 1-son politexnikumi153022.Uychi tuman 2-son politexnikumi75023.Namangan sanoat va texnologiyalar texnikumi105024.Uchqoʻrgʻon sanoat va texnologiyalar texnikumi 84025.Uchqoʻrgʻon tuman 1-son politexnikumi 96026.Uchqoʻrgʻon tuman 2-son politexnikumi90027.Chortoq tuman 1-son politexnikumi 90028.Chortoq tuman 2-son politexnikumi60029.Chust tuman 1-son politexnikumi90030.Chust tuman 2-son politexnikumi108031.Yangiqoʻrgʻon tuman 1-son politexnikumi75032.Yangiqoʻrgʻon tuman 2-son politexnikumi615
