Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejasi toʻgʻrisida (KQ-33-V-son)
13.01.2025
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari hamda Senat devonining tegishli tarkibiy boʻlinmalari Ish rejasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida, sifatli bajarilishini taʼminlasin va bu borada quyidagi yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratsin:
jamiyat va davlat hayotiga oid muhim masalalarni hal etish boʻyicha qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida ilgari surish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan dasturiy vazifalar ijrosi va samaradorligini muntazam oʻrganib borish orqali mavjud muammolarni hal qilishda vazirlik, idora va mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashish;
kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish, bandlikni taʼminlash, soha va tarmoqlarda norasmiy bandlik darajasini qisqartirish, tashqi va ichki mehnat migratsiyasini tartibga solish borasida zarur choralar koʻrish;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qonunchilik va nazorat-tahlil yoʻnalishdagi faoliyatni takomillashtirish, mahalliy Kengashlardagi doimiy komissiyalar faolligini oshirish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yilga moʻljallangan ish rejasining ijrosini nazorat qilish Senat Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 13-yanvar,
KQ-33-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-33-V-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan
ISH REJASI
