Buxoro davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-22-son)
24.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Buxoro viloyati iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, ishlab chiqarish, muhandislik, neft va gaz, transport va logistika sohalari uchun zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy taʼlim tashkilotlarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligining Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
muhandislik, ishlab chiqarish, oziq-ovqat texnologiyasi, yengil sanoat, neft va gaz, yashil energetika, arxitektura va qurilish, transport va logistika, agrotexnologiya, axborot texnologiyalari va dasturlash sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq oliy maʼlumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash;
taʼlim jarayoniga ilm-fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini qoʻllagan holda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida milliy taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
ishlab chiqarish, muhandislik sohalarida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari hamda innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish choralarini koʻrish;
yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda talabalarning akademik almashinuvini taʼminlash hamda talaba va professor-oʻqituvchilarning sanoat korxonalarida malakaviy amaliyot va stajirovka oʻtashini yoʻlga qoʻyish;
amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriya bazasini shakllantirish hamda uni ilgʻor texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash;
hududdagi texnika yoʻnalishida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlaydigan kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻquv-uslubiy yordam koʻrsatish;
talabalarning har tomonlama yetuk kadrlar boʻlib yetishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, ularda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, taʼlim-tarbiya va amaliyot uygʻunligini samarali tashkil etish.
3. Quyidagilar:
Buxoro davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Buxoro davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Buxoro davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
a) uch oy muddatda:
Universitet boshqaruv kadrlari lavozimlarini oliy taʼlim tashkilotlarida yuqori natijalar koʻrsatgan, uzoq yillik ish tajribasiga ega, xorijiy tillarni biladigan, nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olgan yoki malaka oshirgan istiqbolli mutaxassislar, ustuvor ravishda, ilmiy darajaga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Universitet kampusi, ulardagi bino va inshootlarni yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlasin hamda oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etsin;
Universitetda neft va gaz muhandisligi sohasida Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
b) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Universitet talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichini va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimini joriy etsin;
Universitet professor-oʻqituvchilari va doktorantlarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuborsin;
Universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashgʻulotlar olib borishi, talabalarning malakaviy amaliyot oʻtashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida soha korxonalarida mutaxassislik kafedralari filiallarini tashkil etsin;
Universitet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari hamda talabalari tomonidan amalga oshirilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish hamda sotish maqsadida “spin-off” korxonasini tashkil etsin;
nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturi asosida Universitetda amaliyotga yoʻnaltirilgan fanlarni koʻpaytirish choralarini koʻrsin;
mustaqil taʼlim va tanlov fanlarini zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarining takliflari asosida oʻquv rejalariga kiritib borsin;
ish beruvchi korxona va tashkilotlarning real muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish va talabalarning bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalarini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish choralarini koʻrsin.
5. Buxoro viloyati hokimligi:
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarni Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Universitet talabalarini amaliyot oʻtash uchun hududdagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalari, taʼlim va boshqa tashkilotlarga biriktirish hamda yuqori kurs talabalarini haq toʻlanadigan amaliyotga jalb etish choralarini koʻrsin.
6. Belgilansinki:
a) Universitet davlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
b) Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchilarga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi;
v) Universitet Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
g) 2026-yil 1-yanvardan boshlab Universitetga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi;
d) Universitet faoliyatini moliyalashtirish:
Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-yanvar,
PQ-22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-22-son qaroriga 1-ILOVA
Buxoro davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiBajarish muddatiMoliyalashtirish manbalariIjro uchun masʼullarI. Buxoro davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish1.Buxoro davlat texnika universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) faoliyatini tashkil etish.1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.2. Universitetning tashkiliy tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash.2025-yil fevral-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligi,Universitet2.Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti faoliyatini tugatish hamda ularning asosiy aktivlarini xatlovdan oʻtkazib, Universitetga berish.1. Asosiy aktivlarni xatlovdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish.2. Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarining asosiy aktivlarini xatlovdan oʻtkazish va Universitetga berish.2025-yil fevral-mart-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,Kadastr agentligi3.Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish.2025-yil mart-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Kadrlar buyurtmachilari talablariga mos tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish.2025-yil mart3. Kafedralarni zarur oʻquv-uslubiy va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlash.2025-yil aprel4. Kafedralar professor-oʻqituvchilari tarkibini shakllantirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil aprel4.Universitetni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar (pedagog xodimlar) bilan toʻldirish.1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni (pedagog xodimlarni) belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish.2025-yil mart-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Universitet2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.2025-yil mart3. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan professor-oʻqituvchilar, ishchi va xizmatchilarni belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish.2025-yil aprelII. Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish5.Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini joriy etish.1. Malaka talablari va fan dasturlarini shakllantirish maqsadida ish beruvchilar takliflari hamda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturlarini tahlil qilish.2025-yil iyul-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Ish beruvchilar takliflari va xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida taʼlim yoʻnalishlari fanlar katalogini maqbullashtirish.2025-yil avgust6.Talabalarda tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish.1. Mustaqil taʼlimni tashkil etish boʻyicha xorijiy pedagog xodimlar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etish.2025/2026 oʻquv yiliUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Talabalarning mustaqil taʼlim olishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish.2025/2026 oʻquv yili3. Mustaqil taʼlim jarayonini talabalarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirish.2026/2027 oʻquv yili4. Oʻquv jarayoniga kasbiy kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish.2026/2027 oʻquv yili7.Universitetning professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalari uchun xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.1. Nufuzli ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga ega kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish.2025-yil avgustUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Elektron maʼlumotlar bazalariga obunani tashkil qilish hamda ulardan professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalar uchun bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.2025-yil sentabr8.Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va taʼlim jarayoniga tatbiq etish hamda Axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish.1. Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish uchun professor-oʻqituvchilarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish asoslarini belgilash.2025-yil oktabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet 2. Darslik va oʻquv qoʻllanmalarni, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet xarajatlari smetasida muntazam mablagʻ ajratish.2025-yil noyabr3. Universitet taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini yangi avlod oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash maqsadida tahririyat-nashriyot boʻlimi faoliyatini tashkil etish, bosmaxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy bosma jihozlar bilan taʼminlash.2026-yil dekabr9.Hamkor tashkilotlarda kadrlar tayyorlovchi kafedralar filiallarini tashkil etish.1. Tashkilot va korxonalarda Universitet mutaxassislik kafedralarining filiallarini tashkil etish.2025-yil sentabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Buxoro viloyati hokimligi,Universitet,hamkor tashkilotlar2. Kafedralar filiallarida mashgʻulotlar oʻtkazgan hamda malakaviy amaliyot ishlariga rahbarlik va maslahatchilik qilgan xodimlarga Universitet tomonidan soatbay ish haqi toʻlash tartibini joriy etish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab10.Xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-500 talik roʻyxatdan oʻrin olgan oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish.1. Xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-500 talik roʻyxatdan oʻrin olgan oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.2025-yil noyabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan tegishli taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish yuzasidan hamkorlik memorandumi va shartnomalarni rasmiylashtirish.2025-yil dekabr3. Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida muhandislik sohasida malakali kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.2026/2027 oʻquv yilidan boshlab11.Universitetda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida TOP-1000 talik roʻyxatga kiruvchi xorijiy nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari ulushini oshirish.Oʻquv va ilmiy jarayonga xorijiy professor va oʻqituvchilarni taklif qilish, shuningdek, oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlar jalb qilish boʻyicha yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotining tajribasini oʻrganish.2. Universitet oʻquv jarayonlariga yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan har yili eng kamida 10 nafar yuqori malakali oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilish.2025 — 2027-yillarXalqaro grantlar, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet12.Dunyoning yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni kengaytirish. Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ikki tomonlama almashuv dasturlari asosida malaka oshirish va stajirovka oʻtashini tashkil etish. Universitet professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalarining nufuzli xalqaro taʼlim, ilmiy-amaliy koʻrgazmalar, yarmarkalar hamda xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladigan forumlar, konferensiyalar va tadbirlarda ishtirokini taʼminlash.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabXalqaro grantlar, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet13.Muhandislik sohalariga oid 2 ta taʼlim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.1. Ichki va tashqi taʼlim sifatini taʼminlashda xorijiy tajribalarni oʻrganish.2025-yil martUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet 2. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish.2026-yil mart3. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ichki va tashqi sifatni taʼminlash boʻyicha tegishli taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim talablariga moslashtirish.2026-yil iyun4. Xalqaro taʼlim talablariga moslashtirilgan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.2026/2027 oʻquv yili14.Universitetda muhandislik fanlaridan dars beradigan professor-oʻqituvchilarning respublika ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish.1. Professor-oʻqituvchilarning respublika ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida qisqa muddatli stajirovka oʻtashini tashkil etish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil iyunUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Buxoro viloyati hokimligi,Universitet2. Respublika ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida professor-oʻqituvchilarning stajirovka oʻtashlarini tashkil etish.reja-grafik asosida15.Universitetda taʼlim sifati va samaradorligini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish maqsadida professor-oʻqituvchilarni xorijda tajriba orttirish uchun yuborish.1. Xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik shartnomalarini tuzish.2025-2026-yillardaUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Oʻzaro hamkorlik shartnomalari asosida xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga Universitet professor-oʻqituvchilarini tajriba orttirish uchun yuborish.2026-2027-yillarda16.Universitetni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi TOP-1000 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritish boʻyicha tizimli va samarali ishlarni olib borish.1. Universitet xalqaro reytingini oshirish maqsadida uning faoliyatini tahlil qilish.2025-yil fevralUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Tahlil natijalariga qarab xalqaro eʼtirof etilgan agentliklar tomonidan eʼlon qilingan reytinglarda ishtirok etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijroga yoʻnaltirish.2025-yil may17.Universitet talabalarini bevosita ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish hamda ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish.1. Talabalar amaliyotini maqsadli tashkil etish maqsadida ularni asosiy ish beruvchi korxona va tashkilotlarga biriktirish.Har yili oktabr-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Buxoro viloyati hokimligi,Universitet2. Tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalar amaliyotlarini muayyan tashkilot va korxonalarida kelishuv asosida tizimli tashkil etish.3. Talabalarning, amaliyot oʻtash davrida muayyan tashkilotlar va korxonalarda mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ish joylashishlariga koʻmaklashish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab18.Universitet tizimidagi akademik litseyning maʼnan eskirgan oʻquv-laboratoriya uskunasi, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika jihozlarini xatlovdan oʻtkazish hamda yangi laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash.1. Akademik litseyning maʼnan eskirgan oʻquv-laboratoriya uskunasi, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika jihozlarini xatlovdan oʻtkazish.2025-yil sentabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet 2. Universitet tizimidagi akademik litseyni yangi laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash.2026/2027 oʻquv yiliga qadar19.Universitet tizimida ilgʻor xorijiy tajribalar asosida respublika neft-gaz sanoati ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda Ilgʻor muhandislik maktabini tashkil etish.1. Ilgʻor muhandislik maktabi moddiy-texnika bazasini (oʻquv hamda ishlab chiqarish laboratoriyalari) shakllantirish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlari,hamkor ishlab chiqarish korxonalari mablagʻlari,Innovatsion rivojlanish agentligi grantlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Innovatsion rivojlanish agentligi,“Oʻzbekneftgaz” AJ,Buxoro viloyati hokimligi,Universitet2. Talabalar ichidan tanlov asosida neft-gaz sanoati ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha tadqiqotchi muhandis-texnologlarni tayyorlash.3. Ilgʻor muhandislik maktabi talabalari tomonidan ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor ilmiy innovatsion loyihalarni bajarishni tashkil etish.2026/2027 oʻquv yilidan boshlab20.Ishsizlik darajasini kamaytirish maqsadida mahallalardagi ishsiz hamda imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni jalb qilish orqali xotin-qizlar uchun IT markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. IT markaz nizomi va markaz faoliyatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2025-yil aprelUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Buxoro viloyati hokimligi,Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,Universitet2. Markaz oʻquvchilari uchun malakali dasturchilar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish choralarini koʻrish.2025-yil iyun3. Xotin-qizlarning IT sohasi boʻyicha eng yaxshi startap loyihalarini moliyalashtirib borish.2025-yil avgust21.Yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarini Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini tashkil etish.“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” AJ, “Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi”, “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarini Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini tashkil etish.Bunda biriktirilgan sanoat hamkorlari Universitetga:ilmiy loyihalar uchun mablagʻ ajratishini;kadrlar tayyorlash boʻyicha buyurtmalar sonini belgilashini;moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun moliyaviy koʻmak summasi ajratishini taʼminlash.2025-yildan boshlab doimiyUniversitetga biriktirilgan sanoat hamkorlari mablagʻlariBuxoro viloyati hokimligi,Universitetga biriktirilgan hamkor korxona va tashkilotlarIII. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlash22.Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini tizimli tashkil etish.1. Ehtiyoj yuqori boʻlgan ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.2. Universitet tadqiqotchilarini xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli doktoranturaga oʻqishga yuborish.2025-yil mayUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet23.Universitet professor-oʻqituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilari va talabalarining innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini oshirish.1. Universitetning ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan yashil iqtisod, ekologik muammolar, inklyuzivlik, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish, raqamlashtirish sohasida tadqiqotlarni amalga oshirishda Davlat budjeti va xalqaro grantlar mablagʻlarini keng jalb qilish.2025-yil aprelDavlat budjeti, grant va xalqaro grant mablagʻlariUniversitet,Buxoro viloyati hokimligi,hamkor korxona va tashkilotlar2. Innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tadqiqotchilarning tashabbuskorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kichik innovatsion korxona tashkil etish.2025-yil may24.Universitet tadqiqotchilari uchun ilmiy stajirovkalarni tashkil etish orqali ilmiy ishlar koʻlamini oshirish.1. Universitet yosh olimlari, ilmiy-texnik va muhandis xodimlarining respublika va xorijiy davlatlar yetakchi oliy taʼlim tashkilotlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovkalarini tashkil etish.2. Buxoro viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtash boʻyicha dasturlar tayyorlash va amalga oshirish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariUniversitet,Innovatsion rivojlanish agentligi,“El-yurt umidi” jamgʻarmasi25.Universitetning ilm-fan sohasidagi faoliyatini xalqaro miqyosda eʼtirof etish va hamkorlikni rivojlantirish.1. Universitetning professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilarini xalqaro tadqiqot dasturlarida ishtirok etish koʻlamini oshirish.2. Ilm-fanning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha fanlararo xalqaro konferensiyalar va seminarlarni tashkil etish.3. Hamkorlikda xalqaro ilmiy loyihalarni bajarish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab -Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Buxoro viloyati hokimligi,Universitet26.Viloyatdagi oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, professor-oʻqituvchilari hamda tadqiqotchilari tomonidan bajarilgan ilmiy-innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish maqsadida Universitet bazasida “Inno” innovatsion oʻquv ishlab-chiqarish texnoparki faoliyatini yoʻlga qoʻyish.Buxoro shahri, “Bukhara City” zamonaviy turarjoy va biznes markazi majmuasi hududidagi 1,8 ga maydondan iborat 49-lotning 1,0 ga yer maydonida qurilishi rejalashtirilgan “Inno” innovatsion oʻquv ishlab-chiqarish texnopark faoliyatini Buxoro davlat texnika universiteti hududida tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil mart-Buxoro viloyati hokimligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi, UniversitetIV. Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish27.Universitetda besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari tashkil etish uchun zarur xona, jihozlar ajratish.2025-yil martUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil aprel28.Universitetda “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini tashkil etish.1. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibini (nizomi) ishlab chiqish.2025-yil aprelUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibi asosida tanlovlarni yuqori saviyada oʻtkazish.2025-yil may29.Romanlar, hikoyalar va kinofilmlar orqali yoshlar ongida xalq qahramonlari haqida chuqur tasavvur uygʻotish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini keng yoʻlga qoʻyish.1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, jadid bobolarimiz, Ikkinchi jahon urushi davrida oʻz jonini fido qilgan qahramonlarning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan ijodiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish.2025-yil aprelUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Talabalarning teatr va muzeylarga tashrifini tashkil etish.3. Talabalarga filmlar namoyishini tashkil etish.reja asosidaV. Universitet moddiy-texnik bazasini mustahkamlash30.Universitetda “Fizik-kimyoviy tahlillar”, “Neft-gaz, oziq ovqat va kimyo sanoat muammolari” hamda “Yashil energetika, energoaudit” va boshqa yoʻnalishlarda ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini oʻzida biriktirgan markazlashgan ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish va jihozlash.1. Laboratoriya loyihasini ishlab chiqish, smeta hujjatlarini tayyorlash.2025-yil aprel-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Laboratoriya jihozlari, asbob va uskunalari roʻyxatini shakllantirish.2025-yil may3. Markazlashgan laboratoriya tashkil etish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil oktabr31.Universitetning bino va inshootlarini kapital taʼmirlash.1. Bino va inshootlarni kapital taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.2025-yil martUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Bino va inshootlarni kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. Bunda Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq Universitet kampusini bosqichma-bosqich inklyuziv va “yashil kampus”ga aylantirishni nazarda tutish.2025-yil sentabrVI. Universitet faoliyatini raqamlashtirish va taʼlim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish32.Oliy taʼlim tashkiloti kampusi va ulardagi bino-inshootlarning AKT infratuzilmasini takomillashtirish.1. Oliy taʼlim tashkilotining mavjud binolarida IT infratuzilma holatini xatlovdan oʻtkazish.2025-yil martUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Universitet2. Xatlov natijalariga koʻra talab etiladigan IT qurilmalarni xarid qilish.2025-yil iyun-iyul3. Oliy taʼlim tashkilotining barcha binolarini optik tolali kanallar orqali yuqori tezlikdagi internetga ulash.2025-yil avgust4. Oliy taʼlim tashkilotidagi serverlarni uzluksiz zaxira elektr manbai bilan taʼminlash.2025-yil sentabr33.Universitet faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qoʻllash.1. “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (NEMIS)”ni oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish.2025-yil aprelUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Axborot tizimiga Universitet professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishini taʼminlash hamda oliy taʼlim tashkilotlariga tegishli maʼlumotlarni birlashtirish.2025-yil iyun34.Talabalarga onlayn usulda shartnomalar olish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish. 1. “Oliy taʼlim tizimida toʻlov xizmatlarini yagona hisob raqami orqali qabul qilish va taqsimlash hamda moliyaviy hisobotlarni yuritish (billing.edu.uz)” tizimini sozlash va alohida profil yaratish, oliy taʼlim tashkilotlariga tegishli maʼlumotlarni birlashtirish.2025-yil martUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet 2. Talabalarga shartnomalarni onlayn taqdim etish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish.2025-yil aprel35.Talabalarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni “Yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida “Registrator ofisi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Registrator ofisi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil martUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Registrator ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil aprel36.Universitetning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish.1. Universitetda mavjud kutubxona fondini xatlovdan oʻtkazish hamda raqamlashtirilishi lozim boʻlgan resurslar roʻyxatini shakllantirish.2025-yil martUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Roʻyxat asosida resurslarni “Unilibrary” elektron kutubxona platformasiga kiritish.2025-yil aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-22-son qaroriga 2-ILOVA
Buxoro davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar
ROʻYXATI
T/rObyekt nomiManziliEgallagan maydoni, (m2)Balansda saqlovchi1.1-oʻquv-laboratoriya binosiBuxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev koʻchasi 15-uy13 476,1Buxoro muhandislik-texnologiya instituti2.2-oʻquv-laboratoriya binosiBuxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev koʻchasi 15-uy14 354,83.3-oʻquv-laboratoriya binosiBuxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev koʻchasi 15-uy6 647,44.4-oʻquv binosiBuxoro shahri Navoiy shoh koʻchasi 12 a-uy2 646,35.1-talabalar turarjoyiBuxoro shahri Navoiy shoh koʻchasi 12-uy6 037,86.2-talabalar turarjoyiBuxoro shahri Navoiy shoh koʻchasi 12 a-uy2 418,17.3-talabalar turarjoyiBuxoro shahri Navoiy shoh koʻchasi 12 b-uy6 626,58.Sport zalBuxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev koʻchasi 15-uy1 071,89.Laboratoriya binosiBuxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev koʻchasi 15-uy257,910.Trenajyor zaliBuxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev koʻchasi 15-uy174,511.AvtogarajBuxoro shahri A. Boboqulov koʻchasi 10-uy2 541,712.Oshxona (2-oʻquv-laboratoriya binosi hududida)Buxoro shahri Ahmad Donish MFY Q.Murtazoyev koʻchasi 15-uy74,013.Xizmat uyiBuxoro shahri Piridastgir koʻchasi 3-uy444,514.Hojatxona (1-talabalar turarjoyi hududida)Buxoro shahri Navoiy shoh koʻchasi 12-uy178,515.Bosh oʻquv binosiBuxoro shahri Gazli shoh koʻchasi 32-uy1 438,2Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti16.2-oʻquv binosiBuxoro shahri Gazli shoh koʻchasi 32-uy3 504,817.ARM va laboratoriyaBuxoro shahri Gazli shoh koʻchasi 32-uy2 967,518.1-talabalar turarjoyiBuxoro shahri Gazli shoh koʻchasi 32-uy789,219.2-talabalar turarjoyiBuxoro shahri Gazli shoh koʻchasi 32-uy789,220.3-talabalar turarjoyiBuxoro shahri Gazli shoh koʻchasi 32-uy1 069,321.TexnoparkBuxoro shahri Gazli shoh koʻchasi 32-uy3 520,422.Oʻquv-amaliyot poligoniRomitan tumani “Qoqishtuvon” MFY24 500,0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-22-son qaroriga 3-ILOVA
Buxoro davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari
ROʻYXATI
T/rTaʼlim tashkiloti nomiQuvvatiI. Oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti1.Buxoro davlat texnika universiteti akademik litseyi (Buxoro muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi)825II. Kasbiy taʼlim tashkilotlari2.Buxoro tuman politexnikumi7203.Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumi9004.Vobkent sanoat va transport texnikumi7805.Gʻijduvon agrotexnologiyalar texnikumi6006.Gʻijduvon tuman 1-son politexnikumi7207.Gʻijduvon tuman 2-son politexnikumi9008.Gʻijduvon tuman 3-son politexnikumi6459.Jondor tuman politexnikumi90010.Jondor agrotexnologiyalar texnikumi64511.Kogon shahar politexnikumi72012.Qorakoʻl tuman 1-son politexnikumi55513.Qorakoʻl tuman 2-son politexnikumi61514.Qorovulbozor tuman politexnikumi60015.Olot tuman politexnikumi81016.Peshku tuman 1-son politexnikumi90017.Peshku tuman 2-son politexnikumi61518.Romitan tuman 1-son politexnikumi72019.Romitan tuman 2-son politexnikumi795
