“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1246-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (160-V-son)
11.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2024-yil 17-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1246-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-dekabr,
160-V-son
