8-modda. Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalarini shakllantirish
2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida (O‘RQ-1011-son) · Sana: 24.12.2024 · Amalda
2025-yil uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hajmi 1,9 trln. soʻm miqdorida belgilansin.
2025-yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari tegishli budjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining (bundan tumanlar va shaharlar budjetlarining jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga doir mablagʻlari mustasno) kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantiriladi. Bunda davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda tegishli tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari ushbu mexanizmlar joriy etilgan yildan oldingi yildagi hajmdan kam boʻlmagan miqdorda shakllantiriladi hamda qoʻshimcha mablagʻlarni shakllantirish tegishli yuqori turuvchi budjetlarning zaxira jamgʻarmalari mablagʻlarini kamaytirish hisobidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetini, viloyatlarning viloyat budjetlarini va Toshkent shahrining shahar budjetini, tumanlar va shaharlar budjetlarini ijro etish chogʻida yuqori turuvchi budjetdan ajratiladigan budjetlararo transfertlar miqdorlari oshgan taqdirda, tegishli budjetlar zaxira jamgʻarmalarining belgilangan miqdorlari qayta koʻrib chiqilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratilgan taqdirda ushbu Qonunga oʻzgartirishlar kiritilmaydi.
