SHNQ 2.07.06-24 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-85-son)
27.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 17-yanvarda hisobga olindi, hisob raqami 327]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.07.06-24 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-dekabr,
01/2-85-son
Kelishildi:
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
2024-yil 18-dekabr
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2024-yil 11-dekabr
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 5-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 01/2-85-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.07.06-23 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) shahar koʻcha-yoʻllarida piyoda mintaqalarini loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQning talablari shahar koʻcha-yoʻllarida avtotransport harakatini tashkil etish, avtobus yoʻlaklarlari va bekatlarini loyihalash hamda jihozlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish”;
SHNQ 2.05.02-23 “Avtomobil yoʻllari. Loyihalash talablari”;
SHNK 2.05.03-22 “Koʻpriklar va quvurlar”;
SHNQ 2.07.02-22 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”;
SHNQ 2.04.18-22 “Shaharlar va qishloq aholi yashaydigan joylarni tashqi yoritish”;
QMQ 2.04.03-19 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
GOST 52289-2004 “Yoʻl belgilari, belgilar, svetoforlar, yoʻl toʻsiqlari va yoʻnaltiruvchi qurilmalardan foydalanish qoidalari” (rasmiy manba: Pravila primeneniya dorojnix znakov, razmetki, svetoforov, dorojnix ograjdeniy i napravlyayushix ustroystv);
Oʻz DSt 3644:2023 “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari. Piyodalar oʻtish joylari”;
SanQvaM 0008-20 “Turar joylarda, jamoat binolarida, aholi yashash hududlarida va dam olish zonalarida ruxsat etilgan shovqin darajasining sanitariya qoidalari va meʼyorlari”.
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Mazkur SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
velosiped yoʻlkasi — alohida yoʻl yoki konstruktiv jihatdan qatnov qismi va trotuardan ajratilgan yoʻlning tarkibiy qismi boʻlib, tegishli yoʻl belgisi bilan belgilanadi;
piyodalar yoʻlkasi — piyodalar harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan, tegishli yoʻl belgisi bilan belgilangan alohida yoʻl yoki sunʼiy inshoot yuzasi. Transport vositalari harakati taqiqlangan qismi;
turli sathdagi piyodalar oʻtish joylari — piyodalarga yoʻllarning qatnov qismida harakat qilmasdan yoʻlning qarama-qarshi tomoniga (qatnov qismiga chiqmasdan) oʻtish imkonini beruvchi sunʼiy inshoot;
piyodalar mintaqasi — oʻzida piyodalar, velosiped yoʻlkasi hamda yashil maydonlarni mujassam etgan, shuningdek turli sathdagi piyodalar oʻtish joylari orqali piyodalarning xavfsiz harakat qilishi uchun moʻljallangan hudud.
3-bob. Velosiped yoʻlkalariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Asosiy talablar
3. Velosiped yoʻlkalarini loyihalashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
velosiped yoʻlkasining rejasi va boʻylama profil elementlarining qiymatlari mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq boʻlishi;
rampalarning maksimal qiyaligi 80‰ dan oshmasligi hamda velosiped rampasini piyodalar rampasi bilan birlashtirganda, umumiy nishablik piyodalar rampasiga teng boʻlishi;
velosiped yoʻlkasining koʻndalang qiyaligining maksimal qiymati 20‰ dan oshmasligi hamda velosiped yoʻlidan yoki velosiped kamaridan yomgʻir va erigan suv oqimini chiqib ketishni taʼminlashi;
velosiped yoʻlkasi boʻylab 2,5 m dan past boʻlgan yoʻl belgilari va reklama taxtalarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmasligi;
velosiped yoʻlkasi chetidan transport inshootlari tayanchlari va daraxtlargacha boʻlgan xavfsizlik masofasi SHNQ 2.07.01-23 ga muvofiq boʻlishi;
velosiped harakatini tartibga solish va velosiped yoʻlkasi chetida maxsus yoʻl belgilarini GOST 52289-2004 ga muvofiq oʻrnatilishi.
4. Yoʻl boʻylab joylashgan yon ariqlarni velosiped yoʻlkasidan velosipedchilar harakatiga xalaqit bermaydigan panjaralar (bordyur) yordamida ajratish lozim.
2-§. Harakat yoʻnalishi bir tomonlama velosiped yoʻlkalari
5. Velosiped yoʻlini tartibga solish velosipedchilarni avtomobil oqimlaridan ajratish va velosipedda harakatlanish xavfsizligi hamda qulayligini oshirish hisobga olinishi kerak.
6. Bir tomonlama velosiped yoʻllari quyidagi talablarga asosan loyihalanishi lozim:
bir tasmali bir tomonlama velosiped yoʻllari koʻcha-yoʻl sharoitlariga koʻra eng koʻp harakat jadalligi (kunning tigʻiz) vaqtida 400 velosiped/h tashkil qilganda bir tasmali bir tomonlama velosiped yoʻlkasining kengligini 1,20 m, harakat jadalligi 400 velosiped/h dan oshganda esa 2,0 m;
yoʻlning qatnov qismi chetida alohida maydonda velosiped yoʻlkasini loyihalayotganda, yoʻlning har ikki tomonida kamida 0,5 m kenglikdagi xavfsizlik masofasini hisobga olgan holda.
7. Velosiped yoʻlkasining koʻndalang va boʻylama profilining, shuningdek balandlik va yondosh yoʻlak oʻlchamlari ushbu SHNQning 1-ilovasida keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
8. Qatnov qismining yoqasida velosiped yoʻlkasini loyihalashda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
yoʻlning qatnov qismi yoqasida bir xil sathda joylashtirganda avtomobil yoʻllari tasmasi kengligini inobatga olib kamida 0,75 m boʻlgan ajratuvchi chiziq boʻlishi;
velosiped yoʻlkalarini piyoda yoʻlkalari bilan birgalikda rejalashtirganda velosiped yoʻlkalari belgilari yoki ranglari bilan ajratilishi;
velosiped yoʻlkasi trotuar yoki piyodalar yoʻlkasidan 5 sm pastda loyihalanganda xavfsizlik masofasi kamida 0,3 m kenglikda rejalashtirilishi.
9. Velosiped yoʻlkalarini piyoda yoʻlkalari bilan birgalikda rejalashtirganda yoʻlaklarning eni piyodalar va velosipedchilarning harakat jadalligiga bogʻliq holda loyihalanishi lozim.
Yoʻlkalarni piyodalar va velosipedchilarning harakat jadalligiga bogʻliq holdagi kengligini ushbu SHNQning 2-ilovasiga muvofiq boʻlishi kerak.
10. Velosiped yoʻlkalari yoʻlning qatnov qismi bilan bir sathda loyihalanganda avtotransport oqimining ruxsat etilgan tezligini inobatga olgan holda loyihalanishi zarur.
11. Shahar koʻcha-yoʻllarida piyoda yoʻlkasi bilan velosiped yoʻlkasi bir sathda birgalikda loyihalanganda yoʻlkalarining kengligi ushbu SHNQning 3-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
12. Velosiped yoʻlkalari qatnov qismining chetlarini boshqa velosiped yoʻllari yoki avtomobil yoʻlining qatnov qismi bilan kesib oʻtishda umumlashtiruvchi radiusi quyidagicha boʻlishi kerak:
magistral velosiped yoʻllarda — 5,0 m;
tuman va mahalliy yoʻllarda — 2,5 m.
3-§. Harakat yoʻnalishi ikki tomonlama velosiped yoʻlkalari
13. Harakat yoʻnalishi ikki tomonlama velosiped yoʻlkalarini qatnov qismining bir tomoniga yoki alohida yer uchastkasiga loyihalash ushbu SHNQning 4-ilovasiga muvofiq boʻlishi kerak.
14. Harakat yoʻnalishi ikki tomonlama velosiped yoʻlkalarini loyihalashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
ikki tomonlama ikki tasmali velosiped yoʻlkasining umumiy kengligi ushbu SHNQning 5-ilovasida keltirilgan jadvalga muvofiq qabul qilinishi;
velosiped yoʻlkasini alohida yer uchastkasida loyihalashda yoʻlning har ikki tomonida 0,5 m kenglikdagi xavfsizlik tasmasi bilan ajratilishi;
koʻndalang va boʻylama kesimning, shuningdek balandlik va yondosh yoʻlak oʻlchamlari ushbu SHNQning 1-ilovasiga muvofiq boʻlishi.
15. Shahar-koʻcha yoʻllaridagi ikki tomonlama velosiped yoʻlkasining koʻndalang kesimini ikki tomonlama nishabligini taʼminlashda yerning relyefi va drenaj tizimi talablariga rioya qilish zarur.
16. Velosiped yoʻlkalarini qoplamasi SHNQ 2.05.02-23 ga muvofiq boʻlishi kerak.
17. Velosiped yoʻlkalarining qoplama yuzasini yoritish SHNQ 2.04.18-22 ga muvofiq boʻlishi lozim.
18. Velosiped yoʻlkalari qatnov qismi bilan bir sathda loyihalanganda yoʻl boʻylab yopiq turdagi suv qochirish tizimlari QMQ 2.04.03-19 ga muvofiq boʻlishi kerak.
19. Velosiped yoʻlkasini piyoda yoʻlkalari bilan ajratgan holda loyihalash quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
yetarli kenglikka ega piyodalar yoʻlkasi yoki uni kengaytirish imkoniyati mavjud boʻlganda;
magistral va tuman ahamiyatidagi koʻcha-yoʻllarda velosiped yoʻlaklarini shakllantirishda yoki bir metrlik kenglikdan 1 h ichida oʻtuvchi piyodalar soni 100 va undan ortiq boʻlgan hollarda.
4-bob. Piyoda yoʻlkalari va mintaqalari
1-§. Piyodalar yoʻlkasi
20. Shahar koʻcha-yoʻllarida piyoda yoʻlkalarini koʻchaning ikkala chetida ham loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
21. Piyoda yoʻlkalarini loyihalashda quyidagi koʻrsatkichlarni inobatga olish kerak:
piyodalar harakati uchun qulaylik;
toʻsiqsiz harakatni taʼminlash;
yoʻlkaning tozaligi va xavfsizligi;
kommunal toʻsiqlar boʻlmasligi.
22. Yakka tartibdagi uy joylarning koʻchalari va tor koʻchalarning koʻndalang kesimida, piyoda yoʻlkasini bino boʻylab yotqizilgan toʻshama (otmostka) bilan birgalikda loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Velosiped yoʻlkalarini esa bino boʻylab yotqizilgan toʻshama (otmostka)da loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
23. Piyodalar yoʻlkalari binolarning devorlariga, tirgak devorlarga yoki toʻsiqlarga tutashganda, ularning kengligi kamida 0,5 m ga oshirilishi kerak.
24. Aholisi 3 ming kishidan ortiq boʻlgan koʻp qavatli turar joy binolari guruhlariga olib boruvchi piyoda yoʻlkalari SHNQ 2.07.01-23 ga muvofiq loyihalanishi kerak.
25. Transport vositalarining harakatlanishini inobatga olib piyodalar yoʻlning har ikki tomonidan harakatlangan hollarda piyodalar yoʻlkalarini bogʻlovchi piyoda oʻtish joylarini rejalashtirish lozim.
26. Qizil chiziqlar yoqalab joylashgan piyodalar yoʻlkasi hamda koʻcha qatnov qismidan bir sathdagi hamda yer osti piyoda oʻtishlarida harakat yoʻlakchasining normadagi oʻtkazuvchanligi ushbu SHNQning 6-ilovasiga muvofiq olinishi kerak.
27. Piyodalar yoʻlkasi maʼlum toʻsiqlarni (koʻcha chiroqlari ustunlari, himoya toʻsiqlari, daraxtlar) oʻz ichiga olganda uning kengligini qoʻshimcha ravishda 0,5 m ga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
28. Shahar koʻcha-yoʻllarining turli klassifikatsiyadagi koʻchalari uchun piyodalar yoʻlkasi kengligini ushbu SHNQning 7-ilovasiga muvofiq olinishi zarur.
29. Piyoda yoʻlkalarining boʻylama nishabligi 60 ‰, murakkab relyefli sharoitlarda 80 ‰ oshmagan holda qiyaliklar uzunligi 300 m dan oshmasligi lozim.
30. Piyoda yoʻlkalarini yoritish SHNQ 2.04.18-22 ga muvofiq boʻlishi kerak.
2-§. Turli sathdagi piyodalar oʻtish joylari
31. Shahar koʻcha-yoʻllarida turli sathdagi piyodalar oʻtish joylarini loyihalashda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
piyodalar, nogironligi boʻlgan shaxslarning harakat xavfsizligi;
harakat qulayligi;
transport tizimini istiqbolli rivojlanishi.
32. Turli sathdagi piyodalar oʻtish joylari quyidagi hollarda loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi:
uzluksiz harakatdagi shahar ahamiyatidagi magistral koʻchalarda;
harakat boshqarilmaydigan koʻchalarda;
yoʻlning qatnov qismi minimum 14 m dan katta oʻlchamdagi koʻchalarda;
piyodalar harakati jadalligi 1500 odam/h dan ortiq boʻlgan koʻchalarda;
oʻng tomonga harakat boshqarilmaydigan chorrahalarda, bunda harakat jadalligi (oʻng tomon uchun) 300 avt/h dan ortiq boʻlsa.
33. Yer ustki va yer osti piyodalar oʻtish joylarida bolalar va nogironligi boʻlgan shaxslar aravachasi harakatlanishi uchun SHNQ 2.07.02-22 ga muvofiq pandus oʻrnatilishi zarur.
34. Pandusning har bir koʻtarilish qismi boshlanishida, uning kengligidan kam boʻlmagan gorizontal maydonlar SHNQ 2.07.02-22 ga muvofiq loyihalanishi kerak.
35. Yer osti piyodalar oʻtish joyidagi pandusning umumiy kengligi SHNQ 2.07.02-22 ga muvofiq boʻlishi kerak.
36. Piyoda yer osti yoʻlaklariga tushish va chiqish hamda piyoda yer osti yoʻlaklarining eng kam eni SHNQ 2.07.01-23 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
37. Piyodalar harakati jadalligidan qatʼiy nazar xar xil sathda piyodalar oʻtish joylarini loyihalashga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
xar xil turdagi transport-oʻtkazish tugunlari (metro, temir yoʻl)da;
tashrif buyuruvchilar koʻp boʻlgan joylar (istirohat bogʻlari, stadion), harakat jadalligi yuqori boʻlgan koʻchalarning ikkala tomoni boʻylab joylashgan hududlarda;
shahar ahamiyatidagi magistral koʻcha-yoʻllarning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish zaruriyati tugʻilgan hollarda;
piyodalar bilan transport oqimi harakati oʻrtasida tartibsizliklar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan hollarda.
38. Yer osti yoʻlaklari balandligi 2,5 m dan kam boʻlmasligi, bunda ularning boʻylama nishabligi 40 ‰ dan oshmasligi hamda koʻndalang nishabligi 2 ‰ dan kam boʻlmasligi kerak.
39. Yer usti va yer osti piyodalar oʻtish joylarining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish hamda piyodalar, jumladan keksalar, tayanch harakatida nuqsoni bor va oʻrindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslarning harakat qulayligini yaratish maqsadida harakatlanuvchi trotuarlar va eskalatorlar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, harakatlanuvchi trotuarlar va eskalatorlar ikki tomonlama yoʻnalishga ega boʻlishi lozim.
40. Yer usti va yer osti piyodalar oʻtish joylarida nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar, oʻrindiqli aravachada harakatlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar, yosh bolalar aravachasini yetaklab harakatlanadigan serqatnov joylardagi piyodalar oʻtish joylarida liftlar oʻrnatilishi lozim.
Yer osti va yer usti piyodalar oʻtish joylarida lift va pandus boʻlmagan holatlarda oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslarning harakatlanishi uchun maxsus koʻtaruvchi qurilmalar oʻrnatilishi kerak.
41. Yer usti va yer osti piyodalar oʻtish joylarining suv qochirish tizimlari QMQ 2.04.03-19 ga muvofiq yopiq turdagi drenajlar orqali amalga oshirilishi kerak.
42. Yer osti piyodalar yoʻlaklarini yoritish SHNQ 2.04.18-22 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
43. Piyodalar koʻprigining koʻndalang kesimi elementlarini loyihalashda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
piyodalar harakati asosiy qismini, bunda istiqboldagi piyodalar oqimi;
toʻxtab turuvchi piyodalar uchun koʻprikning har ikki tomonidan ajratiladigan boʻlak, kengligi 0,8 — 1,2 m boʻlgan qism;
ikki tomonidan koʻprik toʻsigʻigacha boʻlgan xavfsizlik qismi loyihalanishi va uning kengligi 0,5 m dan kam boʻlmasligi.
44. Piyodalar koʻprigi uchun 0,75 m li yoʻlakchaning oʻtkazuvchanlik qobiliyati 800 odam/h taʼminlashi lozim.
45. Piyodalar koʻprigining piyodalar harakatlanadigan yoʻlkasining eng kichik kengligi 3,0 m, eng katta boʻylama nishabligi 30 ‰, murakkab sharoitlarda 40 ‰ gacha, koʻndalang nishabligi esa 15 — 20 ‰ boʻlishi kerak.
46. Yoʻllar va aholi punktlaridagi koʻchalarda koʻpriklar uchun koʻprik osti gabariti SHNK 2.05.03-22 ga muvofiq boʻlishi lozim.
47. Piyodalar oʻtish joylarini yoritish Oʻz DSt 3644:2023 ga muvofiq boʻlishi kerak.
48. Piyodalar koʻpriklarning yuk koʻtarish qobiliyati SHNK 2.05.03-22 ga muvofiq boʻlishi kerak.
3-§. Piyoda mintaqalari
49. Piyoda mintaqalari koʻp miqdordagi piyodalar oqimini kun davomida xavfsiz va qulay harakatlarini taʼminlashi lozim.
50. Piyoda mintaqalarini asosiy piyoda harakati yoʻnalishlarida rejalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
51. Piyoda mintaqalarini loyihasini ishlab chiqishda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
shahar markazida koʻcha-yoʻl tarmogʻidagi mavjud bulvar hududida loyihalashni;
shahar markazidagi maydonlar majmuasida shakllantirishni;
jamoat — ishchi va savdo hududlarida, shuningdek asosiy savdo koʻchalarida rejalashtirishni;
piyoda mintaqalari (yoʻli) ning umumiy uzunligi 4 km dan oshmasligi;
kengligi 10 m dan 30 m gacha boʻlishi;
piyodalar hududidan bekatgacha boʻlgan masofa 400 m dan oshmasligi.
Piyoda mintaqalari koʻndalang kesimi tarkibida trotuar (piyodalar yoʻlkasi) bilan mintaqa hududi birgalikda loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
52. Piyoda mintaqalari hududi maxsus toshlar yoki plitalar bilan qoplanishi, bunda qoʻltiqtayoqli va oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslar harakatlanishini qiyinlashtiradigan sochma va yirik tarkibli materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Beton plitali qoplamalarning xususiyatlari va maxsus rangli belgilarga ega boʻlgan holda SHNQ 2.07.02-22 ga muvofiq loyihalanishi lozim.
53. Piyodalar yoʻlagi boʻylab har 5 — 10 m oraliqda oʻrindiqlarni rejalashtirish kerak.
54. Hududdan kelib chiqib piyoda mintaqasi hududida bolalar maydonchalari, ochiq kafelarni rejalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
55. Piyoda mintaqalari boʻylab piyodalar yoʻlkasi, bolalar maydonchasi hamda ochiq kafelarni bir sathda va bir turdagi qoplama turidan loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
56. Nogironligi boʻlgan shaxslarning harakati uchun yoʻlaklarni SHNQ 2.07.02-22 talablariga muvofiq loyihalash lozim.
57. Piyoda mintaqalarida velotransport harakati uchun alohida velosiped yoʻlkalarini loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
58. Piyodalar yoʻlagi boʻylab har 20 — 30 m oraliqda chiqindi qutilarni rejalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
59. Piyoda mintaqalarining har ikkala tarafida koʻkalamzorlashtirish hududini loyihalash lozim.
60. Piyoda mintaqalarini koʻkalamzorlashtirish SHNQ 2.07.01-23 ga muvofiq boʻlishi kerak.
61. Piyoda mintaqalari (maydonlari)ni ushbu SHNQning 8-ilovasidagi 1 va 2-rasmlariga muvofiq loyihalanishi kerak.
5-bob. Atrof muhit muhofazasi
62. Oʻtish joylari boʻlmagan (halqa yoʻllari) atrofida joylashgan aholisi 3 mingdan ortiq turar joy hududlarini avtotransport shovqinidan himoyalash maqsadida yoʻl boʻylab shovqin qaytaruvchi qurilmalarni rejalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
63. Shahar koʻcha-yoʻllari boʻylab ekilgan daraxtlarni piyoda va velosiped harakatiga toʻsqinlik qilmasligini taʼminlash kerak.
64. Transport oqimining shovqin darajasi SanQvaM 0008-20 da belgilangan normalardan oshmasligi lozim.
65. Hududdagi daraxt va butalar hamda yashil maydonlarga zarar yetkazmaslik, daraxt va butalar atrofi betonlab tashlanmasligi lozim.
SHNQ 2.07.06-24 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Reja va boʻylama profil elementlarining qiymatlari
Izoh:
* eng kichik koʻrish masofasi tormoz masofasi formulasi boʻyicha hisoblanadi.
Stp = V*tr + V2/2a, quyidagi taxminlarni hisobga olgan holda: velosipedchining reaksiya vaqti tp=2 s, oʻrtacha sekinlashuv a = 1,5 m/S2.
** Burilishni velosiped yoʻllarida alohida maydonda tashkil qilishga yoʻl qoʻyiladi.
SHNQ 2.07.06-24 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Velosiped yoʻlkasini piyoda yoʻlkasi bilan birgalikda rejalashtirganda yoʻlkalarning oʻtkazish qobiliyati
SHNQ 2.07.06-24 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Piyoda va velosiped yoʻlkalarini bir sathda birgalikda loyihalanganda yoʻlkalarining kengligi
T/r Koʻcha-yoʻl nomlari Piyodalar va velosiped yoʻlkasi bir sathda loyihalanganda kengligi m 1. Shahar ahamiyatidagi magistral koʻcha-yoʻllar: Uzluksiz harakatdagi Boshqariladigan harakatdagi 4,2 (3+1,2) 2. Kollektor yoʻllari (jamlovchi koʻchalar) 4,2 (3+1,2) 3. Tuman ahamiyatidagi yoʻllar - 4. Mahalliy ahamiyatidagi koʻcha va yoʻllar 4,2 (3+1,2) 5. Turar joy hududlari (mahalla) ichki yoʻllari (boshi berk koʻchalar) - 6. Turar joy hududlari (mavze, daha) yoʻllari - 7. Jamoat ishchi savdo hududlari yoʻllari 7,0 (5+2) 8. Tijorat hududlari yoʻllar 4,6 (3+1,6) 9. Sanoat hududi (zonasi) yoʻllari 5,0 (3+2) 10. Oʻtish joylari boʻlmagan yoʻllar (halqa yoʻllar) 3,7-6,2 (2,5+1,2) (5.0+1,2)
SHNQ 2.07.06-24 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
SHNQ 2.07.06-24 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
Ikki tomonlama ikki tasmali velosiped yoʻlining kengligi
SHNQ 2.07.06-24 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism” shaharsozlik normalari va qoidalariga 6-ILOVA
Piyodalar yoʻlkasi harakat yoʻlakchasining normativ oʻtkazuvchanlik qobiliyati
SHNQ 2.07.06-24 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism” shaharsozlik normalari va qoidalariga 7-ILOVA
Shahar koʻcha-yoʻllarining turli klassifikatsiyadagi koʻchalari uchun piyodalar yoʻlkasining kengligi
T/r Koʻcha-yoʻl nomlari Piyodalar harakat jadalligi (24/h) Piyodalar yoʻlkasi kengligi 1. Shahar ahamiyatidagi magistral koʻcha-yoʻllar: Uzluksiz harakatdagi Boshqariladigan harakatdagi 3,0 — 3,5 2. Kollektor yoʻllari (jamlovchi koʻchalar) 3,0 — 3,5 3. Tuman ahamiyatidagi yoʻllar 3,0 4. Mahalliy ahamiyatidagi koʻcha va yoʻllar 3,0 — 4,0 5. Turar joy hududlari (mahalla) ichki yoʻllari (boshi berk koʻchalar) 2,25 — 2,5 6. Turar joy hududlari (mavze, daha) yoʻllari 2.5 — 3.7 7. Jamoat ishchi savdo hududlari yoʻllari 5,0 — 6,0 8. Tijorat hududlari yoʻllar 2,5 — 3,0 9. Sanoat hududi (zonasi) yoʻllari 3,0 — 5,0 10. Oʻtish joylari boʻlmagan yoʻllar (halqa yoʻllar) 2,5 — 5,0
SHNQ 2.07.06-24 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism” shaharsozlik normalari va qoidalariga 8-ILOVA
1-rasm. Piyoda mintaqalari (maydonlari)ning joylashuv sxemasi
2-rasm. Piyoda mintaqalari (maydonlari)ni rejalashtirishga namunaviy loyihalar
