36-modda. Davlat sirlarini himoya qilishga doir talablar
Davlat sirlari toʻgʻrisida (O‘RQ-1016-son) · Sana: 27.12.2024 · Amalda
Davlat sirlarining kriptografik va texnik himoya vositalari, shuningdek axborotlashtirishning texnik vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tegishli maxfiylik darajasidagi axborotni himoya qilish talablariga muvofiqlikni tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻlishi kerak.
Davlat sirlarini himoya qilish vositalarini tadqiq etish, loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash, tashish, ulardan foydalanish, ularni saqlash va utilizatsiya qilish qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi kerak.
