10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida olinadigan davlat qarzining hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarining cheklangan hajmini belgilash
2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida (O‘RQ-1011-son) · Sana: 24.12.2024 · Amalda
2025-yil uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,5 mlrd. AQSH dollari, shundan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun — 3,0 mlrd. AQSH dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun — 2,5 mlrd. AQSH dollari;
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining cheklangan sof hajmi 30,0 trln. soʻm;
davlat tomonidan majburiyatlar qabul qilinishi (sotib olinishi yoki toʻlanishi) va davlat tomonidan tasdiqlovchi xatlar berilishi talab etiladigan davlat-xususiy sheriklik prinsiplari asosida imzolanadigan barcha yangi loyihalar qiymatining cheklangan miqdori 6,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida belgilansin.
