Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida (3218-1-son)
27.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3218-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi PF-59-son “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2019-yil 30-dekabrdagi 46-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3218, 2020-yil 10-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 10/20/3218/0164-son) bilan tasdiqlangan Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. SAIDOV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-dekabr,
BR-45-son
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-son buyrugʻiga ILOVA
Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 3-band “orqali” degan soʻzdan keyin “onlayn tarzda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy konsullik hisobiga olish bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undiriladi. 16 yoshga toʻlmagan bolalarga alohida roʻyxatga olish varaqasi (elektron roʻyxatga olish varaqasi) toʻldiriladi.”.
3. 9-bandning toʻqqizinchi xatboshisidan “konsullik yigʻimi va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 23-banddan “konsullik yigʻimlari va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 2 va 3-ilovalar quyidagi mazmundagi 10-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
6. 4 va 5-ilovalar mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
