31-modda. Kosmik faoliyat sohasidagi xalqaro hamkorlik
Kosmik faoliyat toʻgʻrisida (O‘RQ-1017-son) · Sana: 13.01.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining kosmik faoliyat sohasidagi xalqaro hamkorligi xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga rioya qilish asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xalqaro kosmik faoliyat bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Kosmik faoliyat sohasidagi xalqaro kosmik xizmatlar uchun haq toʻlash tartibi xalqaro shartnomalar asosida, xalqaro kosmik tashkilotlar va Xalqaro elektraloqa ittifoqining tavsiyalari inobatga olingan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining kosmik faoliyat sohasidagi xalqaro majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
