“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-1-moddasiga aktivlarni repatriatsiya qilish talablarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-1-moddasiga aktivlarni repatriatsiya qilish talablarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish haqida”) (225-V-son)
24.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 111-moddasiga aktivlarni repatriatsiya qilish talablarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 111-moddasiga aktivlarni repatriatsiya qilish talablarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 24-dekabr,
225-V-son
