6-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari
2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida (O‘RQ-1011-son) · Sana: 24.12.2024 · Amalda
2025-yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari 6-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2025-yil uchun respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlari prognozining ijrosidan qatʼi nazar, kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
