Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (177-V-son)
14.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining:
2021-yil 18-yanvarda qabul qilingan “Aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi islohotlarni hayotga tatbiq etish boʻyicha parlament va deputatlar nazoratini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 707-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 1, 127-modda);
2021-yil 18-yanvarda qabul qilingan “Taʼlim sohasini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlarni hayotga tatbiq etish boʻyicha parlament va deputatlar nazoratini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 708-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 1, 128-modda) qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-dekabr,
177-V-son
