SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-83-son)
27.11.2024
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-noyabr,
01/2-83-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 12-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2024-yil 6-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 29-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 24-oktabr
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 8-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 27-noyabrdagi 01/2-83-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazlarni saqlash uchun moʻljallangan yer osti omborlarini loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQning talablari yer osti lahimlari mavjud boʻlgan quyidagi yer osti suyultirilgan uglevodorod gaz omborlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
metall va temir-beton;
oddiy butan uchun past haroratli muz jinsli;
siqilgan gazlar;
komuflet portlatish usuli bilan quriladigan;
texnologik qurilmalar sifatida ishlatiladigan.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
SHNQ 2.01.07-21 “Yuklamalar va taʼsirlar;
SHNQ 2.01.09-19 “Choʻkish xavfi yuqori boʻlgan gruntli hududlar hamda ularda quriladigan bino va inshootlarni loyihalash”;
SHNQ 2.02.02-20 “Gidrotexnika inshootlarining zaminlari”;
SHNQ 2.03.01-24 “Beton va temir-beton konstruksiyalar”;
SHNQ 2.03.05-23 “Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalash talablari”;
QMQ 2.03.11-96 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish”;
SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish”;
SHNQ 2.04.03-24 “Oqova suvlarni chiqarib yuborish. Tashqi tarmoqlar va inshootlar. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”;
SHNQ 2.04.07-22 “Issiqlik tarmoqlari”;
SHNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.04.09-22 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi”;
SHNQ 2.04.10-22 “Shartli bosimi 10 MPa gacha boʻlgan texnologik poʻlat quvur oʻtkazgichlarni loyihalash”;
SHNQ 2.04.11-22 “Plastik quvurlaridan texnologik quvur oʻtkazgichlarni loyihalash boʻyicha yoʻriqnoma”;
SHNQ 2.05.06-22 “Magistral quvurlar”;
SHNQ 2.06.02-23 “Gidrotexnika tunnellari”;
SHNQ 2.06.04-21 “Gidrotexnika inshootlariga boʻladigan yuklanish va taʼsirlar”;
SHNQ 2.06.05-23 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar”;
SHNQ 2.06.06-21 “Beton va temir-beton toʻgʻonlar”;
SHNQ 2.06.08-21 “Gidrotexnika inshootlarining beton va temir-beton konstruksiyalari”;
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish”;
SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.09.19-22 “Neft va neft mahsulotlari omborxonalari”;
GOST 9.602-2016 “Korroziya va eskirishdan himoya qilish yagona tizimi. Yerosti inshootlari. Korroziyadan himoya qilishga qoʻyilgan umumiy talablar” (rasmiy manba: Yedinaya sistema zashiti ot korrozii i stareniya. Soorujeniya podzemnie. Obshiye trebovaniya k zashite ot korrozii);
GOST 8420-2022 “Lok-boʻyoq materiallari. Shartli yopishqoqlikni aniqlash usullari” (rasmiy manba: Materiali lakokrasochnie. Metodi opredeleniya uslovnoy vyazkosti);
GOST 9544-2015 “Quvur armaturasi. Qulflar germetikligi meʼyorlari” (rasmiy manba: Armatura truboprovodnaya. Normi germetichnosti zatvorov).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Mazkur SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
zumpf — kon lahimining, shaxta stvoli oldi hovlisining pastki qismida joylashgan va yuklash va tushirish uchun moʻljallangan koʻtarish qurilmasini (skip yoki koʻp qavatli klet) joylashtirish uchun, shuningdek oqib tushayotgan suvni yigʻish uchun moʻljallangan shaxta stvolining bir qismi;
yer osti rezervuari — togʻ konlari va kon-sigʻimlaridan tashkil topgan hamda suyuqlik va gazlarni quyish, uzatish va saqlash uchun moʻljallangan suv oʻtkazmaydigan inshoot;
shaxta rezervuari — yer osti togʻ konini burgʻilash, portlatish usulida quriladigan togʻ jinslaridagi rezervuar;
shoʻr suv saqlash ombori — shoʻr suvni saqlash uchun moʻljallangan sigʻim.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari majmuasi tarkibiga kiruvchi yer osti rezervuarlari quyidagi turlarga boʻlinishi lozim:
tosh tuzida burgʻilash quduqlari orqali geo-texnologik jihatdan qurilgan shaxtasiz rezervuarlar;
musbat haroratli jinslarda va kon usulida qurilgan shaxtali rezervuarlar;
past haroratli sunʼiy muzlatilgan jinslarda qurilgan past haroratli rezervuarlar.
4. Och rangli neft mahsulotlarini tosh tuzida qurilgan yer osti rezervuarlarida saqlash muddatlari ushbu SHNQning 1-ilovasiga muvofiq belgilanishi lozim.
5. Sunʼiy tarzda muzlatilgan togʻ jinslarida qurilgan past haroratli muz jinsli yer osti rezervuarlaridan propan, propilenni toʻyingan gaz bugʻlarining 1,02⋅102 Pa dan 1,05⋅105 Pa (765 dan 788 mm Ng gacha) gacha bosimda va unga mos qaynash haroratida saqlash uchun foydalanilishi kerak.
6. Yer osti rezervuarlarni maxsus qurilgan yoki foydali qazilmalarni qazib chiqarish va boshqa kon ishlarini oʻtkazish natijasida paydo boʻlgan lahimlarda Oʻzbekiston Respublikasining “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini inobatga olgan holda joylashtirish lozim.
7. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarini loyihalash, shuningdek rezervuar turini tanlashni mavjud kon lahimlarining muhandislik-geologik tadqiqotlari va tekshirish natijalariga asosan amalga oshirish lozim.
8. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarini foydali qazilmalarni ishlab chiqaruvchi korxonaning kon hududi yaqinida yoki hududida joylashishida ularning yer osti va yer usti inshootlari xavfsizligini taʼminlovchi himoya devorlari boʻlishi kerak.
9. Himoya devorlarining oʻlchamlari SHNQ 2.01.09-19 talablariga muvofiq belgilanishi lozim.
10. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining hajmiy-rejalashtirish sxemalari oʻrab turgan tosh qatlamlaridan samarali (quvvatdan maksimal va maydondan minimal) foydalanishni, shuningdek ochuvchi va yordamchi lahimlarning minimal hajmi va uzunligini taʼminlashi kerak.
11. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining hajmiy-rejalashtirish sxemalarini tanlash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim:
qurilish joyining kon-geologik sharoitlari;
yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining maqsadi va vazifasi;
belgilangan yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining sigʻimi;
saqlanishi moʻljallangan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi turi va ularning hajmiy nisbati;
asosiy texnologik qurilmalarning (mahsulot nasoslari, quvurlar, nazorat-oʻlchash asboblari) turi va soni;
saqlanadigan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazning xususiyati (suyuq, yopishqoq);
rezervuarlardagi bugʻ fazasining bosimi;
neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash harorati;
rezervuarni qurish texnologiyasi.
12. Yer osti rezervuarlari quduqlarining konstruksiyasi, ularni quduqlar (oraliq mustahkamlash quvurlari, putur yetkazmaydigan jismoniy usullar bilan sinovdan oʻtkazilgan payvandlangan birikmalar) kesib oʻtganda, mahsulotning suv qatlamlariga oqib oʻtmasligini taʼminlashi kerak.
13. Ichimlik suvi taʼminoti uchun foydalaniladigan suvlarni oʻz ichiga olgan suv qatlamlarining rejimini nazorat qilish uchun loyihada burgʻilash quduqlari orqali, tosh tuzida gidrotexnika usulida, musbat haroratli togʻ jinslarida — kon usulida qurilgan yer osti rezervuarlari maydonida gidro-kuzatuv quduqlarini loyihalanishi kerak.
14. Gidro-kuzatuv quduqlari yer osti rezervuarlari qurilishi boshlanishidan oldin burgʻilanishi, jihozlanishi va sinovdan oʻtkazilishi lozim.
15. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining yer usti bino va inshootlari QMQ 2.03.11-96, SHNQ 2.04.05-22, SHNQ 2.09.02-23, SHNQ 2.09.19-22, SHNQ 2.04.08-22 hamda SHNQ 2.07.01-23, shuningdek yongʻin haqida xabarlashni va odamlarni evakuatsiya qilishni boshqarish, ularning yer usti binolar va inshootlarini yashindan himoyasi SHNQ 2.01.02-04 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
4-bob. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarini joylashtirish
16. Yer osti neft, neft mahsulotlari va omborlari SHNQ 2.09.19-22 talablariga, suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarini esa SHNQ 2.04.08-22 talablariga muvofiq joylashtirilishi lozim.
Yer osti inshootlari amaldagi va rejalashtirilgan yer osti hamda yer usti suv taʼminoti manbalarining sanitariya muhofaza hududining II zonasidan tashqarida, ularning kengayishi istiqbollarini hisobga olgan holda joylashtirilishi kerak.
17. Neft va neft mahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan, shifti lahimning ikkita maksimal oraligʻi (kengligi, diametri)dan oshadigan chuqurlikda joylashgan barcha turdagi yer osti rezervuarlarining quduqlari, stvollari, ishlab chiqarish quduqlarining boshidan yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlariga tegishli boʻlmagan binolar, inshootlar va boshqa obyektlargacha, shuningdek yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining bino va inshootlarigacha boʻlgan minimal masofalar SHNQ 2.09.19-22 talablariga muvofiq qabul qilinishi kerak.
18. Suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash uchun moʻljallangan barcha turdagi yer osti rezervuarlarning quduqlari, stvollari, ishlab chiqarish quduqlari boshidan yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlariga tegishli boʻlmagan bino va inshootlar va boshqa obyektlargacha boʻlgan minimal masofalar ushbu SHNKning 1-jadvaliga muvofiq, yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining yer usti majmuasi bino va inshootlarigacha boʻlgan minimal masofa esa ushbu SHNKning 2-jadvaliga muvofiq olinishi kerak.
Yer usti majmuasining ushbu SHNKning 1 va 2-jadvallarida keltirilmagan bino va inshootlaridan boshqa binolar, inshootlar va yer osti suyultirilgan uglevodorod gaz omborlariga tegishli boʻlgan va tegishli boʻlmagan obyektlargacha boʻlgan masofalar SHNQ 2.04.08-22 talablariga muvofiq belgilanishi kerak.
19. Gazni yoqish uchun moʻljallangan sham quvuridan (svecha quvuridan) har qanday portlab-yonish va yongʻin xavfi toifasidagi bino va inshootlargacha boʻlgan masofa kamida 100 m boʻlishi kerak.
20. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining sigʻimidan qatʼiy nazar ulardan umumiy tarmoq avtomobil yoʻllariga yoki ularga kirish yoʻlaklariga ikkita chiqish yoʻli loyihalanishi kerak.
21. Yer osti rezervuarlarining texnologik quduqlari, shaxta stvollari va foydalaniladigan quduqlarining ogʻzi (boshi) hamda past haroratli muz jinsli suyultirilgan uglevodorod gazi rezervuarlari yonmaydigan materiallardan tayyorlangan, balandligi kamida 2 m boʻlgan toʻsiqlar bilan oʻralishi kerak.
Oʻraladigan maydon oʻlchami taʼmirlash (quduqlarining ogʻzi hamda kommunikatsiyalarni montaj va demontaj qilish, quvurlarni tushirish va koʻtarish) ishlarini oʻtkazish ehtimolini hisobga olib belgilanishi kerak.
Tosh tuzidagi shaxtasiz yer osti rezervuarlar quduqlari ogʻzining toʻsiqlarini toʻsiq va devor maydonlarining nisbatidan kelib chiqqan holda toʻsilgan maydon ichida yoki uning tashqarisida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
22. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari joylashadigan maydondagi yer osti lahimlarining taʼsir zonasida yer yuzasining siljishini kuzatish uchun reperlarni oʻrnatish lozim.
23. Past haroratli muz jinsli rezervuarlardan metall suyultirilgan uglevodorod gazi rezervuarlarigacha boʻlgan minimal masofa ushbu SHNQning 3-jadvaliga muvofiq qabul qilinishi lozim.
Izohlar:
1. Tosh tuzidagi shaxtasiz lahim texnologik qudugʻi boshidan oʻlchangan masofani quduq atrofidagi toʻsiqning ichki yuzasidan hisoblash kerak.
Toʻsiq hajmini ushbu SHNQning 2-ilovasiga muvofiq aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
2. Past haroratli muz jinsli lahimlardan oʻlchangan masofani toʻsiqning tuproq bilan tutashgan tashqi yuzasidan hisoblash lozim.
3. Yer osti lahimlari stvoli va quduqlaridan oʻlchangan masofa ularning markaziy oʻqlaridan hisoblanishi zarur.
Izohlar:
1. Tosh tuzidagi shaxtasiz lahim texnologik qudugʻi boshidan oʻlchangan masofani quduq atrofidagi toʻsiqning ichki yuzasidan hisoblash kerak.
Toʻsiq hajmini ushbu SHNQning 2-ilovasiga muvofiq aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
2. Past haroratli muz jinsli lahimlardan oʻlchangan masofani toʻsiqning tuproq bilan tutashgan tashqi yuzasidan hisoblash lozim.
3. Yer osti lahimlari stvoli va quduqlaridan oʻlchangan masofa ularning markaziy oʻqlaridan hisoblanishi zarur.
5-bob. Yer osti rezervuarlari qurilish maydonlarining muhandislik-geologik sharoitlariga qoʻyilgan talablar
24. Yer osti rezervuarlarini barcha morfologik turdagi (qatlam, qatlam-linzasimon, linzasimon, gumbaz va shtok) tuz konlarida qurishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, vertikal quduqlar orqali yer osti rezervuarlarini qurish uchun tuz konining quvvati kamida 10 m ni, vertikal-gorizontal hamda qiya-gorizontal quduqlar orqali esa, texnik-iqtisodiy asoslardan kelib chiqqan holda kamida 5 m boʻlishi kerak.
25. Yer osti rezervuarlarining joylashish chuqurligi 60 dan 2500 m gacha loyihalanishi lozim.
26. Tosh tuzidagi erimaydigan jinslarning rezervuar chuqurligining joylashish oraligʻida tarqoq qoʻshimchalar miqdori 35 foizdan oshmasligi (massasiga koʻra), NaCl miqdori esa kamida (massasiga koʻra) 64 foizni tashkil etishi kerak.
27. Tosh tuzidagi bitta erimaydigan jinslar qatlamining yer osti rezervuarlari joylashgan chuqurlik oraligʻidagi qalinligi 2,5 m dan oshmasligi lozim.
28. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari chuqurligi oraligʻidagi tosh tuzi tarkibida kaliy, magniy va boshqa tez eriydigan tuzlarni hamda bitumoid, oltingugurt va gaz qoʻshimchalarini saqlamasligi kerak.
29. Yer osti rezervuarlarini qurish jarayonidan olinadigan qurilish shoʻr suvini chuchuk suv va yer osti suvlari qatlamlaridan hamda 35 g/L dan ortiq mineralizatsiyalashgan isteʼmol uchun foydalanilmaydigan (yaroqsiz) yer osti suvlaridan suv toʻsiqlari bilan mustahkam izolyatsiyalangan chuqur suv qatlamlariga quyishga yoʻl qoʻyiladi.
30. Qurilishda shoʻr suvi oqizish koʻzda tutilgan suv qatlamlarining oʻtkazuvchanlik parametri 10-11 m3 (10 m⋅D) dan past boʻlmasligi kerak.
31. Shoʻr suv qazib oluvchi korxonalarning yer osti lahimlari mazkur SHNQning 23, 27 va 46-bandlariga va quyidagi shartlarga muvofiq boʻlganda, ulardan yer osti saqlash rezervuari sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi:
quduqlar va yer osti lahimlar germetik boʻlsa (shoʻr suv olishda foydalanilgan quduqlar 25 yildan koʻproq vaqt oldin burgʻilangan boʻlganda, ularni kichikroq diametrli mustahkamlash quvur birikmalari bilan qoʻshimcha mahkamlash kerak);
lahim tomi ustida qalinligi kamida 10 m boʻlgan tuz ustuni mavjud boʻlganda;
qoʻshni inshootlar orasidagi tuz ustunining kengligi tuz konini ishlatish loyihasida keltirilgan oʻlchamga teng yoki undan katta boʻlsa.
32. Bitta quduq orqali 2,5 m dan katta qalinlikdagi erimaydigan jinslar qatlamlari bilan ajratilgan bir nechta tuz qatlamlari mavjud boʻlganda, neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi faqat yuqori qatlamda hosil boʻlgan lahimda saqlanishi va ushbu lahimning maksimal diametri ularni saqlash oraligʻidagi shoʻr suvni qazib chiqarish kameralari uchun loyiha bilan belgilangan diametrdan katta boʻlmasligi kerak.
33. Lahimlarni III mustahkamlik toifasidagi oʻtkazmaydigan jinslarda qurishga yoʻl qoʻyiladi.
34. Lahimlarni saqlash moʻljallangan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi uchun oʻtkazmaydigan togʻ jinslarida yoki suv bosimli yoriqsimon jins massalarida joylashtirish lozim.
Togʻ jinslarining neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaziga nisbatan ekranlash (oʻtkazmaslik) xususiyatini ushbu SHNQning 3-ilovasiga muvofiq aniqlanishi lozim.
35. Lahimlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladigan togʻ jinslarining neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi uchun oʻtkazmaydigan qalinligining quvvati m kamida quyidagicha boʻlishi kerak:
bu yerda:
mr — lahim tomi ustidagi oʻtkazmaydigan jinslarning minimal yoʻl qoʻyiladigan qalinligi, m;
i — lahim tuprogʻining qiyaligi;
s — lahim uzunligi, m;
mg, — lahim tuprogʻi ostidagi oʻtkazmaydigan jinslarning minimal yoʻl qoʻyiladigan qalinligi, m;
mr, mg — lahimlarning barqarorligiga koʻra belgilanishi, biroq har biri 5 m dan kam boʻlmagan holda qabul qilinishi lozim.
36. Formulalarning harfli belgilari mazkur SHNQning 4-ilovasiga muvofiq boʻlishi kerak.
37. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari sifatida ishlatib boʻlingan chuqur tosh massivlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi, bunda ularning joylashish chuqurligi ushbu SHNQning 33 — 36-bandlariga muvofiq boʻlishi zarur.
Har qanday konfiguratsiyadagi ishlatilgan kon lahimlarini, ularni ochish usulidan qatʼi nazar, yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlariga aylantirishga yoʻl qoʻyiladi.
Rezervuarlar sifatida foydalanishga yaroqsiz lahimlar boshqa lahimlardan germetik toʻsiqlar bilan ajratilishi kerak.
6-bob. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining majmuasi
1-§. Tosh tuzidagi yer osti rezervuarlari
38. Yer osti rezervuarlarini chuqurlik boʻylab bitta darajada yotqizish lozim.
39. Yer osti rezervuarlarining minimal yotqizish chuqurligi ushbu SHNQning 5-ilovasiga muvofiq belgilanishi lozim.
40. Mustahkamlik shartlari boʻyicha rezervuarning maksimal kengligi (diametri)ni ushbu SHNQning 6-ilovasida keltirilgan usuli boʻyicha hisoblab chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
41. Yer osti rezervuarida himoya ustuni mavjud boʻlganda, harorat taʼsirida neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi hajmining oʻzgarishi hisobiga yer osti rezervuaridan foydalanish koeffitsiyenti quyidagicha qabul qilinishi lozim:
neft hamda neft mahsuloti rezervuarlari uchun — 0,985;
suyultirilgan uglevodorod gazi rezervuarlari uchun — yer osti rezervuarining oraliq himoya ustuni pastki uchidan yuqoridan hisoblangan sigʻimi uchun — 0,95.
42. Yer osti rezervuarida himoya ustuni mavjud boʻlmaganida, harorat taʼsirida neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi hajmining oʻzgarishi yer osti rezervuaridan foydalanish koeffitsiyenti quyidagicha qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi:
neft va neft mahsulotlari rezervuarlari uchun — 0,95;
suyultirilgan uglevodorod gazi rezervuarlari uchun — 0,9.
43. Qoʻshni texnologik quduqlarning ogʻizlari oʻrtasidagi masofa mazkur SHNQning 7-ilovasiga muvofiq aniqlanishi lozim.
Yondosh quduqlarning boshlari oʻrtasidagi minimal masofa 50 m boʻlishi kerak.
44. Yer osti suvlarining tuz qatlamiga kirishiga yoʻl qoʻymaydigan suv toʻsiqlari mavjud boʻlmaganda, rezervuar tomida qalinligi hisob-kitoblar bilan asoslangan tosh tuzi himoya ustunlari qoldirilishi kerak. Bunda, hisob-kitoblarni mazkur SHNQning 8-ilovasida keltirilgan formulaga muvofiq amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
45. Quduq boshi atrofida balandligi 1 m dan kam boʻlmagan va tepasi boʻylab kengligi kamida 0,5 m boʻlgan toʻsiq loyihalanishi kerak.
Toʻsiqning hajmi va quduq ogʻzi zararlanganda, toshib chiqishi mumkin boʻlgan suyuqlik qiymatini ushbu SHNQning 2-ilovasida keltirilgan formulaga muvofiq hisoblashga yoʻl qoʻyiladi.
46. Saqlanayotgan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazlarini yer osti rezervuarlaridan siqib chiqarish uchun shoʻr suvdan foydalanish kerak.
Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari sigʻimini oshirish rejalashtirilganda foydalanishda toʻyinmagan shoʻr suvdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
47. Texnologik quduq konstruksiyasi quyidagilarni taʼminlashi lozim:
yer osti rezervuarining germetikligini;
ochilgan yer osti suv qatlamlarini ishonchli ajratish va izolyatsiyalashni;
yer osti rezervuarlarini loyihada belgilangan parametrlarga muvofiq qurish va ishlatishni.
48. Texnologik quduqlarni burgʻilash loyihasida geologik sharoitlarni, erimaydigan qoʻshimchalarning kimyoviy tarkibini, miqdorini hamda tuzning fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash uchun loyihalanayotgan rezervuarni taxminiy joylashish oraligʻidan va undan 50 m balanddan yaxlit namunalar (kern) olinishi lozim.
Texnologik quduqlarni burgʻilash jarayonida suv qatlamlarining holatini aniqlash lozim.
49. Quduq oʻqining vertikaldan ogʻishi oʻrtacha ogʻishlar chegarasidan chiqmasligi, bunda uning hosilasi quduq usti orqali vertikal oʻtish bilan 1° C burchakni hosil qilishi kerak.
Quduqning oʻrtacha ogʻishlar konusi chegarasidan 4° C dan ortiq chiqmagan alohida oraliqlarda ogʻishiga yoʻl qoʻyiladi.
50. Quduqning mustahkamlash quvurlari konstruksiyasi muayyan kon-geologik sharoitlardan kelib chiqib qabul qilinishi va konduktor hamda asosiy mustahkamlovchi quvurdan iborat boʻlishi kerak.
Murakkab geologik kesim va suv qatlamlari sharoitida oraliq mustahkamlash quvurlaridan foydalanish lozim.
Barcha mustahkamlash quvurlarining atrofidagi boʻshliq butun chuqurligi boʻylab quduq boshigacha sementlanishi kerak.
51. Oqishga moyil boʻlgan jinslarning yotish oraligʻida, mustahkamlash ustuniga tashqi yuklama butun tosh bosimi boʻylab aniqlanishi lozim.
Korroziya jihatdan faol muhitlarda quduqlarni mustahkamlash uchun ustunlarni toʻplashda, quvurlarni quyidagi himoya qilish choralarini amalga oshirilishi kerak:
korroziyaga qarshi qoplamalar;
elektr taʼsiridan himoya qilish;
ingibitorlar (reaksiyani sekinlantiradigan modda) yoki maxsus poʻlatlardan tayyorlangan quvurlardan foydalanish.
52. Asosiy mustahkamlovchi quvur diametri mazkur SHNQ talablari va ishlatish davrida kichik diametrli mustahkamlash quvuri bilan quduqni qoʻshimcha mustahkamlash imkoniyatini hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.
53. Ishchi osma ustun quvurlarining diametri ishlatish davrida shoʻr suv va saqlanadigan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi harakatining gidravlik qarshiligining tengligi shartidan kelib chiqib, osma ustunlar quvurlarining diametri esa rezervuarlarni qurish uchun tuzni eritish paytida suv va shoʻr suv harakati gidravlik qarshiligining tengligi shartidan kelib chiqib aniqlanishi kerak.
54. Maxsus dempferlash qurilmasi bilan jihozlanmagan osma ustunlardagi suyuqliklarning harakat tezligi quyidagi 4-jadvalda keltirilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.
55. Mustahkamlash quvuri tosh tuzi qatlami qalinligiga koʻmilishi kerak.
56. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari tomi va asosiy mustahkamlash quvuri boshmogʻi oʻrtasida uzunligi 5 — 15 m gacha boʻlgan mustahkamlanmagan qism qoldirilishi kerak.
57. Yer osti rezervuarni ishlatish davri uchun asosiy ishchi quvur rezervuar tubidan 1,5 m dan kam boʻlmagan balandlikda oʻrnatilishi lozim.
58. Yer osti suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari uchun shoʻr suv konlarini, birgalikda ishlaganda esa yer osti neft, neft mahsulotlari omborlari uchun ikkita bir xil osma quvurlar oʻrnatilishi, bunda markaziy ishchi quvur boshmogʻi tashqi himoya ishchi quvuri boshmogʻidan pastda oʻrnatilishi lozim.
Osma ishchi ustunlar oʻrtasidagi boʻshliqdan rezervuarning suyuqlikka toʻlishini nazorat qilish va suyuqlikning toshib ketishini oldini olishda foydalanilish kerak.
Osma ishchi ustunlarning boshmoqlari oʻrtasidagi masofa nazorat tizimi ishga tushgan vaqt davomida va mahsulotni haydash avtomatik tarzda toʻxtatilganda, lahimning toʻlib toshishining oldini olishi sharti bilan aniqlanadi.
59. Tosh tuzidagi yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining lahimlarini qurishda, tuzni quduqqa haydalayotgan suvda sirkulyatsion eritilishi va shu bilan bir vaqtda hosil boʻlgan shoʻr suvni yer ustiga siqib chiqarilishi taʼminlanishi kerak.
Tuzlarning erishi paytida lahim shaklini nazorat qilish uchun quduqqa erimaydigan neft mahsuloti, siqilgan gaz yoki havo kiritish lozim.
60. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining lahimlari bitta quduq oralab joylashtirilishi lozim.
61. Lahimlarni bitta quduq oralatib qurishda quyidagi tuzni suvda eritish texnologik sxemalaridan biri tanlanishi kerak:
pastdan yuqoriga har bir bosqichda tashqi ishchi quvurni siljitish bilan (ushbu SHNQning 1, a rasmi);
pastdan yuqoriga tashqi ishchi quvurni siljitmagan holda (1, b-rasm);
eritkichni teshilgan quvur orqali uzatish bilan (1, v rasm);
yuqoridan pastga, erituvchi lahimning yuqori qismida eritmagichni asta-sekin toʻplanishi bilan (1, g-rasm);
“aralash” sxema, hovuzning pastki qismi “pastdan yuqoriga” sxemasi boʻyicha, yuqori qismi esa “yuqoridan pastga” sxemasi boʻyicha quriladi (1, d-rasm);
“suv bosgan tomchilar” energiyasidan foydalanib lahimning pastki qismiga maxsus oʻrnatgichlar orqali eritkichni kiritish bilan (1, e-rasm).
1-rasm. I — V yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarini qurishning texnologik sxemalarining bosqichi
62. Lahimlarni ikkita quduq oralatib qurishda (mazkur SHNQning 1, j rasm) suvning erkin hamda birgalikda uzatish lozim.
Lahimlarni gidro-oʻyish (gidrovrub) bilan yoki maxsus qurilmalar yordamida birlashtirish kerak.
63. Lahimni qurish sxemasining variantlarini taqqoslash asosida quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim:
tanlangan sxemani muayyan kon-geologiya sharoitlarida qoʻllash texnik imkoniyati;
rejalashtirilgan qurilish muddatlari;
lahim shakli va sigʻimi;
lahimning mustahkamlik shartiga muvofiq yoʻl qoʻyiladigan oʻlchamlari;
erimaydigan qoʻshimchalar miqdori, ularning turi hamda neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazining tozaligiga taʼsiri.
64. Tosh tuzidagi yer osti shoʻr suv omborlarini neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash lahimlariga oʻxshash tarzda loyihalash lozim.
65. Neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash uchun moʻljallangan tosh tuzidagi yer osti shoʻr suv ombori va lahim bitta quduqda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
66. Tosh tuzidagi yer osti shoʻr suv omborlaridan shoʻr suvni ajratib olishda quyidagilar koʻzda tutilishi kerak:
suv yordamida siqib chiqarish bilan yer osti shoʻr suv ombori sigʻimini oshirib borish;
siqilgan gaz bilan siqib chiqarish;
choʻktirma nasoslar yoki boshqa maxsus qurilmalar bilan;
yer osti lahimlari hamda yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining joylashish belgilarining turlichaligi hisobiga.
67. Shoʻr suvni yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari maydonidan chiqarib tashlash uchun quyidagi usullardan birini qoʻllash lozim:
shoʻr suvni ishlatib boʻlingan kon lahimlariga chiqarib tashlash;
shoʻr suvni tabiiy parlatish;
shoʻr suvni neft konlarining suv yetkazish tizimlariga uzatish;
shoʻr suvni chuqur suv qatlamlariga chiqarish;
shoʻr suvni tashqi akvatoriyalarga chiqarib tashlash.
Tegishli texnik-iqtisodiy asos mavjud boʻlganida bir vaqtning oʻzida shoʻr suvni chiqarib tashlash usullaridan bir nechtasidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
68. Shoʻr suvni chiqarib tashlash boʻyicha majmua inshootlarni quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
shoʻr suv oʻtkazgichlari;
nasos stansiyalari;
buferli lahimlar;
tozalash inshootlari.
Shoʻr suvni chiqarib tashlash usuliga koʻra, uni chiqarish inshootlari majmuasiga bostirma quduqlar va shoʻr suv uchun bugʻlatish xaritalarini ham kiritishga yoʻl qoʻyiladi.
69. Shoʻr suvni erimaydigan qoʻshimchalardan tozalash inshootlarini loyihalash SHNQ 2.04.03-24 talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
70. Shoʻr suv oʻtkazgichlarini SHNQ 2.04.03-24, SHNQ 2.04.10-22 hamda SHNQ 2.04.11-22 talablariga muvofiq loyihalash lozim.
71. Shoʻr suvni chuqur suv qatlamlariga quyish inshootlarining texnik tavsiflari ushbu SHNQning 9-ilovasiga muvofiq belgilanishi kerak.
72. Shoʻr suvni chuqur suv qatlamlariga quyish uchun yangi loyihalashtirilayotgan va mavjud boʻlgan (qidiruv quduqlari, ishlatib boʻlingan neft — gaz quduqlari) quduqlardan foydalanish kerak.
73. Chuqur suvli qatlamlarga “shoʻr suv tashlash” loyihasida bosimli quduqlarning haqiqiy qabul qilish qobiliyatini loyihada koʻzda tutilgan darajada saqlash uchun ularning qabul qilish qobiliyatini tiklashni rejalashtirish zarur.
74. Shoʻr suvni chuqur suv qatlamlariga chiqarish uchun moʻljallangan haydash quduqlari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
yutuvchi suv qatlamini yuqorida joylashgan chuchuk va boshqa yer osti suvlarini saqlovchi suv qatlamlaridan ishonchli izolyatsiya qilishni;
yutuvchi suv saqlovchi qatlamni samarali ochish;
bostirma quduqning qabul qiluvchanligini tiklash boʻyicha ishlarni amalga oshirish imkoniyati;
quduq usti bosim va quduqqa quyilayotgan shoʻr suv isteʼmolini oʻlchash imkoniyati.
75. Sirt va yer osti suvlarining ifloslanishi va tuproqning shoʻrlanishini oldini olishda har bir bostirma quduq yonida bostirma quduqlarning qabul qiluvchanligini tiklash jarayonida yuzaga chiqarib olingan shoʻr suvni chiqarish uchun filtrlashga qarshi toʻsiq bilan himoyalangan tindirish quduqlarini loyihalash lozim.
76. Shoʻr suvni tabiiy bugʻlatishni bugʻlatish qurilmalarini oʻrnatish uchun kam qiymatli (shoʻrlangan, qumli) yerlar mavjud boʻlgan qurgʻoq (adir iqlimli) hududlarda amalga oshirilishi lozim.
77. Yer osti rezervuarlarini qurish tugallanganidan soʻng, shoʻr suvni chiqarish inshootlari majmuasidan foydalanish imkoniyatsiz boʻlganda yoki keyingi ishlatish maqsadga muvofiq boʻlmaganda, ular yoʻq qilinishi hamda buzilgan yerlar qayta tiklanishi (rekultivatsiya) kerak.
2-§. Musbat haroratli jinslarda kon usulida qurilgan yer osti rezervuarlari
78. Lahim-sigʻim sifatida kamera turidagi gorizontal yer osti lahimlari loyihalash kerak.
79. Ochish sxemasini tanlashda ochuvchi lahimlar soni minimal boʻlishi lozim.
80. Yoʻlak ochishda ularning ogʻzi lahim-sigʻimlarda saqlanayotgan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi sathidan yuqori joylashishi kerak.
Ushbu talabga rioya etish imkoni mavjud boʻlmaganda yoʻlaklar hamda yondosh lahimlarida qoʻshimcha germetik toʻsiq (tutashtirgich)larni tiklash va lahim-sigʻimlarning favqulodda germetiksizlanishida neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazining yer ustiga oqib chiqishini oldini oluvchi choralar koʻrilishi lozim.
81. Lahimlarini qazish paytida transport turiga koʻra yer osti lahimlari tuprogʻida boʻylama qiyaliklar koʻzda tutilishi kerak.
82. Lahimlar oʻrtasidagi toʻsiqlar kengligi mustahkamlik hisob-kitoblari boʻyicha qabul qilinishi, biroq qazilgan lahim kengligining uch baravaridan kam boʻlmasligi kerak.
83. Juftlangan lahimlardagi ustunlar orasidagi masofa qazish texnologiyasiga koʻra qabul qilinishi, biroq qazilgan sigʻim toʻsiqlar kengligining ikki baravaridan kam boʻlmasligi lozim.
84. Maxsus lahimlarda qazish uskunasini yashirish uchun tokchalarni qurishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, oʻra chuqurligi imkon qadar minimal (jihoz oʻlchamlariga koʻra) boʻlishi, oʻralar bilan tutash lahim oʻrtasidagi toʻsiqlar kengligi hisoblanganidan kichik boʻlmasligi kerak.
85. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining devor zumpflari lahimning eng quyi nuqtalarida joylashishi kerak.
86. Zumpflar soni himoyalangan lahimlar soniga mos boʻlishi lozim.
Juftlangan lahimlarda bitta zumpf boʻlishi kerak.
87. Bir vaqtning oʻzida bir nechta xil neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini saqlashga moʻljallangan yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarida maxsus kollektor lahim loyihalanishi kerak.
88. Havo oʻtkazuvchi va texnologik quvurlarni yotqizish uchun yer ustidan lahimga tomon burgʻilangan quduqlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
89. Bir necha xil yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarida choʻktirma boʻlmagan nasoslardan foydalanish uchun maxsus kameralar, kollektor yoki yonma-yon lahimlarda yer osti nasos stansiyalari loyihalanishi lozim.
90. Bir necha xil yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarida choʻktirma nasoslarni yer ustidan lahimning devor zumpflariga tomon burgʻilangan quduqlarda oʻrnatish lozim.
91. Bir xil yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarida choʻktirma boʻlmagan nasoslardan foydalanishda nasos stansiyalarini bevosita ochuvchi lahimlar yaqinidan oʻtuvchi va ularga tutash lahimlar yoki kameralarda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Choʻktirma nasoslardan foydalanishda ularni bevosita vertikal stvollarda yoki texnologik quduqlarda joylashtirish lozim.
92. Lahimlarni qazish uchun zarur boʻlgan maxsus qurilish lahimlari (kirish yoʻlaklari, ustunlar, turli maqsadlarga moʻljallangan kameralar, quduqlar), ochiq qoldirilishi yoki ish sharoitlari (havo aylanishi, xavfsizligi) ogʻirlashganida tutashtirgichlar bilan izolyatsiyalanishi lozim.
93. Maxsus qurilish lahimlarining soni minimal boʻlishi kerak.
94. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining ochuvchi lahimlari koʻndalang kesimining maydoni quyidagi shartlardan kelib chiqib, minimal qabul qilinishi kerak:
doimiy ishlatiladigan uskunani joylashtirish;
togʻ-kon qazish uskunasini joylashtirish;
zarur havo miqdorini uning tezligi 8 m/s dan yuqori boʻlmagan sharoitda oʻtkazish;
eng katta oʻlchamlardagi uskuna yoki uning tugunlarni chuqurlikka tushirish imkoni.
95. Ochuvchi lahimlar kesimi oʻlchamini ularda turgʻun (statsionar) uskunani joylashtirishda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
vertikal va 45° dan katta egik burchakli qiya lahimlar yoki odamlarning erkin oʻtishi uchun gorizontal va 45° dan kichik burchakli qiya lahimlar uchun zina boʻlimlarini mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq qurish;
vertikal va qiya lahimlarda odamlar hamda yuklarni koʻtarish qurilmalarini koʻzda tutish;
vertikal lahimlarda uzun oʻlchamli predmetlarni tushirish-koʻtarish uchun boʻshliqlar qoldirish;
majburiy havo aylantirish quvurlarini yotqizish;
taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻtkazish;
neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazining quvurlari va kabellarni yotqizish.
96. Vertikal quduqlar ustida kerakli chuqurlikda quvur hamda kabellarni kiritish-chiqarish uchun darchalarni loyihalash va quyidagilarni inobatga olish lozim:
vertikal stvolga quvur va kabellarni quduq ustidan pastki nuqtadan kiritish hamda chiqarish stvolga sirt suvlari hamda tuproq suvlarining kirib kelishiga toʻsqinlik qiluvchi zichlashtiruvchi moslamalar orqali;
quvurlarning bir qismini quduq ustidan yuqori nuqtadan kiritishga yoʻl qoʻyiladi, biroq suv taʼminoti quvuri va har qanday maqsadlarga moʻljallangan kabellar faqat quduq ustidan pastki nuqtadan kiritilishi;
suv chiqarish quvurlarini quduq ustidan yuqori nuqtadan chiqarishga yoʻl qoʻyiladi, biroq undagi suvni stvolga yaqin suv qabul qilish quduqlariga chiqarib tashlash shartiga rioya etish.
97. Toʻliq yoki qisman neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash uchun foydalaniladigan ochuvchi lahimlar saqlanayotgan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini va suvni oʻtkazmaydigan boʻlishi kerak.
98. Suv oʻtkazmaydigan mahkamlagich turi bilan mustahkamlangan ochuvchi lahimlarda quyidagi talablardan kelib chiqib oqimni cheklash choralari koʻrilishi kerak:
ochuvchi lahimlarga keluvchi qoldiq suvlar oqimining hajmi uning har 100 m uchun 1 m3/h dan oshmasligi;
barcha turdagi ochuvchi lahimlarda suvning erkin tomishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
99. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining vertikal va qiya stvollari zumpflarining hajmi qurilish davrida kutilayotgan yer osti suvlarining oqimiga koʻra belgilanishi kerak.
Zumpflardan yagona suv toʻplagich sifatida foydalanishda ularning hajmi ikki soatda kutilayotgan suv oqimi uchun hisoblanishi kerak.
100. Gorizontal turdagi germetik toʻsiqni vertikal stvolning pastki qismida oʻrnatishda tayanch halqani toʻsiqning ustida, oʻtkazmaydigan jinslar qalinligi tomidan kamida 5 m pastda oʻrnatilishi kerak.
101. Kuchli suv oqimli yoriqsimon massivda yer osti rezervuarini qurishda tayanch halqa yuqori mustahkamlik xususiyatiga ega jinslar maydonidagi tutashtirgichdan yuqorida oʻrnatilishi lozim.
2-rasm. Choʻktirma va choʻktirma boʻlmagan nasosli yer osti rezervuari rasmi
1-qazilgan sigʻim, 2-zumpf, 3-germetik tutashtirgich, 4-choʻktirma boʻlmagan nasoslar, 5-nasos kamerasi, 6-kirish lahimi, 7-kollektor lahimi, 8-neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini quyish quvurlari, 9-neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini olish quduqlari, 10-stvol, 11-texnologik quduq, 12-choʻktirma nasos
102. Lahimlar tomining joylashish chuqurligi saqlanadigan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazining turi va yer osti rezervuarida kutilgan, aniqlangan ichki bosimga koʻra belgilanishi kerak.
103. Lahimlarning koʻndalang kesimi oʻlchamlari muayyan kon-geologik sharoitlar uchun maksimal tarzda, lahim balandligining kengligiga nisbatan kattaligi ehtimoli bilan qabul qilinishi lozim.
Lahimning oʻlchami va shakli uni butun ishlatish davrida yuqorida joylashgan jinslarning siljish ehtimolini istisno qilishi kerak.
104. Lahimlarning foydali (mahsulot bilan toʻldirish uchun moʻljallangan) hajmlarini aniqlash rezervuardan foydalanish koeffitsiyentini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Bunda, neft va neft mahsulotlari uchun koʻpi bilan 0,97, suyultirilgan uglevodorod gazlari uchun esa — koʻpi bilan 0,9 etib qabul qilinishi lozim.
105. Lahimlar mahkamlagichsiz yoki ankerli mahkamlagichdan foydalangan holda loyihalashtirilishi kerak.
Tekis yuk koʻtaruvchi ustunlar geologik buzilishlar mavjud boʻlgan maydonlarda tamponlash bilan birga, mustahkamlash va oʻtkazuvchanligini kamaytirish uchun loyihalanishi lozim.
106. Mahkamlanmagan lahimlar va yordamchi lahimlarning oʻlchamlarini hamda mustahkamligini SHNQ 2.01.07-21 talablariga muvofiq hisoblash lozim.
107. Uzoq muddatli yuklamalar tarkibida lahimlardagi neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazlarining ichki bosimini hisobga olish kerak.
Doimiy va vaqtinchalik yuklamalar hamda taʼsirlarni (ichki bosim yuklamasidan tashqari) SHNQ 2.06.02-23 talablariga muvofiq aniqlash lozim.
108. Saqlanayotgan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazining ichki bosimidan kelib chiquvchi vaqtinchalik yuklamalarni ularning gidrostatik bosimi va ularning maksimal belgilangan haroratdagi bugʻlarning egiluvchanligidan kelib chiqib aniqlash lozim.
Mahkamlagichlarni hisoblashni SHNQ 2.06.02-23 talablariga muvofiq amalga oshirish lozim.
109. Devor zumpflari monolit beton boʻlagi bilan mahkamlanishi va metall payvand gardish (obechayka)lar bilan silliqlanishi lozim.
110. Yer osti suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarida choʻktirma nasoslardan foydalanishda devor zumpflari hajmi choʻktirma nasoslarni lahimlarni germetiksizlantirmasdan chiqarib olishda texnologik quduqlarni toʻldirish uchun zarur boʻlgan suv hajmining ikki baravaridan kam boʻlmasligi kerak.
111. Yer osti suvlarining doimiy oqimisiz ishlatiladigan yer osti rezervuarlarida neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazining devor zumpfiga toʻliq oqib kelishini taʼminlash uchun V 7,5 beton sinfidan past boʻlmagan monolit betondan tayyorlangan tekis pollar koʻzda tutilishi kerak.
112. Kollektor va yondosh lahimlarini ularda texnik uskunani joylashtirishni shuningdek odamlarning oʻtishi hamda uskunani tashish yoʻlaklarini hisobga olgan holda minimal uzunlik va kesim bilan loyihalash kerak.
113. Kollektor lahimlaridagi koʻndalang kesim maydoni tezligi 8 m/s yuqori boʻlmagan miqdordagi havoning aylanishi boʻyicha tekshirilishi kerak.
114. Kollektor va yondosh lahimlarini mahkamlash zarurati oʻxshash lahimlarga mos ravishda amalga oshirilishi kerak.
115. Kollektor va neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazining quvurlari yotqiziladigan yondosh lahimlarida kamida V 7,5 sinfiga mansub monolit betondan tayyorlangan tekis pollar koʻzda tutilishi kerak.
116. Favqulodda vaziyatlarda odamlarni koʻtarish uchun texnologik, ventilyatsiya va maxsus quduqlardan foydalanishda ularning diametri qutqaruv koʻtarish zinasining (yoki boshqa oʻxshash moslama) oʻlchamini hisobga olgan holda belgilanishi, biroq 600 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
117. Ishlatish quvurlari sifatida mustahkamlash quvurlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
118. Germetik tutashtirgich yondosh lahimlarida oʻrnatilgan holda, yer osti rezervuarlarining vertikal stvollari nasoslar oʻrnatilgan joydan qatʼiy nazar, quyidagi chuqurlikda jihozlanishi kerak:
25 m gacha — zina boʻlinmasi va yuk boʻlmasi;
25 m dan ortiq zina boʻlinmasi, mexanik yuk va odam koʻtargich.
119. Stvoldagi gorizontal lahim yoki kamera bilan tutashish darajasidagi yuk boʻlmasi (agar u bevosita stvolga yopishgan boʻlsa) yer yuzasi bilan tovush-chiroqli xabarlagichga ega qabul qilish maydonchasi bilan jihozlanishi lozim.
120. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarini ishlatish davrida mexanik odamlar va yuklarni koʻtargich sifatida liftli koʻtargich qoʻllanilishi kerak.
121. Lift koʻtargichining yuk koʻtaruvchanligi tashilayotgan uskuna yoki uning qismlarining eng yuqori ogʻirligiga koʻra belgilanishi, biroq 3500 N (350 kgf) dan kam boʻlmasligi kerak.
122. Lift yer ustidan, lift xonasidan turib boshqarilishi kerak.
123. Kuchli suv oqimli yoriqsimon jinslarda qurilgan yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarida lahimlardagi suvni chiqarib tashlash uchun suv yoʻli boʻlishi va toʻliq avtomatlashtirilishi lozim.
124. Lahimlarni izolyatsiyalash germetik tutashtirgichlar yordamida taʼminlanishi, ular neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirilgan lahimlarni boshqa lahimlar yoki tashqi muhitdan ajratib turishi kerak.
125. Germetik tutashtirgichlar quyidagilarni taʼminlashi lozim:
saqlanayotgan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi bosimiga bardosh berishini;
saqlanayotgan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi uchun sigʻdiruvchi jinslarga tutash joylarda ham oʻtkazmaydigan boʻlishini;
zarur quvur va kommunikatsiyalarning oʻtishini;
lahimlar atrofida tutashtirgichlar oʻrnatilgan joylardagi jinslarning yuqori oʻtkazuvchan zonalarini yopishni (ushbu zona oʻlchamlari qurilish davrida tajriba-sinov orqali aniqlanishi kerak).
Tutashtirgichlar konstruksiyasi va ular tayyorlangan materiallar ushbu SHNQning 10-ilovasiga muvofiq qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
126. Vertikal va qiya stvollarda oʻrnatilgan germetik tutashtirgichlarni jinslarning oʻtkazmaydigan quvvati boʻylab oʻtib boʻlingan hududlarda joylashtirish lozim.
Stvollarda mahsulot oʻtkazmaydigan mahkamlagich mavjud boʻlganida, tutashtirgichlarni uning istalgan qismida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Bir necha turdagi yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarida germetik tutashtirgichlarni kollektor va yondosh lahimlarida joylashtirish lozim.
127. Jinslarning oʻtkazmaslik quvvati yetarli darajada boʻlganida, germetik tutashtirgichlarni bugʻ fazasida, kirish (kollektor) lahimlari yoki “koʻr” stvollarning qiya uchastkalarini yaratish orqali bevosita saqlanayotgan mahsulotlarning suyuq fazasi tomonidan siqilmaydigan tarzda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
128. Germetik tutashtirgichlar hisob-kitoblari chegara holatlar usuli SHNQ 2.03.01-24 hamda SHNQ 2.03.05-23 talablariga muvofiq olib borilishi kerak.
129. Yuklama boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlari, ish holatlari va sharoitlari, hamda betondagi yoriqlarni ochilishi chegara kengligi SHNQ 2.06.02-23 talablariga muvofiq qabul qilinishi lozim.
130. Mustahkamlik hisob-kitoblari lahimlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan maksimal haroratda ularda saqlanayotgan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi bugʻlarining zichligi hamda nasos stansiyasi yoki yondosh lahimidagi bugʻlarning favqulodda portlashiga olib keluvchi kuchli yuklamaga koʻra aniqlanuvchi bosimda amalga oshirilishi lozim.
131. Germetik tutashtirgichlarning devorlari bir tekis taqsimlangan yuk ortilgan plitalar sifatida egilishga moʻljallanishi va qoʻshimcha hisob-kitoblar bilan tekshirilishi kerak.
132. Dastlabki devor qalinligini tanlash uchun chegara holatlar boʻyicha hisob-kitoblar ushbu SHNQning 11-ilovasiga muvofiq boʻlishi kerak.
133. Quduq quvurlarining tashqi boʻshligʻi, ochuvchi lahimlarning mahkamlagich atrofi (agar ular neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash uchun ishlatilsa), germetik tutashtirgichlar konturi hamda sigʻdiruvchi jinslarning yoriqsimon zonalarini tamponlashni oʻz ichiga olgan lahimlarni germetiksizlantirish uchun neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi oʻtkazmaydigan aralashmalar hamda ushbu SHNQning 10-ilovasida keltirilgan materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
7-bob. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining yer usti majmuasi
134. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining yer usti majmuasi tarkibiga neft va neft mahsulotlari hamda suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash va tarqatish texnologik jarayonlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda asosiy ishlab chiqarish maqsadlariga moʻljallangan va yordamchi bino va inshootlar hamda maydon ichi muhandislik tarmoqlari kirishi mumkin.
Muayyan yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining yer usti majmuasi tarkibiga kiruvchi bino va inshootlar roʻyxati uning hajmi va belgilangan maqsadiga koʻra tuzilishi kerak.
135. Yer usti majmuasi bino va inshootlarini quyidagi guruhlarga birlashtirish (bloklash) lozim:
yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining stvol qismi yoki quduq boshi;
nasos va kompressor stansiyalari;
operatorlik nazorati, podstansiyalar, ustaxonalar, laboratoriyalar;
maʼmuriy-xoʻjalik xonalari;
yongʻin-qutqaruv va harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatlarining garajlari, bino va inshootlari, oʻtish yoʻlaklari;
temir yoʻl quyish-toʻkish estakadalari va ular bilan bogʻliq boshqa inshootlar;
neft, neft mahsulotlari hamda suyultirilgan uglevodorod gazi uchun yer usti parklar;
suv taʼminoti, kanalizatsiya tarmoqlari va boshqa muhandislik kommunikatsiyalari.
136. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining yer usti bino va inshootlari (yer usti rezervuarlar, mahsulotni idishlarda saqlash bino va inshootlari, temir yoʻl quyish-toʻkish estakadalari, toʻkish joylari va pirslari, quyish, qadoqlash va tarqatish punktlari, nasos va kompressor stansiyalari, maʼmuriy-xoʻjalik bino-xona yoki inshootlari va boshqalar) SHNQ 2.09.02-23, SHNQ 2.09.19-22, SHNQ 2.01.02-04 hamda SHNQ 2.04.08-22 talablariga muvofiq loyihalash kerak.
137. Neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini quyish va toʻkish, suvni tindirish, past haroratda saqlashda ularni sovitish, kelishi va olinishi barqaror boʻlmagan sharoitlarda barcha turdagi omborlarni barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha texnologik amaliyotlarni bajarish uchun yer usti (bufer) rezervuarlari koʻzda tutilishi lozim.
138. Yer usti rezervuarlari hajmi va sonini yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarini ish rejimi, quyish va toʻkish unumdorligidan kelib chiqib amalga oshirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida belgilash, biroq har bir neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazining turi uchun kamida ikkita rezervuar boʻlishi lozim.
139. Past haroratli yer osti suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari uchun umumiy hajmi yer ustida 1000 m3 gacha va yer ostida — 2000 m3 gacha boʻlgan bosimli metall (bufer) rezervuarlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Bitta silindrik metall rezervuarning hajmi 200 m3 dan oshmasligi, undagi bosim esa 1,6 MPa (16 kgf/sm2)dan yuqori boʻlmasligi kerak.
Tegishli texnik-iqtisodiy asoslash mavjud boʻlganida, past haroratli yer osti suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari hududida oʻrnatiladigan bufer rezervuarlari hajmini SHNQ 2.04.08-22 da keltirilgan qiymatlargacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
140. Suyultirilgan uglevodorod gazining yer osti rezervuarlarini joylashtirishda yongʻin-qutqaruv texnikasini har bir rezervuarning yoniga borish imkoniyati taʼminlanishi kerak.
141. Suyultirilgan uglevodorod gazining quvurlar boʻylab harakatlanishi uchun uglevodorod gazlari muhitida ishlashga moʻljallangan nasoslar, kompressor va muzlatish agregatlari boʻlishi kerak.
142. Nasos stansiyalarida bufer rezervuarlari mavjud boʻlganda, past va yuqori bosimli ikkita guruh nasoslar loyihalanishi lozim.
143. Suyuqlik toʻkilishi va kondensat hosil boʻlishining oldini olish uchun bugʻlatish qurilmalari kuchli bugʻ isitkichlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
144. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining quvurlari SHNQ 2.04.10-22, SHNQ 2.04.11-22, SHNQ 2.09.19-22 hamda SHNQ 2.04.08-22 talablariga muvofiq loyihalanishi lozim.
145. Yotqizish shartlariga koʻra muz hosil boʻlishi va gidratlar toʻkilishi mumkin boʻlgan shoʻr suv oʻtkazgichlari uchun quyidagi yechimlardan biri amalga oshirilishi kerak:
quyish toʻxtatilganidan soʻng shoʻr suvni toʻkib tashlash imkoniyati mavjudligi;
shoʻr suv va quvur issiqlik izolyatsiyasini isitish;
shoʻr suvni doimiy majburiy aylanishini taʼminlash.
146. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining vertikal stvollarida joylashgan quvurlar uchun gidravlik zarbalar paydo boʻlishining oldini oluvchi moslamalar oʻrnatilishi lozim.
147. Neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini muzlatish qurilmalaridan yer osti rezervuarlarigacha tashish uchun moʻljallangan quvurlar yonmaydigan materiallardan tayyorlangan issiqlik izolyatsiyasi bilan jihozlanishi hamda ushbu SHNQning 12-ilovasiga muvofiq bajarilishi kerak.
148. Yopishqoq va tez qotuvchi neft va neft mahsulotlarini quyish uchun moʻljallangan yer usti quvurlari issiqlik izolyatsiyasi va isitish moslamasi bilan loyihalanishi kerak.
149. Quvurlarning tashqi yuzasini korroziyadan himoyalash quyidagicha amalga oshirilishi kerak:
yer ostidan oʻtuvchi quvurlar uchun — GOST 9.602-2016 talablariga muvofiq;
yer ustidan oʻtuvchi quvurlar uchun — SHNQ 2.05.06-22 talablariga muvofiq;
isitish moslamasi bilan taʼminlangan quvurlarni yotqizishda — SHNQ 2.04.07-22 talablariga muvofiq.
150. Texnologik quvurlarga oʻrnatilgan yopish armaturasi neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini sizib chiqishi yoki quvurlardagi bosimning pasayishida alohida boʻgʻinlarning oʻchirilishini taʼminlaydigan avtomatlashtirilgan qurilma bilan taʼminlanishi kerak.
151. Nasos, kompressor xonalari va bugʻlar toʻplanib qolishi mumkin boʻlgan boshqa xonalar havodagi gaz bugʻlari portlashga xavfli miqdorlarda, alangalanishning pastki chegarasidan koʻpi bilan 20 foiz toʻplanganida ishga tushuvchi xabarlagich bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
152. Suyultirilgan uglevodorod gazi va tez yonuvchan suyuqlik quvurlariga oʻrnatilgan yopish va nazorat poʻlatdan tayyorlanishi hamda GOST 9544-15 ga muvofiq germetiklik boʻyicha birinchi sinfga mos kelishi kerak.
153. Shoʻr suv omborlari (rassoloxranilisha)ni SHNQ 2.02.02-20, SHNQ 2.06.05-23, SHNQ 2.06.06-21 hamda SHNQ 2.06.08-21 talablariga muvofiq loyihalash kerak.
154. Shoʻr suv omborlarini loyihalashda quyidagi turlardan biri tanlanishi kerak:
ochiq — yer usti (quyma toʻgʻonlar yordamida hosil qilingan), yarim koʻmilgan (qisman oʻralash va qisman toʻgʻonlarni toʻldirish hisobiga hosil boʻluvchi ) va koʻmilgan (shoʻr suv omborining toʻliq chuqurligi koʻrinishidagi, himoya toʻgʻonlarisiz);
yopiq — yer usti temir-beton yoki metall rezervuarlar koʻrinishida (istisno tariqasi-da, kichik hajmdagi shoʻr suvni saqlash yoki yarim choʻl zonasida shoʻr suv omborni joylashtirish zarur boʻlgan hollarda);
yer osti — quduq orqali yoki kon usulida tosh tuzini eritish orqali paydo qilingan chuqurlik koʻrinishidagi.
155. Shoʻr suv omborining hajmi yer osti omborining hajmiga teng boʻlishi lozim.
Tegishli texnik-iqtisodiy asoslash mavjud boʻlganda shoʻr suv ombori hajmini qisqartirishga yoʻl qoʻyiladi. Biroq, barcha holatlarda ham u eng yirik yer osti rezervuarining hajmidan kam boʻlmasligi kerak.
Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarini shoʻr suv konlari bilan birlashtirishda, hajmi texnik-iqtisodiy asoslash asosida belgilanadigan bufer shaklidagi shoʻr suv omborlari koʻzda tutilishi kerak.
156. Shoʻr suv omborining qirgʻogʻi boʻylab shoʻr suv oqib chiqishi ustidan nazoratni oʻrnatish uchun gidro-kuzatish quduqlari boʻlishi kerak.
157. Shoʻr suv omborlari gidro-himoya ekranlarining filtrlash koeffitsiyenti 10-11 m/s dan oshmasligi kerak.
158. Shoʻr suv ombori toʻgʻonining nishab qiyaligi SHNQ 2.06.05-23 ga muvofiq hisoblanishi kerak.
Shoʻr suv omborining ichki qirralarining qiyaligini plyonkali ekranni yotqizish texnologiyasidan kelib chiqib 1:2,5-1:3 belgilash lozim.
Toʻgʻonlarning ichki nishablari SHNQ 2.06.04-21 ga muvofiq toʻlqinlar taʼsiridan himoyalanishi kerak.
Toʻgʻon choʻqqisining kengligi ish va foydalanish shart-sharoitlariga koʻra belgilanishi, biroq 3 m dan kam boʻlmasligi lozim.
159. Shoʻr suv omborlarining chuqurligi bugʻlanish va atmosfera yogʻinlari miqdorini, shuningdek shoʻr suv omborining “oʻlik” hajmi, loyqalanish va ish sharoitlaridan kelib chiqib belgilanishi lozim.
160. Shoʻr suv omborlarining asosiy oʻlchamlarini iqlim sharoitlariga koʻra har bir muayyan maydon uchun alohida belgilash kerak:
yogʻingarchilikdan bugʻlanish koʻp boʻlgan hududlarda — shoʻr suv omborlari chuqurligini oshirish hisobiga minimal oʻlchamlar;
bugʻlanishdan yogʻingarchilik koʻp boʻlgan hududlarda — tuproq ishlarining eng foydali hajmiga koʻra.
161. Ochiq turdagi shoʻr suv omborlarida operativ shoʻr suvning hajmi va konsentratsiyasini barqarorlashtirish boʻyicha yechimlar koʻzda tutilishi kerak.
162. Shoʻr suv ombori hududi toʻsiq bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
163. Shoʻr suv ombori choʻl yoki yarim choʻl zonalarida joylashganida, shoʻr suv ombori toʻgʻonining dala nishablari poliakrilamid bilan (8 foiz poliakrilamid va 92 foizdan suvdan iborat) ishlov berish orqali va keyinchalik oʻsimlik qoplamini ekish bilan shamol eroziyasidan himoyalangan boʻlishi kerak.
164. Bino va inshootlarning tashqi tarmoqlari va muhandislik uskunalari (suv quvurlari, oqova suvlarni chiqarib yuborish, isitish tizimi, ventilyatsiya, elektr taʼminoti va boshqa kommunikatsiyalar)ni loyihalash SHNQ 2.04.01-22, SHNQ 2.04.03-24, SHNQ 2.04.05-22, SHNQ 2.04.07-22, SHNQ 2.09.19-22 hamda SHNQ 2.04.08-22 talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
165. Musbat haroratli barqaror togʻ jinslaridagi yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining shamollatish tizimini loyihalash SHNQ 2.04.05-22 va mazkur SHNQning 13-ilovasi talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
166. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining elektr qabul qilgichlarining toifalari elektr taʼminotining ishonchliligi jihatidan quyidagicha boʻlishi lozim:
yer osti neft va neft mahsulotlari omborlari uchun — SHNQ 2.09.19-22 talablariga muvofiq;
yer osti suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari uchun (yongʻinga qarshi va mahsulot nasos stansiyalari) — birinchi toifa.
167. Elektr qurilmalardan foydalanishdagi xavfsizlik nuqtai nazaridan yer osti suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining sanoat bino va inshootlari SHNQ 2.04.08-22 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
168. Portlab yonish va yongʻin xavfi boʻlgan yer osti saqlash xonalar va inshootlarda ishchi va avariya yoritishni, foydalanilayotgan quduqlar va burgʻu quduqlari ogʻizlarida esa portlashdan himoyalangan yoritish bilan jihozlangan ishchi yoritishni koʻzda tutish lozim.
169. yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari quyidagi aloqa va signalizatsiya turlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak:
avtomatik telefon stansiyasi orqali oʻtgan maʼmuriy-xoʻjalik telefon aloqasi;
yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari dispetcherining temir yoʻl uzeli bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqasi;
yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarning operator xonasidagi baland ovozli sanoat aloqasi;
yongʻin va qoʻriqlash xabarlagichi;
radio aloqa.
170. Barcha turdagi yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining yer usti bino va inshootlarining yongʻin oʻchirish tizimlarini SHNQ 2.04.01-22, QMQ 2.04.02, SHNQ 2.09.19-22, SHNQ 2.04.08-22 hamda SHNQ 2.04.09-22 talablariga muvofiq loyihalash kerak.
171. Yer osti suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari uchun yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimini loyihalashda, yonayotgan yer osti rezervuardan ikkita normativ masofadan yaqinroq joylashgan yer osti past haroratli muz jinsli rezervuarlarning toʻsiqlarini sovitish uchun kerakli suv sarfi 0.05 L/ (m2⋅s)dan kelib chiqqan holda hisoblanishi kerak.
172. Taxminiy sovitish vaqti 3 h ga teng deb qabul qilinishi lozim.
173. Yongʻin oʻchirish deposining alohida isitiladigan xonasida koʻpik hosil qiluvchi moddaning 3 karrali zaxirasi oʻrnatilishi kerak.
174. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining yongʻinga qarshi suv taʼminoti tarmogʻi halqa shaklida loyihalashtirilishi kerak.
Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari yaqinida yongʻinga qarshi suv quvurlari eritilgan tuproqda yotqizilishi kerak.
175. Suyultirilgan uglevodorodli gazini saqlash past haroratli togʻ jinsli yer osti rezervuarlarning tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminoti yuqori bosimli yongʻinga qarshi suv quvurlari orqali taʼminlanishi kerak.
Suv sarfi 20 l/s dan koʻp boʻlmaganda tegishli texnik-iqtisodiy asoslash bilan suv havzasidan yoki past bosimli gidrantlardan suv yetkazib berishni taʼminlashga yoʻl qoʻyiladi.
176. Suyultirilgan uglevodorodli gazini saqlash yer osti past haroratli togʻ jinsli rezervuarlar orayopmalarini sovitish uchun mayda zarrali suv yetkazib beradigan turgʻun tizim nazarda tutilishi kerak.
177. Orayopmasining kesimi 15 m dan ortiq boʻlgan rezervuarlar uchun turgʻun qurilmalar orqali suv purkab berilishi taʼminlanishi lozim.
178. Bosimli metall rezervuarlarni tashqi yongʻin oʻchirish tizimi uchun suv sarfi SHNQ 2.04.08-22 talablariga muvofiq aniqlanishi lozim.
8-bob. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining texnologik jihozlari
1-§. Neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini tuzli suv, gaz yoki suv bilan almashtirish usulida ishlatish uchun moʻljallangan yer osti rezervuarlari
179. Neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini tuzli suv, gaz yoki suv bilan almashtirish usulida ishlatiladigan yer osti rezervuarlari quduqlarining ogʻizlari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
qurilish jarayonida — quduqlarga suv va erituvchi boʻlmagan moddalarni tuzli suv berish bilan bir vaqtda alohida quyish, suyuqliklarni turli quyish rejimlariga oʻtkazish, quduqlarga geofizik qurilmalarni oʻtkazish, suv va shoʻr suv hamda erituvchi boʻlmagan liniyalardagi bosim va haroratni oʻlchash, suv, shoʻr suv va erituvchi boʻlmaganlardan namuna olish;
foydalanishda — bir vaqtning oʻzida shoʻr suv (gaz) berish bilan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini va aksincha, quduqlarga geofizik qurilmalarni oʻtkazish, mahsulotning yer usti shoʻr suv quvurlariga tushishining oldini olish, suyultirilgan uglevodorod gazini bosh qismining neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini va shoʻr suv (suv) qismi orqali sham quvuriga avariyaviy chiqarish, barcha kommunikatsiyalardagi bosim va haroratni oʻlchash, mahsulot, shoʻr suv (suv) va gaz(siqib chiqaruvchi agent)dan namuna olish.
180. Barcha turdagi yer osti rezervuarlarning quduqlarining ogʻizlari qurish va ishlatish paytida ularning tugunlaridan foydalanilishini hisobga olgan holda oson yigʻiladigan va ajratiladigan shaklda loyihalanishi kerak.
181. Haroratning pasayishi va shoʻr suvning qoʻshimcha toʻyinishidan rezervuarlarda saqlanayotgan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini va shoʻr suvning hajm jihatdan qisqarishini qoplash uchun rezervuarlar avtomatik tarzda shoʻr suv bilan toʻldiruvchi qurilmalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
182. Yer osti suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining shoʻr suv quvurlari shoʻr suvda erigan yoki unga tushgan suyultirilgan uglevodorod gazini ajratish va shamga (svecha) chiqarish qurilmasi bilan taʼminlanishi kerak.
183. Yer osti rezervuarlaridan suyultirilgan uglevodorod gazini nasossiz usulda olishda gaz suyuqlik va bugʻ-gaz aralashmalari hamda suyultirilgan uglevodorod gazlardan suvni ajratish qurilmalari (degazatorlar, adsorberlar, gaz separatorlari) oʻrnatilishi kerak.
184. Gaz bilan siqib chiqarish orqali neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi olinadigan rezervuarlar ulardagi bosim ishchi bosimdan 10 foizdan yuqori darajaga oshganda, bugʻ fazasini chiqarib tashlanishini taʼminlovchi himoya klapanlari bilan jihozlanishi lozim.
2-§. Saqlash neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi almashtirmasdan yer osti rezervuarlaridan foydalanish.
185. Neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini boshqa muhit bilan almashtirmasdan ishlatiladigan yer osti rezervuarlarining texnologik jihozlanishi quyidagilarni taʼminlashi lozim:
neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini quyish va olish, suvni haydash, mahsulot va suv darajasini oʻlchash (minimal va maksimal darajalar signalizatsiyasi bilan), bosim ortishi (yoki past haroratli muz jinsli suyultirilgan uglevodorod gazining rezervuarlarida pasayishi) hamda mahsulotlarning suyuq va bugʻ fazalari haroratini;
avariyaviy suyultirilgan uglevodorod gazining bosimini sham quvuriga chiqarilishi.
186. Yopishqoq va yuqori koʻtaruvchan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazining yer osti rezervuarlaridan chiqarish uchun texnik-iqtisodiy asoslanganda, umumiy va mahalliy isitish tizimlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
187. Neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini rezervuarga toʻgʻri quyilishini taʼminlash uchun lahim-sigʻimlar ichida taqsimlash qurilmalarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
188. Yer osti quvurining neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi yer osti rezervuariga quyiladigan vertikal va gorizontal qismlari ajratiladigan boʻlishi kerak.
Bunda, choʻktirma nasoslar elektr dvigatellari isitiladigan xonalarda yoki isitish qalpoqlari ostida joylashtirilishi kerak.
3-§. Shoʻr suv omborlari
189. Shoʻr suv omborlari ularga neft mahsulotlari va shoʻr suv bilan suyultirilgan uglevodorod gazlarning tushishini oldini olish qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.
190. Ochiq turdagi yer usti shoʻr suv omborlari shoʻr suv hajmi va konsentratsiyasini barqarorlashtirish qurilmasi bilan jihozlanishi lozim.
Ushbu qurilmalar yogʻingarchilik miqdori bugʻlanish miqdoridan katta boʻlganida suv bilan aralashgan tuzli eritmani ajratib olish va bugʻlanish yogʻingarchilikdan ustun boʻlganida, tuzli eritma oynasi sirtiga chuchuk suv qoʻshish imkonini taʼminlashi kerak.
4-§. Yer usti texnologik qurilmalar
191. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining yer usti texnologik qurilmalarini oʻrnatishda SHNQ 2.04.08-22 hamda SHNQ 2.09.19-22 talablariga amal qilish kerak.
Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va tele-mexanizatsiyalash tizimi qabul qilib boʻlinayotgan va tarqatilayotgan mahsulotni avtomatik hisobga olish, bugʻ-gaz muhitidagi harorat, bosimni va yer osti rezervuarlaridagi neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi darajasini qayd qilishni taʼminlashi kerak.
192. Beqaror jinslardan tashkil topgan yutuvchi suv qatlamlariga shoʻr suvni quyishni loyihalashda, nasos stansiyalarida asosiy nasoslardan tashqari shoʻr suvni chiqarish paytida bostirma quduqlardagi ortiqcha bosimni ushlab turish uchun 5 — 10 m3/h quvvatga ega qoʻshimcha nasoslar ham boʻlishi kerak.
193. Bosim bilan yuborish (haydash)da bosimi hisoblangan koʻrsatkichlardan 15 foiz 5 dan ortiq yuqori boʻlgan nasoslarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
194. Sovitish qurilmalarining quvvati va soni gazni chiqarish quvvatiga va saqlash davrida uning bugʻlanish tezligiga koʻra belgilanishi kerak.
195. Sovitish qurilmasidagi sovutgich sifatida past haroratli rezervuarda saqlanadigan suyultirilgan uglevodorod gazdan foydalanish lozim.
196. Tegishli texnik-iqtisodiy asoslash bilan boshqa sovutgichlardan foydalaniladigan texnologik sovitish sxemalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
197. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari yer qaʼri, tuproq, atmosfera va suvga minimal taʼsir darajasi taʼminlaydigan hududlarda joylashgan boʻlishi kerak.
198. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborining barcha elementlari va ularni ishlatish texnologiyasi tabiiy muhitga minimal ehtimoldagi texnogen taʼsirni taʼminlashi lozim.
199. Suv qatlamlarini rejimi, qurilish shoʻr suvi quyilishining taʼsirini kuzatish uchun, yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborining yer osti inshootlari joylashgan zonada, shuningdek yer usti shoʻr suv omborlari va shoʻr suvni bugʻlatish kartalarida gidro-kuzatuv quduqlari koʻzda tutilishi va ular burgʻilangan, jihozlangan yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarini qurishdan oldin sinab koʻrilgan boʻlishi kerak.
200. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari maydonida ularini qurish va ishlatish paytida yer osti ishlarining taʼsir zonasida yer yuzasi deformatsiyalarini oʻlchash uchun reperlarni oʻrnatish kerak.
201. Shaxta rezervuarlari uskunalari dastlabki toʻldirish paytida neft va neft mahsulotlarining bugʻ-havo aralashmasining atmosferasiga chiqarilishining oldi olinishi kerak.
202. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari toʻliq yoki qisman tugatilganda, rezervuarlar, yer usti texnologik uskunalar, inshootlar, binolar aholining xavfsizligini taʼminlaydigan va atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan holatga keltirilishi kerak.
9-bob. Atrof-muhit muhofazasi
203. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarini qurish uchun moʻljallangan yer maydonlari atrof-muhit muhofazasi talablarini inobatga olgan holda tanlanishi lozim.
204. Yer osti suvlarining yoʻnalishining oʻzgartirishi oqibatida hududdagi daraxt va butalarning qurib qolmasligi oldini olish hamda yashil maydonlarga zarar yetkazmaslik, hosil boʻladigan chiqindilarning (qattiq-maishiy chiqindilar, qurilish chiqindilari) oʻz vaqtida bartaraf etilishi (olib chiqib ketish, utilizatsiya), changlar tarqalishini kamaytirish chora-tadbirlari loyiha hujjatlarida belgilanishi lozim.
SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Och rangli neft mahsulotlarini saqlash muddatlari
SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Tosh tuzidagi yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari ogʻzini germetiksizlantirishda neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini chiqarish hajmini aniqlash
Saqlanayotgan mahsulotni chiqarish hajmi Ve, m3 ni quyidagi formulaga asosan aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
(3)
bu yerda:
∆p — yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari ogʻzini germetiksizlantirishda rezervuarning ichki bosimi, Ra;
ϵ — rezervuarning mahsulot bilan toʻlganlik darajasi (birlik ulushida);
cb — toʻyingan shoʻr suv uchun shoʻr suv siqilishining izotermik koeffitsiyenti, 1/Pa ni 2,3⋅10-10 1/Pa ga teng qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi;
cp — shoʻr suv siqilishining izotermik koeffitsiyenti, 1/Pa ni (8 — 12) 10-10/Pa ga teng deb qabul qilish mumkin boʻlib, bunda koeffitsiyent qiymatidan pastki qiymatlar dizel yoqilgʻisiga, yuqorilari esa benzinga tegishli.
cp — suyultirilgan uglevodorod gazlar uchun mavjud maʼlumotlarga koʻra qabul qilinadi;
Ks — rezervuar konturidagi kuchlanish konsentratsiyasi koeffitsiyenti quyidagilarga teng boʻlishi kerak:
sfera yoki sferaga yaqin shakldagi rezervuarlar uchun — 1,5;
quduq oʻqi boʻylab choʻzilgan rezervuarlar uchun (silindr yoki unga yaqin shakldagi) — 2;
E — tosh tuzining elastiklik moduli (Tosh tuzi uchun E=1,8x1010 Pa. ga teng qabul qilish mumkin), Pa.
Izoh. Toʻsiq hajmini hisoblashda toʻkilgan suyuqlikning maksimal hajmiga toʻkilgan suyuqlik darajasini qirgʻoq choʻqqisining yuqori belgisida 0,2 m past olish kerak.
SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Ekranlash xususiyatiga koʻra togʻ jinslarining tasnifi
Izohlar:
1. Togʻ jinslarining gaz oʻtkazuvchanligi va suvga toʻyinganligi koeffitsiyentlari muhandislik-geologik tadqiqotlar davomida aniqlanishi kerak.
2. Togʻ jinslarining yaroqliligini baholash suvga toʻyingan jinslar orqali oʻtish bosimining qiymatiga koʻra amalga oshirilishi, bunda oʻtish bosimi lahimdagi loyihaning texnologik qismi bilan belgilangan ortiqcha bosimdan kam boʻlmasligi zarur.
SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Miqdorlarning asosiy harfiy belgilari
h — yer osti rezervuari balandligi, m;
V — yer osti rezervuari hajmi, m3;
Nd — yer yuzasidan quduq tubigacha masofa, m;
N — yer yuzasidan rezervuar tomigacha boʻlgan masofa, m;
g — ogʻirlik kuchining tezlashishi, m/s2;
Rb — shoʻr suv zichligi, kg/m3;
Rp — mahsulot zichligi, kg/m3;
Rr — jinslarning oʻrtacha zichligi, kg/m3.
SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
Yer osti rezervuarlarning minimal chuqurligini aniqlash
1. Oʻtkazmaydigan jinslardagi yer osti rezervuarlarni qurishda Nmin, m, ortiqcha bosim bilan ishlovchi yer osti rezervuarlari tomining minimal joylashish chuqurligini quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
(1)
bu yerda:
Pmax — mahsulotning maksimal Pa bosimi;
shaxtasiz rezervuarlar uchun asosiy mustahkamlash quvurining boshmogʻi darajasida qabul qilinadi;
musbat haroratli jinslarda togʻ-kon usulida quriladigan rezervuarlar uchun — rezervuarning tomi darajasida;
n — ish sharoiti koeffitsiyenti quyidagicha qabul qilinadi;
1,0 — muzlik jinslaridagi shaxtasiz rezervuarlar uchun;
0,9 — tuz usti qatlam qattiq oʻtkazmaydigan jinslar bilan ifodalangan sokin qatlam yoki linzasimon qatlam yotgan tosh tuzidagi rezervuarlar uchun;
0,8 — musbat haroratli togʻ jinslarida togʻ-kon usulida qurilgan rezervuarlar uchun;
0,7 — boshqa holatlarda;
α — quduqning mustahkamlanmagan qismining rezervuarlar uchun qabul qilingan uzunligi:
tosh tuzidagi rezervuarlar uchun — mazkur SHNQning 59-bandiga muvofiq;
musbat haroratli jinslarda togʻ-kon usulida qurilgan rezervuarlar uchun nolga teng;
Pr — lahimlar tomidan baland joylashgan jinslarning oʻrtacha zichligi, kg/m3;
(2)
bu yerda:
pi — tegishli qatlamlarning jinslari zichligi, kg/m3;
mi — qatlamlar quvvati, m;
n — qatlamlar soni.
Kuchli yer osti suvli yoriqsimon massivda musbat haroratli jinslarda togʻ-kon usulida qurilgan rezervuarlari tomining joylashish chuqurligi yer osti suvlarining lahim-sigʻimga bosimi rezervuarning ichki bosimidan kamida 0,05 MPa (0,5 kgf/cm2)ga yuqori boʻlishligidan kelib chiqib tanlash lozim.
2. Neft va neft mahsulotlari uchun musbat haroratli jinslarda qurilgan yer osti rezervuarlarining lahim-sigʻimlari tomining joylashish chuqurligi quyidagi holatlarda aniqlanishi lozim:
omborlarni oʻtkazmaydigan jinslarda qurishda — lahim-sigʻimlarni tomining mustahkamligini taʼminlash bilan maksimal darajada, biroq 20 m dan kam boʻlmagan masofaga yer yuzasiga yaqinlashtirish shartidan, kelib chiqib;
omborlarni yoriqsimon suv massivida qurishda — lahim-sigʻim tomini yerosti suvlarining mahalliy statik darajasidan 5 m dan past boʻlmagan darajada joylashishi shartidan kelib chiqib.
SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 6-ILOVA
Tosh tuzidagi yer osti rezervuarlari barqarorligini aniqlash usuli
Yer osti rezervuarining barqarorligi quyidagi shakl va geometrik oʻlchamlarni tanlash bilan taʼminlanadi:
rezervuarning toʻliq boʻlmagan yuzasi chegaradan tashqari sohasi (CHSD) deformatsiyalanishi kerak boʻladi;
har bir CHSD berilgan Vmax\ qiymatdan oshmaydi;
CHSD ning maksimal oʻlchami rezervuar yuzasiga mos yoʻnalishda 0,04 l dan oshmaydi va bunda l — rezervuarning kengligi;
togʻ jinslari massividagi choʻzuvchi bosim jins mustahkamligidan oshmaydi.
Jins massivining bosimli holati va CHSD holati togʻ jinslari mexanikasi boʻyicha tosh tuzi holatini hisoblash quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(1)
(2)
bu yerda:
mazkur ilovaning 1 va 2-formulalarida:
σ1 — tegishli bosimlar intensivligi;
σi∞ — σv asosiy bosimning berilgan yigʻindisining davomli mustahkamligi chegarasiga muvofiq tegishli bosim intensivligi;
ϵi — siljish deformatsiyasi intensivligi;
ϵi∞ — σ1 = σi∞ hamda cheksiz katta vaqt qiymatidagi siljish deformatsiyasi intensivligi;
E — deformatsiya moduli;
v — Puasson koeffitsiyenti;
ϵv — hajmiy deformatsiya;
σ1, σ1, σ1 — asosiy bosimlar;
ϵ1, ϵ2, ϵ3 — asosiy deformatsiyalar.
CHSD ϵi siljish deformatsiyasi intensivligining qiymati ϵi∞ qiymatidan oshiq boʻlgan jins massivini oʻz ichiga oladi.
(1) va (2) tenglamalarining parametrlari σ1∞ , ϵi∞ E, v tosh tuzi namunalarini asosiy σv, Pa, bosimlar doimiy yigʻindisining sirgʻaluvchan sharoitdagi davomiy sinovlari (700 h) natijalarini quyidagi formulaga muvofiq hisoblangan qayta ishlash orqali aniqlanadi.
σv= 2gpr N
bu yerda:
pr — rezervuar tomidan yuqori joylashgan jinslarning oʻrtacha zichligi, kg/m3.
Tosh tuzini deformatsiyalash jarayonida namuna hajmining ortishi kuzatiladigan σi, ning eng katta qiymati — σi∞ qiymatdir. ϵi∞ parametrini hisoblash uchun, davomli (100 h dan yuqori) taʼsir natijasida σi tegishli bosimlar intensivligi buzilganida — tajriba-sinov orqali ϵi qiymatini aniqlash zarur. Bunda ϵi∞ kattaligi quyidagi formulaga muvofiq hisoblanadi:
Deformatsiya moduli va Puasson koeffitsiyenti σi = σi∞ sinovlar davomida olingan bir zumlik boʻylama va koʻndalang deformatsiyalarga koʻra aniqlanadi.
Silindrik rezervuarning l, m kengligini quyidagi formulaga muvofiq aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
(3)
bu yerda:
Vadm — tom atrofining ruxsat etilgan CHSD v hajmi, m3;
Vr — kengligi l=1 boʻlgan rezervuar uchun quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadigan tom atrofi CHSD hajmi
(4)
a,β — oʻlchamsiz δ kattalikdan kelib chiqib qiymatlari jadvalda keltirilgan, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan oʻlchamsiz
(5)
va ularning h balandligining l kenglikka nisbati (jadvalga qarang).
Ushbu ilovaning 4-formulasi boʻyicha hisoblangan Vr qiymat 1,37⋅10-3 dan kichik boʻlsa, Vr, = 1,37⋅10-3 qabul qilinishi kerak.
Jadvalda keltirilganidan farq qiluvchi δ qiymatlarda ushbu ilovaning 4-formulasi boʻyicha ikkita eng yaqin δ uchun CHSD hajmlari hisoblab chiqilishi, tekis interpolyatsiya orqali zaruriy Vr qiymat topilishi va ushbu ilovaning 3-formulasi boʻyicha rezervuarning kengligi aniqlanishi kerak.
SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 7-ILOVA
Qoʻshni texnologik quduqlar oʻrtasidagi masofani aniqlash
Qoʻshni a, m, texnologik quduqlar ogʻzi oʻrtasidagi masofani quyidagi formula boʻyicha hisoblash lozim:
(1)
bu yerda:
r — yer osti rezervuari radiusi*, m;
z — yer osti rezervuarlarining shakliga koʻra ular oʻrtasidagi toʻsiqning minimal oʻlchamini hisobga olgan koeffitsiyent boʻlib, quyidagi yer osti rezervuarlari uchun teng deb qabul qilinadi:
sharsimon shakldagi — 2;
quduq oʻqi boʻylab choʻzilgan, aylanuvchi jismlar koʻrinishidagi — 2,5;
n — shakl hosil qilishdagi xatolarni hisobga olgan, quyidagiga teng qabul qilinadigan koeffitsiyent:
tuzni erish sxemasi uchun yuqoridan pastga — 0,1;
tuzni erish sxemasi pastdan yuqoriga — 0,5;
aralash va boshqa sxemalar — 0,2;
k — rezervuar devorlaridan quduq oʻqigacha masofani hamda tuzni eritish jarayonida hosil boʻlgan rezervuar shaklining ehtimoliy nosimmetrikligini hisobga olgan, jadvalga muvofiq aniqlangan koeffitsiyent.
Qoʻshni rezervuarlar turli oʻlchamga ega boʻlsa, formuladagi r qiymat kattaroq radiusga teng qabul qilinadi.
Yer osti rezervuari tomining shaklini gumbazsimon yoki konussimon va rezervuar tomini diametri 30 m boʻlgan yuqori yassi qismidan boshlab loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Qalin tuz konlarida quduqlar ogʻzi oʻrtasidagi masofani rezervuarlarning ikki yoki koʻp yarusli joylashishi hisobiga qisqartirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, qoʻshi yer osti rezervuarlarining toʻsiqlari kattaligi eng qisqa masofa boʻyicha formula talablariga muvofiq boʻlishi, rezervuar devoridan qoʻshi quduqqacha boʻlgan masofa esa kamida 50 m ni tashkil etishi kerak.
Yer osti omboridan mahsulotni toʻyingan shoʻr suv yoki suv bilan siqib chiqarish zarur boʻlganida, ishlatish jarayonida yer osti rezervuarini qoʻshimcha yuvishni hisob-kitob qilish va uning yakuniy konfiguratsiyasini aniqlash lozim.
SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 8-ILOVA
Mahsulotni filtrlash shartlariga muvofiq rezervuar tomidagi himoya tuz ustuni oʻlchamini hisoblash (suv qatlami yoʻqligida)
Rezervuarning tomidagi tuz ustunining qalinligi — m, ni quyidagi formulaga muvofiq aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
biroq, konstruktiv sabablarga koʻra kamida 20 m etib qabul qilinadi.
bu yerda:
ϵ — ustun chegarasidagi quvur tashqarisidagi sement halqasining oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti, m2;
A — ustun chegarasidagi quvur tashqarisidagi sement halqasining oʻrtacha maydoni, m2;
Nr — yer yuzasidan kamera hosil boʻladigan tosh tuz qatlami tomigacha boʻlgan masofa, m;
Pb — qatlam suyuqligining toz tuzi qatlami tomi darajasidagi statik bosimi, Pa;
a — umumiy saqlash vaqtiga nisbatan mahsulotni rezervuarga quyish vaqtini hisobga olgan koeffitsiyent (birlik ulushida);
Pr — texnologik quduqning markaziy ustunidagi gidravlik qarshilik va mahsulotni rezervuarga quyish jarayonida shoʻr suvni harakatlanishida boshdagi qarshi bosim yigʻindisi, Pa;
n — saqlanayotgan mahsulotning dinamik yopishqoqligi, Pa ⋅ s;
Qp — saqlanayotgan mahsulotning tuz ustuni doirasida quvur tashqarisidagi sement halqa orqali yoʻl qoʻyilgan hajmiy sarfi, m3/s, amaldagi yer osti suvlarini ifloslanish muhofaza qilish sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq aniqlanishi lozim (hisob-kitoblarda Qp = 4⋅10-11 m3/s yoʻl qoʻyiladi).
Yer osti rezervuarining mustahkamligi shartlariga koʻra tuz ustunining oʻlchami, saqlanayotgan mahsulotni mustahkamlash quvurining tashqi sement halqasi orqali filtrlash shartlari boʻyicha tuz ustuni oʻlchamidan katta boʻlsa, katta qiymat qabul qilinishi kerak.
SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 9-ILOVA
Shoʻr suvni chuqur suv qatlamlariga yuborish boʻyicha inshootlarning texnik tavsiflarini aniqlash
1. Yuborilayotgan shoʻr suv tarkibida yoʻl qoʻyiladigan erimaydigan qoʻshimchalar (EQ)ning miqdori quyidagi 1-jadvalga muvofiq uning oʻtkazuvchanligi va yutuvchi qatlam kollektori turiga koʻra aniqlanadi.
2. Shoʻr suvni EQdan tozalash usulini tanlashda quyidagi 2-jadvalga rioya qilinishi lozim.
3. Siqilgan δm shlamda qoʻshimchalarning (qattiq faza) oʻrtacha konsentratsiyalanishi quyidagi 3-jadvalga muvofiq dastlabki shoʻr suvdagi EQ miqdoriga koʻra qabul qilinadi.
4. Shoʻr suvning birinchi tindirilishi 6 h dan kam boʻlmasligi kerak.
Tindirish kartalaridagi choʻkish zonasining chuqurligi 1,5 m dan oshmasligi kerak.
5. Shoʻr suvni tozalash unga navbatma-navbat shoʻr suvning 6 — 8 gacha pN qiymatlardagi temir sulfati (FeSO4), natriy silikati (Na2SiO3) va poliakrilamid (PAA) suvli eritmalarni kiritish orqali amalga oshirilishi kerak. Boshqa pN qiymatlarida shoʻr suvni neytrallashtirish koʻzda tutilishi lozim.
6. Yakka bostirma quduqning qs, m3/(h⋅MPa) solishtirma qabul qiluvchanligini quyidagi formulaga muvofiq hisoblash lozim:
(1)
bu yerda:
α — quduq tubi zonasini tiqilib qolishi hisobiga bostirma quduqning qabul qiluvchanligining pasayishi koeffitsiyenti, 0,25 ga teng qabul qilinadi.
ϵ — suv qatlam oʻtkazuvchanligi koeffitsiyenti, m2;
m — ochiq suv saqlovchi jinslar quvvati, m;
nb — qatlam sharoitidagi shoʻr suvning dinamik yopishqoqligi, Pa — s;
ᴂ — pyezo-oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti, m2 /sut;
t — oʻrtacha shoʻr suvni quyish davomiyligi, sut;
rs — quduqning shoʻr suvni qabul qiluvchi qismining radiusi, m.
7. Shoʻr suvni yakka quduqqa bostirishda yoʻl qoʻyilgan
(2)
bu yerda:
rr — quv qatlami tomi jinslarining oʻrtacha zichligi, kg/m3;
Nr — suv qatlamining ochilgan oraligʻi tom qismining chuqurligi, m;
Pb — suv qatlamidagi statik qatlam bosimi, Pa.
8. Shoʻr suvni chiqarishda bostirma quduqlarning taxminiy sonini aniqlashda ular oʻrtasidagi oʻzaro gidravlik taʼsirni hisobga olish lozim.
Quduqdagi, ∆ij bosim oʻzgarishining kamayishini quyidagi formulaga muvofiq hisoblash kerak:
(3)
bu yerda:
i, j — quduqlar raqami;
rij — i, va j quduqlari orasidagi masofa, m.
9. Shoʻr suvdagi bostirma quduqlarning taxmini soni quyidagi formulaga asosan aniqlanishi lozim:
(4)
bu yerda:
Q — talab etilgan shoʻr suv quyish unumdorligi, m3/h.
10. p ≤ 2 boʻlsa, bitta zaxira quduqni koʻzda tutish lozim.
11. Yuqori bosimli shoʻr suv quvurlaridagi hisoblangan Rr, Pa bosimni quyidagi formulaga muvofiq aniqlanish kerak:
Pp = ph +Pbr +Ploc (5)
bu yerda:
Rh — bostirma quduq ustida ruxsat etilgan maksimal bosim, Pa;
Rbr Ploc — shoʻr suv quvuridagi muvofiq tekis va mahalliy Pa qarshilik gidravlikaning formulalariga muvofiq hisoblanadi.
12. Bostirma quduq ustidagi maksimal ruxsat etilgan Rh, Ra bosimni quyidagi formulaga muvofiq hisoblash lozim:
(6)
bu yerda:
λ — gidravlik qarshiliklar koeffitsiyenti, 0,024 ga teng qabul qilinadi;
v — shoʻr suvning harakatlanish tezligi, m/s (koʻpi bilan 2 m/s qabul qilinadi);
r — shoʻr suv quyiladigan bostirma quduq kanalining gidravlik radiusi, m.
13. Shoʻr suvni quyish uchun moʻljallangan nasos qurilmasining unumdorligini tuzning yer osti erish unumdorligiga teng qabul qilish lozim.
14. Nasos qurilmasining bostirish bosimini 5-formulaga muvofiq hisoblash kerak.
15. Shoʻr suvni bostirma quduqlarga quyish uchun nasosning pasportiga muvofiq bostirish bosimi hisoblangan bosimdan 10 foizdan ortiq boʻlmasligi lozim.
SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 10-ILOVA
Germetik tutashtirgichlar konstruksiyasi va lahimlarni germetiklash materiallari
1. Lahimlarni germetiklash uchun germetik tutashtirgichlarning quyidagi konstruksiyalarini koʻzda tutish lozim:
konturli gidro-zatvorli beton tutashtirgichlar (1-rasm) — neft va neft mahsulotlari uchun;
ikkitalik gidro-zatvorli beton tutashtirgichlar (2-rasm) — suyultirilgan uglevodorod gazi uchun;
ikkitalik metall tutashtirgichlar (3-4-rasmlar) — suyultirilgan uglevodorod gazi uchun;
bittalik beton tutashtirgichlar — neft va neft mahsulotlari uchun.
Tutashtirgichlarda germetik lyuk bilan toʻsilgan, aniq diametri kamida 600 mm boʻlgan teshik koʻzda tutilishi lozim.
1-rasm. Konturli gidro-zatvorli beton tutashtirgichlar
1-lahim, 2-bosim devori, 3-konturli gidro-zatvor sohasi, 4, 5-izolyatsiyalovchi suyuqlikni quyish va aralashtirish uchun moʻljallangan quvurlar tizimi, 6-yassi metall boʻlagi
2-rasm. Ikki qavat gidro-zatvorli beton tutashtirgichlar
1-lahim-sigʻim, 2-germetik tutashtirgichning bosim devori, 3-izolyatsiyalovchi suyuqlikka ega gidromuhar sohasi, 4-shtroba, 5-gidro-zatvordan havoni chiqarish quvuri, 6-gidro-zatvorni toʻldirish quvuri
3-rasm. Yuqori qismda joylashgan ikki qavatli metall tutashtirgich
1-stvol, 2-mustahkamlash quvurida joylashgan metall tutashtirgichlar, 3-quduq usti, 4-mahsulot oʻtkazmaydigan eritma,5-mustahkamlash quvuri, 6-lahim-sigʻim, 7-zumpf
4-rasm. Stvolning pastki qismida joylashgan ikki qavatli metall tutashtirgich
1-stvolning tayanch halqasi, 2-halqali metal yoqalar, 3-metall tutashtirgichlar, 4-mahsulot oʻtkazmaydigan eritma, 5-metall payvandlangan qobiq, 6-temir beton koʻylak, 7-lahim-sigʻim, 8-zumpf
2. Germetik tutashtirgichlar uchun material sifatida beton, temir-beton (poʻlat boʻlagi bilan aralashtirish zarur boʻlganida) va metall koʻzda tutilishi lozim.
3. Germetik tutashtirgichlarni qurish uchun foydalaniladigan betonlar quyidagi xususiyatlarga ega boʻlishi kerak:
siqilish uchun V 35n mustahkamlik sinfi;
oʻqdan tortish uchun Bt 2,4 mustahkamlik sinflari;
F 100 muzga chidamlilik rusumi;
W 12 dan past boʻlmagan suvga chidamlilik rusumi;
10 — 8 mkm2 (10 — 5mD) dan oshmaydigan gaz oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti;
0,80 dan kam boʻlmagan uglevodorod muhitiga agressiv qarshilik koeffitsiyenti.
4. Betonni tayyorlash uchun ushbu ilovaning 3-bandida keltirilgan talablarni hisobga olgan holda tortuvchi sement hamda turli kimyoviy qoʻshimchalar asosida yoki ularni jalb qilgan holda tayyorlangan beton va eritmalardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
5. Gidro-zatvorlar boʻshligʻini toʻldirish uchun bentonit kukuni asosidagi loyli izolyatsiyalovchi suyuqliklardan foydalanish lozim.
Gidro-zatvor boʻshliqlarini toʻldirish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va izolyatsiyalovchi suyuqliklar turli xil suv berish xususiyatiga ega boʻlishi (loyli eritmalarning suv berishini oʻlchash asbobi boʻyicha 2 — 6 sm3 va 15 — 18 sm3) va boʻlinib ketmasligi kerak.
Izolyatsiyalovchi suyuqlikka qoʻshimcha sifatida suyuq shisha, karboksimetil-sellyuloza, ishqor, gilan qoʻshimchalaridan foydalanish lozim.
Gidro-zatvor boʻshligʻidagi izolyatsiyalovchi suyuqlik bosimi lahim-sigʻimlarda saqlanayotgan mahsulotlar bosimidan 0,05 — 0,1 MPa (0,5 — 1,0 kgf/sm2) ga yuqori boʻlishi kerak.
6. Quvurlarning tashqi boʻshligʻi, lahimlarning mahkamlash maydoni, biriktirgichlar konturi va yorilgan zonalarni tamponlashda turli qoʻshimchalar bilan tayyorlangan sement va qatronlar asosidagi eritmalardan foydalanish lozim.
7. Sement asosidagi tamponlash eritmalariga quyidagi talablar qoʻyiladi:
2 kunlik egilishga chidamlilik — kamida 2,7 MPa (27 kgf/sm2);
gaz oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti — koʻpi bilan 10 — 8 mkm2 (10 — 5mD);
kengayish deformatsiyalari — kamida 4 va koʻpi bilan 14 mm/m;
uglevodorod muhitlariga qarshi agressiv chidamlilik koeffitsiyenti — kamida 0,85.
Qatronlar asosidagi tamponlash eritmalariga quyidagi talablar qoʻyiladi:
gaz oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti — koʻpi bilan 10 — 8 mkm2 (10 — 5mD);
yopishqoqlik — 14 — 18 s ( GOST 8420-22 boʻyicha);
uglevodorod muhitlariga qarshi agressiv chidamlilik koeffitsiyenti — kamida 0,85;
qisqarmaslik.
SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 11-ILOVA
3,8 x 3,8 m yondashuv lahimlar kesimida germetik δ tutashtirgichlar qalinligining r yuklamaga bogʻliqligi grafigi
(erkin tayangan plitalar hisob-kitoblari asosida)
I — V 25 sinf beton uchun;
II — V 30 sinf beton uchun;
III — V 40 sinf beton uchun.
SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 12-ILOVA
Shaxtasiz rezervuarlar texnologik quduqlarining issiqlik izolyatsiyasi qalinligini hisoblash
Texnologik quduqning issiqlik izolyatsiyasining minimal yoʻl qoʻyilgan (jinsni muzlagan holatda saqlab turish shartidan kelib chiqib) qalinligi d, m, ni quyidagi tenglama boʻyicha aniqlash lozim:
bu yerda:
tph, — suvning muzga faza oʻtish harorati, °S;
tr — muzlik jinslarining tabiiy harorati, °S;
tp — mahsulotning toʻldirish davridagi oʻrtacha harorati, °S;
erfx — jadval shakliga berilgan Gauss xatolari funksiyasi.
Quyidagi formulalarga muvofiq aniqlanadigan b va V koeffitsiyentlar:
(2)
(3)
bu yerda:
ai — issiqlik izolyatsiyasining issiqlik tarqatish koeffitsiyenti, m2/s;
Q — rezervuarni toʻlish tezligi, m3/s;
λ — issiqlik izolyatsiyasining issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti, W/ (m⋅°S);
ci — issiqlik izolyatsiyasining hajmiy issiqlik sigʻimi, Dj/(m3⋅°S );
λr — muzlik jinslarining issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti, W/(m⋅°S);
sr — muzlik jinslarining hajmiy issiqlik sigʻimi, Dj/ (m3⋅°S).
Tenglama grafik — analitik usulda yechilishi kerak.
0,01 — 0,2 m diapazonida 0,02 — 0,05 m qadami bilan d, m qiymatlarini hisobga olgan holda hisoblash yoʻli bilan tenglamaning oʻng tomon qismi aniqlanishi va uning grafigi tuzilishi lozim.
Hisoblash bilan tenglamaning chap qismi aniqlanishi va abssissa oʻqiga toʻgʻri chiziq, parallel oʻq koʻrinishida avvalgi grafikka oʻtkazilishi kerak. Tenglamaning chap va oʻng qismlari grafiklarining kesishish nuqtasi uning yechimi boʻlib, texnologik quduqning issiqlik izolyatsiyasining yoʻl qoʻyilgan minimal qalinligini aniqlab beradi.
SHNQ 2.09.22-22 “Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 13-ILOVA
Musbat haroratli jinslarda togʻ-kon usulida qurilgan yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlari yer osti inshootlarining ventilyatsiya tizimlariga qoʻyilgan talablar
1. Ochuvchi, kollektor va yondosh lahimlari hamda yer osti nasos stansiyalarida sunʼiy taʼminot va tortish ventilyatsiya tizimlari boʻlishi kerak.
Barcha taʼminot va tortish ventilyatorlari uchun zaxira tizimlar koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
2. Bir necha turdagi neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarida har xil turdagi mahsulotlarni quyish uchun yer osti nasos kameralariga xizmat koʻrsatuvchi tortish ventilyatsiyalarini oʻzaro birlashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Havo almashtirish soat tezligi quyidagicha qabul qilinadi:
yer osti nasos kameralari va biriktirgich zonalarida — 20;
stvol va kollektor lahimlarida — 6.
Etilli mahsulotlarni saqlashda yuqorida koʻrsatilgan havo almashtirish soat tezligi 50 foizga oshirilishi kerak.
4. Ochuvchi va elektron kollektor lahimlarining taʼminot ventilyatsiyasi havoni toʻgʻridan-toʻgʻri stvolga uzatish orqali amalga oshirilishi kerak.
Lahimlarning toza havo oʻtkazish uchun moʻljallangan qismi koʻtarish-tushirish vositalari, zinapoyalar boʻlimi, texnologik va ventilyatsiya quvurlari egallagan maydonlarni chiqarib tashlangan holda qabul qilinishi, bunda lahimlardagi havoning harakatlanish tezligi 8 m/s dan oshmasligi kerak.
5. Havoning yer osti kameralariga yetkazib berishda, havoning ushbu xonalarning ishchi muhitiga yetkazib berilishi lozim.
6. Yer osti nasos kameralarida mavsumiy ventilyatsiya tizimiga qoʻshimcha tarzda saqlanayotgan mahsulotlarning bugʻlari chiqish mumkin boʻlgan joylarda mahalliy soʻrish tizimlari boʻlishi kerak.
7. Yer osti neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gaz omborlarining yer osti qismida havo aylanishini taʼminlovchi ventilyatorlar yer ostidagi maxsus xonalarda oʻrnatilishi lozim.
Ventilyatorlarni yoqish va oʻchirish dispetcherlik xonasidan turib masofadan amalga oshirilishi kerak.
Barcha ventilyatsiya qurilmalari ularning oʻz-oʻzidan ishga tushishini istisno qilish uchun texnologik qurilma yordamida bloklangan boʻlishi lozim.
8. Tortuvchi havo oʻtkazgichlar yoʻldosh havo oqimlarini kirib kelishi ehtimolini minimallashtirish uchun, minimal miqdordagi ajraluvchi birikmalar bilan payvandlash orqali ulanishi kerak.
9. Omborlarning yer osti lahimlarida loyihaviy havo namligi va issiqligini taʼminlash uchun ventilyatsiya tizimini isitish va tozalash tizimlari koʻzda tutilishi kerak.
