SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-43-son)
08.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 30-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 283]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1998-yil 20-martdagi 28-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.06.07-98 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliq oʻtkazish va baliq muhofazasi inshootlari” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Energetika vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 8-avgust,
01/2-43-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 27-iyun
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 26-iyul
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 30-iyul
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
2024-yil 20-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 8-avgustdagi 01/2-43-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) tirgak devorlar, kema qatnovchi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlarini loyihalash, qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
SHNQ 2.03.05-23 “Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.02.01-19 “Bino va inshootlar asoslari”;
SHNQ 2.02.02-20 “Gidrotexnika inshootlarining asoslari”;
QMQ 2.03.11-96 “Qurilish konstruksiyalarni korroziyadan himoya qilish”;
QMQ 2.06.04-97 “Gidrotexnika inshootlariga yuklar va taʼsirlar”;
QMQ 2.06.06-98 “Beton va temir-beton toʻgʻonlar”;
QMQ 2.06.08-98 “Gidrotexnika inshootlarining beton va temir-beton konstruksiyalari”;
QMQ 2.06.01-97 “Gidrotexnika inshootlari. Loyihalashtirishning asosiy nizomlari”;
SHNQ 2.06.11-04 “Seysmik tumanlarda qurilish. Gidrotexnika inshootlari”;
SHNQ 2.03.01-24 “Beton va temir-beton konstruksiyalar”;
GOST 26775-97 “Ichki suv yoʻllaridagi koʻpriklardagi koʻprik osti kema yurish oraliqlarning gabarit oʻlchamlari” (rasmiy manba: Gabariti podmostovie sudoxodnix proletov mostov na vnutrennix vodnix putyax. Normi i texnicheskiye trebovaniya);
GOST 30774-2001 “Resurs tejash. Chiqindilarni boshqarish. Chiqindilar xavfi sertifikati. Asosiy talablar” (rasmiy manba: Resursosberejeniye. Obrasheniye s otxodami. Pasport opasnosti otxodov. Osnovnie trebovaniya).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
port akvatoriyasi — kemalarning manyovrlash va toʻxtab turishini taʼminlovchi belgilangan chegaralardagi suv yuzasi;
suv yoʻllari — suv havzalari va oqar suvlarning kema qatnovi yoki yogʻoch oqizishiga moʻljallangan qismlari;
bosimli front — suv bosimini qabul qiluvchi tirgak inshootlar majmui;
nasos stansiyasi — belgilangan sarf, bosim va vaqt bilan isteʼmolchiga suv yetkazib berish uchun gidrotexnika inshootlari va jihozlar majmuasi;
toʻsuvchi inshoot — port akvatoriyasini yoki qirgʻoq chizigʻining toʻlqinlari, oqiziqlar va muzlardan himoyalovchi gidrotexnika inshootlar;
oqim hosil qilish moslamasi — gidravlik oqimga toʻsiq hosil qilishiga moʻljallangan moslama;
baliqlarni muhofaza qilish inshootlari — baliqlar urugʻ (lichinka)lari, mayda va yirik baliqlarni gidrotexnika inshootlariga tushib qolishini oldini olishga va ularni tirik holatda suv obyektining xavfsiz joyiga yoʻnaltirishga moʻljallangan gidrotexnika inshootlari;
baliqlarni koʻtaruvchi inshootlar (baliqlar koʻtargichlar) — quyi byefdan yuqori byefga baliqlarni oʻtkazish shlyuzi yoki maxsus sigʻimlarda transport orqali amalga oshiriladigan gidrotexnika inshootlari;
baliqlarni oʻtkazish inshootlari — qisman dengizda va qisman daryoda yashovchi baliqlarni, urugʻ qoʻyish uchun dengizdan daryoga kiruvchi baliqlarni, baʼzi hollarda esa faqat daryo va koʻllarda yashovchi baliqlarni gidrotexnika inshootlari boʻgʻinining quyi byefidan yuqori byefiga (baliqlar zaxiralarini saqlab qolish maqsadida) oʻtkazishga moʻljallangan gidrotexnika inshootlari;
tranzit oqim — oqar suvning tranzit oqimidan hosil boʻlgan yoki oqim hosil qilish moslama yordamida gidravlik oqim toʻsigʻi tomonidan yaratilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootning ekrani boʻylab harakatlanuvchi oqim.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Seysmik hududlarda karst, koʻchirish va sel hosil boʻlishida koʻchib ketadigan gruntlar uchun moʻljallangan inshootlarning qurilish loyihalari mazkur SHNQ hamda boshqa qoʻshimcha talablarga muvofiq tayyorlanishi lozim.
4. Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari loyihalarida ushbu inshootlarni tarkibiga kiruvchi qishloq xoʻjaligi obyektlarida foydalanish talablarini hisobga olish kerak.
5. Inshootlarni rekonstruksiya qilishda ularning zamonaviy texnik talablarga muvofiqligi, alohida konstruksiya va inshootlarning toʻliq texnik holati, ularning ishonchlilik koʻrsatkichlari, normativ tavsiflari bilan belgilangan materiallar sifati, inshoot asosining ishonchliligi, konstruksiya va asosning zaxirasini, yuk koʻtarish qobiliyatini hisobga olish lozim.
6. Ushbu SHNQda qabul qilingan asosiy belgilar va ularga belgilangan indekslar mazkur SHNQning 1-ilovasida keltirilgan.
7. Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlarning turi va konstruksiyasini texnik-iqtisodiy asosga koʻra tanlash lozim.
8. Inshootlarning sinflari mazkur QMQ 2.06.01-97ga muvofiq loyihalanishi lozim.
9. Tirgak devorlarning I va II sinflarda va kema qatnovi shlyuzlarini mustahkamlik boʻyicha loyihalashda hamda III va IV sinflardagi inshootlar uchun gidravlik va boshqa tadqiqotlar oʻtkazilishi asoslanishi kerak.
10. Baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlarini loyihalash va qayta qurishda ularning qaysi sinfidan mansubligidan qatʼiy nazar ixtiologik izlanishlar va ekologik tadqiqotlar asosida bajarilishi lozim.
11. Baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlarini rekonstruksiya qilishda ularga boʻlgan zaruriyat va qayta qurish vaqtida yuzaga kelgan ekologik sharoitlarga mosligi aniqlanishi kerak.
12. I, II va III sinflarga mansub boʻlgan hamda foydalanish davrlaridagi dala kuzatuvlari va tadqiqotlar oʻtkazilishini taʼminlovchi nazorat-oʻlchov asboblari (keyingi oʻrinlarda — NOʻA) oʻrnatilishi lozim.
13. Dala kuzatuvlar tarkibi, hajmi va rejimlari loyiha tarkibidagi dasturga koʻra belgilanishi lozim.
14. IV sinfga mansub boʻlgan inshootlarda nazorat-oʻlchov asboblarini oʻrnatish zaruriyati asoslanishi kerak.
15. Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va baliqlarni muhofaza qilish inshoot konstruksiyalarining materiallariga qoʻyiladigan talablar QMQ 2.06.08-98 va SHNQ 2.03.05-23 ga muvofiq belgilanishi lozim.
16. Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va baliqlarni muhofaza qilish inshootlarini loyihalash va qayta qurish faoliyatini yoʻlga qoʻyishdan oldin atrof-muhitga taʼsiri baholanishi lozim.
17. Barcha turdagi qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga yoʻnaltirilish yoki mazkur chiqindilarni toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olib chiqish joylari bilan taʼminlanishi kerak.
18. Baliqlarni oʻtkazish va baliqlarni muhofaza qilish inshootlarning hududi qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olishda ularni toʻplash va vaqtincha saqlash uchun moʻljallangan maxsus chiqindi qutilar oʻrnatilishi lozim.
19. Baliqlarni oʻtkazish va baliqlarni muhofaza qilish inshootlari hamda ularga tutash hududlarda daraxt, butalar hamda yashil maydonlarga zarar yetkazmaslik, hosil boʻladigan chiqindilarning oʻz vaqtida bartaraf etilishi (olib chiqib va utilizatsiya qilinishi)ni taʼminlash kerak.
4-bob. Tirgak devorlar
20. Gidrotexnika inshootlarida tirgak devorlar konstruksiyasi va qoʻllanilishiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinishi lozim:
gravitatsiya (tirgak devorlar odatda gidrotexnika inshootlari boʻgʻini, qirgʻoq boʻyi, kemani bogʻlash (prichal) inshootlarning bosimli front inshootlar mazkur SHNQning 2-ilovasidagi 1-rasmiga muvofiq qoyali boʻlmagan va qoyali asoslarda barpo etiladigan hamda monolit yoki yigʻma beton va temir-betondan bajarilishi;
shpuntli yoki qoziqli konstruksiyalar mazkur SHNQning 2-ilovasidagi 2-rasmiga muvofiq shpunt yoki qoziqlarni oʻrnatish mumkin boʻlgan asoslarda qoʻllaniladigan tirgak devorlar.
21. Texnik-iqtisodiy jihatdan tirgak devorlar tosh-gʻishtdan yoki yogʻochdan (ryajali, shpuntli, qoziqli), shuningdek mazkur SHNQning 2-ilovasidagi 3-rasmiga muvofiq qoyaga ankerlangan koʻrinishida bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi.
22. Tirgak devorlarni loyihalashda quyidagilarni qoʻllash lozim:
qayta toʻldiriladigan grunt ustiga bostirma va asosning zichlash uchun qurilish davridagi yuklamalarni;
qoʻshni inshootga qoʻyiladigan tayanchni;
asosni nishabligi teskari boʻlgan devorlarning konstruksiyalari;
devorlarning balandligini kamaytirish uchun yirik zarrachali gruntdan bajariladigan toʻshamani;
yuklamani kamaytiruvchi va ekranlovchi konstruksiyalar (toshli prizmalar, qoziqli ekranlar)ni;
gruntning asosini mustahkamlash yoki uni qisman almashtirishning turli usullarini;
turgʻunlikni oshiruvchi qoʻshimcha konstruktiv elementlar (qayta toʻldiriladigan gruntga ankerlash, tishlar va tayanchlarni oʻrnatish, qayta toʻldiriladigan gruntni armaturalash)ni.
23. Qayta toʻldiriladigan gruntning xossalarini yaxshilash usullari (vaqtinchalik yuklama, tebranuvchi mashinalar, qatronlash (smolizatsiya), silikatlash, metall toʻrlari, temir-beton panjaralar, shisha yoki polimer tolalardan boʻlgan materiallarni oʻrnatish yoki gʻaltaklar bilan zichlash) bilan bir qatorda gruntni geosintetik materiallar bilan armaturalash lozim.
24. Gruntlarni armaturalash uchun qoʻllaniladigan geosintetik materiallar hajmiy katakli geopanjaralar, yassi geotoʻrlar va geomatolar koʻrinishida boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
25. Har bir aniq holat uchun tanlanadigan usul texnik-iqtisodiy asosga, shuningdek grunt turi hamda taʼsir etuvchi yuklarga mos ravishda belgilanishi lozim.
26. Tirgak devorlarning ortini qayta toʻldirishda yer sathi va grunt suvlarini chiqib ketishini va qayta toʻldirishda ishlatilgan gruntni tezkor deformatsiyalanishini taʼminlovchi dispers suv oʻtkazuvchi gruntlardan foydalanish kerak.
27. Seysmik taʼsirlar uchun bajariladigan hisoblar SHNQ 2.06.11-04ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
28. Loy gruntlardan qayta toʻldirishni amalga oshirayotganda, yer osti suvlarning sathining pasayishi va chiqarib yuborishi, muzlash natijasida koʻpchishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish (devorning orqa tomoniga 1 m qalinlikda koʻpchimaydigan gruntni yotqizish), shuningdek tuproqning siljuvchanligini hisobga olish kerak.
29. Koʻchki sodir boʻluvchi qiyaliklarni ushlab turuvchi inshootlarni loyihalashda tirgak devorning ortini qayta toʻldirish uchun filtratsiya suvlarini chiqib ketishini taʼminlovchi suv oʻtkazuvchan dispers gruntlardan foydalanish lozim.
30. Qayta toʻldiriladigan quruq grunt zichligining hisobiy qiymati sifatida bir tomonlama ishonchlilik ehtimoli a = 0,95 ga mos keluvchi ρd kattalik qabul qilinishi, shuningdek inshoot uchun gruntning fizik-mexanik xossalariga nazorat koʻrsatkichlari belgilanishi kerak.
31. Qayta toʻldiriladigan gruntning yotqizilgan zichligini taʼminlanganligi quyidagicha qabul qilinishi lozim:
I va II sinflardagi inshootlar uchun 90 foiz;
III-IV sinflardagi inshootlar uchun 70 foiz.
32. Qayta toʻldiriladigan grunt zichligiga boʻlgan talablarning pasaytirilishi har bir alohida holat uchun asoslab berilishi, shuningdek qayta toʻldiriladigan gruntning zichligi tirgak devor balandligi boʻylab bir xil boʻlishi kerak.
33. Qayta toʻldiriladigan grunt ustidagi inshoot yoki mexanizmlar joylashtirilishi, qayta toʻldiriladigan gruntning zichligi ushbu inshoot yoki mexanizmlardan foydalanish boʻyicha texnologik talablarda belgilangan choʻkish qiymatlari asosida belgilanishi lozim.
34. Qoyali boʻlmagan asoslar ustida barpo etilgan tirgak devorlar uzunligi boʻylab deformatsiya choklari (harorat va harorat-choʻkish choklari) bilan, qoyali asos ustida barpo etilgan tirgak devorlarning harorat choklari bilan boʻlinib chiqilishi kerak.
35. Deformatsiyali choklar orasidagi masofa (devor seksiyalari uzunligi) qurilish maydoning geologiyasi va gidroogeologiya tahlillari, iqlim sharoitlari va devorning konstruktiv yechimi, shuningdek qurilishda ishlab chiqarish usullar asosida bajarilgan hisoblar bilan belgilanishi lozim.
36. Choklar orasidagi masofa va ularning konstruksiyalari alohida seksiyalarning mustaqil ishlashini taʼminlashi lozim.
37. Yaxlit tirgak devorlarning beton va temir-beton konstruksiyalarini vaqtinchalik qurilish choklari orqali beton bloklarga boʻlish kerak.
38. Deformatsiya choklari va bosim qabul qiluvchi devorlarning yigʻma elementlari orasida qayta toʻldiriladigan gruntning suffoziyali turgʻunligini taʼminlovchi zichlash ishlariga koʻra amalga oshirilishi lozim.
39. Bosimsiz va bosimli devorlarda konstruksiyaning choklarida gruntning oʻtkazuvchanligini taʼminlash kerak.
40. Zichlangan konstruksiyalarda deformatsiyali choklar mazkur QMQ 2.06.06-98ga muvofiq qabul qilinishi lozim.
41. Gidrotexnika inshootlarining bosimli front tarkibiga kiruvchi tirgak devorlarning asosida suv bosimining hajmiy filtratsiya kuchlarining kamayishini, devor tagi boʻylab qarshi bosimni kamaytirilishi va grunt asosining suffoziyaga turgʻunligini taʼminlovchi filtratsiyaga qarshi chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek qoyali boʻlmagan asos ustida barpo etilgan devorlar uchun bunday chora-tadbirlar sifatida tishlar, shpunt yoki drenajlar qoʻllanilishi kerak.
42. Qoyali boʻlmagan asosda qoʻshni devor seksiyalar turli sathlarda joylashtirilganda yuqori sathda turgan devor seksiyasi ostidagi grunt suffoziyasini oldini olish maqsadida asos yuzasining qiya yoki pogʻonali qilib bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
43. Qoyali asoslar uchun drenaj oʻrnatish va sementatsiya pardasi (filtratsiyaga qarshi qurilma) oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
44. Tirgak devorlarning yerosti konturining elementlari mazkur QMQ 2.06.06-98ga muvofiq loyihalanishi lozim.
45. Tirgak devorlarning ortini grunt bilan qayta toʻldirishda filtratsiya suvlari mavjud boʻlganda yerosti suv sathining kamayishini va inshoot ortiga taʼsir etuvchi suv bosimining kamayishini taʼminlovchi drenaj oʻrnatilishi kerak.
46. Devor asosini yuvilib ketishidan himoya qiluvchi chora-tadbirlar (tosh toʻkma, plita yotqizish)ni taʼminlash lozim.
47. Inshootlarning konstruksiyasini loyihalashda devorlarni korroziyadan, koʻmilib qolishidan hamda kemalar, muz va ishqalanish taʼsiridan himoya qiluvchi chora-tadbirlarga koʻra amalga oshirilishi kerak.
48. Inshootlarda yuklash va tushirish ishlari, taʼmirlash va boshqa ishlarni xavfsiz bajarilishini taʼminlovchi konstruktiv elementlar (zinapoyalar, toʻsiqlar), shuningdek kemalarni bogʻlash uchun moslamalar oʻrnatilishi lozim.
5-bob. Kema qatnovi shlyuzlari
49. Kema qatnovi shlyuzlarining turi va konstruksiyaning turli texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab tanlanishi lozim.
50. Inshootlarning boʻgʻini tarkibiga kiruvchi kema qatnovi shlyuzlarining turi va konstruksiyasini tanlashda asosiy inshootlar uchun konstruktiv yechimlar va ishlarni bajarishda usullarni hisobga olish kerak.
51. Shlyuzlarning konstruksiyasini tanlashda bosim kattaligi, byeflardagi suv sathining oʻzgarishi, topografiya, maydonning iqlimiy va muhandislik-geologik sharoitlari, yuk oʻtish hajmi, hisobiy kemalarning turlari va oʻlchamlari hamda shlyuzning oʻtkazish qobiliyati, xavfsizligi va foydalanish qulayligini taʼminlashini hisobga olish lozim.
52. I, II va III sinflardagi inshootlarda qurilish va foydalanish davrida dala kuzatuvlarni amalga oshirishni taʼminlovchi NOʻAni oʻrnatilishi kerak.
53. Dala kuzatuvlarning tarkibi, hajmi va rejimlari loyihaga koʻra belgilanishi lozim.
54. IV sinfdagi inshootlarda NOʻAning oʻrnatilishi asoslab berilishi lozim.
55. Shlyuz materiallariga boʻlgan talablar SHNQ 2.06.11-04, SHNQ 2.03.05-23, QMQ 2.03.11-96 va SHNQ 2.03.01-24 ga muvofiq belgilanishi kerak.
56. Ichki suv yoʻllaridagi kema qatnovi shlyuzlari quyidagicha tasniflanishi kerak:
ketma-ket joylashgan kameralar soni boʻyicha — bir, ikki va koʻp kamerali;
parallel joylashgan kameralar soni boʻyicha — bir, ikki yoʻlakli va boshqalar;
kameraga taʼsir etuvchi bosim miqdori boʻyicha — past bosimli (Hd HdHd > 30 m) (bu yerda Hd — hisobiy bosim);
grunt asosining turi boʻyicha — qoyali va qoyali boʻlmagan asosdagi shlyuzlar.
57. Ichki suv yoʻllarining sinflari GOST 26775-97ga muvofiq belgilanishi lozim.
58. Kemalar qatnaydigan daryolarda gidrouzellar kaskadini loyihalashda, shu jumladan shlyuzlar, ushbu suv yoʻli uchun belgilangan kemalar qatnaydigan chuqurliklar navigatsiyaning hisoblangan butun muddati davomida uning butun uzunligi boʻylab taʼminlashi kerak.
59. Kemalar qatnaydigan chuqurliklarning alohida maydonlarida suv tubining chuqurlashishi yoki qoʻshimcha suv sarfi oʻtkazilish yoʻli bilan taʼminlashi asosga koʻra yoʻl qoʻyiladi.
60. Yuk aylanmasi va kema qatnovi hajmi, shuningdek shlyuzlarning oʻtkazish qobiliyati mazkur SHNQning 5-ilovasiga muvofiq aniqlanishi lozim.
61. Shlyuzlarning oʻlchamlari, gidrotexnika inshootlari boʻgʻinida va kema qatnovi kanallarida joylashtirilishi, shlyuz yoʻlaklari va kameralari soni, ularning kirish qismi, kemani bogʻlash hamda yoʻnaltiruvchi inshootlarning rejadagi koʻrinishi va oʻlchamlari, shuningdek shlyuzlarning suv bilan toʻldirish tizimlari mazkur SHNQning 6 — 10-ilovalariga muvofiq belgilanishi kerak.
62. Kema qatnovi shlyuzlarini loyihalashda suv yoʻllari uchun hisoblangan ortiqcha boʻlish ehtimoli (foiz) dan kam boʻlgan toshqin suv sarfining bir qismini oʻtkazish uchun foydalanishda quyidagicha hisobga olinishi kerak:
yirik magistral yoʻllar uchun — kamida 1 foiz;
magistral yoʻllar uchun — kamida 3 foiz;
mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar uchun — kamida 5 foiz.
63. Kema qatnovi shlyuzlari orqali chiqarib yuboriladigan toshqin suv sarflarining texnik-iqtisodiy jihatdan asoslangan boʻlishi lozim.
64. Kema qatnovi shlyuzlarining mavsumini uzaytirish va havonining manfiy haroratlarida shlyuzlarning ishlashini taʼminlanishini hisobga olgan holda loyihalash, shuningdek asosiy darvozalar, tarkibiy qismlar va kamera devorlarining isitishini amalga oshirish, maynlar oʻrnatish, kameralarni muzdan tozalashni taʼminlash lozim.
65. Shlyuz kameralari quyidagicha tasniflanishi kerak:
kamera tubining turi boʻyicha — suv oʻtkazuvchi va yaxlit suv oʻtkazmaydigan tubli (kesib qilingan boʻylama chokli yoki dokli koʻrinishidagi tub);
suv oʻtkazish galereyalarisining joylashishi boʻyicha — kamera tubi yoki devorlaridagi suv oʻtkazmaydigan va suv oʻtkazadigan galereyali;
devorlar ortini qayta toʻldiriladigan grunt balandligi boʻyicha — toʻliq va toʻliqsiz qayta toʻldirilgan;
devor turi boʻyicha — qiya, yarim qiya va vertikal.
66. Shlyuz kameralari yuqori byefda joylashganda va asosida filtratsiya koeffitsiyenti yuqori boʻlgan gruntlarda, quyi qismi kesilmagan kameraning dok turidagi konstruksiyalari bilan taʼminlanishi lozim.
67. Quyi byefda joylashgan kameralar tubida doimiy boʻylama choklar (texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berilsa) bajarilishi kerak.
68. Qoyali boʻlmagan gruntlar ustida barpo etiladigan shlyuz kameralarining devorlari monolit yoki yigʻma beton, shuningdek temir-betondan ishlangan gravitatsiya turida amalga oshirilishi lozim.
69. Shpuntni choʻktirishda poydevorlar asosida qurilgan past bosimli shlyuzlar uchun kamera devorlarining (texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berilsa) shpunt yoki qoziqlardan barpo etilishi kerak.
70. Qoya gruntlarda barpo etilgan shlyuzlar mazkur SHNQ 5-ilovasidagi 3-rasmiga muvofiq qoyaga ankerlanishi yoki mazkur SHNQ 5-ilovasidagi 1-rasmiga muvofiq gravitatsiya turida qurilishi, shuningdek shlyuzlarda kamera tubi asosiga ankerlangan yoki devorga tiralgan plita koʻrinishida loyihalanishi lozim.
71. Qoyali asoslar ustida barpo etiladigan shlyuzlarning kallagi ustunlar va ulardan ajratilgan hamda asosga ankerlangan yoki devorga tiralgan tub plitasi koʻrinishida loyihalanishi kerak.
72. Shlyuz kameralarining old yuzalari vertikal qilib yoki qayta toʻldirilgan grunt tomonga 50:1 dan yuqori boʻlmagan nishabli qilib loyihalanishi lozim.
73. Devorlarning qiya qirralari boʻylama yoʻnalishida nishabligi 1:5 dan yuqori boʻlmagan oʻtish maydoni ustunlarning kallagi vertikal qirralar orqali tutashishi kerak.
74. Balandligi 10 m dan yuqori shlyuz kamerali devorining orqa qirralari, oʻzgaruvchan balandlik nishabligi bilan bajarilishi kerak.
75. Shlyuzlarni loyihalashda deformatsiyali choklar oʻrnatilishi, bunda ularning suv oʻtkazmasligini zichlash bilan taʼminlash kerak.
76. Shlyuzlarning yer osti konturining elementlari (ponurlar, shpuntlar, pardalar, diafragmalar, drenajlar) QMQ 2.06.06-98ga muvofiq loyihalanishi lozim.
77. Quyi byefda joylashtiriladigan shlyuzlarni loyihalashda shlyuz boʻylab qayta toʻldiriladigan gruntga drenajlar (ochiq yoki yopiq) oʻrnatilishi kerak.
78. Devor ortiga qayta toʻldiriladigan gruntning kengligi drenajning normal ishlashini taʼminlashi va qayta taʼmirlash uchun ochishga imkoni boʻlsa, yuqori byefda barpo etiladigan shlyuzlarni drenaj qurilmalar bilan oʻrnatilishi lozim.
79. Drenajni nishabli quyi byef tomonga qaratilishi va kamida 0,002 ga teng boʻlishi kerak.
80. Qoyali asos ustidagi qoplama-devorli shlyuzlarni loyihalashda qoplama ortiga yon tomonlama drenaj bilan bajarilishi kerak.
81. Yirik magistral va magistral suv yoʻllaridagi shlyuzlarning qayta toʻldirilgan gruntda yopiq drenaj yoʻllari odamlarning oʻtib-qaytishini taʼminlashi va kuzatuv quduqlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
82. Mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllaridagi shlyuzlarda yopiq drenaj quvurlarining diametri kuzatuv quduqlari orqali tozalash uchun yetarlicha katta boʻlishi kerak.
83. Yopiq drenaj yoʻllarida kuzatuv quduqlari kamida har 50 m da oʻrnatilishi lozim.
84. Shlyuzli drenaj qurilmalarning suv tashlash yoʻllari bilan yer usti suvlarini tashlash yoʻllari bilan birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
85. Drenaj qurilma konstruksiyalarning muzlashi, oqiziqlar bilan toʻlib qolishi va oqib yuruvchi jismlar bilan tiqilib qolishiga yoʻl quyilmaydi.
86. Drenaj qurilmasining yuqori uchi quyi byefga chiqish joyida pastki byefning minimal qishki sathi davridagi maksimal qalinlikdagi muz qatlamining ostki yuzasidan kamida 0,5 m pastda boʻlishi kerak.
87. Koʻp kamerali shlyuzlarning pastki kamerasi va bir kamerali drenaj tubining belgilari yuqori magistral suv yoʻllaridagi shlyuzlar uchun 10 foizdan va mahalliy ahamiyatga ega suv yoʻllaridagi shlyuzlar uchun 20 foizdan oshishi mumkin boʻlgan hisobiy ehtimoli bilan quyi byef suvi 1 m balandlikda qabul qilinishi kerak.
88. Koʻp kamerali shlyuzlarning yuqori va oʻrta kameralarning drenaji ushbu kameradagi suv sathidan 1 m balandroq qilib oʻrnatilishi, bunda uning sathi quyi joylashgan kamera drenaji sathidan past boʻlmasligi kerak.
89. Shlyuzlarning yuqori kallagidagi asosiy (foydalanish) va favqulodda taʼmirlash darvozalari, quyi kallagida asosiy va taʼmirlash darvozalarini taʼminlash lozim.
90. Mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllarida yuqori kallakning asosiy darvozalaridan favqulodda darvoza sifatida foydalanilishi, bunda ularning old tomonida taʼmirlash darvozalari oʻrnatilishi kerak.
91. Oqimning favqulodda va favqulodda-taʼmirlash darvozalari bilan toʻsilish vaqti har qanday muayyan holat uchun asoslab berilgan boʻlishi lozim.
92. Favqulodda va favqulodda-taʼmirlash darvozalari elektr taʼminoti toʻxtaganida suv oqimi bilan yopilishi kerak.
93. Bitta suv yoʻlida joylashgan yoki bir xil sharoitda ishlaydigan shlyuzlarning jihozlari bir xil boʻlishi hamda boʻgʻin va detallar maksimal ravishda unifikatsiya va standartlashtirilgan boʻlishi lozim.
94. Shlyuzning asosiy darvozasi yuqori byef tomondan kemalar urilishidan saqlovchi moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
95. Urilishdan saqlovchi moslamani hisoblash uchun kema urilish energiyasi mazkur SHNQning 3-ilovasidagi grafigidan aniqlanishi lozim.
96. Yuqori byefdagi kanalda keluvchi suv oqimining boʻylama tezligi 0,5 m/s dan kam boʻlsa, yuqori kallak darvozasi oldida urilishdan saqlovchi moslamani oʻrnatilmaslikka yoʻl quyiladi.
97. Kema bitta arqon (zanjir)dan iborat boʻlgan xavfsizlik uskunasining toʻsigʻiga tushganda, paydo boʻladigan kuch mos ravishda 2000, 3000 va 3000 t dan ortiq yuq koʻtarish qobiliyatiga ega kemalar uchun 0.6; 1.0; 1.1 MN (60, 100, 110 t) dan oshmasligi lozim.
98. “Daryo-dengiz” kemalari uchun kema urilishining hisobiy kuchini 1,5-martaga koʻpaytirish lozim.
Agar toʻsiq ikki yoki undan koʻp arqon (zanjir)li boʻlsa, kema urilish kuchining alohida kanatlar boʻyicha teng taqsimlanishi sharti bilan oshirilishi kerak.
99. Kemani urilish quvvatining soʻndirilishi 1 m/s2 dan oshmaydigan tezlanish bilan amalga oshirilishi kerak.
100. Darvozalardan tashqarida joylashgan saqlovchi moslamalar uchun kemaning urilish vaqtidan toʻliq toʻxtashigacha boʻlgan maksimal siljish masofasi kamera kengligining yarmidan oshmasligi lozim.
101. Darvozalarda saqlovchi moslamalar uchun joylashtirilgan kemaning maksimal siljish masofasi 1 m dan oshmasligi kerak.
102. Suv oʻtkazish galereyasini loyihalashda asosiy zatvorlardan tashqari shlyuzning ishlashini toʻxtatmagan holda har bir asosiy zatvorni alohida taʼmirlanishini taʼminlovchi taʼmirlash zatvorlari yoki moslamalari oʻrnatilishi kerak.
103. Suv quvurlarining kirish tuynuklariga oquvchi jismlarni ushlab turadigan panjaralar boʻlishi, shuningdek panjaralarni oʻrnatishda taʼmirlovchi zatvorlar oʻrnatilishi lozim.
104. Suvni oʻtkazish galereyasining suv olishi va suv chiqarishi maydonlarini suvsiz holatda kuzatish kerak.
105. Kameradan va suvni oʻtkazish galereyalaridan kuzatish va taʼmirlash davrida suvni toʻliq chiqarib yuborish uchun shlyuzlarda doimiy nasos qurilmalar oʻrnatilishi lozim.
106. Nasos qurilmalarning unumdorligi yirik magistral va magistral suv yoʻllaridagi shlyuzlardan suvni 24 h ortiq boʻlmagan vaqt ichida, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllaridagi shlyuz kameralaridan 48 h dan koʻp boʻlmagan vaqt ichida chiqazish uchun yetarli boʻlishi kerak.
107. Alohida holatlarda galereyalarning zatvorlar orasidagi joylarini quritish ishlarini shlyuz kamerasidan suvni chiqarmasdan koʻchma nasoslar yordamida amalga oshirish kerak.
108. Jihozlar 20 m gacha boʻlgan chuqurlikda joylashishi va shlyuz konstruksiyasining elementlarini koʻzdan kechirish va taʼmirlash uchun zinalar hamda 20 m dan ortiq boʻlgan chuqurlikdagi jihozlar uchun zina va liftlar oʻrnatilishi lozim.
109. Uzunligi 150 m dan ortiq kameralarda kamida ikkita zina boʻlishi kerak.
110. Markaziy boshqarish pultlari 15 m va undan yuqori balandlikdagi minoralarda joylashtirilganda yoʻlovchi liftlar oʻrnatilishi lozim.
111. Kemani bogʻlash va yoʻnaltiruvchi inshootlarni quyidagi turlarga boʻlish kerak:
doimiy (beton va temir-betondan tayyorlangan monolit, yigʻma va yigʻma-monolit hamda poʻlatdan tayyorlangan)ga;
suzuvchi (metall va temir-beton pontonlar)ga.
112. Kemani bogʻlash va yoʻnaltiruvchi inshootlarda balandligi 20 m gacha va byeflardagi suv sathlarning farqi 5 m gacha boʻlgan tebranishlar doimiy boʻlishi kerak.
113. Doimiy turdagi kemani bogʻlash va yoʻnaltiruvchi inshootlarni toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtib ketadigan konstruksiyali qilib bajarilishi kerak.
114. Yirik magistral va magistral yoʻllardagi shlyuzlarda shlyuzning butun ish zonasi boʻylab xizmat koʻrsatish ishlari kranlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
115. Kemalar va sollarni bogʻlash uchun shlyuz kameralari hamda kemani bogʻlash joylari va yoʻnaltiruvchi inshootlarda bogʻlash moslamalari, bogʻlash ustunlari, qoʻzgʻaluvchi va qoʻzgʻalmas halqalar bilan oʻrnatilishi kerak.
116. Kemani bogʻlash ustunlari kameraning ikkala tarafidan, hamda kemani bogʻlash chizigʻi va yoʻnaltiruvchi inshootlarda joylashtirilishi lozim.
117. Shlyuzlarda bosim 3 m dan oshmaganda kameralarning ikkala tarafida qoʻzgʻaluvchan halqa oʻrnatilishi kerak.
118. Shlyuzlar kengligi 15 m oshmaganda qoʻzgʻaluvchan halqalarda kameraning bir tarafdan oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
119. Qoʻzgʻalmas halqalarda kameraning ikki tarafdan va kema inshootlarini bogʻlashda balandligi boʻylab har 1,5 m masofada oʻrnatilishi lozim.
120. Ustunlar va halqalar orasidagi masofa hisobiy kemaning yarim uzunligidan oshmasligi, shuningdek 35 m dan ortiq boʻlmasligi kerak.
121. Qoʻzgʻaluvchi va qoʻzgʻalmas halqalarning tashqi burchaklari va ustunlarni oʻrnatish joylarida oraliqlar egri chiziq shaklidagi metall qoplama bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
122. Shlyuzga keluvchi kanallarda kema tubi ostida chuqurlik zaxirasi 2 m dan kam boʻlsa, kemani bogʻlash joylari yaqinida suv tubining yuvilishi mumkinligi (kema uskunalari ishlaganida suv oqimidan hosil boʻluvchi taʼsirlardan) hisobga olinishi, hamda bu yuvilishlarni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarga koʻra amalga oshirilishi kerak.
123. Obyektdan foydalanish davrida va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari oʻzgarganda shlyuzlarni rekonstruksiya qilishda quyidagicha amalga oshirilishi lozim:
yuk va kema oʻtkazish qobiliyatini oshirish;
jihozlarni modernizatsiya qilish;
asosiy inshootlar va ularning asoslarini yuk koʻtarish qobiliyatini tiklash;
shlyuzni taʼsir zonasidagi ekologik sharoitlarni yaxshilash.
124. Inshootlarni rekonstruksiya qilishda shlyuzning qoʻshimcha yoʻlaklarini barpo etish boʻyicha shlyuzning asosiy foydalanish funksiyalarini, navigatsiya davrlar oraligʻida amalga oshirilishi kerak.
125. Rekonstruksiya qilishda inshootning normal foydalanishida (tekshiruvlar natijasida aniqlanadi) elementlarning maksimal ishlatilishini taʼminlash lozim.
126. Rekonstruksiya qilinadigan inshootlarda va elementlarning texnik holati, materiallar va grunt asoslarining hisobiy xususiyatlari maxsus tadqiqotlar va hisoblar orqali va rekonstruksiya loyihasida qabul qilingan qurilish materiallari va grunt asoslarining haqiqiy xususiyatlari asosida aniqlanishi kerak.
127. Shlyuz loyihasi uchun gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash QMQ 2.06.01-97ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
128. Shlyuz loyihasi uchun gidrotexnika inshootlarining loyihalashda atrof muhitni muhofaza qilish QMQ 2.06.01-97ga muvofiq bajarilishi kerak.
6-bob. Baliqlarni oʻtkazish va baliqlarni muhofaza qilish inshootlari
1-§. Umumiy qoidalar
129. Daryolar, suv omborlari va baliq xoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa ichki suv havzalarida gidrouzellar va suv joylarini loyihalashda baliqlarni oʻtkazish va baliqlarni muhofaza qilish inshootlari loyihalanishi lozim.
130. Baliqlarni oʻtkazish va baliqlarni muhofaza qilish inshootlarining loyihalari tarkibiga quyidagilar kiritilishi kerak:
tekshirilayotgan suv havzasidagi baliqlar zaxirasi holatini umumiy baholash hamda ularni koʻpaytirish istiqbollari;
baliqlarning qishlash va urchish sharoitlarini tavsiflash, ularni oziqlanish va uvuldiriq sochish uchun koʻchishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish.
131. Mazkur paragrafning talablari baliqchilik xoʻjaliklari tomonidan barpo etilgan sunʼiy akvakultura usulida baliqlarni yetishtirish havzalarini qurilishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-§. Baliqlarni oʻtkazish inshootlari
132. Qisman dengizda va daryoda yashovchi baliqlarni, urugʻ quyish uchun dengizdan daryoga kiruvchi baliqlarni, shuningdek faqat daryo va koʻllarda yashovchi baliqlarning gidrotexnika inshootlari boʻgʻini quyi byefidan yuqori byefiga (baliqlar zaxiralarini saqlab qolish maqsadida) oʻtishini taʼminlash uchun baliqlarni oʻtkazish inshootlarini qurish lozim.
133. Baliqlarni oʻtkazish inshootlarini qurilishida texnologik jihatdan mavjud boʻlmasa, suv havzalarida baliqlarning turlari va miqdoriy tarkibini saqlab qolish uchun ixtisoslashgan baliqlarni yetishtirish va ovlash korxonalarini qurishni taʼminlash kerak.
134. Baliqlarni yetishtirish korxonalari, baliqlarni boqish xoʻjaliklari yoki baliqlar qoʻriqxonalarining loyihalanishi va qurilishi asosiy obyekt bilan bir vaqtda amalga oshirilishi lozim.
135. Gidrouzeldagi bosim va oʻtkazib yuborilgan baliqlar turlariga koʻra mazkur SHNQning 4-ilovasidagi 1-jadvalda va 11-ilovasida keltirilgan baliqlarni oʻtkazish inshootlarning guruhlari va turlariga koʻra qoʻllanilishi lozim.
136. Baliqlarni oʻtkazish inshootlari 5 foizdan ortiq ehtimollik bilan hisoblangan maksimal oqim tezligiga mos keladigan suv sathidagi ish sharoitlari asosida ishlab chiqilishi kerak.
137. Baliqlarni oʻtkazish inshootning turini har bir suv obyekti uchun yakka tartibda tanlanishi lozim.
Baliqlarni oʻtkazish inshootlarning joylashish oʻrni, guruhi va turini tanlashda quyidagilarni eʼtiborga olish lozim:
baliqlarning turi va oʻlchami boʻyicha tarkibi va soni (yuqori byefda baliqlarning tabiiy ravishda oʻrin tiklanishi uchun mavjud shart-sharoitlarini hisobga olgan holda baliqlarni oʻtkazish maqsadga muvofiq boʻlishi);
baliqlarning mavsumiy va kunlik oʻtish dinamikasi;
baliqlar turi uchun oqimning oʻziga xos tezliklari (ostonadagi, jalb etuvchi, oqizib ketuvchi va siltanuvchi tezliklar);
baliqlarning harakatlanish sathlari;
loyihalanayotgan gidrotexnika inshootlari zonasidagi harakat trassalari va toʻplanish joylarining tahlili.
138. Suv osti havzalarida va gidrotexnika inshootlari boʻgʻining kaskad shaklida joylashtirilganda baliqlar uchun koʻtargich inshootlaridan foydalanish lozim.
Baliqlar suzib oʻtuvchi inshootlar (zinapoya tarzidagi baliqlar suzish inshootlari) losos baliqlarni oʻtkazish uchun qoʻllanilishi lozim.
139. Baliqlarga xos boʻlgan oqim tezliklarining qiymatlari mazkur SHNQning 4-ilovasidagi 2-jadvali boʻyicha olinishi lozim.
140. Gidrotexnika inshootlari boʻgʻini majmuasida baliqlarni oʻtkazish inshootlarining soni va joylashishini aniqlashda ularning quyi byefdagi belgilangan asosiy toʻplanish maydonlaridan jalb etilishini taʼminlash lozim.
141. Gidrouzel stvoridagi baliqlarni oʻtkazish inshootlari gidravlik sharoitiga koʻra ularning gidrouzeliga yaqinlashadigan quyidagi hududida joylashtirilishi kerak:
oqim tezligini olib ketuvchi kanalning butun kengligi boʻylab oqizib ketish tezligidan past boʻlsa, suv tashlash inshootlarining (GES, suv tashlash toʻgʻonlari) seksiyalarida yoki seksiyalar oraligʻida;
oqim tezligining suv tashlash inshoot fronti boʻylab oqizib ketish tezligidan yuqori va asosiy oqim chetida oqizib ketish tezligidan past boʻlsa, suv tashlash inshootlarining chetlarida, jalb etuvchi tezlikka teng boʻlgan oqim hududlariga qarshi;
oqim tezligini olib ketuvchi kanalning butun kengligi boʻylab oqizib ketish tezligidan yuqori boʻlsa, quyi byefda, gidrotexnika inshootlari boʻgʻinidan oqim tezligi oqizib ketish tezligidan past boʻlgan masofada.
142. Baliqlarni toʻplagichga kirish joyida suvni tashlash inshootlaridan oqim tezliklari barcha baliqlar uchun oqizib ketuvchi tezliklardan ortiq boʻlmaydigan masofada joylashtirilishi, bunda baliqlarni toʻplagichga kirish joyida uning tubi daryo tubi bilan gidravlik va konstruktiv jihatdan ulanishi, shuningdek girdobli joylar va teskari oqimlar hosil boʻlmasligi lozim.
143. Jalb etuvchi tezliklar shleyfi baliqlarni toʻplagichdan ixtiologik tadqiqotlar orqali tahlil qilingan baliqlarni toʻplanish maydonlari yoki ularning quyi byefdagi harakat yoʻllarigacha yetib borishi lozim.
144. Jalb etuvchi tezliklar shleyfi uzunligi lsh hamda uning oxirgi stvoridagi bsh yarim kengligi quyidagi formulalar orqali aniqlanishi kerak:
bu yerda:
br — baliqlar toʻplagichning yarim kengligi;
vat — jalb qiluvchi tezlik;
vmt — suvni tashlash inshootlaridan keluvchi yoʻldosh oqimning oʻrtacha tezligi;
vw — ostonadagi tezlik.
145. Baliqlar yuruvchi inshootlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
kirish kallagi;
baliqlar yurish yoʻli;
baliqlar yurish yoʻlidagi oqimning ortiqcha energiyasini soʻndirish moslamasi;
ixtiologik moslamali yuqori kallak va taʼminlovchi blok.
146. Baliqlarni suzish yoʻliga jalb etish uchun moʻljallangan kirish kallagini ochiq turdagi nov koʻrinishida loyihalash, bunda nov kengligi baliqlar suzish yoʻli kengligiga teng boʻlishi va undagi suv chuqurligi 1,0 m dan kam boʻlmasligi lozim.
147. Quyi byefdan yuqori byefga baliqlarni oʻtish uchun moʻljallangan baliqlar suzish yoʻli uning turiga bogʻliq ravishda loyihalanishi lozim:
tubi doimiy yoki oʻzgaruvchan nishabli boʻlgan uzluksiz;
ketma-ket gorizontal va ogʻma maydonlardan iborat boʻlgan;
gorizontal maydonlardan, yaʼni pogʻonali joylashgan va tuynukli (baliqlar kirishi uchun) devorchalar bilan boʻlingan basseynlardan iborat boʻlgan.
148. Baliqlarni suzish yoʻli quyidagicha boʻlishi lozim:
kengligi 3,0 — 10,0 m;
suv chuqurligi 1,0 — 2,5 m;
tubining nishabligi 1:20 — 1:8.
149. Kameralar orasidagi sathlar farqi tuynuklardagi tezlik baliqlarning oldinga tashlanish tezliklaridan oshmasligidan kelib chiqqan holda belgilanishi kerak.
Agar baliqlarni yurish yoʻlidagi oqim tezliklari oqizib ketuvchi tezlikdan oshmaydigan boʻlsa, taʼminlash bloki birlashgan boʻlishi, (barcha sarf shu yoʻl orqali oʻtkazilishi), qolgan boshqa hollarda yoʻlga va kirish kallagiga yoki baliqlarni jalb etish doirasiga sarflar alohida berilgan mustaqil (avtonom) holdagi taʼminlash bloki oʻrnatilishi lozim.
150. Baliqlarni koʻtarish inshootlari tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiritilishi lozim:
baliqlar toʻplagich (pastki nov);
ishchi kamera yoki konteyner;
yuqori (chiqish) nov va taʼminlash bloki.
151. Baliqlarni koʻtarish inshootlari ixtiologik va tutashtiruvchi moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
152. Baliqlar toʻplagichlar ochiq turdagi boʻylama nov koʻrinishida loyihalanishi, bunda novning koʻndalang kesimi toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻlishi kerak.
Nov ustiga vaqti-vaqti bilan shovqin, tebranish va yorugʻlik soyasi hosil qiluvchi koʻpriklar, kabellar va boshqa oʻtish joylarini oʻrnatishga yoʻl quyilmaydi.
Baliqlar toʻplagichlarning minimal parametrlari quyidagicha keltirilgan:
uzunligi L — 60,0 m;
kengligi b = 2 br. — 6,0 m;
chuqurligi d — 1,5 m.
153. Baliqlar toʻplagichga uzluksiz suv uzatilganda baliqlarni jalb etish uchun bir yoʻlakli koʻrinishda loyihalash lozim.
154. Baliqlar toʻplagich konstruksiyasi nov ichida uning uzunligi va kengligi boʻylab tezliklarni bir tekis taqsimlanishini taʼminlashi, bunda maksimal tezlikning oʻrtacha tezlikka boʻlgan nisbati 1,2 dan oshmasligi kerak.
155. Baliqlarni gidrotexnika inshootlari boʻgʻinining quyi byefidan yuqori byefiga oʻtkazishga moʻljallangan ishchi kamera quyidagi koʻrinishda boʻlishi lozim:
gidravlik baliqlar-koʻtargichlarda vertikal yoki ogʻma shaxta;
baliqlarni oʻtkazish shlyuzlarida ochiq kamera (kema qatnovi shlyuzi kamerasi kabi);
mexanik baliqlar koʻtargichlarda va baliqlarni transport qilish zarurati boʻlgan boshqa qurilmalarda suv toʻldirilgan sigʻimlar shaklida.
156. Ishchi kamera kengligi baliqlar toʻplagich kengligiga teng boʻlishi lozim.
157. Ishchi kamera uzunligi quyidagi formulalar yordamida hisoblanishi kerak:
baliq koʻtargichlar uchun:
bu yerda:
n — bir ish davrida baliqlarni oʻtkazish inshootiga kiruvchi hisobiy baliqlar soni, dona;
V — bitta baliqlar turi uchun kerakli boʻlgan suv hajmi, osetr baliqlari uchun 0,17 m3, boshqa turdagi baliqlar uchun 0,02 m3 (bir dona baliqlar uchun) ga teng qilib olinadi;
S — ishchi kameradagi oqimning jonli kesim yuzasi (undagi chuqurlik minimal boʻlganda), m2
baliqlarni oʻtkazuvchi shlyuzlar uchun:
bu yerda:
amax — taʼminlash blokining suv oʻtkazish tuynugini maksimal ochilish kattaligi.
158. Ishchi kameraning toʻlish vaqti undagi suv sathining 2,5 m/min dan yuqori boʻlmagan tezlikda koʻtarilish shartidan kelib chiqib belgilanadi, shuningdek ishchi kameraning boʻshatilish vaqti shunday boʻlishi, bunda taʼminlash bloki va boʻshatish tizimi ichidan tushuvchi jami suv sarfi loyihada berilgan jalb etuvchi tezlikni taʼminlovchi sarfidan oshmasligi kerak.
159. Baliqlarni ishchi kameradan gidrotexnika inshootlari boʻgʻinining yuqori byefiga chiqarish uchun moʻljallangan chiqish novining oʻlchamlari quyidagicha belgilanadi:
uzunligi (chiqish tuynuklari suv tashlash inshootidan tezliklar 0,4 m/s dan oshmaydigan masofada joylashtirish shartidan kelib chiqib);
suv chuqurligi (baliqlarni oʻtkazish inshootidan foydalanish davrida suv omboridagi suv sathi maksimal past boʻlganda kamida 2 m);
nov ichidan chiqish tuynugining suvda koʻmilish chuqurligi (suv sathidan kamida 0,5 m pastda);
chiqish tuynugidagi jonli kesim yuzasi — kamida 8 m2.
160. Chiqish novining konstruksiyasi chiqish tuynugidan ishchi kamera yoʻnalishida uzluksiz yoki davriy (baliqlarni oʻtkazishning har bir davrida) oqim boʻlishini taʼminlashi, bunda oʻrtacha oqim tezligi maksimal uzunlikli baliqlar uchun ostona tezligidan kam boʻlmasligi va minimal uzunlikdagi baliqlar uchun ½ oqizib ketish tezligidan katta boʻlmasligi lozim.
161. Taʼminlash blokiga suv sarfini uzatish yoʻliga chiqish novi bilan birlashtirishga yoʻl quyilmaydi.
162. Taʼminlash bloklarini quyidagi koʻrinishda loyihalash lozim:
ishchi zatvorlardagi boshqaruv tuynuklar;
ejektor moslama va nasos qurilmalar;
suv tashlash qurilmalar;
gidroagregatlar.
163. Taʼminlovchi blok tezlik shleyfining shakllanishini taʼminlashi kerak, uning samarali uzunligi va kengligini mazkur SHNQning 79-bandiga muvofiq belgilanishi kerak.
164. Taʼminlash blokining suv tashlash tuynuklarining ochilish yuzasi A quyidagi formula boʻyicha belgilanishi lozim:
bu yerda:
N — zatvordagi bosim, m;
M — taʼminlash blokining sarf koeffitsiyenti.
165. Loyihalashning dastlabki bosqichlarida sarf koeffitsiyentini taʼminlash blokning konstruksiyasiga bogʻliq ravishda mazkur SHNQning 4-ilovasidagi 3-jadval boʻyicha aniqlanadi.
166. Baliqlarni oʻtkazish inshootlarini loyihalashda jalb etish rejimi soʻngida mazkur SHNQning 4-ilovasi 2-jadvaliga muvofiq baliqlar toʻplagichga kelayotgan oqimning tezligini jalb etuvchi tezlikning yuqori chegarasidan quyi chegarasigacha har soniyada 0,25 cm/s dan oshmagan gradiyent bilan kamaytirilishi lozim.
167. Oʻtayotgan baliqlarning hisobini yuritish, ularni ajratib olish va belgilash uchun ixtiologik moslama oʻrnatilishi, shuningdek ushbu moslama baliqlar toʻplagich ichida, ishchi kamerada yoki yuqori novda uzunligi kamida 2,5 m boʻlgan yopiq maydoncha koʻrinishida bajarilishi va baliqlar hisobini yuritish uskunalari va ixtiologik unga tushirish moslamalari bilan jihozlanishi kerak.
168. Ishchi kameraning uskuna va mexanizmlarini nov tashqarisidagi boʻshliqlarda yoki suv sathidan yuqorida joylashtirilishi lozim.
169. Baliqlarni oʻtkazish inshootlarining zatvorlarida toʻsinlar orasiga baliqlarni kirib qolishini oldini oluvchi ikki tomonlama qoplama boʻlishi kerak.
170. Baliqlarni oʻtkazish inshootlarining devorlari va tubidagi pazlar, boʻshliqlar va texnologik chuqurchalar baliqlar kirishidan saqlovchi toʻsiq-parda va panjaralar bilan toʻsilishi lozim.
171. Baliqlarni toʻplanishi, harakatlanishi, qoʻzgʻatilishi va tashilishi uchun moʻljallangan uskunalarda jihozlar hamda baliqlarni oʻtkazish inshooti yuzalari orasidagi boʻshliqlarni yopuvchi moslamalar boʻlishi lozim.
172. Chiqish novida yuqori byefga oʻtgan baliqlarning sonini aniqlovchi uskuna oʻrnatilishi lozim.
173. Baliqlarni oʻtkazish inshootining jalb etish zonasidagi baliqlar konsentratsiyasini oshirish uchun yoʻnaltiruvchi moslamalar oʻrnatilishi kerak.
174. Baliqlarni urugʻ tashlash joylariga oʻtishini taʼminlash uchun 0,3 — 0,4 m/s tezlikli oqim hosil qilish yoki urugʻ qoʻyish joyiga yoʻnaltiruvchi belgilar oʻrnatilishi lozim.
175. Belgilar sifatida tabiiy tosh, beton hamda boshqa elementlardan ishlangan alohida konstruksiyalar va joʻyaklardan foydalanish, bunda ushbu elementlar suv va biologik resurslarga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
176. Belgilarni oʻrnatishda joyiga koʻra tabiiy toshlardan foydalanish lozim.
177. Alohida elementlar koʻrinishidagi belgilarni oʻrnatishda elementlar orasidagi masofa gidrologik sharoitlar va suvning loyqalik darajasidan kelib chiqib belgilanishi kerak.
178. Baliqlarni oʻtkazish inshootining yoʻli boʻylab holatini koʻzdan kechirish va taʼmirlash uchun oʻtish joylar boʻlishi lozim.
179. Baliqlarni oʻtkazish yoʻlida nazorat maydonchalarini oʻrnatish, shuningdek ularning maydoni baliqlar harakatlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
3-§. Baliqlarni muhofaza qilish inshootlari
180. Baliqlarni muhofaza qilish inshootlari baliqlar urugʻ (lichinka)lari va yosh baliqlarni suv olish inshootlariga tushib qolishi, shikastlanishi va nobud boʻlishini oldini olish hamda baliqlar xoʻjaligi havzasiga olib oʻtilishini taʼminlash lozim.
181. Baliqlarni muhofaza qilish inshootlari ularning umumiy reproduktiv qobiliyatiga, ichki organlari va toʻqimalariga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
185. Baliqlarni muhofaza qilish inshootlarida ularni jalb qilinishi, ushlab qolinishi, yoʻnalishidan adashishi uchun sharoitlar va taʼsir zonalarini hosil boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
186. Baliqlarni muhofaza qilish inshootlarini loyihalashda QMQ 2.06.01-97-97ga koʻra bajarilishi lozim.
187. Baliqlarni muhofaza qilish inshooti suv olish inshootining bir qismi hisoblanishi, bunda baliqlar xoʻjaligiga oid oqar suvlardagi va suv havzalaridagi suv olish inshootlari baliqlarni muhofaza qilish inshootlarning konstruksiyalarini hisobga olgan holda loyihalanishi lozim.
188. Baliqlarni muhofaza qilish inshootlaridan suvni mexanik qoʻshimchalardan tozalash uchun moslama sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
190. Baliqlarni muhofaza qilish inshootlarini suv oqimlari va suv havzalarida oqar suv va muz mavjud boʻlganda suv havzalaridagi inshootlarni ishlatishga toʻsqinlik qiladigan boʻlsa, ularni qish mavsumida demontaj qilishga yoʻl qoʻyiladi.
191. Baliqlarni muhofaza qilish inshootlari ularni oʻtkazish va biologik jihatdan asosiga koʻra loyihalanishi, bunda quyidagi koʻrsatkichlar aniqlangan tegishli ixtiologik izlanishlar bajarilishi kerak:
muhofaza qilinuvchi baliqlarning turi va oʻlchami boʻyicha tarkibida;
baliqlarning migratsiya davrida;
baliqlarning suvdagi vertikal va gorizontal taqsimlanishida;
baliqlar urugʻlaydigan va qishlaydigan chuqurliklarning joylashgan joyida;
muhofaza qilinadigan mayda baliqlar uchun oqimning olib ketish tezligida.
192. Baliqlarni muhofaza qilish inshootlari bilan suv olish inshootlarining ekologik hududlashtirilishini hisobga olganda, ularni zichligi pasaygan zonalarda (biotoplarda) joylashtirilishi, shuningdek baliqlarning urugʻlanish hududlarida, qishlash chuqurliklarida, baliqlar lichinkalari va yosh baliqlarning intensiv migratsiya qilish va yuqori konsentratsiya ega boʻlgan hududlarda, qoʻriqxona zonalarda joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
193. Baliqlarni muhofaza qilish inshootlarida oʻlchami 12 mm dan ortiq boʻlgan tijorat baliqlar turlari uchun samaradorligi kamida 70 foiz boʻlishi lozim.
Baliqlarni muhofaza qilish inshootining parametrlarini isteʼmolchining hisobiy suv sarfini taʼminlash sharti bilan belgilanishi kerak.
194. Qurilayotgan yoki qurib boʻlingan suv olish inshootlari uchun baliqlarni muhofaza qilish inshootlarini loyihalashda loyihada nazarda tutilgan suv olish uchun asosiy talablarni buzmagan holda suv olish inshootining konstruksiyasiga oʻzgartirishlar kiritishiga yoʻl qoʻyiladi.
195. Baliqlarni muhofaza qilish inshootlari alohida lok koʻrinishida oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda baliqlarni himoya qilish va olib tashlash jarayoniga oʻzaro salbiy taʼsiri etmasligi kerak.
196. Ekologik tadqiqotlar asosida bir vaqtning oʻzida bir-birini toʻldiradigan ikki yoki undan ortiq turdagi baliqlarni himoya qilish inshootlarini loyihalashga yoʻl quyiladi.
197. Baliqlarni muhofaza qilish inshootlari turlaridan foydalanishda mazkur SHNQning 8-ilovasi 4-jadvalida hisobiy suv olish oqimi keltirilgan boʻyicha qabul qilinishi kerak.
198. Baliqlarni muhofaza qilish inshootlarining ekranlaridagi teshiklarning diametrlari mazkur SHNQning 5-jadvali boʻyicha qabul qilinishi lozim.
199. Toʻsuvchi baliqlarni muhofaza qilish inshootining ekranlarini oʻrnatishda olib keluvchi kanal oʻlchamlari ularda kanalning baliqlarni muhofaza qilish inshootiga yaqinlashib kelish joyidagi vf £ 1.5 vp tezlikni taʼminlash sharti bilan tayinlanishi lozim.
Bunda, vp — muhofaza qilinuvchi baliqlar turlarining maydalari uchun oqizib ketish tezligi.
200. Ekran seksiyasining uzunligi lp va baliqlarni oʻtkazish yoʻli kallagidagi oqim tezligi vt yaqinlashib keluvchi oqim tezligiga vf bogʻliq ravishda mazkur SHNQning 4-ilovasidagi 6-jadval boʻyicha qabul qilinishi kerak.
201. Toʻsuvchi baliqlarni muhofaza qilish inshootining rejadagi shakli egri chiziqli qilib quyidagi tenglama boʻyicha aniqlanadi:
, (6)
bu yerda:
x va y — mos ravishda egri chiziqli filtratsiyalovchi ekranning boʻylama va koʻndalang koordinatalari;
bp — ekranning bir seksiyasidagi suv olish yoʻli (baliqlar oʻtkazgich bilan) kengligi.
202. Baliqlar toʻsgichlarni yassi ekranlarning suv olib keluvchi kanalda oqimning geometrik oʻqiga nisbatan q ostida oʻrnatilishi lozim. Bu yerda, q burchak quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
, (7)
bu yerda:
bpl — ekranning bir seksiyasidagi suv olish yoʻli kengligi.
203. Mazkur SHNQning 120-121-bandlariga muvofiq oʻrnatiluvchi baliqlar toʻsgichlarning ekran maydonlari ekranning ish jarayonida ifloslanib qolishi mumkinligini hisobga oluvchi zaxira koeffitsiyenti g = 1,2 bilan qabul qilinishi lozim.
204. Toʻplovchi baliqlar muhofaza inshootlari quyidagi asosiy elementlarni oʻz ichiga olishi lozim:
suv oʻtkazuvchi kanal;
toʻplovchi moslama;
baliqlarni oʻtkazish yoʻli.
205. Toʻplovchi konstruksiyalarning koʻndalang kesim yuzasi S quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi zarur:
, (8)
206. Toʻplovchi moslamalar blokidagi seksiyalar soni quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
bu yerda:
Qmax va Qmin — mos ravishda suv olish inshootining maksimal va minimal suv sarflari.
207. Baliqlarni vertikal tarzda ajratish yoʻli orqali himoya qilishga moʻljallangan konsentrator konstruksiyasi toʻgʻri toʻrtburchakli yoki trapetsiyali kesimga ega boʻlgan quvur yoki nov koʻrinishida va ularga baliqlar toʻplovchi qurilmalar oʻrnatilgan tarzda loyihalanishi lozim.
208. Baliqlar konsentratorlari rejada torayib boruvchi va nishab tubli, choʻqqili va soyabonli qilib loyihalanishi lozim.
Novlarning parametrlarini tanlash usuli quyidagi formula yordamida aniqlanishi zarur:
, (9)
bu yerda:
bi va bi+1 — mos ravishda konsentratorning kirish hamda chiqish qismlarining kengligi;
l — konsentratorning uzunligi (choʻqqining pastki qirrasidan soyabonning yuqori qirrasigacha);
Qi — i-chi suv olish tuynugiga olinadigan suv sarfi;
vs — konsentrator-novlar choʻqqisi tepasidagi oʻrtacha boʻylama tezlik.
Konsentratorga kirish qismida 45° burchak ostida oʻrnatiladigan soyabon uzunligi lv = 0.3l bogʻliqlik bilan belgilanadi.
209. Baliqlarni muhofaza qilish inshooti baliqlarni himoya zonasidan ularga shikast yetkazmagan holda baliqlarni oʻtkazish yoʻli kallagiga yoki tranzit oqimga oʻtkazilishini taʼminlashi lozim.
210. Ochiq kanalda oʻtuvchi baliqlarni oʻtkazish yoʻlidagi oqim tezligi himoya qilinuvchi baliqlar uchun olib ketuvchi tezlikdan kam boʻlmasligi lozim.
211. Yopiq qismining uzunligi 50 m dan ortiq boʻlgan yopiq turdagi baliqlar oʻtkazuvchi yoʻllardan foydalanilganda kamida har 50 m da quduqlar oʻrnatilishi kerak.
212. Suvning yuza qatlamlaridan tushadigan baliqlarni himoya qilish uchun urilma soyabonlari va toʻsuvchi moslamalar qoʻllanilishi kerak.
213. Urilma soyabonlar va toʻsuvchi moslamalar yuk koʻtaruvchi konstruksiya hamda urilma qalqonlar va koʻtarish-transport jihozlariga ega boʻlishi lozim.
214. Urilma soyabonlarini, qalqonlarni mahkamlash, inshootni montaj va demontaj qilish hamda foydalanish sharoitlarini taʼminlash uchun yuk koʻtaruvchi konstruksiya doimiy (qoziqlarda va boshqa tayanchlarda oʻrnatilgan) yoki suzuvchi (bonlar, pontonlar) shaklda bajarilishi lozim.
215. Yuk koʻtaruvchi konstruksiyada toʻsuvchi moslama boʻylab oʻtish hamda baliqlarni nazorat tuzoqlarini oʻrnatish uchun panjarali koʻprikcha oʻrnatilishi kerak.
216. Yuk koʻtaruvchi konstruksiyaning uzunligi suv olish tuynuklarining front uzunligi, olinadigan suv sarfi miqdori va suv olish inshooti maydonchasining gidrologik rejimdagi xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanishi zarur.
217. Urilma toʻsiqlarining (shitlari) suv sathidan kamida 1 m chuqurlikda boʻlishi lozim.
218. Urilma soyabonlari bevosita suv oqimida nasos stansiyalari, pontonlari va vertikal tarzda joylashgan soʻruvchi quvurlar oldida oʻrnatilishi kerak.
Suv olish tuynuklariga kiradigan suv oqimining tezligi 0,8 m/s dan oshmasligi, shuningdek oqimni yoʻnaltiruvchi qalqonlar joylashgan maydondagi suv oqimi tezligi kamida 1 m/s dan kam boʻlmasligi kerak.
219. Toʻsuvchi moslamalar bevosita oqar suvda kallaklar oldida, kovshlar va keluvchi kanallarga kirish qismida oʻrnatilishi lozim.
Kallaklarning suv olish tuynuklariga, kovshlar va olib keluvchi kanallarga kirish qismidagi oqim tezligi 0,4 m/s dan oshmasligi hamda toʻsuvchi moslama joylashgan maydonda suv oqimining tezligi 0,8 m/s dan kam boʻlmasligi lozim.
220. Urilma soyabonlari va toʻsuvchi moslamalar baliqlarga zarar yetkazmasdan himoya zonasidan tranzit oqimga chiqarilishini taʼminlash lozim.
7-bob. Asosiy hisobiy talablar
221. Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va baliqlarni muhofaza qilish inshootlari, ularning konstruksiyalari va asoslari chegaraviy holatlar usuli boʻyicha hisoblanishi kerak.
222. Chegaraviy holatlarning hisoblari ikkita guruh boʻyicha amalga oshirilishi lozim:
birinchi guruh boʻyicha (inshootlar, ularning konstruksiyalari va asoslarining butkul yaroqsiz holga kelishi) — inshoot-asos tizimining umumiy mustahkamligi va turgʻunligi hisoblari;
asoslarning umumiy filtratsiya mustahkamligi;
qoyali asosdagi inshootlar uchun agʻdarilishga qarshi mustahkamlik hamda alohida turdagi inshootlar uchun yuzaga qalqib chiqishiga qarshi mustahkamlik;
buzilishi inshootning foydalanishini toʻxtashiga olib keluvchi alohida elementlarning mustahkamligi;
inshootdan keyinchalik foydalanib boʻlmaslikka olib keluvchi asosning turli qismlari tekis boʻlmagan siljishi;
ikkinchi guruh boʻyicha (normal foydalanishga yaroqsiz holga kelishi) — asoslarning mahalliy mustahkamlikka boʻlgan hisoblari, siljish va deformatsiyalarni cheklash boʻyicha hisoblar;
yoriqlar paydo boʻlishi yoki ularning ochilib ketishi boʻyicha;
birinchi guruh chegaraviy holatlar boʻyicha koʻrib chiqilmaydigan, inshootlarning alohida elementlarining mahalliy filtratsiya mustahkamligini buzilishi boʻyicha.
223. Beton va temir-beton konstruksiyalarning hisoblari, harorat taʼsirlariga boʻlgan hisoblar QMQ 2.06.08-98ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
224. Asoslar va inshootlarning filtratsiya hisoblari SHNQ 2.02.02-20 va QMQ 2.06.06-98ga muvofiq boʻlishi kerak.
225. I va II sinflarga oid boʻlgan gidrotexnika inshootlari uchun filtratsiya oqimning tavsiflari (sathlar, bosimlar, bosim gradiyentlari, sarflar) fazoviy masala yechimi orqali aniqlanishi, shuningdek III va IV sinflarga oid boʻlgan inshootlar hamda I va II sinflarga oid boʻlgan gidrotexnika inshootlarining oʻrta qismlari uchun (agar ularning uzunligi balandligining 2,5 barobaridan katta boʻlsa) yassi masala yechimi qoʻllanilishi lozim.
226. Qoyali asosda barpo etiladigan I va II sinflarga oid boʻlgan inshootlar hamda asos turi III va IV sinflarga oid boʻlgan inshootlarning tagiga taʼsir etuvchi filtratsiya bosimining alohida qismlariga taqsimlanishining chiziqli boʻlishidan filtratsiyaga qarshi moslamalar va drenajlarning (agar ular loyihada boʻlsa) yuklamasini yengillashtirish taʼsirini hisobga olgan holda aniqlanishi zarur.
227. Hisoblarda inshootning asos grunti bilan qayta toʻldirilgan gruntning birgalikdagi ishlashi hisobga olinishi, shuningdek qayta toʻldirilgan gruntining yon bosimini aniqlashda grunt va toʻsuvchi konstruksiyaning mustahkamlik va deformatsiya xususiyatlari, grunt va inshoot tutashish joyidagi sharoitlar, inshoot-asos tizimining yuklanish ketma-ketligi hamda xususiyati, suv sathlarining va atrof-muhit haroratining oʻzgarishlari, qoʻshni inshootlarning taʼsiri hisobga olinishi zarur.
228. Gruntdagi zoʻriqishlar va deformatsiyalar orasidagi bogʻliqlikning tekis boʻlmaganligi va aniq boʻlmaganligi hisobga olinishi lozim.
229. Inshootning asos tizimi hisobini yaqinlashtirish usullari bilan amalga oshirish mumkin, bunda gruntning yon bosimi mazkur SHNQning 141 — 143-bandlari va 12-ilovasiga muvofiq inshoot va qayta toʻldirilgan gruntning hisobiy tekisligiga taʼsir etuvchi asosiy va qoʻshimcha (reaktiv) bosimlar yigʻindisi sifatida aniqlanishi lozim.
230. Grunting ogʻirligi va boshqa hajmiy kuchlarga (filtratsiya, seysmik) hamda bostirib qayta toʻldiriladigan gruntga tushadigan yuklamalarga bogʻliq boʻlgan gruntning asosiy bosimi quyidagi hollar uchun aniqlanishi kerak:
gravitatsiyali tirgak devorlarning turgʻunligi hisoblarida qoyali boʻlmagan asoslardagi devorlarning ort tomoniga taʼsir etuvchi grunt bosimini (gruntni chegaraviy muvozanat holatida qabul qilgan holda) hisoblashda (faol bosim);
qoyali asosdagi devorlar uchun qoya bilan bogʻlanishi qattiq boʻlsa va pastki tomondan tayanch boʻlsa, gruntning chegaraviy holatgacha boʻlgan holatda deb qabul qilinadi (faol boʻlmagan bosim);
devorning old tomoniga taʼsir etuvchi grunt bosimi SHNQ 2.02.02-20ga muvofiq;
gravitatsiyali tirgak devorlar va shlyuz kameralarining deformatsiyalari va siljishlariga boʻlgan mustahkamlik (inshootning qoya bilan tutashishi) hisoblarida grunt bosimi devorning old va ort tomonlaridagi grunt chegaraviy holatgacha boʻlgan zoʻriqqan deb qabul qilgan holda.
231. Devor yoki asosi yuqori deformatsiyalanuvchan boʻlgan holda devorning ort va old tomonidan qayta toʻldirilgan gruntning chegaraviy muvozanati hosil boʻlishi ehtimoli koʻrib chiqilishi lozim.
232. Vaqtinchalik inshootning hisoblangan devorlar hamda balandligi 10 m gacha boʻlgan devorlar uchun gruntning faol bosimi hisoblariga koʻra amalga oshirilishi kerak.
Yupqa devorli konstruksiyalarning hisoblarida (shpuntli va boshqa) gruntning yon bosimi gruntni chegaraviy muvozanat holatida (ort tomoniga — faol, old tomoniga — faol boʻlmagan) deb qabul qilgan holda aniqlanishi zarur.
Deformatsiyalar va boshqa omillarning taʼsiri alohida konstruksiyalarni loyihalash normalari bilan belgilangan ish sharoitlari koeffitsiyentini (grunt bosimi yoki eguvchi momentlarning, anker reaksiyalarining va shpunt joylashish chuqurligining hisobiy qiymatlariga) kiritish yoʻli bilan hisobga olinishi kerak.
Grunt bilan qayta toʻldirilgan sergʻovakli konstruksiyalarning mustahkamlik va deformatsiya hisoblarida, qobiqchalarning ichki devorlariga taʼsir etuvchi yon bosim kuch taʼsiri va devorning quyi qismining asosga oʻyib kirishi hisobida bosimning oshishini eʼtiborga olgan holda aniqlanishi lozim.
233. Hisobiy tekislik sifatida inshoot yuzasining grunt bilan tutash joyi yoki grunt ichidagi shartli tekislik (yuza tekis boʻlmagan boʻlsa yoki yuklamani kamaytiruvchi elementlar boʻlsa) qabul qilinishi kerak.
234. Buzilish yuzasi (faol bosim) yoki boʻrtish yuzasi (faol boʻlmagan bosim) vujudga kelish bosqichiga mos keluvchi chegaraviy muvozanat holatidagi yon bosim hisobiy tekislik boʻylab ishqalanishni hisobga olgan holda aniqlanishi, bunda kotlovan qiyaligi profili boʻylab buzilishi va boʻrtish yuzasi yoki boshqa boʻshashgan yuza hosil boʻlish ehtimoli koʻrib chiqilishi lozim.
235. Qayta toʻldirilgan grunt xossalari, devorning ort yuzasi holati, dinamik yuklar taʼsiri va boshqa omillarga bogʻliq holda ishqalanish burchagining js absolyut qiymati 0 dan jI,II gacha (biroq 30º gacha) qabul qilinishi lozim.
236. Harorat taʼsiridan, toʻldirilgan shlyuzga suvning qoʻshimcha bosimidan yoki devorning old yuzasi tomonidan boshqa davomiy yuklardan hamda devorning qayta toʻldirilgan grunt tomon siljishiga olib keluvchi asos deformatsiyalari sodir boʻlishidan kelib chiquvchi devorning ort yuzasiga qoʻshimcha (reaktiv) bosim qayta toʻldirilgan grunt va asos bilan birgalikdagi inshootning hisobidan aniqlanadi.
237. Gruntning deformatsiya moduli va koʻndalang kengayish koeffitsiyenti yoki elastik qarshilik koeffitsiyenti bilan ifodalanuvchi elastik, chiziqli deformatsiyalanuvchi asos sifatida koʻrilishi kerak.
238. Konstruksiyalarning mustahkamlik va deformatsiya hisoblarida hamda temir-beton konstruksiyalardagi yoriqlar ochilishi hisoblarida gruntning qoʻshimcha (reaktiv) bosimi hisobga olinishi lozim.
Inshootlarning turgʻunligi hisoblarida gruntning qoʻshimcha (reaktiv) bosimi hisobga olinmasligi zarur.
239. Gruntning qoʻshimcha (reaktiv) bosimi intensivligi ordinatalari bilan gruntning asosiy bosimi intensivligi ordinatalari yigʻindisi faol boʻlmagan bosim intensivligidan oshmasligi lozim.
240. Qoʻshimcha (reaktiv) bosimni aniqlashda qayta toʻldirilgan grunt ortidagi inshoot balandligidan kichik boʻlgan masofada joylashgan boshqa inshootlar yoki qoyali massiv taʼsirlarini hisobga olish lozim.
241. Devorlar orasidagi masofa qayta toʻldirilgan grunt balandligidan katta boʻlmagan parallel tirgak devorli inshootlarda (ikki yoʻlakli shlyuzlarda) parallel joylashgan devorning qayta toʻldirilgan gruntiga koʻra siljishidan kelib chiqqan qoʻshimcha grunt bosimi hisobga olinishi lozim.
242. Rejada toʻgʻri chiziqli boʻlmagan, qayta toʻldirilgan grunt balandligi oʻzgaruvchan boʻlgan asosi, qayta toʻldirilgan grunt bir jinsli boʻlmagan yoki boshqa oʻzgaruvchan parametri kichik uzunlikdagi inshootlarning hisobini fazoviy konstruksiya hisobi kabi, butun inshoot yoki doimiy deformatsiyali choklar bilan chegaralangan seksiyasi uchun boshqa inshootlar yoki konstruksiyalar bilan oʻzaro taʼsirini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Agar mazkur parametrlar inshootning uchta balandligiga teng boʻlgan masofada uzunligi boʻyicha oʻzgarmas boʻlsa, hisoblar inshootning bir uzunlik birligiga amalga oshirilishi mumkin.
243. Qoyali boʻlmagan asosda joylashgan shlyuzlar kallagini hisoblashda, tubi va ustunlarini alohida barpo etilishi va keyinchalik dokli turdagi fazoviy konstruksiyaga tutashtirilishi koʻrib chiqilishi hamda qoyali gruntda barpo etiladigan shlyuzlar kallagida ustunlar bilan asos plitasi monolit qilinmasligi, ular alohida hisoblanishi lozim.
244. Inshootlarning tekis, chuqurlik va aralash turdagi siljishlarga boʻlgan turgʻunlik hisoblari SHNQ 2.02.02-20ga muvofiq agʻdarilishga boʻlgan turgʻunlik hisoblari mazkur SHNQning 148-bandiga muvofiq, suv ustiga qalqib chiqishga boʻlgan turgʻunlik hisoblari mazkur SHNQning 149-bandiga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
245. Yon yuzalarida grunt agʻdarmasi mavjud boʻlgan kema qatnovi shlyuz kallaklari yoki boshqa shunga aynan oʻxshash inshootlar turgʻunlik hisoblarida, qarshilik kuchlariga gruntni yon yuzalar boʻyicha ishqalanish kuchlari kiritilishi lozim.
246. Sergʻovak konstruksiyalarning tekis siljishiga boʻlgan turgʻunliklarini hisoblashda qobiqchani toʻldiruvchi gruntning ogʻirligi hisobga olinishi kerak.
Bunday konstruksiyalarning agʻdarilishiga boʻlgan turgʻunligini hisoblashda asosga bevosita uzatiluvchi qobiqchadagi grunt ogʻirligi hisobga olinmasligi lozim.
247. Siljish va agʻdarilishga boʻlgan odatiy turgʻunlik hisoblaridan tashqari shpuntli sergʻovakli konstruksiyalarni qobiqcha ichi vertikal tekisligi boʻyicha va shpunt qulflarini yorilishiga hisoblanishi kerak.
248. Qoyali asos yoki beton plita ustida barpo etiladigan damlovchi devorlar va ularga aynan oʻxshash boʻlgan boshqa inshootlarning agʻdarilishiga boʻlgan turgʻunligi quyidagi bogʻliqlik boʻyicha hisoblanishi lozim:
bu yerda:
Mt va Mr — Rb intensivlik bilan betondagi siquvchi zoʻriqishlar toʻgʻri chiziqli epyuralari ogʻirlik markaziga nisbatan inshootni agʻdaruvchi va ushlab turuvchi kuchlardan olingan momentlar yigʻindisi, bunda momentlar har bir kuch taʼsiriga alohida hisoblanadi;
gls — zoʻriqishlar yigʻindisi koeffitsiyenti;
gn — inshootning vazifasi boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti;
gs — ish sharoitlar koeffitsiyenti (1 ga teng).
249. Qoyali asosni 20smz dan kam boʻlgan ezilishga Rss yoki beton plitasini siqilishga Rbt qarshiliklarida (bunda, smz — inshoot tagligi boʻyicha oʻrtacha zoʻriqish) damlovchi devorlar va ularga oʻxshash boʻlgan inshootlarning turgʻunligi SHNQ 2.02.02-20ga muvofiq chegaraviy burilish sxemasi boʻyicha hisoblanishi lozim.
250. Qoyali asosning ezilishga boʻlgan qarshiligi SHNQ 2.02.02-20ga muvofiq aniqlanishi kerak.
251. Devorlardan ajratilgan shlyuz kameralari va tublarning turgʻunligini hisoblash quyidagi shartlar boʻyicha amalga oshiriladi:
bu yerda:
gs = 1;
Ft va Fr — mos ravishda konstruksiyani asosdan uzuvchi va ushlab qoluvchi kuchlar yigʻindisi.
252. Inshootning asos bilan uzilishga qarshi tutashish mustahkamligi faqat konstruksiyani qoyali asosga ankerlashda hisobga olinishi lozim.
253. Ankerlarning konstruksiyasi, kesimlari va mustahkam oʻrnatish chuqurligi, turgʻunlik va deformatsiya hisoblari bilan aniqlanishi lozim.
8-bob. Yuklar, taʼsirlar va ularning yigʻindisi
254. Yuklar, taʼsirlar va ularning yigʻindisi QMQ 2.06.01-97-97, QMQ 2.06.04-97, QMQ 2.01.03-19ga muvofiq va mazkur SHNQning ushbu bobida keltirilgan talablar boʻyicha aniqlanishi kerak.
255. Yuklar va taʼsirlarning asosiy yigʻindisi hisoblarda quyidagilarni hisobga olishi lozim:
a) doimiy yuklar va taʼsirlar:
inshootdagi joylashish holati foydalanish jarayonida oʻzgarmaydigan texnologik uskunalar ogʻirligi (zatvorlar, koʻtaruvchi mexanizmlar) va inshootning oʻzini ogʻirligi;
inshootda doimiy joylashgan grunt ogʻirligi;
gruntning oʻz ogʻirligi, grunt yuzasiga taʼsir koʻrsatuvchi doimiy va davomiy vaqtinchalik yuklarning taʼsirlaridan vujudga keluvchi gruntning yon bosimi;
suvning kuch taʼsiri, shuningdek filtratsiyaga qarshi va suvni qochirish jihozlarining moʻtadil ishlashidagi taʼsiri, damlovchi devor va shlyuzlar devorlarining yuza va orqa tomonlarida barqarorlashgan hisobiy sathlardagi filtratsiya taʼsiri (bosimli front inshootlari tarkibiga kirmaydigan kemani bogʻlash inshootlari va qirgʻoq boʻylari uchun ushbu yuk vaqtinchalik davomiy yuk deb hisoblanadi);
konstruksiyaning yoki uning anker jihozlarining dastlabki yuklanishi;
b) vaqtinchalik davomiy yuklar va taʼsirlar:
asosiy hisobiy holatda suvning eng yuqori sathidagi yoki toʻlgan shlyuz kamerasining sathidagi shlyuz kamerasi devorlari, damlovchi devor yuza yoniga boʻlgan suvning kuch taʼsiri;
atrof-muhitning oʻrtacha oylik haroratlariga mos keluvchi harorat sharoitlari boʻyicha oʻrtacha yillik harorat taʼsirlari;
davomiy boʻlgan vaqtinchalik yuklar taʼsirida yuzaga keluvchi, damlovchi devorlar va shlyuzlar kameralari devorlariga taʼsir etuvchi gruntning qoʻshimcha tarzdagi (reaktiv) yon bosimi (yuza tomonga taʼsir etuvchi suvning qoʻshimcha bosimi, harorat taʼsirlari, qayta toʻldirilgan gruntga devorning taʼsir kuchi);
v) qisqa muddatli yuklar va taʼsirlar:
transport vositalarining taʼsirlari, qurilish va yuklovchi mexanizmlar hamda saqlanadigan yuklarning taʼsiri (foydalanish sharoitlariga bogʻliq boʻlgan yuklar vaqtinchalik davomiy yuklar deb hisoblanishi mumkin);
kemalar yaqin kelganida hisobiy tezlikdagi kemalardan hosil boʻluvchi yuklar (kemaning yoni bilan urilishi, arqonlarning tortilishi);
QMQ 2.06.04-97ga muvofiq qabul qilinadigan shamolning oʻrtacha koʻp yillik tezliklarida toʻlqinlardan hosil boʻlgan yuklar;
QMQ 2.06.04-97ga muvofiq muzning oʻrtacha koʻp yillik qalinligi uchun qabul qilinadigan muz yuklari;
suvning gidrodinamik oʻzgarib turuvchi yuklari.
256. Yuklar va taʼsirlarning alohida yigʻindisi hisoblarida doimiy, vaqtinchalik davomiy, qisqa muddatli va alohida yuklar va taʼsirlardan bittasi hisobga olinishi lozim:
seysmik taʼsirlar;
suvning kuch taʼsiri suv havzasidagi suvning jadallashgan sathidagi (hisobiy aniqlash holati), quyi byef sathiga mos keluvchi filtratsiya taʼsiri (suv qochirish jihozlarining normal ishlashini buzilishi holatida (toʻliq samaradorlikning 50 foizgacha);
oʻrtacha oylik haroratlarning tebranish amplitudasi maksimal boʻlgan yil uchun, shuningdek oʻrtacha oylik harorat maksimal past boʻlgan yil uchun aniqlanadigan harorat taʼsirlari;
QMQ 2.06.04-97ga muvofiq, I va II sinflarga oid boʻlgan inshootlar uchun 2 foiz taʼminlanganlik bilan hamda III va IV sinflarga oid boʻlgan inshootlar uchun 4 foiz taʼminlanganlik bilan qabul qilingan shamolning maksimal hisobiy tezligidagi toʻlqin taʼsiri;
koʻp yillik maksimal qalinlik boʻyicha yoki quyi byefda suvni qish faslida oʻtkazishda muz-qor toʻplamlarining yorib oʻtish holati boʻyicha aniqlanadigan muz yuklari;
loyihalanadigan inshoot yaqinida portlashlardan hosil boʻladigan taʼsirlar.
257. Mazkur SHNQning 152-bandiga muvofiq yuklar va taʼsirlarning asosiy va alohida yigʻindilariga qisqa muddatli yuklar va taʼsirlarning faqat bir vaqtning oʻzida taʼsir etishi mumkin boʻlganlari kiritilishi lozim.
258. Yuklar va taʼsirlar eng noqulay, biroq sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yigʻindida foydalanish va qurilish davrlari uchun alohida qabul qilinishi lozim.
259. Yuklar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlari gf QMQ 2.06.01-97ga muvofiq qabul qilinadi.
260. SHNQ 2.02.02-20ga muvofiq aniqlangan gruntlarning hisobiy parametrlaridan foydalanishda yuklanish boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti barcha gruntlarning yuklanishlari uchun 1 ga teng qilib olinishi lozim.
261. Gruntlarning mustahkamlik tavsiflari tajribaviy-amaliy asoslari mavjud boʻlmagan holda III-IV sinflarga oid boʻlgan damlovchi devorlardagi qayta toʻldiriladigan qumli gruntlarning, shuningdek I-II sinflarga oid boʻlgan devorlarning dastlabki hisoblari SHNQ 2.02.01-19da keltirilgan qiymatlaridan foydalanish mumkin, bunda ushbu ish sharoitlar koeffitsiyent qiymatlari gs = 0.9 (qayta toʻldirilgan grunt) bilan kamaytiriladi.
Bu holda yuklanish boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti gs = 1,2 (0.8) ga teng qilib olinishi kerak.
262. Hisoblar asosida ikkinchi chegaraviy holatlar boʻyicha bajariladigan hisoblarda kamdan-kam taʼsir etuvchi qisqa muddatli yuklar hisobga olinmasligi lozim.
263. Gidrodinamik yuklarning oʻzgarib turuvchi va boshqa koʻrinishlari gidravlik laboratoriya tadqiqotlar asosida aniqlanishi lozim.
264. Kemalardan tushadigan yuklar mazkur SHNQning 13-ilovasiga muvofiq aniqlanishi kerak.
SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Asosiy harfiy belgilar
ρd — gruntning quruq holatdagi (skelet) zichligi;
En — deformatsiya modulining normativ qiymati;
n — koʻndalang deformatsiyaning koeffitsiyenti;
K — elastiklik qarshiligining koeffitsiyenti;
jn — ichki ishqalanish burchagining normativ qiymati;
sn — gruntning solishtirma jipslashishni normativ qiymati;
jI,II — ichki ishqalanish burchagining hisobiy qiymati;
js — hisobiy tekislik boʻyicha gruntning ishqalanish burchagi;
sI,II — solishtirma jipslashishning hisobiy qiymati;
Rss — qoyali asosning ezilishga boʻlgan qarshiligi.
Hd — suvning hisobiy bosimi;
Ft va Fr — mos ravishda konstruksiyani asosdan yulib oluvchi va uni ushlab qoluvchi kuchlar yigʻindisi;
Mt va Mr — inshootni agʻdaruvchi va ushlab qoluvchi kuchlardan hosil boʻlgan momentlar yigʻindisi;
Fl — gidrodinamik kuchlarning boʻylamasiga tashkil etuvchilari;
Fq — kemaning yoni bilan urilishidan hosil boʻlgan koʻndalang gorizontal kuchi;
Qtot — shamol va oqimning birgalikdagi taʼsiridan hosil boʻladigan koʻndalang kuchi;
Eah va Eav — inshootning yuqori tomonidan gruntning faol bosimini mos ravishda gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarining hisobiy qiymatlari;
Eph va Epv — inshootning quyi tomonidan gruntning faol boʻlmagan bosimni mos ravishda gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarining hisobiy qiymatlari.
vf — keluvchi oqimning tezligi;
vmt — suv tashlash inshootlaridan hosil boʻlgan yoʻldosh oqimning oʻrtacha tezligi;
vt — baliqlar chiqarish yoʻli kallagidagi oqim tezligi;
vw — ostonadagi tezlik;
vat — jalb qiluvchi oqim tezligi;
vp — oqizib ketuvchi tezlik;
vth — oldinga tashlanish tezligi;
Q — suv olish inshootining sarfi;
S — oqimning jonli kesim yuzasi;
l1 — baliqlar koʻtargichining ishchi kamerasini uzunligi;
A — suv chiqariluvchi tuynuklarning ochilish yuzasi;
bri — ekrandagi bir seksiyasining suv yigʻish yoʻli kengligi;
lsh — shleyf uzunligi;
br — baliqlar toʻplagichning yarim kengligi;
bs — shlyuz kamerasining kengligi;
bs,yef — kameraning foydali kengligi;
bs — hisobiy kemaning kengligi;
ls — shlyuz kamerasining uzunligi;
ls,yef — shlyuz kamerasining foydali uzunligi;
l — hisobiy kemaning kirish (chiqish) yoʻli uzunligi;
ls — hisobiy kemaning uzunligi;
l1,2,3 — shlyuzga keluvchi kanal maydonlarining uzunligi;
la — yaqinlashish joyining yuqori (quyi) qism uzunligi;
lst — kema qatnovi yoʻlining toʻgʻri chiziqli qism uzunligi;
lr — egri chiziqli ulama qism uzunligi;
lm — kemani bogʻlash chizigʻining uzunligi;
hl — shlyuz ostonasidagi chuqurlik;
hbr — koʻprik ostki qismining gabarit oʻlcham balandligi;
hh — darvozalar chizigʻidagi yopiluvchi tuynuk balandligi;
s — yukka toʻla boʻlgan hisobiy kemaning statik choʻkishi.
SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Tirgak devorlarning turlari
1-rasm. Gravitatsiyali tirgak devorlarning asosiy turlari
a, b, d — yaxlit, e, f, g — burchaksimon, h, i — katakchali, j — muzli va muz-gruntli, 1 — monolit beton, 2 — yigʻma elementlar, 3 — tosh bilan toʻldirilgan gabionlar, 4 — kontrforslar, 5 — anker tortgichli, 6 — yirik yaxlit, 7 — katta diametrli qobiq, 8 — muz va muz-grunt, 9 — qoplama.
2-rasm. Shpuntli va qoziqli tirgak devorlarning asosiy turlari
a — ankersiz, b, d, e — plitalarga va qoziqlarga bir yoki ikki tortgichlar orqali ankerlangan, f — ogʻma qoziqlarga ankerlangan, g — old shpuntli qoziqli rostverk, h — zabirkali, i — qattiq ankerlash moslamasi (sirpanuvchi) bilan ankerlangan, j — oʻzaro ankerlangan shpunt devorli, 1 — shpunt, 2 — ankerli tortgich, 3 — anker plita, 4 — anker qoziqlar, 5 — qoziqlar, 6 — qattiq anker, 7 — zabirka
3-rasm. Qoyaga ankerlangan tirgak devorlar
a — yaxlit, b — ankerlangan qoplamalar, d — yaxlit qoplama bilan kombinatsiyalashtirilgan; 1 — qoya ankeri
SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Shlyuz kamerasidagi suv yuzasining maydoniga bogʻliq holda saqlagich moslamasining energiya sigʻimini aniqlash grafigi
SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Izohlar:
1. Baliqlarni yuruvchi inshootlar guruhi — baliqlar quyi byefdan yuqori byefga qarab harakatlanishda mustaqil ravishda suv bosimini yengib oʻtuvchi baliqlarni oʻtkazish inshootlar guruhi.
2. Baliqlarni koʻtarish inshootlar guruhi — quyi byefdan yuqori byefga qarab harakatlanishi, ularni shlyuzlash yoki maxsus idishlarda olib oʻtish yoʻli bilan amalga oshiriluvchi, baliqlarni oʻtkazish inshootlar guruhi.
Izohlar:
1. Ostonadagi tezlik — baliqlarda oqimga nisbatan reaksiya paydo boʻladigan suv oqimining minimal tezligi.
2. Jalb etuvchi tezlik — baliqlarni baliqlar toʻplagichga jalb etadigan suv oqimining optimal tezligi.
3. Oqizib ketuvchi tezlik — baliqlarni oqizib olib ketuvchi suv oqimining tezligi.
4. Oldinga tashlanish tezligi — qisqa vaqt oraligʻida baliqlar oʻta olishi mumkin boʻlgan oqimning maksimal tezligi.
* Baliqlar muhofazasi inshootining bir seksiyasi (kassetasi) uchun
Izohlar:
1. Elektr maydoni ishlatishiga asoslangan baliqlarni muhofaza qilish inshootlarini faqat baliqlar lichinkalari va 12 mm dan 25 mm gacha boʻlgan yosh baliqlarning himoyasini va suv obyektidagi xavfsiz joyga yoʻnaltirilishini taʼminlovchi baliqlarni muhofaza qilish inshootlari hamda ekranlar bilan birgalikda qoʻllash lozim.
2. Ushbu jadvaldagi baliqlar muhofazasi inshootlarning roʻyxati baliqlar muhofazasi inshootlarning samaraligini hamda yosh va katta baliqlarga boʻlgan taʼsirini xavfsizligini tasdiqlovchi laboratoriya va dala izlanishlar natijalariga asosan kengaytirilishi mumkin.
Izoh. Agar tuynuklar kvadrat koʻrinishda boʻlsa, ushbu jadvalda koʻrsatilgan oʻlchamlar tuynuklar diagonalini anglatadi.
Izoh. Ushbu jadvalda qabul qilingan belgi lf — yosh baliqlar tanasi uzunligini anglatadi, m.
SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
Yuk aylanishi, kema qatnovi va shlyuzlarning oʻtkazish qobiliyatini aniqlash boʻyicha asosiy talablar
1. Hisobiy perspektiv muddatga aniqlanuvchi gidrouzel stvoridagi hisobiy kema turlari, yuk aylanishi va kema qatnovi (kema qatnovining eng qizgʻin davri uchun navigatsiya va kunlik) boʻyicha maʼlumotlar, havzadagi suv transportining rivojlanish sxemasi asosida belgilanishi lozim.
Agar bu sxema mavjud boʻlmasa, maʼlumotlar hisobiy perspektiv muddatga iqtisodiy izlanishlar asosida belgilanishi lozim.
Hisobiy perspektiv muddat quyidagicha qabul qilinadi:
yirik magistral va magistral suv yoʻllaridagi shlyuzlar uchun — doimiy foydalanish boshlanganidan keyingi — 10 yil;
mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllaridagi shlyuzlar uchun — 5 yil.
2. Navigatsiyali kema qatnovi alohida yuklangan va yuklanmagan har xil turdagi kemalarning yuqoriga va pastga qarab yoʻnalishi boʻyicha: oʻziyurar va oʻzi yurmas, yoʻlovchi va yuk-yoʻlovchi kemalar, sollar, texnik flot, sollarning shlyuzlanuvchi seksiyalari boʻyicha aniqlanadi.
3. Har qanday tashish turi boʻyicha navigatsiya mavsumining eng qizgʻin davridagi oʻrtacha kunlik kema qatnovi navigatsiyali kema qatnovining navigatsiya davomiyligi (kun) boʻlgan nisbatining loyihalanadigan kema qatnovi tahliliy maʼlumotlari boʻyicha qabul qilingan kemalar va plotlarni shlyuzlarga tekis boʻlmagan yaqinlashib kelish koeffitsiyentiga koʻpaytmasi bilan aniqlanadi.
Bunday maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda tekis boʻlmagan koeffitsiyenti kemalar uchun 1.3, sollar uchun 1.7 ga teng deb olinishi lozim.
4. Bir kun davomidagi umumiy shlyuzlashlar soni transport flotini (toʻgʻon bilan birga) shlyuzlash hamda yirik magistral suv yoʻllari uchun ikki juft shlyuzlashlar (mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllarida texnik flotni oʻtkazish uchun bir juft) soni yigʻindisi sifatida belgilanishi lozim.
5. Bir tomonlama yoki ikki tomonlama shlyuzlashda kema oʻtkazish shlyuzi orqali amalga oshirilishi kerak.
Bir tomonlama shlyuzlash davrining vaqti bir qator jarayonlar (kemalarni shlyuzga kiritish, kemalarni yechib boʻshatish, darvozani berkitish, kamerani toʻldirish yoki uni boʻshatish, darvozani ochish, kemalarni shlyuzdan chiqarish, darvozalarni berkitish, kamerani boʻshatish yoki toʻldirish, darvozani ochish) davomiyligi bilan belgilanadi.
Ikki tomonlama shlyuzlash davrining vaqti bir qator jarayonlar (kemalarni shlyuzga kiritish, kemalarni yechib boʻshatish, darvozani berkitish, kamerani toʻldirish yoki uni boʻshatish, darvozani ochish, kemalarni shlyuzdan chiqarish, kemalarni shlyuzga kiritish, kemalarni yechib boʻshatish, darvozalarni berkitish, kamerani boʻshatish yoki toʻldirish, darvozani ochish, kemalarni shlyuzdan chiqarish) davomiyligi bilan belgilanadi.
Koʻp kamerali shlyuz uchun barcha holatlarda kemalarni bir kameradan boshqa kameraga olib oʻtish boʻyicha jarayon qoʻshiladi.
6. Barcha kemalar uchun shlyuzda kemani yechib boʻshatish vaqti 2 min deb qabul qilinadi (tezyurar kemalardan tashqari).
Tezyurar kemalar uchun bu vaqt 0.5 min deb qabul qilinadi.
7. Shlyuz kameralarini toʻldirish va boʻshatish vaqti gidravlik hisoblar orqali aniqlanishi lozim.
Dastlabki hisoblar uchun shlyuz kameralarini toʻldirish va boʻshatish vaqti t, min, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
, (1)
bu yerda:
a — taʼminlanish tizimi kallak qismida boʻlgan shlyuzlar uchun — 0,27, taqsimlovchi taʼminlash tizimli shlyuzlar uchun — 0,19 ga teng qilib olinadigan koeffitsiyent;
Hd — kameraga taʼsir etadigan hisobiy bosim, m;
bs,yef — kameraning foydali kengligi, m;
ls,yef — kameraning foydali uzunligi, m.
8. Shlyuz darvozalarini ochilish va yopilish vaqtidagi darvoza va mexanizmlarning turi, yopiluvchi tuynuk balandligi, shuningdek shlyuz kengligiga bogʻliq ravishda konstruktorlik ishlanmalari asosida belgilanishi lozim.
Dastlabki hisoblarda darvozalarning ochilish va berkilish davomiyligi quyidagicha qabul qilinadi:
yassi darvozalar uchun — yopiluvchi tuynukning balandligi hh £ 5 m boʻlsa — 2 min; 5 hh £ 10 m boʻlsa — 2.5 min; va hh > 10 m boʻlsa — 3 min;
ikki tabaqali darvozalar uchun — kamera kengligi bs £ 18 m boʻlsa — 2 min; 18 bs £ 30 m boʻlsa — 2.5 min; va bs > 30 m boʻlsa — 3 min.
9. Kemalarni shlyuzga kiritish, undan chiqarish hamda kameradan kameraga oʻtkazish vaqtlari ularning tezligi va harakat yoʻli uzunligiga bogʻliq boʻladi.
Harakat tezligi kemalarning shlyuzga kirishi, undan chiqishi va prichalda turish xavfsizligini taʼminlash shartidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Dastlabki hisoblar uchun kemalarning ichki suv yoʻllaridagi shlyuzlar ichidagi hamda ularga yaqinlashib kelish joylaridagi oʻrtacha tezliklari ushbu SHNQning 5-ilovasining 1-jadvaliga muvofiq qabul qilinadi.
10. Kemaning shlyuzga kirishi va undan chiqishidagi harakat yoʻli uzunligi kemaning yaqinlashib kelish joylari va kameradagi holati bilan aniqlanadi.
Har bir yoʻnalishda kemalarning bir tomonlama harakatida boshlangʻich hisobiy holat kamera keluvchi kanaldan toʻldirilganda (boʻshatilganda) gidrodinamik kuch qiymati bilan kamera yon tomonlama toʻldirilganda (boʻshatilganda) kema oldidagi darvozalarning ochilish imkonini eʼtiborga olib belgilanishi zarur.
Ikki tomonlama kema qatnovi uchun kemaning boshlangʻich holati qarama-qarshi kema bilan bir-biriga xalaqit bermay oʻtib ketish imkoniyatidan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim.
Barcha holatlar uchun kema va darvozalar orasidagi masofa 5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Keyingi keladigan kemalar holati shlyuzdan chiqishi quyidagicha belgilanishi lozim:
bir tomonlama harakat uchun — ular ortidan darvozalarni yopish imkoniyatini hisobga olgan holda;
ikki tomonlama harakat uchun — shlyuzlanish uchun navbatda turgan qarama-qarshi kema bilan bir-biriga xalaqit bermasdan oʻtib ketish imkoniyatidan kelib chiqqan holda.
Bir necha kemalarni bir vaqtning oʻzida shlyuzlashda harakat yoʻli uzunligi shlyuz kamerasiga oxirgi boʻlib kiruvchi va chiquvchi kema boʻyicha aniqlanishi lozim.
Kameradan kameraga oʻtishda harakat yoʻli uzunligi kamera uzunligi va oʻrtacha shlyuz kallagiga teng qilib olinishi zarur.
11. Dastlabki hisoblarda kemani bogʻlash joyida shlyuzlanishni kutib turgan hisobiy kemaning kirish (chiqish) yoʻli uzunligi quyidagicha aniqlanadi:
bir tomonlama kema harakatida, har bir yoʻnalishda:
, (2)
ikki tomonlama kema harakatida:
, (3)
bu yerda:
ls,yef — mazkur SHNQning 5-ilovasidagi 1-formulasiga muvofiq qabul qilinadi;
b1 — kirishda 0.4, chiqishda 0.1 ga teng qilib qabul qilinadigan koeffitsiyent;
b2 — 0.4 ga teng qilib qabul qilinadigan koeffitsiyent;
l2 — mazkur SHNQning 5-ilovasiga muvofiq aniqlanadigan maydon uzunligi.
12. Shlyuzlarning yuk oʻtkazish va kema oʻtkazish qobiliyati shlyuzlarni eng qizgʻin kunda toʻliq yuklanishidan kelib chiqqan holda (shlyuzning oʻrtacha 23 h lda ishlashida) hisobiy kemalar qabul qilingan turlari va qabul qilingan hisobiy muddatlardagi yuk tashish tuzilmasi boʻyicha hisobiy kemalarning shlyuzlanish soniga qarab aniqlanadi.
Bir yoʻlakli shlyuzlarning oʻtkazish qobiliyatini aniqlashda barcha turdagi kemalar uchun shlyuzlash soni bir tomonlama shlyuzlashda 25 foiz, ikki tomonlama shlyuzlashda 75 foiz qilib qabul qilinishi lozim.
Sollar uchun faqat bir tomonlama shlyuzlash qabul qilinadi.
13. Shlyuz yoʻlaklari soni ularning hisobiy muddatlarda zaruriy oʻtkazish qobiliyatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Shlyuzning qoʻshimcha yoʻlagini qurish uchun foydalanilayotgan kema qatnovi inshootlarining ishlari toʻxtatilmasligi imkoniyatiga koʻra bajarilishi lozim.
Texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berilganda, tezkor yoki kichik oʻlchamli kemalarni oʻtkazish uchun shlyuzning bir yoʻlagi kamerasini kichik oʻlchamli qilib qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 6-ILOVA
Shlyuzlarning gabarit oʻlchamlarini aniqlash
1. Shlyuzlarning asosiy gabarit oʻlchamlari (kameraning foydali uzunligi va kengligi, shuningdek ostonalardagi chuqurlik) hisobiy kemalar tavsiflariga mos boʻlishi lozim.
Bitta suv yoʻlida joylashgan shlyuzlarning asosiy gabarit oʻlchamlari bir xil qilib olinishi lozim.
2. Kameralarning foydali uzunligi ls,yef quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, (1)
bu yerda:
— bir vaqtda shlyuzlanuvchi va shlyuz kamerasida kilvaterga oʻrnatiladigan hisobiy kemalar uzunliklar yigʻindisi;
n — bir vaqtda shlyuzlanuvchi va shlyuz kamerasida kilvaterda oʻrnatiladigan kemalar soni;
D l — shlyuz kamerasida kilvaterda oʻrnatiladigan, har tomonga va kemalar oraligʻida hamda kameralar uzunligi boʻyicha qabul qilinadigan zaxira.
Bu zaxira qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
, (2)
Shlyuz kamerasining foydali kengligi bs,yef quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, (3)
bu yerda:
— bir vaqtda shlyuzlanuvchi (yonma-yon turuvchi) kemalar kengliklari yigʻindisi;
Dbs — kameraning har tomoniga va kamerada yonma-yon turuvchi kemalar oraliq kengligi boʻyicha zaxira masofasi;
n1 — bir vaqtda shlyuzlanuvchi (yonma-yon turuvchi) kemalar soni.
Kameraning har tomoniga va kemalar orasidagi kenglik boʻyicha zaxira masofalari Dbs quyidagi qiymatlardan kam boʻlmasligi lozim:
kema kengligi 10 m gacha boʻlganda — 0.2 m;
kema kengligi 18 m gacha boʻlganda — 0.4 m;
kema kengligi 30 m gacha boʻlganda — 0.75 m;
kema kengligi 30 m dan ortiq boʻlganda — 1.0 m.
Dengiz kemalarini oʻtkazish uchun moʻljallangan shlyuzlarda, ushbu zaxira masofalari quyidagicha boʻlishi lozim:
kema oʻzi harakatlansa — kamida 1.5 m;
shatakka olib oʻt oldirilsa — bir tomonidan zaxira masofasi shatakka oluvchining kengligiga teng ravishda oshiriladi.
Shlyuz ostonalaridagi eng pastki hisobiy kema qatnovi sathidan hisobiy chuqurligi hl quyidagicha qabul qilinadi:
hl ³ 1.3 s,
bu yerda:
s — yuk bilan toʻla boʻlgan hisobiy kemaning statik choʻkishi.
Shlyuzlar uchun kameralarning foydali uzunligi va kengligi, ostonalardagi chuqurlik jadvalda keltirilgan eng yaqin oʻlchamlargacha katta tarafga qarab yaxlitlab olinadi.
Kallak qismidan taʼminlanadigan tizimda tinchlantirish maydoni kameralarning foydali uzunligidan tashqarida boʻlishi lozim.
3. Byeflardagi va shlyuzlar kameralaridagi eng pastki kema qatnovi hisobiy suv sathlari navigatsiya mavsumining koʻp yillik maʼlumoti boʻyicha kunlik suv sarflari yoki suv sathlarining yirik magistral suv yoʻllari uchun — 99 foiz, bosh suv yoʻllari uchun — 97 foiz, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllari uchun — 95 foiz taʼminlanganlikda oʻzan shaklining oʻzgarishini, shamol taʼsirini, barqarorlashmagan suv harakatini, toʻlqin qaytishi natijasida suv sathining pasayishini hisobga olgan holda belgilanadi.
4. Byeflardagi va shlyuzlar kameralaridagi eng yuqori kema qatnovining suv sathlari (kema qatnovi toʻgʻonlaridan tashqari) shamolni haydab kelishi, muz-qorlarni yigʻilishi va tiqilib qolishi, barqarorlashmagan harakat hodisalari, toʻlqin kelib urilishi, suvning maksimal sarfini hisobiy ortish ehtimolini (yirik magistral suv yoʻllari uchun — 1 foiz, magistral suv yoʻllari uchun — 3 foiz, mahalliy ahamiyatga boʻlgan suv yoʻllari uchun — 5 foiz) hisobga olgan holda belgilanadi.
Kema qatnovi toʻgʻonlariga ega boʻlgan gidrouzellar uchun kemalarni shlyuzlar orqali oʻtqazganda eng yuqori hisobiy sath deb suvning eng kam boʻlgan davrdagi oʻrtacha kema qatnovi sathi hisoblanadi. Bunda, yuqori boʻlgan sathlarda kema qatnovi toʻgʻonning kema qatnovi uchun moʻljallangan qismi orqali amalga oshiriladi.
5. Kanallarda joylashgan bir yoʻlakli shlyuzlar uchun hisobiy suv sathlari kanaldan suv olish (suv kirishi boʻlmaganda) yoki kanalga suv kiritish (suv chiqarish boʻlmaganda) yirik va magistral suv yoʻllari uchun — uchta suv chiqarish prizmalari hajmida hamda mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllari uchun — ikkita suv chiqarish prizmalari hajmidan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim.
Ikki yoʻlakli shlyuzlarda suv chiqarish prizmalar soni bittaga qoʻp qilib olinishi kerak.
6. Shlyuzlarni taʼmirlash vaqtida quyi byefdagi suv sathi quyidagiga oshib ketish ehtimollari bilan suv sarflari boʻyicha belgilanadi:
yirik magistral suv yoʻllari va magistral suv yoʻllari uchun — 10 foizdan yuqori;
mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllari uchun — 20 foizdan yuqori.
Kema qatnovi toʻgʻonlariga ega boʻlgan gidrouzellar uchun quyi byefdagi suv sathi eng yuqori hisobiy kema qatnovi sathidan yuqori boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
7. Shlyuzlarning koʻprik osti gabarit oʻlchamlar balandligi hbr, koʻtarma darvozalarning, ochiluvchi va koʻtariluvchi koʻpriklarning suv usti gabarit oʻlchamlari GOST 26775-97ga muvofiq eng yuqori kema qatnovi suv sathidan hisoblab qabul qilinishi lozim.
Koʻprik osti gabarit oʻlchamlar kengligi bbr quyidagicha qabul qilinadi:
devorlar vertikal boʻlganda — shlyuz kamerasi foydali kengligidan kam boʻlmagan qiymatda;
devorlar qiya boʻlganda — shu sath belgisidagi kamera kengligidan kam boʻlmagan qiymatda.
8. Kemalarning urilish kuchini qabul qila oladigan shlyuz, yoʻnaltiruvchi va kemani bogʻlash inshootlari devorlarining yoki parapetlarining tepasi hisobiy eng baland suv sathida (havo yostiqchali va suv osti qanotli kemalar uchun esa ularning yostiqchada yoki qanotlarda harakatida) eng katta hisobiy kemaning yuqori urilish brusidan pastda (kema toʻliq yuklangan holatda) va hisobiy kemaning pastki urilish brusidan yuqorida (kema toʻliq boʻshatilgan holatda) boʻlmasligi lozim.
Shlyuzlarning kamera devorlari boʻylab joylashgan maydonchalarining, kemani bogʻlash joyi va yoʻnaltiruvchi inshootlarining eng yuqori hisobiy suv sathi ustidan balandligi quyidagicha boʻlishi lozim:
yirik magistral suv yoʻlidagi shlyuzlar uchun — kamida 2 m;
magistral suv yoʻllaridagi shlyuzlar uchun — kamida 1 m;
mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllaridagi shlyuzlar uchun — kamida 0.5 m.
Yon tomonlama suv chiqargichga ega boʻlgan koʻp kamerali shlyuzlarda bu balandlikdagi kamera eng yuqori suv sathidan hisoblanishi lozim (suv chiqargichning ishlash vaqtida belgilanadi).
Gidrouzelning bosimli frontiga kiruvchi inshootlar va shlyuz qismlarining balandligi bosimli front inshootlariga nisbatan qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
9. Mazkur SHNQning 6-ilovasi 8-bandida keltirilgan maydonchalarning kengligi ular ustida turli xil kommunikatsiyalarni joylashishi va bir tomonlama avtotransport oʻtishini taʼminlash shartidan kelib chiqib belgilanadi, biroq 4,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Yirik magistral suv yoʻllaridagi shlyuzlar uchun shlyuzning har bir kallagiga avtotransport kelishini taʼminlash sharti bilan maydonchalarning kengligi 2 m gacha kamaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi, shuningdek bunday kamaytirish avtotransportning kirishini mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllari uchun ham qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Kemani bogʻlash inshootlari yoʻllarining kengligi 2 m dan kam boʻlmasligi lozim.
10. Avtomashinalarni oʻtish uchun maydonchalar chegarasidagi balandlik boʻyicha gabarit oʻlchami kamida 4,5 m (odamlar oʻtishi uchun kamida 2,5 m) qilib qabul qilinishi lozim.
11. Kameralarning va shlyuz kallaklarining devorlarida tashqi yuza tomonidan kamida 1,1 m balandlikdagi parapetlar oʻrnatilishi, ular kema urilishi yoki kema urilishiga yoʻl qoʻymaydigan himoya toʻsiqlari uchun moʻljallanishi lozim.
Devor va parapetlar tashqi yuzasining tepasi kema urilish bruslariga osilib qolishiga yoʻl qoʻymaydigan koʻrinishda boʻlishi, kordon esa metall bilan qoplangan boʻlishi lozim.
SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 7-ILOVA
Gidrouzellar va kema qatnovi kanallarida shlyuzlarning joylashish tartibiga qoʻyiladigan talablar
1. Yirik magistral suv yoʻllari va ularning gidrouzel tarkibida boʻlgan shlyuzlar, shuningdek kema qatnovi kanallaridagi shlyuzlar bir kamerali boʻlishi lozim.
Koʻp kamerali shlyuzlar qoʻllanilganda, ular texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berilishi kerak.
2. Daryo oʻzani, suv ombori yoki kanal bilan tutashuvchi shlyuzlarning keluvchi kanallarini loyihalashda oʻzanning qayta shakllanishi hamda kirish qismining loyqa bosishi va unga muz kirishini oldini olish choralarini hisobga olish lozim.
Daryodan keluvchi kanallarning kirish qismlari daryoning burilish joyida botqoq qirgʻogʻida joylashtirilishi zarur.
3. Shlyuzlarga keluvchi kanallarning daryo yoki suv ombori bilan tutash joylarida oqimning eng yuqori boʻylama tezliklari yirik magistral suv yoʻllari va magistral suv yoʻllari uchun 2.5 m/s dan, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllari uchun 2 m/s dan oshmasligi lozim.
Keluvchi kanallaridagi boʻylama tezlik 0.8 m/s dan katta boʻlmasligi kerak.
Kemaning suzish oʻqiga normal boʻlgan oqim tezligi tashkil etuvchisi barcha toifalardagi suv yoʻllari uchun keluvchi kanallarning kirish qismlarida koʻpi bilan 0,4 m/s boʻlishi, bevosita kirish chizigʻida va kanalning oʻzida 0.25 m/s dan ortiq boʻlmasligi lozim.
Kemani bogʻlash joylaridagi devorlar chegaralaridagi toʻxtash joyi yuza tomonidan 1,5bs masofada hamda hisobiy kemaning suvga botish chuqurligida oqim tezligi nolga teng boʻlishi zarur.
Kanallarning suv ombori yoki daryo bilan tutashish qismlarida suv oqimi tezliklari gidrouzel ishining kemalar qatnovi uchun eng noqulay boʻlgan rejimlaridagi belgilangan tezliklardan katta boʻlmasligi lozim.
4. Suv oqimi tezligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda dastlabki loyihada keluvchi kanalning daryo yoki suv omboriga chiqish joyida kema yurish yoʻnalishini ushbu maydonda asosiy oqimga nisbatan quyidagi burchaklar ostida qabul qilinadi:
yirik magistral va magistral suv yoʻllarida — °;
mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllarida — °.
5. Gidrouzellar tarkibida shlyuzlar quyi byeflarda joylashtiriladi.
Quyi byefdagi muhandislik-geologik va topografik sharoitlar shlyuz joylashtirish uchun noqulay boʻlganda yoki kema qatnovi inshootini kesib oʻtuvchi bosh transport yoʻllari toʻsqinlik qilganda bir kamerali shlyuzlar yoki koʻp kamerali shlyuzlarning yuqorigi kameralarni gidrouzelning yuqori byefida joylashtirilishi mumkin.
6. Ushbu SHNQning 7-ilovasining 1-rasmiga muvofiq shlyuzning kema qatnovi trassasi lst dan kam boʻlmagan uzunlikdagi maydonda toʻgʻri chiziqli boʻladi, bunda lst quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda:
ll — shlyuz uzunligi (kallagi bilan birga);
la — yuqori va quyi kelish maydon uzunligi mazkur SHNQning 5-ilovasiga koʻra aniqlanadi;
ls — hisobiy kema uzunligi.
1-rasm. Kema qatnovi shlyuzining sxemasi (kelish joylari bilan)
1 — kema yurish oʻqi, 2 — shlyuz, 3 — kema burilish radiuslari
Toʻgʻri chiziqli maydon uzunligini lst yuqori va quyi kelish maydonlari chegaralarida koʻpi bilan 2ls ga kamaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
7. Keluvchi kanalning toʻgʻri chiziqli maydoni oʻqi kanal yoki suv omboridagi kema harakati oʻqi bilan r radiusli (kema burilish radiusi) egri chiziq orqali tutashishi lozim.
Ushbu radiusi hisobiy kema uzunligining 5 barobariga yoki suriladigan tarkib uzunligining 3 barobariga teng boʻlishi lozim.
8. Shlyuzlarni kesib oʻtuvchi magistral transport yoʻllarining koʻprikli oʻtish joylari pastki kallak yoki oʻrta kallaklarning biri (koʻp kamerali shlyuzlar uchun) orqali joylashtirilishi lozim.
9. Koʻndalang va qiya (45° dan ortiq boʻlgan burchak ostida) shamol toʻlqini 0,6 m dan oshadigan (navigatsiya davridagi hisobiy davomiyligi yirik magistral va magistral kanallar uchun 2 foiz, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan kanallar uchun 5 foiz bilan) barcha hollarda shlyuzlardagi kemani bogʻlash joylarining la uzunlikdagi qismida toʻsiq panjaralar oʻrnatilishi lozim.
10. Ushbu SHNQning 7-ilovasidagi 2 “a”-rasmiga muvofiq kema qatnovi kanalida ketma-ket joylashgan ikki shlyuz orasidagi toʻgʻri chiziqli maydon kemalarni bir biriga xalaqit bermay oʻtish shartidan kelib chiqib quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan ls1 miqdordan kichik boʻlmasligi lozim:
, (2)
bu yerda:
l1, l2, l3 — mazkur SHNQning 8-ilovasiga muvofiq aniqlanadigan maydonlar uzunligi.
Ushbu SHNQning 7-ilovasidagi 2 “b”-rasmiga muvofiq kanalning egri chiziqli qismida ikkita shlyuz joylashtirilganda ular orasidagi masofa quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan ls2 miqdordan kichik boʻlmasligi lozim:
, (3)
bu yerda:
ls — hisobiy kema uzunligi;
lr — r radiusli egri chiziqli uzunligi.
2-rasm. Kema qatnovi kanalida ketma-ket oʻrnatiladigan shlyuzlarning joylashuv sxemasi
a — kanalning toʻgʻri chiziqli qismida, b — kanalning egri chiziqli qismida
11. Shlyuzlarga keluvchi kanalning shlyuzga kirish qismida boshqa gidrotexnika inshootlaridan suv olish yoki ularga suv chiqarish inshootlari mavjud boʻlganda, kanal kengaytirilishi lozim.
Bunda, kengayish kemaning koʻndalang oqim (ushbu oqim tezligi kema qatnovidagi eng past suv sathida 0.25 m/s2 dan oshmasligi lozim) taʼsirida dreyflanish (harakat chizigʻidan ogʻishi) miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanishi zarur.
Kanalning kengaytirilgan va normal qismlarining tutashishi silliq boʻlishi lozim.
Tutashish uzunligi suv chiqarish (suv olish) inshootlari chegaralarining har tomoniga kengaytirish miqdorining 20 barobaridan kam boʻlmasligi kerak.
SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 8-ILOVA
Shlyuzlarning gabarit oʻlchamlari va ularga keluvchi kanalning shlyuzga kirish qismini joylashishiga qoʻyiladigan talablar
1. Shlyuzlarga keluvchi kanalning kirish qismlarini rejadagi oʻlchamlari va shakllari ikki tomonlama harakatda shlyuzlanuvchi kemalarning bir-biriga xalaqit bermasligini taʼminlashi lozim.
Gidrouzelning qurilish davrida shlyuzdan vaqtinchalik foydalanishda bir tomonlama kema harakati uchun kanalning shlyuzga kelish qismlari oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
2. Shlyuzlarga keluvchi kanalning kirish qismlarining oʻqi bilan shlyuzning boʻylama oʻqining oʻzaro joylashishi quyidagicha boʻlishi zarur:
simmetrik (mazkur SHNQning 8-ilovasining 1 “a”-rasmi) — keluvchi kanal va shlyuzning oʻqlari bir-biriga muvofiq;
yarim simmetrik (mazkur SHNQning 8-ilovasining 1 “b” rasmi) — keluvchi kanal oʻqining shlyuz oʻqiga nisbatan kemani bogʻlash chizigʻidan surilgan boʻlishi, bunda shlyuz kallagi ustunlarning yuza tomonlari bilan kemani bogʻlash joyi chizigʻi orasidagi masofa kemaning 0,2 hisobiy kengligidagi masofa va simmetrik kelish joyiga mos keluvchi masofa oraligʻida;
simmetrik boʻlmagan (mazkur 8-ilovasining 1 “v” rasmi) — keluvchi kanal oʻqining shlyuz oʻqiga nisbatan kemani bogʻlash joyidagi chizigʻi shlyuz kallagi ustunlarining yuza tomonlarini davom ettirishi yoki shlyuz kallagidan hisobiy kema kengligining koʻpi bilan 0,2 masofasiga surilgan.
1-rasm. Shlyuzga oʻtuvchi kanallar sxemasi
a — simmetrik, b — yarim simmetrik, v — simmetrik boʻlmagan
3. Shlyuzga keluvchi kanalning eng pastki kemani qatnaydigan suv sathidagi (kemaning hisobiy choʻkish sathida) toʻgʻri chiziqli harakatli kelish maydonlarining kema yurish kengligi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan b miqdordan kichik boʻlmagan holda qabul qilinishi lozim:
bir yoʻlakli shlyuzlar uchun:
, (1)
ikki yoʻlakli shlyuzlar uchun:
, (2)
bu yerda:
bs1, bs2, bs3 — yonma-yon oʻtib ketuvchi hisobiy kemalarning kengliklari.
Ikki yoʻlakli shlyuzlardagi kelish maydonlarining kema yurish kengligi qoʻshni shlyuzlar kameralari tashqi devorlarining yuza tomonlari orasidagi masofadan kam boʻlmasligi lozim.
Ikki yoʻlakli shlyuzning keluvchi kanalida kemani bogʻlash joyi chizigʻi kameralar oraligʻi davomi sifatida joylashganda, har qaysi yoʻlakka kema yurish kengligi ikki kemaning bir-biriga xalaqit bermasdan oʻtib ketishini taʼminlanishidan kelib chiqqan holda bir yoʻlakli shlyuz kabi aniqlanishi kerak.
4. Hisobiy kema qatnovining eng pastki sathidagi keluvchi kanallarning kema yurishining chuqurligi toʻliq yuklangan kemaning statik suvga botishi kamida 1,3 miqdorda qabul qilinishi lozim.
Shlyuzlarga keluvchi kanalning kirish qismlarining sayozlashuv holatlari uchun zaxira chuqurligi boʻlishi lozim.
5. Qarama-qarshi suzib keluvchi kemalarning bir-biriga xalaqit bermasdan oʻtib ketishini hisoblangan chegaralarda keluvchi kanalning yuqori (quyi) maydonlar uzunligi (mazkur SHNQning 8-ilovasining 2-rasmi) quyidagi formula orqali aniqlanadigan la miqdordan kam boʻlmasligi lozim:
, (3)
bu yerda:
l1 — 0.5 ls ga teng boʻlgan maydon uzunligi;
l3 — ga teng boʻlgan maydon uzunligi;
l2 — qarama-qarshi harakat mavjud boʻlganda kemaning shlyuz oʻqidan kanaldagi kema yurish oʻqiga oʻtish qismining uzunligi quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
, (4)
bu yerda:
ls — hisobiy kema uzunligi;
r — kemaning ogʻirlik markazi trayektoriyasini radiusi boʻlib (kema burilish radiusi), hisobiy kema uzunligining kamida uch barobar miqdorida qabul qilinadi;
s — kanaldagi kema yurish oʻqining kema chiqishi yoki kirishi shlyuz oʻqiga nisbatan siljishi.
2-rasm. Shlyuzga oʻtuvchi kanalning sxemasi
Siljish miqdori s quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
keluvchi kanalning simmetrik kirish qismida:
s = 0,6 bs + 0,5 Db, (5)
keluvchi kanalning yarim simmetrik kirish qismida:
s = 1,9 bs + 0,5 Db — am, (6)
0,75 bs am £ 1,3 bs +0,25 Db,
boʻlgan kirish qismlari uchun:
s = am — 0,7 bs, (7)
1,3 bs +0,25 Db am bs +0,5Db
boʻlgan simmetrik boʻlmagan kirish qismlari uchun:
s = 1,2 bs + 0,5 Db, (8)
bu yerda:
bs — hisobiy kema kengligi;
Db — ushbu SHNQning 8-ilovasining 6-“b”-bandi boʻyicha aniqlanadigan kengayish miqdori;
am — kemani bogʻlash joyi ustki yuza yonining shlyuz oʻqidan siljishi.
l1, l2, l3 ni hisobiy yoʻl orqali aniqlashda kemalar va suriluvchi tarkiblardagi uzunligini maksimal olinishi lozim.
6. Ikki tomonlama yoʻnalishdagi kemalar egri chizigʻi boʻylab navbatma-navbat harakatlanganida l2 va l3 maydonlardagi kema yurish kengligi b + Db ga teng qilib olinishi lozim.
Bunda, maydonlarning tashqarisida kemalar egri chizigʻi boʻylab bir vaqtning oʻzida harakat ikki yoʻnalish boʻyicha boʻlganda kema yurish kengligi b + Db ga teng qilib olinadi.
Kengayish qiymati Db quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu yerda:
ls va r — ushbu SHNQning 8-ilovasi 5-bandiga koʻra aniqlanadi.
Oʻtish maydoni l4 ushbu SHNQning 8-ilovasining 2-rasmida keltirilgan tomonga kengayish uzunligining kamida 20 barobarida qabul qilinishi lozim.
Oʻtish maydoni chegaralarida yoki bevosita ulardan tashqarida keluvchi kanal bilan byef yoki qoʻshni shlyuzga keluvchi kanalning oʻtish qismi tutashtirilganda, tutashish maydoni butun uzunligi boʻylab kengaytirilgan tarzda qabul qilinishi lozim.
7. Yirik magistral va magistral suv yoʻllarida joylashgan, tarkibida suv tashlash inshooti boʻlgan gidrouzellar tarkibiga kiruvchi shlyuzlarni loyihalashda kemalarning keluvchi kanalga kirishi, toʻxtab turishi, harakat qilishi va dreyf qilish sharoitlari laboratoriya tadqiqotlar maʼlumotlariga asosan belgilanishi zarur.
Mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllaridagi shlyuzlarda bunday tadqiqotlar faqat texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berilgan holda bajarilishi kerak.
8. Shlyuzlarning yuqori va quyi byeflarida kemalarning shlyuzlanishni kutib turishi, tortuvchi kema oʻzgartirilishi, tarkiblar va sollarni qayta shakllantirilishi, shuningdek toʻfon davri va toʻfondan ogohlantirishlar vaqtlari uchun moʻljallangan shlyuzlashdan oldin toʻxtab turish joylari hisobga olinishi lozim.
Shlyuzlashdan oldin toʻxtab turish joylari tabiiy koʻllarda yoki toʻsuvchi inshootlar bilan oʻrab hosil qilingan akvatoriyalarda loyihalanadi.
Ushbu akvatoriyalar shlyuzga keluvchi kanalga tutashgan boʻlishi va undagi toʻlqin kemalar uchun 1 m dan, sollar uchun 0,6 m dan oshmasligi lozim.
Toʻlqin balandliklari kema qatnovi davridagi jami davomiylik boʻyicha hisobiy taʼminlanganlik (yirik magistral va magistral suv yoʻllaridagi shlyuzlar uchun 2 foiz va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllari uchun 5 foiz) bilan qabul qilinadi.
Shlyuzlashdan oldin toʻxtab turish joylaridan keluvchi kanalning shlyuzga kirish qismidagi kemani bogʻlash maydoni oxirigacha boʻlgan masofa kamera uzunligining uch barobaridan oshmasligi lozim.
SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 9-ILOVA
Shlyuzlarning tizimlariga qoʻyiladigan talablar
1. Shlyuzlar kameralarini toʻldirish va boʻshatish uchun qoʻllaniladigan asosiy taʼminlash tizimlari quyidagilarga boʻlinadi:
a) kameralarga suv berish va uni kameralardan chiqarish usuli boʻyicha:
yoʻnaltirilgan;
taqsimlangan;
b) yuqori byefdan suv olish va uni quyi byefda toʻplash usuli boʻyicha:
shlyuzga keluvchi kanallar chegarasida;
shlyuzga keluvchi kanallar chegarasidan tashqarida.
Mazkur tizimlar uygʻunlashgan (kombinatsiyalashgan) holda qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
2. Kema qatnovi shlyuzlarini taʼminlash tizimlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
kamerani toʻldirish va boʻshatish davomiyligi shlyuzning kema oʻtkazish qobiliyatiga muvofiq boʻlishiga;
toʻldirish va boʻshatish rejimlarida kemalarni kamerada toʻxtab turishi va uskunalarni ishlashida, shuningdek toʻxtash joyi va kemalarning keluvchi kanallarda erkin boshqarilishi, umumiy keluvchi kanalga ega boʻlgan koʻp tizimli shlyuzlar kameralarining mustaqil ishlashi uchun normal shart-sharoitlarini taʼminlashi (ushbu shart-sharoitlar shlyuzlanish jarayonida va undan keyin kamerada yoki kemani bogʻlash joyida toʻxtab turuvchi kemalarga taʼsir etuvchi boʻylama va koʻndalang gidrodinamik kuchlarning belgilangan qiymatlari bilan, mazkur SHNQning 4-ilovasiga muvofiq aniqlanadigan keluvchi kanallardagi boʻylama va koʻndalang oqim tezliklarining belgilangan qiymatlar orqali aniqlanadi);
oqimning shlyuz elementlariga, shuningdek oʻzanga va kanal qoplamalariga, kamerani koʻp marotaba toʻldirish va boʻshatilishidan kelib chiqadigan taʼsiri ularni shikastlanishiga olib kelmasligiga;
taʼminlash tizimi konstruksiya elementlarni koʻzdan kechirish va taʼmirlash uchun qulay boʻlishi, shuningdek kamerani toʻldirilishini yoki tez boʻshatilishini toʻxtatishni, kameradagi va shlyuzga keluvchi kanaldagi kemalar uchun xavfsizlikni taʼminlashiga;
tarkibiga kema qatnovi shlyuzi boʻlgan, bosim fronti bilan oʻralgan chuchuk suv havzasiga dengiz suvni kirmasligiga.
3. Yirik magistral va magistral suv yoʻllaridagi shlyuzlar uchun, shuningdek suv bosimi 6 m dan katta boʻlgan mahalliy suv yoʻllaridagi shlyuzlar uchun taʼminlash tizimi elementlarning qiymatlari laboratoriya va amaliy tadqiqotlardan olingan maʼlumotlar asosida aniqlanishi lozim.
4. Boʻylama va koʻndalang gidrodinamik kuchlarning hisoblari yoki laboratoriya tadqiqotlar hamda boʻylama kuch quyidagi formula orqali aniqlangan miqdordan oshmasligi lozim:
, (1)
bu yerda:
— toʻliq yuklangan hisobiy kema yoki hisobiy tarkibdagi eng katta toʻliq yuklangan kemaning ogʻirligi, kN (kuchning koʻndalang tashkil etuvchisi uchun 0,5 Fl ga teng).
Kamerada va qoʻzgʻaluvchan halqalar bilan jihozlanmagan kemani bogʻlash joylari oldidagi boʻylama va koʻndalang gidrodinamik kuchlarning qiymatlarini sosb kattalikka koʻpaytirilishi, bunda b — suvning eng past hisobiy kema qatnovi sathidagi kemani bogʻlash ustunlari orqali kemani ushlab turuvchi arqonlar orasidagi vertikal tekislik bilan gorizontal tekislik orasidagi burchagi.
5. Taʼminlash tizimini tanlash mazkur SHNQning 9-ilovasining 2-bandiga muvofiq va quyidagi shartlarga koʻra amalga oshirilishi lozim:
ls,yef Hd Hd ls,yef — kameraning foydali uzunligi, m;
Hd — kameraga taʼsir qiladigan hisobiy bosim, m;
hl — ostonadagi chuqurlik, m),
Keltirilgan koʻrsatkichlarning katta qiymatlarida hamda Hd > 15 m boʻlganda taʼminlashning taqsimlangan tizimi qoʻllaniladi.
6. Shlyuz kamerasini toʻldirish (boʻshatish)da undagi suv sathining eng katta inersiyali koʻtarilishi (pasayishi) 0,25 m dan oshmasligi lozim.
Shlyuz darvozalarini ochilish vaqtida kamera va byef oralaridagi sath oʻzgarishi 0,2 m dan oshmasligi kerak.
7. Taʼminlash tizimi zatvorlarning quyidagi ochilish davomiyligi vaqtini inobatga olgan holda hisoblanishi zarur:
bir nuqtaga yoʻnaltirilgan taʼminlash tizimlari uchun kameralarni toʻldirishda, toʻldirish vaqti davomiyligining koʻpi bilan 0,8 qismi, taqsimlovchi tizimlar uchun koʻpi bilan 0,6 qismi;
kameralarni boʻshatishda ikkala tizim uchun ham boʻshatish vaqti davomiyligining koʻpi bilan 0,6 qismi.
Yoʻnaltirilgan taʼminlash tizimiga ega boʻlgan shlyuzlar uchun shlyuzlanishga sarflanadigan vaqtni qisqartirish hamda shlyuzlarni oʻtkazish qobiliyatini oshirish maqsadida turli xil kemalar va kameradagi boshlangʻich chuqurliklar uchun yoʻlak zatvorlarini bir necha tezlikli va differensiyalangan turdagi ochilish grafiklari qoʻllanilishi kerak.
8. Shlyuzlararo byeflarda suv sathini boshqarish uchun byeflar sathlarini boshqarish qurilmalari qoʻllanilishi lozim.
Qurilmalar bir shlyuzlanish vaqtida shlyuzlarning bir yoʻlagidan kamida bitta kameradan tushirilgan suvni oʻtkazishiga hisoblangan boʻlishi lozim.
9. Koʻp kamerali shlyuzlarda byeflardagi suvning kema qatnovi sathlari sezilarli darajada oʻzgarib turadigan boʻlsa, ortiqcha suvni chiqarib yuborish uchun ikkinchi va oxirgi kameralarda suv chiqarish moslamalari boʻlishi zarur.
SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 10-ILOVA
Kemani bogʻlash va yoʻnaltiruvchi inshootlarning oʻlchamlarini aniqlash tartibi
1. Kemani bogʻlash inshootlarini shlyuzga kiruvchi kemalar uchun ularga keluvchi kanalning shlyuz yaqinidagi la masofa oraligʻida kema yurish yoʻlining oʻng tomonida joylashtirilishi, bunda kemaning harakat yoʻnalishini oʻng tomonlama deb qabul qilinishi zarur.
Shlyuzga yaqinlashish joyida kema harakati ikki tomonlama boʻlganda kemani bogʻlash joyini kema yurish yoʻlining chap tomonida ham joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
2. Inshootlarni joylashtirish shartlaridan kelib chiqqan holda (masalan, kanaldagi kema yurish yoʻlining oʻqi shlyuz oʻqiga parallel boʻlmasa) kemani bogʻlash joyidagi chizigʻini burchak ostida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi va ushbu burchak kema qatnovi yoʻlidan shlyuzning yuza tomoniga 3° dan oshmasligi lozim.
Bunda, keluvchi kanal qismi mazkur SHNQning 4-ilovasiga muvofiq la + ls masofada toʻgʻri chiziqli boʻlishi lozim.
Kemani bogʻlash chizigʻining shlyuzdan uzoqdagi uchi kema yurish yoʻli chegarasi bilan tutashgan boʻlishi kerak.
3. Kemani bogʻlash inshootlarining ikki uchida kanal qirgʻogʻi bilan tutashuvchi egri chiziqli maydonlar (kamida 0.2ls radiusli), shuningdek kemani bogʻlash joyi va qirgʻoq orasida bir biridan 200 m dan ortiq boʻlmagan masofalarda piyodalar uchun koʻpriklar loyihalanishi lozim.
4. Kemalar bir tomonlama harakatlanganda har bir yoʻnalishda shlyuzlardagi kemani bogʻlash chizigʻining uzunligi lm mazkur SHNQning 1-rasmida keltirilgan sxema quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi zarur:
Kemalar ikki tomonlama harakatlanganda ushbu uzunlik quyidagi formula orqali aniqlanishi kerak:
bu yerda:
lm — kemani bogʻlash chizigʻining uzunligi boʻlib, shlyuzni yuqori kallagining yuqori tomonidan yoki pastki kallakning quyi tomonidan hisoblanadi;
lmin — shlyuzning yuqori kallagining yuqori tomoni yoki pastki kallakning quyi tomonidan shlyuzlanishni kutib turgan birinchi kema old uchigacha boʻlgan eng kichik masofa boʻlib, u mazkur SHNQning 2-ilovasiga muvofiq aniqlanadi;
bir vaqtning oʻzida shlyuzlanadigan va shlyuz kameralaridagi kilvaterida oʻrnatiladigan kemalarning uzunliklar yigʻindisi;
lr — qarama-qarshi harakatdagi kemaning shlyuz oʻqidan kanaldagi kema yurish yoʻli oʻqiga oʻtadigan maydon uzunligi;
ls — hisobiy kemaning uzunligi;
g — kemani bogʻlash joyi kanalda yoki himoyalovchi dambalar ortida joylashtirilganda 0,2 ga va boshqa xollarda nolga teng qilib olinadigan koeffitsiyent.
Mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllaridagi kemani bogʻlash chizigʻining uzunligi kemalar harakati bir tomonlama boʻlganda shlyuz kamerasining foydali uzunligi oʻlchamlarigacha kamaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Kemalar harakati ikki tomonlama boʻlganda, ushbu uzunlik shlyuz kamerasi foydali uzunligi oʻlchamlarigacha qisqartirilishiga yoʻl qoʻyiladi, biroq kemani bogʻlash chizigʻining boshlanishi shlyuz kallagining tashqi tomonidan lr masofada oʻrnatilishi va bu chegarada yoʻnaltiruvchi inshoot hamda alohida turuvchi kemani bogʻlash inshootlari (ustunlar, qoziqlar) qoʻllanishi lozim.
5. Ikki yoʻlakli shlyuzlarda yuqori va quyi keluvchi kanallarning shlyuz yaqinidagi qismlarida kemani bogʻlash inshootlari kameralararo boʻshliqning davomida boʻlishi lozim.
6. Keluvchi kanallardan (keng joy) kameraga (tor joy) tekis oʻtish uchun shlyuz kallaklarining ust yuza tomonlariga tutashuvchi yoʻnaltiruvchi inshootlar qoʻllanishi lozim.
Kameralararo boʻshliq davomida kemani bogʻlash inshootlari mavjud boʻlmaganda ikki yoʻlakli shlyuzlarda shlyuz kallaklarining ichki ustunlari yuza tomonlariga tutashuvchi hamda ular bilan umumiy konturni hosil qiluvchi yoʻnaltiruvchi inshootlarni hisobga olish lozim.
Yoʻnaltiruvchi inshootlarning tashqi chegaralarini shlyuz kallaklarning yuza tomonlari bilan tutashishi silliq boʻlishi lozim.
7. Yoʻnaltiruvchi inshootning chegara chiziqlariga urinma chizigʻi bilan shlyuzning oʻqi orasidagi θ burchak mazkur SHNQning 1-rasmida keltirilgan sxemasi quyidagi qiymatlardan oshmasligi lozim:
yoʻnaltiruvchi inshootlar kemani bogʻlash chizigʻi tomonda joylashganda, yirik magistral va magistral suv yoʻllaridagi shlyuzlar uchun — 25o, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan suv yoʻllaridagi shlyuzlar uchun — 30o;
boshqa turdagi yoʻnaltiruvchi inshootlar uchun bu burchak mos ravishda 50 va 60°.
1-rasm. Kemani bogʻlash chizigʻini aniqlash uchun shlyuzga oʻtuvchi kanalning sxemasi
8. Yoʻnaltiruvchi inshoot uzunligining hisobiy kema uzunligidan kelib chiqib belgilanishi kerak.
Kema qatnovi yoʻli kengligi chegaralarida joylashganda yoʻnaltiruvchi inshoot ishchi qismining shlyuz oʻqiga proyeksiyasi ld mazkur SHNQning 10-ilovasining 7 “a”-bandida keltirilgan inshootlar uchun kamida 1/2ls hamda mazkur SHNQning 10-ilovasining 7 “b”-bandida keltirilgan inshootlar uchun kamida 1/3ls qilib olinishi lozim.
9. Devorlar yoki ulardagi panjaralar tepa qismining, shuningdek kemani bogʻlash va yoʻnaltiruvchi inshootlarning eng baland hisobiy kema qatnovi suv sathidan balandligi va ularning kengliklari mazkur SHNQning 3-ilovasiga muvofiq qabul qilinishi lozim.
Kemani bogʻlash va yoʻnaltiruvchi inshoot konstruksiyalarning ostki qismini sollar oʻtadigan shlyuzlarda eng pastki hisobiy kema qatnovi suv sathidan chuqurligi 1,2 sol choʻkishidan kam boʻlmagan qiymatda boʻlishi, biroq 1 m dan kam boʻlmasligi lozim (agar gidravlik shart-sharoitlar boʻyicha chuqurroq qilish talab etilmasa).
Kichik oʻlchamli flotni oʻtkazish uchun moʻljallanmagan shlyuzlarda sollar oʻtmaydigan boʻlsa, kemani bogʻlash va yoʻnaltiruvchi inshootlarning yuza tomonlari konstruksiyasini pastki qismidagi hisobiy kemaning urilish toʻsinidan (eng past hisobiy kema qatnovi suv sathida) kamida 0,5 m pastda joylashtiriladi.
Kichik oʻlchamli flotlarni oʻtkazishga moʻljallangan shlyuzlarda, bu konstruksiyalarning pastki qismining hisobiy eng past sathdan baland boʻlmasligi lozim.
Kemani bogʻlash va yoʻnaltiruvchi inshootlarning kema qatnovi yoʻliga qaragan yuqori qismi, yuza tomonidan kemalar yoni bilan urilishiga yoʻl qoʻymaydigan masofada panjara yoki qoʻriqlash toʻsigʻiga ega boʻlishi lozim.
Inshootlar ortida qayta toʻldirilgan grunt boʻlmasa, qoʻriqlash toʻsigʻi orqa tomondan xam oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 11-ILOVA
Baliqlarni oʻtkazish va baliqlarni muhofaza qilish inshootlar turlari
Baliqlarni oʻtkazuvchi inshootlar
1-rasm. Baliqlarni oʻtkazuvchi inshootlari. Novsimon baliqlarni oʻtish yoʻli
1 — yuqori kallak, 2 — yoʻl, 3 — kirish kallagi, 4 — yaqinlashish qismi, 5 — baliqlarni oʻtish yoʻlidagi suv tezligini soʻndiruvchi konstruksiya, 6 — baliqlar sonini sanaydigan moslama, 7 — sunʼiy moʻljallar
2-rasm. Baliqlarni oʻtkazuvchi inshootlari. Hovuzsimon baliqlarni oʻtish yoʻli
1 — yuqori kallak, 2 — baliqlarni oʻtish yoʻlining kameralari, 3 — baliqlar uchun hovuzchalar, 4 — kirish kallagi, 5 — yaqinlashish qismi, 6 — baliqlar sonini sanaydigan moslama, 7, 8 — sunʼiy moʻljallar
3-rasm. Baliqlarni oʻtkazuvchi inshootlar. Pogʻonali baliqlarni oʻtish yoʻli
1 — yuqori kallak, 2 — ajratuvchi devorchalar, 3 — baliqlar oʻtish yoʻli kameralari, 4 — baliqlarni oʻtish yoʻli, 5 — baliqlarni kirish tuynuklari, 6 — gʻadir-budurlikni oshiruvchi elementlar, 7 — kirish kallagi, 8 — suv sarfini boshqaruvchi moslama, 9 — baliqlar sonini sanaydigan moslama, 10 — sunʼiy moʻljallar, 11 — baliqlarni yoʻnaltiruvchi moslamalar
4-rasm. Baliqlarni koʻtaruvchi inshootlar. Baliqlarni oʻtkazuvchi shlyuz
1 — yuqorigi (chiqish) novi, 2 — avariya-taʼmirlash toʻsiqlari, 3 — qoʻzgʻatuvchi moslama, 4 — baliqlar toʻplagich, 5 — foydalanish zatvorlar (taʼminlash bloki bilan); 6 — ishchi kamera, 7 — ixtiologik moslama
5-rasm. Baliqlarni koʻtaruvchi inshootlar. Gidravlik baliqlar koʻtargich
1 — yuqorigi (chiqish) novi, 2 — avariya-taʼmirlash toʻsigʻi, 3 — toʻrsimon zatvorlar, 4 — qoʻzgʻatuvchi konstruksiya, 5 — foydalanish va taʼminlash bloki zatvorlari, 6 — taʼminlash bloki, 7 — suzib chiqish tuynuklari, 8 — ixtiologik konstruksiya, 9 — koʻtarish maydoni, 10 — aylanib oʻtish yoʻlaklari, 11 — doimiy baliqlar muhofaza panjarasi, 12 — baliq toʻplagich
6-rasm. Baliqlarni koʻtaruvchi inshootlar
1 — yuqorigi chiqish novi, 2 — avariya-taʼmirlash toʻsiqlari, 3 — joʻmrak, 4 — qoʻzgʻatuvchi konstruksiya, 5 — baliq toʻplagich, 6 — ishchi kamera, 7 — konteyner nuqtasi (koʻtarish maydoni bilan), 8 — toʻrsimon zatvorlar, 9 — taʼminlash bloki, 10 — taʼminlash bloki zatvori
7-rasm. Toʻrsimon reaktivning oqim barabani
1 — quvur, 2 — yuvuvchi konstruksiya, 3 — toʻr, 4, 5 — taglik (podshipnik)lar, 6 — soʻrib olish yoʻli
8-rasm. Suv oqimini hosil qiluvchi moslamasi
1 — suv oqimini hosil qiluvchi moslama, 2 — toʻr, 3 — perforatsiyalangan soʻrish quvuri, 4 — suv kelish yoʻli, 5 — suv qabul qiluvchi quvur, 6 — moslama kallagi
9-rasm. Konussimon ikki yoʻlakli baliqlarni toʻsuvchi moslama
1 — oqiziqlarni tutib qoluvchi panjara, 2 — kamera, 3 — toʻsiq, 4 — baliqlarni oʻtish yoʻli
10-rasm. Konussimon bir yoʻlakli baliqlarni toʻsuvchi moslama
1 — oqiziqlarni tutib qoluvchi panjara, 2 — toʻsiq, 3 — baliqlarni oʻtish yoʻli
11-rasm. Perforatsiyalangan vertikal toʻrsimon yoki filtrlovchi ekranlar
a — vertikal ekran, b — W shaklidagi ekran
1 — vertikal ekran, 2 — yuvuvchi konstruksiya, 3 — ekranning berk qismi, 4 — baliqlar oʻtish yoʻli
12-rasm. Suv olish moslamasining zontsimon kallagi
1 — zontsimon kallak, 2 — suv olish quvuri kallagi, 3 — suv olish quvuri, 4 — tayanch konstruksiyasi
13-rasm. Baliqlarni vertikal tarzda ajratuvchi moslamali konsentrator
1 — suv olish havzasi, 2 — konsentrator kallagi, 3 — olish devori, 4 — nov-konsentratorlar, 5 — baliqlar oʻtish yoʻlining kallagi, 6 — baliqlar oʻtish yoʻli, 7 — suv qabul qilish inshooti, 8 — suv olish tuynuklari, 9 — tutashish devori
14-rasm. Suv olish inshootlaridagi deflektorlarning joylashishi
1 — ponton, 2 — soʻrib olish yoʻli, 3 — bosimli yoʻl, 4 — deflektor
15-rasm. Har xil turdagi suv olish inshootlarida zaponning joylashuvi
1 — kallak, 2 — soʻrib olish yoʻli, 3 — zapon, 4 — ponton, 5 — yoʻlovchilar uchun koʻprikcha
SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 12-ILOVA
Gruntning yon bosimini aniqlash
1. Gruntning sirti tekis va ïr ê j boʻlganda, grunt sirtida g yuklanish bir tekisda taqsimlangan, tirgak devor ortidagi grunt qatlamlari sirtga parallel ravishda (mazkur SHNQning 12-ilovasining 1 “a” rasmiga muvofiq) kabi shartlar orqali cheklangan hollarda,êe êj/2) boʻlganda hisobiy tekislik balandligining birligiga toʻgʻri keluvchi faol bosim intensivligini gorizontal pah va vertikal pav tashkil etuvchilari tekis yuzalarda sirpanish gipotezasidan kelib chiqqan holda quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
Agregat (zarrachalari bogʻlangan) gruntlar uchun pah kamida 0 deb qabul qilinishi lozim.
Hisobiy tekislik boʻyicha grunt jipslashishi hisobga olinmaydi.
Mazkur SHNQning 12-ilovasiga koʻra (1) va (2) formulalarda:
j va s — chegaraviy holatlarning birinchi yoki ikkinchi guruhiga koʻra gruntning ichki ishqalanish burchagi va solishtirma jipslashishi;
js — gruntning hisobiy tekislik boʻyicha ishqalanish burchagi (mutlaq kattalik boʻyicha j dan, grunt ichida oʻtuvchi tekislik uchun 30° dan hamda inshootlarni grunt bilan tutashish tekisligi uchun 2/3j dan katta boʻlmagan miqdorda qabul qilinadi);
py — y chuqurlikdagi hisobiy tekislik oldida gruntdagi vertikal bosimi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
, (3)
bu yerda:
yi va Dyi — mos ravishda gruntning solishtirma ogʻirligi (grunt suvga toʻyingan boʻlsa suvning koʻtaruvchi kuchi hisobga olinadi) va hisobiy tekislik oldida gruntning i qatlam balandligi;
lahj va lahs — gruntning faol bosimini gorizontal tashkil etuvchi koeffitsiyenti quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu yerda:
Grunt bosimining gorizontal Eah va vertikal Eav tashkil etuvchilarni aniqlashda bosim intensivligi epyuralarini balandlikni jamlash boʻyicha amalga oshiriladi.
1-rasm. Gruntning faol bosimini hisoblash sxemasi
a — oddiy holatlarda, b — murakkab holatlarda, 1 — hisobiy tekislik, 2 — qoʻllash ehtimoli boʻlgan yuzalar, 3 — qoʻllash prizmasi elementlari orasidagi vertikal ajralish tekisliklari
Agar hisobiy tekislik grunt ichidan oʻtadigan boʻlsa, bunda bosim tekislikning bir necha ehtimoliy holatlari (bir necha ε burchaklar) uchun aniqlanadi (chegaraviy holat uchun hisobiy qiymat sifatida eng noqulay qiymat qabul qilinishi lozim).
e > (45° — j/2) (qiya devor) boʻlgan bir jinsli gruntda hisobiy tekislikni e = (45° — j/2) boʻlgan burchak ostida qabul qilish yoʻl qoʻyiladi.
2. Umumiy holatda gruntning hisobiy tekislikka boʻlgan faol bosimining vertikal Eav va gorizontal Eah tashkil etuvchilarini (mazkur SHNQning 12-ilovasining 1 “b” rasmiga muvofiq) ehtimoliy qulash yuzalarini (2) hisobiy tekislik (1) ostidan belgilab aniqlanadi.
Gruntdagi bosim tekis boʻlmaganda va tavsiflari boʻyicha keskin farq qiladigan qatlamlarda qulash sirti tekis boʻlmagan boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Qisman yoki toʻliq kotlovan yuzasi boʻylab yoki zaif grunt qatlamlari boʻylab oʻtuvchi tekisliklarni ham koʻrib chiqish lozim.
Har bir qulash yuzasi uchun grunt yon bosimining gorizontal Eah tashkil etuvchisi aniqlanadi.
Eah ning eng katta qiymati faol bosimning boshlangʻich gorizontal tashkil etuvchisi, bu qiymatga mos keluvchi qulash yuzasi esa hisobiy yuza deb olinadi.
Eah ni aniqlash uchun qulash prizmasi (3) vertikal tekisliklar bilan alohida elementlarga boʻlinishi, bunda har birining asosida bir jinsli grunt boʻlishi va bu asos tekis deb hisoblanishi lozim.
e > 0 boʻlganda hisobiy tekislik va u orqali oʻtadigan vertikal orasidagi element mustaqil element sifatida qoʻrilmaydi.
Elementlarning qaysi biri kattaroq Eah qiymat berishiga qarab bu element ogʻirligi Ge eng yaqin turgan elementlarning ogʻirligiga qoʻshiladi yoki boshqa elementlar orasida taqsimlanadi (masalan, ularning ogʻirliklari Gi ga proporsional ravishda).
Gruntning gorizontal Eah va vertikal Eav tashkil etuvchilari quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
bu yerda:
n — qulash prizmasidagi elementlar soni;
, (8)
bu yerda:
Gi — yuklanishlarning vertikal tashkil etuvchilar yigʻindisi (element ogʻirligi uning sirtidagi yuklanishlar qoʻshib hisoblanadi);
Fh — bi element kengligi chegaralaridagi yuklanishlarning gorizontal tashkil etuvchisi, filtratsiya kuchlar (yoʻnalishi hisobiy tekislik tomonga boʻlsa, “plyus” ishorasi bilan olinadi);
bi — elementning kengligi;
j i — element asosidagi ichki ishqalanish burchagi;
si — elementning balandligi boʻyicha solishtirma jipslashishning oʻrtacha qiymati;
a — vertikal yuza bilan qulash sirti orasidagi burchak (soat strelkasi yoʻnalishi boʻyicha “plyus” ishora bilan qabul qilinadi);
j s — hisobiy tekislik boʻyicha ishqalanish burchagining oʻrtacha qiymati.
Agar hisoblab chiqarilgan qiymat Eah Eah = 0 deb qabul qilinadi. Agar kuch Eav< 0 boʻlsa, u yuqoriga qarab yoʻnalgan boʻladi.
Bosim intensivligi Pah va kuch qoʻyilgan nuqtalar Eah va Eav ni aniqlash uchun yH balandlikka ega boʻlgan devorning istalgan qismidagi bosimni butun devor uchun hisoblanadigan usul bilan aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, hisobiy tekislikdagi yi chuqurlikda bir necha nuqta tanlab olinib, ularning har biri uchun yuqorida koʻrsatilgan usul orqali Eahi bosim aniqlanadi, (yi — yi-1) maydondagi bosimning oʻrtacha intensivligi quyidagi formulalar orqali hisoblab topiladi:
Ushbu SHNQning (1) va (2) formulalarga koʻra qoʻllanish shartlarini bajarilishi yuqori maydonlar uchun, hisobni soddalashtirish maqsadida mazkur SHNQning 12-ilovasining 1-bandidan foydalanish lozim.
3. Yuza va grunt qatlamlari gorizontal boʻlganda, grunt yuzasiga yukni teng taqsimlanganda gorizontal yoʻnalishda siljimaydigan qattiq hisobiy vertikal yuzaga tushadigan (ushbu yuza boʻyicha grunt ishqalanish kuchi mavjud boʻlmasa) bosim intensivligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
poh = py loh,, (12)
bu yerda:
py — mazkur SHNQning (3) formulasiga koʻra aniqlanadi;
loh — tinch holatdagi gruntning yon bosim koeffitsiyenti;
bu yerda:
n — gruntning koʻndalang deformatsiya koeffitsiyenti (tajriba yoʻli bilan olingan maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda SHNQ 2.02.02-20 boʻyicha qabul qilinadi).
4. Umumiy holda qattiq tirgak devorga tushadigan grunt bosimining aktiv bosim sifatida qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda gruntning solishtirma jipslashishi nolga teng deb olinadi hamda ichki ishqalanish burchagini shartli qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
jo = ars sin (1 — 2n), (14)
2-rasm. Qobiqchalar (yacheykalar)ni ichki devoriga tushadigan grunt bosimining hisoblash sxemasi
1 — qobiqcha (yacheyka), 2 — qayta toʻldiriladigan grunt, 3 — asos grunti
5. Qobiqcha yuqori sathidagi yuk g bir tekis taqsimlaganda “y” chuqurlikdagi grunt bosimi intensivligining gorizontal va vertikal tashkil etuvchilari quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
pah = py lah, (15)
pav = pah tgjs , (16)
bu yerda:
py — “y” chuqurlikdagi vertikal bosim;
py = g h — (g h — py,i )yexp(-), (17)
bu yerda:
g — “y” chuqurlikdagi qobiqcha ichidagi gruntning solishtirma ogʻirligi;
yi — qatlam ustidagi tuproqning i — qatlam balandligi boʻlib, pah chegaralarida aniqlanadi;
py, — pah aniqlanadigan i qatlam ustidagi vertikal bosim (ustki birinchi qatlam uchun y £ y1 boʻlganda py,i= py,1=g; ikkinchi qatlam uchun y > y1 boʻlganda y = y1 va py, i = g deb qabul qilib mazkur SHNQning (17) formulasi boʻyicha aniqlanadi);
A va u — mos ravishda qobiq yuzasi va perimetri (kvadrat va yumaloq koʻrinishdagi qobiqchalar uchun A/u = d/4, parallel devorlar uchun A/u =d/2 (d — qobiqchali devorlar orasidagi masofa yoki yumaloq koʻrinishdagi qobiqcha diametri);
lah — mazkur SHNQning (4) formula bilan aniqlanadigan grunt bosimining gorizontal tashkil etuvchisi.
Gorizontal yoʻnalishda kengaymaydigan qattiq qobiqchalar uchun hisob ushbu SHNqning (14) formulasi boʻyicha aniqlanadigan ichki ishqalanish burchagining shartli qiymati bajariladi.
Ichki ishqalanish burchagining js balandlik boʻylab oʻzgarmas qilib olishga yoʻl qoʻyiladi:
Ef ³ 4Es boʻlganda yoki qobiqchaning tubi mavjud boʻlganda js =2/3j;
Ef Es va y £ ysr boʻlganda js =2/3j ;
y > ysr boʻlganda js = — 1/3j ;
Ef va Es — mos ravishda asos gruntining va qobiqchaning ichi deformatsiya modullari;
ysr — qobiqcha ichidagi choʻkish qiymati qobiqchaning choʻkish qiymatiga teng boʻlgan, gruntning hisobiy tekislik boʻylab vertikal siljishi mavjud boʻlmagan chuqurlik (ysr qayta hisoblar usuli bilan aniqlanadi).
3-rasm. Gruntning faol boʻlmagan bosimining hisoblash sxemasi
6. Gruntning yuzasi tekis boʻlganda, grunt yuzasiga tushadigan g yukni teng taqsimlanganda hamda yuzaga parallel boʻlgan grunt qatlamlarida hisobiy bosimning balandlik birligiga tushadigan grunt faol boʻlmagan bosimining gorizontal prh va vertikal prv tashkil etuvchilari quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
bu yerda:
py, j va s — mazkur SHNQning 12-ilovasining 1-bandiga koʻra aniqlanadi;
lphj va lphs — grunt faol boʻlmagan bosimning gorizontal tashkil etuvchi koeffitsiyenti;
e — hisobiy tekislikning vertikal tekislikka nisbatan ogʻish burchagi ( bu burchak gruntdan teskari tomonga boʻlsa, “minus” ishora bilan qabul qilinadi);
js — gruntning hisobiy tekislikka ishqalanish burchagi (mutlaq kattalik boʻyicha lphj mazkur SHNQning 12-ilovasining 1-jadvali yoki (21) formulasidan aniqlanganda 0 dan j gacha, lphj mazkur SHNQning (22) formulasiga koʻra aniqlanganda 0 dan 2/3j gacha qabul qilinadi.
r = 0 boʻlganda va egri chiziqli boʻrtish yuzalarni hisobga olganda lphj mazkur SHNQning 12-ilovasining 1-jadvali boʻyicha aniqlanadi.
j ³ 15° boʻlganda lphj quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
r £ j va e £ 7° boʻlganda va tekis boʻrtish yuzalari hisobga olganda lphj quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu yerda:
lphs koeffitsiyent quyidagi formula bilan aniqlanadi:
lphs=lphj +tge tgjs , (24)
ppv < 0 qiymatda faol boʻlmagan bosim intensivligining vertikal tashkil etuvchisi pastga qarab yoʻnalgan boʻladi.
Gruntni faol boʻlmagan bosimning gorizontal Eph va vertikal Epv tashkil etuvchilari balandlik boʻyicha grunt bosimi intensivligi epyuralarining yigʻindisi orqali aniqlanadi.
7. Umumiy hollarda gruntning faol boʻlmagan bosimi chegaraviy holatda egri chiziqli boʻrtish yuzalarining hosil boʻlishini hisobga oluvchi usullar, jumladan sochiluvchan muhitning chegaraviy muvozanat nazariyasiga asoslangan usullar bilan aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Murakkab hollarda (grunt qatlamlarining tekis boʻlmagan va parallel boʻlmagan chegaralari, tekis boʻlmagan yuzasi) faol boʻlmagan bosim tekis yoki siniq boʻrtish tekisligi hosil boʻlishi ehtimolini hisobga olgan holda mazkur SHNQning 12-ilovasining 2-bandida keltirilgan usulga oʻxshash usullar bilan aniqlanishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, Eph va Epv quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
Eph hisobiy qiymat sifatida turli boʻrtish yuzalari boʻyicha hisoblangan qiymatlardan eng kichigi qabul qilinadi.
Epv qiymat noldan kichik boʻlganda grunt bosimining vertikal tashkil etuvchisi past tomon yoʻnalgan boʻladi.
8. Qayta toʻldirilgan gruntning qoʻshimcha (reaktiv) bosimi inshootni tarang vaznsiz muhit bilan oʻzaro taʼsir hisoblari orqali aniqlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Qayta toʻldirilgan gruntning boʻrtishini keltirib chiqaruvchi vaqtinchalik davomiy yuklarning taʼsiri (harorat taʼsirlari, shlyuz kameralarini toʻldirishdagi qoʻshimcha suv bosimi, devorni qayta toʻldirilgan grunt tomon surilishiga olib keluvchi asos deformatsiyasi) hisobga olinadi.
Gruntning deformatsiya moduli En va gruntning koʻndalang deformatsiya koeffitsiyenti v yoki tarang qarshilik koeffitsiyenti Q orqali aniqlanadi.
Gruntning deformatsiyalar moduli SHNQ 2.02.02-20 ga muvofiq bajarilgan laboratoriya yoki dala tadqiqotlardan olingan maʼlumotlar asosida qabul qilinishi lozim.
Gilli gruntlar uchun SHNQ 2.02.01-19 ga muvofiq va bogʻlanmagan gruntlar uchun mazkur ilovaning 2-jadvali boʻyicha deformatsiya modullarining normativ qiymatlaridan foydalanilishga yoʻl qoʻyiladi.
Gruntning qoʻshimcha (reaktiv) bosimini aniqlashda konstruksiyaning yoriqlar hosil boʻlishi va ochilishi bilan bogʻliq boʻlgan qattiqligini oʻzgarishi hisobga olinishi hamda hisoblar QMQ 2.06.08-98ga muvofiq amalga oshiriladi.
Davomiy taʼsir etuvchi va sekin oʻzgaruvchi yuklanishlarda (masalan, harorat taʼsirlari) bogʻlanmagan gruntlardan bajarilgan qayta toʻldirilgan gruntlarning deformatsiya tavsiflarini qisqa vaqtli yuklanishlardagi tavsiflarga nisbatan 30 foiz kam qilib qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Harorat taʼsirlariga boʻlgan hisoblarda konstruksiya elementlarining burilish burchaklari va boʻylamasiga siljishlari td harorat taʼsiri va Dtd harorat oʻzgarishiga hisoblanadi.
Hisobiy harorat td va harorat oʻzgarishi Dtd eng sovuq t1 haroratli oydan eng iliq t2 haroratli oygacha boʻlgan olti oylik davr boʻyicha inshootning doimiy boʻlmagan harorat maydoni hisoblarining umumiy qoidalari boʻyicha aniqlanishi lozim.
Bunday hisoblashda harorat taqsimlanishining haqiqiy egri chiziqli epyurasi va D oʻrtacha qiymatlari va aniqlanadigan statik jihatdan ekvivalentli boʻlgan trapetsidal epyura bilan almashtiriladi, hisobiy haroratlar esa quyidagicha hisoblanadi:
SHNQ 2.06.07-22 “Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliqlarni oʻtkazish va ularni muhofaza qilish inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 13-ILOVA
Kema qatnovi shlyuzlariga kemalardan tushadigan yuklar
1. Shlyuzlarni hisoblashda kemalardan tushadigan quyidagi yuklar hisobga olinishi lozim:
shamol, suv oqimi va gidrodinamik kuch taʼsirida bogʻlab qoʻyilgan kemaning shlyuzga keluvchi kanalidagi kemani bogʻlash joylariga yoki shlyuz devorlariga yoni bilan urilishidan hosil boʻlgan yuklar;
shlyuzga keluvchi kanalidagi kemani bogʻlash joylariga yoki shlyuz devorlariga kemaning yaqinlashib kelishidan hosil boʻlgan yuklar;
shamol, suv oqimi va gidrodinamik kuch taʼsirida kemani bogʻlash arqonlarining tortilishidan hosil boʻlgan yuklar.
2. Shamolning kuch taʼsirida bogʻlab qoʻyilgan kemaning shlyuzga keluvchi kanalidagi kemani bogʻlash joylariga yoki shlyuz devorlariga yoni bilan urilishidan hosil boʻlgan yuklar QMQ 2.06.04-97ga muvofiq aniqlanadi.
Shamol va suv oqimi taʼsiridan hosil boʻlgan koʻndalang kuch Qtot mazkur SHNQning 9-ilovasiga muvofiq aniqlanadigan gidrodinamik kuchning koʻndalang tashkil etuvchisi qoʻshiladi.
3. Bogʻlab qoʻyilgan kemaning shlyuzga keluvchi kanalidagi kemani bogʻlash joylariga yoki shlyuz devorlariga yoni bilan urilishidan hosil boʻlgan koʻndalang gorizontal kuch Fq mazkur QMQ 2.06.04-97 ga muvofiq aniqlanadi, bunda yaqinlashib kelayotgan kemaning normal tezligi v, m/s, mazkur SHNQning 13-ilovasining 1-jadvali boʻyicha aniqlanadi va kemaning urilishidan hosil boʻlgan koʻndalang gorizontal kuch Fq ning miqdori kema qoplamasi uchun belgilangan yuklamalarning cheklangan qiymatlaridan oshmasligi lozim.
Ushbu yuklarning cheklangan qiymati quyidagi formula orqali aniqlanadi, kN:
Fq, max = 10(ls, max — 20), (1)
bu yerda:
ls, max — eng katta yakka holdagi kemaning yoki tarkibdagi eng katta kemaning uzunligi, m.
Kemalarning tanasini (korpus) shikastlanish ehtimolini kamaytirish va kemaning shlyuz inshootlariga yoni bilan urilishidan hosil boʻladigan yuklarni kamaytirish uchun, Fq, quyidagi qiymatlardan oshmasligini taʼminlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirilishining maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqilishi lozim:
“M” registr sinfiga mansub boʻlgan va muzga qarshi mustahkamlikka ega boʻlgan “daryo-dengiz” turidagi yuk bugʻ kema(teploxod)lari uchun — 5 ls;
“O” sinfiga mansub boʻlgan yuk bugʻ kema (teploxod)lari va quruq yuk tashuvchi barjalar, jumladan tarkiblarga kiruvchi barjalar uchun — 3,5 ls ;
tankerlar va suyuqlik tashiydigan barjalar, tarkiblarga kiruvchi barjalar uchun — 2,5 ls.
4. Alohida turuvchi koʻmilmagan konstruksiyalarni surilishi va agʻdarilishga boʻlgan mustahkamligini tekshirishda kemaning yoni bilan urilishidan hosil boʻlgan koʻndalang gorizontal kuch Fq ning qiymati barcha hollarda mazkur SHNQning (1) formulasi orqali aniqlanadigan kema qoplamasiga tushadigan kuchga teng qilib olinishi lozim.
5. Yuza tomoni inshootning yuza tomoniga mos keluvchi parapetlarga, kemaning yoni bilan urilishidan hosil boʻladigan yuklar ushbu SHNQning 13-ilovasining 3-bandiga muvofiq aniqlanadi.
Bunda, hisobiy kemaning ogʻirligi kemaning suvga botish qiymati (hisobiy kemaning yuqori urilish toʻsini parapet tepasidagi sathda boʻladi) boʻyicha aniqlanadi.
6. Kemaning yoni bilan urilish kuchi taʼsir qiladigan kamera devorining hisobiy uzunligi l quyidagi shartni bajarilishini taʼminlashi lozim:
bu yerda:
d — koʻrib chiqilayotgan kesimdagi devor qalinligi;
hp — kema yoni bilan urilish kuchi nuqtasidan koʻrib chiqilayotgan kesimgacha boʻlgan masofa.
7. Shlyuzga keluvchi kanalidagi kemani bogʻlash joylariga yoki shlyuz devorlariga kemani bogʻlash arqonlarining tortilishidan hosil boʻlgan va bitta ustun yoki halqa tomonidan qabul qilinadigan yuklar QMQ 2.06.04-97ga muvofiq qabul qilinishi lozim.
