22-modda. Kosmik obyektlarni va texnika vositalarini utilizatsiya qilish
Kosmik faoliyat toʻgʻrisida (O‘RQ-1017-son) · Sana: 13.01.2025 · Amalda
Kosmik faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar kosmik obyektlarni va texnika vositalarini utilizatsiya qilish uchun utilizatsiya qilinishi lozim boʻlgan kosmik obyektlarning va texnika vositalarining roʻyxatini maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
Kosmik obyektlarni va texnika vositalarini utilizatsiya qilish tanlangan texnologiyalarga hamda iqtisodiy maqsadga muvofiqligiga qarab, ulardan foydalanish (ularni saqlash) joyida yoki kosmik obyektlarni va texnika vositalarini utilizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda amalga oshiriladi.
Kosmik obyektlarni va texnika vositalarini utilizatsiya qilishga doir ishlar, ekologiya, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, oʻlchovlarning bir xilligini taʼminlash va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash sohasidagi talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Foydalanishdan chiqarilgan kosmik obyektlarni va texnika vositalarini utilizatsiya qilish tartibi xalqaro shartnomalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
