10-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida davlat nazorati
Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida (O‘RQ-1015-son) · Sana: 27.12.2024 · Amalda
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya telekommunikatsiyalar sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organdir (bundan buyon matnda davlat nazorati organi deb yuritiladi).
Davlat nazorati organi:
telekommunikatsiyalar sohasidagi qonunchilik, normativ hujjatlar va milliy standartlar talablariga rioya etilishi;
oʻz vakolatlari doirasida foydalanuvchilar huquqlarining taʼminlanishi va koʻrsatiladigan telekommunikatsiyalar xizmatlarining sifatiga rioya etilishi;
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va xizmatlarini rivojlantirishga doir choralar amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Davlat nazorati organi telekommunikatsiyalar sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Davlat nazorati organi oʻz vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha operatorlar va provayderlarning oʻrganilishi hamda tekshirilishini (moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda) qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat nazorati organi boshligʻining oʻrganish va tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida amalga oshirish huquqiga ega.
