44-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Davlat sirlari toʻgʻrisida (O‘RQ-1016-son) · Sana: 27.12.2024 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarga berish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda ekspertlar va maxsus komissiyalarni shakllantirish hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlarining oshkor etilishi yoki yoʻqotilishi oqibatida Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligiga yoxud davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar manfaatlariga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar miqdorini aniqlash tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ushbu Qonunning 6 va 20-moddalarida nazarda tutilgan maʼlumotlar va ularni tashuvchilar maxfiylashtirilishi natijasida maʼlumotlarni tashuvchilarning mulkdoriga yetkazilgan zararning miqdorini aniqlash tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan maxfiy-rejim organlari xodimlarining lavozim maoshlariga davlat sirlari bilan ishlaganlik hamda ushbu organlardagi xizmat davri uchun ustamalar miqdorini, shuningdek ularni toʻlash tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ushbu Qonunning 24-moddasida nazarda tutilgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani berish va bekor qilish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ushbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaning amal qilishi tugatilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqishga doir cheklovga beriladigan istisnolar boʻyicha tartibni ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ushbu Qonunning 32-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning birgalikdagi va boshqa faoliyatni amalga oshirish doirasida yuborish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
