Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2773-10-son)
03.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 3-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2773-10]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-son qarori (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 133-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-dekabr,
197-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2024-yil 29-noyabr
Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
2024-yil 11-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi 197-son buyrugʻiga ILOVA
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 22-bandda:
1) 11-kichik bandda:
ikkinchi xatboshidagi “yoki deklarantning” degan soʻzlar “yoki deklarant yuridik shaxs boʻlganda, uning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar deklarant jismoniy shaxs boʻlsa, grafada ushbu jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 23-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23) 28-grafa. “Moliya va bank maʼlumotlari”.
Grafada bojxona toʻlovlarini toʻlovchi shaxsning STIRi (jismoniy shaxs boʻlsa, JSHSHIRi), bojxona toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan toʻlanganda bojxona brokeri yoki deklarantning STIRi (jismoniy shaxs boʻlsa, JSHSHIRi) koʻrsatiladi.”;
3) 26-kichik bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat standartlari” degan soʻzlar “milliy standartlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 39-kichik bandda:
yigirma uchinchi va yigirma toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
yigirma beshinchi — oʻttiz birinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma uchinchi — yigirma toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yigirma beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“610 12-160400299010;”;
yigirma toʻqqizinchi xatboshidagi “toʻgʻrisida bayonnoma” degan soʻzlar “yuzasidan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror raqami va sanasi (jarima solish toʻgʻrisidagi qaror boʻlmaydigan hollarda shakl-2 raqami va sanasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 42-kichik bandda:
quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“VZ” — qoʻshilgan qiymat soligʻini bojxona va soliq organlari oʻrtasida oʻzaro hisobga olish orqali toʻlash imkoniyati taqdim etilgan;”
oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
6) 43-kichik bandda:
ikkinchi va sakkizinchi xatboshidan “yoki boʻlib-boʻlib” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi — oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilganda, grafada bunday toʻlovlarni toʻlash muddatlari, bojxona toʻlovlari turlari va toʻlov summalari kesimida quyidagi sxema boʻyicha koʻrsatiladi:
XX.KK.OO.YYYY.SUMMA,
bunda:
XX — Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq bojxona toʻlovi turining kodi;
KK — kun;
OO — oy;
YYYY — yil;
SUMMA — boʻlib-boʻlib toʻlash muddatlari boʻyicha toʻlov summasi;
Agar boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilgan bojxona toʻlovlarining turlari yoki muddatlari bir nechta boʻlsa, har bir maʼlumot alohida yangi qatorda koʻrsatiladi.”.
2. 25-bandda:
1) 11-kichik bandda:
ikkinchi xatboshidagi “yoki deklarantning” degan soʻzlar “yoki deklarant yuridik shaxs boʻlsa, uning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar deklarant jismoniy shaxs boʻlsa, grafada ushbu jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi;”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 23-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23) 28-grafa. “Moliya va bank maʼlumotlari”.
Grafada bojxona toʻlovlarini toʻlovchi shaxsning STIRi (jismoniy shaxs boʻlsa JSHSHIRi), bojxona toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan toʻlanganda bojxona brokeri yoki deklarantning STIRi (jismoniy shaxs boʻlsa JSHSHIRi) koʻrsatiladi.”;
3) 26-kichik bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat standartlari” degan soʻzlar “milliy standartlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 35-kichik band quyidagi mazmundagi oʻttiz ikkinchi — oʻttiz sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Agar tovar bojxona rejimiga joylashtirilmasdan transport vositasi sifatida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” (bundan buyon ushbu bandda majburiyatnoma deb yuritiladi) rasmiylashtirilgan holda olib kirilgan boʻlsa, grafada tovarlar uchun rasmiylashtirilgan majburiyatnomaning roʻyxat raqami quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
99999/99.99.9999/9999999,
bunda:
1 2 3
1-element — bojxona posti kodi;
2-element — majburiyatnoma toʻldirilgan sana;
3-element — majburiyatnomani tartib raqami.”;
5) 39-kichik bandda:
yigirma uchinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
yigirma beshinchi — oʻttiz beshinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma uchinchi — oʻttiz uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yigirma beshinchi — yigirma toʻqqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“620 15-142120030000;
(Prezidentning 04.02.2014-yildagi PQ-2120-son qarori 3-bandi);
629 15-142120030000;
(Prezidentning 04.02.2014-yildagi PQ-2120-son qarori 3-bandi);
629 11-190599246060;”;
quyidagi mazmundagi oʻttizinchi — oʻttiz toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“(Soliq kodeksining 246-moddasi 6-bandi);
620 10-130001010000;
(2011-yil 18-oktabrdagi erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani uning taraflari va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida qoʻllash toʻgʻrisidagi bayonnoma /31.05.2013-y);
620 10-940001010000;
(Erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim/15.04.1994-y);”;
oʻttizinchi — oʻttiz uchinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻttiz beshinchi — oʻttiz sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻttiz sakkizinchi xatboshidagi “toʻgʻrisida bayonnoma” degan soʻzlar “yuzasidan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror raqami va sanasi (jarima solish toʻgʻrisidagi qaror boʻlmaydigan hollarda shakl-2 raqami va sanasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 42-kichik bandda:
quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“VZ” — qoʻshilgan qiymat soligʻini bojxona va soliq organlari oʻrtasida oʻzaro hisobga olish orqali toʻlash imkoniyati taqdim etilgan;”;
oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
7) 43-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43) 48-grafa. “Toʻlovlarni kechiktirish”.
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash imkoniyati taqdim etilganda, grafada bunday toʻlovlarni toʻlashning soʻnggi muddati bojxona toʻlovlari turlari kesimida quyidagi sxema boʻyicha koʻrsatiladi:
XX.KK.OO.YYYY
bunda:
XX — Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq bojxona toʻlovi turining kodi;
KK — kun;
OO — oy;
YYYY — yil;
Agar kechiktirib toʻlash imkoniyati taqdim etilgan bojxona toʻlovlarining turlari bir nechta boʻlsa, har bir maʼlumot alohida yangi qatorda koʻrsatiladi.
Bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilganda, grafada bunday toʻlovlarni toʻlash muddatlari, bojxona toʻlovlari turlari va toʻlov summalari kesimida quyidagi sxema boʻyicha koʻrsatiladi:
XX.KK.OO.YYYY.SUMMA
bunda:
XX — Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq bojxona toʻlovi turining kodi;
KK — kun;
OO — oy;
YYYY — yil;
SUMMA — boʻlib-boʻlib toʻlash muddatlari boʻyicha toʻlov summasi;
Agar boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilgan bojxona toʻlovlarining turlari yoki muddatlari bir nechta boʻlsa, har bir maʼlumot alohida yangi qatorda koʻrsatiladi.”.
3. 12-ilovada:
quyidagi mazmundagi 101-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
quyidagi mazmundagi 201-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
quyidagi mazmundagi 591-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
quyidagi mazmundagi 651 va 652-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
88-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi 1081 — 1083-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
111 va 112-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
116-pozitsiya chiqarib tashlansin.
4. 13-ilovada:
1) “Boshqa toʻlovlar” blokida:
1-pozitsiyadagi “toʻlovini” degan soʻz “bojini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
quyidagi mazmundagi 21-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
quyidagi mazmundagi 41-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
2) “Boshqa yigʻimlar” blokida:
8-pozitsiyadagi “Dastlabki qaror qabul qilganlik uchun bojxona yigʻimi” degan soʻzlar “Tovarni tasniflanishi boʻyicha dastlabki qaror qabul qilganlik uchun bojxona yigʻimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 81-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
quyidagi mazmundagi 91-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
5. 4 va 14-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin:
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Bojxona postlari
TASNIFLAGICHI
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 14-ILOVA
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar mavjudligini tasdiqlovchi va BYUUDning 44-grafasida maʼlumotlarni bayon etishda qoʻllaniluvchi normativ-huquqiy hujjatlar
TASNIFLAGICHI
Izoh: Hujjat kodining:
1) birinchi 2 raqam — hujjat turini anglatadi;
2) “YY” raqami — hujjat yili;
3) “RRRR” raqami — hujjat raqami;
4) “XXXXXX” — hujjatdagi imtiyoz berilgan modda / bandi / qismi / xatboshisi ketma-ket koʻrsatiladi. Agar hujjatda qismi yoki xatboshisi boʻlmagan taqdirda, “X” raqamiga nol koʻrsatiladi.
Agar bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyoz tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida berilayotgan boʻlsa, u holda hujjat raqami 5 ta raqamdan (RRRRR) iborat holda toʻldiriladi.
Xalqaro shartnomalar boʻyicha hujjat raqami shartli “0001” deb olinadi. Agar bir yilda bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi birdan ortiq xalqaro shartnomalar mavjud boʻlsa, qabul qilingan sanaga qarab shartli “00001”, “00002” raqamlari beriladi.”.
