Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2303-7-son)
23.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 23-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2303-7]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 23-noyabrdagi 174-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2303, 2011-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 51-son, 552-modda) bilan tasdiqlangan Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P.R. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-noyabr,
641-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2024-yil 29-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 30-noyabrdagi 641-son buyrugʻiga ILOVA
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. 5-bandda:
a) ushbu band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) izoh qismi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yoʻqotilgan bir dona ROʻDRB (mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) oʻrniga yangi bir dona ROʻDRB berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida undiriladi;”.
3. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. 71-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5. 72-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6. 8-bandning izoh qismidan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
7. 9-bandning beshinchi xatboshisi “mototransport vositalari” degan soʻzdan keyin “(mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
8. 10-bandning toʻrtinchi xatboshisi “mototransport vositalari” degan soʻzdan keyin “(mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
