Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer resurslaridan samarali foydalanish va yer hisobini yuritishni muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (4-son)
10.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
yangidan oʻzlashtirilgan yerlar toifasiga (turiga) oʻzgartirish kiritish muddatlarini, masʼullarning majburiyati va javobgarligini belgilash;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni oʻrganishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va javobgarligini belgilash;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish tartibini soddalashtirish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-yanvar,
4-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarorida:
2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “hamda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga kiritadi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “kiritilgan loyihalar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan maʼqullangandan soʻng,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobot ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq yuritiladi, yangidan oʻzlashtirilgan yerlar toifasiga (turiga) oʻzgartirish 1a-ilovadagi sxemaga muvofiq kiritiladi”;
b) quyidagi mazmundagi 1a-ilova bilan toʻldirilsin:
“Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
Yangi oʻzlashtirilgan yerlar toifasiga (turiga) oʻzgartirish kiritish
SXEMASI
v) 2-ilovaning 10-shaklida:
12-ustundagi “boʻz yerlar” soʻzlari “lalmi ekin yerlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-ustun chiqarib tashlansin.
