“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1246-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (92-V-son)
02.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1246-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2024-yil 17-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1246-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-dekabr,
92-V-son
