38-modda. Davlat sirlarini himoya qilish tadbirlarini moliyalashtirish
Davlat sirlari toʻgʻrisida (O‘RQ-1016-son) · Sana: 27.12.2024 · Amalda
Davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek ularning tarkibiy boʻlinmalarining davlat sirlarini himoya qilish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan, davlat sirlaridan foydalanuvchi boshqa tashkilotlarning faoliyati esa ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan olinadigan daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat sirlarini himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining sarflanishi ustidan nazorat qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Agar ushbu nazoratni amalga oshirish davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlsa, nazoratni amalga oshiruvchi shaxslar davlat sirlaridan foydalanishga doir tegishli shakldagi ruxsatnomaga ega boʻlishi kerak.
