“Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga Oʻninchi qoʻshimcha bayonnomani (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentabr) va Oʻn birinchi qoʻshimcha bayonnomani (Abidjan, 2021-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-11-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (168-V-son)
11.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 27-noyabrda kiritilgan “Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga Oʻninchi qoʻshimcha bayonnomani (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentabr) va Oʻn birinchi qoʻshimcha bayonnomani (Abidjan, 2021-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-11-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-dekabr,
168-V-son
