Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-20-son)
22.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
[Koʻchirma]
Elektrotexnika sanoati sohada yaratilgan sharoitlar natijasida soʻnggi yetti yilda respublikaning yirik mahalliy sanoat tarmogʻiga aylandi, tarmoqda ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 barobarga, eksport hajmi 7 barobarga oʻsdi va geografiyasi 63 ta davlatga yetdi.
Elektrotexnika sanoati va unga yondosh sohalarni rivojlantirish, yuqori texnologiyali hamda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini sohaga keng joriy etish maqsadida:
1. Elektrotexnika sanoatini 2025 — 2027-yillarda rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
tarmoqda qoʻshilgan qiymat ulushini oʻrtacha 21 foizdan 30 foizga va ishlab chiqarish hajmini 58 trillion soʻmga yetkazish;
qayta ishlash jarayonlariga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va diversifikatsiya qilish hisobiga eksport hajmini 3,0 milliard AQSH dollariga yetkazish;
yuqori texnologiyalarga asoslangan elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish hamda innovatsion gʻoyalarni joriy etishni qoʻshimcha ragʻbatlantirish orqali umumiy qiymati 4,0 milliard AQSH dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, raqamli boshqaruv tizimini joriy etish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish.
2. Quyidagilar:
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi doirasida 2025 — 2027-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning yigʻma parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
Elektrotexnika mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy dillerlari hamda distribyutorlaridan xarid qilishning 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Elektrotexnika sanoati va unga yondosh sohalarni rivojlantirish, yuqori texnologiyali hamda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 4-ilova berilmaydi.
Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) bir oy muddatda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi doirasida loyihalarning manzilli roʻyxatini tasdiqlasin va amalga oshirish choralarini koʻrsin.
3. Belgilansinki, yuqori qoʻshilgan qiymatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish uchun qulay moliyaviy sharoitlar yaratish maqsadida 2025-yil 1-fevraldan quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari joriy etiladi:
a) bojxona hududida qayta ishlash rejimida tayyorlangan mahsulotlarni keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan sanoat kooperatsiyasi tartibida qayta ishlash uchun bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirishga ruxsat beriladi;
b) korxonalarning rivojlanish va tadqiqot markazlari (R&D) faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya jihozlari va anjomlari 2028-yil 1-fevralga qadar bojxona bojidan ozod etiladi;
v) ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning va davlat organlarining maʼmuriy bino-inshootlarini, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini qurish boʻyicha xarid qilish hujjatlariga quyidagi talablar kiritiladi:
pudratchilar zarur tovarlarni Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi va/yoki Elektron kooperatsiya portalidagi (keyingi oʻrinlarda — portallar) mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qiladi;
zarur tovarlar portallarda mavjud boʻlmasa, tasdiqlovchi maʼlumotnomalar asosida ularni boshqa elektron portallardan xarid qilishga ruxsat etiladi;
g) Ishlab chiqaruvchilar ekotizimida savdolar davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida elektron doʻkon tartib-taomillari asosida, shartnoma qiymati bilan bogʻliq cheklovlarsiz oʻtkaziladi, bunda ofertalar mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat maʼlumotlari asosida shakllantiriladi.
4. Belgilab qoʻyilsinki, 5-ilovaga muvofiq yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalariga yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch yil muddatga quyidagi soliq imtiyozlari beriladi:
yuqori texnologiyalar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan daromadlari qismida foyda soligʻining nol darajali stavkasini qoʻllash;
yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyektlari egallagan yer uchastkalari boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod etish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Savdo-sanoat palatasining elektrotexnika sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ommaviy savdolar orqali sotib olinadigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha toʻlovlarini 10 yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining ilgʻor texnologiyalar asosida yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish hamda soha uchun muhandis va oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash maqsadida “Eltech Lab” masʼuliyati cheklangan jamiyati tarkibida Ilgʻor injiniring markazini (tarkibiy boʻlinma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda ushbu markazni tashkil etish, jihozlash hamda faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun “Eltech Lab” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 10 milliard soʻm grant ajratsin.
7. Savdo-sanoat palatasi va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi:
a) ikki oy muddatda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda elektrotexnika sanoati korxonalari uchun yuqori malakali oʻrta boʻgʻin kadrlari hamda ishchi-mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Jizzax viloyatidagi 1-son politexnikumi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida injenerlik maktablarini tashkil etib, soha korxonalaridan mahalliy amaliyotchi hamda ilgʻor xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda taʼlim dasturini amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Bunda:
injenerlik maktablarini jihozlash, saqlash va boshqa xarajatlar uchun ushbu politexnikumlarga Davlat budjetidan har yili 5 milliard soʻmdan mablagʻ ajratiladi;
injenerlik maktablariga soha korxonalaridan amaliyotchi hamda ilgʻor xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlari Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi zarur hollarda ushbu maqsadlar uchun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) buyurtmasiga asosan Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga qoʻshimcha mablagʻlar ajratish choralarini koʻrsin;
b) uch oy muddatda mahsulotlar tannarxini pasaytirish, sifat darajasini hamda ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlarini (MES, ERP, PLM va boshqa dasturlar asosida) raqamlashtirish dasturini ishlab chiqib, amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Bunda mazkur xarajatlarning 50 foizi, biroq 10 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan qismi Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi belgilansin.
8. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Markaziy bank, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining quyidagi takliflari maʼqullansin:
a) 2025 — 2027-yillarda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning mahalliy kapital bozorida qisqa (1 yilgacha) va oʻrta (5 yilgacha) muddatli obligatsiyalarini joylashtirish va xalqaro kapital bozorlarida 2 ta tarmoq korxonasining yevroobligatsiyalarini chiqarish hisobiga resurs jalb qilish. Bunda korxonalarning qimmatli qogʻozlari chiqarilishini tashkil qilish uchun tijorat banklarini moliyaviy konsultant sifatida jalb etish;
b) “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB orqali 150 million AQSH dollari hamda boshqa tijorat banklari orqali 100 million AQSH dollari miqdorida, xorijiy valyutada kredit liniyalarini ochish;
g) elektrotexnika tarmogʻida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalariga Oʻzbekiston Respublikasining Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 25 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ yoʻnaltirish.
Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) ikki hafta muddatda mazkur bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan kredit liniyalari taqsimotini tijorat banklari kesimida tasdiqlasin.
9. Markaziy bank ikki oy muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati bilan bogʻliq xatarlarni xedjirlash maqsadida amalga oshiriladigan operatsiyalarni joriy valyuta operatsiyalari tarkibiga kiritish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritsin.
10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda uch oy muddatda elektrotexnika mahsulotlari eksportini yanada jadallashtirish uchun Kompaniya mablagʻlari hisobidan yangi “Eltechexport” moliyalashtirish liniyasini joriy etsin.
Bunda “Eltechexport” moliyalashtirish liniyasi doirasida:
tarmoq korxonalariga tijorat banklari orqali bank marjasini hisobga olgan holda xorijiy valyutada yillik 6 foiz, milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi;
kredit taʼminoti sifatida amalga oshiriladigan eksport shartnomasi hamda sugʻurta polisi qabul qilinadi;
kredit bir korxona uchun bir kalendar yilda 10 million AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda taqdim etiladi.
Kompaniya eksportni moliyalashtirish yoʻnalishidagi mazkur yangi tartibni joriy etish uchun tijorat banklari talabnomasiga asosan resurslar ajratib borilishini taʼminlansin.
11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining quyidagi takliflari maʼqullansin:
a) yuridik shaxslarga Ohangaron tumani, Fargʻona va Urganch shaharlaridagi texnoparklarda yer uchastkasini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olib tayyor holda bino-inshootlarni qurish va elektrotexnika hamda unga yondosh boʻlgan tarmoq korxonalariga sotish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish yoxud ijara shartlarida toʻgʻridan-toʻgʻri realizatsiya qilishga ruxsat berish.
Bunda bino-inshootlarni xarid qilgan yoki ijaraga olgan tadbirkorlarga “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi bilan tuziladigan investitsiya bitimiga muvofiq “Eltech Industrial” texnoparki ishtirokchisi maqomi beriladi;
b) ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida qurilgan tayyor bino-inshootlarni xarid qilish uchun tadbirkorlarga oʻrnatilgan tartibda Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 7 yil muddatgacha, shundan 2 yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kredit ajratish;
v) elektrotexnika tarmogʻi korxonalari ishlab chiqaradigan sanoat mahsulotlarini lizing asosida sotish. Bunda:
mazkur maqsadlar uchun 2025-yilda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-15-son qaroriga asosan elektrotexnika sanoati uchun ajratilishi nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan 30 million AQSH dollari yoʻnaltiriladi;
ushbu mablagʻlar tijorat banklariga ularning buyurtmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida milliy valyutada 5 yil muddatga ajratiladi;
mahalliy elektrotexnika mahsulotlarini sotish boʻyicha lizing xizmatlarini koʻrsatishda tijorat banklarining marjasi yillik 4 foizdan oshmagan miqdorda oʻrnatiladi;
lizing shartnomalari doirasida tadbirkorlik subyektlari lizing obyektining 15 foizi miqdorida avans toʻlovlarini oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirishi belgilanadi.
Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) bir oy muddatda mazkur shartlarda lizing asosida beriladigan elektrotexnika mahsulotlari roʻyxatini tasdiqlasin.
12. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi chakana savdo shoxobchalarida nazorat xaridi tadbirlarini (test, ekspertizasini) amalga oshirish orqali elektrotexnika mahsulotlarining sifati va xavfsizligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilib borsin.
13. Hukumat komissiyasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining buyurtmalariga asosan respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyo va materiallarni markazlashgan holda yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha moliyalashtirish manbalarini aniq belgilab Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
14. Transport vazirligi elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xomashyo va butlovchi qismlarni import qilishdagi transport xarajatlarini optimallashtirish maqsadida har moliya yili avvalida 6-ilovaga muvofiq yirik xalqaro logistika kompaniyalarining arzonlashtirilgan narxlarda logistika kvotalari band qilinishini taʼminlasin.
15. Savdo-sanoat palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrga qadar eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan yetakchi xorijiy konsalting kompaniyasini jalb qilgan holda 2035-yilga qadar Elektrotexnika sanoatini, shu jumladan, uskunasozlikni, rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi xorijiy konsalting kompaniyasini jalb qilish va strategiyani ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun 2025-yilda Davlat budjeti hisobidan Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga 15 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
16. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Markaziy bank hamda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijiy ilgʻor uskunasozlik kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazgan holda hududlarda uskunasozlik loyihalarini, shu jumladan, kooperatsiya asosida amalga oshirish boʻyicha aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Savdo-sanoat palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda maxsus elektrotexnika, oziq-ovqat, toʻqimachilik va charm mahsulotlari uchun distributsiya-logistika markazlarini tashkil qilish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishilgan taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
18. Bojxona qoʻmitasi uch oy muddatda qayta ishlash mahsulotlari bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarini sanoat kooperatsiyasi tartibida boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishni nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqib tasdiqlasin.
19. Quyidagilar:
mazkur qarorning 2-bandida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar va topshiriqlarning bajarilishini taʼminlashga Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi M. Yunusov, Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vaxabov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hamda vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari birdek masʼul va javobgar hisoblanadi;
mazkur qarordagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarining bajarilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari A. Xaydarov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vaxabov zimmasiga yuklatiladi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
21. Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-yanvar,
PQ-20-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga 1-ILOVA
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
T/rKoʻrsatkich nomiOʻlchov birligi2024-yil(joriy koʻrsatkich)2025-yil2026-yil2027-yil1.Ishlab chiqarish hajmitrln soʻm314350582.Mis xomashyosini birja savdolariga chiqarish hajmiming tn921101251453.Eksportmlrd doll.1,21,73,03,0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga 2-ILOVA
Elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi doirasida 2025 — 2027-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning
YIGʻMA PARAMETRLARI
T/rHudud nomiLoyihalar soni(dona)shu jumladan ishga tushadigan:Loyihalar qiymati(ming dollar)shu jumladan ishga tushadigan loyihalar boʻyicha:Ish oʻrinlari(nafar)shu jumladan ishga tushadigan loyihalar boʻyicha:Loyihaga biriktirilgan masʼullar2025-yilda2026-yilda2027-yildaistiqbolli loyihalar2025-yilda2026-yilda2027-yildaistiqbolli loyihalar2025-yilda2026-yilda2027-yildaistiqbolliHudud boʻyichaTarmoq va tuman/shahar boʻyichaJami:192716323353 927 581655 813672 377745 1341 854 25716 1674 6585 1304 6651 7141.Qoraqalpogʻiston Respublikasi82312142 70048 50061 80070031 7004551701853070A.T. OrinbayevM.M. Yunusov,Z.I. Zaytov,R.A. Shamuratov,S.J. Xojametov,B.B. Madaminov2.Andijon viloyati84112112 75035 6502 10030 00045 00025014556040Sh.K. AbduraxmanovM.M. Yunusov,B.B. Yuldashov,G.G. Abdurahmonov,M.X. Tadjibayev3.Buxoro viloyati82222196 13042 03041 00074 10039 0005532386518070B.K. ZaripovM.M. Yunusov,Q.I. Tursunov,O.N. Kazakov,Sh.R. Ashurov4.Jizzax viloyati72221451 30081 300200 000150 00020 0005 7801 0302 2002 450100U.M. MustafoyevM.M. Yunusov,K.A. Xolmurodov,A.M. Abdugʻaniyev5.Qashqadaryo viloyati7411152 00022 0005 00010 00015 000310185505025M.B. AzimovM.M. Yunusov,N. Xolboyev,F.Q. Gʻulomov6.Navoiy viloyati132416812 20035 50037 0002 500737 2007852511520625N.T. TursunovM.M. Yunusov,D.B. Ergashev,V.Yu. Adizov7.Namangan viloyati166613150 28035 50018 68038 00058 100638190208120120Sh.Sh. AbdurazakovM.M. Yunusov,S.Z. Moʻminov,Sh.M. Musayev,A.A. Tadjimirzayev,Sh.A. Qosimov,J.Sh. Abdullayev,J.X. Nurmatov,D.G. Kadirov8.Samarqand viloyati135413208 63735 71650 6373 584118 7007833283106085A.M. BoboyevM.M. Yunusov,G.Z. Alimova,B.Sh. Jabborov,S.X. Usmanov,Sh.Sh. Raxmanov,Sh.A. Qudratov9.Surxondaryo viloyati6211292 00011 0001 00010 00070 00019070103080U.B. QosimovM.M. Yunusov,A.A. Allamuradov,Sh.X. Nazarov,A.A. Ishmurzoyev,Q.E. Mardonov10.Sirdaryo viloyati6131164 2005 00041 0003 20015 000282301323090A.A. UmarovM.M. Yunusov,J.X. Xojimanov,U.X. Yoʻldoshev,N.N. Xazratqulov,O.U. Nosirov11.Toshkent viloyati54153027915 260141 600166 660150 000457 0003 7951 1751 560800260Z.T. MirzayevM.M. YunusovA.A. Raimov,E.E. Rustamov,M.A. Rashidov,I.M. Kilichxanov,T.A. Bobolov,D.M. Madirimov,S.D. Isakulov,S.K. Ergashev,I.R. Kasimov,M.K. Abduraximov12.Fargʻona viloyati1611122237 89552 89515 00095 00075 0005853304017045X.X. BozarovM.M. Yunusov,V.Sh. NazarovQ.N. ErkaboyevM.A. UsmonovZ.Q. ToʻrakulovA.A. DjurabayevSh.N. TojihakimovB.O. Ibragimov13.Xorazm viloyati126141154 40011 8504 500121 05017 0005121676026025J.R. RaximovM.M. Yunusov,Sh.K. Axmedov,Gʻ.P. Sultanov,T.I. Davletov,S.M. Palvanov,O.M. Xolboyev,Z.A. Abrdimov14.Toshkent shahri189432337 83097 27328 00057 000155 5571 24957519040579Sh.B. UmurzakovM.M. Yunusov,A.N. Sayfutdinov, A.Sh. Umarxonov, E.X. Shukurov, B.Yu. Abubakirov, N.A. Allabergenova, X.I. Inoyatov, B.T. Raxmankulov
Izoh: Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi zarur hollarda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining taklifiga asosan ushbu yigʻma parametrlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga 3-ILOVA
Elektrotexnika mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy dillerlari hamda distribyutorlaridan xarid qilishning 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlari
mlrd soʻmT/rVazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalariMahsulot nomi2025 — 2027-yillardagi talabshu jumladan2025-yil2026-yil2027-yilJAMI28 416,58 142,710 038,810 239,41.Suv xoʻjaligi vazirligiSuv nasoslari65,720,621,523,6Elektrodvigatellar148,460,859,727,9Aqlli suv oʻlchagichlar (Smart Water)78,631,225,921,5Kabel-sim mahsulotlari6,72,42,22,1Quyosh panellari19,47,06,55,9Quyosh suv isitkichlari22,16,97,77,5Kondensator qurilmalari(Reaktiv energiya kompensatsiyasi)22,46,97,77,8Chastota boshqarish qurilmasi(Ustroystvo chastotnogo regulirovaniya)18,25,45,96,9JAMI381,5141,2137,1103,22.Energetika vazirligiJAMI7 521,31 943,52 611,62 970,6shu jumladan2.1“Hududgaztaʼminot” AJGaz taqsimlash punktlari(telemetriya tizimiga ega boʻlgan)2 349,1345,8864,61 138,7Elektron gaz hisoblagichlar600,0150,0225,0225,0Regulatorlar300,0100,0100,0100,0Quyosh fotoelektr stansiyalari35,312,312,310,8Bir konturli va ikki konturli qozonlar3,51,01,01,5JAMI3 287,9609,11 202,91 476,02.2“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJElegazli oʻchirgichlar (Elegazoviy viklyuchatel)4,61,21,32,1Ajratkichlar(Razyedinitel)1,90,30,51,1Transformator shkaflari22,86,06,110,7Kabel mahsulotlari45,412,914,218,3Sim mahsulotlari2,80,80,91,1Metall tayanchlar (220 kV)53,315,217,820,3Yuqori kuchlanishli izolyatorlar34,610,011,213,4Avtotransformatorlar51,28,717,025,5Kondensatorlar3,40,90,91,5JAMI220,056,069,994,02.3“Hududiy elektr tarmoqlari” AJUsti ochiq simlar (AS markali)43,113,714,315,1Kabellar113,536,037,839,7Aloqa kabellari (SIP)750,6238,1250,0262,5Transformator punktlari1 289,0408,9429,3450,8Kabel-armatura mahsulotlari (LSA)131,741,843,946,1Elektr ajratkichlar(Rubilnik)1 102,0349,6367,0385,4Avtomatik elektr oʻchirgichlar(Avtomat viklyuchatel)208,766,269,573,0Vakuum oʻchirgichlar123,239,141,043,1Izolyatorlar48,215,316,116,9JAMI3 810,01 208,61 268,91 332,42.4“Oʻzbekneftgaz” AJEmallangan sim1,60,40,50,7Yoritish uskunalari12,64,04,24,4UPS, batareya, akkumulyatorlar8,82,52,93,4Kabel mahsulotlari77,325,225,626,5Quyosh fotoelektr stansiyasi, suv isitkich uskunasi34,010,511,512,0Chastotali tartibga solish qurilmasi(Ustroystvo chastotnogo regulirovaniya)16,54,85,56,2Nasos va elektrodvigatellar10,43,74,22,5Transformatorlar28,89,29,510,1Dizel generatorlari3,31,01,11,2Oʻlchov-nazorat asboblari3,11,01,01,1JAMI192,062,366,068,12.5“Issiqlik elektr stansiyalari” AJNasoslar9,16,32,9Elektrodvigatellar2,21,21,0JAMI11,37,53,93.Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiKoʻmir va gazda ishlovchi isitish qozonlari120,028,044,048,0Liftlar560,7185,3186,7188,7Individual issiqlik punktlari (IIP)194,550,764,579,3Taqsimlash shitlari(Shiti raspredelitelnie)2,40,60,80,9Alyumindan profil va aksessuarlar14,94,14,95,9PVXdan profil va aksessuarlar166,945,455,066,5Devor uchun sendvich-panellar44,912,214,817,9LED lampalar26,77,38,810,6Quyosh fotoelektr stansiyalari123,533,540,749,2Quyosh suv isitkichlari8,92,42,93,5Elektr hisoblagichlar8,22,22,73,3Elektron suv hisoblagichlar6,41,72,12,6JAMI1 278,0373,6427,9476,54.“Oʻzavtosanoat” AJAvtomobillar uchun jgut simlari (180 turdagi)3 868,01 280,01 292,01 296,0Avtomobil generatorlari(Damas va Kobalt, Jentra generatorlari)569,0189,0190,0190,0Avtomobil yoritish tizimlari2 299,0747,0765,0787,0Avtomobillar uchun simlar556,0178,0186,0192,0Avtomobil oynasini koʻtaruvchi modullar(Moduli steklopodyemnikov)556,0175,0186,0195,0Spidometrlar395,0127,0132,0136,0Akkumulyator batareyalar(konveyer va ikkilamchi bozor)1 089,0355,0364,0370,0Yoqilgʻi nasoslari (Kobalt)162,354,154,154,1Yangi modellar generatorlari va kompressorlari(Oniks va Treker avtomobillari generatorlari, Kobalt avtomobili kompressori)362,4177,4185,0Elektr va gibrid avtomobillarning jgut simlari227,597,5130,0Elektr va gibrid avtomobillarning yoritish tizimlari39,06,532,5JAMI10 123,23 105,13 450,53 567,65.“Oʻzsuvtaʼminot” AJIsteʼmolchilar uchun aqlli suv oʻlchagichlar(Smart Water)280,923,4117,0140,5Suv inshootlari va tarmoqlari uchun masofadan maʼlumot uzatuvchi suv oʻlchagichlar586,5307,5279,0Transformator28,97,99,311,7Kabel mahsulotlari2,91,30,80,7Quyosh panellari4,22,01,11,1JAMI903,334,6435,7433,06.Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi3 483,51 179,91 295,51 008,1shu jumladan6.1“Olmaliq KMK” AJElektrodvigatellar58,718,619,620,5Har xil turdagi elektr kabellar76,324,225,426,7Transformatorlar va transformator podstansiyalari97,456,420,021,0Yoritish moslamalari14,24,54,75,0Chastota oʻzgartirgichlar59,919,020,020,9Izolyatorlar8,42,72,82,9Elektr choʻtkalar8,12,62,72,8Yuqori kuchlanishli elektr uzatish moslamalari (YAKNO)3,31,01,11,2Ventilyatorlar37,812,012,613,2Nasoslar52,616,717,518,4Elektrodvigatelsiz nasos(SNSK 300-480 bez elektrodvigatelya)6,42,12,12,1JAMI423,1159,8128,5134,86.2“Navoiy KMK” AJHar xil turdagi izolyatorlar10,30,40,4Kabel va sim mahsulotlari171,555,557,258,9Mahkamlash boʻgʻinlari(kabellar uchun muftalar)1,60,50,50,6Kuchlanish va oʻlchov transformatorlari2,90,91,01,0Elektrotexnik qurilmalar(podstansiyalar, taqsimlash punktlari, chastota oʻzgartirgichlar va boshqalar)774,3246,6258,9268,8Elektromontaj mahsulotlari(rozetkalar, oʻchirgichlar (viklyuchatel), vilkalar va boshqalar)1,90,60,60,7Yoritish uskunalari(lampalar, svetilniklar,shaxtyorlar yoritgichlari)8,02,62,72,8Elektrodvigatellar(sinxron, asinxron dvigatellar)309,1100,0103,0106,1Boshqaruv shkaflari, avtomatlashtirish mahsulotlari92,730,030,931,8Nasoslar92,730,030,931,8Kompyuterlar va AKT butlovchi qismlari5,61,71,92,1Maishiy texnika15,55,05,25,3JAMI1 477,0473,7493,2 510,16.3“Navoiyuran” davlat korxonasiUsti ochiq simlar (AS markali)17,75,36,06,4Kabel-armatura mahsulotlari (LSA)207,763,870,273,7Kabel ulagichlar (nakonechnik)1,80,60,60,6Avtomatik elektr oʻchirgichlar (Avtomat viklyuchatel)14,44,64,85,0Izolyatorlar2,60,80,90,9TEN (elektr isitkichlar)1,30,40,40,5Ajratkichlar (Razyedinitel)1,80,60,60,6Elektr ajratkichlar (Rubilnik)2,70,90,90,9Boshqaruv shkaflari(Shkaf upravleniya s UCHR 0,4)32,810,410,911,5Kuchlanish transformatorlari2,60,80,90,9Yoritgichlar (Svetilnik)11,73,73,94,1Svetodiod lampalar1,50,50,50,5Transformator punktlari (KTPN)322,292,6107,0122,6Kondensator qurilmalari(6 kV kuchlanishli)76,223,325,727,2Yuqori kuchlanishli elektr uzatish moslamalari(YAKNO)45,414,015,515,9Kuch transformatorlari (35/6 kV kuchlanishli)141,537,048,556,0Vakuum oʻchirgichlar (6 — 10 kuchlanishli)17,52,27,08,3Elektr magnit oʻtkazgichlar33,810,711,211,8Oʻrash uchun simlar (provod obmotochniy)4,61,51,51,6Elektrodvigatellar55,718,922,814,0Nasoslar581,5250,7330,8JAMI1 577,2543,3670,7363,26.4“Oʻzmetkombinat” AJNasoslar0,70,40,4Elektr dvigatellar5,633JAMI6,43,13,37.Davlat ulushi bor tijorat banklariTerminal998,5333,4332,5332,5Plastik kartalar666,7259,9203,4203,4Bankomat3 060,3771,51 144,41 144,4JAMI4 725,51 364,81 680,41 680,4
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga 5-ILOVA
Elektrotexnika sanoatida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga asoslangan mahsulotlar
ROʻYXATI
1. Identifikatsiya uchun moʻljallangan mikroprotsessor modullari.
2. Uyali va boshqa simsiz aloqa tarmogʻi uchun telefon, planshet va ularning butlovchi qismlari.
3. Kompyuter, noutbuklar va ularning butlovchi qismlari hamda avtomatlashtirilgan depozit mashinalari.
4. Bosib chiqarish, skanerlash, nusxa koʻchirish va uzatish qurilmalari.
5. Elektron axborot tashuvchi vositalar.
6. Elektronika yoʻnalishidagi mahsulotlar (yarimoʻtkazgich, mikrosxema, elektron chip, quyosh panellari uchun yacheyka va boshqalar).
7. Tibbiyot uskunalari (MRT, rentgen, portativ tashxis uskunasi va boshqalar).
8. Robot va robototexnika uskunalari, uchuvchisiz uchish qurilmalari.
9. Mis xomashyosidan qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar (misdan folga, egiluvchan plata, elektromobil zaryadlash uskunalari).
10. Texnologik asbob-uskunalar (uskunasozlik) va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari.
11. Uskunalar uchun qoliplar (press forma).
12. Elektromobillar, quyosh va shamol elektrostansiyalari uchun batareyalar va invertorlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga 6-ILOVA
Elektrotexnika sanoati korxonalariga ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xomashyo va butlovchi qismlarni import qilishda arzonlashtirilgan narxlarda logistika kvotalarini band qilish parametrlari
T/rDavlat nomiShahar nomiKonteyner soni(dona)Vagon soni(dona)Jami3 7511811.XitoyGuanchjou4972.Guandun1093.Jiaksing804.Lyanyungan555.Nanchan706.Ningbo7187.Suchjou2508.Urumchi5009.Foshan26110.Xefey34011.Xuayjou6012.Chjetszyan10013.Chjunshan1214.Shanxay31415.Shenchjou6016.Shenchjen13217.KoreyaPusan11018.VyetnamXoshimin1519.MalayziyaKlang2520.RossiyaMagnitogorsk10521.Chelyabinsk oblasti1422.Yekaterinburg6223.BAAJabal Ali324.TurkiyaKayseri40
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnida “3920” pozitsiyasidan keyin quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“392049pliti, listi, plenka i polosi ili lenti, prochiye, neporistie i nearmirovannie, nesloistie, bez podlojki i ne soyedinennie analogichnim sposobom s drugimi materialami, iz polimerov vinilxlorida, prochiye (soderjashiye meneye 6 mas.% plastifikatorov)33920108900Prochiye pliti, listi, plenka i polosi ili lenti, tolshinoy boleye 0,125 mm03920621901Plenka iz polietilentereftalata tolshinoy ne boleye 0,35 mm0”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4812-son qarorining 4-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“agar new.cooperation.uz portalida roʻyxatdan oʻtgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning elektrotexnika mahsulotlari narxi boshqa elektron portallarda roʻyxatdan oʻtgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning elektrotexnika mahsulotlari narxidan yuqori boʻlsa, davlat buyurtmachilariga boshqa elektron portallarda roʻyxatdan oʻtgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan elektrotexnika mahsulotlarini xarid qilishga ruxsat etiladi”;
uchinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-15-son qarorida:
a) 1 va 2-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 18-bandda:
beshinchi xatboshidagi “2025-yil 1-martga qadar” soʻzlari “2025-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan sinov laboratoriyasini jihozlash uchun xarid qilingan tovarlar va asbob-uskunalar “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan “Eltech-Lab” MCHJga bepul oʻtkazib beriladi.
Bunda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq tovarlar va asbob-uskunalarni “Eltech-Lab” MCHJga bepul berish soliq solish obyekti hisoblanmaydi”;
v) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
