Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida (3586-son)
19.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3586]
Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining 2005-yil 15-dekabrdagi 105-son “Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari uchun atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va unga chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni meʼyorlash boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1533, 2006-yil 3-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil., 1-son, 4-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-noyabr,
19-mh-son
Kelishildi:
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2024-yil 29-oktabr
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 7-noyabr
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri v.b. Sh. XIDOYATOV
2024-yil 11-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2024-yil 18-noyabrdagi 19-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar — atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi manbalar;
turgʻun manba — atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi, doimiy oʻzgarmas oʻringa ega boʻlgan manba;
tashkil qilingan manba — ifloslantiruvchi moddalarni maxsus barpo qilingan qurilmalar orqali atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba;
tashkil qilinmagan manba — ifloslantiruvchi moddalarni maxsus barpo qilingan qurilmalarsiz atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba;
nuqtaviy manba — atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi quvur yoki ventilyatsiya shaxtalari koʻrinishida boʻlgan manba;
chiziqli manba — atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi uzunligi kengligidan bir necha barobar katta boʻlgan manba;
maydonli manba — maydoni yirik oʻlchamga ega boʻlgan va yuzasi boʻyicha ifloslantiruvchi moddalar nisbatan bir tekis ajraluvchi manba, shuningdek bir maydonda tarqoq joylashgan koʻp sonli manbalar;
ruxsat etilgan chegaraviy ulush (bundan buyon matnda RECHU deb yuritiladi) — atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning uzoq vaqt oraligʻida insonlar sogʻligiga salbiy taʼsir qilmasligi;
bir martalik maksimal ruxsat etilgan chegaraviy ulush (bundan buyon matnda RECHUmak.b.m. deb yuritiladi) — 20 minut davomida nafas olganda insonlar tanasida reflektorli reaksiyalarni keltirib chiqarmaydigan, atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning normasi;
atmosferani ifloslantiruvchi modda zararliligining taxminiy xavfsizlik darajasi (bundan buyon matnda ZTXD deb yuritiladi) — hisoblash usullari orqali oʻrnatilgan, atmosferani ifloslantiruvchi moddalarning vaqtinchalik ruxsat etiladigan normasi;
ruxsat etilgan chegaraviy tashlama (bundan buyon matnda RECHT deb yuritiladi) — atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning vaqt birligi ichida ruxsat etiladigan meʼyorlaridan oshmaydigan, yer usti miqdorini oʻrnatuvchi ekologik normasi;
umumiy tashlama — yil davomida atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning umumiy miqdori (t/yil);
maksimal bir martalik tashlama — 20 — 30 minut vaqt oraligʻida aniqlangan, atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning maksimal miqdori;
solishtirma tashlamalar — ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi manbalardan chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori;
atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish — hududdagi turgʻun manbalarning joylashishi, ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, tarkibi, tarqalishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va oʻrganish.
2-bob. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish
2. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
a) atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish uchun tayyorgarlik koʻrish;
b) atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazishda oʻlchashlar olib borish va hisob-kitob ishlarini bajarish;
v) atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirish;
g) atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalarini kelishish va tasdiqlash.
3. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi tashkilotlar (bundan buyon matnda obyektlar deb yuritiladi) tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Bunda, obyekt tomonidan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish uchun tabiiy resurslarni qoʻriqlash va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha materiallarni ishlab chiqishga ixtisoslashtirilgan yuridik va jismoniy shaxslar jalb etilishi mumkin.
4. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish uchun tayyorgarlik koʻrish bosqichida obyekt tomonidan uning joylashuv joyi, tarkibiy tuzilishi, ishlab chiqarish texnologik sxemalari va jarayonlarining tafsiloti, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishdagi balans sxemalari, yoqilgʻi, xom ashyo va materiallarning yillik sarfi toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplanadi.
5. Obyektda atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish toʻliq va ishonchli maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
6. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazishda oʻlchashlar olib borish va hisob-kitob ishlarini bajarish bosqichida ifloslantiruvchi moddalar, atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar, chang va gazni tozalash uskunalarining samaradorligini vizual va instrumental oʻrganish orqali amalga oshiriladi.
7. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirish bosqichida obyekt tomonidan xatlov natijasida olingan maʼlumotlar tahlil qilinadi va xatlov jadvallarining sahifalari toʻldiriladi.
8. Obyekt tomonidan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzilgan materiallar rasmiylashtiriladi va obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda, ushbu materiallar obyekt rahbari tasdiqlagan kundan eʼtiboran bir ish kun ichida Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy organiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
9. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy organi tomonidan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzilgan materiallar ular taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
Bunda, ushbu materiallar mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq rasmiylashtirilmagan yoki ularda tegishli maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmagan yoxud notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy organi tomonidan obyekt rahbariga kamchiliklarni bartaraf etib, qayta murojaat qilish mumkinligi toʻgʻrisida ushbu materiallar kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida yozma yoki elektron shaklda maʼlum qilinadi.
10. Obyekt rahbari tomonidan taqdim etilgan materiallarda mazkur Yoʻriqnomaning 9-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda ushbu materiallar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy organi tomonidan kelishiladi.
11. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzilgan materiallarni kelishish Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy organi tomonidan rad etilgan taqdirda ushbu materiallar umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
12. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy organi tomonidan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzilgan materiallarda aniqlangan kamchiliklarda koʻrsatilmagan yangi asoslar bilan kelishishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori va tarkibini aniqlash ushbu Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarni hisoblash usullari va zaruratga koʻra asbob-uskunalar yordamida oʻlchovlarga asosan amalga oshiriladi.
14. Atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarni hisoblash turli ish rejimlari, ishlab chiqarish boʻlinmalarida, shuningdek koʻp bosqichli texnologik jarayonlarda uskunalarning turli ishlashdagi farqlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ushbu Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarni hisoblash usullari natijasida olingan koʻrsatkichlar obyektda foydalanilayotgan texnologik jihozga mos kelishi kerak.
15. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning xatlov natijalarida ushbu Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan talablar inobatga olinishi lozim.
16. Atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarni hisoblashda xom-ashyo, mahsulot va asbob-uskunalar ish vaqtining oʻrtacha qiymatiga toʻgʻri keladigan solishtirma tashlamaning bitta qiymatidan foydalanadi.
Bunda, atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarni hisoblash usullari bir nechta solishtirma tashlama (g/sek) qiymatlariga ega boʻlsa, ularning qiymatlari xom-ashyo, materiallarning vaqt birligi maksimal sarfidan kelib chiqib, jarayonning maksimal unumdorlik vaqtidagi holati hisobga olinadi.
17. Atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarni hisoblash va asbob-uskunalar bilan olingan oʻlchov natijalari ruxsat etilgan xatolik doirasida boʻlishi kerak.
18. Umumiy shamollatish tizimi bilan jihozlanmagan xonada qoladigan moddalar bilan birga atmosfera havosiga chiqariladigan qattiq zarralar va aerozollarni hisoblashda ifloslantiruvchi moddalarning tuzatish koeffitsiyenti qoʻllanilishi kerak.
Bunda, qattiq zarrachalar ajraladigan ishlab chiqarish jarayonlarida tuzatuvchi koeffitsiyentlarni aniqlash uchun tashlamalar dispers tarkibini asboblar yordamida oʻlchash ifloslantiruvchi moddalarning atmosfera havosiga chiqariladigan joylarda amalga oshirilishi kerak.
19. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar, chang-gazlardan tozalash qurilmalarni oʻrganish, texnologik zanjir boʻyicha ketma-ket amalga oshiriladi (asosiy qurilmalardan boshlanib qoʻshimcha qurilmalarda tugatiladi).
20. Ifloslantiruvchi moddalarning nomlari, ularning ekologik normalarining qiymati RECHU ga mos kelishi kerak.
Agarda ifloslantiruvchi moddalar uchun RECHU mavjud boʻlmasa, ushbu moddalarni hisoblashda ZTXD qoʻllanadi.
21. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning ish vaqti obyektda oʻrnatilgan uskunaning loyihaviy quvvatiga mos kelishi kerak.
22. Ifloslantiruvchi moddalarning tashkil qilingan va tashkil qilinmagan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar obyektning hududidan foydalanish rejasi (sxema)da belgilanadi.
23. Obyektda ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar xatlovdan oʻtkazilganda ushbu atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar oʻsib borish tartibida raqamlanadi.
Obyektda ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar olib tashlangan taqdirda ulardan keyingi atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarga berilgan raqamlar oʻzgartirilmaydi
24. Har bir atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning oʻrni obyekt maydonining mahalliy koordinata tizimida aniqlanadi.
25. Yopiq binolarda joylashgan tashkillashtirilmagan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar chiziqli manbalar sifatida inobatga olinadi.
Chiziqli manbalarning balandligi, diametri yoki kesim oʻlchamlari umumiy havo almashish qurilmalari sifatida koʻrsatiladi.
Tomga oʻrnatiladigan kirituvchi — chiqaruvchi ventilyatorlar yakka nuqtaviy manbalar boʻlib, ular uchun balandlik, diametr va kesim oʻlchamlarining haqiqiy qiymati qabul qilinadi.
26. Ochiq maydonlardagi tashkil qilinmagan manbalar maydonli manbalar sifatida inobatga olinadi.
Bunda, ochiq maydonlardagi tashkil qilinmagan manbalardan chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar bir tekislikda amalga oshiriladigan yakka manbalar sifatida ushbu manbaning balandligi, diametri yoki kesim yuzasi oʻlchamlarining haqiqiy qiymatlari inobatga olinadi.
27. Tashkil qilinmagan manbalarda ularning haqiqiy qiymatlarini aniqlash imkoniyati boʻlmasa, balandlik 2 m, kesim yuzasi oʻlchamlari 0,25 m2, tezlik esa flyuger sathidagi oʻrtacha yillik shamol tezligiga tenglashtirilib olinadi.
28. Tekis joylashgan guruhli atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar uchun (“nafas” armaturalari, rezervuarlarning nozichligi natijasida sizib chiqishlar) balandlik, diametr va manbaning kesim yuzasi oʻlchamlarining haqiqiy qiymatlari olinadi.
29. Yopiq binoda joylashgan tashkil qilinmagan manbalar uchun gaz havo aralashmalari koʻrsatgichlarining haqiqiy qiymatlari havo almashish qurilmalarining (aeratsiya va sex fonarlari, aeratsiya shaxtalari, deflektorlar, tomga oʻrnatiluvchi va umumiy almashinuvchi ventilyatorlari) havoga tutashish joyida oʻlchanadi.
30. Maydonli tashkil qilinmagan manbaning ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari izotermik (harorat oʻzgarmaydi) deb qabul qilinadi.
Bunda, gaz-havo aralashmasining harorati yerning yuza sathidan 2 m balandlikda eng issiq oyning oʻrtacha haroratiga, tezlik esa obyekt joylashgan manzilning flyuger joylashgan sathidagi shamolning oʻrtaga tezligiga tenglashtiriladi.
3-bob. Atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash
31. Ishlab chiqarish maydoni tashqarisida ifloslantiruvchi moddalarning yer usti hisoblash natijalarining har biri ifloslantiruvchi moddaga oʻrnatilgan norma bilan mosligi aniqlanadi.
RECHT har bir ifloslantiruvchi modda, atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar va toʻliq obyekt uchun oʻrnatiladi.
32. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbaga ega boʻlgan obyekt oʻz hududidagi (ijaraga berilgan obyektlari ham) barcha faoliyat turlari uchun RECHT ni ishlab chiqishi lozim.
Bunda, ishlab chiqarish hududidagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatmagan taqdirda RECHT har bir ishlab chiqarish hududi uchun alohida ishlab chiqiladi.
33. RECHTni ishlab chiqish uchun obyektning faoliyatiga qarab uning toifasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladigan faoliyat turlarining roʻyxatiga asosan aniqlanadi.
34. I, II va III toifaga mansub obyektlar uchun RECHT besh yil muddatga amal qiladi.
IV toifadagi obyektlar uchun RECHT ishlab chiqilmasdan xatlov natijalari asosida olingan haqiqiy maʼlumotlar boʻyicha oʻrnatiladi.
35. Obyekt rekonstruksiya, modernizatsiya qilingan, qayta tashkil etilgan, kengaytirilgan yoki joylashuvi oʻzgartirilgan taqdirda obyekt tomonidan atrof-muhitga taʼsir baholanadi va atrof muhitga taʼsirni baholash toʻgʻrisidagi ariza loyihasi ishlab chiqiladi.
36. Ishlab chiqarish texnologiyasi, foydalanilayotgan xom-ashyo tarkibi, atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning soni, ifloslantiruvchi moddalarning miqdori va tarkibi oʻzgarmagan obyektlar uchun RECHT ning muddati tugagan hollarda ushbu muddat yana besh yil muddatga uzaytiriladi.
Bunda, RECHT ning amal qilish muddatini uzaytirish ilgari ishlab chiqilgan RECHT ning amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin obyekt tomonidan taqdim etilgan soʻrov asosida, davlat ekologiya inspektori tomonidan uni majburiy ravishda oʻrganish natijalari boʻyicha hamda uning muddatini uzaytirish mumkinligi toʻgʻrisidagi yozma asoslashi boʻyicha amalga oshiriladi.
37. RECHT miqdori maxsus birliklarida (g/sek) va (t/yil) oʻrnatiladi. Bunda, obyektlarda ularning nazorati tashkil qilinishi kerak.
38. RECHT har bir atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar uchun ulardan chiqariladigan barcha ifloslantiruvchi moddalar boʻyicha oʻrnatiladi.
39. Obyektning yillik umumiy tashlamasi (t/yil) yoki bir martalik maksimal tashlama (g/sek)ning haqiqiy qiymati, obyekt uchun oʻrnatilgan normadan koʻp boʻlsa, RECHT da ushbu qiymatning ortiqligi qayd etiladi.
40. Atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda obyektlar uchun umumiy tashlamalar normalari (t/yil) va atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarda RECHTga rioya etilishini nazorat qilish uchun bir martalik tashlamalar normalari (g/sek) qoʻllaniladi.
41. Ifloslantiruvchi moddalarni RECHT ga keltirishda tabiiy resurslardan samarali va kompleks foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilgʻor fan va texnika yutuqlarini hisobga olish kerak.
4-bob. RECHT mazmuni va uni rasmiylashtirish
42. RECHT quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
a) atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalarning yer yuzasidagi maksimal miqdorini hisoblash uchun dastlabki maʼlumotlarni tayyorlash;
b) atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalarning yer yuzasi qatlamidagi maksimal miqdorini hisoblash va tahlil qilish;
g) ifloslantiruvchi moddalarning miqdori boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
d) ishlab chiqilgan chora-tadbirlar natijalari asosida ifloslantiruvchi moddalarning miqdorini qayta hisoblash;
e) RECHT ni oʻrnatish;
j) atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalarning RECHT doirasida nazorat oʻlchovlarini oʻtkazish va RECHT doirasida saqlanishini nazorat qilish reja-jadvalini ishlab chiqish;
z) RECHT ni rasmiylashtirish.
43. Obyekt tomonidan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari asosida obyekt rahbari tomonidan RECHT materiallari ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.
Bunda, RECHT materiallari obyekt rahbari tasdiqlagan kundan eʼtiboran bir ish kun ichida I toifaga mansub obyektlar uchun Davlat ekologik ekspertizasi markaziga, II va III toifaga mansub obyektlari uchun Davlat ekologik ekspertizasi markazining hududiy filiallariga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
44. I toifaga mansub obyektlar uchun Davlat ekologik ekspertizasi markazi, II va III toifaga mansub obyektlari uchun Davlat ekologik ekspertizasi markazining hududiy filiallari tomonidan RECHT materiallari ular taqdim etilgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida koʻrib chiqiladi.
Bunda, ushbu materiallar mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq rasmiylashtirilmagan yoki ularda tegishli maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmagan yoxud notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, I toifaga mansub obyektlar uchun Davlat ekologik ekspertizasi markazi, II va III toifaga mansub obyektlari uchun Davlat ekologik ekspertizasi markazining hududiy filiallari tomonidan obyekt rahbariga kamchiliklarni bartaraf etib, qayta murojaat qilish mumkinligi toʻgʻrisida ushbu materiallar kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida yozma yoki elektron shaklda maʼlum qilinadi.
45. Obyekt rahbari tomonidan taqdim etilgan RECHT materiallarida mazkur Yoʻriqnomaning 44-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda ushbu materiallar Davlat ekologik ekspertizasi markazi va uning hududiy filiallari tomonidan kelishiladi.
46. RECHT materiallarini kelishish Davlat ekologik ekspertizasi markazi va uning hududiy filiallari tomonidan rad etilgan taqdirda ushbu materiallar umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
47. Davlat ekologik ekspertizasi markazi va uning hududiy filiallari tomonidan RECHT materiallarida aniqlangan kamchiliklarda koʻrsatilmagan yangi asoslar bilan kelishishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
48. Atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalarning yer yuzasidagi maksimal miqdorlarini hisoblash, dastlabki maʼlumotlarni tayyorlash atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning xatlov natijalari asosida amalga oshiriladi.
Bunda, atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning koʻrsatkichlari, chang-gaz tozalovchi qurilma mavjudligi va uning samaradorligi obyekt bosh rejasiga muvofiq boʻlishi kerak.
Shuningdek, obyekt bosh rejasi hudud chegaralari va atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar koordinatlari, aholi punkti chegaralarining holatiy rejasi bilan mosligi hisobga olinadi.
49. Atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning tarqalish hisobini bajarish uchun atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning koʻrsatkichlaridan tashqari quyidagi maʼlumotlar zarur boʻladi:
a) ifloslantiruvchi moddalarning choʻkish tezligini hisobga oluvchi koeffitsiyent haqidagi maʼlumot;
b) relyef koeffitsiyenti.
Meteorologik tavsiflar obyektga eng yaqin meteomarkazdan olinadi.
Atmosfera stratifikatsiyasiga bogʻliq koeffitsiyent, 40osh.k.dan janubda joylashgan holda 250 ga, 40osh.k.dan shimolda joylashganida esa, 200 ga teng etib qabul qilinadi.
Hududning relyef koeffitsiyenti obyekt ifloslantiruvchi moddalarining tarkibida boʻlgan atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarni hisoblash boʻyicha kartografik materiallar asosida belgilanadi.
Ifloslantiruvchi moddalarning choʻkish tezligini hisobga oluvchi koeffitsiyent qiymati quyidagicha qabul qilinadi:
a) gaz holatidagi va mayda oʻlchamli aerozollar (chang, kul, tartibli choʻkish tezligi deyarli nolga yaqin) uchun — 1;
b) mayda oʻlchamli aerozollar uchun tashlamalarni oʻrtacha ekspluatatsion tozalanishi 90 foiz boʻlganida — 2,75 da 90 foizgacha — 2,5; 75 foizdan kam va tozalanmaydigan holda — 3.
50. Ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishini hisoblash ishlab chiqarish maydonidan tashqarida aholi punktlari atmosfera havosi uchun RECHUmak.b.m miqdorida oʻtkaziladi.
Ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishini hisoblash universal dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi.
51. Yer ustida ifloslantiruvchi moddalarning tarqalish maydoni xaritasi obyektning holatiy rejasi bilan biriktirilgan boʻlishi kerak.
RECHUmak.b.m miqdorlarida maksimal ulushni ifodalovchi raqamlar koʻrsatilgan va ishlab chiqarish chegaralari aniq belgilangan boʻlishi lozim.
52. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalardan atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdorini obyekt chegarasidan tashqaridagi maksimal miqdorga taqqoslash bilan amalga oshiriladi.
53. Normadan ortiq boʻlgan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar ishlab chiqiladi.
54. Ifloslantiruvchi moddalarning obyekt chegarasidan tashqaridagi miqdori normadan ortiq boʻlmasa, RECHT haqiqiy tashlamalar darajasida belgilanadi. Normadan ortiq hollarda esa, ishlab chiqarish maydoni ortida norma talablarini qanoatlantiradigan RECHT qabul qilinadi.
55. RECHT amal qilish boʻyicha nazorat takliflari reja-jadval koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Atmosfera havosini ifloslantirishga hissa qoʻshadigan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalardan chiqariladigan moddalarni nazorat qilish asbob-uskunalar yordamida oʻlchash usullari bilan amalga oshiriladi.
56. RECHT da ushbu Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan talablar inobatga olinishi lozim.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirishga oid talablar
1. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish kitobining varaqlari umumiy raqamlanishga ega boʻlishi kerak. Bunda, umumiy raqamlanishga rasm, sxema, grafiklar ham kiritiladi.
2. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish kitobida Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son “Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroridan tashqari quyidagilar xam kiritilishi kerak:
Obyektning atrof-muhitga boʻlgan xavflilik toifasini aniqlash;
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi manbalarning tavsifi;
chang va gazlarni tozalovchi, zararsizlantiruvchi qurilmalarning ishlash tavsifnomasi;
atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning umumiy miqdori.
3. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi manbalarning mos ravishda boʻlimlari varaqlariga kiritiladi.
4. “Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi manbalarning maʼlumotlar” boʻlimida quyidagilar keltiriladi:
a) ishlab chiqarish (sex, boʻlinma), texnologik jarayon turi;
b) atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi manbalarning nomi va uning koʻrsatkichlari;
v) ishlab chiqariladigan mahsulot (bajariladigan jarayon) nomi;
g) obyektning kunlik va yillik ish vaqti;
d) ifloslantiruvchi moddalarning nomi;
e) atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi manbadan chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori (g/s va t/yil)ning hisobi, hisoblash usuli mavjud boʻlmagan holda, ifloslantiruvchi moddalarning ulushini aniqlashda oʻlchovlar oʻtkazish.
Oʻlchash natijalari atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish blankasining 1-boʻlimi jadvaliga kiritiladi.
5. “Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi manbalarning tavsifi” boʻlimida quyidagilar keltiriladi:
a) ifloslantiruvchi moddalarni oʻtkazuvchi atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi manbalarning nomi va soni;
b) zaruriy hisob va tushuntirishlari bilan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi manbalarning raqami va koʻrsatkichlari;
v) zaruriy hisob va tushuntirishlar, qoʻllanilgan formula va usullar yoritilgan adabiyotlar koʻrsatilib, chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar tarkibi va miqdori, gaz havo aralashmasining koʻrsatkichlari;
g) yoqilgʻining haqiqiy sarfi koʻrsatilgan holda avtotransportning yillik tashlamalari (kg/ tonna yoqilgʻi ) hisobi, quyidagi aralashmalar boʻyicha: uglerod oksidi (is gazi), uglevodorodlar, azot oksidlari, oltingugurt angidridi, kurum, aldegidlar, benz(a)piren, qoʻrgʻoshin birikmalari;
d) turgʻun tashlovchi manbalarning obyektning xarita sxemasiga mos holda koordinatalari.
Maʼlumotlar atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazishning 2-boʻlim ifloslantiruvchi moddalar jadvali blankasiga kiritiladi.
6. “Chang-gaz tozalovchi va zararsizlantiruvchi qurilmalar ishlash tavsifi” boʻlimida quyidagilar keltiriladi:
a) tozalash oʻtkaziladigan ifloslantiruvchi moddalar nomi;
b) tozalashga kiritiladigan va tozalangandan soʻnggi ifloslantiruvchi moddalar ulushlarining oʻlchov maʼlumotlari;
v) chang-gaz tozalovchi va zararsizlantiruvchi qurilmalarning samaradorligi hisobi, tozalashning loyihaviy foydali ish koeffitsiyenti haqida maʼlumotlar;
d) gaz-chang tozalash vositalari holatining tahlili va ilgʻor zamonoviy chang-gaz tozalash vositalariga mosligi.
Maʼlumotlar atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi manbalarni xatlovdan oʻtkazishning 3-boʻlimi ifloslantiruvchi moddalar jadvali blankasiga kiritiladi.
7. Ifloslantiruvchi moddalarning jami atmosfera havosiga tashlamalari haqida maʼlumotlarda barcha tashlovchi manbalardan har bir ifloslantiruvchi (tozalanmasdan tashlanadigan, tozalashga kiritiladigan, ushlab qolingan va zararsizlantirilgan) moddalarning umumiy tashlamalari atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish varagʻining 4-blankasida keltiriladi.
8. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish varaqlarini toʻldirishda bosh harflarda koʻrsatish va qisqartirishlar mumkin emas.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarni hisoblash usullari
1-bob. Avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasi (bundan buyon matnda AGTSH deb yuritiladi)
1. AGTSHni ishlatishda quyidagi texnologik jarayonlarda suyultirilgan gazlarning texnologik yoʻqotilishi kuzatiladi:
suyultirilgan gazni qabul qilishda (toʻkishda) (temir yoʻl sisternalaridan avtomobillardan qabul qilishda va maishiy gaz ballonlarini toʻldirishda);
jihozlarni taʼmirlash bilan bogʻliq jarayonlarda (idishlarni taʼmirlash, tekshiruv-sinov ishlarini olib borish yoki qabul qilingan gaz toʻliq sotilib, boʻshatilishi bilan bogʻliq boʻlgan holatlarda);
shoxobchadan foydalanishda xavf oldini olish klapanlari va berkitishda (boshqaruv armaturalarni tekshirishda);
suyultirilgan gazni saqlashda uning tabiiy kamayishi.
2. AGTSHda suyultirilgan gazning yoʻqotilishi vaqtning turli oraliqlarida sodir boʻladi va bu yoʻqotilishlar gaz sarfining, mos ravishda, turli hajmlariga tegishlidir.
3. Avtomashina va maishiy ballonlarni toʻldirish paytidagi yoʻqotilishlar esa tez-tez, har kuni sodir boʻladi va ularni AGTSHning har kunlik (loyihaviy) unumdorligiga tegishli boʻladi.
Rezervuarlarni tozalash, quvur va armaturalarni taʼmirlashdagi yoʻqotilishlar 4-8 yilda bir marta sodir boʻladi, ularni shu yillar boʻyicha teng taqsimlab AGTSHning yillik loyihaviy unumdorligiga kiritish lozim.
Tabiiy yoʻqotilishlar doimiy — uzluksiz sodir boʻladi, ammo ularni bir yilga hisoblab, yillik unumdorlikka kiritiladi.
Foizlarda yoki bir tonna suyultirilgan gazdan kg.da ifodalangan nisbiy yoʻqotilishni hisoblash uslubi qabul qilingan.
2-bob. AGTSH uchun suyultirilgan gazlarning texnologik yoʻqotilishlari normalarini hisoblash
4. Bitta temir yoʻl sisternasidan gazlarni qabul qilishdagi yoʻqotilishlar quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
P1* Pjj+Pjg+Pjvs, kg, (1.1)
Bunda: Pjj — bitta sisternasidan gazlarni qabul qilishdagi suyultirilgan gazlarning suyuq fazasidagi yoʻqotilishlar, kg;
Pjj = 2pj*V sh , (1.2),
Bunda: pj — suyuq fazadagi gazning zichligi, pj = 590kg/m3;
2 — bitta sisternadan gazlarni qabul qilishdagi toʻkish-quyish tarmoqlar soni;
Vsh — toʻkish-quyish quvur(shlang)ining hajmi, m3;
MRTU-38-5-6089-66 boʻyicha portlash xavfsizligi ishlab tashlanadigan yuqori bosimli toʻkish-quyish quvurining diametri Dsh =76 mm= 0,076 m va uzunligi Lsh = 10 m.
Pjg — bitta sisternasidan gazlarni qabul qilishdagi suyultirilgan gazlarning gaz fazasidagi yoʻqotilishlar, kg;
Pjg = pg*Vsh, kg,
pg — suyuq fazadagi gazning zichligi, kg/m3, pg =14.035 kg/m3;
Vsh — gaz fazasi yoki shlangning hajmi, m3;
Dsh — shlangning ichki diametri, m (38mm= 0,038m);
Lsh — shlang uzunligi, m (Lsh = 10 m).
Pjvz — gazi boʻshatilgandan soʻng bitta sisterna hajmini toʻldiradigan, gazli fazaning qaytarilishi koʻrinishidagi suyultirilgan gaz yoʻqotilishi, kg
Pjvz = pg*Vs, (1.5),
pg — gaz fazasidagi gazning zichligi pg = 14,035 kg/m3;
Vs — bitta sisternaning hajmi, Vs = 60 m3 ;
Pjvz — 14,035*60 =842,1 kg.
P1 = 913,82 : 30090 * 100 = 3,037% yoki 30,37 kg/t
Bitta temir yoʻl sisternasini toʻkishda gazlar yoʻqotilishining umumiy miqdori:
Pj =Pjj + Pjg + Pjvz = 53,503 + 0,160 + 842,1= 895,763 kg
Bitta temir yoʻl sisternasidan avtotsisternani toʻldirishda gazning yoʻqotilishi:
P2a = na*pj*Vsh, kg, (1.6),
na — bitta temir yoʻl sisternasidan toʻldiriladigan avtotsisternalar soni
Vj — temir yoʻl sisternasining hajmi, Vj=60m3;
Va — avtotsistera hajmi, m3, Va = 7,25 m3;
rj — gazning suyuq fazasidagi zichligi, rj = 590 kg/m3;
Vsh — avtotsisternaga toʻldirish shlangining hajmi, m3.
Dsh — avtotsisterna shlangining ichki diametri 38mm = 0,038m;
Lsh — avtotsisterna quvurining uzunligi — 3m:
Pa = pa * rj * Vsh =-9 * 590 * 0,0034 = 18,057 kg.
Shunday qilib, har bir temir yoʻl sisternasidan avtotsisternalarga gazni toʻldirilishida suyultirilgan gazlarni yoʻqotilish miqdori:
895,763 + 18,057 = 913,820 kg ni tashkil qiladi.
Zichligi 0,59 t/m3 boʻlgan, standart boʻyicha 85% gacha toʻldirilgan 60 m3 sigʻimli temir yoʻl sisternasidagi suyultirilgan gaz massasi:
G = Vs * 0,85 * rj. = 60 * 0,85 * 0,59 = 30,09 t ni tashkil qiladi.
Temir yoʻl sisternalaridan suyultirilgan gazlarni qabul qilish va ulardan avtotsisternalarni toʻldirishda har bir tonna kiritilayotgan suyultirilgan gazning foizlar yoki kg.larda ifodalangan yoʻqotilishi:
P1 = 913,82 : 30090 * 100 = 3,037% yoki 30,37 kg/t ni tashkil qiladi.
Bitta avtotsisternasidan gazlarni ichki diametri 38 mm, uzunligi 3 m boʻlgan quvur yordamida qabul qilishdagi suyultirilgan gazlarning suyuqlik fazasidagi yoʻqotilishlari, kg:
bu yerda: rj — gazning suyuq fazasidagi zichligi, rj = 590 kg/m3;
Vsh — avtotsisternaga toʻldirish shlangning hajmi, m3.
Dsh — quvurning ichki diametri 38 mm = 0,038m;
Lsh — quvurning uzunligi 3 m:
Toʻyingan bugʻlarning zichligi Rp-14,035 kg/m3 boʻlgan shlangdagi bugʻ fazasidan gazning yoʻqotilishi,
P2g = 14,035 * 0,0034 = 0,0477 kg
7,25 m3 sigʻimli avtotsisternadan gazni toʻkishda sisterna sigʻimi ichidagi bugʻ fazasi qoldigʻi evaziga yoʻqotilgan gaz:
P2s=rp*Vp.s (1.10),
Rp = 14,035 kg/m3,
Vs — ATST-8-130 nusxali avtotsisterna hajmi 7,25 m3, foydali sigʻimi 6,2 m3.
P2s= 14,035*6,2= 87,017 kg.
5. Suyultirilgan uglevodorod gazlarining suyuq fazadagi, ularning bugʻi va aralashmalarining zichligi tashkiliy tarkibi va harorati boʻyicha aniqlanadi.
6. Barcha texnologik yoʻqotilishning normalarini hisoblash misollarida zichliklarning shartli qiymatlari rj = 590, rp = 14,035 va pg = 2,36 kg/m3 qabul qilingan, ular bu yerdagi yoʻqotilishlarning (% yoki kg/t.larda ifodalangan) nisbiy qiymatiga taʼsir qilmaydi, chunki zichlikning bu qiymatlari kasrning surati — yoʻqotilishlarning absolyut qiymatlarini aniqlashda va maxrajida — sisternadagi gaz massasini yoki shoxobchaning kunlik, yillik unumdorligini aniqlashda ishtirok etadi.
7. Tozalash diametri 50 mm boʻlgan ventil orqali 16 kg/sm2 bosimda 20 sekund davomida amalga oshiriladi. Nazorat ballonidan zichligi 14,035 kg/m3 boʻlgan gaz bugʻi ajralib chiqadi.
8. Chiqish teshigidan oqib chiqadigan gazning sarfi umumqabul qilingan gidrodinamik formulalari bilan aniqlanadi.
Gazning oqish tezligi quyidagicha hisoblanadi:
R — gazning bosimi, R = 16 kg/sm2;
rp — gaz (toʻyintirish bugʻi)ning zichligi, rp = 14,035kg/m3 ;
4,43 — empirik koeffitsiyent.
Havoning oʻrtacha harorati 20° (T = 293°K) boʻlganida, zichligi 14,035 kg/m3 boʻlgan gazning diametri 50 mm.li kirish teshigidan 4,74 m/sek tezlik bilan oqishidagi sarfi:
f — chiqish teshigining kesim yuzasi, m2 :
Hajmi 7,25 m3 boʻlgan 85% gacha standart boʻyicha zichligi 0,59 t/m3li gaz bilan toʻldirilgan bitta avtotsisternadan qabul qilishda 1, 2, 3 va 4-bandlar boʻyicha yoʻqotilishlar:
G=Vs*0,85*rj=7,25*0,85*0,59=3,6 t ni tashkil qiladi.
Shuning uchun, avtotsisternadan gazni qabul qilishda, suyultirilgan gazlarning suyuq va gaz fazalaridagi nisbiy yoʻqotilishlarini aniqlashda yoʻqotilishning har bir elementini sisterna yoki AGTSHning qabul qilish sigʻimidagi mavjud suyuq gaz massasi 3,6 t.ga nisbatan qiyoslab, har bir jarayondagi yoʻqotilish foizlari yoki suyultirilgan gazning nisbiy yoʻqotilish kg/t aniqlanadi:
P2j = 2,006 : 3600 * 100 = 0,0557 % yoki 0,557 kg/t;
P2g = 0,0477: 3600 * 100 = 0,0013 % yoki 0,013 kg/t;
P2s = 87,017: 3600* 100= 2,4171 % yoki 24,171 kg/t;
P2 k = 2,48 : 3600 * 100 = 0,0689 % yoki 0,689 kg/t.
JAMI: P2= 91,5507 : 3600 * 100 = 2,543 % yoki 25,43 kg/t
9. Avtomobil yoki maishiy ballonlarni suyultirilgan gaz bilan toʻldirishdagi yoʻqotilishni hisoblash uchun kunlik, undan keyingi hisoblar uchun suyultirilgan gazlar bilan ballonlarni toʻldirish uchun yillik sarf aniqlanadi.
Texnik loyihaga koʻra, AGTSHda bir kunda 300 ta sigʻimi 50 l boʻlgan avtomobil ballonlari, sigʻimlari 27 va 50 l boʻlgan maishiy ballonlardan yiliga 10000 ta yoki kuniga 10000:250 = 40 ta ballon toʻldiriladi.
Ballonlarni toʻldirish uchun suyultirilgan gazning kunlik va yillik sarflari quyidagicha hisoblanadi:
avtomobil, kunlik: 0,05 * 0,59 * 300 = 8,85 t
maishiy: 50l: 0,05 * 0,59 * 40 = 1,18 t;
maishiy: 27l: 0,027 * 0,59 * 40 = 0,6372 t.
Ballonlarni suyultirilgan gaz bilan toʻldirish uchun bir kunlik jami sarf 10,6672 t, yiliga esa, 10,6672 t * 250 = 2666,8 t ni tashkil qiladi.
Avtomobillar ballonlarini toʻldirishda suyultirilgan gaz yoʻqotilishlari quyidagicha hisoblanadi:
P3=1,3*10-3*rj*n, kg/kun (1.13),
1,3 litr — bitta gazballonli avtomobilni toʻldirishda yoʻqotadigan gaz miqdori (glavmosavtotrans ITI № F-266 ot 18.01.87 maʼlumotlari) 10-3 — litrni m3 ga oʻtkazish:
rj — suyultirilgan gaz zichligi rj = 590 kg/m3;
n — gaz toʻldirishning bir kunlik soni
P3=1,3*10-3* 590 * 300=230,1 kg/kun
Ballonlarni suyultirilgan gaz bilan toʻldirish uchun bir kunlik jami sarf — 10,6672 t/kun.
Gazga toʻldirishdagi yoʻqotilish foizi quyidagicha hisoblanadi:
Maishiy gaz ballonlarini toʻldirishdagi yoʻqotilishlarni quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
P4=rj*V1* n 1+ rj*V2* n 2, kg/kun (1.14),
rj — suyultirilgan gaz zichligi, rj = 590 kg/m3;
V1vaV2 — maishiy ballonlarning ishchi sigʻimi 27 va 50 l;
“Oʻzneftgazqazibchiqarish” AJ (Buxoro sh.) maʼlumotlariga koʻra,
V1= 0,000402 m3;
V2= 0,00031 m3;
n 1 va n 2 — bir kunda toʻldiriladigan 50 l va 27 l ballonlarning soni, hisoblanayotgan loyihada n 1 = n 2 = 40 dona/kun
P4=590*0,000402*40+590*0,00031*40=16,8032 kg/kun.
Maishiy ballonlarni toʻldirishdagi yoʻqotishlar quyidagicha hisoblanadi:
Ballonlarni tekshirish jarayonidagi yoʻqotishlar quyidagi formuladan topiladi:
P5= rg*R1*p1*V1, kg, (1.15),
rg=2,36 kg/m3 ;
rg — normal sharoit (t=20˚S i R=1kg/sm2)da gaz aralashmalarining zichligi;
V1 — ballonlar hajmi 0,05m3 i 0,027m3;
R1 — tekshirish uchun beriladigan boʻsh ballonlardagi qoldiq oʻrtacha bosim, MITL maʼlumotiga koʻra; R1 = 3 kg/sm2;
P1 — tekshirish uchun beriladigan boʻsh ballonlar soni, p1 = p2 = p3= 900 dona/yil yoki 900:250 = 3,6 dona/kun;
P5=ρ1*R*p*(V1+ V2+ V3)=2,36*3*3,6*(0,05+0,05+0,027) = 3,237 kg
Ballonlarni tekshirish jarayonida yoʻqotilishlarning foizi quyidagicha hisoblanadi:
Rezervuar va sigʻimlarni taʼmirlashdan soʻnggi tozalashda gaz yoʻqotilishi:
har ikki yilda bir marta 2 ta 25m3 li sarflovchi sigʻimlar va 2 ta 5m3li toʻkish sigʻimlari kapital yoki bir yilda ½ marta taʼmirlanadi.
P6=3*V*ρn*n, (1.16),
Bu yerda, 3 — boʻshatilgan rezervuar, sigʻimdagi gazning qoldiq bosimi, kg/sm2;
ρn — gazning zichligi, ρn = 0,014035t/m3;
V — tozalanayotgan sigʻimlarning umumiy hajmi, m3.
V =2*25+2*5 = 60m3;
n — bir yilda tozalashlar soni, n =1/2
P6p = 3 * 60 * 0,014035 * 1/2 = 1,2632 t/yil.
AGTSHning yillik unumdorligi, 2666,8 t.
Rezervuar va sigʻimlarni taʼmirlashdan soʻnggi tozalashda gaz yoʻqotilishi:
Rezervuarlar har 7 yilda bir marta gidravlik sinovdan oʻtkaziladi.
V1= 25m3 * 2 = 50m3; V2 =5* 2 = 10m3 .
Gidlavlik sinov paytida hajmi V1 = 25m3 rezervuardan 1,5 t , V2= 5m3 — 0,3 t suyultirilgan gaz yoʻqoladi. Har yilga toʻgʻri keladigan, gidravlik sinovda gazning umumiy yoʻqotish miqdori:
Rezervuarlarni gidravlik sinashda gaz yoʻqotilishining foizi quyidagicha hisoblanadi:
Rezervuarlarni tozalashda suyultirilgan gaz yoʻqotilishi quyidagicha hisoblanadi:
P6=P6p+P6n= 0,0474 + 0,0193 = 0,0667 % yoki 0,667 kt/t
Xavf oldini olish klapanlarini tekshirishda yoʻqoladigan gaz miqdori quyidagicha hisoblanadi:
bu yerda,
K — klapanlar soni, loyiha boʻyicha, K= 20 dona;
p — klapanlarni bir yilda tekshirishlar soni, p = 2;
a — sarf koeffitsiyenti, klapan pasport boʻyicha = 0,6;
f — klapanning oʻtkazish qismida qirqim yuzasi, mm2,
d = 40 mm boʻlganida f = 1256 mm2;
V — empirik koeffitsiyent, P1: R2 = 1.25 V= 0,447;
P1 — klapandan oldindagi maksimal ortiqcha bosim, 18kg/sm2;
R2 — klapandan keyindagi ortiqcha bosim, R2 = 16kg/sm2;
rp — suyultirilgan gazlar toʻyintirilgan bugʻlarining zichligi, rp=14,035 kg/m3
P7 = 0,01 * 20 * 2 * 0,6 * 1256 * 0,447 √(18-16)*14,035 = 714 kg/yil.
Xavf oldini olish klapanlarini tekshirishda yoʻqotiladigan gazning foizi quyidagicha hisoblanadi:
3-bob. quvurlarni sinash paytidagi yoʻqotilishlar
10. 7 yilda 1-marta oʻtkaziladigan quvurlarni sinashdan oldin ularning suyuq va gaz fazalari toʻliq boʻshatiladi. Suyuq fazadagi suyultirilgan gazning yoʻqotilishi:
Vj — quvurlarning suyuq fazasi hajmi, mazkur AGTSH loyihasi uchun,
Vj = 23,73m3;
v — sinovdan oldin quvurlar boʻshatilgach suyuq fazaning qoldigʻi, v = 0,15 (15%).
P8j=590 * 0,15 — 23,73 : 7=300 kg/yil
Suyultirilgan gazning gaz fazasidagi yoʻqotilishi:
P8j=ρg*Vp*R:7, kg/yil, (1.19),
ρg — normal sharoit (20ºS va 1 kg/sm2 )da gaz zichligi, ρg — 2,36 kg/m3;
Vp — quvurlarning gaz fazasi hajmi, mazkur AGTSH loyihasi uchun, Vp= 9,436m3;
R — quvurdagi oʻrtacha qoldiq bosim, R= 3 kg/sm2.
P8g=2,36*9,436*3:7=9,544 kg/god
Quvurlarni sinashda gazning yillik jami yoʻqotilishi P7=309,544 kg/yil.
Sinovdagi yoʻqotilishlarning foizi quyidagicha hisoblanadi:
4-bob. Saqlash davrida tabiiy kamayish hisobidan yoʻqotilishlar
11. Bir kunda 1 tonna gazdan yoʻqotiladigan va kg.larda ifodalanadigan miqdori 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Propan-butan fraksiyasining saqlanish davridagi tabiiy yoʻqotilishi normalari, Nxr, kg/t.kun
Yillik oʻrtacha harorat +20oS da suyultirilgan gazni saqlashdagi tabiiy yoʻqotilish Nxr = 0,200 kg/t-kunni tashkil qiladi.
Agtshda gaz 2 ta sarflovchi 25 m3 hajmli sarflovchi va 2 ta 5 m3 hajmli toʻkish sigʻimida, jami 60 m3 li sigʻimlarda 365 kun davomida 85% gacha toʻldirilgan holatda saqlanadi.
P9=Nxr*V*v* ρj*ch*10-3, t/yil, (1.20),
Nxr = 0,200 kg/t-kun;
10-3 — kg ni tonnaga aylantirish;
V — saqlash sigʻimlar hajmi = 60m3,
v — toʻldirilish darajasi 0,85 (85%);
rj — suyultirilgan gaz zichligi, pj = 590 kg/m3;
ch — kunlarda ifodalangan saqlash muddati, ch = 365 kun.
P9 = 0,200 * 60 * 0,85 * 0,59 * 365 * 10-3 = 2,19657 t/yil
Saqlash davrida tabiiy kamayish hisobidan yoʻqotilishlarning foizi quyidagicha hisoblanadi:
Sarflarning barcha bandlari boʻyicha suyultirilgan gazlarning texnologik jarayonlarda ilojsiz yoʻqotilishining umumiy miqdori quyidagicha aniqlanadi:
temir yoʻl sisternasidan toʻkishda — P1 = 3,037% yoki 30,370 kg/t
avtotsisternadan quyib olishda — P2 = 2,5430% yoki 25,430 kg/t
avtomashinani gazga toʻldirishda — P3 = 2,1571% yoki 21,571 kg/t
maishiy ballonlarni toʻldirishda — P4 = 0,1575% yoki 1,575 kg/t
ballonlarni tekshirishda — P5 = 0,0303% yoki 0,303 kg/t
rezervuarlarni taʼmirlash va tozalashda — P6 = 0,0667% yoki 0,667 kg/t
klapanlarni tekshirishda — P7 = 0,0268% yoki 0,268 kg/t
quvurlarni sinashda — P8 = 0,0116% yoki 0,116 kg/t
tabiiy kamayish evaziga — P9 = 0,0824% yoki 0,824 kg/t
Agtshda gazlarning texnologik jarayonlarda jami yoʻqotilishi — P10 = 8,1124% yoki 81,124 kg/t.
5-bob. Suyultirilgan uglevodorod gazlarining zichligini aniqlash
12. Kritik haroratda suyuq fazasida suyultirilgan gazlarning zichligi oʻzgarmas boʻlib, propan uchun kritik harorat — 42,1ºS, zichligi 585 kg/m3 ni tashkil qiladi. Butan uchun kritik harorat 0,5ºS ni, zichlik esa 600 kg/m3 ni tashkil qiladi.
Suyuq uglevodorodlarning haroratga bogʻliqligi quyidagi tenglama yordamida ifodalanadi:
rt=rto+a(To — T), kg/sm3 , (1.21),
rt — T, oK haroratda suyuq uglevodorodlarning zichligi kg/m3;
rto — plotnost pri kritik haroratdagi zichlik, kg/m3:
propan uchun rto — 58 kg/m3 ;
butan uchun rto — 600 kg/m3 ;
a — empirik koeffitsiyent, kg x grad/m3:
propan uchun a — 1,354;
butan uchun a — 1,068;
T — suyultirilgan gazning zichligi aniqlanishi kerak boʻlgan harorat, oK;
To — kritik harorat:
propan uchun To — 230,9 oK;
butan uchun To — 272,5 oK.
13. Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish shoxobchalarini ekspluatatsiya qilishdagi tashlamalar suyultirilgan gaz miqdorini har bir jarayondagi foydalanilayotgan jihozlarning ishlash davomiyligini hisobga olib, ulardagi yoʻqotilishlarga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblanadi.
6-bob. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi
14. Avtotransport obyekti hududida avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba hisoblanadi, chunki neft mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatishda rezervuarlardan atmosfera havosiga uglevodorodlar ajralib chiqadi.
15. Jihozlarning zich yopilmasligi, rezervuarlarda bosimning oshishi va neft mahsulotlarining bugʻlanishi natijasida uglevodorod bugʻlarining atmosfera havosiga chiqarilishining barcha turlari uglevodorodlar tashlamasi hisoblanadi.
16. Bugʻlanish natijasida uglevodorodlarning atmosfera havosiga chiqarilishini hisoblash yengil va ogʻir neft mahsulotlari uchun olib boriladi. Yengil neft mahsulotlariga benzin, ogʻirlariga esa, dizel yoqilgʻisi kiradi.
17. Bitta yoki bir nechta rezervuarlar guruhidan yil davomida atmosfera havosiga ajralib chiqadigan uglevodorodlarning miqdori, “Neft va neft mahsulotlarini qabul qilish, tarqatish va rezervuarlarda saqlashda tabiiy yoʻqotilishlarining normalari”dan kelib chiqib hisoblanadigan neft mahsulotlarining yoʻqotilishlarini jamlash yoʻli bilan aniqlanadi.
bunda: n1 — neft va neft mahsulotlarini qabul qilish, tarqatish va rezervuarlarda saqlashda kuzgi-qishki mavsumdagi tabiiy yoʻqotilishlarining normalari;
n2 — neft va neft mahsulotlarini qabul qilish, tarqatish va rezervuarlarda saqlashda bahorgi-yozgi mavsumdagi tabiiy yoʻqotilishlarining normalari;
Q2 — yil davomida rezervuarlarga kiritiladigan neft mahsulotlari miqdori, t.
2-jadval
Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida neft va neft mahsulotlarini qabul qilish, tarqatish va rezervuarlarda saqlashda tabiiy yoʻqotilishlarining normalari
(1 tonna qabul qilingan yoqilgʻidan kilogrammlarda)
Izoh: tabiiy yoʻqotilishlar normalari qadoqlangan holatda qabul qilinadigan va topshiriladigan mahsulotlarga qoʻllanilmaydi.
3-jadval
Neft mahsulotlarining tabiiy yoʻqotilishlar normalarini qoʻllash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududining iqlimiy mintaqalarga ajratilishi
7-bob. Akkumulyator batareyalarini quvvatlash
18. Elektrokar, elektryuklovchi, shuningdek kombayn, traktor va avtomobillarning kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalarini quvvatlash uchun shoxobchalar mavjud.
Ularni quvvatlash paytida havoga kislotali akkumulyatorlarni quvvatlashda sulfat kislotasi bugʻlari yoki ishqorli akkumulyatorlarini quvvatlanganida ishqor ajralib chiqadi.
19. Akkumulyator batareyalarini zaryadlash jarayonida sulfat kislotasi va ishqorlar ajralishining solishtirma koʻrsatkichlari ularning elektrsigʻimi va elektrolit sarflariga bogʻliq holda 4-jadvalda keltirilgan.
4-jadval
Akkumulyator batareyalarini zaryadlash jarayonida sulfat kislotasi va ishqorlar ajralishining solishtirma koʻrsatkichlari
8-bob. Zararli moddalarning tashlamalari miqdorini aniqlash
20. Akkumulyator batareyalarini quvvatlash jarayonida havoga ajralayotgan zararli moddalarning miqdorini quyidagi formula boʻyicha aniqlash mumkin:
Bunda:
kx — x — ingrediyenti ajralishining solishtirma koʻrsatkichi, g/soat;
f — zaryadlanadigan akkumulyatorlarning elektr sigʻimi, A*ch
Bunda:
kx — x — ingrediyent ajralishining solishtirma koʻrsatkichi, g/kg;
V — zaryadlashga sarflanuvchi elektrolit sarfi, kg/soat.
9-bob. Asfalt-beton zavodlari, asfalt-betonlarning tavsifi
21. Atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori tayyorlanadigan asfalt-betonning turi, rusumi mineral massaning fraksiyasi va tarkibiga bogʻliq.
22. Asfalt-betonlar qumli, mayda-oʻrtacha, yirik donadorlilarga boʻlinadi, asfalt-betonlarning turi va rusumlari 5-jadvalda keltirilgan.
5-jadval
Asfalt-betonlarning turi va rusumlari
10-bob. Asfalt-beton tayyorlashda asfalt aralashtirgich qurilmalarida hosil boʻladigan ifloslantiruvchi moddalar
23. Mineral materiallar omborxona yoki maydalash sexidan transportyorlar tizimi yordamida elevatorga uzatiladi va boʻshatish qutisi (bunker) orqali qizdirish barabaniga toʻkiladi.
24. Mineral materiallarni aylanuvchi barabanlarda quritish tabiiy yoqilgʻi (koʻmir, mazut, dizel yoqilgʻisi, tabiiy gaz)larni yoqishdan olinadigan yonuvchi gazlar yordamida amalga oshiriladi.
25. Quritilgan va maʼlum haroratgacha qizdirilgan mineral materiallar fraksiyalar boʻyicha ajratish uchun saralash-elaklariga uzatiladi va tayyorlanayotgan asfalt-beton turiga qarab, qizigan bunkerning boʻlimlariga tarqatiladi.
26. Soʻngra, maʼlum miqdordagi material va bitum bir paytning oʻzida aralashtirgichga uzatiladi va unga aniq miqdordagi mineral kukuni qoʻshiladi. barchasini aralashtirish tugagach, tayyor asfalt-beton massasi omborxona yoki qurilish maydoniga olib ketadigan avtotransportlarga boʻshatiladi.
27. Inert materiallarni saqlash omboridan (mineral materiallarni toʻkish, qayta toʻkish, toʻplash va koʻchirish) boshlab tayyor mahsulotni foydalanishga uzatishgacha boʻlgan barcha texnologik jarayonlar noorganik chang ajralib chiqishi bilan amalga oshadi.
28. Changning kimyoviy tarkibi 6-jadvalda, dispers (oʻlchamlari boʻyicha) tarkibi 7-jadvalda keltirilgan.
6-jadval
Changning kimyoviy tarkibi
7-jadval
Changning dispers (oʻlchamlari boʻyicha) tarkibi
29. Aralashtirgichlardan tashlanadigan tashlamalarning miqdori koʻp emas, baʼzan hid chiqaruvchi moddalar tashlamalari bilan bogʻliq muammolar uchrab tursada, ular salmoqli emas.
30. Ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining asosiy qismi mineral materiallarni quritish va yoqilgʻilarni yoqishda paydo boʻladi.
31. Asfalt aralashtirgichning quritish barabanidan tashlamaning kattaligi toʻldirgich (mineral material) oʻlchamlari va qoʻllaniladigan yoqilgʻi turiga bogʻliq.
32. Changni bostirish usullari qoʻllanilmagan hollarda har bir tonna toʻldirgich hisobiga 17-20 kg noorganik chang ajralib chiqadi.
33. Foydalaniladigan toʻldiruvchining turiga bogʻliq holda, tashlamalarning 50% dan ziyodini oʻlchamlari 20 mkm dan katta boʻlgan zarrachalar tashkil qiladi.
34. Qolgan gaz holatidagi ifloslantiruvchi moddalar (uglevodorodlar, SO2, CO, NOx) 0,045kg/t.ni, foydalanilgan yoqilgʻining turiga bogʻliq holda aldegid tashlamalari 0,01 kg/t.ni tashkil qiladi.
8-jadvalda asfalt aralashtirgich qurilmalarining turlari ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari va tozalash uskunalarining koʻrsatkichlari bilan koʻrsatilgan.
35. Sanoatda 2 bosqichli tozalash qurilmalari bilan jihozlangan qurilmalar qoʻllanilmoqda. Bunda, tozalashning 2-bosqichi sifatida namli tozalash qurilmasi qoʻllaniladi.
8-jadval
Amaliyotda koʻp foydalaniladigan asfalt aralashtirgichlarda qoʻllaniladigan gaz tozalash qurilmalarining asosiy ishlash koʻrsatkichlari
11-bob. Atmosfera havosiga ajraladigan va tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning massasini aniqlash
36. Ajraladigan va tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning massasi — umumiy tashlamalar (Mumumiy) — asfalt-beton obyektining barcha texnologik jarayonlari va jihozlaridan ajraladigan ifloslantiruvchi moddalarning jamlanmasini bildiradi va quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
i — ajraladigan ifloslantiruvchi moddaning raqami, (ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi i = 1,2,3,…………m);
j — ifloslantiruvchi modda manbasining raqami, (j =1,2,3,………n);
gij — j-inchi manbadan ajralib tashlanadigan i — moddaning massasi, t/soat;
Tij — i-moddaning j-ishchi manbadan ajralib chiqish davomiyligi, soat/kun.
9-jadval
Tozalash qurilmasi samaradorligining taqribiy koʻrsatkichlari
Izoh: tozalash samaradorligi uskunaning texnik holatini va tutib qolinadigan changning dispers (oʻlchamli) holatiga qarab qabul qilinadi. Jadvaldagi koʻrsatkichlardan oʻlchov asboblarda oʻlchash ishlari amalga oshirilmagan hollarda asfalt-beton zavodlaridan tashlanadigan tashlamalarning samaradorlik darajasini hisoblashda qoʻllash mumkin.
37. Asfalt-beton zavodlarining ifloslantiruvchi moddalari tashlama manbalarini xatlov qilishda umumiy tashlamaning taqribiy qiymatini solishtirma koʻrsatkichlari boʻyicha hisoblash mumkin.
12-bob. Asfalt aralashtirgich qurilmalaridan changli tashlamalar
38. Asfalt aralashtirgich qurilmalaridan changli tashlamalari quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu yerda g — changli tashlamalarning solishtirma koʻrsatkichi, g/s, 8--jadvaldan qabul qilinadi yoki quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
g = V C1 (g/s), (1.27),
V — vaqt birligi ichida tashlanadigan gazning hajmi, m3 /s;
S1 — tozalashgacha chiqarilayotgan gazdagi changning konsentratsiyasi, g/m3 (8-jadval.);
T — texnologik jihozning ishlash davomiyligi, soat/yil.
Tozalashdan soʻnggi chiqarilayotgan gazdagi changning konsentratsiyasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
τ — changtutgich qurilmasida gaz aralashmalarini changdan tozalash samaradorligi, %.
13-bob. Mineral materiallar (qum, chaqiq tosh, shagʻal) ni tasmali koʻchirgich (transportyor)larda koʻchirgandagi changning tashlamalari
39. Mineral materiallar (qum, chaqiq tosh, shagʻal)ni tasmali koʻchirgich (transportyor)larda 1 m.ga koʻchirgandagi changning tashlamalari quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Q = Wcαγ (/c), (1.29),
Wc — changning shamolda ajralib chiqish solishtirma koʻrsatkichi, 3*10-5 kg/m2s qabul qilinadi;
α — konveyer tasmasining kengligi, m;
γ — togʻ jinsining maydalanish koeffitsiyenti (rotorli ekskavatorlar uchun γ = 0,1m).
Xom ashyo materiallarini saqlash, yuklash va tushirish jarayonlarida chang tashlamalari quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Bunda:
αʼ — koeffitsiyent, xom-ashyo materiallarining chang koʻrinishida yoʻqotilishi. GOST 9128-2013 ga binoan oʻlchamlari 0,5 mm boʻlgan changsimon zarrachalarning oʻrtacha miqdori turli xil asfalt-beton aralashmalarining mineral tarkibida 21% ni tashkil qiladi, u holda αʼ= 0,21;
V — xom ashyo materiallarini saqlash, yuklash va tushirishdagi sarflar, t/yil;
g — tabiiy yoʻqotilish normasi, % (9--jadvaldan qabul qilinadi).
14-bob. Ajralib chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar tavsifi
40. Temir yoʻl vagonlaridan sementni tushirish, uni boshqa transportlarga yuklash va bir joydan boshqa joyga koʻchirish jarayonlarida sement changi ajralib chiqadi va bu chang tarkibida 20 % SiO2 boʻlgan chang sifatida sinflanadi.
41. Changning kimyoviy tarkibi qoʻllaniladigan xom-ashyo turiga bogʻliq. 10-jadvalda beton tayyorlash uchun keng qoʻllaniladigan portlandsementi changining taqribiy kimyoviy tarkibi keltirilgan.
10-jadval
Portlandsement changining kimyoviy tarkibi
11-jadval
Changning fraksion tarkibi
Erkin holdagi SiO2 (havodagi chang) ning havodagi miqdori — 0,8-3,1%;
Shlakoportlandsement changida erkin holdagi changda SiO2ning miqdori 3%, putssolanli portlandsementda — 10-37 %, kislotaga chidamli sementda — 67%.
42. Inert materiallarni saqlash omborxonasi. Inert materiallar changining kimyoviy va fraksion tarkibi xom ashyoning dastlabki tarkibiga bogʻliq. Inert materiallar changi quyidagi holatlarda kremniy tarkibli deb yuritiladi:
SiO2 — kremniy oksidi amorf MgO bilan aralashmada aerozol koʻrinishida boʻlib, ularning har birining miqdori 10 % dan ortiq boʻlmasa;
SiO2 — kristall koʻrinishidagi kremniy oksidining changdagi miqdori 10 dan 70 % gacha boʻlsa.
43. Beton aralashtirish tugunida, xossalari yuqorida keltirilgan, sement, qum, yirik toʻldirgich (chaqiq tosh yoki graviya) larning changi ajralib chiqadi.
44. Qoliplovchi (shakl berish) sexlari uchun kam miqdorda inert materiallari va sement changi, shuningdek, tarkibiga turli xil neft mahsulotlari kiradigan surgilar (dizel moyi, avtol, nigrol)dan uglevodorodlar va parafin bugʻlari ajralib chiqadi.
45. Armatura sexining havosi chang, payvandlash aerozollari va metallarga ishlov berish dastgohlaridan ajralib chiqadigan gazlar bilan ifloslanadi. (payvandlash va metallarga ishlov berish boʻlimlari).
15-bob. Hisoblash usullari
46. Tarozili — ulushlovchi beton aralashtirgich qurilmalarining havoni tozalash tizimlariga kiritiladigan aspiratsiya tizimidagi changning dastlabki konsentratsiyasi 5 — 10 g/nm3 ni tashkil qiladi.
47. Sement yoki boshqa materiallarni havoli transport(pnevmotransport) bilan koʻchirishda dastlabki konsentratsiya quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Bunda:
Qbx — koʻchiriladigan materialning umumiy miqdori, kg/soat;
Vvx.n . — koʻchirishga sarflanadigan havo miqdori.
48. Sementni pnevmotransportda yuklash paytida chang ajralib chiqishi 0,2 kg/t, chang ajratuvchi manba ustidagi changbulutidagi miqdori — 19,5 g/n.m3.ni tashkil qiladi.
49. Agar solishtirma koʻrsatkich sifatida, qarab chiqilayotgan texnologik jarayon (yoki jihoz)dan vaqt birligi ichida ifloslantiruvchi moddaning tashlamasi qabul qilinsa, hisoblash quyidagi formula boʻyicha olib boriladi:
M = 10-3 g1 T (t/god), (1.32),
g1 — chang ajralishining solishtirma koʻrsatkichi, kg/soat (1.4.11-jadval);
T — texnologik jihozning ishlash (jarayon) vaqti, soat/yil.
12-jadval
Asfalt-beton obyekti jihozlaridan chang ajralishining solishtirma koʻrsatkichlari
16-bob. Qoliplovchi sex jihozlari ishlaganida paydo boʻladigan ifloslantiruvchi moddalarning massasini aniqlash
50. Qoliplovchi sexlarining asosiy ifloslantiruvchi moddalari qoliplarni moylash uchun qoʻllaniladigan surgi materiallarining aerozollaridir. Emulsion moylar tarkibi kerosin, moylar (nigrol, avtol, dizel, transformator moylari va sh.k.) va har xil uglevodorodlardan tashkil topadi.
51. Rezervuarlardan atmosfera havosiga tashlanadigan uglevodorodlarning yillik miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
PrΣSyil= Vyil Gt (T), (1.33),
Bunda:
Vyil — rezervuarlarga bir yilda kiritiladigan neft mahsulotlarining hajmi, m3;
Gt — uglevodorodlarning atmosfera havosiga chiqarilishining solishtirma miqdori (13-jadval).
13-jadval
Neft mahsulotlarining solishtirma yoʻqolishi
Ochiq sigʻimlardan ajraladigan ifloslantiruvchi moddalarning massasi bugʻlanayotgan suyuqlik miqdoriga bogʻliq holda aniqlanadi va quyidagilarni tashkil qiladi, kg/soat:
kerosin uchun 1,56 S;
parafin uchun 1,22 *10-2 S;
neft moylari uchun 5,0*10-2 S,
S — bugʻlanayotgan suyuqlikning erkin (ochiq) yuzasi, m2.
52. Tozalash darajasining unga taʼsir etadigan omillarga bogʻliqligi, murakkabligi, ifloslantiruvchi moddalarning chang ushlagich qurilmalari tomonidan ushlab qolish miqdorini analitik (hisobli) hisoblashning yagona uslubi mavjud boʻlmaganligidan, tozalovchi qurilmalarning tozalash samaradorligi 14-jadvalga asosan qabul qilinadi.
14-jadval
Chang-gaz tozalash qurilmalarining tavsifi
temir-beton ishlab chiqarish obyektlarining sanoat tashlamalarining tavsifi 15-jadvalda keltirilgan.
15-jadval.
Temir-beton ishlab chiqarish obyektlarining sanoat tashlamalari tavsifi
17-bob. Tashkillashtirilmagan manbalarni hisoblash
53. Temir-beton ishlab chiqarishda sochiluvchan materiallar (qum, chaqiq tosh, ohaktosh, sement va boshqalar) qoʻllanilganligi sababli barcha jarayonlarda atmosfera havosiga chang ajralib chiqishi kuzatiladi.
54. mahalliy soʻrish moslamalari bilan jihozlanmagan sochiluvchan materiallarni qabul qilish, qayta qadoqlash, tushirish va yuklash tugunlari tashkillashtirilmagan tashlama manbalar boʻlishi mumkin. Sement yoʻqotilishining oʻrtacha solishtirma koʻrsatkichi, 1 m3 mahsulot uchun 2,14 kg ni tashkil qiladi.
55. tarmoqdagi normalar boʻyicha tashkillashtirilmagan tashlamalar quyidagi formula boʻyicha topiladi:
V — ishlab chiqarishga sarflanadigan materiallarning yillik miqdori, t;
U — tabiiy yoʻqotilish normasi, %.
Yoʻl qurilish materiallarining tabiiy yoʻqotilish normalari 16-jadvalda keltirilgan.
16-jadval
Yoʻl qurilish materiallarining tabiiy yoʻqotilish normalari
56. Temir-beton buyumlari ishlab chiqarish va qurilish materiallari sanoatida omborlarda materiallarni toʻkish, joʻnatish uchun qayta yuklash tugunlari, omborlardagi changlanuvchi mahsulotni yuklash tuguni, moslashtirilmagan transport, toʻkilgan holda saqlash, karyer transporti va boshqalar tashkillashtirilmagan manbalar boʻlishi mumkin.
18-bob. Ombor va saqlash joylari turidagi manbalar
57. Bu obyektlar uchun tashlamaning umumiy hajmini quyidagi tenglama orqali ifodalash mumkin:
q = A + V = K1*K2*K3*K4*K5*K7*G*106 /3600+ K3*K4*K5*K6*K7*q1*F (g/s), (1.35),
A — Materialni qayta ishlash (toʻkish, qayta joʻnatish, aralashtirish) dagi tashlamalar, g/s;
V — materialni tinch holatda saqlashdagi tashlamalar;
K1 — materialda changli fraksiyaning ogʻirlik boʻyicha hissasi. Oʻlchamlari 0 — 200 mkm boʻlgan changli fraksiyani elash va yuvish yoʻli bilan aniqlanadi;
K2 — chang hissasi (aerozolga aylanadigan changlarning massasi, 17-jadval);
K3 — mahalliy meteorologik sharoitni hisobga oluvchi koeffitsiyent, 18-jadvaldan qabul qilinadi;
K4 — chang paydo qilish mahalliy sharoitini hisobga oluvchi koeffitsiyent, qiymati 19-jadvaldan qabul qilinadi;
K5 — materialning namligini hisobga oluvchi koeffitsiyent, qiymati 20-jadvaldan qabul qilinadi;
K6 — saqlanadigan materialning sirti profilini hisobga oluvchi koeffitsiyent, va Ffakt/F nisbati boʻyicha 1,3-1,6 oraligʻida materialning yirikligi va toʻldirilish darajasiga bogʻliq holda qabul qilinadi;
Ffakt — materialning haqiqiy sirtining kesimi relyefini hisobga olgan holdagi yuzasi;
F — rejada changlanish sirtining yuzasi, m2;
q1 — K3 = K5 = 1 boʻlgan holda, 1 m2 haqiqiy sirtdan changning chiqishi, uning qiymati 22-jadvaldan qabul qilinadi.
G — qayta ishlov beriladigan materialning jami miqdori.
Omborlar va toʻplash maydonlari chang ajralishining tekis taqsimlangan manbalari sifatida qaraladi.
58. Changning haqiqiy dispers tarkibini tekshirish va K2 ning kattaligini aniqlashtirish changiyotgan obyekt chegarasida havo changidan shamol namuna olish tomoniga tezligi 2 m/s bilan esayotgan holda, namuna olish bilan amalga oshiriladi.
17-jadval
K2 chang hissasi
18-jadval
K3 kattaligining shamol tezligiga bogʻliqligi
19-jadval.
K4 kattaligining mahalliy sharoitga bogʻliqligi
20-jadval.
K5 kattaligining material namligiga bogʻliqligi
21-jadval
K6 kattaligining material yiriqligiga bogʻliqligi
22-jadval
K3 = K5 = 1 sharoitida K6 kattaligining qiymati
19-bob. Chang chiqaruvchi materiallarni qayta toʻkish
59. Sochiluvchan materiallarni qayta toʻkish, materiallarni ochiq vagon va yarim vagonlarga yuklash, greyder bilan materiallarni bunkerga ortish, avtomobillardan bunkerlarga yukni tushirish ochiq oqim bilan materiallarni omborlarga toʻkish va shu kabilar koʻp miqdorda chang chiqaruvchi tashkillashtirilmagan manbalar hisoblanadi.
Bu manbalarning barchasidan chang ajralishini quyidagi formula boʻyicha hisoblash mumkin:
q=K1*K2*K3*K4*K5*K7*V*Gp*106 /3600, (1.36),
K1, K2, K3, K4, K5 — (1.35) formuladagi koeffitsiyentlarga oʻxshash koeffitsiyentlar;
V — materialni toʻkish balandligini hisobga oluvchi koeffitsiyent, uning qiymatidan qabul qilinadi.
23-jadval
V ning materialni toʻkish balandligiga bogʻliqligi
Gp — Toʻkish tugunining unumdorligi.
20-bob. Karyerlar
60. Avtotransport, qazish-yuklash va burgʻilash-portlatish ishlarida hosil boʻladigan va maydon boʻyicha tekis taqsimlangan tashlamalar yagona manba sifatida qaralishi mumkin.
61. Karyerda avtotransport harakatlanganida chang chiqaradi, shuningdek ichki yonuv dvigatelidan gazlar ajralib chiqadi. Chang avtomobil gʻildiragi va yoʻl toʻshalmasining oʻzaro taʼsiri, mashina kuzoviga yuklangan materialning shamol taʼsirida uchirilishi natijasida ajraladi.
62. Karyer chegarasida avtotransport tomonidan ajralib chiqadigan changning umumiy miqdori quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:
q=C1*C2*C3*N*a*q1/3600+C4*C5*C6*F0*n*q2, g/s (1.37),
bu yerda,
S1 — avtotransportning oʻrtacha yuk koʻtarish koeffitsiyenti boʻlib, uning qiymati 24-jadvaldan qabul qilinadi;
S2 — transportning karyerdagi oʻrtacha harakatlanish tezligi hisobga oluvchi koeffitsiyent, qiymati 25-jadvaldan qabul qilinadi;
Yuk uzatilishining oʻrtacha tezligi, ushbu ifoda orqali aniqlanadi:
V=N*a/N, km/chas; (1.38),
S3 — yoʻlning holatini hisobga oluvchi koeffitsiyent, qiymati 26-jadvaldan qabul qilinadi.
S4 — platformadagi yuk yoki material sirtining tuzilish (profil) i koeffitsiyenti, Ffakt./F0 — nisbatdan aniqlanadi,
Bunda: Ffakt — platformadagi material (yuk)ning haqiqiy sirti;
F0 — platformaning oʻrtacha yuzasi;
S4 — ning qiymati materialning yirikligiga bogʻliq ravishda 1, 3-1, 6 oraligʻida qabul qilinadi.
S5 — material (yuk) ga shamol esishining taʼsirini hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, shamol tezligi va transport harakatining oʻrtacha tezligining teskari vektorlarining geometrik yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
Bu koeffitsiyentning qiymati 2.4.23-jadvalda keltirilgan.
S6 — material sirti namligini hisobga oluvchi koeffitsiyent, (1.36) ifodada S6=K5, 20-jadvaldan qabul qilinadi.
N — barcha transportlarning bir soat mobaynida borib-qaytish (qatnash) lari soni;
a — karyer chegarasida bitta qatnashning oʻrtacha uzunligi, km;
S1=S2=S3=1, boʻlib, 1450 qabul qilinadi.
q1 — platformadagi materialning birlik haqiqiy yuzasidan vaqt birligida ajraladigan chang miqdori, g/m2*s;
Fo — platformaning oʻrtacha yuzasi, m2;
n — karyerda ishlayotgan avtomashinalar soni.
24-jadval
S1-ning avtotransportning oʻrtacha yuk koʻtarishga bogʻliqligi
25-jadval
26-jadval
S3 ning yoʻlning holatiga bogʻliqligi
27-jadval
S5 ning mashina kuzoviga taʼsir shamoli tezligiga bogʻliqligi
21-bob. Karyer mashinalari ishlayotganida zaharli gazlarning tashlamalari
63. Quvvati 1 ot kuchi boʻlgan karbyuratorli dvigatellarning ishlashi uchun 0,25 kg/o.k.soat, dizel dvigatellar uchun esa 0,25 kg/o.k.soat yoqilgʻi sarflanadi.
64. Karyer mashinalari ishlaganida sarflangan har 1 kg yoqilgʻisidan 15-20 g yoqilgʻi gazlari ajralib chiqadi. yoqilgʻi gazlarning tarkibiy tavsifi 28-jadvalda keltirilgan.
65. Yoqilgʻi gazlarining har bir zaharli gazining miqdori quyidagi formulalar(1.39), (1.40), (1.41)ga mos ravishda aniqlanadi:
Mso= (f1*W1*m1(SO)+f2*m2(CO))/3600, g/s (1.39);
MNOx= (f3*W1*m1(NOx)+f4*W2*m2(NOx))/3600, g/s (1.40);
Mald.= (f5*W1*m1(ald.)+f6*W2*m2(ald.))/3600, g/s, : (1.41),
f1, f2, …f6 — dvigatellar ishlash tartibining zaharli komponentlar chiqarilishiga taʼsirini hisobga oluvchi koeffitsiyentlar (29-jadval);
m1(SO), m1(NOx), m1(ald.) — “kichik yurish” rejimida 1 kg benzin yoqilganida ajralib chiqadigan zararli komponentlarning miqdori, (29-jadval);
m2 (SO), m2(NOx), m2(ald.) — “kichik yurish” rejimida 1 kg dizel yoqilgʻisi yoqilganida ajralib chiqadigan zararli komponentlarning miqdori, (29-jadval);
W1, W2 — mos ravishda benzin va dizel yoqilgʻisi sarfi, kg/soat.
28-jadval
Yoqilgʻi gazlarining tavsifi
29-jadval
Dvigatellarning ishlash tartibi koeffitsiyentlari va zaharli gazlarning chiqishi
22-bob. Qazish-yuklash ishlaridagi tashlamalar
66. Ekskavator ishlashida chang chiqishi qazib olingan materialni avtomobilga yuklash paytida sodir boʻladi. Chang ajralish jarayoni quyidagi tenglama boʻyicha ifodalanadi:
Q2=R1*R2*R3*R4*G*106/3600, g/s, (1.42),
Bunda:
R1 — materialda changli fraksiyaning ogʻirlik boʻyicha hissasi. Oʻlchamlari 0 — 200 mkm boʻlgan changli fraksiyani elash va yuvish yoʻli bilan aniqlanadi;
R2 — chang hissasi (aerozolga aylanadigan changlarning massasi);
Changning haqiqiy dispers tarkibini tekshirish va R2 ning kattaligini aniqlashtirish changiyotgan obyekt chegarasida havo changidan shamol namuna olish tomoniga tezligi 2 m/s bilan esayotgan holda, namuna olish bilan amalga oshiriladi.
R3 — ekskavatorning ishlash zonasida shamolning tezligini hisobga oluvchi koeffitsiyent, 30-jadvaldan qabul qilinadi;
R4 — materialning namligini hisobga oluvchi koeffitsiyent, qiymati 23-jadvaldan qabul qilinadi;
G — ekskavator ishlov beriladigan jinsning jami miqdori, t/soat.
30-jadval
R3 koeffitsiyentning shamol tezligiga bogʻliqligi
23-bob. Burgʻilash ishlardagi tashlamalar
67. Quduq va shpurlarni burgʻilashda atmosfera havosi ifloslanishi hajmini hisoblashda, sanoat tomonidan tashlanadigan barcha dastgohlar chang tozalash vositalari bilan chiqarilishi hisobga olinadi:
Q3=n*Z*(1-h)/3600 , (1.43),
n — bir vaqtda ishlaydigan burgʻilash dastgohlari soni;
Z — bitta dastgoh burgʻilashida chiqadigan chang miqdori, g/soat;
n — chang tozalash tizimining samaradorligi, hissalarda.
68. Agar burgʻilash maydonida har xil tizimdagi bir nechta dastgohlar ishlaydigan boʻlsa, hisoblash tenglamasi quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
Q3=(n1*Z1*(1-h1)+ n2*Z2*(1-h2)+ + ni*Zi*(1-hi))/3600 g/s, (1.44),
bunda, n1, n2, …, ni — bir vaqtda ishlaydigan har xil tizimdagi burgʻilash dastgohlari soni;
Z1, Z2, …, Zi — quduqdan chiqadigan changning dastlabki miqdori;
n1, n2, …, ni — oʻrnatilgan chang tozalash jihozining samaradorligi (31-jadval).
31-jadval
Burgʻilashda chang tashlamalar hajmini hisoblash uchun qiymatlar
24-bob. Portlatish ishlaridagi chang tashlamalari
69. Portlatish ishlarida katta miqdorda chang ajralishi kuzatiladi. Katta miqdorda chang ajralishi qisqa muddatda atmosferadagi changning ulushi RECHU dan yuz martalab oshib ketishiga olib keladi. Portlash ishlarida changning bir vaqtda tashlamalarini hisoblash uchun quyidagi tenglamadan foydalanish mumkin:
Q4=a1*a2*a3*a4*D*106, g, (1.45),
a1 — 1 kg portlovchi modda portlatilganida havoga koʻtariladigan materiallar miqdori (4-6t/kg);
a2 — portlatilgan togʻ massasiga nisbatan, zarrachalar oʻlchamlari 0-50 mkm boʻlgan aerozolga aylanuvchi changning hissasi (oʻrtacha 2*10-5);
a3 — portlash zonasida shamol tezligini hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Q3=P3), (33-jadval);
a4 — burgʻilash maydonini dastlabki namlashi va quduqni suvlashini hisobga oluvchi koeffitsiyent (32-jadval);
D — portlatuvchi modda miqdori, kg.
32-jadval
Burgʻilash maydonini dastlabki namlash va quduqlarni suv bostirishni hisobga oluvchi a4 koeffitsiyentining qiymatlari
70. Portlatish ishlarida chang chiqarilishi davomiyligi uzoq boʻlmaganligi (10 minutlar atrofida) sababli, bu ifloslantiruvchi moddalar miqdorini bir vaqtda baravariga tashlanadigan moddalar miqdorini hisoblashda eʼtiborga olinishi kerak.
25-bob. Texnologik jihozlar
71. Texnologik jihozlarning umumiy tashlamalari (Q) maʼlum vaqt ichida toʻkilgan, yuklangan va tushirilgan materiallarning birlik jihozga toʻgʻri keladigan umumiy miqdorini solishtirma tashlamaga koʻpaytirib aniqlanadi:
Q = 10-3*gB, (t): (1.46),
g — chang tashlamasining solishtirma koʻrsatkichi, kg/t (8; 12; 33-jadvallar);
V — birlik jihozga toʻgʻri keladigan materiallarning umumiy miqdori t. 33-jadvalda keltirilgan.
33-jadval
Tashkillashtirilmagan tashlamalarning solishtirma koʻrsatkichlari qiymatlari
26-bob. Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarning umumiy tashlamalarini hisoblash
72. Atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning taqribiy massasi (V) ularning texnologik jihozlardan ajralib chiqqan (Mumum) miqdori bilan chang-gaz tozalash qurilmalari (U) va ishlab chiqarishni takomillashtirish natijasida ushlab qolingan qismlari yigʻindisi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
V = Mumum — (U+S), (t) (1.47).
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligidagi temir-beton ishlab chiqarish obyektlaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining yiriklashtirilgan koʻrsatkichlari 34-jadvalda keltirilgan:
34-jadval
Temir-beton ishlab chiqarish obyektlaridan ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari yiriklashtirilgan koʻrsatkichlari
27-bob. Yogʻochga ishlov berish boʻlimi
73. Arralash, payrahalarni ajratish, arralab tilingan materiallarning chetlarini qirqish, tayyorlanmalarni oʻyish jarayonlarini bajarish uchun tasmasimon-arralash, tekislovchi, oʻyuvchi, tarashlovchi-arralovchi, universal-shina kesuvchi, universal-yonbosh kesuvchi, taxtalarni belgilangan oʻlcham boʻyicha tilish dastgohlari qoʻllaniladi.
74. Yogʻochga ishlov berishda ajralib chiqadigan asosiy zararli moddalar yogʻoch changi, qirindilar va payrahalar hisoblanadi. Bunda, yirik qirindilar va payrahalar atmosfera havosiga tashlanmaydi.
75. Vaqt birligi ichida bitta dastgohdan chiqadigan changning solishtirma miqdori 0,05 kg/soat qabul qilinadi va uning yillik miqdori quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
qn = 0,05*T, (1.48),
bunda: T — yil davomida dastgohning ishlash vaqti, soat.
28-bob. Turgʻun dizel qurilmalari
76. Mazkur usul turgʻun dizel qurilmalaridan tashlamalarni ularning solishtirma koʻrsatkichlari asosida hisoblash tartiblarini oʻrnatadi va turgʻun dizel qurilmalarining barcha turlari (dizelgeneratorlari, burgʻilash agregatlari, motopompa, motokompressorlar, motoventilyatorlar) uchun taalluqlidir.
77. Ushbu usul turgʻun dizel qurilmalaridan 20 minutlik vaqt oraligʻida bir martalik maksimal va yillik umumiy tashlamalarni hisoblash amalga oshiriladi.
78. Bir martalik maksimal tashlamalarni hisoblash uchun dastlabki maʼlumotlar sifatida, dizel qurilmasining ekspluatatsion quvvati haqida — zavodning texnik hujjatlarida keltirilgan maʼlumotlari (agar ekspluatatsion quvvati haqida maʼlumotlar boʻlmasa, belgilangan (nominal) quvvat) dan foydalaniladi, atmosfera havosiga umumiy tashlamalarni hisoblash uchun dizel yoqilgʻisining yillik sarfi haqidagi hisoblash maʼlumotlaridan foydalaniladi.
79. Turgʻun dizel qurilmalarining yoqib ishlatilgan gazlari bilan birga atmosfera havosiga tashlamalarini hisoblashlar quyidagi zararli moddalar uchun bajariladi:
uglerod oksidi (SO);
azot oksidlari (NOx) (NO2 ga hisoblangan)
uglevodorodlar (CN)1;
qurum(C);
sulfid angidridi (SO2);
formaldegid (CN2O);
benz(a)piren (BP).
80. Turgʻun dizel qurilmalari uchun atmosferani ifloslantirilishini hisoblaganda, RECHU m.b. ning qiymati kerosin boʻyicha olinadi.
81. Asosiy sinflanish belgilari (ishchi jarayonini tashkillashtirish usulini aniqlovchi belgilar — nominal quvvat, tezyurishlilik, silindrlar soni), shuningdek ajraladigan moddalarning zaharlilik xususiyatlariga mos ravishda, toʻrtta guruhga boʻlinadi (Ne — nominal quvvat, n — aylanishlar soni, i — silindrlar soni):
a) kam quvvatli, tezyuruvchan va oʻta tez yuruvchan (Ne -1). Masalan, dizelgeneratorlar 0801-08011 (2Ch9,5/10), 1601-1612 (4Ch9,5/10), 3001-3012 (8Ch9,5/10); dizel-elektr agregatlari 2E-16A (4Ch8,5/11), A-01M;
b) oʻrta quvvatli, oʻrtacha tezyuruvchan va tez yuruvchan (Ne =73,6-736 kVt, n=500-1500 min-1). Gazomotokompressor KS-550/4-64 (8D22/22,5), avtomatlashtirilgan dizel-elektr agregati ASDA-200 (dizel 1D12V-300), dizel-generator DGR 300/500-4 (6CHN 25/34), dizel-nasos qurilmasi DNU 120/70 (6CHN12/14), YAMZ-238 dizel bazasidagi energetik qurilmasi, DGA-315,320 (6CHN25/34), G-72 (6CHN36/45), KAS 315 (12CHN18/20), KAS 630R (12CHN18/20), AS 630M (12CHN18/20) dizel generatorlari;
v) baquvvat, oʻrtacha tezyuruvchan (Ne = 736-7360 kVt, n =500-1000 min-1). Masalan, 1A-6D49 (8CHN26/26), 1-9DG (16CHN26/26) burgʻilash agregati, 14DG (dizel14D40), G-99 (6CHN12A36/45), PE-6 (12CHN26/26), DG-4000 (dizel 64G bazasidagi 61V-3 modeli) dizelgeneratori;
g) baquvvat, yuqori tezyuruvchan, koʻp silindrli (Ne =736-7360 kVt, n=1500-3000 min-1, i>30). Masalan, ASDG-800 (42CHSPN16/17), DG-2000 (56CHSPN16/17).
82. Kapital taʼmirlashdan soʻng tashlamalar miqdorida oʻzgarishlar roʻy beradi. Kapital taʼmirlangan turgʻun dizel qurilmalaridan foydalanayotganligi uchun tashlamalardagi maʼlumotlarga koʻrsatilgan holatlarni hisobga olib tuzatishlar kiritilishi lozim.
29-bob. Oʻrtalashtirilgan koʻrsatkichlardan foydalanib tashlamalarni hisoblash
83. Turgʻun dizel qurilmalaridan i — inchi moddaning maksimal tashlamasi (g/s) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
eMi (g/kVt·ch) — i — inchi zararli moddaning turgʻun dizel qurilmalarining birlik foydali ishini nominal quvvatdagi rejimda bajarganidagi tashlamalari 35 yoki 36-jadvallardan qabul qilinadi;
PE (kVt) — dizel qurilmasining ekspluatatsion quvvati haqida tayyorlovchi — zavodning texnik hujjatlarida keltirilgan maʼlumotlari [agar ekspluatatsion quvvati haqida maʼlumotlar boʻlmasa, belgilangan (nominal) quvvat (Ne)] dan foydalaniladi;
(1/3600) — soatdan sekundga oʻtish koeffitsiyenti.
35-jadval
Kapital taʼmirlashgacha turgʻun dizel qurilmalarining turli guruhlari uchun eMi (g/kVt·ch) tashlamalar qiymatlari
36-jadval
Kapital taʼmirlangan turgʻun dizel qurilmalarining turli guruhlari uchun eMi (g/kVt·ch) tashlamalarining qiymatlari
37-jadval
Kapital taʼmirlashgacha turgʻun dizel qurilmalarining turli guruhlari uchun qMi (g/kg yoqilgʻi) tashlamalarining qiymatlari
84. Turgʻun dizel qurilmalaridan yil davomida i — inchi moddaning atmosfera havosiga umumiy tashlamasi (t/yil) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
qei (g/kg yoqilgʻi) — turgʻun dizel qurilmalari foydalanish siklini tashkillashtiradigan rejimlarda ishlaganida bir kg sarflangan dizel yoqilgʻisiga toʻgʻri keladigan i-inchi zararli moddaning 37 yoki 38-jadvallardan aniqlanadigan tashlamasi;
Gt (t) — turgʻun dizel qurilmalari uchun yil davomida sarflaydigan yoqilgʻi sarfi, (qurilmadan foydalanish hisobotlaridan olinadi);
(1/1000) — “kg” ni “t” ga aylantirish koeffitsiyenti.
38-jadval
Kapital taʼmirlangach turgʻun dizel qurilmalarining turli guruhlari uchun qMi (g/kg yoqilgʻi) tashlamalar qiymatlari
85. Xalqaro talablarga javob beradigan turgʻun dizel qurilmalari uchun tashlama qiymatlari 35, 36, 37, 38-jadvallaridagi qiymatlari SO uchun 2, NO2 va NO 2,5 hamda CN, C, CN2O va BP — 3,5-marta mos ravishda kamaytirish mumkin.
86. Atrof-muhit muhofazasining har xil texnologiyalari qoʻllanilganida, (suyuqlikli va katalitik neytralizatorlar, qurumli filtrlar, yoqilgʻilarning “ekologik toza” turi, 39-jadval), yoqilgʻi gazlarni tozalash samaradorligi ulardan foydalanish sharoitidagi tashlamalarni oʻlchov asboblari yordamida nazorat qilish yoʻli bilan olingan maʼlumotlar mosligi tasdiqlanishi lozim.
39-jadval
Atrof-muhitni muhofazalash texnologiyasining samaradorligi toʻgʻrisida maʼlumot
30-bob. Yoqib ishlatilgan gazlarning harorati va sarflarini aniqlash
87. Turgʻun dizel qurilmalaridan yoqib ishlatilgan gazlarning sarfi ushbu ifoda boʻyicha aniqlanadi:
88. yoqib ishlatilgan gazlarning hajmiy sarfi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
89. Atmosfera havosiga yoqib ishlatilgan gazlarning turgʻun dizel qurilmalaridan tashkillashtirilgan tashlamasi 5 m gacha boʻlgan balandlikka chiqarilganida, ularning haroratini 450 °S, 5 dan 10 m gacha balandlikka chiqarilganida — 400°S qabul qilish mumkin.
31-bob. Lok-boʻyoq ishlab chiqarish
90. Biron bir sirt yuzasining qoplanmasini shakllantirish jarayonida ifloslantiruvchi moddalarning ajralib chiqishi lok-boʻyoq materiallarini surkash va uni quritishda roʻy beradi.
91. Lok-boʻyoq materiallarining tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarning havoga ajralib chiqishi uning tarkibi, qoplamani qoplash usuli, qoʻllanilayotgan jihoz unumdorligi, surkaladigan qoplamaning qalinligi, ifloslantiruvchi moddalarni tutib qoluvchi yoki neytrallashtiruvchi vositalarining mavjudligi va boshqalarga bogʻliq.
92. Mazkur uslubda, boʻyash va quritish jarayonida lok-boʻyoq material va erituvchilarining uchuvchan qismi toʻliq gaz holatiga oʻtadi deb qabul qilinadi.
93. Ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishini hisoblash uchun haqiqiy yoki rejadagi lok-boʻyoq materiallarining sarfi, undagi uchuvchan qismining hissasi, iflosliklarni tutib qoluvchi va zararsizlantiruvchi jihozlar mavjud boʻlganida — uchib chiqadigan moddalar hissasi — yaʼni, tozalash darajasi dastlabki maʼlumot sifatida qabul qilinadi.
32-bob. Tashkillashtirilgan manbalardan tashlamalar hisobi
94. Buyumning sirtiga lok-boʻyoq materiallarni surkash jarayonida, gazni tozalash uskunalari mavjud boʻlmagan holatlarda, havosiga ajraladigan yoki atmosfera havosiga tashlanadigan boʻyoq aerozolining tonnada ifodalangan miqdori (Ma) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ma = Mk*fa*ft*10-4, (1.56),
Bu yerda,
Mk — boʻyash uchun foydalanilgan lok-boʻyoq massasi, t;
fa — lok-boʻyoq materiallarining aerozol koʻrinishida foizlarda ifodalangan yoʻqotilish hissasi, 40-jadvaldan qabul qilinadi;
ft — lok-boʻyoq materiallari qattiq qismining foizlarda ifodalangan hissasi, 41-jadvaldan qabul qilinadi;
40-jadval
Lok boʻyoq bilan buyum sirtini boʻyashda ajraladigan ifloslantiruvchi moddalar
95. Buyumning sirtiga lok-boʻyoq materiallarni surkash jarayonida gazni tozalash uskunalari mavjud boʻlgan holatlarda, havosiga ajraladigan yoki atmosfera havosiga tashlanadigan boʻyoq aerozolining tonnada ifodalangan miqdori (Ma) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ma = Mk*fa*ft*(1-n)*10-4, (1.57),
Bu yerda,
Mk — boʻyash uchun foydalanilgan lok-boʻyoq massasi, t;
fa — lok-boʻyoq materiallarining aerozol koʻrinishida foizlarda ifodalangan yoʻqotilish hissasi, 40-jadvaldan qabul qilinadi;
ft — lok-boʻyoq materiallari qattiq qismining foizlarda ifodalangan hissasi, 42-jadvaldan qabul qilinadi;
n — tozalash darajasi, birlik qismlarida;
96. Gazni tozalash uskunalari mavjud boʻlmagan holatlarda, lok-boʻyoq tarkibida boʻlgan alohida ifloslantiruvchi moddaning qoplamani surkashdagi tashlama yoki tashlamaning tonnada ifodalangan miqdori (Mo) quyidagi formula orqali topiladi:
Mo = Mk*fp*fp.o*fk*10-6 (1.60)
bu yerda:
Mk — boʻyash uchun ishlatiladigan lok-boʻyoq materialining massasi, t;
fr — lok-boʻyoq materiallarining uchuvchan qismi foizlarda ifodalangan yoʻqotilish hissasi, 41-jadvaldan qabul qilinadi;
fp.c — lok-boʻyoq materiallari uchuvchan erituvchilarning foizlarda ifodalangan hissasi, 40-jadvaldan qabul qilinadi;
fk — ifloslantiruvchi moddaning lok-boʻyoq materialining uchuvchan qismidagi foizlardagi hissasi 41-jadvaldan qabul qilinadi;
n — tozalash darajasi, birlik qismlarida;
97. Alohida ifloslantiruvchi moddaning lok-boʻyoq materialining uchuvchan qismidagi umumiy tashlamasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Mobsh = Mok + Mck. (1.64).
98. Boʻyalayotgan buyumning umumiy maydoni yuzasi va atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddaning, solishtirma miqdori maʼlum boʻlsa, maʼlum texnologik jarayonida bir xil turdagi lok-boʻyoq materiallari qoʻllaniladigan va boʻyash bir qatlamli boʻlib, gaztozalash qurilmasi mavjud boʻlmagan hollarda ifloslantiruvchi moddaning tonnalarda ifodalangan miqdori quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi:
bu yerda,
qij — i — turdagi lok-boʻyoq materialini j-texnologik jarayonda qoʻllab boʻyayotganda, uni transportirovka qilish va dastlabki quritishni hisobga olgandagi ifloslantiruvchi moddalarning solishtirma miqdori, g/m2;
Fij — j-texnologik jarayonda i — turdagi lok-boʻyoq materiali bilan boʻyashdagi buyum sirtining jami yuzasi, m2/yil.
99. Atmosfera havosiga vaqt birligi ichida tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar massasi (g/s), yuqorida keltirilgan umumiy tashlamalarni aniqlash formulasi bilan topiladi, faqat, bunda, boʻyash uchun ishlatiladigan lok — boʻyoq materiallarining massasi (Mk) oʻrniga, vaqt birligi ichida tashlanadigan lok — boʻyoq materiallari sarfi, (OND-86 tavsiyalariga koʻra, 30 minutlik oraliqdagi oʻrtacha miqdor) olinadi.
Mc.p — boʻyoq qoplamasini qoplash texnologik jarayonining t minut davomidagi lok-boʻyoq materialining sarfi, kg;
t — texnologik jarayonning davomiyligi, min.
100. Atmosfera havosiga tashlanadigan boʻyoq aerozolining miqdorini aniqlash formulasi (1.56) quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
Ma = 0,56*Mk*fa*ft*10-4, (1.56),
Mk — 30 minut davomida qoplama qoplash texnologik jarayonidagi lok-boʻyoq materialining sarfi, kg;
(1.57)-(1.65) formulalar xam shunga oʻxshash koʻrinishga ega boʻladi.
33-bob. Tashkillashtirilmagan manbalardan tashlamalarni hisoblash
101. Bino va inshootlarning meʼmorchilik elementlari, qurilish konstruksiyalari, quvurlar, havo oʻtkazgichlar, texnologik uskunalar va shunga oʻxshashlarni lak-boʻyoq qoplamalari bilan qoplash (boʻyash) da ifloslangan havoni soʻrib olish jihozlari mavjud boʻlmasa, manbalar tashkillashtirilmagan boʻladi va lak-boʻyoq materiallarining uchuvchan qismidan ifloslantiruvchi moddalarning atmosfera havosiga tashlamalarini hisoblash quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
M = 0,56*Mk*fa*ft*10-4. (1.67).
102. Boʻyoq aerozollarining ochiq maydondagi tashlamalarining hisobi (1.56) formula boʻyicha amalga oshiriladi.
41-jadval
Lok-boʻyoq mahsulotlari tarkibi va ularning ishlatilishi
MDH mamlakatlarida ishlab chiqilgan lak-boʻyoq materiallarining tarkibi
42-jadval
Ifloslantiruvchi moddalarning roʻyxati va tafsiloti
34-bob. Metall quyish
103. Tarmoq obyektlarining quyish sexlarida quyishning maxsus usullari qoʻllaniladi (eriydigan modellar boʻyicha quyish, metall qoliplarga quyish, vakuumli-pardali qoliplash).
104. Atmosfera havosiga tashlanadigan zararli moddalar — noorganik chang, metall oksidlari, moylar, ishqorlar, atseton bugʻlari, parafin va spirtlar hisoblanadi.
105. Quyish sexlarining asosiy turdagi jihozlardan atmosfera havosiga solishtirma tashlamalari 43-jadvalda keltirilgan.
43-jadval
Quyish sexlarining asosiy turdagi jihozlardan atmosfera havosiga solishtirma tashlamalari
Izoh:
1. Changning tarkibi ishlov beriladigan metall va abraziv doiraning tarkibi bilan oʻxshash.
2. Yillik quyish oʻlchami qisqartirilib yil/kg deb yuritiladi
35-bob. Metallarga mexanik ishlov berish
106. Tarmoq obyektlari mexanik sexlarida har xil metall va nometall qotishmalarini frezer, parmalash, silliqlash va boshqa dastgohlarda sovutilib yoki sovutilmasdan sovuq ishlov berish, metallarga elektrofizik va elektrokimyoviy ishlov berish uslublari qoʻllaniladi.
107. Atmosfera havosiga ajraladigan asosiy zararli moddalar metall va nometall changlar, moy aerozollari, kerosin bugʻlari va benz(a)pirenlar hisoblanadi
108. Mexanik sexlarda metalllar va qotishmalarga sovuq ishlov berishda tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning miqdorlari 44, 45, 46, 47-jadvallarda keltirilgan.
109. Nometall materiallarni arra bilan kesganda paydo boʻladigan changlarning miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Gn — paydo boʻladigan changning miqdori, g/s;
h — arralash qalinligi, mm;
V — uzatilish tezligi, mm/min;
N — ishlov beriladigan material qalinligi, mm;
j — ishlov beriladigan material zichligi, g/sm3.
110. metallarga elektrokimyoviy elektrofizik uslubda ishlov berishda zararli moddalarning solishtirma tashlamalari 48-jadvalda keltirilgan.
44-jadval
Asosiy metallarga mexanik ishlov berish texnologik (sovutilmasdan ishlash) jarayonlarida atmosfera havosiga ajralib chiqadigan ifloslantiruvchi moddalarning miqdorlari
Izoh. Qirindi changlarining tarkibi qoʻllaniladigan silliqlovchi doiraning tarkibiga oʻxshash. Metall changlarining tarkibi ishlov beriladigan metallar tarkibiga oʻxshash.
45-jadval
Metallarga sovutib mexanik ishlov berishning asosiy texnologik jihozlaridan atmosfera havosiga zararli moddalarning solishtirma tashlamalari
Izoh. Metallarga silliqlash dastgohlarida ishlov berish, ularni quruq ishlov berishdagi 10% ini tashkil qiladi (44-jadval).
Sovutish surkash suyuqligi qoʻllanilganida dastgohning har bir kVt quvvatiga 3*10-6 g/soat trietanolamin ajralib chiqadi.
46-jadval
Grafitga mexanik ishlov berishning texnologik jihozlaridan atmosfera havosiga zararli moddalarning solishtirma tashlamalari
47-jadval
Nometall materiallariga mexanik ishlov berishning texnologik jihozlaridan atmosfera havosiga zararli moddalarning solishtirma tashlamalari
Izoh. Changning tarkibi ishlov beriladigan material tarkibiga oʻxshash boʻladi.
36-bob. Plastmassa ishlab chiqarish
111. Plastmassa buyumlarini ishlab chiqarish quyidagi texnologik jarayonlarni oʻz ichiga oladi: press kukunlarini tabletkalashtirish, termoplastlarni quyish, reaktoplastlarni presslash va buyumga mexanik ishlov berish.
112. Atmosfera havosiga tashlanadigan asosiy zararli moddalar — chang va plastmassa tarkibini buzilishidan hosil boʻladigan mahsulotlar.
Plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishdan atmosfera havosiga solishtirma tashlamalari 48-jadvalda keltirilgan.
48-jadval
Plastmassani qayta ishlash jarayonidan atmosfera havosiga zararli moddalarning solishtirma tashlamalari
Izoh:presslash rejimlari uchun maʼlumotlar qistirgichlar ostidagi holat uchun keltirilgan. Qistirgichlarsiz rejim uchun keltirilgan maʼlumotlarning 2/3 qismini olish zarur.
49-jadval
Plastmassani qayta ishlash jarayonidan atmosfera havosiga changning solishtirma chiqarimalari
50-jadval
Penopolistiroldan qadoqlash buyumlarini ishlab chiqishda zararli moddalarning solishtirma tashlamalari
37-bob. Rezino-texnik buyumlar taʼmiri
113. Rezino mahsulotlarni taʼmirlash uchun vulkanlashtirilmagan qatlamli va projektorli rezinalar qoʻllaniladi, kameralarni taʼmirlashda esa vulkanlashtirilgan rezina qoʻllaniladi. Taʼmirlash materiallari yopishtirilgach, 140°S haroratda vulkanizatsiyalanadi.
114. Vulkanizatsiya jarayoni uglerod oksidi, sulfid angidridi va boshqa zararli moddalarning ajralishi bilan amalga oshiriladi.
115. rezinotexnika buyumlarni taʼmirlash jarayonida zararli moddalar ajralishining solishtirma koʻrsatkichlari 51-jadvalda koʻrsatilgan.
51-jadval
Rezinotexnik buyumlarni taʼmirlash jarayonida zararli moddalar ajralishining solishtirma koʻrsatkichlari
116. Zararli moddalar tashlamalari miqdorini aniqlash. Jihoz birligidan havoga ajralib chiqadigan zararli moddalarning miqdorini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
qpili — gʻadir bidirlash jarayonlarida birlik jihozdan ajralib chiqadigan changning solishtirma koʻrsatkichi, g/s
V — sarflanuvchi materiallar massasi, kg/soat;
Kx — zararli moddalar ajralishining solishtirma koʻrsatkichi, g/kg;
T — jihozning ishlash vaqti, soat/yil;
117. Noorganik chang buyumni talklashda ajraladigan changlarning miqdori quyidagi formula bilan topiladi:
Q = G*0,2*0,35*0,2, t/yil (1.71),
bunda:
G — quruq talklashga sarflanadigan talk miqdori, t/yil;
0,2 — talkning changlanishi koeffitsiyenti;
0,35 — jarayonlarda (qadoqlash, tarozida oʻlchash va koʻchirishlarda talkning yoʻqotilishini hisobga oladigan) yoʻqotilish koeffitsiyenti;
0,2 — mahalliy yoʻqotilish koeffitsiyenti (ekspluatatsiya tajribalaridan).
Valetslar, shpritslash i vulkanizatsiyalashda rezina qorishmasini qizdirganda sulfid angidridi ajraladi:
1. 1 tonna rezinani qizdirganda 0,9 g/t. ajraladi
2. 1 tonna rezinani shpritslanganda 1,35 g/t.ajraladi
3. 1 tonna rezinani vulkanizatsiya qilganda 3,88 g/t.ajraladi
Benzin bugʻining ajralib chiqishi yil davomida sarflangan benzin miqdoriga tenglashtiriladi.
118. detallarni silliqlashda ajraladigan chang, sexdagi changtutkich qurilmalarda tutib qolinsa va tashqi havo bilan aloqada boʻlmasa, hisobotda koʻrsatilmaydi. Bu chang ishlab chiqarish qattiq chiqindilariga taalluqli boʻladi.
119. Bir sekundlik zararli moddalarning atmosfera havosiga tashlamalarini aniqlash uchun, sarflanadigan materiallar miqdori bir soatda sarflanadigan materiallarga teng qilib olinadi.
38-bob. Payvandlash
120. Obyektlarning metallarni payvandlash boʻlinma va sexlarida elektrli, gazli, plazmali payvandlash, metallarni kesish va eritish va ishqalab payvandlashlar ishlari amalga oshiriladi
121. Bunda, azot, uglerod, metallar oksidlari, vodorod ftori kabi zararli moddalar atmosfera havosiga chiqariladi.
122. Payvandlash jihozlarning asosiy turlaridan atmosfera havosiga zararli moddalarning solishtirma tashlamalari 52, 53, 54-jadvallarda keltirilgan.
52-jadval
Metallarni payvandlash va eritib quyishda ifloslantiruvchi moddalarning solishtirma tashlamalari
Izoh: Zararli moddalarning ajralish miqdori chokning 1 m uzunligi uchun keltirildi.
53-jadval
Payvandlash va gazli kesish ishlarining turli jarayonlarida atmosfera havosiga tashlanadigan zararli moddalarning solishtirma tashlamalari.
39-bob. Issiqlik energetikasi obyektlari (yoqilgʻini yoqish)
123. Energetika obyektlari atmosferani ifloslantiruvchi eng asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Yoqilgʻining yonishi natijasida paydo boʻladigan mahsulotlarining katta hajmdagi gazli oqimlari tozalash qurilmalaridan samarali foydalanishni qiyinlashtiradi. Baland moʻrilarni qurish zararli moddalarni katta maydonga tarqatib, ularning yerusti ulushlarini ancha kamaytirsada, atmosferaning ifloslanishini kamaytirmaydi.
124. Ifloslantiruvchi moddaning har biri (azot dioksidi, azot oksidi, sulfid angidridi, qattiq yoqilgʻi kuli, mazut qurumi)ning moʻridan va jami issiqlik elektr stansiyasi/issiqlik elektr markazi (IES/IEM)dan yoki qozonxonadan maksimal tashlamasi oʻrtacha soat maksimal yuklamaga, alohida qozonlarning haqiqiy ishlash rejimidan kelib chiqqan holda, shu IES/IEM yoki qozonxona quvuriga ulangan qozonlarning eng katta yuklama bilan ishlash davriga aniqlanadi.
125. Bir vaqtning oʻzida har xil yoqilgʻilardan foydalanish hollarida, maksimal tashlamalar hisobi yoqilayotgan yonilgʻi tarkibidagi eng noqulay modda uchun hisoblanadi.
126. Agar IES/IEM yoki qozonxonada yillik yoqilgʻi balansidagi miqdori sezilarsiz boʻlsa (5 % gacha), bu yoqilgʻidan tashlamalar, maksimal tashlama(g/s)larni aniqlashda hisobga olinmaydi, lekin umumiy tashlamalar(t/yil)ni aniqlashda hisobga olinadi.
127. Qattiq turdagi yoqilgʻilar yoqilganida, atmosfera havosiga har xil moddalar bilan birga yoqilgʻi yonganida hosil boʻlgan, gazga aylanish yonish jarayonlarida ishtirok etmagan, qurumdan tashkil topgan, qattiq zarrachalar ham chiqariladi.
Koʻmir sifatida foydalanilganida ularni koks qoldiqlari deb ataladi. Bu zarrachalar yoqilgʻining yonmasdan qolgan uglerodi boʻlib, qurum (RECHU m.b. =0,15 mg/m3) sifatida sinflanadi.
128. Koʻmir qurumi uning tarkibida kremniy ikki oksidining miqdori boʻyicha, kremniy ikki oksidining miqdori 70-20 % boʻlganda, RECHUm.b. =0,30 mg/m3 sinflanishi kerak.
129. Yoqilgʻi sifatida yogʻochdan foydalanilganida qurumni normalash muallaq moddalar boʻyicha amalga oshiriladi (RECHU = 0,5 mg/m3).
130. Koʻmir va qurumliklarining changlari ularning tarkibidagi kremniy ikki oksidining miqdori boʻyicha sinflanadi. Kremniy ikki oksidining koʻmir changidagi miqdori, 10 % dan oshmaydi va RECHUm.b.= 0,5mg/m3 ni tashkil qiladi, qurum uyumi changlarida esa uning miqdori 60% dan ortmaydi va RECHUm.b..= 0,3 mg/m3 boʻlgan noorganik changga mos keladi.
131. Qozonxonalar tomonidan atmosferaning ifloslanishini hisoblashda yoqilgʻi yonish mahsulotlarining umumiy hajmini bilish kerak.
132. M dona bir vaqtda ishlaydigan qozonlar guruhidan uchuvchan qurum va yonmasdan qolgan yoqilgʻining umumiy (t/yil) va bir martalik maksimal tashlama(g/c) lari quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Bi — i — qozonining tabiiy yoqilgʻi sarfi, t/yil yoki g/s;
A — yoqilgʻi qurumliligi, %;
aun — tashlamada qurum hissasi, %;
G — tashlamada yoqilgʻi hissasi, %;
Izoh: qozonlar ishlash vaqtidan foydalanib, maksimal bir martalik tashlamadan umumiy tashlamaga va uning teskarisini hisoblab koʻrish tavsiya etiladi.
133. Yonuvchan moddalarning tashlamadagi miqdori boʻyicha ekspluatatsiya maʼlumotlari mavjud boʻlmagan hollarda, qattiq zarrachalarning tashlamadagi miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bunda
qun — yoqilgʻining mexanik notoʻliq yonishi natijasida issiqlikning yoʻqotilishi, % (mazutli qozonlar uchun qun = 0,02%);
Qn — yoqilgʻi yonishining pastki issiqligi, MDj/kg;
32,7 — chiqib ketayotgan yonuvchi moddalarning oʻrtacha yonish issiqligi, MDj/kg.
134. M dona bir vaqtda ishlaydigan qozonlar guruhidan oltingugurt oksidlari SO2 va S03 (SO2ga hisoblangan)ning umumiy (t/yil) va bir martalik maksimal tashlama(g/c) lari quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Vi — qattiq, suyuq [t/yil (g/s)] yoki gaz holatidagi, (ming m3/god) yoqilgʻi sarfi
S — yoqilgʻi tarkibidagi oltingugurtning miqdori, %;
135. M dona bir vaqtda ishlaydigan qozonlar guruhidan uglerod oksidi (is gazi)ning umumiy (t/yil) va bir martalik maksimal tashlama(g/c)lari quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
qxim — yoqilgʻining kimyoviy notoʻliq yonishidan issiqlikning yoʻqotilishi, %;
R — yoqilgʻining kimyoviy notoʻliq yonishi natijasida issiqlik yoʻqotilishi hissasini hisobga oladigan, toʻliq yonmaslik mahsulotlarida uglerod oksidi miqdorini belgilaydigan koeffitsiyent. Qattiq yoqilgʻilar uchun R = 1, gaz uchun R = 0,5, mazut uchun R = 0,65;
Qt — yoqilgʻining yonishdagi issiqligi, MDj/kg yoki MDj/m3
qxim ning qiymati ekspluatatsiya maʼlumotlari yoki normalar boʻyicha qabul qilinadi.
136. M dona bir vaqtda ishlaydigan, bugʻ unumdorligi 30 t/soatdan koʻp qozonlar va issiqlik quvvati 30 Gkal/soatdan ziyod suv isitish qozonlari guruhidan azot oksidlari (NOx) yigʻindisi [(NO2) ga hisoblangan ] ning umumiy (t/yil) va bir martalik maksimal tashlama(g/c)lari quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ψ — 1 tonna shartli yoqilgʻidan azot oksidlarining chiqishini tavsiflaydigan koeffitsiyent, kg/t shartli yoqilgʻi.
B1 — azot oksidlarining chiqishiga yoqiladigan yoqilgʻi sifatining taʼsirini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
B2i — azot oksidlarining i — qozondan chiqishiga gorelka konstruksiyasining taʼsirini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
B3i — azot oksidlarining i — qozondan shlak chiqarish turining taʼsirini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Σ1i — i — ning oʻchogʻiga retsirkulyatsiya gazlarining berilib turishi sharoitlariga bogʻliq holda retsirkulyatsiya gazlarining taʼsiri samaradorligini tavsiflaydigan koeffitsiyent;
Σ2 — ikki pogʻonali yoqishda azot oksidlari tashlamalari kamayishini hisobga oladigan koeffitsiyent;
ri, — i — qozonning tutun gazlari retsirkulyatsiyasi darajasi, %.
Bugʻ unumdorligi 70 t/soatdan ziyod qozonlar uchun gaz va mazutni yoqishda yuklamaning barcha oraliqlarida, shuningdek, qattiq yoqilgʻini yuqori haroratda 75%dan koʻp yuklama bilan yoqilganida quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi.
Ψ=(12´uΨ)/(200+u) , (1.79),
u, uΨ — qozonning nominal i haqiqiy unumdorligi, t/soat.
Bugʻ unumdorligi 70 t/ soatdan kam boʻlgan qozonlar uchun:
Ψ=uf/20 (1.80).
qattiq yoqilgʻi yoqiladigan energetik qozonlar b1 ning qiymati:
B1 =0,178+0,47 ´ pt, (1.81),
Πt — yoqilgʻidagi azot miqdori, %.
137. Oʻchoqda bir vaqtning oʻzida ikki xil yoqilgʻi yoqilganida koeffitsiyent b1 ning qiymati oʻrtacha pallalik qiymat boʻyicha aniqlanadi:
Ikki turdagi yoqilgʻi uchun
138. Qozon belgilangan yuklamadan kamida ishlaganida nominal koeffitsiyent e1 ning qiymati qozonning unumdorligi koeffitsiyenti f ga koʻpaytiriladi.
0,8 — issiqlik energetika obyektlari uchun tasdiqlangan azot oksidining dioksidga transformatsiya koeffitsiyenti.
140. Yonish jarayonida yoqilgʻi va atmosfera havosi bilan kimyoviy oʻzaro taʼsirida gaz holatidagi moddalar hosil boʻladi.
141. Yonish uchun kerak boʻladigan havo hajmi va yonish mahsulotlari 1 kg qattiq yoki suyuq yoxud normal sharoitda hisoblangan 1 m3 gaz holatidagi yoqilgʻiga hisoblanadi.
142. Yoqilgʻi tarkibi foizlarda beriladi: qattiqlari-massada; gaz holatidagilari hajm boʻyicha quyidagi belgilashlardan foydalaniladi:
C, N, O, N, S, A, W, uglerod, vodorod, kislorod, azot, oltingugurt, qurum va namlikning ishchi massasiga nisbatan %dagi miqdori, ularning yigʻindisi 100 % ni tashkil qilishi kerak;
SN4, SmNn, N, CO2, N2S, O, SO, N, metan, toʻyingan uglevodorodlar, azot, uglerod dioksidi, vodorod sulfidi, kislorod, uglerod oksidi, vodorodlarning mos ravishda 1 m3 quruq gaz yoqilgʻisidagi foizlardagi miqdori, ularning yigʻindisi 100 % ni tashkil qilishi kerak.
143. Yoqish uchun zarur boʻladigan havoning m3/kg.lardagi nazariy jihatdan hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
qattiq va suyuq yoqilgʻilar uchun, ( m3/kg)
V0 = 0,0889(S + 0,375 ´ S) + 0,265 ´ N — 0,0333 ´ O (1.85);
Gaz shaklidagi yoqilgʻilar uchun (m3/kg)
V0 = 0,0476 [0,5*SO+0,5*N+1,5*N2S+S(m + 0,25*n)* SmNn — O] (2.84).
144. Yoqilgʻi yonishi mahsulotlarining nazariy jihatdan hajmi (a=1 boʻlganida) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
dr — 1m3 quruq gazga nisbatan gaz holatidagi yoqilgʻining namligi g/m3, hisoblanayotgan 10 °S haroratda dr = 10 g/m3 qabul qilinadi.
Ishchi sharoitda moʻriga kiradigan gazning sarfi (m3/s), quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
V — qozonlar yoqilgʻilarining umumiy sarfi, g/s yoki dm3/s;
Tux — moʻri quvurining ustida gazning harorati, °S.
145. Tutun gazlari bilan atmosfera havosiga tashlanadigan vanadiy oksidining yillik miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
τu — gazlarni tozalash qurilmalarida suyuq yoqilgʻi qattiq mahsulotlarining miqdori
40-bob. Unumdorligi 30 t/soat boʻlgan qozonlarda yoqilgʻi yonishidan hosil boʻladigan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini hisoblash
146. Ushbu uslub qattiq yoqilgʻi, mazut va gazni faoliyat koʻrsatayotgan sanoat va kommunal qozon qurilmalari (kamhajmli isitish qozonlari, isitish-qaynatish uskunalari, oʻchoqlar) oʻchoqlarida yoqilganda yonish mahsulotlari bilan birgalikda chiqadigan zararli moddalar tashlamalarini hisoblash uchun moʻljallangan.
147. Qattiq yoqilgʻi va mazut yondirilganida vaqt birligi ichida, tutun gazlari bilan atmosfera havosiga tashlanadigan uchuvchan qurum va yonmagan yoqilgʻining qattiq zarrachalari tashlamalarini hisoblash quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bunda:
V — yoqilgʻi sarfi (t/yil, g/s);
Ar — yoqilgʻi qurumliligi (%);
n — qurum ushlagichda ushlangan qattiq zarrachalarning hissasi;
x= aun/(100 — Gun);
aun — tashlamada yonilgʻi qurumining hissasi (%);
Gun — tashlamada yonuvchan moddalarning miqdori (%).
Ar, aun, Gun, n-larning qiymatlari haqiqiy oʻrtacha koʻrsatkichlar boʻyicha olinadi, bu maʼlumotlar boʻlmagan hollarda Ar yondiriladigan yoqilgʻi tavsifi boʻyicha, h — qurum ushlagichlarning texnik koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi, c qiymati esa 54-jadvaldan qabul qilinadi.
54-jadval.
Oʻchoq va yoqilgʻi turlariga bogʻliq holda c va K SO koeffitsiyentlari qiymatlari
148. Vaqt birligi ichida, tutun gazlari bilan atmosfera havosiga tashlanadigan oltingugurt oksidlarining tashlamalarini hisoblash quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
V — qattiq, suyuq (t/yil, t/soat, g/s) va gaz koʻrinishidagi (ming. m3/yil, ming m3/soat, l/s) yoqilgʻisining sarfi;
Sr — yoqilgʻida oltingugurtning hissasi (%; gaz uchun mg/m3);
nʼSO2 — yoqilgʻining uchuvchan qurumi bilan birikkan oltingugurt oksidlarining hissasi, koʻmir uchun — 0,1;
mazut uchun — 0,02; gaz uchun — 0,0;
n“SO2 — qurum ushlagichda ushlangan oltingugurt oksidlarining hissasi.
149. Quruq qurum ushlagich uchun nul, namlilari uchun esa, sugʻoruvchi suvning ishqoriyligiga bogʻliq holda qabul qilinadi.
150. Yoqilgʻi tarkibida vodorod sulfidi bor boʻlgan hollarda, oltingugurt oksidlarining qoʻshimcha miqdorini hisoblash SO2 ga hisoblanganida, quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
PSO2 = 0,0188*[N2S]*V, (1.97),
[N2S] — vodorod sulfidining yoqilgʻidagi miqdori, (%).
151. Vaqt birligi ichida, tutun gazlari bilan atmosfera havosiga tashlanadigan uglerod oksidining tashlamalari (t/yil, g/s) ni hisoblash quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Pso = 0,001*Sso*V*(1-q4/100), (1.98),
V — qattiq, suyuq (t/yil, t/soat, g/s) va gaz koʻrinishidagi (ming. m3/yil, ming m3/soat, l/s) yoqilgʻisining sarfi;
Sso — yoqilgʻini yoqishda uglerod oksidining ajralishi (kg/t, kg/ming. m3 yoqilgʻi) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Sso = q3*R*Qir , (1.99),
q3 — yoqilgʻining kimyoviy toʻliq yonmasligi natijasida issiqlikning yoʻqotilishi (%);
R — yoqilgʻining kimyoviy notoʻliq yonishi natijasida issiqlik yoʻqotilishi hissasini hisobga oladigan, toʻliq yonmaslik mahsulotlarida uglerod oksidi miqdorini belgilaydigan koeffitsiyent. Qattiq yoqilgʻilar uchun R = 1, gaz uchun R = 0,5, mazut uchun R = 0,65;
Qir — tabiiy yoqilgʻining pastki yonish issiqligi (MDj/kg, MDj/m3);
q4 — yoqilgʻining mexanik toʻliq yonmasligi natijasida issiqlikning yoʻqotilishi (%).
152. Ekspluatatsiya maʼlumotlari mavjud boʻlmagan hollarda q3, q4 qiymatlari. 55-jadvalidan qabul qilinadi.
153. Vaqt birligi ichida, atmosfera havosiga tashlanadigan uglerod oksidining taqribiy tashlamalari(t/yil, g/s) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Pso = 0,001*B*Qir*Kso*(1-q4/100), (1.100),
Kso — yoqilgʻi yonishda birlik issiqlikdan ajraladigan uglerod oksidining miqdori, (kg/GDj); 1.13.1-jadvaldan qabul qilinadi.
154. Vaqt birligi ichida, tutun gazlari bilan atmosfera havosiga tashlanadigan azot oksidlarining tashlamalari(t/yil, g/s) ni hisoblash quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
PNO2 = 0,001*B*Qir*KNO2*(1-b), (1.101),
V — qaralayotgan muddat ichida tabiiy yoqilgʻining sarfi (t/yil, ming mz/yil, g/s, l/s);
Qir — tabiiy yoqilgʻining yonish issiqligi (MDj/kg, MDj/m3);
KNO2 — birlik issiqlikdan ajraladigan azot oksidlarining miqdorini tavsiflovchi koʻrsatkich, (kg/GDj);
B — texnik yechim qoʻllanishi natijasida azot oksid tashlamalari kamayishi darajasiga bogʻliq koeffitsiyent.
55-jadval
Kam quvvatli qozon oʻchoqlarining tavsifi
Izoh: 5 ustunda katta qiymatlar — chiqishni kamaytirish vositalari mavjud boʻlmagan hollar uchun, kichiklari chiqishning qaytarilishi mavjud boʻlgan holatlar, shuningdek qozonlar unumdorligi 25-35 t/ soat holatlar uchun.
KNO2 ning qiymati turli yoqilgʻilar uchun qozon uskunalari uchun belgilangan yuklamasiga bogʻliq holda aniqlanadi.
Qozon yuklamasi belgilanganidan farq qilgan hollarda KNO2 ni (Qf/Qn)0,25 ga yoki (Df/Dn)0,25 ga koʻpaytirish kerak.
bunda
Df, Dn — mos ravishda haqiqiy va belgilangan bugʻ unumdorligi(t/soat);
Qf, Qn — mos ravishda haqiqiy va belgilangan quvvat (kVt).
Toshkoʻmir
KNO2 = 0,0206 * Ln(Qn) + 0,0605 (1.102);
KNO2 = 0,0203 * Ln(Dn) + 0,1863 (1.103).
Qoʻngʻir koʻmir
KNO2 = 0,0199 * Ln(Qn) + 0,047 (1.104);
KNO2 = 0,0203 * Ln(Dn) + 0,1663 (1.105).
Antratsit
KNO2 = 0,0149 * Ln(Qn) + 0,0168 (1.106);
KNO2 = 0,0141 * Ln(Dn) + 0,104 (1.107).
Gaz, mazut
KNO2 = 0,0059 * Ln(Qn) + 0,0552 (1.108);
KNO2 = 0,0062 * Ln(Dn) + 0,0858 (1.109).
155. Agar tutun gazlarida azot oksidlarining (%) miqdorlari haqida maʼlumotlar mavjud boʻlsa, unda tashlama (kg/yil) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
SNOx — tutun gazlarida azot oksidlarining hajm boʻyicha foizlardagi miqdori;
V — a (a — havoning ortiqligi koeffitsiyenti 55-jadval.) maʼlum boʻlgan hollarda yonilgʻi yonish mahsulotlarining(m3/kg) hajmi.
56-jadvalda qattiq va suyuq yoqilgʻilarining asosiy tavsiflari keltirilgan.
56-jadval
Qattiq va suyuq yoqilgʻilarining asosiy tavsiflari
156. Benz(a)piren tashlamalari. toʻliq yonish taʼminlanmaydigan oʻchoqlarda, baʼzi hollarda, atmosfera havosiga politsiklik aromatik uglevodorodlar ajralib chiqadi. Ularning ichida eng zaharlisi benz(a)pirendir.
Tutun gazlarida benz(a)pirenning mavjudligi yoqish usuli va oʻchoq konstruksiyasiga bogʻliq.
157. Har bir texnologik jarayonlarda atmosfera havosiga benz(a)pirenning chiqarilishining taqribiy miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bunda:
Sbp — fakeldagi benz(a)piren miqdori, mkg/m3, (turli yoqilgʻilar uchun 57, 58, 59-jadvallardan qabul qilinadi);
Vv — bir manbadan bitta texnologik jarayondagi gaz-havo aralashmasining hajmi, m3/s;
normal sharoitda:
VT — bitta texnologik jarayonda ajralayotgan gazning hajmi quyidagi formuladan aniqlanadi:
VT=SWo (m3/s), (1.113),
bunda:
S — tutun mashʼalasining yuzasi, m2;
Wo — mashʼala hajmiy tezligi, m/s;
T — tashlanadigan gazlar harorati, oS;
t — tashlamalar davomiyligi, s;
p — bitta jarayondagi tashlama manbalarining soni.
57-jadval
Toshkoʻmir yonganidagi benz(a)piren ulushi
58-jadval
Suyuq yoqilgʻi yonganidagi benz(a)piren ulushi
59-jadval
Tabiiy gaz yonganidagi benz(a)piren ulushi
41-bob. Tutib qoluvchi qurilmalar samaradorligi, choʻkish, aerozollarning yopishib qolishini hisobga olish
158. Texnologik jarayondan atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar faqat ochiq ishlab chiqarish maydonlarida son va sifat jihatdan oʻzgarmasdan chiqariladi.
159. Ishlab chiqarish binolari ichida ajralayotgan ifloslantiruvchi moddalar turgʻun manbalarining ventilyatsiya kanallari orqali atmosfera havosiga chiqarilganida, ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi va miqdori quyidagi sabablarga koʻra oʻzgarishi mumkin:
ventilyatsiya tizimi maʼlum ifloslantiruvchi moddalarni tanlab (selektiv) ushlab qolishi;
binoning soʻrib olish ventilyatsiya tizimi yetarli darajada soʻrib olish quvvatiga ega boʻlmagan holda birmuncha katta zarrachalar ishlab chiqarish binosi ichida choʻkib qolishi;
aerozol zarrachalari va yirik oʻlchamli changlar havo oʻtkazgichlarning devorlariga yopishib qolishi;
havo oʻtkazgichlarning sovuq devorlarida bugʻning kondensatsiyalanishi;
soʻrish tizimining ventilyatori (koʻpincha markazdan qochma turi) dinamik chang tutgich rolini bajarishi.
160. Ventilyatsiya tizimi kanallaridan oʻtish davrida ifloslantiruvchi moddalarning tezda buzilishi yoki boshqa moddalar bilan kimyoviy oʻzaro taʼsiri, masalan zamonaviy nusxa olish uskunalarining ishlashida ajralib chiqadigan ozon havo oʻtkazgichda toʻliq parchalanib ketadi.
161. Koʻrsatilgan jarayonda tashlanadigan gaz oqimlarida aerozollarning miqdori oʻzgaradi.
162. Gaz koʻrinishidagi ifloslantiruvchi moddalar faqat ixtisoslashtirilgan tozalash tizimlari (adsorber, xemosorber, katalitik konverter, yoqish qurilmalari)da tutib qolinadi.
Ushbu qurilmalar nisbatan murakkab, qimmat, malakali xizmatni talab qiladi, qurilmalardan foydalanish sarflarini oshiradi. Ularni ifloslantiruvchi moddalarning atmosfera havosiga barcha tashlamalarida keng qoʻllanilishi chegaralanib qolmoqda.
163. Yetarlicha tarqalgan tozalashning sodda qurilmalari atmosferani ifloslantiruvchi moddalardan himoyalashda aldanishlarga olib kelmoqda.
Misol, lok-boʻyoqlash boʻlimlarida organik erituvchilar bugʻlari va aerozollardan havo oqimini tozalash maqsadida suvdan foydalanuvchi turlicha gidrofiltrlar, suvli pardalar va boshqa qurilmalar qoʻllaniladi.
164. Suv yordamida faqat aerozol samarali tutib qolinadi. Erituvchi tarkibidagi atseton, spirt va boshqalar u bilan aralashib, suvda yaxshi eriydi.
Tozalash qurilmasidan tashqari (sirkulyatsiya sigʻimi va kanalizatsiya tarmogʻida)da teskari jarayon ham jadal sodir boʻladi.
165. Avval tutib qolingan aerozollar (boʻyoq aerozolining “quruq qoldigʻi”dan tashqari) boshqa joyda yer usti qatlamida atmosfera havosiga chiqariladi.
166. RECHT belgilanayotganida, ishlab chiqarish boʻlimida tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning qanday qismi haqiqatda atmosfera havosiga chiqarilishi aniqlashtirilishi zarur.
167. Ishlab chiqarish boʻlimining ventilyatsiya tizimida tozalash qurilmalari mavjud boʻlganida, atmosfera havosiga tashlanadigan zararli moddalarning miqdori quyidagi tenglama boʻyicha aniqlanadi:
Matm = {Mvid(1-0,lh)*Toch+Mvid * (TS-Toch)}/TS = Mvid(TS-0,01´h-Toch)/TS, (1.114),
Bunda:
Matm — atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning yillik umumiy tashlamalari, t/yil;
Mvid — boʻlimda ifloslantiruvchi moddalarning yillik umumiy tashlamalari, t/yil;
n — ifloslantiruvchi moddalarni tozalash (ushlab qolish) samaradorligi, %;
TΣ — boʻlimda yillik ish vaqtining yigʻindisi, soat/yil;
Toch — tozalash qurilmalarining yil davomida soz ishlash vaqtining yillik yigʻindisi, ch/yil;
maksimal bir martalik tashlama
Gatm=Gajr(1-h/100), (1.115),
Gatm — ifloslantiruvchi moddalarning maksimal bir martalik atmosfera havosiga tashlama, g/s;
Gajr — ifloslantiruvchi moddalarning boʻlinmada maksimal bir martalik tashlama, g/c.
Izoh:
a) hisoblashlarda noch ning qaydlarda keltirilgan unga taalluqli eng kichik qiymatlaridan foydalaniladi;
b) tozalash qurilmalari doimiy ishlamaganida ifloslantiruvchi moddalarning atmosferada tarqalishini hisoblash va tahlili uchun Gatm va Gajrning har ikkala qiymatidan ham foydalaniladi.
168. Ishlab chiqarish boʻlinmasidan atmosfera havosiga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini, aerozolning bino ichkarisida choʻkishi va ventilyatsiya tizimlarining ichki devorlariga oʻtirib qolishini hisobga olgan holda, hisoblash quyidagi tenglama boʻyicha aniqlanadi:
umumiy tashlama
yoki
bunda:
Matm — ifloslantiruvchi moddalarning atmosfera havosiga umumiy tashlamasi, t/yil;
Majr — ifloslantiruvchi moddalarning boʻlinmada umumiy tashlamasi, t/yil;
Xos — bino ichkarisida choʻkadigan ifloslantiruvchi moddalarning hissasi, %;
X' nl (X'' nl) — mahalliy ventilyatsiya tizimlarining ichki devorlariga oʻtirib qolgan ifloslantiruvchi moddalarning hissasi, % (60-jadval).
60-jadval
Mahalliy shamollatish tizimlarining havo oʻtkazgichlari ichki devorlarida choʻkib qoladigan ifloslantiruvchi moddalar hissalari
Izoh. ishlab chiqarish boʻlinmasidan mahalliy ventilyatsiya tizimi orqali ifloslantiruvchi modda tashlamalarini hisoblashda bino ichkarisidagi choʻkishlar hisobga olinmaydi.
Maksimal bir martalik tashlama
yoki
Gatm — ifloslantiruvchi moddalarning maksimal bir martalik atmosfera havosiga tashlama, g/s;
Gajr — ifloslantiruvchi moddalarning boʻlinmada maksimal bir martalik tashlama, g/c.
169. Elektrokimyoviy qoplash boʻlimida ochiq vannalardan tashlamalarni hisoblashda havoning harakatlanish yoʻli boʻyicha kamayishini hisobga olish tavsiya etiladi (61-jadval).
61-jadval
Havoning harakatlanish yoʻli boʻyicha kamayishini hisobga oluvchi koeffitsiyent
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
RECHTni rasmiylashtirishda inobatga olinishi lozim boʻlgan talablar
1. RECHTga Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son “Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroridan tashqari quyidagilar xam kiritilishi kerak:
ifoslantiruvchi moddalarning yer usti qatlamidagi konsentratsiyalarini hisoblash va ularning havoda tarqalish maydonlarining tahlili;
ifloslantiruvchi moddalar miqdorlari kamaytirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar;
RECHT miqdoriga erishilgandagi nazorat hisobi.
2. RECHT va xatlov materiallarining jild varaqlari biriktirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. RECHT mundarijasida undagi barcha boʻlimlar va ilovalar nomlari hamda ular joylashgan betlari koʻrsatiladi.
4. Ifloslantiruvchi moddalarning roʻyxat jadvalida maksimal RECHU yoki ZTXD koʻrsatiladi. RECHUning qismlarida ifodalangan norma, normaga mosligi, jami tashlamaga qoʻshgan hissasi koʻrsatilishi lozim.
Atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori (t/yil), yoqilgʻi, xom ashyo tavsifi, texnologik jarayonlar va jihozlarning ishlash rejimi oʻzgarishiga bogʻliq holda oʻrtacha yillik qiymati amalga oshiriladi.
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi manbalardan umumiy tashlamalarning tavsifi, ularning tarkibi, davriyligi, davomiyligi jadval shaklida keltiriladi.
5. Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi manbalarning koʻrsatkichlari RECHT ni hisoblash uchun tavsiya qilingan shakl boʻyicha jadval koʻrinishida taqdim qilinadi.
Yaqin besh yilda obyektda boʻladigan oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar mavjud boʻlsa, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi manbalarning koʻrsatkichlari mavjud holat va istiqbolga nisbatan tuziladi.
6. “Yer usti ulushlari hisobini oʻtkazish, ifloslantiruvchi moddalar tarqalish maydonlarining tahlili” boʻlimida hisoblash uchun qoʻllanilgan dasturning nomi, har bir modda boʻyicha obyekt chegarasidan tashqarida atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning hisobli maksimal ulushlari yoziladi va shu modda uchun belgilangan norma bilan taqqoslanadi.
Agar ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarilishida zararli modda oʻzaro reaksiyaga kirishib, yanada zararliroq moddaga aylansa, RECHT ni aniqlash uchun zararli moddaning kuchlirogʻi hisobga olinadi.
Miqdori normadan ortiqcha boʻlgan moddalar uchun atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi manbalarning raqamlari keltiriladi, tashlamalarni kamaytirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish zarurligi asoslanadi.
7. “Ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar” boʻlimida qaysi manbalar uchun tadbirlar ishlab chiqiladigan boʻlsa, ularning tafsiloti, tadbirgacha va tadbirdan keyingi tashlamalari miqdori (g/s, t/yil) keltiriladi.
Tadbirlardan keyingi tashlamalar chang-gaz tozalash jihozlarining samaradorligini inobatga olgan holda hisoblanadi. Oʻtkazilgan tadbirlar natijasida, oʻrganilayotgan manbadagi tashlamalarning kamayishi (g/s, t/yil) hisoblanadi.
Tozalashning ikki bosqichli usuli qoʻllanilganida, tozalash jihozining jami (toʻliq) samaradorligi, birinchi bosqichgacha boʻlgan tashlama va ikkinchi bosqichdan soʻnggi tashlamalar kattaliklaridan kelib chiqib hisoblanadi.
RECHT ni ishlab chiqayotgan tashkilot obyekt bilan birgalikda RECHT ni taʼminlaydigan, ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqadi. Tadbirlar rejasi obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
8. “RECHT normalarini oʻrnatish” boʻlimida tashlamalarni kamaytirish tadbirlarining yetarliligini va texnik jihatdan erishish mumkin boʻlgan natijalar bilan birga taqqoslash tahlili keltiriladi.
Har bir atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi manba va ifloslantiruvchi moddalar hamda obyekt boʻyicha taklif etilgan, umumiy tashlamalarning RECHT normalari tavsiya etilgan shakl boʻyicha jadvalga kiritiladi.
Atmosfera havosiga tashlanadigan jami moddalar miqdori
Jami:...
9. Qaysi moddalarning yer usti ulushi RECHUm.b. ning 0,1 qismidan kam boʻlsa, uning nazorati reja-grafigida keltirilmaydi.
