Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (3135-4-son)
23.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 23-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3135-4]
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 29-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3135, 2019-yil 4-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 10/19/3135/2571-son) bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2024-yil 3-dekabr,
10-mh-son
Kelishildi:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
2024-yil 29-noyabr
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
2024-yil 25-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2024-yil 3-dekabrdagi 10-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari hamda oliy taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, kafedra mudirlarining (bundan buyon matnda pedagog kadrlar deb yuritiladi) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini belgilaydi.”.
2. 3-banddagi “taʼlim muassasalari” va “taʼlim muassasalarini” degan soʻzlar tegishli ravishda “taʼlim tashkilotlari” hamda “taʼlim tashkilotlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 5-banddagi “taʼlim muassasasidan” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “umumiy oʻrta, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari, oliy taʼlim muassasalari” va “taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar tegishli ravishda “umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlari” hamda “taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “umumiy oʻrta taʼlim, professional taʼlim, akademik litsey, oliy taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 12-banddagi “taʼlim muassasalarida taʼlim muassasasi rahbarining” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlarida taʼlim tashkiloti rahbarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 13-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Suhbat natijalari asosida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi mezonlar asosida, umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 2-ilovasidagi mezonlar asosida, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkiloti pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 3-ilovasidagi mezonlar asosida, oliy taʼlim tashkiloti pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 4-ilovasidagi mezonlar asosida baholanadi.”.
8. 2-ilovada:
“Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“umumiy oʻrta taʼlim muassasasining” degan soʻzlar “umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “Taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 3 va 4-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning 1 va 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
