Dorixonalarning joylashuvi va jihozlanishiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarining (0071-24-son SanQvaN) 2-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (1-son)
08.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 13-yanvarda hisobga olindi, hisob raqami 326]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Dorixonalarning joylashuvi va jihozlanishiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarining (0071-24-son SanQvaN) 2-ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-yanvar,
1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 8-yanvardagi 1-son qaroriga ILOVA
“Dorixonalarning joylashuvi va jihozlanishiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0071-24-son SanQvaN) 2-ILOVA
Dorixonalar va ularning filiallari uchun ajratiladigan maydonlarning minimal oʻlchamlari
T/rXonalarning nomiMaydoni (kv.m da) kam boʻlmasligi kerakTayyor dori shakliga ega boʻlgan dorixonalar uchunTayyorlash huquqiga ega dorixonalar uchunSteril va aseptik dori shakllariNosteril dori shakllari1.Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish zali jumladan:162828xodimlar ish joyi uchun asbob-uskunalarni joylashtirish hududi81010Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish hududi81414shu jumladan, fitobarning tarqatish zonasi-44Jami:162828Dori shakllarini tayyorlash uchun xona2.Yordamchi, qadoqlash xonasi-103.Yordamchi-aseptik xonasi (shlyuz bilan)-28+3-4.Qadoqlash xonasi-1210 *5.Analitik xonasi-1086.Konsentratlar va yarimfabrikatlarni tayyorlash (shlyuz bilan) xonasi-12+4-7.Yuvish xonasi-1688.Dori shakllarini sterilizatsiya qilish xonasi-10-9.Idishlarni sterilizatsiya qilish xonasi-101010.Distillyatsiya qilish xonasi-10611.Oʻramlarni ochish xonasi-8-Jami:-12352Asosiy zaxirani saqlash xonasi12.Komplektlovchi ekspeditsiya xonasi ****108813.Tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonasi (termolabil preparatlar uchun sovitkich bilan) 12141414.Dorivor oʻsimlik xom ashyosi, shu jumladan: ** Yangi oʻsimlik xom ashyosini qabul qilish-1010quritish kamerasi-1010oʻsimlik xom ashyosini maydalash, ishlov berish-1010Oʻsimlik xom ashyosini qadoqlash xonasi-88Tayyor mahsulotlarni saqlash xonasi-8815.Narkotik vositalar, psixotrop moddalar, prekursorlar, shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi moddalar saqlagan dori vositalari ***-4416.Tibbiy buyumlar6 ****8817.Yengil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar-3318.Yordamchi materiallar, shisha idishlar-8819.Muomalada boʻlgan transport idishlari ****-88Jami :12/28 ****9999Xizmat koʻrsatuvchi maishiy binolar20.Mudirning xonasi, buxgalteriya-12621.Xodimning xonasi6622.Ish kiyimini yuvish va quritish xonasi-6-23.Ish va uy kiyimlari uchun javon-4424.Tozalash vositalarini saqlash xonasi-2225.Xoʻjalik anjomlari saqlanadigan omborxona-4426.Shaxsiy narsalarni saqlash uchun yordamchi xona, ovqatlanish uchun maxsus kiyimlar4--27.Hojatxona23328.Yuvinish xonasi33Jami:64028Biriktirilgan dorixonalar va davolash profilaktik muassasalarga xizmat koʻrsatish uchun qoʻshimcha binolar29.Retseptura, jamlovchi- tarqatuvchi-88Jami:16+12+6=3416+28+6=5088Hammasi:34/50298215
Izohlar:
* dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, oʻrash, markirovka va realizatsiya qilish dori vositalarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan dorixonalar uchun amal qiladi;
** dorivor oʻsimlik xom ashyosini qadoqlash bilan shugʻullanuvchi dorixonalar uchun amal qiladi;
*** narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursor (oldingi moddalar), shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi moddalar saqlagan dori vositalar aylanmasi bilan shugʻullanuvchi dorixonalar uchun amal qiladi;
**** filialiga ega dorixonalar uchun amal qiladi.”.
