Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (3597-son)
14.01.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3597]
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2022-yil 12-martdagi 3 va 5-son “Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3357, 2022-yil 31-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2022-y., 10/22/3357/0254-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-dekabr,
23-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-dekabr,
19-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 23-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 26-dekabrdagi 19-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar
ROʻYXATI
