Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (847-son)
18.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son hamda “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son farmonlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish tartiblarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga davlat xizmatlarini koʻrsatishni soddalashtirishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan oʻtkazishni proaktiv shaklda amalga oshirish;
xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish hamda bojxona brokeri faoliyatlarini yuritishning pasportlarini joriy etish;
nodavlat arxivlarni tashkil etish bilan bogʻliq tartib-taomillarni soddalashtirish;
soliq xizmati organiga integratsiya qilingan elektron platformalarda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyatini yaratish;
nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishni elektron platforma orqali amalga oshirishni joriy etish;
koʻzi ojiz, eshitish va gapirishda nuqsoni boʻlgan hamda yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha malaka imtihonini kompyuterda maxsus dasturda oʻtkazish va ularga yordamchi (assistent) biriktirish;
tibbiy faoliyat uchun litsenziya bilan birga rentgen uskunasidan foydalanishga ruxsatnoma olish;
xavfli yuklarni tashish uchun sigʻimlarning yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa bilan birga yadroviy va radioaktiv materiallar, radiatsiya manbalari, radioaktiv chiqindilar hamda qurilmalarni tashish shartlari va usullarining sanitariya qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa olish.
2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha vakolatli organlar Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qaror bilan belgilangan davlat xizmatlarini proaktiv va kompozit shakllarda koʻrsatish imkoniyatini yaratsin.
3. Adliya vazirligi:
davlat xizmatlarining belgilangan tartibda koʻrsatilishini doimiy nazorat qilib borsin;
davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini buzganligi uchun davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-dekabr,
847-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qarorida:
a) 4-banddan “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovada:
5, 8-bandlardan, 10 va 11-bandlarning birinchi xatboshilaridan, 14-banddan, 15-bandning uchinchi xatboshisidan, 20-banddan, 25 va 29-bandlarning birinchi xatboshilaridan hamda Nizomga 1, 1a va 2-ilovalardan “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiradilar”;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Madaniy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi yoki vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikat olish uchun (1 va 1a-ilovalar) ularning egasi oldindan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiga belgilangan shakldagi yozma ariza (2-ilova) taqdim etadi. Matbaa asarlari olib chiqilishi uchun roʻyxat ikki nusxada taqdim etiladi (3-ilova)”;
16 — 19-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarorida:
a) 3-ilovada:
11-band kuyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Nodavlat arxivlar faoliyati Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qaroriga muvofiq tashkil etiladi va tugatiladi”;
12, 13, 15 va 18-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
16-bandda:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 4-ilovaning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Davlat arxivlari tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar narxi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlarning yagona narxnomasiga binoan belgilanadi.
Davlat arxivlarida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha toʻlanmagan nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud boʻlmasa yoxud ushbu qarzlar qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda toʻlangan taqdirda tovarlarni (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish boʻyicha jami xarajatlarning hamda majburiy ajratmalarning oʻrni toʻldirilgandan keyin davlat arxivlarini rivojlantirish jamgʻarmasining qolgan mablagʻlari (homiylik yordami, begʻaraz yordam miqdori bundan mustasno):
tushgan barcha mablagʻlarning koʻpi bilan 90 foizi davlat arxivlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga;
kamida 10 foizi moddiy-texnik bazani mustahkamlashga sarflanadi.
Davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshiga har oylik ustamalar, mukofotlar, ularga moddiy yordam berish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish “Oʻzarxiv” agentligi tarkibiga kiruvchi davlat arxivlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibiga asosan amalga oshiriladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 13-bandning “z” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 38-bandning oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-bandning birinchi xatboshisi “Mazkur Nizom” soʻzlaridan keyin “nodavlat notijorat tashkilotlarining “e-ngo.uz” elektron portali (keyingi oʻrinlarda — Tizim) orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 6-bandda:
birinchi xatboshi “taqdim etiladi” soʻzlaridan oldin “tizim orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “roʻyxatdan oʻtkazgan organga” soʻzlaridan keyin “tizim orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga” soʻzlaridan keyin “tizim orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 7-bandda:
birinchi xatboshi “tuman (shahar) boʻlimini” soʻzlaridan keyin “tizim orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “NNTning yuqori organi nomiga” soʻzlaridan keyin “tizim orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) 28-bandda:
birinchi xatboshidagi “xatlar” soʻzi “tizim orqali xabarnomalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Xatda” soʻzi “Xabarnomada” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xabarnomani olgan adliya organi uch ish kuni mobaynida alohida boʻlinma yopilganligi munosabati bilan tizim orqali Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan alohida boʻlinmalarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritadi va bu haqda ikki ish kuni mobaynida tugatish komissiyasini xabardor qiladi”;
d) 29-bandda:
birinchi xatboshidan “shuningdek muhr va shtamplarni yoʻq qilish uchun ichki ishlar organiga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidan “muhr va shtamplar esa — ichki ishlar organiga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 30-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “ichki ishlar organining maʼlumotnomasi” soʻzlari “tugatish komissiyasining dalolatnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 31-bandda:
birinchi xatboshi “besh ish kuni mobaynida” soʻzlaridan keyin “tizim orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshidagi “xatni” soʻzi “xabarnomani tizim orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) quyidagi mazmundagi 331 va 332-bandlar bilan toʻldirilsin:
“331. Roʻyxatdan oʻtkazuvi organ NNTlarning oʻz faoliyati toʻgʻrisida har yili 1-fevralga qadar hisobot topshirishi holatini monitoring qiladi. Monitoring natijasi boʻyicha joriy yilning 1-mart kuniga qadar NNTlarning faollik holatiga baho beriladi, hisobot topshirmagan NNTlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda taʼsir choralari koʻriladi.
Quyidagi holatlardan birida NNTning faollik holati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning xulosasi asosida uzoq muddat faoliyat koʻrsatmayotgan holatga oʻzgartiriladi hamda Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Uzoq muddat faoliyat yuritmayotgan NNTlarning davlat reyestriga kiritiladi:
surunkasiga uch yil davomida oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim qilmaganda. Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan NNTga nisbatan taʼsir choralari koʻrilgan boʻlishi, NNTning rahbar organiga hisobot taqdim etilmaganligi yuzasidan ogohlantirish yuborilgan boʻlishi lozim;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan faoliyat koʻrsatmayotgan NNTning yuridik manzili joyiga chiqilgan holda oʻrganilib, tashkilotning mazkur yuridik manzilda faoliyat yuritmasligi yuzasidan dalolatnoma tuzilganda. Bunda NNTning yuridik manzili oʻzgarganligiga aniqlik kiritish yuzasidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan NNTning rahbar organlariga tegishli xatlar yuboriladi;
NNTning joriy rahbar organlari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda. Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNTga, uning tashabbuskorlari yoki taʼsischilari (muassislari)ga tegishli xatlar yuboradi, NNTning rahbar organlarini aniqlash yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarining xulosalarini oladi;
NNTning soliq va boshqa qarzdorligi mavjudligi sababli, uning maqsad va vazifalarini amalga oshirish imkoniyati boʻlmagan taqdirda. Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan soliq xizmati organlari va boshqa tashkilotlardan NNTning qarzdorligi boʻyicha tegishli xulosalar olinadi.
NNTning Uzoq muddat faoliyat yuritmayotgan NNTlarning davlat reyestriga kiritilganligi haqida tizimda va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy veb saytida eʼlon beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNT faoliyatiga oid maʼlumotlarni olish uchun tizim orqali quyidagi idora va tashkilotlarga soʻrovnoma yuboradi:
statistika organiga — taqdim etilgan hisobotlar yuzasidan;
soliq xizmati organiga — taqdim etilgan hisobotlar va NNTning qarzdorligi yuzasidan;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga — yuridik manzili va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlari yuzasidan.
Ushbu bandning toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilarida koʻrsatilgan idora va tashkilotlar tegishli soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida oʻzlarining maʼlumotlar bazalarida NNT toʻgʻrisida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni Tizim orqali taqdim etadi. Bunda tegishli idora va tashkilotlar tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladigan maʼlumotlar tarkibi oʻzaro maʼlumot almashish boʻyicha kelishuvlarga asosan aniqlanadi.
Uzoq muddat faoliyat yuritmayotgan NNTlarning davlat reyestriga kiritilgandan boshlab 1 yil davomida mazkur bandning uchinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganda, NNT ushbu reyestrdan chiqariladi. Bunda NNTning rahbar organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ariza taqdim etiladi.
Uzoq muddat faoliyat yuritmayotgan NNTlarning davlat reyestriga kiritilgan va bir yildan ortiq mazkur reyestrdan chiqarilmagan NNTlarga nisbatan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan qonunchilikka muvofiq NNTning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yuzasidan sudga taqdimnoma kiritiladi va kelgusida faoliyatini tugatish boʻyicha choralar koʻriladi.
332. Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan (taʼlim, sogʻliqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va boshqa) sohalarda faoliyat yuritgan va Uzoq muddat faoliyat yuritmayotgan NNTlarning davlat reyestridan chiqarilgan NNTlarga bir yil davomida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyat koʻrsatuvchi jamoat fondlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda koʻmaklashadi.
Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNT faoliyati tiklanishiga koʻmaklashish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
NNT faoliyatini moliyaviy holati barqarorligini taʼminlash maqsadida subsidiya shaklida bir martalik moliyaviy koʻmak ajratilishi yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyat koʻrsatuvchi jamoat fondlariga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahridagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ga NNTlarni joylashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga;
davlat mulkida boʻlgan boʻsh turgan binolar va inshootlarda NNTni uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga joylashtirish choralarini koʻrish boʻyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taklif kiritadi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNTning ustav maqsadlariga muvofiq, manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini oʻrnatishga hamda respublika yoki xalqaro grant tanlovlarida ishtirok etishga koʻmaklashadi.
Faoliyati tiklanilishiga koʻmaklashilgan NNTlar kamida bir yil davomida moliyaviy barqarorligini taʼminlab boradi hamda oʻz faoliyatiga respublika yoki xalqaro grantlarni jalb qilish boʻyicha choralar koʻradi”;
i) 34-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“NNTni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qarorda tugatish komissiyasi tarkibi hamda NNTning mavjud alohida boʻlinmalari roʻyxati koʻrsatiladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
k) 35-bandda:
birinchi xatboshi “roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga” soʻzlaridan keyin “tizim orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “Byuroning tuman (shahar) boʻlimini” soʻzlaridan keyin “tizim orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
l) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarini ixtiyoriy tugatish
SXEMASI
m) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarini majburiy tugatish
SXEMASI
n) quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:
“Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Uzoq muddat faoliyat yuritmayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining
DAVLAT REYESTRI
7. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarorida:
a) 1-ilovada:
1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda talabgorlar deb ataladi) elektr energiyasini hisobga olish (hisoblagich) uskunasini (keyingi oʻrinlarda hisobga olish uskunalari deb ataladi) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish davlat xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda davlat xizmatlari deb ataladi) koʻrsatish tartibini belgilaydi”;
2-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari “Davlat xizmatlari proaktiv shaklda (murojaatsiz) hamda Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandda:
ikkinchi xatboshi “hisobga olish uskunalarini” soʻzlaridan keyin “ixtiyoriy ravishda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunalarini navbatdagi davriy qiyoslash qiyoslov muddatiga 3 oy qolganda proaktiv shaklda (murojaatsiz) HETK tomonidan oʻtkaziladi”;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun:
a) Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda:
jismoniy shaxslardan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslardan tashqari) va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
HETKdan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun) bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi;
yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Bunda oʻlchash vositalarini, hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha bir vaqtda murojaat qilinganda, yigʻim summasi bir marta undiriladi.
Hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish nazarda tutilmagan hollarda yechish yoki oʻrnatish uchun yigʻim undirilmaydi.
Maishiy isteʼmolchilar va tadbirkorlik subyektlari uchun elektr energiyasini hisobga olish priborlarini yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish xarajatlari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
20 foizi — metrologiya xizmatining hisobvaragʻiga (agar hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish uchun murojaat qilinganda);
qolgan mablagʻlar taʼminotchi korxonaning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Bunda jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga koʻra taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari HETK mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
20 foizi — metrologiya xizmatining hisobvaragʻiga (agar hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish uchun murojaat qilinganda);
qolgan mablagʻlar taʼminotchi korxonaning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Bunda jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga koʻra taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari HETK mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
b) HETKka toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilinganda yoki HETK tomonidan proaktiv shaklda (murojaatsiz) davlat xizmati koʻrsatilganda, qiyoslashdan oʻtkazish uchun:
jismoniy shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 16 foizi;
yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Bunda yigʻimlar summasi talabgorning shaxsiy hisobvaragʻidan yechib olinadi va toʻliq ravishda HETKning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Isteʼmolchilarning hisobga olish uskunalari metrologiya xizmati tomonidan qiyoslovdan oʻtkazilganligi uchun toʻlovlar HETK hisobidan amalga oshiriladi. Yigʻim summasi hisobga olish uskunasi Reglamentning 22-bandida belgilangan tartibda yechib olingandan soʻng talabgorning shaxsiy hisobvaragʻidan yechib olinadi”;
22-bandning birinchi xatboshisi “HETK xodimlari” soʻzlaridan keyin “davriy qiyoslov muddatiga 3 oy qolganda proaktiv shaklda (murojaatsiz) yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
23-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda davlat xizmati proaktiv shaklda (murojaatsiz) koʻrsatilgan taqdirda, HETK tomonidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma nusxasi xat bilan talabgorga yuboriladi va shu vaqtdan boshlab hisobga olish uskunasini qiyoslashdan oʻtkazish uchun talabgor umumiy tartibda HETKka murojaat qilishi lozim boʻladi”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 311-band bilan toʻldirilsin:
“311. HETK talabgorlarning hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish uchun javobgar boʻladi, Reglamentning 23-bandida belgilangan holat bundan mustasno”;
b) 2-ilovada:
1-bandning birinchi xatboshisidan “Davlat xizmatlari markazlari orqali” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari “Davlat xizmatlari proaktiv shaklda (murojaatsiz) hamda Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda tabiiy gazni maishiy va elektron hisobga olish uskunalarini navbatdagi davriy qiyoslash qiyoslov muddatiga 3 oy qolganda proaktiv shaklda (murojaatsiz) HGTT tomonidan oʻtkaziladi”;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun:
a) Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda:
jismoniy shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Bunda hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha bir vaqtda murojaat qilinganda yigʻim summasi bir marta undiriladi.
Hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish nazarda tutilmagan hollarda yechish yoki oʻrnatish uchun yigʻim undirilmaydi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etilganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
20 foizi — metrologiya xizmatining hisobvaragʻiga (agar hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish uchun murojaat qilinganda);
qolgan mablagʻlar HGTTning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Bunda jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga koʻra taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari HGTT mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
20 foizi — metrologiya xizmatining hisobvaragʻiga (agar hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish uchun murojaat qilinganda);
qolgan mablagʻlar HGTTning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Bunda jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga koʻra taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari HGTT mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
b) HGTTga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilinganda yoki HGTT tomonidan proaktiv shaklda (murojaatsiz) davlat xizmati koʻrsatilganda, qiyoslashdan oʻtkazish uchun:
jismoniy shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 16 foizi;
yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Bunda yigʻimlar summasi talabgorning shaxsiy hisobvaragʻidan yechib olinadi va toʻliq ravishda HGTTning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Isteʼmolchilarning hisobga olish uskunalarini metrologiya xizmati tomonidan qiyoslovdan oʻtkazilganligi uchun toʻlovlar HGTT hisobidan amalga oshiriladi. Yigʻim summasi hisobga olish uskunasi Reglamentning 22-bandida belgilangan tartibda yechib olingandan soʻng talabgorning shaxsiy hisobvaragʻidan yechib olinadi”;
17-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
22-bandning birinchi xatboshisi “HGTT xodimlari” soʻzlaridan keyin “davriy qiyoslov muddatiga 3 oy qolganda proaktiv shaklda (murojaatsiz) yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
23-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda davlat xizmati proaktiv shaklda (murojaatsiz) koʻrsatilgan taqdirda, HGTT tomonidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma nusxasi xat bilan talabgorga yuboriladi va shu vaqtdan boshlab hisobga olish uskunasini qiyoslashdan oʻtkazish uchun talabgor umumiy tartibda HGTTga murojaat qilishi lozim boʻladi”;
quyidagi mazmundagi 311-band bilan toʻldirilsin:
“311. HGTT talabgorlarning hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish uchun javobgar boʻladi, Reglamentning 23-bandida belgilangan holat bundan mustasno”;
v) 3-ilovada:
1-bandning birinchi xatboshisidan “Davlat xizmatlari markazlari orqali” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari “Davlat xizmatlari proaktiv shaklda (murojaatsiz) hamda Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish (hisoblagich) uskunalarini navbatdagi davriy qiyoslash qiyoslov muddatiga 3 oy qolganda proaktiv shaklda (murojaatsiz) taʼminotchi korxona tomonidan oʻtkaziladi”;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun:
a) Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda:
jismoniy shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Bunda hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha bir vaqtda murojaat qilinganda yigʻim summasi bir marta undiriladi.
Hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish nazarda tutilmagan hollarda yechish yoki oʻrnatish uchun yigʻim undirilmaydi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etilganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
20 foizi — metrologiya xizmatining hisobvaragʻiga (agar hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish uchun murojaat qilinganda);
qolgan mablagʻlar taʼminotchi korxonaning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Bunda jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga koʻra taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari taʼminotchi korxona mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
20 foizi — metrologiya xizmatining hisobvaragʻiga (agar hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish uchun murojaat qilinganda);
qolgan mablagʻlar taʼminotchi korxonaning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Bunda jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga koʻra taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari taʼminotchi korxona mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
b) taʼminotchi korxonalarga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilinganda yoki taʼminotchi korxona tomonidan proaktiv shaklda (murojaatsiz) davlat xizmati koʻrsatilganda, qiyoslashdan oʻtkazish uchun:
jismoniy shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 16 foizi;
yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Bunda yigʻimlar summasi talabgorning shaxsiy hisobvaragʻidan yechib olinadi va toʻliq ravishda taʼminotchi korxonaning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Isteʼmolchilarning hisobga olish uskunalarini metrologiya xizmati tomonidan qiyoslovdan oʻtkazilganligi uchun toʻlovlar taʼminotchi korxona hisobidan amalga oshiriladi. Yigʻim summasi hisobga olish uskunasi Reglamentning 22-bandida belgilangan tartibda yechib olingandan soʻng talabgorning shaxsiy hisobvaragʻidan yechib olinadi”;
22-bandning birinchi xatboshisi “Taʼminotchi korxona xodimlari” soʻzlaridan keyin “davriy qiyoslov muddatiga 3 oy qolganda proaktiv shaklda (murojaatsiz) yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
23-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda davlat xizmati proaktiv shaklda (murojaatsiz) koʻrsatilgan taqdirda, taʼminotchi korxona tomonidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma nusxasi xat bilan talabgorga yuboriladi va shu vaqtdan boshlab hisobga olish uskunasini qiyoslashdan oʻtkazish uchun talabgor umumiy tartibda taʼminotchi korxonaga murojaat qilishi lozim boʻladi”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 311-band bilan toʻldirilsin:
“311. Taʼminotchi korxona talabgorlarning hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish uchun javobgar boʻladi, Reglamentning 23-bandida belgilangan holat bundan mustasno”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 18-bandning “a” kichik bandida:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 20-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron toʻlov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (Marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 3-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi;
dasturlarni dasturlash interfeysi (Application Programming Interface) (keyingi oʻrinlarda — API) — bir dasturiy tizimning boshqa dasturiy tizim bilan oʻzaro aloqada ishlash usullarining tavsifi”;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 31-bob bilan toʻldirilsin:
“31-bob. Elektron platformalar tomonidan soliq axborot tizimlaridan foydalanish tartibi
121. Elektron tijorat platformalar elektron fiskal cheklarni rasmiylashtirishda qonunchilik hujjatlari bilan talab etiladigan zarur maʼlumotlardan API orqali foydalanishi mumkin.
122. Elektron tijorat platformalar soliq organi axborot tizimlaridagi API dan foydalanishga ruxsat olish uchun vakolatli organga shaxsiy kabineti orqali murojaat qiladi.
123. Vakolatli organ oʻn ish kuni mobaynida quyidagi talablar bir vaqtning oʻzida bajarilganligini tekshiradi va API dan foydalanishga ruxsat beradi:
a) belgilangan tartibda Marketpleyslarning Davlat reyestriga kiritilganligi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan taqdim etiladigan Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi mavjudligi;
v) tizimga murojaat qiladigan IP-manzil hamda maʼlumotlarni qayta ishlaydigan texnik vositalarning jisman Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashganligi;
g) Marketpleysga tegishli axborot tizimi boʻyicha “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xulosasi mavjudligi;
d) elektron tijorat platformalar tomonidan API dan foydalanishga ruxsat olish uchun soʻralayotgan maʼlumotlarning, mazkur Nizomda belgilangan onlayn-NKM va virtual kassa orqali shakllantiriladigan cheklarda boʻlishi zarur boʻlgan maʼlumotlarga muvofiqligi.
Yuqoridagi talablarga muvofiq boʻlmagan holatlarda vakolatli organ API orqali foydalanishni rad etadi hamda bu haqda murojaatchiga xabar yuboradi.
124. Elektron tijorat platformalarning API orqali yuboriladigan texnik soʻrovlari soni sekundiga 1 tadan oshmasligi shart.
125. Vakolatli organ API dan foydalanuvchi elektron tijorat platformalarning reyestrini yuritadi.
126. Elektron tijorat platformalar oʻzining maʼlumotlar bazasida shaxsga doir maʼlumotlarning va soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning konfidensialligini taʼminlashi shart.
127.Elektron tijorat platformalar soliq organi axborot tizimlaridan olingan shaxsga doir maʼlumotlarni va soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va tarqatmasligi shart”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
a) 8-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“E-auksion” elektron savdo platformasida koʻchmas mulk obyektlarini sotish boʻyicha tashkil etilgan auksion yuzasidan rasmiylashtirilgan bayonnoma auksion gʻolibi va buyurtmachi hamda hududiy boshqarmaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — operator) tomonidan mazkur platforma orqali yuboriladi”;
b) quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
“91. Koʻchmas mulk mulkdori turar joy toifasidagi koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda ushbu manzilga oʻzini doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish uchun ariza yuborishi mumkin.
Koʻchmas mulk mulkdori turar joy toifasidagi koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda ushbu manzilga oʻzini doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish uchun murojaat qilganda arizada qoʻshimcha ravishda mulkdorning JSHSHIR, pasporti (ID-kartasi yoki kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami), telefon raqami (mavjud boʻlganda) koʻrsatiladi.
Bunda ariza beruvchidan mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi”;
v) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun ushbu Reglamentning 6-bandiga muvofiq yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, koʻrsatilgan xizmatlar uchun belgilangan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov miqdori koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) vositachilarga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda), operatorga yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) elektron shaklda yuboriladi.
Vositachilar (operator) toʻlov summasi koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) kelib tushganidan soʻng real vaqt rejimida bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini (auksion gʻolibi) xabardor qiladi.
Ariza beruvchi xabarnomada koʻrsatilgan miqdorda yigʻim summasini va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun davlat bojini toʻlaydi.
Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda ushbu manzilga doimiy roʻyxatga qoʻyish boʻyicha xizmat koʻrsatilganda, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilganda toʻlov toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi”;
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi faoliyatini tashkil etish, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-oktabrdagi 678-son qarorida:
a) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “65” raqami “70” raqami bilan almashtirilsin;
b) 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Markaz xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdorlari, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari Markaz ustavida belgilanadi, bunda Markaz xodimlariga Vazirlik markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishning (shu jumladan ragʻbatlantirish koeffitsiyenti, alohida mehnat sharoitlari uchun va boshqa toʻlovlar) amaldagi miqdorlaridan kam boʻlmagan miqdorda qoʻllaniladi”;
v) 1-ilovada:
“Rasmiy nashrlarni va yuridik adabiyotlarni tayyorlash va tahrir qilish boʻlimi” blokidagi “3” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin;
“Tarjimon” blokidagi “1” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
izohning birinchi xatboshisidagi “65” raqami “70” raqami bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud soliq xizmati organiga kelgan holda, shuningdek, belgilangan tartibda davlat reyestriga kiritilgan va soliq xizmati organiga integratsiya boʻlgan elektron platformalar (marketpleyslar) orqali roʻyxatga oluvchi organlardan roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
Bunda soʻrovnoma oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet yoxud belgilangan tartibda davlat reyestriga kiritilgan va soliq xizmati organiga integratsiya boʻlgan elektron platformalar (marketpleyslar) orqali elektron shaklda elektron raqamli imzo yoki imzo sifatida tan olinadigan biometrik identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan “Face-ID” va boshqa shu kabi usullar yordamida mustaqil ravishda, shuningdek, soliq xizmati organiga kelganda esa soliq organi xodimi tomonidan toʻldiriladi.
Elektron tijorat platformalar (marketpleyslar) yuzi orqali biometrik identifikatsiya qilishda Oʻzbekistonda “Kiberxavfsizlik” DUK ijobiy xulosasi berilgan tizimlardan foydalanishi shart”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 19-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilganda, garov mulki auksionga kreditorning buyurtmasi asosida qoʻyiladi.
Kreditorning buyurtmanomasiga quyidagi hujjatlar elektron shaklda ilova qilinadi:
kredit va/yoki garov shartnomasining nusxasi;
mol-mulk turidan kelib chiqib, uni tavsiflaydigan hujjatlarning nusxalari;
kreditor, qarzdor va garov (ipoteka) toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish jarayonida roziligi yoki ruxsati talab etilgan shaxslarning garov (ipoteka) mulkini suddan tashqari tartibda realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi notarial tartibda tuzilgan kelishuvi”;
b) 20-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Buyurtmachi auksionga chiqarish uchun taqdim etiladigan obyektlar garovga qoʻyilmaganligi yoki taqiq solinmaganligi (sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda hamda undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilganda mol-mulkni sotish bundan mustasno) toʻgʻrisidagi axborotlar haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Bunda buyurtmadagi auksion obyekti boʻyicha ulushli mulk ishtirokchilarining roziligi olinmaganligi, mulklar garovga qoʻyilganligi va ularga taqiq solinganligi holatlaridan birining aniqlanishi (sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda hamda undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilganda mol-mulkni sotish bundan mustasno), buyurtma qaytarilishiga asos boʻladi”;
v) quyidagi mazmundagi 451-band bilan toʻldirilsin:
“451. Koʻchmas mulk obyektlarini sotish boʻyicha rasmiylashtirilgan bayonnoma Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligining hududiy boshqarmasi) Operator tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali yuboriladi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda Kadastr agentligining hududiy boshqarmasi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Auksion gʻolibi Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarorida belgilangan toʻlovni amalga oshiradi.
Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirma operatorga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion gʻolibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
Koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirmani auksion gʻolibi oʻzining “E-auksion” elektron savdo platformasidagi shaxsiy kabineti orqali oladi.
Koʻchmas mulk obyektlarini sotish uchun uzoqroq boʻlgan toʻlov muddati nazarda tutilgan boʻlsa, bayonnoma roʻyxatdan oʻtkazish uchun Kadastr agentligining hududiy boshqarmasiga yuborilmaydi”.
g) 57-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Eng past narx auksion obyekti baholangan qiymatining 80 foizi miqdorida belgilanadi”;
d) 59-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“59. Takroriy auksion oʻtkazilmagan deb hisoblangan taqdirda, operator auksion obyektini auksionga qoʻyishga buyurtma bergan buyurtmachini bu haqda xabardor qiladi hamda obyektni auksiondan oladi, mazkur Nizomning 60-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suddan tashqari tartibda undiruv qaratilgan auksion obyekti boʻyicha takroriy auksion savdosi oʻtkazilmagan deb topilganda kreditor qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatda auksion obyektini oʻzida olib qolish huquqidan foydalanishga haqli.
Kreditor auksion obyektini oʻzida olib qolish huquqidan foydalanishga rozilik bildirganda, operator mazkur Nizomning 45-bandiga asosan bayonnoma rasmiylashtiradi va uni buyurtmachining shaxsiy kabinetiga hamda zarur hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga elektron shaklda yuboriladi”.
15. Vazirlar Mahkamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi “tillari uchun” soʻzlaridan keyin “2025-yil 1-yanvardan boshlab — turk tili uchun” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 1-ilovada:
quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha malaka imtihoni nogironligi boʻlgan (I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, nogironligi boʻlgan bolalar) talabgorlar uchun barcha boʻlimlar qamrab olingan holda bir bosqichda kompyuterda oʻtkaziladi.
Bunda:
koʻzi ojiz talabgorlar uchun malaka imtihoni — “tinglab tushunish” va “gapirish” boʻlimlaridan;
eshitish va gapirishda nuqsoni boʻlgan talabgorlar uchun malaka imtihoni — “oʻqish” va “yozish” boʻlimlaridan;
yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun malaka imtihoni — “tinglab tushunish”, “oʻqish” va “gapirish” boʻlimlaridan iborat boʻladi.
Koʻzi ojiz, eshitish va gapirishda nuqsoni boʻlgan hamda yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun malaka imtihoni kompyuterda maxsus dasturda oʻtkaziladi hamda talabgorlarga vakolatli organ tomonidan yordamchi (assistent) biriktiriladi.
Koʻzi ojiz, eshitish va gapirishda nuqsoni boʻlgan hamda yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun maxsus test formatlari asosida oʻtkazilgan malaka imtihoni har bir daraja (A2, B1, B2, C1) va koʻp darajali (Multi-level) formatda oʻtkazilgan malaka imtihoni bilan bir xil kuchga ega boʻladi.
Imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun maxsus imtihon formatlari, imtihon uchun ajratiladigan vaqt va baholash mezonlari vakolatli organ tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi”;
quyidagi mazmundagi 171-band bilan toʻldirilsin:
“171. Koʻzi ojiz talabgorlar uchun malaka imtihoni — “tinglab tushunish” va “gapirish” boʻlimlaridan, eshitish va gapirishda nuqsoni boʻlgan talabgorlar uchun malaka imtihoni — “oʻqish” va “yozish” boʻlimlaridan hamda nogironligi boʻlgan va qoʻlda yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun malaka imtihoni — “tinglab tushunish”, “oʻqish” va “gapirish” boʻlimlaridan iborat boʻladi”;
quyidagi mazmundagi 191-band bilan toʻldirilsin:
“191. Koʻzi ojiz, eshitish va gapirishda nuqsoni boʻlgan hamda yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun malaka imtihoni barcha boʻlimlar qamrab olingan holda bir bosqichda kompyuterda oʻtkaziladi hamda talabgorlarga vakolatli organ tomonidan yordamchi (assistent) biriktiriladi”;
quyidagi mazmundagi 351-band bilan toʻldirilsin:
“351. Koʻzi ojiz, eshitish va gapirishda nuqsoni boʻlgan hamda yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun oʻtkazilgan malaka imtihoni sertifikatlari har bir daraja (A2, B1, B2, C1) va koʻp darajali (Multi-level) formatda oʻtkazilgan malaka imtihoni sertifikatlari bilan bir xil kuchga ega boʻladi”.
16. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
a) 17-ilovada:
5-pozitsiyaning uchinchi ustuni “b” kichik bandidagi “hujjatlar” soʻzi “maʼlumotlar” soʻzi bilan almashtirilsin;
12-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Litsenziya olgan talabgorlar litsenziyalovchi organ tomonidan avtomatik ravishda Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritiladi”;
birinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 27-ilovada:
9-pozitsiyaning uchinchi ustuni “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“rentgen xizmati yoʻlga qoʻyilganda rentgen uskunasidan (rentgenografiya apparati, multispiral kompyuter tomografi, kompyuter tomografi, yaqin fokusli rentgenografiya apparati, flyurografiya apparati, mammografiya apparati, angiografiya apparati, rentgen nurlanishli densitometriya apparati, litotripsiya apparati, rentgen simulyatsiya oʻrnatmasi, rentgen nurlanishli radioterapiya apparati va boshqa rentgen nurlanishli apparatlardan) foydalanish uchun ruxsatnomaga ega boʻlish*”;
10-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi — kompozit tarzda rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olishda (10 ish kuni ichida)”;
12-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Talabgor rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnomani tibbiy faoliyatni litsenziyalash jarayonida kompozit shaklda olishi mumkin.
Bunda rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 40-ilovada belgilangan talab va shartlar asosida beriladi”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
a) 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “62” raqami “64” raqami bilan almashtirilsin;
b) 19-ilovaning 5-pozitsiyasi “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) madaniy meros obyekti YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda joylashgan boʻlsa, mazkur obyektlarda bajariladigan asrashga oid ishlar boʻyicha YUNESKOning Umumjahon merosi qoʻmitasi tomonidan tavsiya etilgan metodika boʻyicha Merosga taʼsirni baholash hisoboti”;
v) 36-ilovada:
5-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi 2-kichik bandning oʻninchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
10-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari — yadroviy va radioaktiv materiallar, radiatsiya manbalari, radioaktiv chiqindilar va qurilmalarni tashish shartlari va usullarining sanitariya qoidalariga muvofiqligi yuzasidan xulosa”;
g) quyidagi mazmundagi 63 va 64-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 63-ILOVA
Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma
PASPORTI
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 64-ILOVA
Madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat olish
PASPORTI
18. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
a) 3-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “29” raqami “32” raqami bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 30 — 32-ilovalar* bilan toʻldirilsin:
“Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor etish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 30-ILOVA
Nodavlat arxivlarni tashkil etish faoliyatining
PASPORTI
Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor etish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 31-ILOVA
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha faoliyat
PASPORTI
Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor etish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 32-ILOVA
Bojxona brokeri faoliyati
PASPORTI
* 31 va 32-ilovalar 2025-yil 18-martdan kuchga kiradi”.
19. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish maʼmuriy reglamentida:
a) quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. Turar joy egasi tomonidan ijara yoki tekin foydalanish shartnomasini soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish bilan bir vaqtda ijaraga oluvchilar yoki tekin foydalanuvchilar ijara yoki tekin foydalanish muddatiga vaqtincha roʻyxatga qoʻyish uchun soʻrovnoma yuborilishi mumkin.
Bunda ushbu soʻrovnomaga asosan ijara yoki tekin foydalanish shartnomasida koʻrsatilgan shaxslar shartnomada koʻrsatilgan muddatda ushbu turar joyga avtomatik ravishda vaqtincha roʻyxatga olinadi.
Soliq xizmati organlarida hisobga olingan ijara (tekin foydalanish) shartnomasining amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda, vaqtincha roʻyxatga olish avtomatik ravishda (mulk egasining qoʻshimcha murojaatisiz va ijara oluvchi (lar)ning roziligisiz) bekor qilinadi”;
b) 8-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Koʻchmas mulkning ijara (tekin foydalanish) shartnomalarini soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish bilan bir vaqtda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun soʻrovnoma yuborilganda, ijaraga oluvchi(lar)ni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
v) quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
“101. Turar joy ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish bilan bir vaqtda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish soʻrovnomaga ijaraga oluvchi(lar) va ularning turmush oʻrtogʻi hamda farzandlarining JSHSHIRlarini kiritish orqali amalga oshiriladi.
Bunda ijaraga (tekin foydalanishga) beruvchi tomonidan maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ijaraga (tekin foydalanishga) oluvchi va uning turmush oʻrtogʻi hamda farzandlarining shaxsiy guvohnomasi, pasporti (ID-karta) va tugʻilganlik guvohnomalari haqidagi maʼlumotlar tegishli vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya asosida avtomatik shakllantiriladi”;
g) 11-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Koʻchmas mulkning ijara (tekin foydalanish) shartnomasini soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish bilan bir vaqtda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganda, guvohnoma bilan birgalikda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan davlat boji miqdori koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) avtomatik ravishda shakllanadi”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
“111. Davlat boji toʻlanganidan soʻng vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun soʻrovnoma hisobga olingan ijara shartnomasi rekvizitlari bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimiga yuboriladi.
Ijaraga oluvchi(lar) ichki ishlar organlarining tegishli migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganidan soʻng ijaraga oluvchi(lar)ga soliq organlari axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali QR-kod bilan himoyalangan qayd varagʻi yuboriladi.
Soʻrovnoma yuborilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda davlat boji toʻlanmagan taqdirda, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish haqidagi arizani koʻrib chiqish avtomatik ravishda rad etiladi.
Murojaat rad etilgandan soʻng mulkdor yoki ijaraga (tekin foydalanishga) oluvchi ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda qayta soʻrovnoma yuborishi mumkin”;
e) 13-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Shartnoma bekor boʻlgan vaqtdan boshlab vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganlik ham bekor boʻladi”;
j) 14-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Hisobdan chiqarish bilan bir vaqtda ijaraga (tekin foydalanishga) beruvchining soʻrovi Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimiga yuboriladi va ijaraga oluvchining vaqtincha roʻyxatga olinganligi bekor qilinadi”.
20. Vazirlar Mahkamasining “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida” 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarorida:
a) 1-ilovada:
9-bandning sakkizinchi xatboshisidan “qatʼiy hisobda turuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
19-bandning uchinchi xatboshisidan “qatʼiy hisobda turuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-ilovada:
3-bandning uchinchi xatboshisidan “qatʼiy hisobda turuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
215-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“215. Dalolatnoma yozuvlari asosida tartib raqami va seriyasi boʻlgan, FHDY organining muhri va mansabdor shaxsining imzosi qoʻyilgan hamda QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan gerbli guvohnomalar beriladi”.
v) 4-ilovaning 9-bandi “v” kichik bandining oltinchi xatboshisidagi “1 oy” soʻzlari “6 oy” soʻzlariga almashtirilsin;
g) 5-ilovada:
2-bandning “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda elektron tizim orqali shakllantirilgan oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnoma ariza beruvchilarning talabiga asosan ularga qogʻoz shaklida berilishi va ular toʻgʻridan-toʻgʻri istalgan FHDY organlariga murojaat qilishi ham mumkin”;
6-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnoma ariza beruvchilarning talabiga asosan ularga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda berilishi va ular toʻgʻridan-toʻgʻri FHDY boʻlimiga murojaat qilishi ham mumkin”.
21. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 46-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi 461-band bilan toʻldirilsin:
“461. Davlat koʻchmas mulkini ijaraga berish boʻyicha rasmiylashtirilgan shartnoma Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligining hududiy boshqarmasi) Operator tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali yuboriladi.
Ijara shartnomasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda Kadastr agentligining hududiy boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ijaraga oluvchi Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarorida belgilangan toʻlovni amalga oshiradi.
Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng ijara shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirma operatorga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion gʻolibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
Ijara shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirmani ijaraga oluvchi oʻzining “E-auksion” elektron savdo platformasidagi shaxsiy kabineti orqali oladi”.
22. Vazirlar Mahkamasining “Davlat oʻrmon fondi yer maydonlaridan foydalanishda ijara munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi 674-son qarorining 6-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ijaraga berilgan oʻrmon fondi yerlari hisobini yuritish” axborot-billing tizimini 2025-yil 1-yanvarga qadar Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin”.
