Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (152-V-son)
11.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Sudyalarning oʻzini oʻzi boshqarish tamoyili joriy etilayotganligi munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1235-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
2. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-1232-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
3. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1243-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
4. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1236-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
5. “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1244-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
6. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga zargarlik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1242-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
7. “Yer uchastkalaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-9-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
8. “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1246-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
9. “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1248-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
10. “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 111-moddasiga aktivlarni repatriatsiya qilish talablarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
11. “Qurilishda chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etish choralari belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-5-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
12. “Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Orxus, 1998-yil 25-iyun) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-6-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
13. “Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga Oʻninchi qoʻshimcha bayonnomani (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentabr) va Oʻn birinchi qoʻshimcha bayonnomani (Abidjan, 2021-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-11-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
14. “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2024-yil 15-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-14-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-dekabr,
152-V-son
