“Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalari va sinash vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (2916-1-son)
15.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 15-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2916-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi hamda 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2017-yil 31-iyuldagi K-2, 102-son “Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalari va sinash vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 2916, 2017-yil 22-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 906-modda) 2-bandidagi “Oʻzstandart” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. JUMANAZAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-yanvar,
K-3-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-dekabr,
20-son
