SHNQ 2.03.06-22 “Alyumin konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-46-son)
09.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 25-sentabrda hisobga olindi, hisob raqami 295]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.03.06-22 “Alyumin konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1996-yil 6-noyabrdagi 104-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.03.06-97 “Aluminiy qurilmalar. Loyihalashning texnik meʼyorlari” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-avgust,
01/2-46-son
Kelishildi:
Tabiiy pardozbop toshlar va boshqa tosh mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha rais oʻrinbosari B. BOBOKULOV
2024-yil 31-iyul
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 16-iyul
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 26-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 9-avgustdagi 01/2-46-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.03.06-22 “Alyumin konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) bino va inshootlarning alyumin konstruksiyalarini loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQning talablari koʻpriklar, harorat taʼsiri 100 °S dan yuqori boʻladigan hamda harakatlanadigan, dinamik yuklanishlarga koʻp marotaba uchraydigan bino va inshootlarning konstruksiyalarini loyihalashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 2.03.05-23 “Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalash talablari”;
QMQ 2.09.03-02 “Sanoat korxonalarining inshootlari”;
GOST 27751-2014 “Qurilish inshootlari va poydevorlarining ishonchliligi. Hisoblash boʻyicha asosiy qoidalar” (rasmiy manba: “Nadejnost stroitelnix konstruksiy i osnovaniy. Osnovnie polojeniya”);
GOST 21631-2019 “Alyumin va Alyumin qotishmalardan listlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Listi iz alyuminiya i alyuminiyevix splavov. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 13726-2023 “Alyumin va Alyumin qotishmalaridan tasmalar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Mejgosudarstvenniy standart. Lenti iz alyuminiya i alyuminiyevix splavov. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 8617-2018 “Alyumin va Alyumin qotishmalaridan presslangan profillar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Profili, pressovannie iz alyuminiya i alyuminiyevix splavov. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 18482-2018 “Alyumin va Alyumin qotishmalaridan presslangan quvurlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Trubi, pressovannie iz alyuminiya i alyuminiyevix splavov. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 22233-2018 “Toʻsuvchi konstruksiyalar uchun Alyumin qotishmalaridan presslangan profillar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Profili, pressovannie iz alyuminiyevix splavov dlya ograjdayushix konstruksiy. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 10157-2016 “Gazsimon va suyuq argon. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Argon gazoobrazniy i jidkiy. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 14838-78 “Sovuq choʻzish uchun Alyumin va Alyumin qotishmadan sim. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Provoloka iz alyuminiya i alyuminiyevix splavov dlya xolodnoy visadki. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 21488-97 “Alyumin va Alyumin qotishmalaridan simlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Prutki, pressovannie iz alyuminiya i alyuminiyevix splavov. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 1583-93 “Alyumin quyma qotishmalari. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Splavi alyuminiyevie liteynie. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 4784-2019 “Deformatsiyalanadigan alyumin va alyumin qotishmalari. Markalari” (rasmiy manba: “Alyumin i splavi alyuminiyevie deformiruyemie. Marki”);
GOST 7871-2019 “Alyumin va alyumin qotishmalaridan tayyorlangan payvandlash simi. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Provoloka svarochnaya iz alyuminiya i alyuminiyevix splavov. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 9.303-84 “Korroziya va eskirishdan himoya qilishning yagona tizimi. Metall va metall boʻlmagan noorganik qoplamalar. Umumiy tanlov talablari” (rasmiy manba: “Yedinaya sistema zashiti ot korrozii i stareniya. Pokritiya metallicheskiye i nemetallicheskiye neorganicheskiye. Obshiye trebovaniya k viboru”);
GOST 1759.0-87 “Boltlar, vintlar, shpilkalar va gaykalar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Bolti, vinti, shpilki i gayki. Texnicheskiye usloviya”);
GOST ISO 898-1-2014 “Uglerod va legirlangan poʻlatdan yasalgan mahkamlagichlarning mexanik xususiyatlari. 1-qism. Katta va kichik qadam balandligi bilan oʻrnatilgan mustahkamlik sinflarining boltlari, vintlari va shpilkalari” (rasmiy manba: “Mexanicheskiye svoystva krepejnix izdeliy iz uglerodistix i legirovannix staley. Chast 1. Bolti, vinti i shpilki ustanovlennix klassov prochnosti s krupnim i melkim shagom rezbi”);
GOST ISO 898-2-2015 “Uglerod va legirlangan poʻlatdan yasalgan mahkamlagichlarning mexanik xususiyatlari. 2-qism. Katta va kichik qadam balandligi bilan oʻrnatilgan mustahkamlik sinflarining gaykalari” (rasmiy manba: “Mexanicheskiye svoystva krepejnix izdeliy iz uglerodistix i legirovannix staley. Chast 2. Gayki ustanovlennix klassov prochnosti s krupnim i melkim shagom rezbi”);
GOST 18123-82 “Shaybalar. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: “Shaybi. Obshiye texnicheskiye usloviya”);
GOST 11371-78 “Shaybalar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Shaybi. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 6402-70 “Prujinali shaybalar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Shaybi prujinnie. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 10906-78 “Qiya shaybalar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Shaybi kosie. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 5915-70 “V aniqlik sinfiga oid olti qirrali gaykalar. Konstruksiyasi va oʻlchamlari” (rasmiy manba: Gayki shestigrannie klassa tochnosti V. Konstruksiya i razmeri”);
GOST R 52643-2006 “Metall konstruksiyalar uchun yuqori quvvatli boltlar va gaykalar hamda shaybalar. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: “Bolti i gayki visokoprochnie i shaybi dlya metallicheskix konstruksiy. Obshiye texnicheskiye usloviya”);
GOST R 52644-2006 “Metall konstruksiyalar uchun kattalashtirilgan kalit oʻlchamiga ega yuqori quvvatli olti burchakli kallakli boltlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Bolti visokoprochnie s shestigrannoy golovkoy s uvelichennim razmerom pod klyuch dlya metallicheskix konstruksiy. Texnicheskiye usloviya”);
GOST R 52645-2006 “Metall konstruksiyalar uchun kattalashtirilgan kalit oʻlchamiga ega yuqori quvvatli olti burchakli gaykalar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Gayki visokoprochnie shestigrannie s uvelichennim razmerom pod klyuch dlya metallicheskix konstruksiy. Texnicheskiye usloviya”);
GOST R 52646-2006 “Metall konstruksiyalar uchun yuqori quvvatli boltlarga shaybalar” (rasmiy manba: “Shaybi k visokoprochnim boltam dlya metallicheskix konstruksiy. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 17473-80 “A va V aniqlik sinfiga oid yarim aylana kallakli vintlar. Konstruksiyasi va oʻlchamlari” (rasmiy manba: Vinti s polukrugloy golovkoy klassov tochnosti A i V. Konstruksiya i razmeri”);
GOST 17475-80 “A va V aniqlik sinfiga oid yashirin kallakli vintlar. Konstruksiyasi va oʻlchamlari” (rasmiy manba: Vinti s potaynoy golovkoy klassov tochnosti A i V. Konstruksiya i razmeri”);
GOST 10618-80 “Metall va plastmassa uchun oʻzikesar vintlar. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Vinti samonarezayushiye dlya metalla i plastmassi. Obshiye texnicheskiye usloviya”);
GOST 10619-80 “Metall va plastmassa uchun yashirin kallakli oʻzikesar vintlar. Konstruksiyasi va oʻlchamlari” (rasmiy manba: “Vinti samonarezayushiye s potaynoy golovkoy dlya metalla i plastmassi. Konstruksiya i razmeri”);
GOST 10621-80 “Metall va plastmassa uchun yarim aylana kallakli oʻzikesar vintlar. Konstruksiyasi va oʻlchamlari” (rasmiy manba: “Vinti samonarezayushiye s polukrugloy golovkoy dlya metalla i plastmassi. Konstruksiya i razmeri”);
GOST 10299-80 “V va S aniqlik sinfiga oid yarim aylana kallakli parchinlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Zaklepki s polukrugloy golovkoy klassov tochnosti V i S. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 10300-80 “V va S aniqlik sinfiga oid yashirin kallakli parchinlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Zaklepki s potaynoy golovkoy klassov tochnosti V i S. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 10301-80 “V va S aniqlik sinfiga oid yarim yashirin kallakli parchinlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Zaklepki s polupotaynoy golovkoy klassov tochnosti V i S. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 10304-80 “V va S aniqlik sinfiga oid parchinlar. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: “Zaklepki klassov tochnosti V i S. Obshiye texnicheskiye usloviya”).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
aniqlik sinfi — geometrik parametrlarning nominal qiymatlariga bogʻliq texnologik qiymatlar toʻplami;
bikrlik — jismlar yoki konstruksiyalarning tashqi yuklar va taʼsirlarda yuzaga keladigan deformatsiyalar va siljishlarning shakllanishiga qarshilik koʻrsatish qobiliyati;
rekonstruksiya — asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) oʻzgartirish bilan bogʻliq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar majmui;
shartli koʻndalang kuch — sterjenning egilgan oʻqiga nisbatan perpendikulyar yoʻnalishdagi siquvchi kuch.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan bino va inshootlarning alyumin konstruksiyalarini mazkur SHNQ talablariga muvofiq loyihalanishi kerak.
4. Noyob bino va inshootlarning hamda maxsus turdagi konstruksiyalarni loyihalashda ushbu konstruksiyalarning oʻziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim.
4-bob. Alyumin konstruksiyalarning ishonchliligi, xavfsizligi, va mustahkamligiga qoʻyiladigan talablar
5. Alyumin konstruksiyalarni loyihalashda quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
konstruksiyalarning ishonchlilik darajasini taʼminlash;
deformatsiyalanadigan qotishmalar;
alyumin va quyma qotishmalarning texnik eng optimal konstruksiya sxemalari, elementlarning kesimlarini hamda markalarini tanlash;
toʻsuvchi va yuk koʻtaruvchi funksiyalarni birlashtirgan konstruksiyalar;
standart elementlardan va boshqa fazoviy tizimlarni qoʻllash;
konstruksiyalarning texnik holatini tekshirish va baholash, shuningdek rekonstruksiya qilishda taʼmirlash ishlarini bajarish.
6. Alyumin konstruksiyalarning elementlari minimal kesim bilan loyihalanishi, bunda profillardan ishlab chiqarish imkoniyatini hisobga olgan holda, presslangan profillar va quvurlar GOST 22233-2018 ga muvofiq ishlab chiqilishi kerak.
7. Alyumin konstruksiyalarni GOST 27751-2014 ga muvofiq chegaraviy holatlar usuli bilan hisoblash lozim.
5-bob. Alyumin konstruksiyalar va ulanmalar uchun materiallar hamda ularning hisobiy xususiyatlarini aniqlash
8. Konstruksiyalar uchun alyumining markasi va holatini (ishlov berish turini) tanlashda quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
yuklamalarning xususiyati va intensivligi, konstruksiya elementlarning zoʻriqtirilgan holati;
mexanik xususiyatlarining hisobiy harorati;
alyuminning kimyoviy tarkibi va uning korroziyaga chidamliligi;
yarim tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarilishi;
konstruksiyalarni ishlab chiqarish va oʻrnatish texnologiyalari;
arxitektura yechimlari.
9. Qurilish konstruksiyalarida ishlatiladigan alyumin markalari mavjud konstruksiyalar uchun belgilangan koʻrsatkichlarni taʼminlashi kerak.
10. Texnik-iqtisodiy asoslanganda konstruksiyalarda boshqa markadagi alyumindan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
11. Bino va inshootlar konstruksiyalari vazifasiga koʻra quyidagi toʻrt guruhga boʻlib alyumin markalaridan foydalanish kerak:
I — toʻsuvchi konstruksiyalar:
tomlar, vitrinalar, vitrajlar, fonar qopqoqlari, osma shiftlar, orayopmalar va boʻshliqlarni toʻldirish (derazalar, eshiklar, darvozalar);
II — yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi funksiyalarni birlashtirgan tuzilmalar:
binolarning, shuningdek gumbazli yoki osma binolarning fazoviy qoplamalari;
tom qoplamasi oldindan zoʻriqtirilgan yirik blokli va panjarali qoplamalar;
rezervuar va siloslar;
jamoat va sanoat binolarining tom yopma va devor panellari;
portlovchi moddalar ishlab chiqaradigan binolar, shuningdek ichki havoning yuqori namligi mavjud boʻlganda;
jamoat binolarining tom yopma panellari;
III — payvandlangan yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar:
doimiy yuk koʻtaruvchi tuzilmalar:
trusslar, ustunlar, qoplamalar purlinlari, sanoat yirik binolar qoplamalarining fazoviy panjarali tuzilmalari;
agressiv muhit mavjud boʻlgan binolar;
jamoat binolarining yopmalari:
koʻrgazma pavilyonlari, aerovokzallari;
antenna inshootlarining stvol (ustunning oʻrta qismi)lar va minoralari elementlari, yuqori voltli elektr uzatish liniyalarining tayanchlari, shuningdek jumladan olis yoki borish qiyin boʻlgan joylarda oʻrnatilganlar;
binolar va inshootlar karkaslarining qismlarga ajraladigan va qayta yigʻiladigan (yigʻma) konstruksiyalari, yopma bloklari;
IV — payvandlash boʻgʻinlariga ega boʻlmagan III guruhga tegishli tuzilmalar.
15. Qurilish inshootlari uchun alyumin yarim tayyor mahsulotlar turlari quyidagi 1-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.
Izoh — ushbu qotishma qoʻllaniladigan konstruksiyalar guruhlari qavs ichida keltirilgan.
* — AMsM markali alyumindan qora rangga anodlanadigan koʻrgazmali maqsadlardagi listli konstruksiyalar uchun foydalanish kerak.
** — Ushbu jadvalda keltirilganlardan tashqari alyuminning ushbu markasidan plastinka shaklidagi yarim tayyor mahsulot tayyorlanadi.
*** — Ushbu jadvalda keltirilganlardan tashqari, mazkur alyumin markadan chiviq shaklidagi yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanadi.
**** — ADZ1 qotishmasining analoglari, T4 mahalliy T va T6-T1 ga toʻgʻri kelishi zarur.
***** — V95 markali alyumin zoʻriqtirish konsentratsiyasini kamaytirish uchun chora-tadbirlar qabul qilgan holda konstruksiyaning siqilgan elementlari uchun qoʻllash kerak.
16. Alyumin quymalarni tayyorlash uchun konstruksiyani tayanch elementlarining biriktiruvchi elementlari GOST 1583-93 ga muvofiq kimyoviy tarkibi AK8MZch (VAL8) sinfidagi quyma qotishmadan foydalanish kerak.
Agar korroziyaga chidamliligini oshirish zarur boʻlganda Ak7ch (AK9) yoki Ak9ch (AL4) qotishmalaridan foydalanish lozim.
17. Alyumin konstruksiyalarni argon yoyli payvandlashda payvandlanadigan qotishmaga koʻra 2-jadvalda keltirilgan payvandlash simlarini GOST 7871-2019 ga muvofiq SvA5, SvAMgZ va Sv1557 alyumin markalaridan, kimyoviy tarkibi GOST 4784-2019 ga muvofiq va A sinfidagi argonni GOST 10157-2016 boʻyicha qoʻllash kerak.
* — oquvchanlik chegarasiga erishgandan keyin ham ishlashi mumkin boʻlgan konstruksiyalar uchun alyumin
18. Inert gazi himoyasi sifatida A sinfidagi argonni GOST 10157-2016 ga muvofiq qoʻllanishi kerak.
19. Alyumin konstruksiyalarning qoʻllanilishini taʼminlash uchun alyumin markalari hamda oʻzaro biriktirish materiallarni tanlashda bino va inshootlarning foydalanish muddatini, texnologiyasini va iqtisodiy samaradorligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
20. Alyumin konstruksiyalar uchun quyidagi 3-4-jadvallarda keltirilgan markalardan foydalanish zarur.
Izoh:
Texnik-iqtisodiy asoslangan va tajriba konstruksiyalarida tekshirib koʻrilgandan soʻng boshqa markadagi alyumindan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, hisoblangan qarshiliklar mazkur SHNQning 2-ilovasining 1-jadvaliga muvofiq aniqlanishi kerak.
Izohlar:
1. Yarim nagartlash va nagartlash asosan termik mustahkamlanmagan alyumin uchun ishlatiladi.
2. Chiniqtirish va eskirish termik mustahkamlanmagan alyuminga qoʻllaniladi.
21. Qurilish konstruksiyalari uchun alyuminning fizik xususiyatlari mazkur SHNQning 1-ilovasi 1-jadvaliga muvofiq boʻlishi kerak.
22. Qarshilikning hisobiy qiymatlari (hisoblangan qarshiliklari) minus 40 °C dan plyus 65 °C gacha boʻlgan hisobiy harorat uchun mazkur SHNQning 1-ilovasining 2 — 4-jadvallariga muvofiq aniqlanishi lozim.
23. Konstruksiyalarni hisoblashda harorat oʻzgarishining taʼsir etuvchi koeffitsiyentlari Yt va alyumin konstruksiyalar elementlarining ish sharoitlari koeffitsiyentlari Ye, mazkur SHNQning 1-ilovasining 5 va 6-jadvallariga asosan qabul qilinishi kerak.
Konstruksiyalarni loyihalashda binolar va inshootlarning masʼullik darajasini ularning vazifasi boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlari Yn hisobga olinishi kerak.
24. Alyumin konstruksiyalarini payvandlashning yoyli usullarida elektrod va choʻkma metall sifatida SvA1, SvAMg3 va markalari SvAMg 1557 alyumindan tayyorlangan GOST 7871-2019 boʻyicha payvandlash simini texnik shartlaridan foydalanish kerak.
Elektrod va qoʻndirma simlarni qoʻllash shartlari mazkur SHNQning 1-ilovasining 7 — 10-jadvallarida keltirilgan.
Payvandlangan birikmalardagi metallning hisobiy qarshiligi mazkur SHNQning 1-ilovasining 8-9-jadvallarida keltirilganidan kam boʻlmasligi kerak.
25. Sovuq holatda oʻrnatilgan mixparchinlar, alyumin markalari va boltlar quyidagi 5-jadvalga muvofiq qabul qilinishi lozim.
26. GOST 14838-78 boʻyicha AMg5p, D18T, V65T, GOST 21488-97 boʻyicha AVT1, ADZZT1 markali alyumin boltlar qoʻllanishi kerak.
27. Alyumin konstruksiyalarda poʻlat boltlarni SHNQ 2.03.05-23 ga muvofiq qoʻllash lozim.
Poʻlat boltlardan qoʻllangan birikmalar uchun GOST 9.303-84 ga muvofiq ularni kontakt korroziyasidan himoya qilish choralari koʻrilishi kerak.
28. Boltli birikmalar uchun GOST ISO 898-1-2014, GOST ISO 898-2-2015 poʻlat boltlardan va GOST 18123-82 ga muvofiq qoʻyidagi shaybalar qoʻllanilishi lozim:
dumaloqli — GOST 11371-78;
nishabli — GOST 10906-78;
normal prujinali — GOST 6402-70;
gaykalar — GOST 5915-70.
29. Friksion va flanetsli birikmalar uchun yuqori mustahkamlikdagi (oldindan zoʻriqtirilgan mustahkamligi 10,9 dan kam boʻlmagan XL sinfdan tayyorlangan boltlar hamda quyidagilar qoʻllanilishi lozim:
friksionli birikmalar uchun — GOST R 52643-2006 va GOST R 52644-2006, ularni konstruksiyasi va oʻlchamlari — GOST R 52644-2006, ularga taalluqli boʻlgan gayka va shaybalar — GOST R 52645-2006, GOST R 52646-2006, GOST R 52643-2006;
flanetsli birikmalar uchun — GOST R 52643-2006 va GOST R 52644-2006, ularni konstruksiyasi va oʻlchamlari — GOST R 52644-2006, ularga taalluqli boʻlgan gayka va shaybalar — GOST R 52643-2006, GOST R 52644-2006 va GOST R 52645-2006 ga muvofiq boltlarni.
30. Normal aniqlikdagi vintlar GOST 17473-80, GOST 17475-80, GOST 10618-80, GOST 10619-80 va GOST 10621-80 larga muvofiq boʻlishi kerak.
Poʻlatdan va alyumindan tayyorlangan mixparchinlarni GOST 10299-80, GOST 10300-80, GOST 10301-80 va GOST 10304-80 larga muvofiq qabul qilinishi kerak.
Sovuq holatda qoʻyilgan parchin mixlar quyidagi alyumin qotishmalaridan foydalanish zarur:
nagartlangan — AD 1N;
termik mustahkamlanmagan — AMs i AMg;
toblangan — AMg5pM;
chiniqtirilgan va sunʼiy eskirgan — yuqori plastiklik va korroziyaga chidamli qotishmalar — ADZZT1 va AVT 1 va yuqori mustahkam mihparchin qotishmasi — V94T1;
xom (issiqlik bilan ishlov berilmagan) — D18p;
chiniqtirilgan va tabiiy eskirgan (issiqlik bilan ishlov berilgan);
D18T yuqori plastiklikka ega boʻlgan dyuralyumin mixparchin qotishmasi va V65T yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan dyuralyumin mixparchin qotishmasi korroziyaga chidamliligini oshirish maqsadida asosiy metall va mihparchinlarning metallidagi mis miqdorining farq qilishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
31. Alyumin qotishmalaridan tayyorlangan konstruksiyalarda anker boltlar kontakt korroziyadan himoyalangan poʻlatdan tayyorlanishi kerak.
Anker boltlarni SHNQ 2.09.03-22 talablariga muvofiq qoʻllash lozim.
32. Qurilish konstruksiyalari uchun alyuminni fizik xususiyatlari mazkur SHNQ 1-ilovasi boʻyicha qabul qilish kerak.
33. Payvandlangan, mixparchin va boltli birikmalarning hisobiy qarshiliklari tashqi havoning plyus 65 °C dan minus 40 °C gacha boʻlgan haroratlari uchun mazkur SHNQning1-ilovasini 8 — 12-jadvallarida keltirilgan.
34. Mixparchin va boltlardagi birikishlar uchun choʻzilishga va kesishga boʻlgan hisobiy qarshiliklari mixparchin yoki boltlar materiali boʻyicha, ezilishdagi qarshilik ulanayotgan konstruksiya elementlarning alyumin markasi boʻyicha qabul qilish kerak.
35. Argonyoyli payvandlashda chok oldi zonasidagi alyuminning hisobiy qarshiligi Kwz mazkur SHNQ ning1-ilovasining 7-jadvali boʻyicha qabul qilinishi lozim.
36. Choklar sifatini fizik nazorat qilish (rentgen yoki gamma-grafiyalash, ultratovushli defektoskopiya) argonyoyli payvandlash usulida bajarilgan payvand birikmalarning hisobiy qarshiligi ni mazkur SHNQning 1-ilovasining 8-9-jadvallari boʻyicha qabul qilish kerak.
Sifati fizik usullar bilan nazorat qilinmaydigan, payvandlangan-tutashgan choʻziluvchi choklar uchun hisobiy qarshiliklar qiymatlari mazkur SHNQning 1-ilovasining 8-9-jadvallari boʻyicha 0,8 koeffitsiyentiga koʻpaytirilishi lozim.
37. Koʻndalang elementlari payvandlab mahkamlanadigan choksiz elementli payvand konstruksiyalarning mustahkamligini hisoblashda, alyuminning hisobiy qarshiligi R qiymatini SHNQning 1-ilovasining 8-9-jadvallari boʻyicha qabul qilingan Rw qiymatigacha kamaytirish orqali ushbu elementlarning mahalliy zaiflashuvini (termik taʼsir zonasida) hisobga olish kerak.
1-rasm. Konstruksiyalar payvandlangan ulanmalar sxemalari
a — tutash joyiga, b — ustma-ust qilib old choklar bilan, v — ustma-ust qilib burchakli choklar bilan, g — tutash joyiga ega boʻlmagan elementga koʻndalang elementni ulash sxemasi, 1 — koʻndalang element, 2 — tutash joyisiz element, 1-1 — hisobiy kesim
38. Alyuminli yupqa listli konstruksiyalarda kontakt va argonyoyli, nuqtali payvandlashni eruvchi elektrod bilan payvandlashga yoʻl qoʻyiladi.
Kontaktli va argonyoyli, nuqtali payvandlashni eruvchi elektrod bilan bajarilgan payvandlash nuqtalari kesmasidagi hisobiy yuk koʻtarish qobiliyati mazkur SHNQning 1-ilovasining 13-jadvalida keltirilgan.
39. AD1M, AMsM, AMg2M markali alyumin uchun kontakt rolikli payvandlash bilan bajarilgan ustma-ust payvand birikmalarning kesishga boʻlgan hisobiy qarshiliklari Rw sm ni R hisobiy qarshiliklarga teng deb qabul qilish lozim.
AMg2N2 markali alyumin uchun Rw sm = (0,9-0,1t) R;
(t — payvandlanadigan elementlardan eng yupqasining qalinligi, mm).
40. Sovuq holatda parmalangan va parmalab kengaytirilgan teshiklarga tiqilgan mixparchinlardagi birikmalar kesmasi Rrs ning hisobli qarshiliklarini mazkur SHNQning 1-ilovasining 10-jadvali boʻyicha olinishi lozim.
41. Parmalangan va parmalab kengaytirilgan teshiklarga tiqilgan boltlardagi birikmalarning choʻzilishga Rbt va kesishga Rbs boʻlgan hisobiy qarshiliklari mazkur SHNQning 1-ilovasining 10-jadvali boʻyicha qabul qilinishi kerak.
42. Parmalangan va parmalab kengaytirilgan teshiklarga tiqilgan mixparchinlar Rrp va boltlar Rbp dagi birikmalar uchun konstruksiya elementlarini ezilishga boʻlgan hisobiy qarshiliklari mazkur SHNQning 1-ilovasining 12-jadvali boʻyicha qabul qilinishi lozim.
43. Alyumin va quyma alyumin payvandlangan birikmalar 50 °S dan yuqori haroratda ishlatiluvchi konstruksiyadagi mixparchinlar va boltlardagi hisobiy qarshiliklarni mazkur SHNQning 1-ilovasining 5-jadvalida keltirilgan Yt koeffitsiyentiga koʻpaytirish kerak.
44. Alyumin konstruksiyalarning elementlari va birikmalarini hisoblashda ish sharoiti koeffitsiyentlari ni mazkur SHNQning 1-ilovasining 6-jadvali boʻyicha qabul qilinishi lozim.
6-bob. Alyumin konstruksiyalar elementlarini oʻq kuchlariga va ogʻishga nisbatan hisoblash 1-§. Markaziy choʻzilgan va markaziy siqilgan elementlar
45. kuchi tomonidan markaziy choʻzilish yoki siqilishga ishlaydigan elementlarni mustahkamlikka hisoblash quyidagi 1-formula boʻyicha bajarilishi zarur:
, (1)
Bu yerda:
An — kesim yuzasi netto;
R — hisobiy qarshiligi;
Ye — ish sharoiti koeffitsiyentlari.
46. N kuchi tomonidan markaziy siqilishga ishlaydigan yaxlit devorli elementlar mustahkamligini hisoblash quyidagi 2-formula boʻyicha bajarilishi lozim:
N/φARYe ≤ 1, (2)
Bu yerda:
A — kesim yuzasi brutto;
R, Ye — ushbu SHNQning 1-formulasida keltirilgan kabi olinadi;
φ — koeffitsiyentning sonli qiymatlari mazkur SHNQning 2-ilovasining 2-3-jadvallarida keltirilgan.
47. Markaziy siqilishga yakka burchakli sterjenlarni hisoblashda kesim inersiyasi i ni quyidagicha olinishi kerak:
minimal, sterjenlar faqat oxiri boʻyicha mustahkamlangan boʻlsa;
oraliq bogʻlanishga ega boʻlgan (kashaklar, shprengellar, bogʻlamalar) burchakning bir tokchasiga parallel boʻlgan va ikkinchi tokchaga parallel boʻlgan tekislikda burchakning boʻrtib turishi yoʻnalishini oldindan belgilovchi bogʻlanishli oʻqqa nisbatan.
48. Ochiq P simon kesishmali yaxlit devorli qalinlashtirish bilan kuchaytirilmagan va kuchaytirilgan elementlarni λx y da λx, λy — x – x va y – y oʻqlariga perpendikulyar boʻlgan tekisliklarda elementlarning hisobli egiluvchanligi) plankalar yoki panjara bilan mustahkamlanishi kerak.
2-rasm. Elementlarning P — simon kesishmalari
a, b — plankalar yoki panjaralar bilan mustahkamlagan, v — ochiq
49. Plankalar va panjaralar yoʻqligida elementlar 2-formula boʻyicha hisoblashdan tashqari ogʻma buralish shaklida pishiqligini yoʻqotish quyidagi 3-formula orqali aniqlanishi kerak:
; (3)
bu yerda:
c — quyidagi (4) formula boʻyicha aniqlanadigan koeffitsiyent:
, (4)
Bu yerda:
δ = 4ρ/μ;
μ = 8ω + 0,15 It/(Ah2);
;
— ogʻirlik markazi va egilish markazi orasidagi nisbiy masofa;
bunda, — kesishma inersiyasining sektorial momenti;
— va tegishli ravishda kesishmani tashkil qiluvchi toʻgʻri burchakli elementlarining eni va qalinligi.
2, g-rasmdagi keltirilgan kesim uchun boʻlganda quyidagi 5-formula orqali aniqlanadi:
;
(5)
; .
Dumaloq kesishmani qalinlashtirish (bulbalar) mavjudligida buralish paytidagi inersiya payti ni nπ ga oshirish kerak.
bu yerda:
n — kesishmada bulbalar soni;
D — bulbalar diametri.
50. Shoxlari planka yoki panjaralar bilan bogʻlangan siqilgan tarkibli sterjenlar uchun s koeffitsiyentini boʻsh oʻq (plankalar yoki panjaralar perpendikulyar tekisligi)ga nisbatan mazkur SHNQning 2-ilovasining 2-jadvali boʻyicha λ ni λef ga almashtirish orqali aniqlash kerak.
λef qiymatlarini 6-jadvaldagi formulalar boʻyicha aniqlanishi zarur.
Panjara tarkibli sterjenlar butun sterjen pishiqligi hisobidan tashqari bogʻlamalar orasidagi alohida shohlar pishiqligi hisob-kitobini oʻtkazish kerak.
λ1 va λ2 alohida shohlarning egiluvchanligi plankalar orasidagi maydonda 30 dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Panjarali tarkibli oʻqlarda bogʻlamalar orasidagi alohida shoxlar egiluvchanligi λef butun sterjenning egiluvchanligidan oshmasligi kerak.
51. Uzluksiz yoki qistirmalar bilan birlashtirilgan burchaklar, shvellerlar tarkibli elementlarni hisoblashda yaxlit devorlilar kabi ularning bogʻlanishlari orasidagi (qistirmalar. shaybalar) orasidagi eng katga masofalar quyidagilardan oshmasligi kerak:
siqilgan elementlar uchun — 30i;
choʻzilgan elementlar uchun — 80i.
Bu yerda:
i burchakning radius inersiyasi yoki shvellerni tavr shaklidagi yoki ikki tavr shakldagi kesishmalar uchun qistirmalar joylashuvi tekislikka nisbatan parallel boʻlgan oʻqqa nisbatan krestli kesishmalar uchun esa minimal deb olinishi kerak.
Bunda, siqilgan elementning uzunlik chegarasida kamida 2 qistirma qoʻyilishi kerak.
3-rasm. Panjaralar sxemasi:
a — uchburchak katakli panjara, b — tirgakli uchburchak katakli panjara, v — romb katakli panjara, g — tirgakli romb katakli panjara
4-rasm. Plankalardagi tarkibli sterjen
6-jadvalda qoʻllanilgan belgilar:
α1, α2 — formula boʻyicha aniqlanadigan koeffitsiyentlar:
,
a, b, l — 3, a — rasm va 4-rasmlar boʻyicha qabul qilinadigan oʻlchovlar;
n, n1, n2, n3 — formulalar boʻyicha aniqlanadigan koeffitsiyentlar:
; ; ; ;
bu yerda:
Ib1, Ib2 — ikki burchakning tegishli ravishda 1-1, 2-2 (2 turdagi kesishuvlar uchun) oʻqlarga nisbatan kesishuv inersiya momenti;
Ib1, Ib3 — shohlar kesishuvi tegishli ravishda 1-1 va 3-3 (1- va 3-turdagi kesishuvlar uchun) oʻqlariga nisbatan inersiya momenti;
Is — plankaning oʻz oʻqi x — x (4 rasm) ga nisbatan kesishuv inersiya momenti;
Is1, Is2 — tegishli ravishda 1 — 1 va 2 — 2 (2 turdagi kesishuvlar uchun) oʻqlarga nisbatan perpendikulyar tekisliklarda yotgan bir planka kesishuvni inersiya momenti;
λ — butun sterjenning eng katta egiluvchanligi;
λ1, λ2, λ3 — payvandlangan (yorugʻlikda) yoki chetdagi boltlar yoki mixparchinlar markazlari orasidagi maydonlarda tegishli ravishda 1-1, 2-2 va 3-3 oʻqlariga perpendikulyar boʻlgan tekisliklarda alohida shohlarning egilishlaridagi egiluvchanligi;
A — sterjen kesimining yuzasi;
Ad1, Ad2 — panjaralar tirgovuchlarining kesishish maydonlari (krestli panjarada 2 tirgovuchning) tegishli ravishda 1-1 va 2-2 oʻqlariga perpendikulyar boʻlgan tekisliklarda yotgan paytida;
Ad — bir burchak tekisligida yotgan panjara (krestli panjarada ikkita tirgovuch) kesishuv maydoni (uchburchakli, teng tomonli sterjenlar uchun).
52. Oraliq kesishuvi tarkibli siqilgan sterjenlarning birlashtiruvchi elementlarini (plankalar, panjaralar) hisoblashni shartli koʻndalang kuch Qfic, boʻyicha sterjenning butun uzunligida doimiy qabul qilinadigan:
, (15)
bu yerda:
N — tarkibli sterjendagi kesma kuchlanish;
φ — biriktiruvchi elementlar tekisligida tarkibli oraliqli sterjen uchun qabul qilinadigan kesma egilish koeffitsiyenti.
Shartli koʻndalang kuch Qfic ni:
faqat biriktiruvchi plankalar (panjaralar) borligida — plankalar (panjaralar) orasida ular oʻqqa perpendikulyar tekislikda yotsa teng boʻlishi va pishiqligi tekshiriladi;
yaxlit list va biriktiruvchi plankalar (panjaralar) boʻlganda, list parallel boʻlgan tekisliklarda yotuvchi list va plankalar (panjaralar) oʻrtasida teng boʻlinadi;
teng yonli uchburchakli tarkibi sterjenlarni hisoblashda bir tekislikda yotuvchi biriktiruvchi elementlarga toʻgʻri kelgan shartli koʻndalang kuch Qfic ni 0,8Qfic ga teng qabul qilinishi kerak.
53. Biriktiruvchi plankalar va ularning mahkamlanishlarini hisoblash tirgovuchsiz fermalar elementlari kabi plankani kesuvchi kuchiga:
, (16)
plankani oʻz tekisligida eguvchi M1 paytiga hisoblanadi:
, (17)
Qs — bir burchakli plankaga toʻgʻri keluvchi shartli koʻndalang kuch;
l — plankalar markazlari orasidagi masofa;
b — shohlar oʻqlari orasidagi masofa.
54. Biriktiruvchi panjaralar hisobini fermalar panjaralari kabi hisoblash lozim.
Bir-biriga nisbatan koʻndalang yoʻnalgan kashakli krest panjarali tirgovuchlari (3, b rasmda keltirilgan) ni hisoblashda har bir tirgovuchda kamarlar siqilishdan hosil boʻladigan va
, (18)
formula boʻyicha aniqlanadigan qoʻshimcha kuch Nad ni eʼtiborga olish kerak.
bu yerda:
N — sterjenning bir shoxidagi kuch;
Ad — bir tirgovuch kesmasining maydoni;
A1 — bir shohning kesmasi maydoni;
α — formula boʻyicha aniqlanadigan koeffitsiyent:
, (19)
a, l, b — 3, b rasmda keltirilgan oʻlchovlar.
55. Siqilgan elementlarni hisobiy uzunligini kamaytirish uchun moʻljallangan sterjenlar hisobini 15-formula boʻyicha aniqlanadigan asosiy siqilgan elementdagi shartli koʻndalang kuchga teng boʻlgan kuchlarga hisoblash kerak.
2-§. Egiluvchi elementlar
56. Asosiy tekisliklardan birida egiluvchi qayriluvchan elementlar mustahkamligini hisoblash quyidagi formula boʻyicha bajarish kerak:
, (20)
, (21)
Mixparchinlar yoki boltlarni teshiklarini urinma kuchlanish taʼsiridan kuchlanishini 21-formuladagi τ ni nisbat kattaligiga koʻpaytirish kerak:
, (22)
bu yerda:
a — teshik qadami;
d — teshik diametri.
57. Mazkur SHNQning 20-formulasi boʻyicha aniqlanuvchi toʻsinlar devorlari uchun qoʻyidagilar bajarilishi kerak:
, (23)
bu yerda:
— toʻsin oʻqiga parallel boʻlgan, devor oʻrta tekisligidagi normali kuchlanishlar;
σy — devor oʻrta tekisligidagi toʻsin oʻqiga perpendikulyar, shuningdek 3-ilovaning 1-formulasi boʻyicha aniqlanadigan σloc;
— 22-formulasini eʼtiborga olgan holda aniqlanadigan oʻrta urinma kuchlanish;
t, h — tegishli ravishda devor qalinligi va balandligi.
σx va σy kuchlanishlarini toʻsin devorning aynan bir nuqtasida aniqlanishi hamda va 23-formulada har birini oʻz belgisi bilan qabul qilinishi kerak.
58. Devor tekisligidagi qayriluvchi kushtavr shaklidagi toʻsinlar mustahkamligini quyidagi 24-formula boʻyicha hisoblash kerak:
, (24)
bu yerda:
Wc — siqilgan kamar uchun;
φb — ushbu SHNQning 5-ilovasi boʻyicha aniqlanadigan koeffitsiyent;
φb — qiymatini aniqlashda toʻsin hisobiy uzunligi lef oʻrnida koʻndalang siljishlarga nisbatan siqilgan kamar mustahkamlovchi nuqtalari orasidagi masofa qabul qilinadi;
lef = 1 aloqalar yoʻqligida — gorizontal tekislikda siqilgan kamarning konsol oxirida mahkamlovchisi yoʻqligi ( bu yerda l — konsol uzunligi);
siqilgan kamarni konsol oxiri va uzunligi boʻyicha mahkamlovchi nuqtalari orasidagi masofa.
7-jadvalda kiritilgan belgilar:
b, t — tegishli ravishda siqilgan kamar eni va qalinligi;
h — kamar listlari oʻqlari orasidagi masofa (balandlik).
Izoh. Mixparchin va oʻta mustahkam boltlardagi kamar biriktiruvchilariga ega boʻlgan toʻsinlar uchun ushbu jadval formulalari boʻyicha hisoblashdan kelib chiqadigan qiymatlarini 1,2 koeffitsiyentlariga koʻpaytirish kerak.
Toʻsinlar ustuvorligini quyidagi holatlarda toʻsin hisobli uzunligining nisbati vaqtida tekshirish talab qilinmaydi:
toʻsinning siqilgan kamariga uzluksiz tayanuvchi va u bilan ishonchli bogʻlangan yaxlit qattiq toʻshama (tekis va profillangan metall toʻshama, toʻlqinli poʻlatga yuklanishni oʻtkazganda;
7-jadval boʻyicha aniqlangan mutanosib ikki tavr shakldagi kesimli toʻsinlar va siqilgan kamar enining kamida 0,75 ini hosil qiluvchi choʻzilgan kamarga ega boʻlgan toʻsinlar qiymatlaridan oshmaydigan siqilgan kamar eni b ga lef.
59. Ikkita asosiy tekisliklarda qayriluvchi elementlar mustahkamligi qoʻyidagi (28) formula boʻyicha aniqlanadi:
, (28)
bu yerda:
x, y — koʻrilayotgan kesma nuqtasining uning asosiy oʻqlariga nisbatan koordinatalari.
Ushbu SHNQning 17-formulasi boʻyicha hisoblanadigan toʻsinlarda toʻsin devoridagi kuchlanishlar qiymatlarini qayrilishning ikki asosiy tekisliklarida 13 va 15-formulalari boʻyicha tekshirish kerak.
3-§. Oʻq kuchlari taʼsirida egilgan, elementlar
60. Markaz tashqarisida siqilgan yaxlit devorli siqiluvchi qayriluvchi, markaz tashqarisida tortiluvchi va tortiluvchi egiluvchi elementlarni mustahkamligini qoʻyidagi (29) formula boʻyicha hisoblash kerak:
, (29)
bu yerda:
x, u — kesmaning koʻrilayotgan nuqtasining oʻz asosiy oʻqlariga nisbatan koordinatalari.
Oraliq tarkibli tayoqchalarning xar bir shoxni hisoblashda tegishli ravishdagi N, Mx, My ning qiymatlari 18-formula boʻyicha aniqlanadi.
61. Markaz tashqarisida siqilgan va siqiluvchi qayriluvchi elementlar ustuvorligini shu moment harakatining tekisligi (pishiqlik yoʻqolishining tekis formasi)da hisoblanadi.
Mutanosiblik tekisligi bilan toʻgʻri keluvchi moment harakati tekisligida doimiy kesishuvli markaz tashqarisida siqilgan va siqiluvchi, egiluvchi elementlar ustuvorligini qoʻyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
, (30)
ushbu SHNQning 30-formulasidagi φe koeffitsiyenti:
yaxlit devorli sterjenlar uchun — mazkur SHNQning 4-ilovasining 1-jadvali boʻyicha shartli egiluvchanlik quyidagi (31) formula boʻyicha aniqlanadi:
va , (31)
Bu yerda:
η — ushbu SHNQning 4-ilovasi boʻyicha aniqlanuvchi kesma shakli koeffitsiyenti;
nisbiy ekssentrisitet;
Bu yerda:
e — ekssentrisitet;
Ws — kesmaning qattiqroq siqilgan tolaga qarshilik momenti;
Yaxlit sterjenlar uchun myef >10 holda ustuvorlik tekshirilmaydi:
qayrilish tekisligiga parallel boʻlgan tekisliklarda joylashgan panjarali plankali oraliq sterjenlari uchun mazkur SHNQning 4-ilovasining 2-jadvali boʻyicha olinadigan shartli keltirilgan egiluvchanlikka bogʻliq ravishda quyidagi (32) formula boʻyicha aniqlanadi:
, (32)
nisbiy ekssentrisitetga bogʻliq holda quyidagi (33) formula boʻyicha aniqlanadi:
, (33)
Bu yerda:
x1, u2 — tegishli ravishda u — u yoki x — x oʻqidan koʻproq siqilgan shohga qadar masofasi, biroq shoh devori oʻqigacha masofadan kam boʻlmasligi kerak.
62. Ekssentrisitet ni hisoblash uchun zarur boʻlgan egilish momentlari M hisobiy qiymatlarini quyidagicha olinishi kerak:
ramali tizimlarning doimiy kesishuviga ega boʻlgan sterjenlar uchun sterjenlar uzunligi chegarasidagi eng katta momentga teng deb;
zinali sterjenlar uchun doimiy kesishuv maydoni uzunligidagi eng katta momentga teng deb;
konsollar uchun berkitishdagi momentga teng deb, biroq bunda sterjenning berkitishdan uchdan bir uzunligidagi turuvchi kesishuvdagi momentdan kam boʻlmasligi lozim;
bir simmetriya oʻqiga ega boʻlgan sharnir tayangan chetli va kesishuvli siqilgan sterjenlar uchun qayrilish tekisligiga toʻgʻri kelsa, ushbu SHNQning 8-jadvali boʻyicha aniqlanuvchi momentga teng deb.
Ikkita simmetriya oʻqiga ega boʻlgan kesishuvchi sharnir-tayanchli va siqilgan sterjenlar uchun nisbiy ekssentrisitet mef ni mazkur SHNQning 4-ilovasining 4-jadvali boʻyicha aniqlanishi kerak.
63. Markazdan tashqari doimiy kesishuvchi siqilgan elementlarning simmetriya tekisligi bilan mos kelgan eng katta qattiq tekisligidagi (Ix>Iy) qayrilish harakat tekisligidan ustuvorligini quyidagi formula orqali aniqlashi kerak:
, (34)
Bu yerda:
s — 24-formula boʻyicha aniqlanadigan koeffitsiyent.
64. s koeffitsiyentni qoʻyidagi formula orqali aniqlash kerak:
, (35)
bu yerda:
α, β — mazkur SHNQning 9-jadvali boʻyicha olinadigan koeffitsiyentlar;
mx ni hisobiy moment Mx oʻrnida aniqlash uchun:
harakati momenti perpendikulyar tekisligi siljishdan mustahkamlangan sharnir tayangan chetli sterjenlar uchun — uzunlikning oʻrtacha uchdan bir chegarasidagi maksimal moment (biroq sterjen uzunligidagi eng katta momentdan kam boʻlmasligi kerak);
konsol uchun berkitish momentda (biroq, berkitishdan sterjening uchdan biri uzunligida turuvchi kesishuvdagi momentdan kam boʻlmasin deb qabul qilish kerak).
egiluvchanlikda s koeffitsiyenti yopiq kesishuvli sterjenlar uchun birliklar;
ikkita simmetriya oʻqli ikki tavr shaklidagi kesishuvga ega boʻlgan sterjenlar uchun
, (36)
; ;
bu yerda:
h — kamarlar oʻqlari orasidagi masofa;
;
9-jadvalda qabul qilingan belgilar:
Mmax — sterjen uzunligi chegarasidagi eng katta egilish momenti;
M1 — sterjening oʻrtacha uchdan bir uzunligi chegarasidagi eng katta egilish momenti, lekin 0,5 Mmax; dan kam boʻlmaganda;
m — formula boʻyicha aniqlanadigan nisbiy ekssentrisitet:
Izoh. Barcha hollarda M ≥ 0,5 Mmax deb qabul qilish kerak.
65. Qattiqlik eng kam tekisligida qayriluvchi (Iy x va ey ≠ 0) λx > λy boʻlgan holda markazdan tashqari siqilgan elementlarni mazkur SHNQning 30-formulasi boʻyicha hisoblash, bunda markaziy siqilgan sterjenlar kabi moment harakati tekisligidan ustuvorligini quyidagi (37) formula boʻyicha olinishi kerak:
, (37)
λx y boʻlganda moment harakati tekisligidan ustuvorlikka tekshirish talab qilinmaydi.
66. Qayrilish tekisligiga parallel boʻlgan tekisliklarda joylashgan panjaralarga ega boʻlgan oraliqli markazdan tashqari siqilgan sterjenlarda sterjenni yaxlit holatida 30-formula boʻyicha aniqlashdan tashqari alohida shohlarni markaziy siqilgan sterjenlar kabi 2-formula boʻyicha aniqlash kerak.
Har bir shoxdagi koʻndalang kuchni momentdagi qoʻshimcha kuchlanishni hisobga olgan holda aniqlash kerak.
ushbu kuchlanishning parallel shoxlar (kamarlar)dagi kattaligini formula boʻyicha aniqlash zarur:
Bu yerda:
b — kamarlar oʻqlari orasidagi masofa.
Plankali markazdan tashqari siqilgan oraliqli elementlarning alohida shoxlarining ustuvorligini markazdan tashqari siqilgan elementlar kabi momentdagi kuchlanish va shoxlarning mahalliy haqiqiy yoki shartli koʻndalang kuch (tirgovuchsiz fermalar kamarlari kabi) ni hisobga olgan holda bajarilishi kerak.
67. Ikkita asosiy tekisliklarda siqilish va egilishga duchor boʻlgan yaxlit devorli sterjenlarning ustuvorligini eng katta qattiqlik tekisligi (Ix > Iy) ning mutanosiblik tekisligi bilan toʻgʻri kelganda formula boʻyicha aniqlanishi zarur:
, (38)
bu yerda:
φey — ushbu SHNQning 63-bandi boʻyicha aniqlanadi;
s — ushbu SHNQning 66-bandi boʻyicha aniqlanadi.
Agar mef,y mx boʻlsa, bunda (38)-formula boʻyicha hisoblashdan tashqari ey = 0 ni qabul qilgan holda 30 va 34-formulalar boʻyicha qoʻshimcha tekshirish oʻtkazish zarur.
Izoh:
I1, I2 — kesishuv simmetriya oʻqlariga nisbatan tegishli ravishda katta va kichik tokchalarga inersiya momentlari u — u;
boʻlgan holdagi φc qiymati φu.;
α va β ning panjaradan 9 yoki plankali) oraliq sterjenlari uchun koeffitsiyent qiymatlarini sterjen uzunligi boʻyicha kamida ikkita oraliq diafragma boʻlgan paytdagina yoki ochiq ikki tavr shakldagi kesishuvli sterjenlar uchun belgilangan koeffitsiyentlarini olinishi kerak.
m12>5 qiymatlarida tegishli ravishda m1=1 yoki m2=5 deb olinishi kerak.
Nisbiy ekssentrisitetlarning qiymatlarini quyidagi formula boʻyicha aniqlash kerak:
va , (39)
bu yerda:
Wcx, Wcy — kesishuvlarning siqilgan tola uchun oʻqlarga nisbatan tegishli ravishda x — x va u — u qarshilik momentlari.
Agar λx>λy, boʻlsa 38-formula boʻyicha hisoblashdan tashqari ey=0 deb qabul qilingan holda ushbu SHNQning 30-formulasi boʻyicha qoʻshimcha tekshirish oʻtkazilishi kerak.
Eng katta qattiqlik tekisligi (Ix>Iy) ning mutanosiblik tekisligiga toʻgʻri kelmagan paytda mx ning hisoblashdagi qiymatini 25 foizga oshirish kerak.
u — u oʻqiga nisbatan mutanosib boʻlgan, ikkala asosiy tekisliklarda siqilish va egilishga uchragan ikkita parallel tekisliklardagi panjaralarga ega boʻlgan yaxlit devorli shohli oraliq sterjenlarning ustuvorligini:
butun sterjen lar uchun panjaralar tekisliklarida parallel boʻlgan tekislikda ey = 0 deb qabul qilingan holda ushbu SHNQning 58-bandi talablari boʻyicha (9-rasmda keltirilgan);
68. Alohida shoxlar uchun markazdan tashqari siqilgan elementlar kabi ushbu SHNQning 30 va 34-formulalari boʻyicha aniqlanishi, bunda har bir shohdagi koʻndalang kuchni Mx momentdagi kuchlanishni hisobga olgan holda, My — momentni esa shohlar oʻrtasida ularning qattiqliklariga proporsional taqsimlash kerak.
Agar My — moment shohlardan birining tekisligida amal qilayotgan boʻlsa, unda uni shu shohga toʻliq oʻtib ketayotgan deb hisoblangan holda bajarish zarur.
Ushbu SHNQning 34-formulasi boʻyicha alohida shohli tekshirish vaqtda uning egiluvchanligi panjara bogʻlamalari orasidagi maksimal masofa boʻyicha aniqlanadi.
5-rasm. Panjarada ikki yaxlit devorli shohlardan tarkib topgan elementning ikki parallel tekislikdagi kesishuvi
69. Markazdan tashqari siqilgan sterjenlarning ulama elementlari (planka yoki panjaralar)ni hisoblashni ushbu SHNQning 49 — 51-bandlarning talablari boʻyicha eng katta koʻndalang kuch — haqiqiy Q yoki Qfic shartli koʻndalang kuchga qarab aniqlanishi lozim.
Haqiqiy koʻndalang kuch shartlidan katta boʻlganda oraliq markazdan tashqari siqilgan elementlar shohlarini plankalar bilan ulashga yoʻl qoʻyilmaydi.
7-bob. Alyumin konstruksiyalar elementlarining hisobiy uzunligi va chegaraviy egiluvchanligi
1-§. Hisobiy uzunlik
70. Tekis ferma va ulanmalar elementlarining, fermalarning boshqasiga nisbatan koʻndalang yoʻnalgan panjarasi elementlari bundan mustasno, lyef hisobiy uzunligini 11-jadval boʻyicha qabul qilish kerak.
6-rasm. Ferma panjaralarining element hisobiy uzunligini aniqlash uchun sxemalari:
a — chetdagi panelida tirgovuch boʻlgan uchburchakli uchun, b — shprengelli uchburchak uchun, v — yarim tirgovuchli, g — bir-biriga koʻndalang yoʻnalgan
1-jadval va 10-rasmda qabul qilingan belgilar:
l — ferma tekisligida elementning geometrik uzundagi (bogʻlamalar markazlari orasida masofa).
l1 — ferma tekisligidan siljish orqali kamarga payvandlanib yoki boltlar bilan mustahkamlangan qoplamalarning qattiq plitalari orqali maxsus ulanmalar bilan bogʻlangan bogʻlamalar orasidagi masofa
71. Ferma tekisligidan lyef uzunligi boʻyicha l1 siqiluvchi kuchlanishlar amal qilayotgan elementning hisobiy uzunligi N1 va N2 (N1> N2) ni quyidagi formula boʻyicha aniqlash kerak:
, (40)
7-rasm. Har xil kuchlanishlar N1 va N2 ega boʻlgan elementning (uzunligi boʻyicha) hisobiy uzunligini aniqlash sxemalari
a — fermalar orasidagi ulanmalar sxemasi (yuqoridan koʻrinishda), b — ferma sxemasi mustahkamlikni N1 ning katta kuchiga koʻra aniqlanadi
72. Bir-biriga nisbatan koʻndalang yoʻnalgan panjara (10-rasmda keltirilgan) elementlarining hisobiy uzunligi lyef ni quyidagicha olinishi kerak:
fermalar tekisliklarida — ferma ulanmasi markazidan ularning kesishuvi (lef = 1) masofasiga teng deb;
ferma tekisligidan:
siqilgan elementlar uchun ushbu SHNQning 11-jadvali boʻyicha;
choʻzilgan elementlar uchun — elementning toʻliq geometrik uzunligi (lef = 1) ga teng deb.
73. Bir burchakli bir-biriga nisbatan koʻndalang yoʻnalgan elementlar kesimi i inersiya radiuslarini quyidagicha olinishi zarur:
elementning i ga teng boʻlgan hisobiy uzunligi vaqtida (bunda, l — eng yaqin tarmoqlar orasidagi masofa) minimal deb (i = imin);
boshqa hollarda ferma tekisligiga parallel yoki perpendikulyar boʻlgan burchak oʻqiga nisbatan (i = ix yoki i = iy — koʻndalang egilish yoʻnalishiga bogʻliq ravishda) deb.
74. Bir burchakli boʻshliqni panjarali konstruksiyalarning hisobiy uzunligi lyef va kesimning inersiya radiusi i ni ushbu SHNQning12-jadvali boʻyicha olinishi zarur.
75. Ustunlar (hovonlar) ning hisobiy uzunligi lyef ni formula boʻyicha aniqlash kerak.
Bu yerda:
l — ustun yoki uning alohida joyning uzunligi lef = μl.
Kesimi doimiy ustunlar (hovonlar)ning hisobiy uzunligi μ koeffitsiyentlarini ularning chetlari ulanishining shart-sharoitlari va yuklanish turiga bogʻliq ravishda ushbu SHNQning 16-jadvali boʻyicha aniqlash kerak.
Alyuminni ustunlar, yigʻiluvchi boʻlinuvchi konstruksiyalarda yoki agressiv atrof-muhitda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
12-jadval va 10-rasmda qabul qilingan belgilar:
l — ferma tugunining markazidan elementlarning kesishishigacha boʻlgan masofa;
l1 — elementning umumiy geometrik uzunligi.
13-jadvalda qabul qilingan belgilar:
lm — ferma kamari panelining uzunligi (birlashtirilmagan tugunlar bilan, u bir chetning tugunlari orasidagi masofaga teng deb olinishi, bunda ular ushbu SHNQning 12-v, g-rasmda keltirilgan);
μm — kamarni hisobiy uzunligining koeffitsiyentini (tirgovuchlarni kamarga tirgovuch boʻylab joylashgan payvand choklari yoki ikkita bolt bilan qotirilgan vaqti) ni ushbu SHNQning 13-jadvali boʻyicha aniqlanishi;
tirgovuchlarni kamarga bir bolt bilan qotirilgan vaqti μm = 1,14 deb olinishi;
i min — kesimning minimal inersiya radiusi (kamar yoki panjara);
ld, lc — 12-rasmda keltirilgan;
ix, iy — burchak koʻndalang kesimining tokchadagi parallel boʻlgan x va y oʻqlariga nisbatan inersiya radiuslari;
μd — tirgovuch hisobiy uzunligi koeffitsiyentini tirgovuchni kamarga tirgovuch boʻylab joylashgan payvand choklari yoki ikkita bolt yoki parchinlar bilan qotirilgan paytda ushbu SHNQning 14-jadvali boʻyicha, tirgovuchlarni kamarga bitta bolt yoki bitta mixparchin bilan qotirilgan paytda ushbu SHNQning 15-jadvali boʻyicha aniqlash kerak.
8-rasm. Bir burchakli boʻshliq panjarali qurilmalar sxemalari
A — yonma-yon chetda sigʻishgan tarmoqli sxema (kashakli uchburchak panjara), B — yonma-yon chetda sigʻishgan tarmoqli sxema (bir-biriga nisbatan koʻndalang yoʻnalgan panjara), v — yonma-yon chetda sigʻishmagan tarmoqli sxema (kashakli uchburchak panjara), g — yonma-yon chetda sigʻishmagan tarmoqli sxema (bir-biriga nisbatan koʻndalang yoʻnalgan panjara)
Izoh:
,
bu yerda:
Im, min, Id, min — kesim inersiyasining ferma kamari va tirgovuchiga tegishli ravishda minimal momentlari;
n — ning oraliq qiymatlari uchun μm ning koeffitsiyentini chiziqli interpolyatsiya orqali aniqlanadi.
Izoh:
n — ushbu SHNQning 13-jadvalida keltirilgan;
ld — ushbu SHNQning 12-rasmida keltirilgan;
imin — tirgovuchlar kesim inersiyasining minimal radiusi.
n — oraliq qiymatlari va nisbat uchun μd koeffitsiyenti chiziqli interpolyatsiya orqali aniqlanadi.
Izoh:
nisbatining oraliq qiymatlari uchun μd koeffitsiyentini chiziqli interpolyatsiya orqali aniqlanadi.
76. Bir qavatli ramalari (rama tekisligida) kesimi doimiy ustunlar hisobiy uzunligi μ koeffitsiyentlarini rigelli ustunlarga mustahkam qilib biriktirilganda va yuqori tugunlar yuklanganida ustunlarni poydevorga oʻrnatishda ular quyidagi formulalar orqali aniqlanishi kerak:
a) sharnirli:
, (41)
b) bikr:
, (42)
30 va 31-formulalarda:
.
bu yerda:
Ic, lc — tegishli ravishda kesimning inersiya momenti va tekshirilayotgan ustun uzunligi;
Ir1, Ir2, lr1, lr2 — tegishli ravishda kesimning inersiya momentlari va shu ustunga tutash rigellarning uzunligi.
Rigellar ustunga bogʻlanganda, 42-formuladan n = 0 olinishi kerak.
Izoh. Ushbu jadvalda keltirilgan maʼlumotlar kuch faoliyatiga nisbatan simmetrik boʻlgan elementlarga tegishlidir. Kuch faoliyatiga nomutanosib boʻlgan kesimlarda chegaraviy egiluvchanlikni 30 foizga kamaytirish kerak.
77. Ramalar ustunlarining hisobiy uzunligini (ramalar tekisligi bundan mustasno) rama tekisligidan siljish orqali (kran osti toʻsinlar va stropila osti fermalar ustunlar tayanchlari, bogʻlovchilarva rigellar biriktirish tugunlari) orqali qotirilgan nuqtalar orasidagi masofaga teng deb qabul qilinishi lozim.
2-§. Elementlarning chegaraviy egiluvchanligi
78. Siqilishga ishlaydigan elementlarning egiluvchanligi mazkur SHNQning 18-jadvalida keltirilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.
79. Choʻzilishga ishlaydigan elementlarning egiluvchanligi quyidagi 19-jadvalda keltirilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.
Izoh:
1. Choʻzilgan elementlarning egiluvchanligi faqat vertikal tekislikda tekshiriladi.
2. Bir burchaklari bir-biriga nisbatdan koʻndalang yoʻnalgan panjara choʻziluvchi sterjenlarning egiluvchanligini tekshirilayotgan vaqtda inersiya radiusi burchak tokchasiga parallel boʻlgan oʻqqa nisbatan qabul qilinadi.
3. Bir-biriga nisbatdan koʻndalang yoʻnalgan panjaraning sterjenlari kesim joyida bir-biri bilan mahkamlangan boʻlishi kerak.
4. Yuklanishning noqulay joylashishi kuchlanish belgisi oʻzgaradigan kuchlanishlarga ega boʻlgan stropil fermalari choʻzilgan tirgovuchlari uchun chegaraviy egiluvchanlik siqilgan elementlardagi kabi qabul qilinadi. Bunda, biriktiruvchi qistirmalar kamida 40i dan keyin oʻrnatilishi lozim.
8-bob. Egilgan va siqilgan elementlarning devorlari va kamar listlarining mustahkamligini tekshirish
1-§. Toʻsinlarning devorlari
80. Toʻsinlarning devorlari ularning mustahkamligini taʼminlash uchun ikki tomonlama qovurgʻalar bilan quyidagilar mustahkamlanishi kerak:
devorning butun balandligiga joylashtirilgan koʻndalang asosiylari;
koʻndalang asosiy va boʻylama;
devorning siqilgan zonasida joylashgan koʻndalang asosiy va oraliq, qisqa faqat mixparchinlangan toʻsinlarda.
81. Toʻsinlarning devorlarining mustahkamligini hisoblashda barcha tarkibiy qismlarini hisobga olgan holda σ, τ, i σloc amalga oshirilishi kerak.
σ, τ, va σloc kuchlanishlar φb koeffitsiyentni hisobga olmagan holda brutto kesim boʻyicha materialning elastik ishi taxminida hisoblanishi lozim.
Siqiluvchi (chekka qismi) kuchlanish σ ni devor hisobiy chegarasi (plyus belgili)da va oʻrta tegishadigan kuchlanish τ ni formulalar yordamida hisoblash kerak:
, (43)
, (44)
bu yerda:
h — devorning toʻliq balandligi;
M, Q — tegishli ravishda moment va koʻndalang kuchning boʻlim chegaralaridagi oʻrtacha qiymatlari;
agar boʻlinmaning uzunligi uning hisobiy balandligidan katta boʻlsa, bunda M va Q uzunlik boʻlinmaning balandligiga teng boʻlgan yanada koʻproq kuchlanishli qism uchun hisoblanishi kerak;
agar moment yoki koʻndalang kuch belgisi oʻzgarsa, bunda ularning oʻrtacha qiymatlari boʻlinma qismida bitta belgi bilan hisoblanishi lozim.
Devorning markazlashgan (toʻplangan) yuklanish tagidagi mahalliy kuchlanish σloc mazkur SHNQning 3-ilovasi talablariga muvofiq aniqlanishi kerak.
Kamarlar va qoʻshni koʻndalang asosiy bikrlik qovurgʻalar orasiga oʻralgan devorning toʻrtburchak boʻlinmalarining mustahkamligini tekshirishda plastinkaning hisobiy oʻlchamlari:
a — koʻndalang qovurgʻalar oʻqlari orasidagi masofa;
hyef — devorning hisobiy balandligi quyidagilarga teng:
yuqori mustahkamlik boltlarda kamar boʻgʻinlari boʻlgan toʻsinlarda — toʻsin oʻqiga eng yaqin kamar burchaklarining qirralari orasidagi masofa;
mixparchinlangan toʻsinlarda — toʻsin oʻqiga eng yaqin kamar burchaklarining xavflari orasidagi masofa;
payvandlangan toʻsinlar — devorning toʻliq balandligi; presslangan profillarda tokchalar orasidagi yorugʻlikdagi balandligi;
t — devorning qalinligi.
82. Devorning shartli egiluvchanligi boʻlsa, toʻsinlarning devorlarini:
chegaraviy qiymatlaridan oshmasa, bunda mustahkamligini tekshirilishi shart emas;
— payvandlangan yoki presslangan toʻsinlar uchun;
— mix parchinlangan, boltlardagi va yuqori mustahkamlik boltlardagi toʻsinlar uchun.
Toʻsinlarning devorlarida mahalliy kuchlanishlar mavjud boʻlganda ning belgilangan chegaraviy qiymatlari 0,7 koeffitsiyentga koʻpaytirilishi kerak.
Toʻsinlarning devorlari boʻlganda, koʻndalang bikrlik qovurgʻalari bilan mustahkamlanishi lozim.
83. Yuqori kamarda mahalliy yuklanish boʻlgan toʻsinlarda devorning mustahkamligini ushbu SHNQning 3-ilovasi talablariga muvofiq tekshirilishi kerak.
84. Simmetrik kesimli toʻsinlar devorlarining ustuvorlikka hisoblash, faqat koʻndalang asosiy bikrlik qovurgʻalar bilan mustahkamlangan, mahalliy kuchlanish boʻlmaganda (σloc =0) qoʻyidagi formulaga muvofiq amalga oshirilishi kerak:
, (45)
bu yerda:
, (46)
, (47)
, (48)
( boʻlganda υ =1 deb qabul qilish kerak. ning qiymatlari ruxsat etilmaydi;
γc ni mazkur SHNQning 1-ilovasi 6-jadvali boʻyicha qabul qilish kerak.
45 — 48 formulalarida:
μ — plastinaning katta tomonining kichik tomonga nisbati;
— d balandlikka ega boʻlgan plastinkaning shartli egiluvchanligi;
bu yerda:
d — hef taraflardan eng kichigi yoki plastinkaning a si):
, (49)
Asosiy koʻndalang qovurgʻalardan tashqarida boʻlmagan (siqilgan), hisobiy chegarasidan h1 masofa joylashgan bitta boʻylama qovurgʻa bilan mustahkamlangan simmetrik kesimli toʻsin devorida (mahalliy kuchlanish boʻlmaganda) qovurgʻada boʻlgan ikkala plastinkani alohida hisoblash kerak:
siqilgan kamar va boʻylama qovurgʻa oʻrtasida joylashgan plastinka — formula boʻyicha:
, (50)
bunda:
, (51)
bu yerda:
— h1 balandlikka ega boʻlgan plastinkaning shartli egiluvchanligi);
τcrl — ni tekshirilayotgan plastinkaning oʻlchamlarini qoʻyilgan holda 47-formula boʻyicha aniqlanish, υ — ni hisobga olgan holda 48-formula boʻyicha:
;
ni qabul qilgan holda yechish kerak;
γc — ni ushbu SHNQning 1-ilovasi 6-jadvaliga muvofiq olish kerak;
choʻzilgan kamar va boʻylama qovurgʻa oʻrtasida joylashgan plastinka — formulaga muvofiq:
, (52)
bu yerda:
, (53)
τcr2 — ni tekshirilayotgan plastinka oʻlchamlarini qoʻygan holda 47-formulasi boʻyicha aniqlash kerak;
γc — ni ushbu SHNQning 1-ilovasi 6-jadvaliga muvofiq olish kerak.
85. Faqat koʻndalang bikrlik qovurgʻalari bilan mustahkamlangan devorda ularning chiqib turuvchi qismining eni bh juftli mutanosib qirra uchun mm dan kam emas; qovurgʻa qalinligi ts dan kam emas;
qovurgʻalar orasidagi masofa 2hyef dan oshmasligi kerak.
86. Devorni koʻndalang qovurgʻalar va bitta boʻylama qovurgʻa bilan mustahkamlashda bikrlik qovurgʻalar kesimlarning zarur inersiya momentlarini Is aniqlash kerak:
koʻndalang qovurgʻalar uchun — formulaga muvofiq:
Is = 3heft3, (54)
boʻylama qovurgʻa uchun — ularning chegaraviy qiymatlarini hisobga olgan holda mazkur SHNQning 20-jadvalining formulalariga muvofiq aniqlanadi.
Boʻylama va koʻndalang qovurgʻalar devorning bir tomonida joylashganda, ularning har birining kesimlarining inersiya momentlari qovurgʻaga eng yaqin boʻlgan devor chetiga mos keluvchi oʻqqa nisbatan aniqlanadi.
Izoh. Ist hisoblashda ning oraliq qiymatlari uchun chiziqli interpolyatsiya yoʻl qoʻyiladi.
87. Tarkibli kesimga ega boʻlgan toʻsin devori maydoni tayanch ustida uni qattiq qirralari bilan mustahkamlanayotgan vaqtda tekislikdan tashqaridagi boʻylama egilishga tayanch reaksiya bilan yuklangan hovon deb hisoblanishi zarur.
Hovonning hisobiy kesimdagi qattiqlik qirrasi kesimi va qirraning har tomondan enli devor chizigʻini kiritish kerak.
Hovonning hisobiy uzunligini devor balandligiga teng deb qabul qilish lozim.
Tayanch qirralarining qoʻyi qismi toʻsinining pastki kamariga payvandlangan boʻlishi va tayanch reaksiyasi taʼsiriga hisoblangan boʻlishi zarur.
2-§. Markaziy va markazdan tashqari siqilgan va siqilib — egilgan devor elementlari
88. Markaziy siqilgan elementlar uchun devorni shartli egiluvchanligi ni 21-jadval formulalari bilan aniqlangan qiymatlardan oshmasligi kerak.
Elementni chegaraviy egiluvchanlik boʻyicha kesimni belgilash, shuningdek tegishli hisobga asoslanganida ning eng katta qiymatlarini koeffitsiyentga koʻpaytirilishi (bu yerda ), biroq 1,5 baravardan oshmasligi lozim. Bunda, ning qiymatlarini 5,3 dan oshirmay qabul qilish kerak.
Izoh:
1. Ushbu jadvalda keltirilgan maʼlumotlar payvandlangan va presslangan profillarga taalluqlidir.
Mixparchinli elementlarda 22-jadvaldagi ning qiymatlarini 5 foizga oshirish kerak.
2. ni oraliq qiymatlar uchun hisoblashda va orasida chiziqli interpolyatsiyaga yoʻl qoʻyiladi.
89. Markazdan tashqari siqilgan va siqilgan-egilgan elementlar uchun devorning shartli egiluvchanligi ni qiymatiga bogʻliq ravishda aniqlanishi (bunda, σ “plyus” belgisi bilan qabul qilingan va φe, φexy yoki cφ koeffitsiyentlarini hisobga olmagan holda ayrilgan devorning hisobiy chegarasidan eng katta siqiluvchi zoʻriqish, σ1 — devor hisobiy chegarasi oldidagi qarama — qarshi zoʻriqish) va αushbu SHNQning 90-bandi boʻyicha hisoblanishi zarur α>1.
, (55)
boʻyicha aniqlanadigan qiymatlardan ortiq boʻlmasligi lozim;
0,5 — α=0,5 va α=1 boʻlgan holda yechiladigan qiymatlar orasidagi chiziqli interpolyatsiya bilan aniqlanishi zarur.
90. Markazdan tashqari siqilayotgan yoki siqilgan-egilgan elementning devorini devor oʻrtasida joylashgan Ist ≥ 6heft3, inersiya momenti ega boʻlgan qattiqlik boʻylama qirrasi bilan mustahkamlanganda, devorning kamar va qirra oʻqi orasidagi yuklangan qismini alohida plastinka deb hisoblash va ushbu SHNQning 91-bandi talablariga asosan tekshirilishi kerak.
Boʻylama qovurgʻalar bikrligi elementlar hisobiy kesimini kiritish kerak.
Agar devorning ustuvorligi taʼminlanmasa, hisobiy balandlik chegaralaridan boshlab hisoblangan holda eniga ega boʻlgan ikkita chet qismini kiritish kerak.
91. Yaxlit ustun va tirgaklarning devorlari boʻlgan holda bir-biridan 2hef masofada joylashgan koʻndalang bikrlik qovurgʻalari bilan mustahkamlash lozim.
Boʻylama qovurgʻa boʻlsa u holda koʻndalang qovurgʻalar orasidagi masofani 1,5 baravar koʻpaytirish kerak.
Koʻndalang qovurgʻalarning bikrligi chiqadigan qismining minimal oʻlchamlari ushbu SHNQning 87-bandi talablariga muvofiq olinishi kerak.
3-§. Markaziy, markazdan tashqari siqilgan, siqilgan — egiluvchi va egiluvchi elementlarning kamar listlari va tokchalari
92. Kamar listlari (tokchalar)ning svesi hisobiy enini presslangan, prokatli payvandlangan va kamar listiga ega boʻlmagan mixparchinli elementlarda — devor chetidan list (tokcha) chetigacha boʻlgan masofaga kamar listli mihparlangan elementlarda, mixparchinlarning eng yaqin xavfdan listning boʻsh chetiga sves birga kamida 30° burchak hosil qiluvchi vut borligida svesning hisobiy enini vut boshlanishiga qadar oʻlchash kerak (buralib chiqish holatida — ichiga yozilgan vutni qabul qilish lozim).
93. Markaziy, markazdan tashqari siqilgan va siqilgan-egiluvchan elementlarda kamar varagʻi (tokcha) svesi egiluvchanligi qiymati ni 22-jadvalda keltirilgan qiymatlardan oshirmay shartli egiluvchanlik va kesishuv turi (bunda bef 94-bandga muvofiq qabul qilinadi; t — sves qalinligi).
Elementning yetarli kuchlanishi boʻlmagan holatida ning mazkur SHNQning 22-jadvalidagi eng katta qiymatlarini marta oshirilishi, biroq 1,5 baravardan koʻp boʻlmasligi, bunda ning qiymatlari 1,3 oshirilishi lozim (bu yerda φm — φ, φe, φexy, cφ, ning eng kichkina qiymati va sterjenning mustahkamligini tekshirishda ishlatiladi ).
94. Presslangan, payvandlangan va mixparchinlangan toʻsinlarning list (tokcha)ning egiluvchan elementlardagi eng katta egiluvchanligini uchun mazkur SHNQning 22-jadvalida keltirilgan sveslarning chegaraviy oʻlchamlarini hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
Gorizontal listlarsiz mixparchinlangan toʻsinlarning siqilgan kamarlaridagi xoshiyalanmagan burchaklar tokchalari svesining eng katta egiluvchanligi quyidagi formula boʻyicha qabul qilish kerak:
, (56)
Elementning yetarli kuchlanmasligi holatida kamarli list (tokcha) svesining eng katta egiluvchanligini marta koʻpaytirilishi, biroq 1,5 baravardan oshmasligi zarur, bunda σ — qiymatlaridan eng kattasidir:
yoki
Izoh. ning oraliq qiymatlari uchun ni hisoblashda va qiymatlari orasidagi chiziqli interpolyatsiya orqali aniqlanadi.
95. Boʻsh sveslarni qalinlashtirish (bulbalar) bilan kuchaytirish holatida svesning egiluvchanligi eng katta qiymati (bu yerda bef1 — qalinlashtirish markazidan ulanuvchi devor (tokcha) chetigacha yoki vaqt boshlanishigacha oʻlchanadigan kamarli list yoki tokchalarning hisobli enini formula boʻyicha aniqlash kerak:
, (57)
bu yerda:
k — ushbu SHNQning 23-jadvali boʻyicha , va ga bogʻliq ravishda aniqlanadigan koeffitsiyent;
— svesning ushbu SHNQning 22-jadvaliga muvofiq qabul qilinadigan qalinlashtirish yoʻqligi holatidagi shartli egiluvchanligining eng katta qiymati;
γ1 kattaligi: ga teng,
bunda, D — dumaloq diametriga teng deb qabul qilinadigan qalinlashtirish oʻlchovi, kvadrat va trapetsiya shakldagi normal profilli qalinlashtirishlarda;
D — qalinlashtirishning bulbaning trapetsiya shakldagi (9-rasm) qalinlashtirish ishlari kamida 1,5D va kamida D — toʻgʻri burchakli qalinlashtirish ishlaridagi eni holatidagi balandligi.
9-rasm. Qalinlashtirish (bulba) sxemasi
96. Hosil qiluvchilarga parallel ravishda teng siqilgan yopiq silindriksimon aylanma postlarni mustahkamligini hisoblash quyidagi formula boʻyicha bajarilishi kerak:
, (58)
bu yerda:
σ1 — postdagi hisobiy kuchlanish;
σcrl — ψR yoki qiymatlaridan eng kichigiga teng boʻlgan kritik kuchlanish
bu yerda:
r — post oʻrta yuzasining radiusi; t — post qalinligi).
Koeffitsiyentlarning qiymatlari ψ va s tegishli ravishda mazkur SHNQning 23 va 24-jadvallari boʻyicha aniqlanadi.
Hosil qiluvchilarga parallel ravishda markazdan tashqari siqilish yoki qiymatlaridan oshmaydigan eng katta joyidagi taʼsir etuvchi kuchlanishlar holatidagi diametral tekislikda toʻliq egilish boʻlganda kuchlanish σcrl ni marta koʻpaytirish, bunda σ1 — eng kichik kuchlanish (tortuvchi kuchlanishi manfiy deb hisoblanishi kerak).
Izoh. k koeffitsiyenti 0,6 dan 0,75 gacha boʻlgan oraliq qiymatlar va egiluvchanligining 1 dan 5 gacha boʻlgan qiymatlari uchun chiziqli interpolyatsiya orqali aniqlanadi.
97. egiluvchanlik sharoitida mazkur SHNQning 6-bobi boʻyicha siqilgan yoki siqilgan — egiluvchi sterjenlar kabi hisoblanadigan dumaloq trubalarda shart bajarilishi kerak.
Agar yoki 35 qiymatlaridan oshmasa choksiz trubalar devorlari mustahkamligi tekshirilmaydi.
Izoh. ψ koeffitsiyentlari qiymatlari 140 MPa oraliq qiymatlari uchun chiziqli interpolyatsiya orqali aniqlanadi.
Izoh. ning oraliq qiymatlari uchun c koeffitsiyentlari chiziqli interpolyatsiya orqali aniqlanadi.
9-bob. Yupqa listli alyumin yordamida konstruksiya elementlarni hisoblash
1-§. Asosiy talablar
98. Yupqa listli alyumin (qalinligi 2 mm gacha)ni toʻsuvchi va yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning elementlari sifatida quyidagilarni qoʻllash kerak:
qovurgʻalar yoki maxsus shtamplash bilan mustahkamlangan tekis listlarni;
bir va ikki yoʻnalishda oldindan zoʻriqtirilgan tekis listlar hamda tasmalarni;
mustahkamlanmagan yoki maxsus mustahkamlanmagan gofrirovka qilingan listlarni.
2-§. Siqish va egilishga ishlaydigan elementlar
99. Kontur boʻylab sharnir-tayanchli bir yoʻnalishda siqilgan tekis listning mustahkamligini hisoblashda ish maydoni quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
, (59)
listning 2s oʻlchamda biriktiriladi (bunda, t — list qalinligi).
10-rasm. Siqilgan yupqa list elementning hisobiy sxemasi
b — kesimning toʻliq eni, c — kesimning ishchi eni
100. Boʻylama qovurgʻalar bilan kuchaytirilgan yupqa listli konstruksiyalarning mustahkamligini va deformatsiyalanishini hisoblashda, boʻylama va koʻndalang yuklarning taʼsirida tekis listda siquvchi kuchlanishlar hosil boʻlishi, qovurgʻalarning ish maydoni listning bir qismini oʻz ichiga olishi hamda mazkur SHNQning 59-formulasi orqali aniqlash kerak.
11-rasm. Boʻylama qovurgʻalar bilan kuchaytirilgan yupqa listli konstruksiyalarining hisobiy sxemasi
a — tekis list, b — gofrirovka qilingan list
101. Toʻlqinli va trapetsiya shakldagi gofrirovka qilingan listlarning mustahkamlikka hisoblashda kontur boʻylab va gofrirovka yoʻnalishi boʻyicha siqilgan nisbatda (12-rasm, a) 2s oʻlchamdagi listning bir qismi ish maydoniga kiritilishi kerak:
, (60)
;
;
bu yerda:
K, d — tegishli ravishda bir yarim toʻlqin perimetri boʻylab qadami va uzunligi (17-rasmda keltirilgan);
Ixl — bir toʻlqin inersiya momenti.
nisbat yoki qat-qat burmalangan list inersiya momentiga ega boʻlgan koʻndalang qovurgʻalar bilan boʻlinsa, katakchalarning taraflar orasidagi oʻzaro nisbati qatoriga (12-rasmda keltirilgan), s qiymatini formula boʻyicha aniqlash kerak:
. (61)
Ushbu SHNQning 61-formulasida belgilar xuddi 60-formuladagi kabi belgilanishi hamda a va b qiymatlari 12-rasm boʻyicha qabul qilinishi lozim.
12-rasm. Siqilgan gofrirovka qilingan listning hisobiy sxemasi
a — koʻndalang bikirlik qovurgʻalarsiz, b — koʻndalang bikirlik qovurgʻalar bilan
13-rasm. Gofra uchun geometrik parametrlar
a — trapetsiya shaklda, b — toʻlqinli
Agar boʻylama qovurgʻalar mavjud boʻlsa (14-rasmda keltirilgan), ish maydoniga bu qovurgʻalarning maydoni va qovurgʻaning har tomonidan s — oʻlchovli listning bir qismini kiritish kerak.
14-rasm. Boʻylama va koʻndalang qovurgʻalar bilan gofrirovka qilingan plita sxemasi
1 — boʻylama qovurgʻalar, 2 — koʻndalang qovurgʻalar
102. Ushbu SHNQning 43-formulasi boʻyicha hisoblanganda, koʻndalang bikrlik qovurgʻalarni inersiya momenti kam boʻlmasligi kerak:
, (62)
Agar gofrirovka qilingan list va koʻndalang qovurgʻalar turli xil elastik modulga ega boʻlsa, bunda gofrirovkalangan list va uning koʻndalang qirralari turli elastiklik modullariga quyidagi formula orqali aniqlanishi lozim:
, (63)
bu yerda:
Es — qovurgʻa materialining elastik moduli.
62 va 63-formulalardagi belgilar 60-formuladagi kabi belgilanishi zarur.
Agar Is qiymatlari 62 va 63-formulalarida keltirilgan qiymatlardan kam boʻlsa, unda C qiymati ushbu SHNQning 60-formulasi boʻyicha hisoblanishi, bunda Dy ning qiymatini qabul qilish kerak:
103. Koʻndalang yuk taʼsirida kuchaytiruvchi qovurgʻalarga ega boʻlmagan gofrirovka qilingan list, balka sifatida ushbu SHNQning 20 va 21-formulalari boʻyicha egilishga hisoblanishi kerak.
Trapetsiya shaklda gofrirovka qilingan listlar uchun hisobiy kesimi siqilgan tokchalarning oʻlchami mazkur SHNQning 59-formulasi boʻyicha aniqlanishi lozim.
Mazkur SHNQning 21-22-formulalardagi Wx va Ix kesimning ish maydoni uchun hisoblanishi kerak.
104. Egilishda erkin tayangan gofrirovkalangan listlarning egiluvchanligini f formula orqali aniqlash kerak:
, (64)
bu yerda:
α — gofrirovka qilingan listning yuk ostida va qabul qilingan kesimining deformatsiyasi tufayli burilishning oshishini hisobga oladigan koeffitsiyent: toʻlqinli listlar uchun 1 ga teng, trapetseidal listlar uchun mazkur SHNQning 25-jadvaliga muvofiq, yopishtirilgan qattiq izolyatsiyali gofrirovka qilingan list uchun (koʻpik kabi) ;
fo — balka kabi ishlovchi va hisoblash paytida Ix ushbu SHNQning 105-bandi boʻyicha qabul qilinuvchi qat-qat burmalangan listning bukilishi.
26-jadvalda qabul qilingan belgilar:
b — egilish cheti oʻlchovi;
a — siqilgan gorizontal chet oʻlchovi (17-rasmda keltirilgan).
Izoh. α ning nisbatlar uchun qiymatlarini chiziqli interpolyatsiya orqali aniqlanish kerak.
105. Boʻylama qovurgʻalar bilan mustahkamlangan gofrirovka qilingan yupqa qatlamli tuzilmalarni ishchi qovurgʻalarini kiritilishini hisobga olgan holda mustahkamlik va egilishga hamda koʻndalang qovurgʻalar mavjudligidan qatʼi nazar mazkur SHNQning 48-formulasi boʻyicha aniqlanadi.
Qovurgʻalarni har bir tomoni s oʻlchovli list qismlarini kirishini inobatga olgan holda hisoblash kerak.
106. Trapetsiya shakldagi gofrirovka ega boʻlgan siqilgan-egiluvchan va choʻzilgan-egiluvchan listlar (uch qatlamli panellarni isitish izolyatsiyalar bilan tikishlar )ning mustahkamligini hisoblashni choklar va boʻylama qovurgʻalarning birgalikda ishlashini burmalangan listlar inersiya momentdan tashqari ularning neytral oʻqlariga nisbatan boʻylama qovurgʻalar va choklanishlarning s oʻlchovli qismi kiradigan kesim inersiya momentni nazarda tutish lozim (15-rasm):
, mm (65)
bu yerda:
— panel kengligining koʻndalang qovurgʻalarning qadamiga nisbati;
Elx — gofrining oʻz neytral oʻqiga nisbatan uzunlik birligidagi qattiqligi, kN m.
15-rasm. Uch qatlamli panelning kesimi
107. Trapetsiya shakldagi gofriga ega boʻlgan egiluvchan listlarning siqilgan gorizontal chetlarining mahalliy mustahkamligi (13, a-rasmda keltirilgan)ni boʻylama qirralarning elastik qisishuvini hisobga olgan formula boʻyicha tekshirish kerak:
, (66)
bu yerda:
σ — tashqi yuklanishdan chetdagi siquvchi kuchlanishlar;
kloc — ushbu SHNQning 27-jadvali boʻyicha qabul qilinadigan koeffitsiyent;
ζ — mazkur SHNQning 28-jadvali boʻyicha qabul qilinadigan koeffitsiyent.
108. Trapetsiya shakldagi gofriga ega boʻlgan listlar chetlarining mahalliy mustahkamligini ustunlarga yoki rigellarga tayangan joylarda tavsiya etilayotgan ushbu SHNQning 6-ilovasi boʻyicha tekshirish kerak.
109. Toʻlqinsimon listlarning mahalliy mustahkamligi (13, b-rasmda keltirilgan)ni formula boʻyicha aniqlash kerak:
, (67)
27-jadvalda qabul qilingan belgilar:
b — egilish cheti oʻlchovi;
a — siqilgan gorizontal chet oʻlchovi (13-rasmda keltirilgan).
Izoh. σ — kuchlanishi zoʻriqtirilgan holatga bogʻliq ravishda boʻlgan holda mazkur SHNQning 66 — 69-formulalari boʻyicha aniqlanishi kerak.
110. Markaziy siqilgan gofrirovka qilingan listning umumiy mustahkamligi ushbu SHNQning 44-bandi hamda 2-ilovaning 2-jadvaliga muvofiq tekshirilishi kerak.
111. Markaziy siqilishda trapetsiya shakldagi list elementlarining mahalliy mustahkamligi quyidagi formula boʻyicha tekshirish kerak:
, (68)
bu yerda:
b — katta qirraning eni.
Markaziy siqilishda toʻlqinli gofrirovka qilingan listning mahalliy ustuvorligi quyidagi formula boʻyicha tekshirish kerak:
, (69)
3-§. Membranali konstruksiyalar elementlari
112. Membranali konstruksiya elementlarini hisoblashni membrana va konturning shakli, deformatsiyalangan holati hamda membrananing geometrik chiziqsizligini hisobga olgan holda birgalikda ishlashini tekshirish kerak.
113. Membranali konstruksiyalarning elementlari (membrana va kontur)ni hisoblashda quyidagilarni inobatga olinishi kerak:
oʻq boʻyicha siqilishi;
membrananing kontur elementlari bilan kontakt chizigʻi boʻylab kesishish kuchlari natijasida hosil boʻlgan siqilish;
tangensial va vertikal tekisliklarda egilish;
boshlangʻich (yuklanishgacha boʻlgan) membrananing bukilishi.
114. Kontur elementlarining kesimining tortishish markaziga nisbatan ekssentristitek bilan membranani biriktirganda, ushbu SHNQning 115-bandda keltirilganlarga qoʻshimcha ravishda, konturlarni hisoblashda buralishini hisobga olish lozim.
115. Kuchlanish jarayonini kuch parametrlari boʻyicha kuzatishda va kuchlanish kuchlari γc=1 ish sharoitlari koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlanishi zarur.
Geometrik parametrlarni nazorat qilishda kuchlanishlar shartlariga javob berishi kerak:
, (70)
bu yerda:
— listdagi kuchlanishlar, mos ravishda, dastlabki kuchlanish va tashqi yuklanishdan hosil boʻlgan kuchlanishlar.
116. Tikishlarning bir oʻqli kuchlanishi boʻlgan membranali konstruksiyalar elementlarini hisoblashda ramkaning boʻylama elementlarni tomonidan qabul qilinadigan tikishdagi zanjirli kuchlarining qoʻshimcha taʼsirini hisobga olish lozim.
117. Membranalarning alyumin qotishmalaridan birikuvchi, shuningdek ularni tayanch konturiga qotirilishini harorat oʻzgarishi taʼsirga hisoblash kerak (membrana va kontur materiallarining chiziqli kengayishi koeffitsiyentlari turli ekanligi hisobga olish lozim).
10-bob. Alyumin qotishmali konstruksiyalar birikuvlarini hisoblash
1-§. Payvandlangan birikuvlar
118. Payvand choklarini mazkur SHNQning 29-jadvalidagi formulalar boʻyicha aniqlanishi kerak.
Ikkita old choklar bilan payvandlangan biriktirilgan old choklar payvandlanayotgan elementlarning butun qalinligi boʻyicha va ularning chetlari biriktiruvchi choklari tashqarisiga chiqariladigan boʻlsa, payvandlangan tutash joyli birikishning hisobiy qarshiligiga teng boʻlishi lozim.
119. Egilish uchun ishlaydigan payvandlangan tutash joyli birikuvlarni mazkur SHNQning 1-ilovasini 9-10-jadvallariga muvofiq hisoblanishi zarur.
120. Egilish va kesilishga ishlaydigan payvandlangan tutash joyli birikuvchilarni quyidagi formula boʻyicha hisoblash kerak:
, (71)
bu yerda:
σw — egilishdan payvandlangan birikuvdagi kuchlanish;
τw — kesilishdan payvand chokidagi kuchlanish.
29-jadvalda qabul qilingan belgilar:
N — hisobiy boʻylama kuch;
lw — chokning hisobiy uzunligi uning toʻliq uzunligi chiqarib tashlangan 3t yoki 3kf ga teng;
chokni birikuvdan tashqarida olib tashlanganda (qistirma.), uning toʻliq uzunligi chokning hisobiy uzunligi qabul qilinadi;
t — ulanayotgan elementlarning eng kichik qalinligi;
— koeffitsiyentga teng deb qabul qilingan:
0,9 — avtomatik bir va ikki oʻtimli payvandlash uchun;
0,7 — avtomatik koʻp oʻtimli payvandlash uchun, istalgan sonli oʻtish bilan qoʻlda va yarim avtomatik payvandlash uchun;
kf — teng yonli uchburchakning katetiga teng deb taxmin qilingan burchakli tikuvning kateti.
121. Burchak chokining aynan bir kesishmasining ikki yoʻnalishda kesuvchi kuchlanishlarini bir vaqtda hisoblash va shu kuchlanishlarining teng harakat qiluvchisi boʻyicha aniqlanishi kerak.
122. Oʻqi kuch va egilish momenti bir vaqtning oʻzida harakat qiladigan elementni qotiruvchi burchakli choklar mazkur SHNQning 29-formulasiga muvofiq hisoblanishi kerak.
An=Awf — choklarning hisobiy maydoni;
Ixn, Iyn — ularning x-x va y-y oʻqlariga nisbatan choklarning hisobiy maydonining inersiya momenti;
R=Rwf — burchakli chokning hisobiy qarshiligi.
2-§. Mixparchinli va boltli ulanmalar
123. Mixparchinli va boltli birikuvlarda birikuv ogʻirligi markazidan oʻtuvchi boʻylama kuchning taʼsirida ushbu kuchning mixparchinlar hamda boltlar orasida taqsimlashini teng deb qabul qilish lozim
Boʻylama kuchlarni qabul qiluvchi mixparchinli yoki boltli ulanmalarni kesishuvi boʻyicha hisoblash ushbu SHNQning 29-jadvali formulalari asosida bajarilishi kerak.
16-rasm. Yarim dumaloq qalpoqchali mixparchinlar
124. Bir vaqtda kesilishga va tortilishga ishlayotgan mixparchin hamda boltlarni alohida kesma va tortilishga tekshirish kerak.
125. Bitta elementni ikkinchisiga qistirmalar yoki boshqa oraliq elementlar orqali, bir tomonli ustki qism bilan mustahkamlashda mixparchinlar yoki boltlar sonini hisoblash soniga qarshi 10 foizga koʻpaytirilishi kerak.
Burchak yoki shvellerlarning boʻrtib turgan tokchalarini korotishlar yordamida qotirish vaqtida korotishning tokchalaridan birini qotirib turuvchi mixparchinlar (boltlar) sonini hisoblash soniga qarshi 50 foizga koʻpaytirish lozim.
30-jadvalda qabul qilingan belgilar:
N — ulanmaga taʼsir qiluvchi hisobiy boʻylama kuch;
n — mixparchin yoki boltlarning ulanmadagi soni;
ns — bir mixparchin yoki boltning ish kesmalari soni;
d — mixparchin teshigi diametri yoki bolt sterjenning tashqi diametri;
— bir yoʻnalishda bukiladigan elementlarning eng kam jamlangan qalinligi;
do — bolt burama kiritishning ichki diametri;
h=0,4d — qalpoqcha olinishi yuzasi balandligi (16-rasmda keltirilgan).
Izoh. Boltlarni kesish va bukilishga hisoblashni ushbu SHNQning 60-61-formulalari boʻyicha Rrs va Rrp ni tegishli ravishda Rbs va Rbp ga almashtirish kerak.
3-§. Yuqori mustahkamli poʻlat boltlardagi montaj ulanmalari
126. Yuqori mustahkamlikka ega poʻlat boltlarni montaj ulanmalarni tutash joyi va qotirishda amal qilinayotgan kuchlarni ulanayotgan elementlarning bir-biriga teguvchi tekisliklarda boltlarning tortishuvidan hosil boʻladigan ishqalanish kuchini hisobga olinishi, bunda boʻylama kuchning boltlar oʻrtasida taqsimlanishini teng deb qabul qilish kerak.
127. Bitta mustahkam bolt bilan tortilgan ulanuvchi elementlarning har bir ishqalanish yuzasi tomonidan qabul qilinishi mumkin boʻlgan hisoblash kuchi Qbh inobatga olish kerak:
, (76)
bu yerda:
Rbh — oʻta pishiq boltning poʻlat konstruksiyalarni loyihalashtirish normalariga muvofiq aniqlanadigan tortilishiga hisobiy qarshilik;
γb — 0,8 teng deb qabul qilinadigan ulanma ishi shart — sharoiti koeffitsiyenti;
Abn — bolt kesishuvining poʻlat konstruksiyalarni loyihalashtirish normalariga muvofiq aniqlanadigan netto maydoni;
μ — ushbu SHNQning 31-jadvali boʻyicha qabul qilinadigan ishqalanish koeffitsiyenti;
— poʻlat konstruksiyalarni loyihalashtirish normalariga muvofiq qabul qilinuvchi ishonchlilik koeffitsiyenti.
Yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan boltlarning boʻylama ulanishdagi kuch taʼsiridan n sonini quyidagi formula boʻyicha aniqlash kerak:
, (77)
bunda, k1 — ulanayotgan elementlar ishqalanish yuzasining soni.
Yuqori mustahkamlikka ega boltning tortilishini R=RbhAbn oʻq kuchi bilan amalga oshirish lozim.
128. Yuqori mustahkamlikka ega boltlar kertigi tomonidan zaiflashtirilgan ulanayotgan elementlarning pishiqligini har bir boltga toʻgʻri keluvchi kuchning yarmi koʻrib chiqilayotgan kesishuvda ishqalanish kuchlari tomonidan berilishini inobatga olib aniqlanishi, bunda kuchsizlantirilgan kesishuvlarni tekshirishni brutto A boʻlgan holda An>0,85A kesishuv maydoni boʻyicha yoki An boʻlgan holda As =1,18An shartli maydoni boʻyicha amalga oshirish kerak.
4-§. Frezlangan torsli ulanmalar
129. Frezlangan ulanmalar (siqilgan elementlarning tutash joylari)da siquvchi kuchni toʻliq torslar orqali oʻtkazish kerak.
Markazdan tashqarida siqilgan va siqiluvchi — egiluvchi elementlarda payvand choklari va boltlari, shuningdek ulanmalarning oʻta pishiqlarini kiritgan holda ularni tutashidagi moment va boʻylama taʼsirining maksimal tortuvchi kuchiga hisoblash kerak.
5-§. Tarkibli toʻsinlardagi kamarli ulanmalar
130. Tarkibli ikki tavr shaklidagi toʻsinlaring devorlari va kamarlarini ulovchi payvand choklari mixparchinlar va yuqori mustahkam boltlarni quyidagi 32-jadval boʻyicha hisoblash kerak.
32-jadvalda qabul qilingan belgilar:
— kamarni bir uzunlik birligiga suruvchi va koʻndalang kuch Q tomondan paydo boʻladigan kuch (bu yerda S — toʻsin kamarining neytral oʻqqa nisbatan statik moment);
— bir mixparchinning kesimga ushbu SHNQning 60-formulasi boʻyicha aniqlanadigan hisobiy kuchi;
— yigʻilgan yuk F (bu yerda γf — SHNQ 2.03.05-23 ga asosan qabul qilinadigan koeffitsiyent;
Qbh — ushbu SHNQning 76-formulasi boʻyicha aniqlanadigan bir yuqori mustahkam boltning hisobiy qarshiligi;
a — kamarli mixparchinlar va yuqori mustahkam boltlarning qadami;
ns — bir mixparchin hisobli kesmalarning soni;
k1 — ulanayotgan elementlar ishqalanish yuzalarining soni;
lyef — ushbu SHNQning 3-ilovasi boʻyicha qabul qilinuvchi jamlangan yuklanishning shartli taqsimlanish uzunligi;
α — devori yuqori kamarga oʻrnatilgan toʻsinning yuqori kamariga yuklanish tushganda qabul qilinuvchi koeffitsiyent α = 0,4,
devor joylashishining yoʻqligida yoki pastki kamarga yuklanish tushganida α = 1.
131. Koʻp listli kamarli paketlarga ega boʻlgan mixparchin va mustahkam boltlardagi ulanmali toʻsinlarda har bir listni uzilish joyining orasidagi mustahkamlanish oraligʻi listning yarmiga teng deb hisoblash kerak.
6-§. Ankerli boltlar
132. Alyumin qotishmali konstruksiyalarda ankerli boltlarni poʻlatdan bajarish kerak.
Poʻlat anker boltlarini konstruksiyalarini SHNQ 2.03.05-23 talablariga asosan loyihalashtirish kerak.
11-bob. Alyumin konstruksiyalarni loyihalashtirish
1-§. Umumiy talablar
133. Alyumin konstruksiyalarni loyihalashda quyidagilarni inobatga olish kerak:
montaj va foydalanish jarayonida inshootni yaxlit yoki elementlarni inshootning asosiy parametrlari va ishlatish rejimiga bogʻliq ravishda ularni mustahkamligi hamda oʻzgarmasligini taʼminlanishni koʻzda tutish (oraliq masofalar konstruktiv sxemasi, harorat taʼsirlari);
metall konstruksiyalar transport quvvatini hisobga olish;
konstruksiyalar elementlarni eng kam sonli detallardan yigʻish;
yigʻishishi va montaj ishlari qulay ulanmalardan bajarilishini taʼminlovchi elementlarning montaj qilish ishlarini oldindan koʻzda tutish.
134. Egiluvchi elementlarning bukilishlarini normaviy yuklanishni dinamik koeffitsiyentlarini va kesishuvlarni, mixparchinlar, boltlar teshiklari tomonidan zaiflashuvini hisobga olmagan holda bajarish kerak.
Elementlarning nisbiy bukilishlari quyidagi 33-jadvalda keltirilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.
Izoh.
1. Qavsda keltirilgan bukilish kattaliklari faqatgina asos (tajriba qurilish, qurilish koʻtarilishi) mavjudligida yoʻl qoʻyiladi.
2. Bukilishlarning chegaraviy qiymatlarini tegishli asosda tutash joylar zichligini saqlab qolish sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
3. Osma transport qoʻllashda konstruksiyalar bukilishlarini har bir aniq holatda koʻtarish transport mexanizmdan normada foydalanish sharti bilan aniqlash kerak.
135. Bir qavatli binolar va inshootlarni loyihalashda alyumin konstruksiyalariga havo haroratni taʼsirini mazkur SHNQning 34-jadvaliga muvofiq hisoblash kerak.
136. Binolarning toʻsuvchi konstruksiyalari (devorlar va qoplamalar, alohida panellar, toʻshamalar va ularning tutash joylari), shuningdek bino karkasiga toʻsiqlarni mahkamlash detallari yil davomida havo haroratini oʻzgarishini hisobga olib loyihalashtirish kerak.
137. Alyumin konstruksiyalarini loyihalashda toʻsuvchi konstruksiyalarning tashqi va ichki sirtlarini orasidagi hisobiy harorat farqlarini hamda binodan foydalanishning ichki harorat rejimini hisobga olish lozim.
138. Toʻsuvchi konstruksiyalarni loyihalashda izolyatsiya, yelim va germetiklar uchun materialni tanlashda toʻsuvchi konstruksiyalarning tashqi va ichki yuzalari orasidagi hisobiy harorat farqlarini hisobga olish kerak.
139. Binolar meʼmoriy yechimga ega boʻlganda konstruksiyalarni standartlar talablariga javob beradigan materiallarni ishlatilishi kerak.
12-bob. Konstruktiv talablar
1-§. Asosiy talablar
140. Ulanish turini tanlash (payvandlanuvchi, boltli, mixparchinli) ulanmalar ishi xususiyatiga va alyuminning ulanmalarni turi tomonidan belgilanadigan hamda kuchsizlanishi darajasini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Termik mustahkamlanmagan qotishmalar uchun payvandlash usuli tanlanishi kerak.
Yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarni elementlarini payvandlangan ulanmalari korxona sharoitida bajarilishi lozim.
Payvandlanuvchi konstruksiyalarni loyihalashda konduktorlardan foydalanish kerak.
141. Yupqa listli toʻsuvchi konstruksiyalar va ularning ulanmalarini payvandlanuvchi yoki mixparchinlanuvchi (karkaslarga tikishlarni korxona va montajli mahkamlashlar, tom yopish qoplamalarida, tutash joylar) bilan shuningdek falslarda ulanmalar usulini qoʻllash bilan loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
142. Payvandlanuvchi yupqa listli konstruksiyalarni loyihalashda konstruksiyalarni tashqi koʻrinishi saqlanishi kerak.
143. Yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi alyumin konstruksiyalarning minimal qalinligi hisoblash yoʻli bilan va ularni tashish, oʻrnatish hamda ishlatish shartlariga koʻra belgilanishi lozim.
Oddiy ish sharoitida toʻsuvchi konstruksiyalarning yuk koʻtaruvchi elementlari uchun yarim tayyor mahsulotlarning devor qalinligi kamida 0,95 mm boʻlishi kerak.
144. Alyumindan tayyorlangan qurilish konstruksiyalarini loyihalashda standartlar talablarini hisobga olish va profillarni tizimlari uchun texnik hujjatlar foydalanish kerak.
145. Alyumin va poʻlat elementlar bitta konstruksiyaga birlashtirilganda, kontakt korroziyasini oldini olish choralarini koʻrish kerak.
146. Toʻsuvchi konstruksiyalar (vitrinalar, vitrajlar oynalar, derazalar, eshiklar)ni ulanmalarini tajribada tekshirilishi kerak.
2-§. Payvandlangan ulanmalarni loyihalash
147. Payvandlangan ulanmalarga ega boʻlgan konstruksiyalarni loyihalashda quyidagini inobatga olish kerak:
payvandlashning yuqori mahsulotli mexanizlashgan usullarini qoʻllash;
konstruksiyalarni tayyorlashda qirralamasdan payvandlash imkonini koʻzda tutish;
tanlangan payvandlash usuli va texnologiyasini hisobga olgan holda choklarni qoʻyish joylariga erkin oʻtishni taʼminlash;
payvandlash vaqtida eng kichik kuchlanish va deformatsiyasini taʼminlash talablaridan kelib chiqqan holda choklarning oʻlchamlari va oʻzaro joylashuvini belgilash va payvandlash usulini tanlash.
148. Loyihalashda konstruksiyalarni payvandlangan birikma va tarmoqlarni kuchlanishlar konsentratsiyasini kamayishi kerak.
Turli qalinlikdagi ikki listni chokka payvandlaganda qalin listdan yupqasiga ogʻish konstruksiyasi orqali oʻtishni amalga oshirish kerak.
149. Presslangan profildan qilingan konstruksiyalarni tutash joylarini tavr shaklida payvandlash lozim.
150. Payvandlangan burchak choklarining oʻlchamlari va shakli quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
choklar kateti kf (qalinligi 4 mm va undan ortiq boʻlgan elementlarni payvandlashda) kamida 4 mm;
ulanmalarning choklarini payvandlashda katet vertikal oʻlchov boʻyicha detal yuzasidan boʻrtib chiqishi 1 mm dan oshmagan.
Agar ulanmada eng kichik element bulbaga ega boʻlsa, bunda chok katetining chegaraviy qiymati kf 1,5t gacha koʻpaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
bu yerda:
t — ulanayotgan elementlarning eng kichik qalinligi;
choklarning yon va old hisobiy uzunligi 40 mm va 4kf dan kam boʻlmasligi kerak;
yon chokning hisobiy uzunligi 50kf dan ortiq boʻlmasligi lozim.
151. Yupqa listli konstruksiyalarning payvandlangan ulanmalarini loyihalashda qoʻllanilgan payvandlash usullarining texnologik xususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalash kerak:
yupqa listlarni karkasning qalinroq elementlariga payvandlashda argonyoyli nuqtali yoki kontaktli payvandlash orqali amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi;
kontaktli nuqtali payvandlashda payvandlanayotgan elementlarning nisbati 1:3 dan oshmasligi;
ishlab chiqarishda yupqa listli elementlarni yiriklashtirish uchun, mustahkam suv oʻtmaydigan ulanmalarni olishni taʼminlaydigan kontaktli rolikli payvandlashni;
ulanmalarni kontaktli rolikli payvandlash vaqtidagi oʻlchamlari ushbu SHNQning 35-jadvalda keltirilgan.
Yupqa listli elementlarni korxona sharoitida yiriklashtirishni kontakt nuqtali payvandlash (ulanmalar oʻlchovlari 35-jadvalda keltirilgan), argonyoyli nuqtali va argonyoyli uzluksiz chokli payvandlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Montaj sharoitlarida tom qoplamalarining tutash joylarini payvandlashni argonyoyli payvandlashni volframli yoki eruvchi elektrod yordamida yoyning impulsiv oziqlanishi bilan qoʻllanishi kerak.
* Alyuminning uch listni payvandlashda uni 15 — 20 foizga koʻpaytirish kerak.
** 30 — 50 foizga yopilgan holda bajariladi.
3-§. Boltli va mixparchinli ulanmalarni qurish
152. Konstruksiyalarning ishlovchi elementlarida tutash joyning bir tarafida joylashgan, elementni tarmoqqa ulaydigan mixparchinlar soni ikkitadan kam boʻlmasligi kerak.
153. Mixparchinlar va boltlar, yuqori mustahkam boltlarni qismlarga ajratish 36-jadvalga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
154. Tarmoq va tutash joylaridan tashqarida joylashgan biriktiruvchi mixparchin va boltlarni maksimal masofalarda joylashtirilishi kerak.
36 — jadvalda qabul qilingan belgilar:
d — mixparchin yoki bolt uchun kerakli diametr;
t — paketning eng yupqa tashqi elementning qalinligi.
155. Poʻlat boltlarni ulanmalari uchun ularni kontaktli korroziyasidan himoya qilish choralarini koʻrish kerak.
156. Mixparchin diametri eng yupqa elementning beshta qalinligidan ortiq boʻlmasligi kerak.
157. Tomning profillangan listlarini bir-biriga ustma-ust (gofrilar boʻylab) ulashda mahkamlash elementlari (boltlar, mixparchinlar) ni gofrilarning har bir tarogʻida joylashtirish kerak.
158. Profillangan listlardan tashkil topgan konstruksiyalarda qattiqlik qirralari yoki diafragmalarini gofrlar va konstruksiyani mustahkamlovchi element bilan tutashuvchi har bir nuqtasida ulanishi kerak.
13-bob. Yongʻindan himoya qilish talablari
159. Yongʻin sodir boʻlganda, alyumin konstruksiyalar belgilangan vaqt davomida yuk koʻtaruvchi va (yoki) toʻsuvchi qobiliyatini saqlab qolishi kerak.
160. Bajarilgan funksiyalarga koʻra alyumin konstruksiyalarning olovbardoshlilik chegarasi (olovbardoshlilik chegarasi daqiqalarda) amaldagi normalarga muvofiq belgilanadi:
toʻsuvchi konstruksiyalar uchun — yaxlitlikni yoʻqotish va issiqlik izolyatsiyasini qobiliyatini yoʻqotish;
yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar uchun — yuk koʻtarish qobiliyatini yoʻqotish;
yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalarning funksiyalarini birlashtirish uchun yuk koʻtarish qobiliyatini yoʻqotish, yaxlitlikni yoʻqotish va kerak boʻlganda issiqlik izolyatsiyasi qobiliyatini yoʻqotish.
161. Alyumin konstruksiyalarning olovbardoshlik chegaralari ular qoʻllaniladigan bino va inshootlarning talab etilgan olovbardoshlik darajasiga mos kelishi kerak.
Olovbardoshlikning oʻz chegaralari sinov natijalari boʻyicha yoki hisoblash yoʻli bilan (ayrim hollarda) aniqlanishi kerak.
162. Alyumin konstruksiyalarning talab etilgan olovbardoshlik chegarasini taʼminlash uchun quyidagilardan foydalanish kerak:
olovga chidamli purkalgan kompozitsiyalar, qoplamalar, olovbardosh plita, list va boshqa materiallar bilan astarlar;
konstruksiyaning isitiladigan yuzasiga yupqa qatlamli boʻrtib chiqqan qoplamalarni qoʻllash (quruq qatlam qalinligi 3 mm dan oshmaydigan va yongʻin taʼsirida ularning qalinligini qayta-qayta oshiradigan maxsus olovga chidamli);
himoya usullarining kombinatsiyasi.
163. Himoya yuzasi qoplamasiga ega boʻlgan konstruksiyalarga alangali retardantlarni qoʻllashda olovni ushlab turuvchi xususiyatlar gidroizolyatsiya yoki dekorativ sifatida ishlatiladigan sirt qatlamini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
164. Yongʻindan himoya qilish vositalaridan foydalanish yongʻindan himoya qilish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
165. Alyumin konstruksiyalarni hisoblashda yongʻindan himoyalovchi vositalarning yuklamalarini hisobga olish kerak.
SHNQ 2.03.06-22 “Alyumin konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Alyuminning fizik va hisoblash tavsifi Alyuminni fizik tavsiflari
Izoh. Haroratning oraliq qiymatlari uchun E va G qiymatlari chiziqli interpolyatsiya orqali aniqlanadi.
Alyuminni hisoblash tavsifi
* Hisobiy qarshilik qiymatlari R ni alyuminning tortilish, siqilish, egilishga shartli davomiylik chegarasi Ry va alyuminning vaqtincha tortilish, siqilish, egilishga qarshiligi boʻyicha hisobiy qarshilik qiymatlari eng kichigiga teng deb qabul qilish kerak.
,
Bu yerda:
Ryn — standartlar va alyumin texnik shartlari boʻyicha shartli davomiylik chegarasi σ0,2 qiymatlariga teng deb qabul qilinadigan alyuminning normal qarshiligi;
Run — alyuminning standart va alyumin texnik shartlari boʻyicha vaqtincha qarshilik σb ning minimal qiymatiga teng deb qabul qilinuvchi uzilishiga normal qarshiligi;
Rtn, MPa (kgf/cm2) Presslangan yarim fabrikatlar qalinligi yoʻnalishida hisobiy tortilishga qarshilik
Alyumin oquvchanlik chegarasiga erishgandan keyin ham foydalanish mumkin boʻlgan konstruksiya elementlari uchun listlardan Alyuminning choʻzilishga boʻlgan hisobiy qarshiliklari
Izohlar:
1. γt ning kiritilgan koeffitsiyentlari qiymati alyuminning holatiga bogʻliq emas.
2. 50 °C dan yuqori boʻlgan hisobiy haroratda ishlatiluvchi qurilmalar uchun norma yuklanishning bir yildan ortiq harakati, shuningdek hisobiy yuklanishning 0,9 ni tashkil qiluvchi norma yuklanishning ikki yildan oshiq harakat vaqtida γt ning koeffitsiyentlarini 10 foizga kamaytirish lozim.
Ish shartlari koeffitsiyentlari
Izoh.
1. 3 va 5-bandlarda ishlash shartlari koeffitsiyentlari bir vaqtda hisoblanmaydi.
2. 3 va 4-bandlardagi ishlash shartlari koeffitsiyentlari tegishli elementlarning tarmoqlarida oʻrnatilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Bir burchakli boʻshliqli panjarali konstruksiyalarning siqilgan hovonlari uchun kashakli uchburchak panjara 12-a rasmda keltirilgan vaqtida 4-bandagi ishlash shartlari koeffitsiyenti hisobga olinmaydi.
4. Ushbu jadvalda keltirilmagan holatlar uchun formulalarda γc=1,0 deb qabul qilish kerak.
* Profilli elementlardan ustma-ust ulangan birikmalar uchun.
Izoh:
1. 1915T markali alyuminning qarshiligi Rwz 5 — 12 mm qalinlikdagi profillar uchun keltirilgan 4 mm qalinlikdagi profillar uchun volframli elektrod bilan payvandlashda Rwz = 165 MPa (1700 kgf/cm2).
2. Konstruksiyalar elementlari boʻylama payvand choklari (tikishlarda, tom yopishlarda)ning chok oldi zonasida alyuminning boʻshashiga taʼsiri hisobga olinmaydi.
3. Chiziq ustida alyumin volframli elektrod bilan payvandlashdagi hisobiy qarshilik chiziq ostida eruvchi elektrod bilan hisobiy qarshilik keltirilgan.
* Alyumin davomiy chegarasi bitganidan soʻng ham ishlatish mumkin boʻlgan konstruksiyalar uchun.
Izoh:
1. 1915T markali alyuminning payvandlangan ulanmalarining hisobiy qarshiligi.
2. Texnik jihatdan mustahkamlangan alyumin payvandlangan ulanmalarining hisobiy qarshiliklari takroran texnik qayta ishlash (ulanmani payvandlangandan keyin) orqali oshirishga yoʻl qoʻyiladi, bunda Al — Mg — Si tizimi alyumin uchun Rw = 0,9R; Al — Zn — Mg Rw = R tizimi alyumin uchun Rw = R ( bunda, R — hisobiy qarshilik) deb qabul qilish kerak.
3. AD31T, AD31T1, AD31T4 va AD31T5 markali alyumindan tayyorlangan payvandlangan ustma-ust ulanmalarida old choklarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Izoh:
1. Ezilgan teshiklarga mixparchinlarni taqishga yoʻl qoʻyiladi.
2. Ulanmalarning yashirin yoki yarim yashirin qalpoqchali mixparchinlardagi hisobiy qarshiliklarini 20 foizga kamaytirish kerak.
Keltirilgan mixparchinlar tortish kuchlarini qabul qilmaydi.
Izoh. Hisobiy qarshiliklar boltlar oʻqidan element chetigacha 2d masofada oʻrnatilgan elementlar uchun keltirilgan. Bu masofani 1,5d gacha kamayishi vaqtida keltirilgan hisobiy qarshiliklarni 40 foizga kamaytirish kerak.
Payvand nuqtalari kesmasining hisobiy tashish qobiliyati
Izoh:
1. Kontaktli payvandlash uchun yupqa element qalinligi keltirilgan yoyli nuqtali payvandlash uchun 1-grafadagi 1-yuqori elementning qalinligi.
2. Payvandlash nuqtalarini tegishli argon-yoyli payvandlash tavsiyanomalariga muvofiq bajarish kerak.
Alyumin zichligi
SHNQ 2.03.06-22 “Alyumin konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Markaziy siqilgan elementlarning boʻylama egilishining φ koeffitsiyentlari
1-jadvalda ushbu ilova 2-3-jadvallarida φ koeffitsiyentlari qiymatlari keltirilgan kesimlari sxemalari keltirilgan.
φ koeffitsiyentini aniqlash uchun kesimlar sxemasi
1-turdagi kesimlari uchun markaziy siqilgan elementlar boʻylama egilishning φ koeffitsiyentlari
2-turdagi kesimlari uchun markaziy siqilgan elementlar boʻylama egilishning φ koeffitsiyentlari
SHNQ 2.03.06-22 “Alyumin konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Toʻsin devorlarining yuqori kamardagi mahalliy yuklarning vaqtidagi mustahkamligini hisoblash
1. Toʻsinning yuqori kamarida qirralar bilan mustahkamlanmagan joylardagi jamlangan yuklanish vaqtida devordagi yuk σloc ostidagi mahalliy kuchlanish quyidagi formula boʻyicha aniqlash kerak:
, (1)
bu yerda:
F — jamlangan yuk (kuchning) hisobiy qiymati;
t — devor qalinligi;
— jamlangan yuklanishni taqsimlashning shartli uzunligi.
bu yerda:
s — payvandlangan toʻsinlar uchun 3,25 va mixparchinlangan hamda yuqori mustahkam boltlardagi balkalar uchun 3,75 ga teng deb qabul qilinuvchi koeffitsiyent;
If — toʻsin kamarining oʻz oʻqiga nisbatan inersiya momenti.
2. Mahalliy yuklanish tortilgan kamarga qoʻyilgan qismlarda bir vaqtning oʻzida faqat ikki komponent σ va τ yoki σloc hamda τ hisobga olinadi.
3. Faqat koʻndalang qattiqlik asosiy qirralari bilan mustahkamlangan mutanosib kesishuvli toʻsin devorlariga mustahkamligini hisoblashni mahalliy kuchlanish () vaqtida amalga oshirish lozim:
, (2)
bu yerda:
σ, σloc, τ — mazkur SHNQning 78-bandi muvofiq aniqlanuvchi qiymatlar;
σcr, τcr — ushbu SHNQning 46 va 47-formulalari boʻyicha aniqlanuvchi qiymatlar;
, (3)
formula boʻyicha aniqlanuvchi yuklanish ostida devor bukilishi kritik kuchlanishi.
bu yerda:
c1 — ushbu ilovaning 1-jadvali boʻyicha qabul qilinuvchi koeffitsiyent );
υ — ushbu SHNQning 82-bandi talablariga muvofiq aniqlanadigan qiymatlar;
boʻlgan holda — ushbu ilovaning 2-formulasi boʻyicha aniqlashi kerak.
Birinchi tekshirishda σcr ni quyidagi formula boʻyicha aniqlash lozim:
, (4)
bu yerda:
s2 — ushbu ilovaning 2-jadvali boʻyicha qabul qilinadigan koeffitsiyent.
Ikkinchi tekshirishda σcr ni mazkur SHNQning 46-formulasi boʻyicha σloc, cr ni esa ushbu ilovaning 3-formulasi boʻyicha, biroq 3-formulaga va 1-jadvalga a oʻrniga a/2 — kattaliklarni qoʻygan holda aniqlash kerak.
4. Boʻlinmaning siqilgan qirrasidan h masofada joylashgan boʻylama bikrlik qirrasi bilan mahkamlangan devorda qirrani boʻlinmadan ajratib turadigan ikki plastinkani alohida tekshirish kerak.
Siqilgan kamar va qirra orasida joylashgan birinchi plastinkani quyidagi formulalar boʻyicha aniqlash lozim:
, (5)
, (6)
, (7)
bu yerda:
,
μ1 — vaqtida ga; teng boʻlgan parametr;
τcr — 47-formulasi boʻyicha aniqlanuvchi qiymatlar;
υ — ushbu SHNQning 82-bandi talablariga asosan aniqlovchi qiymatlar;
tortilgan kamar va qirra orasida joylashgan ikkinchi plastinkani quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi zarur:
, (8)
bunda, σcr2, τcr2 — tegishli ravishda 53 va 47-formulalari boʻyicha aniqlanuvchi qiymatlar;
— oʻrniga qabul qilgan holda ushbu ilovaning 1-jadvali va 3-formula boʻyicha aniqlanuvchi qiymatlar.
Agar 1-plastinka qoʻshimcha qisqa koʻndalang qirralar bilan mustahkamlangan boʻlsa, u holda ularni boʻylama qirragacha olib borish kerak.
Bunda, 1-plastinkani tekshirish uchun, a a1 kattaligi bilan almashadigan ushbu ilovaning 5 va 7-formulalaridan foydalanish lozim.
bu yerda a1 — qoʻshni qisqa qirralar oʻqlari orasidagi masofa.
Bu holda 2-plastinkani tekshirish oʻzgarishsiz qoladi.
s1 koeffitsiyenti
s2 koeffitsiyenti
SHNQ 2.03.06-22 “Alyumin konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Markazdan tashqari siqilgan va siqiluvchi-egiluvchi elementlarni hisoblash Markazdan tashqari siqilgan (siqiluvchi-egiluvchi) yaxlit devorli sterjenlarning mutanosiblik tekisligiga mos keluvchi moment harakati tekisligidagi mustahkamligini tekshirish uchun φe koeffitsiyentlari
Izoh:
1. φe koeffitsiyentning jadvaldagi qiymatlari 1000 marta koʻpaytirilgan.
2. φe qiymatlari φ ning qiymatlaridan oshirmay qabul qilish kerak.
Markazdan tashqari siqilgan (siqiluvchi-egiluvchi) oraliq sterjenlarning mutanosiblik tekisligiga mos keluvchi moment harakati tekisligidagi mustahkamligini tekshirish uchun φe koeffitsiyentlari
Izoh.
1. φe koeffitsiyentining jadvaldagi qiymatlari 1000 marta koʻpaytirilgan.
2. φe qiymatlarini φ ning qiymatlaridan oshirmay qabul qilish kerak.
η kesimlar shakllarining taʼsir koeffitsiyentlari
Izoh:
1. 5 — 7 turdagi kesimlar uchun nisbatni aniqlashda tokchalarning vertikal elementlari maydoni hisobga olinmaydi.
2. 6-7 turdagi kesimlar uchun η5 ning qiymatlari uchun η qiymatlariga teng deb, 5-turdagi kesimlar uchun 6-7 kesim turlari uchun boʻlgan nisbatida.
Sharnir tayangan uchlari sterjenlar uchun mef keltirilgan nisbiy ekssentrisitetlar
SHNQ 2.03.06-22 “Alyumin konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
Toʻsinlarning umumiy mustahkamligini tekshirish uchun φb koeffitsiyentini aniqlash
1. Ikki mutanosiblik oʻqiga ega boʻlgan kesishuvli ikki tavr shaklidagi toʻsinlar uchun φb koeffitsiyentini aniqlashda quyidagi formula boʻyicha φ1 koeffitsiyentini aniqlash lozim:
, (1)
bu yerda:
ψ — ushbu ilovaning 1-2-jadvallari boʻyicha aniqlanuvchi yuklanish xususiyati va α parametriga bogʻliq ravishda aniqlanuvchi koeffitsiyent.
Presslangan ikki tavr shakllari uchun α parametrini quyidagi formula boʻyicha aniqlash kerak:
, (2)
bu yerda:
— aylantirish vaqtidagi inersiya momenti;
bi va ti — tegishli ravishda kesishuvni hosil qiluvchi toʻgʻri burchaklarning eni va qalinligi;
lef — mazkur SHNQning 55-bandiga muvofiq aniqlanadigan toʻsinning hisobiy uzunligi.
Kesim yuzalarida doʻngliklar boʻlganida:
,
bu yerda:
D — bulbalar diametri;
n — kesimdagi bulbalar soni.
Payvandlangan va mixparchinlangan ikki tavrli toʻsinlarda chet qismlari boʻrtmagan, hamda burchaklari sezilarli darajada qalinlashmagan hollarda α parametrni quyidagi formula boʻyicha aniqlash lozim:
, (3)
bu yerda:
ikki tavr shaklli toʻsinlar uchun
t1, bf — tegishli ravishda toʻsin kamarining qalinligi va eni;
α = 0,5h
mixparchinlangan ikki tavr shaklli toʻsinlar uchun
t1 — kamar listlari va kamar burchagining gorizontal tokchasining yigʻindisi;
bf — kamar listlari eni;
h — kamar listlari paketi oʻqlari orasidagi masofa;
α — kamar burchagining vertikal tokchasi balandligining gorizontal listlar paketi qalinligi bilan yigʻindisi;
t — devor va kamar vertikal burchaklari qalinliklarning yigʻindisi.
Ushbu SHNQning 24-formulasidagi φb koeffitsiyentining qiymatini quyidagicha qabul qilish kerak:
φ1 ≤ 0,667 boʻlgan holda φb = φ1
φ1 > 0,667 boʻlgan holda φb = 0,5 + 0,25φ1
Alyuminning barcha markalari uchun AMg2N2, AD31T1 va AD31T5 markalaridan tashqari yoki φb=φ1, lekin 1,0 dan oshmagan holda AMg2N2, AD 31T1 hamda AD31T5 markali alyuminlar uchun.
Ikki mutanosiblik oʻqiga ega boʻlgan ikki tavr shaklli kesimli toʻsinlar uchun ψ koeffitsiyentlari
Izoh: oraliq masofa oʻrtasida toʻsining bitta mustahkamlanishi boʻlganda qoʻyidagi hollarni hisobga olish kerak:
oraliq masofa oʻrtasidagi jamlangan kuch vaqtida (qoʻyilish sathidan qatʼiy nazar) ψ=1,75 ψ1;
oraliq masofaning choragidagi yigʻilgan kuch yoki yuqori kamarga qoʻyilgan teng taqsimlangan yuklanish vaqtida ψ=1,14 ψ1;
oraliq masofaning choragidagi qoʻyi kamarga qoʻyilgan yigʻilgan kuch vaqtida ψ=1,6 ψ1;
qoʻyi kamar boʻyicha teng taqsimlangan yuklanish vaqtida ψ=1,3 ψ1.
bu yerda:
ψ1 ning qiymatini (kamida ikkita oraliq mustahkamlanishlari boʻlganda) 5-bandga muvofiq qabul qilish kerak.
Ikkita mutanosiblik oʻqiga ega boʻlgan ikki tavr shaklli kesishuvli konsollar uchun ψ ning koeffitsiyentlari
2. Bir mutanosiblik oʻqiga ega boʻlgan kesishuvli ikki tavr shaklli toʻsinlar φb ning koeffitsiyentini aniqlashda φ1 va φ2 koeffitsiyentlarini quyidagi formulalar boʻyicha hisoblash kerak:
, (4)
, (5)
, (6)
4 — 6-formulalardan:
ζ — yuklanish turiga bogʻliq boʻlgan va ushbu ilovaning 3-jadvali boʻyicha qabul qilinuvchi koeffitsiyent;
h1, h2 — oʻlchovlar;
— oʻz belgisiga ega boʻlgan yuklanish tushishining nisbiy koordinata nuqtasi;
,
bu yerda
(I1, I2 — tegishli ravishda siqilgan va choʻzilgan kamarlarning kesishuv mutanosibligi oʻqiga nisbatan inersiya momentlari):
,
It — buralish vaqtidagi inersiya momenti ushbu ilovaning 2-formulasidagi belgilarida keltirilgan.
Ushbu SHNQning 24-formulasidagi φb koeffitsiyent qiymati norma sifatida qabul qilish kerak:
φ2 ≤ 0,667 boʻlgan holda φb = φ1
φ2 > 0,667
AMg2N2, AD31T1 va AD31T5 markalaridan tashqari ushbu ilovaning 5-formulasi boʻyicha φ2 hisoblanadigan va 1,0 oshirilmasdan qabul qilinadigan alyuminning barcha markalari uchun qabul qilish kerak.
3. Ushbu ilovaning 2-formulasi boʻyicha α hisoblashda shveller kesimli toʻsinlarining mustahkamligini ikki tavr kesimli toʻsinlar bilan bir xil tarzda tekshirilishi, φb ning aniqlangan qiymatlari 0,7 koeffitsiyentga koʻpaytirilishi lozim.
Ushbu ilovaning 1 va 2-formulalaridagi Ix, Iy va It qiymatlarini shveller uchun qabul qilish kerak.
Ushbu ilovaning 4-formulasidagi ζ koeffitsiyenti
Kuchaytirilgan yuqori kamarli toʻsinning koʻndalang kesimi
SHNQ 2.03.06-22 “Alyumin konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 6-ILOVA
Trapetsiya shaklidagi gofraga ega boʻlgan listlar ogʻma chetlarining mustahkamligini hisoblash
Gofrali trapetsiya shaklidagi listlarning ogʻma chetlarini (13-rasmda keltirilgan) progonlar yoki rigellarga tayangan joylarda mahalliy mustahkamligini 4-ilovaning 2-formulasiga muvofiq γc=0,9 koeffitsiyentini γc=0,7 koeffitsiyentiga almashtirgan holda tekshirishga yoʻl quyiladi. Bunda, kuchlanish τ va kritik kuchlanishlar σloc,cr, τcr, σcr ni qiymatlari formulalar bilan aniqlanishi kerak:
, (1)
, (2)
, (3)
, (4)
, (5)
bu yerda:
σ1, σ2 — tegishli ravishda oʻz belgilari bilan olingan listning ogʻma chetining yuqori va pastki chegaralarida, normal kuchlanishlar;
b — 13-rasmga muvofiq qabul qilingan ogʻma chetining oʻlchami;
Q — list toʻlqinining tekshirilayotgan kesmasidagi koʻndalang kuch.
Ogʻma chetlaridan tashqari profilli listning gorizontal siqilgan chetlari mustahkamligini tekshirish zarur, bunda mahalliy kuchlanishlar σloc ni formulaga muvofiq kesimning zaiflashishini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak:
, (6)
bu yerda:
F — listning bir toʻlqiniga toʻgʻri keluvchi tayanch reaksiyasi;
bf — progon yoki rigel tokchasining eni;
r — listning ogʻma va gorizontal chetlarining qismlarga boʻlinish radiusi;
α — qirraning ogʻish burchagi (13-rasmda keltirilgan).
