Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining homiylik kengashi tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida (407-son)
27.08.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida hamda Jamgʻarma Homiylik kengashi baʼzi aʼzolarining boshqa ishga oʻtganligini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Homiylik kengashining yangilangan tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 63-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-avgust,
407-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 27-avgustdagi 407-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Homiylik kengashining
TARKIBI
Mirziyoyev Sh.M. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Kengash raisi Aripov A.N. — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisining oʻrinbosari Kengash aʼzolari: Narbayeva T.K. — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Shadmanov A.K. — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Qurbonov R.D. — Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi Inoyatov U.I. — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Qosimov R.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Xodjayev B.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Qosimov O.O. — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi Mansurov K.T. — Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori oʻrinbosari Mirzaxidov X.M. — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Xolmuradov S.R. — Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisi Mullajanov K.K. — “Asaka” ATB boshqaruvi raisi Tamikayev A.U. — “Agrobank” ATB boshqaruvining raisi Zakirov B.E. — “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi Sanaqulov Q.S. — Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bosh direktori Sultanov A.S. — “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi raisi Sharapov A.K. — “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Dusmuratov M.M. — “Oʻzfarmsanoat” aksiyadorlik konserni raisi Xaydarov I.U. — “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi Quranbayev Q.Q. — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Niyazov R.S. — “Vatanparvar” tashkiloti raisi”.
