SHNQ 2.05.04-21 “Metropolitenlar” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-37-son)
25.07.2024
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
boʻyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 29-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 280]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.05.04-21 “Metropolitenlar” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1997-yil 13-martdagi 18-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.05.04-97 “Metropolitenlar” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Transport vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-iyul,
01/2-37-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 20-iyul
Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarish vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 15-iyul
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 11-iyun
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2024-yil 8-iyul
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 4-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 25-iyuldagi 01/2-37-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.05.04-21 “Metropolitenlar” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan metropoliten inshootlarini loyihalash, shuningdek ularni qurishda muhandislik qidiruv ishlariga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 1.02.07-19 “Qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar. Asosiy qoidalar”;
SHNQ 1.02.09-15 “Qurilish uchun muhandislik geologiya izlanishlari”;
SHNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar”;
SHNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizlik”;
SHNQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, bino va inshootlar hamda tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash”;
SHNQ 2.01.20-16 “Seysmik hududlarda transport inshootlari qurilishi”;
SHNQ 2.02.01-19 “Bino va inshootlar asoslari”;
SHNQ 2.03.01-24 “Beton va temir-beton konstruksiyalar”;
SHNQ 2.03.05-23 “Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
SHNQ 2.04.07-22 “Issiqlik tarmoqlari”;
SHNQ 2.05.03-22 “Koʻpriklar va quvurlar”;
SHNQ 2.07.02-22 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”;
SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”;
SHNQ 2.09.04-09 “Korxonalarning maʼmuriy va maishiy binolari”;
SHNQ 3.01.04-19 “Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish. Asosiy holatlar”;
SHNQ 3.01.02-23 “Qurilish xavfsizligi texnikasi”
SHNQ 3.06.04-19 “Koʻpriklar va quvurlar”;
QMQ 2.01.05-19 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
QMQ 2.03.11-96 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish”;
QMQ 2.04.01-98 “Binolar ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi”;
QMQ 2.04.03-19 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
QMQ 3.05.06-97 “Elektrotexnik qurilmalari”;
QMQ 3.05.07-97 “Avtomatlashtirish tizimlari”;
SanQvaN 0008-20 “Turar joylarda, jamoat binolarida, aholi yashash hududlarida va dam olish zonalarida va meʼyorlari”;
SanQvaN 0325-16 “Ish oʻrinlaridagi yoʻl qoʻyiladigan shovqin darajasining sanitariya meʼyorlari”;
SanQvaN 0267-09 “Turar joy binolarida, jamoat binolari va uy-joy qurilishi hududlarida ruxsat etiladigan shovqin meʼyorlaridan oshmasligini taʼminlashga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari va normalari”
GOST R 53780-2010 “(YEN 81-1:1998, YEN 81-2:1998) Liftlar. Qurish va oʻrnatishga umumiy xavfsizlik talablari” (rasmiy manba: Lifti. Obshiye trebovaniya bezopasnosti k ustroystvu i ustanovke);
GOST 24940-2016 “Bino va inshootlar. Yoritilganlikni oʻlchash usullari” (rasmiy manba: Zdaniya i soorujeniya. Metodi izmereniya osveshennosti);.
GOST 33652-2019 “Yoʻlovchi liftlari. Qulaylikka texnik talablar, shu jumladan nogironlar va aholining boshqa kamharakat guruhlari uchun qulaylik” (rasmiy manba: Lifti passajirskiye. Texnicheskiye trebovaniya dostupnosti, vklyuchaya dostupnost dlya invalidov i drugix malomobilnix grupp naseleniya);
GOST 5746-2015 “Yoʻlovchi liftlar. Asosiy parametr va oʻlchamlar” (rasmiy manba: Lifti passajirskiye. Osnovnie parametri i razmeri);
GOST 8816-2014 “Keng izli temir yoʻllarning strelka oʻtkazmalari uchun yogʻoch toʻsinlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Brusya derevyannie dlya strelochnix perevodov jeleznix dorog shirokoy kolei. Texnicheskiye usloviya);
GOST 9940-81 “Korroziyaga bardoshli poʻlatdan choksiz issiq deformatsiyalangan quvurlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Trubi besshovnie goryachedeformirovannie iz korrozionno-stoykoy stali. Texnicheskiye usloviya);
GOST 10060-2012 “Betonlar. Sovuqbardoshliligini aniqlash usullari” (rasmiy manba: Betoni. Metodi opredeleniya morozostoykosti);
GOST 10704-91 “Poʻlat elektr payvandli toʻgʻri chokli quvurlar. Sortament” (rasmiy manba: Trubi stalnie elektrosvarnie pryamoshovnie. Sortament);
GOST 34028-2016 “Temir-beton konstruksiyalar uchun armaturali prokat. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Prokat armaturniy dlya jelezobetonnix konstruksiy. Texnicheskiye usloviya);
GOST 23961-80 “Metropolitenlar. Qurilmalar, uskunalar va harakatdagi tarkibning yaqinlashish gabaritlari” (rasmiy manba: Metropoliteni. Gabariti priblijeniya stroyeniy, oborudovaniya i podvijnogo sostava);
GOST 24846-2012 “Tuproqlar. Bino va inshootlar asosining deformatsiyasini oʻlchash usullari” (rasmiy manba: Grunti. Metodi izmereniya deformatsiy osnovaniy zdaniy i soorujeniy);
GOST 26814-86 “Optik kabellar. Parametrlarni oʻlchash usullari” (rasmiy manba: Kabeli opticheskiye. Metodi izmereniya parametrov);
“Xrizotilsement quvur va muftalar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Trubi i mufti xrizotilsementnie. Texnicheskiye usloviya);
GOST 32805-2014 “Egiluvchan oʻrama bitumga ega ship materiallari. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Materiali gibkiye rulonnie krovelnie bitumosoderjashiye. Obshiye texnicheskiye usloviya);
GOST 9.602-2016 “YESZKS. Yer osti inshootlari. Korroziyadan himoyalashga umumiy talablar” (rasmiy manba: YESZKS. Soorujeniya podzemnie. Obshiye trebovaniya k zashite ot korrozii);
GOST 12.1.005-88 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Ish joyi havosiga qoʻyiladigan umumiy sanitariya-gigiyenik talablar” (rasmiy manba: Sistema standartov bezopasnosti truda. Obshiye sanitarno-gigiyenicheskiye trebovaniya k vozduxu rabochey zoni);
GOST 17.1.3.13-86 “Tabiatni muhofaza qilish. Gidrosfera. Yuza suvlarini ifloslanishdan muhofaza qilishga umumiy talablar” (rasmiy manba: Oxrana prirodi. Gidrosfera. Obshiye trebovaniya k oxrane poverxnostnix vod ot zagryazneniya);
GOST 7392-2014 “Temir yoʻl ballast qatlamiga moʻljallangan zich togʻ jinslaridan tayyorlangan shagʻal. Texnik talablar” (Sheben iz plotnix gornix porod dlya ballastnogo sloya jeleznodorojnogo puti. Texnicheskiye usloviya);
GOST 17.4.2.01-81 “Tabiat muhofazasi. Tuproqlar. Sanitariya holati koʻrsatkichlarining nomlari” (rasmiy manba: Oxrana prirodi. Pochvi. Nomenklatura pokazateley sanitarnogo sostoyaniya).
2-bob. Atamalar, taʼriflar va qisqartmalar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
berk yoʻl — metropoliten liniyasida harakatdagi tarkibning aylanishi, toʻxtab turishi va unga texnik xizmat koʻrsatishi uchun bir yoki ikki stansiya yoʻllariga ega tunnel;
ventilyatsiya kanali — tunnel ventilyatsiyasi tizimlarida havo uzatkich sifatida qoʻllaniladigan, butun uzunligi boʻyicha erkin oʻtuvchi (tunnel, boʻlma, yoʻlak, ventilyatsiya shaxtasi) xona;
yoʻlovchilar konveyeri — yuk koʻtaruvchi ustki qismi plastina bilan qorejagan yoki lentasi yoʻlovchi yoʻnalishiga parallel holda harakatlanuvchi qurilma;
kabel inshooti — kabellar (kabel kanali, yoʻlagi, qavati, ventilyatsiya shaxtasi, boʻlmasi, kamerasi) va ularning muftalarini joylashtirish uchun moʻljallangan butun uzunligi boʻyicha erkin oʻtishga ega inshoot;
sayoz joylashish — yer sathiga yaqin stansiyalar ochiq yuza ochilishi bilan ochiq usulda (shu jumladan toʻsiq ostidan), oʻtish tunnellari ochiq yoki yopiq usulda quriladigan joylashuvlar;
metropoliten — elektrlashtirilgan shahar (yer osti, yer usti, yer beti) yoʻlovchi tashish transport tizimi;
metropoliten liniyasi — bir yoʻnalish boʻyicha poyezdlarning harakatlanishiga moʻljallangan metropolitenning stansiyalari, oʻtish joylari va berk yoʻllariga ega boʻlgan avtonom qismi;
pandus — bino va inshootlarning ichki va tashqi qismida joylashgan va vertikal harakatlanish uchun moslashtirilgan qiya tekislik;
rels kallaklarining darajasi — rels kallaklarining yuqorisiga tegib turuvchi gorizontal chiziq;
stansiya — yoʻlovchilarni oʻtqazish va chiqarish (vestibyullar, eskalator yoki zinalar, platforma va oʻrta zallar, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, ekspluatatsiya xodimlarini va ishlab chiqarish qurilmalarini joylashtirish xonalarini oʻz ichiga oluvchi yer osti, yer usti yoki yer beti) uchun moʻljallangan toʻxtash punkti;
tekshirish moslamasi (shup) — qoplama ortida boʻshliqlar yoʻqligini tekshirish moslamasi;
kuchli tok tomoni — toʻgʻri yoʻnalishda harakatlanayotgan poyezdga nisbatan tunnelning chap tomonida joylashgan tok;
park yoʻllari — harakatdagi tarkibning manyovrlari, uni rejimga solish, bino tashqarisida joylashgan yuklarni yuklash va tushirish uchun yoʻllar;
depo yoʻllari — binolarda joylashgan, harakatdagi tarkibning toʻxtab turishi, texnik xizmat koʻrsatilishi va taʼmir uchun yoʻllar.
3. Mazkur SHNQda quyidagi qisqartmalar qoʻllanilgan:
AB — akkumulyator batareyasi yoki avtomat bloklash (matnning tarkibiga bogʻliq);
AYOS — avtomatik yongʻin signalizatsiyasi;
BOXBU — baland ovozda xabar berish uskunasi;
GNYT — global navigatsiya yoʻldoshli tizimi;
DP — dispetcherlik punkti;
DT — drossel-transformator;
YEAS — yengil alangalanuvchi suyuqliklar;
YOMM — yoqilgʻi-moy materiallari;
YOS — yonuvchan suyuqliklar;
JT — joriy taʼmirlash;
IOBL — ishlarni olib borish loyihasi;
ITTSU — ishga tushirishni tartibga soluvchi uskunasi;
YQCHK — yoʻl qoʻyiladigan cheklangan konsentratsiya;
KRHO — kontakt rels havo oraligʻi;
KETT — kafolatlangan elektr taʼminoti tizimi;
LDP — liniyaning dispetcherlik punkti (metropoliten);
MB — masofadan boshqarish;
MVQ — mahalliy ventilyatsiya qurilmasi;
MMO — moylash materiallari ombori;
NOʻP — nazorat-oʻlchov punkti;
PP — pasaytirish podstansiyasi;
PK — piket;
PHNAT — poyezdlar harakatining nazoratida avtomatika va telemexanika;
RZ — rels zanjiri;
SDP — stansiyalarning dispetcherlik punkti;
SCHQ — suv chiqarish qurilmasi;
TAB — tezlikni avtomat boshqarish (poyezdlar) ;
TVQ — tunnel ventilyatsiya qurilmasi;
TP — taqsimlash punkti;
TPP — tortish-pasaytirish podstansiyasi;
TTTK — toʻxtab turish-taʼmirlash binosi (korpusi);
TXKP — texnik xizmat koʻrsatish punkti (harakatdagi tarkibga) ;
TQ — taqsimlovchi qurilma;
UTM — uzluksiz taʼminot manbai;
XBEBT — xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimi;
EM — elektr markazlashtirish;
ETPP — elektrodeponing tortish-pasaytirish podstansiyasi;
YUKT — yuqori koʻtarish taʼmirlash;
OʻA — oʻzgartiruvchi agregat;
QS — qoʻriqlash signalizatsiyasi;
QT — qisqa tutashuv;
QTL — qurilishni tashkil qilish loyihasi;
QYOM — qattiq yonuvchan materiallar (tolali va titilgan);
EIM — kabellar va elektr qurilmalarining elektr izolyatsiya materiallari;
HIP — havo-issiqlik pardasi;
HP — havo pardasi.
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Metropolitenni loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilishda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
metropoliten inshootlari, shuningdek unga tutash yer osti va yer usti inshootlarini qurish va foydalanishning avariyasiz jarayonini taʼminlovchi texnik yechimlarni qoʻllanilishi;
stansiya majmualarining barcha xonalari va elektrovagonlarda boʻlganda harakatlanuvchi yoʻlovchilar xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlovchi foydalanish sharoitlari va yer osti inshootlarining texnik vositalari, hajm-rejalashtirish yechimlari bajarilishi;
qurilish va foydalanish davrida ishchi va xizmatchilar tomonidan yongʻin xavfsizligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari talablarini bajarishini taʼminlovchi texnik yechimlarga rioya qilinishi;
foydalanish jarayonlarining maksimal mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yoʻlovchilarning metroda yurish qulayligini oshirish, xodimlar mehnati unumdorligini oshirish, ergonomika va texnik estetika tamoyillariga rioya qilinishi;
atrof-muhit, tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishi;
barcha toifadagi yoʻlovchilarni tashish bilan bogʻliq bino va inshootlarga kirish imkonini taʼminlash choralari.
5. Metropoliten tarmogʻi stansiyalar yoʻnalishi, uzunligi, joylashgan joyi, elektr depo, maʼmuriy binolar, ishlab chiqarish korxonalari va temir yoʻl umumiy tarmogʻi yoʻllariga ulanishlarni aks ettiruvchi metropolitenni rivojlantirish sxemasi, shahar transportining barcha turlarini rivojlantirishning majmuaviy sxemasi asosida loyihalanishi lozim.
6. Metropoliten liniyalarini yer ostida qurish uchun loyihalashni ochiq yoki yopiq usullar bilan amalga oshirilishi kerak.
Aholi yashamaydigan joylar, temir yoʻl liniyalari boʻylab va boshqa joylarni kesib oʻtishda yopiq turdagi galereyalarda yerdagi va yer ustidagi hududlar, shuningdek liniyalarning ochiq yerdagi va yer ustidagi qismlarida suv toʻsiqlari inobatga olinishi lozim.
7. Metropoliten liniyalarining oʻzaro va boshqa transport tizimlari liniyalari bilan turli darajalarda kesishishlari inobatga olinishi, bunda metropoliten liniyasi quyidagicha loyihalanishi lozim:
uni kesib oʻtgan bir yoki ikki liniyalar — bir yoʻlli ulash tarmogʻi bilan;
liniyadagi elektrdepo — ikki yoʻlli ulash tarmogʻi bilan ulanishi.
8. Metropolitenning liniyasini loyihalashda har bir poyezdlarning mustaqil harakatlanishini taʼminlash zarur.
9. Murakkab transport uzellarida liniyalar orasidagi ulanishlar va poyezdlarning marshrut boʻyicha harakatlanishi tashkil qilish kerak.
10. Metropoliten liniyalari poyezdlarning oʻng tomonlama harakatlanishi bilan ikki yoʻlli qilib loyihalanishi lozim.
11. Metropolitenning birinchi liniyasi temir yoʻllarning umumiy tarmogʻi yoʻllariga ulanishi, bunda metropoliten tarmogʻining har bir 50 km ga uzayishida temir yoʻllarning umumiy tarmogʻi yoʻllari bilan qoʻshimcha ulanishlar amalga oshirilishi kerak.
12. Stansiyalar joylashuvida yer ostidan kompleksli foydalanish hamda quyidagilarni hisobga olib joylashtirilishi lozim:
yoʻlovchilarni hosil etuvchi markazlarda;
shaharga ommaviy tashrif buyuruvchi temir yoʻl, avtobus bekatlari yaqinida.
13. Liniya trassalari reja va profilini tayyorlanayotgan stansiyada yoʻlovchilar oqimini hamda quyidagilarni hisobga olib belgilash kerak:
yoʻlovchilarning metroda yurishga sarflagan eng kam vaqti;
elektr quvvatining sarfi boʻyicha eng tejamli boʻylama profilni qoʻllanishidan kelib chiqib;
muhandislik-geologik, geomorfologik, gidrologik sharoitlar va atrof-muhitning korroziyaviy faolligidan.
14. Har bir liniyada elektr depolari, boshi berk izlar va harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat koʻrsatish punktlari loyihalanishi lozim.
15. Uzunligi 20 km gacha boʻlgan liniyada (ikki yoʻlli hisoblashda) bitta elektrdepo, liniya uzunligi 20 km va 40 km dan ortiq boʻlganda ikkinchi va uchinchi elektr depolari loyihalanishi kerak.
Ikkinchi liniyani foydalanishning birinchi davrida bir xil turdagi harakatlanuvchi tarkib bilan ikkita liniyalar uchun bitta elektr depodan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
16. Metropoliten liniyalarini loyihalash, ularni alohida qismlar bilan foydalanishga imkoniyat yaratilishi kerak.
17. Metropoliten liniyalarining har 5 — 8 km dan keyin quyidagilarni inobatga olib loyihalash kerak:
poyezdlarning aylanishi va turishi uchun stansiya orqasida boshi berk iz boʻlishi;
uzunligini harakatning maksimal oʻlchamlarida, ularda harakatlanuvchi tarkib vagonining turishi.
18. Stansiya oldida poyezdlar aylanishini tashkil qilish uchun quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
boshi berk izlarning birida uzunligi 20 km gacha boʻlgan liniyaning birinchi ishga tushirish hududida ishlab chiqarish va sanitariya-maishiy xonalari hamda harakatlanuvchi tarkibning texnik xizmat koʻrsatish punkti (bundan buyun matnda TXKP deb yuritiladi) loyihalanishi;
liniyaning uzunligi 20 km dan ortiq boʻlganda, TXKPni oxirgi stansiyaning orqa tomoniga joylashtirilishi, bunda oxirgi stansiya 5 yildan ortiq foydalanilishini hisobga olib loyihalanishi;
liniyadagi TXKP sonini asosli hisob-kitoblar orqali aniqlanishi.
Stansiya yonida elektrdepo qurilishi rejalashtirilayotganda, stansiyada TXKP joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
19. Elektr deposi va liniyaning stansiya yoʻllarida harakatlanuvchi tarkibning tungi turishi inobatga olinishi lozim.
Lokomotiv brigadalarning tungi dam olish xonalari yer ustidagi binolarda yoki stansiyalarning yer ustidagi vestibyullari (pavilyonlari)da (kassa zali sath balandligidan past boʻlmagan)da joylashtirilishi kerak.
20. Qoʻshni bekatlar (stansiya) platformalarining uchlari orasidagi masofa 3000 m yoki undan koʻp boʻlganda, ikki stansiya oraligʻi (peregon)ning oʻrta qismida yoʻlovchilarni tunneldan chiqarish uchun qoʻshimcha avariyaviy chiqish yoʻlagi loyihalanishi lozim.
Qoʻshni yer usti stansiyalari platformalarining uchlari orasidagi masofa 2500 m va undan ortiq boʻlgan estakada liniyalarida ikki stansiya oraligʻi (peregon)ning oʻrtasida yoʻlovchilarni piyodalar yoʻlakchasiga (banketka) tushishlari uchun platformaning uchlarida zinapoyalar boʻlishi, bunda ularning balandligi poyezd harakatlanishi yoʻli boʻylab poldan 1500 mm, oʻtish kengligi 700 mm boʻlishi kerak.
21. Liniya inshootlari va qurilmalarining tashish hamda oʻtkazish qobiliyatini taʼminlovchi asosiy parametrlari uning quyidagi foydalanish davrlarida maksimal hisoblangan yoʻlovchilar oqimi boʻyicha belgilanishi lozim:
birinchi davr — birinchi yildan oʻninchi yilgacha;
ikkinchi davr — oʻninchidan yigirmanchi yilgacha;
uchinchi davr — hisob muddati (20 yildan ortiq).
22. Yer osti inshootlariga kirishlarning konstruksiyasi 300 yilda bir marta eng yuqori suv darajasidan oshib ketish ehtimoli bilan sel kelishi va suv toshqinlari vaqtida ularga suvlar kelib tushishidan himoyalanishi kerak.
23. Metropoliten liniyalarida stansiyalar xonalari, shuningdek trassa boʻylab joylashgan binolarni poyezdlar harakati, eskalatorlar ishlashi va metropolitenning qurilmalarida yuzaga keluvchi shovqin va tebranishlardan himoya qilish boʻyicha choralarni inobatga olib loyihalanishi lozim.
24. Yer osti metropoliten yoʻllari yoki ularning hududlari tinchlik hamda favqulodda holat davrida aholini muhofaza qilish nuqtai nazaridan ikkilamchi inshoot sifatida tasniflanishi kerak.
Favqulodda holat davrida aholini zamonaviy qurollarning bevosita taʼsiridan muhofaza qilish uchun yer osti metropolitenlarni ikkilamchi inshoot sifatida moslashtirish boʻyicha muhandislik-texnik tadbirlar ishlab chiqilishi lozim.
25. Maʼmuriy-boshqaruv va foydalanuvchi xodimlar, dispetcherlik xizmatlari, taʼmirlash va oʻrnatish, tibbiy va boshqa ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarni joylashtirish uchun yer usti binolari va yer osti binolari boʻlishi lozim.
Liniyada xizmat qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xodimlarning boʻlinmalarini stansiyalarda joylashtirish kerak.
26. Metropoliten inshootlarida quyidagilarni stansiya vestibyulining hamda kassa zali sath belgisidan pastda joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
savdo hududlari va pavilyonlari;
yoʻlovchilarga yoʻl-yoʻlakay xizmat koʻrsatish obyektlari.
Ushbu obyektlar oʻtish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish hududlarni cheklamasligi va metropoliten xizmat koʻrsatishiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
27. Metropolitenlarni loyihalashda texnik jihatdan asoslangan foydalanish va yangi texnik yechimlarni loyihalash ishlari ilmiy-texnik jihatdan asoslangan holda amalga oshirilishi lozim.
28. Stansiyalarni loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilishda nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun qulay sharoitlar yaratilishi kerak.
29. Liniyalarning dispetcherlik punktlari tarmoq DP poyezdlar harakatini boshqarish, elektr taʼminoti, eskalatorlar, elektr mexanik qurilmalar, shuningdek jamoat tartibi va xavfsizligi, yongʻin xavfsizligini himoya qilish DP laridan iborat boʻlishi lozim.
DP avtomatlashtirilgan ish joylari, teleboshqaruv tizimlari va zamonaviy element bazasida dispetcherlik aloqalarining turlari bilan jihozlanishi kerak.
I-boʻlim. Muhandislik qidiruv ishlari va ularni loyihalashtirish
1-bob. Muhandislik qidiruv ishlari
1-§. Muhandislik-geologik qidiruv ishlari
30. Muhandislik-geologik qidiruv ishlari mukammal qurilish, obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, qurish, foydalanish va buzish uchun oʻtkazilishi, bunda ishlar hajmlarining oʻzaro nisbati quyidagicha boʻlishi kerak:
loyiha hujjatlari — 60 — 80 foiz;
ishchi hujjatlari — 40 — 20 foiz.
31. Metropolitenni loyihalash, shuningdek qurish va foydalanishning barcha bosqichlarida muhandislik-geologik qidiruv ishlari SHNQ 1.02.09-15 ga asosan oʻtkazilishi lozim.
32. Qidiruv ishlarining har bir bosqichiga texnik topshiriq va muhandislik-geologik qidiruv ishlari dasturi tuzilishi kerak.
33. Muhandislik-geologik qidiruv ishlari texnik topshirigʻida tunnellarni joylashtirish chuqurligi, stansiyalar, vestibyulli pavilyonlar va boshqa inshootlarning joylashuvi, shuningdek geologik muhitga texnogen yuklamalar, trassaning variantlari, joylashuvi va uzunligiga oid maʼlumotlar boʻlishi kerak.
34. Muhandislik-geologik qidiruv ishlarining natijalari asosida yer osti inshootlari va ularning majmualari loyihalanishi hamda chegaraviy holatlar boʻyicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi, bunda qurilishning taʼsir zonasida joylashgan bino va inshootlarning muhofazasini taʼminlash SHNQ 2.02.01-19 da belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
2-§. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun muhandislik-geologik qidiruv ishlari
35. Qidiruv ishlari muhandislik-geologik sharoitlarini aniqlash, detallashtirish va muhandislik-geologik vaziyatni aniqlash maqsadida oʻtkazilishi kerak.
36. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bosqichida quyidagi muhandislik-geologik qidiruv ishlari amalga oshirilishi lozim:
rejada va profilda trassa holatining optimal variantini tanlash;
atrof geologik muhit va yuza infratuzilmasiga minimal taʼsir etish bilan qurilishni olib borish imkonini beruvchi ishlarni oʻtkazishning usullari va konstruksiyalar turlarini tanlash;
ikki stansiya oraligʻi (peregon)ning tunnellari, stansiyalari, qiya tunnellar, vertikal shaxta dastaklari va boshqa yer osti va yer usti inshootlarini loyihalash uchun trassaning muhandislik-geologik sharoitlarini majmuaviy oʻrganish uchun zarur hajmda oʻtkazish.
37. Atrofdagi obyektlarga zarar yetkazmasligini taʼminlashda himoya vositalarini ishlab chiqish uchun muhandislik-geologik qidiruv ishlari qurilish maydonining taʼsiri va hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniqlanishi kerak.
Loyiha hujjatlari bosqichi uchun qidiruv ishlarini bajarishda trassa boʻyicha quduqlar oʻrtasidagi masofalar quyidagi 1-jadvalga muvofiq boʻlishi lozim.
Izohlar:
Mazkur jadvalda tajribaviy-filtratsiya ishlari, gidrogeologik monitoring, shaxtalarning dastaklari, stansiyalar qurilish qismlarida muhandislik-geologik qidiruv ishlari, tektonik yoriqlar, koʻmilgan daryo vodiylari va oʻziga xos xususiyatli tuproqlarning tarqalish qismlari koʻrinishidagi muhandislik-geologik anomaliyalar uchun burgʻilash hajmlari hisobga olinmagan.
Tunnel kovlab borish majmualaridan foydalanishda murakkablikning I va II toifalari uchun quduqlar orasidagi masofalar qavslar ichida keltirilgan.
Quduqlar orasidagi masofalarni sharoit murakkabligining I va II toifalari uchun 10 — 15 foizgacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
*Quduqlar orasidagi masofalar qidiruv ishlarini oʻtkazish jarayonida aniqlanishi lozim.
38. Qidiruv ishlari va tadqiqotlarni oʻtkazish natijasida quyidagilar aniqlanishi va baholanishi lozim:
gruntning geologik tuzilishi (genezisi, stratigrafik mansubligi, joylashishi, tanlanma eroziya shakllari, jinslarning tarkibi va holati), geomorfologik, tektonik va tektonik boʻlmagan sharoitlari;
gidrogeologik sharoitlar;
geologik jarayonlar va hodisalar;
burmali va yoriluvchan buzilishlar, jinslarning yoriqliligi;
seysmik xavflilik darajasi;
geokriologik sharoitlari;
tuproqlarning fizik-mexanik xossalari;
yer osti suvlari va tuproqlarning agressivligi.
39. Qurilish uchun noqulay boʻlgan joylarni (masalan, zilziladan soʻng qolgan yoriqlar, daryo oʻzanlari) aniqlashda ularning tarqalish chegaralari, rivojlanish jadalligi, qurilish sharoitiga taʼsir darajasi va inshootning ishlashi belgilanishi zarur.
40. Toshloq yerlarning buzilishlik darajasining koʻrsatkichi RQD (uzunligi 10 cm yoki undan ortiq namuna (kern) olishning buzilmagan boʻlaklari yigʻindisining quduqning tadqiq qilinayotgan intervali uzunligiga nisbati, foiz)ni quyidagi 2-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
41. Qidiruv ishlari jarayonida burgʻilangan quduqlar va ularni tugatish uchun texnik shartlarga muvofiq quduq dastagi berkitish (tamponlanishi) kerak.
42. Metropoliten liniyasining trassasini quyidagi hududlarida geofizik tadqiqotlar amalga oshirilishi kerak:
zich shaharlarda bino va inshootlarni qurishda;
tabiatni muhofaza qilish hududlarida;
geoasos ostida koʻrsatilmagan kommunikatsiyalarda;
inshootlarning koʻmilgan elementlari (poydevorlar, qoziq poydevorlar) va boshqa yer osti obyektlarida.
Geofizik tadqiqotlar uslubida quyidagilar belgilanishi lozim:
shaharlarda bino va inshootlarni zichligi;
transport harakati (shovqin, tebranish) va elektr qurilmalarining taʼsiridan kelib chiqadigan tovushning aniq, ravshan va tiniq eshitilishiga xalal beruvchi shovqinlarning mavjudligi va ularning darajasi;
boshqa tadqiqotlarni maʼlumotlar bilan bogʻlanishi.
421. Mavjud metropoliten yer osti tunnellari devorlari hamda yer usti yoʻnalishi tayanch ustunlar poydevorlari bilan yangi qurilishi rejalashtirilgan bino va inshootlarning orasidagi muhofaza zonasi 15 m dan kam boʻlmasligi lozim.
43. Gidrogeologik tadqiqotlar loyihalashtirilayotgan inshootlarda quyidagi dastlabki maʼlumotlar olinishi kerak:
suv oqimlari;
turgʻun holatdagi chuqurlarning (depressiyaviy voronkalar) oʻlchamlari;
qurilish ishlarini bajarish usulini aniqlash;
qurilayotgan inshootlarning taʼsiridan ehtimoliy barrajlashtirishni (yer ostida toʻsish) baholash;
yer osti suvlari harakatining yoʻnalishlari va tezliklari;
qoplamaga gidrostatik bosim, harorat, kimyoviy tarkibi va inshootlar konstruksiyasi materialining yer osti suvlariga agressivligi;
quyish, nasos bilan chiqarib tashlash, geofizik tadqiqotlar.
44. Geologik muhitning inshootlar bilan oʻzaro taʼsiri zonasida qumli-loyli tuproqlarning xossalarini va takroriy yuklash vaqtida tuproq deformatsiyasining modulini aniqlash uchun dala tadqiqotlari (statik va dinamik zondlashtirish, pressiometrik va shtampli sinovlar) oʻtkazilishi kerak.
45. Qidiruv ishlari va tadqiqotlar natijalari boʻyicha texnik hisobotda tunnelni kovlab chiqishning muhandislik-geologik sharoitlari boʻyicha tavsiyalar va keyingi qidiruv ishlariga boʻlgan ehtiyoj boʻyicha takliflar, loyihalash boʻyicha tavsiyalar boʻlishi lozim.
3-§. Ishchi hujjatlarini ishlab chiqish uchun muhandislik-geologik qidiruv ishlari
46. Ishchi hujjatlarni tayyorlash bosqichida muhandislik-geologik qidiruv ishlari muhandislik-geologik sharoitlar haqidagi maʼlumotlarni detallashtirish, maxsus uslublarni qoʻllash, muhandislik-geologik vaziyatni aniqlashtirish uchun oʻtkazilishi kerak.
47. Loyiha hujjatlari bosqichida burgʻilangan quduqlarni hisobga olgan holda ishchi hujjatlar bosqichi uchun trassa boʻyicha quduqlar oʻrtasidagi masofalar quyidagi 3-jadvaliga muvofiq boʻlishi kerak.
Izoh. Mazkur jadvalda tajribaviy-filtratsiya ishlari, gidrogeologik monitoring, shaxtalarning dastaklari, stansiyalar qurilish qismlarida muhandislik-geologik qidiruv ishlari, tektonik yoriqlar, koʻmilgan daryo vodiylari va oʻziga xos xususiyatli tuproqlarning tarqalish qismlari koʻrinishidagi muhandislik-geologik anomaliyalar uchun burgʻilash hajmlari hisobga olinmagan.
Tunnel kovlab borish majmualaridan foydalanishda murakkablikning I va II toifalari uchun quduqlar orasidagi masofalar qavslar ichida keltirilgan.
Quduqlar orasidagi masofalarni sharoit murakkabligining I va II toifalari uchun 10 — 15 foizgacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
* Quduqlar orasidagi masofalar qidiruv ishlarini oʻtkazish jarayonida aniqlanishi lozim.
48. Tuproqlarning fizik-mexanik xossalarini aniqlash uchun laboratoriya tadqiqotlari SHNQ 1.02.07-19 ga asosan oʻtkazilishi lozim.
49. Olib borilgan qidiruv ishlari va tadqiqotlar natijalarida matnli va grafikali qismlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
4-§. Qurilish va foydalanish davrida muhandislik-geologik qidiruv ishlari
50. Qurilish va foydalanish davrida muhandislik-geologik qidiruv ishlari SHNQ 1.02.07-19 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
51. Stansiyalarning rekonstruksiyalarini loyihalashda muhandislik-geologik qidiruv ishlarini bino va inshootlarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida texnik topshiriq asosida oʻtkazish lozim.
5-§. Muhandislik-geodezik qidiruv ishlari
52. Muhandislik-geodezik qidiruv ishlarida metropolitenni loyihalash, undan foydalanish, liniyaning loyihalashtirilayotgan trassasi boʻyicha tabiiy va texnogen sharoitlarni baholash uchun zarur topografik-geodezik materiallar va relyefi mavjud bino va inshootlar hamda rejalashtirishning boshqa elementlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olinishini kerak.
53. Muhandislik-geodezik qidiruv ishlarining texnologiyasi, uslubiyati texnik topshiriq bilan belgilanishi lozim.
54. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bosqichida qidiruv ishlari loyihalanayotgan trassalarning barcha variantlari boʻyicha oʻtkazilishi kerak.
55. Ish tarkibida quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
1:500 — 1:2000 masshtabdagi topografik xarita va rejalar, fotorejalar, yer tuzish va oʻrmon tuzilishi rejalari, tayanch geodezik tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha oʻtgan yillardagi qidiruv ishlarining materiallarini yigʻish va tahlil qilish;
davlat geodeziya tayanch tarmogʻi nuqtalarini tekshirish va zarurat tugʻilganda uni zichlashtirish yoki rivojlantirishni amalga oshirish;
topografik xaritalar va rejalar yangilanishi (yer osti kommunikatsiyalarining joylashuvi va joy relyefiga mos kelmasa);
geodeziya rejasi va balandlik tarmoqlarini yaratish hamda zarur topografik materiallar boʻlmaganda topografik sʼyomkani bajarish;
daryo va suv havzalarining chuqurligini oʻlchash, suv oqimlari tubining yuzasini tekislash va daryoning oʻrganilayotgan qismida boʻylama profil va oʻlchanuvchi hisobiy uchastka (stvor) boʻyicha koʻndalang profillarni tuzish;
xavfli tabiiy va texnologik jarayonlarni oʻrganishda geodezik ishlarni (nishablik jarayonlari, shuningdek hududni tayyorlash va suv bosishi holatlarida daryo, koʻl va suv havzalari qirgʻoqlarini qayta ishlash) olib borish;
qurilish boshlanishidan oldin sodir boʻlgan yer yuzasidagi bino va inshootlar zamin (asos)larning deformatsiyalari boʻyicha maʼlumotlarni oʻrganish;
mavjud materiallarning ishonchliligini qoʻshimcha tekshirish maqsadida vizual koʻzdan kechirishda trassalar va inshootlar joylashgan joylarining variantlarini maxsus ishlarni bajarish uchun oldindan oʻrganish (rekognossirovka).
56. Loyihani ishlab chiqish bosqichida qidiruv ishlarining tadqiqotlari quyidagicha boʻlishi lozim:
loyihalanayotgan tashqi kommunikatsiyalar, muhandislik tarmoqlari 1:2000-1:500 masshtablarda aniqlashtirilgan holat rejasi;
mavjud va buzilishi lozim boʻlgan bino va inshootlar koʻrsatilgan holda qurilish maydonchalarini muhandislik tayyorlash loyihasi;
liniya rejasining chizmalari va hududning vertikal rejalashtirilishi;
atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlar rejasi;
qurilishlarning geodezik taʼminoti materiallari.
57. Trassa boʻylab sʼyomka chizigʻining kengligini qurilish uchun boʻlingan chizigʻi va hududning tabiiy sharoiti, muhandislik-geologik qidiruv ishlarini ishlab chiqarish va shaharsozlik vaziyatini hisobga olgan holda belgilash lozim.
58. Texnik hisobotda quyidagilar boʻlishi kerak:
ishlar joyining fizik-geografik va gidrologik oʻziga xos xususiyatlari hamda qidiruv ishlari joyining topografik-geodezik oʻrganilganligi haqida umumiy maʼlumotlar;
yaratilgan geodeziya rejali va balandlik asosining sxemasi, qurilish trassasi boʻyicha topografik-geodezik oʻrganilganlilik kartogrammasi, geodeziya rejali va balandlik asosining biriktirilgan punktlarini abrislari (triangulyatsiya tarmogʻining nuqtalariga qilingan burchak oʻlchovlari sozlangan natijalarining qisqacha mazmuni), shuningdek ularning koordinatalari va balandliklari kataloglari;
yer osti inshootlarining rejalari.
59. Ishchi hujjatlarni ishlab chiqish bosqichida qidiruv ishlari trassasining bosh rejasi boʻlishi, shuningdek loyiha yechimlarini aniqlash va detallashtirish uchun qoʻshimcha topografik-geodezik maʼlumotlar olinishi lozim.
60. Qurilish-montaj ishlarini taʼminlash uchun qidiruv ishlari tarkibida quyidagilar inobatga olinishi lozim:
qurilish obyektining joydagi va yer osti togʻ kovlanib boʻlgan joylardagi loyihaviy holati aniqlanishi;
geodezik rejalash, geodeziya-muhandislik rejali va balandlik tarmoqlari.
6-§. Muhandislik-ekologik qidiruv ishlari
61. Metropoliten obyektlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilishda loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun muhandislik-ekologik qidiruv ishlari bajarilishi kerak.
muhandislik-ekologik qidiruv ishlarini bajarmasdan loyiha hujjatlarini tayyorlash va amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
62. Noqulay ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa oqibatlarning oldini olish, kamaytirish yoki tugatish hamda aholining optimal turmush sharoitlarini saqlab qolish, shuningdek metropoliten obyektlarining ekologik xavfsizligini baholashda tabiiy muhitning muhim komponentlarini oʻrganish va metropoliten obyektlarining qurilishini ekologik asoslash maqsadida muhandislik-ekologik qidiruv ishlari bajarilishi lozim.
63. Qurilish uchun muhandislik-ekologik qidiruv ishlari:
tayyorlash;
dala tadqiqotlari;
materiallarga kameral qoplama oʻtkazish bosqichlariga boʻlinishi kerak.
Tayyorgarlik bosqichida tabiiy muhitning holati, dala oldi deshifrlash hamda tabiiy sharoitlarda faoliyat koʻrsatuvchi oʻxshash obyektlarning maʼlumotlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Dala tadqiqotlari tarkibi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
tabiiy muhit, landshaftlar, yer usti va suv ekotizimlarining holati, ifloslanish manbalari va belgilarini tarkibi boʻyicha taʼriflash bilan marshrut kuzatishlari;
ekologik-gidrogeologik tadqiqotlar;
tuproq tadqiqotlari;
atmosfera havosi, tuproq, yer, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishini geoekologik sinab koʻrish va baholash;
radiatsion vaziyatni tadqiq qilish va baholash;
gaz geokimyoviy tadqiqotlar;
fizik taʼsirlarni tadqiq qilish va baholash;
oʻsimlik va hayvonot dunyosini oʻrganish;
ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlarni.
64. Tuproq, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishini geoekologik sinab koʻrishni muhandislik-geologik qidiruv ishlari bilan birgalikda olib borish kerak.
Materiallarga kameral qoplama bosqichida kimyoviy-tahliliy va boshqa laboratoriya tadqiqotlar, prognozlar ishlab chiqilishi lozim.
65. Ekologik va gidrogeologik tadqiqotlarni bajarishda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
yer osti inshootlarini qurish va foydalanish jarayonida ularga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ifloslanishlarni oldini olish, shuningdek suvli gorizontlarni kamayib ketishidan himoya qilish;
yer osti qurilishi ularning tavsifnomalariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yer osti suvlarini oqizish joylari va yer osti suvlarining taʼminot joylarining (ular loyihalashtirilayotgan yer osti inshootining ehtimoliy salbiy taʼsiri hududida joylashganda) mavjudligini;
yer osti suvlari gorizontlarining joylashish va tarqalish sharoitlari hamda ularning himoyalanganligi;
yer osti suvlarining tarkibi, aeratsiya zonasi tuproqlari va suv bilan aralashuvchi jinslarning filtratsiya va sorbsion xossalari, ularning sath oʻzgaruvchanligini;
yer osti suvlari harakatini;
gorizontlar va yer usti suvlari orasidagi gidravlik oʻzaro aloqalarning mavjudligi va xususiyatini;
loyihalashtirilayotgan yer osti qurilishi taʼsirida yangi suvli gorizontlarning shakllanish sharoitlarini;
yer osti suvlarining harorati va kimyoviy tarkibi, ularning zararli komponentlar bilan ifloslanganligini;
yer usti suvlaridan ifloslantiruvchi moddalarning yer osti suvlariga kirib borish imkoniyatini;
yer osti suvlaridagi oʻzgarishlarning shaharning muhofaza etiladigan hududlari va dam olish maskanlariga taʼsirini;
texnogen omillarning gidrogeologik sharoit oʻzgarishiga taʼsir etish imkoniyati, xususiyati va darajasi oʻrnatilishini.
66. Metropoliten inshootlarini qurish yoki rekonstruksiya qilishda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish manbalari;
ifloslantiruvchi moddalarni yer usti suvlariga oqizish manbalari;
hosil boʻluvchi chiqindilarning taʼsiri;
tuproqning ifloslanish holati.
2-bob. Metropolitenni oʻtkazish va tashish qobiliyati
67. Liniyaning oʻtkazish qobiliyati soatiga 40 juft poyezdgacha qabul qilinishi lozim.
Poyezdlar harakatida avtomatika va telemexanika qurilmalarini hisoblash uchun liniyaning oʻtkazish qobiliyatini 10 — 20 foizga oshirish lozim.
68. Poyezddagi vagonlarning soni har bir foydalanish davri uchun belgilanishi kerak.
69. Foydalanish davrlari uchun liniyaning oʻtkazish va tashish qobiliyati maksimal tashishlarning eng koʻp yuklamali soatlarida (tigʻiz paytlarda) ikki stansiya oraligʻi (peregon)dagi poyezddagi yoʻlovchilarning hisobiy soniga bogʻliq holda belgilanishi lozim.
Tigʻiz paytlarda liniyadagi harakatlarning oʻlchamlarini belgilashda (soatiga poyezdlar juft soni va poyezddagi vagonlar soni) vagonlarning sigʻimini barcha yoʻlovchilar tomonidan band qilingan oʻrindiqlar va koʻpi bilan 4,5 nafardan oshmagan tik turgan yoʻlovchilardan, bunda yoʻlovchi saloni polining 1 m boʻsh maydonida joylashgan hisobidan qabul qilinishi kerak.
70. Oʻtkazish qobiliyati quyidagilarning hisobi bilan belgilanishi lozim:
yoʻlovchilarning harakatlanish yoʻllari qismlaridagi oʻtishlarning koʻndalang oʻlchamlari;
kirish joylari, yoʻlovchi koʻtarish-transport uskunalari, nazorat-oʻtkazish punktlari;
kassalar va kassa avtomatlarining sonini tigʻiz paytlarda 15 min yoʻlovchilar oqimi qiymati.
Yoʻl qismlarining oʻtkazish qobiliyati quyidagi 4-jadval boʻyicha qabul qilinishi lozim.
Izoh. Jadvalda keltirilgan yoʻlovchi koʻtarish-transport uskunalari (yoʻlovchi konveyerlari, liftlar)ning oʻtkazish qobiliyati uskunalarning texnik yoʻriqnomalari boʻyicha qabul qilinadi.
71. Yoʻlovchilar oqimining 15 min qiymatini hisoblash tigʻiz paytlarda kutilayotgan maksimal yoʻlovchilar oqimi kabi, quyidagi 1 h davomida oqimni tarqatish notekisligining koeffitsiyentini inobatga olgan holda hisoblanishi lozim:
stansiyadan stansiyaga oʻtish va vaqtinchalik oxirgi stansiyalar, temir yoʻl, avtobus vokzallari, stadionlar yaqinida joylashgan stansiyalar, shahar transport liniyalarining soni kesishgan joylar, transport-koʻchib oʻtish uzellari, korxonalar, muassasalarning jamlangan joylar uchun — 1,4 gacha;
qolgan stansiyalar uchun — 1,2 gacha.
72. Stansiyadagi yoki stansiyalar orasidagi oʻtish yoʻlidagi yoʻlovchilar oqimi harakatlanish yoʻnalishlarining oʻtkazuvchanlik qobiliyati, eng past koʻrsatkichga ega boʻlgan yoʻnalishning oʻtkazuvchanlik qobiliyatiga teng yoki undan yuqori boʻlishi lozim.
3-bob. Reja va boʻylama profil
73. Liniya hududlarining toʻgʻri qismlarini tutashtirishda rejadagi doiraviy egri chiziqlarning radiusi kamida quyidagicha boʻlishi kerak:
asosiy yoʻllarda — 600 m;
ulanish va park yoʻllarida — 150 m;
qiyin sharoitlarda:
asosiy yoʻllarda — 300 m gacha;
ulanish va park yoʻllarida — 100 m gacha.
74. Yer osti inshootlarini joylashtirishning minimal chuqurligini qurilish konstruksiyalarining ustini muzlashdan himoya qilish, shuningdek yoʻl qoplamasini qurish imkoniyatini hisobga olib loyihalash lozim.
75. Yer sirtidan yer osti stansiyasi konstruksiyalarining yuqori qismigacha boʻlgan masofa yoʻl qoplamasi va issiqlik izolyatsiya qatlamining qalinligidan kam boʻlmasligi kerak.
Ikki stansiya oraligʻi (peregon) tunnellari ustida, magistral koʻchalar va yoʻllarning kesishgan qismlarida ushbu masofa kamida 3 m boʻlishi lozim.
Qolgan joylarda tunnellarning muzlashdan himoyalanganligi sharti va ularning ustiga yoʻl qoplamasini qurish imkoniyatida masofani kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
76. Tunnel oʻq oʻtkazmalarini 5%dan oshmagan qiyalik bilan, qiyin sharoitlarda — 10%dan oshmagan qiyalik bilan yoʻllarning toʻgʻri qismlarida joylashtirish lozim.
Rejadagi egri chiziqlarning boshlangʻich nuqtalaridan, shuningdek profildagi vertikal egri chiziqlardan oʻq oʻtkazmalarining markazigacha boʻlgan masofa kamida 20 m ni, oʻq oʻtkazmalarining markazidan stansiya platformasining boshlanishigacha boʻlgan masofa esa kamida 25 m ni tashkil etishi lozim.
Yoʻnalishni oʻzgartirish uskunasi va kesishgan syezdlar qurilma choklarida joylashmasligi kerak.
77. Rejadagi asosiy yoʻlni toʻgʻri va egri qismlari 2000 m va undan kam radiusli egri qismlari, shuningdek turli xil radiuslarning tutash doiraviy egri chiziqlarining uzunligi quyidagi 5-jadvalda keltirilgan oʻtish egri chiziqlari vositasida tutashtirilishi lozim.
Izohlar:
1. Oʻtish egri chiziqlari radioidal spiral boʻyicha boʻlinadi.
2. Asosiy yoʻllarda oʻtish egri chiziqlarining katta qiymatlarini qabul qilinadi.
3. Qiyin sharoitlarda asosiy yoʻllarda oʻtish egri chiziqlarining uzunligi va tashqi rels balandligining qiymatini hisoblash bilan belgilanadi.
78. Oʻq oʻtkazmalari va pastga tushuvchi izlar, stansiya platformalari chegaralaridagi izlar kuzatish ariqchalaridagi izlarni istisno etganda, yoʻlning egri qismlaridagi tashqi rels yotqiziqlarini ichki rels ustidagi balandlik bilan koʻzda tutish lozim.
Tunnellarda va yer ustidagi yopiq qismlarda tashqi relsning balandligini tashqi relsni talab qilinuvchi balandlikning yarmiga koʻtarish va ichki relsni xuddi shu miqdorga tushirish yoʻli bilan, yer ustidagi ochiq qismlarda esa tashqi relsni talab qilinuvchi balandlikning toʻliq miqdoriga koʻtarish yoʻli bilan amalga oshirilishi kerak.
Egri chiziq qisman tunnelda va ochiq yer usti qismida joylashganda tashqi relsning balandligi tunnellarda joylashgan egri chiziqlar bilan bir xil tarzda joylashtirilishi lozim.
Tashqi relsning balandligini olib tashlash oʻtish egri chizigʻi boʻylab, oʻtish egri chizigʻi yoʻqligida esa doiraviy egri chiziqda va hisoblash boʻyicha doiraviy egri chiziq bilan tutashgan toʻgʻri qismda boʻlishi kerak.
Tashqi relsning balandligini olib tashlash qiyaligi ikkala rels izlariga jami 2%dan koʻp boʻlmasligi, qiyin sharoitlar uchun esa 3% boʻlishi kerak.
79. Tutash doiraviy egri chiziqlarni asosiy yoʻllarda quyidagi shartda oʻtish egri chiziqlarisiz tutashtirishga yoʻl qoʻyiladi:
(1)
bu yerda:
R1 va R2 — birinchi va ikkinchi egri chiziqlarning radiuslari.
Ulanish yoʻllarida toʻgʻri va egri qismlarni oʻtish egri chiziqlarisiz tutashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Tashqi relsning doimiy balandlik miqdori bilan doiraviy egri chiziqning uzunligi kamida 15 m boʻlishi kerak.
Tashqi relsning balandlikka ega boʻlmagan toʻgʻri qismining uzunligi kamida quyidagilar boʻyicha qabul qilinishi lozim:
asosiy yoʻllarda — 20 m, qiyin sharoitlarda — 15 m;
ulanish yoʻllarida — 15 m.
80. Binolarning yaqinlashish oʻlchamlari va tutash yoʻllarning oʻqlari orasidagi masofa GOST 23961-80 boʻyicha qabul qilinishi kerak.
Yopiq ish usulining ikki yoʻlli tunnellari uchun tutash tunnellarning oʻqlari va binolarning yaqinlashish oʻlchamlari orasidagi masofani oraliq tayanchlarsiz ochiq ish usulining ikki yoʻlli tunnellaridek olinishi lozim.
81. Liniyalarning yer osti va yer usti qismlarining boʻylama qiyaligi kamida 3% boʻlishi kerak.
Asoslantirilgan hollarda liniyalarning alohida qismlarini gorizontal maydonchaga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, suvni boshqa joyga burib yuboradigan lotok tubining boʻylama qiyaligi kamida 3% boʻlishi kerak.
Liniyalarning yer osti va yer ustidagi yopiq qismlarining boʻylama qiyaligi 40%dan, yer ustidagi ochiq qismlarining boʻylama qiyaligi 35%dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Qiyin sharoitlarda, umumiy uzunligi 1500 metrdan oshmaydigan bitta yoki ikkita qoʻshni yer osti va yopiq yer usti uchastkalarida, 500 metrgacha boʻlgan stansiya yoki ikki stansiya oraligʻi (peregon) bilan ajratilgan holda, tashqi relsdagi koʻtarma qiyaligini hisobga olgan holda boʻylama qiyalikni 45% gacha qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Zarur hollarda, bu hududlarda poyezdlar harakati tezligini texnik vositalar yordamida cheklash kerak.
Poyezdlarning aylanishi va turishi uchun moʻljallangan stansiya izlarini stansiyaga koʻtarilish bilan 3% qiyalikda joylashtirilishi zarur.
Nishabligi 2%ga teng yoki undan katta boʻlgan qiyalik qiymatlarining algebraik farqida boʻylama profilning toʻgʻri chiziqli tutash elementlarini quyidagi vertikal tekislikdagi doiraviy egri chiziq radiuslar bilan tutashtirish lozim:
stansiya oldidagi asosiy yoʻllarda — 3000 m;
ikki stansiya oraligʻi (peregon)larning asosiy yoʻllarida — 5000 m;
ulanish yoʻllarda — 1500 m.
Qiyin sharoitlarda quyidagilarni vertikal egri chiziqlar radiusini kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi:
stansiya oldidagi asosiy yoʻllarda — 2000 m gacha;
ikki stansiya oraliq (peregon)larida — 3000 m gacha.
Nishabligi 5%dan ortiq boʻlgan qiyaliklar bilan turli yoʻnalishlarga yoʻnalgan boʻylama profilning ikki elementini tutashtirishni, bunda nishabligi 5%dan koʻp boʻlmagan qiyalik profilning elementi bilan bajarilishi lozim.
Boʻylama profil elementining uzunligini kelajakda poyezdning kamida hisob uzunligida qabul qilinishi lozim.
Nishabligi 2%dan kam boʻlgan qiyalik qiymatlarining algebraik farqi bilan bir tomonga qaratilgan bir necha tutash elementlar bundan mustasno, ularning uzunliklari yigʻindisi kelajakda poyezdning kamida hisob uzunligi tashkil etilishi kerak.
Tutash vertikal egri chiziqlar orasidagi toʻgʻri uloqning uzunligini kamida 50 m deb qabul qilinishi kerak.
82. Koʻpriklar va estakadalarda liniyaning boshqa qismlaridagi kabi reja va boʻylama profilning kombinatsiyalarini qabul qilish lozim.
83. Poyezdlarning aylanishi va turishi uchun yoʻl rivojlanishi bilan stansiyalarda bir yoki ikki stansiyasi yoʻllar loyihalanishi lozim.
Stansiya yoʻlining uzunligi strelkali surib qoʻyish markazidan tirash toʻsinigacha boʻlgan masofa sifatida belgilanishi kerak.
Poyezdlarning aylanishi va bir poyezdning kechasi turishi uchun stansiya yoʻlining uzunligi poyezdning uzunligidan yer osti uchastkalari uchun istiqbolda 100 m, ochiq va unga tenglashtirilgan uchastkalar uchun esa 135 m dan uzun boʻlishi kerak.
Poyezdlarning aylanishi va bir necha poyezd tarkiblarining kechasi turishi uchun stansiya yoʻlining uzunligi quyidagicha boʻlishi zarur:
poyezd tarkiblarining orasida — 5 m;
poyezd tarkiblaridan tirash toʻsinigacha — 7 m,
TXKP mavjudligida — 15 m;
strelkali surib qoʻyish markazidan tungi turishdagi birinchi poyezd tarkibigacha boʻlgan 35 m boʻlgani holda, istiqbolda poyezdlar uzunliklari va masofalar yigʻindisi sifatida belgilanishi lozim.
Poyezd tarkiblarining turishi uchun moʻljallangan asosiy yoʻlni keyinchalik uzaytirishda vaqtinchalik oxirgi stansiya ortidagi stansiya yoʻlining uzunligi quyidagicha boʻlishi lozim:
poyezd tarkiblarining orasida — 5m;
poyezd tarkiblaridan tirash toʻsinigacha — 7m;
poyezdlarning shyorstga (yoʻnalishga qarshi) qarshi harakatlanishida strelkali surib qoʻyish boʻyicha stansiya yoʻliga — 47 m;
shyorst (yoʻnalish boʻyicha) boʻyicha harakatlanishda — 22 m.
Istiqbolda poyezdlar tarkibi uzunliklari va masofalar yigʻindisi sifatida belgilanishi lozim.
Poyezd tarkiblarining turishi uchun moʻljallangan asosiy yoʻlni keyinchalik uzaytirishda vaqtinchalik oxirgi stansiya ortidagi stansiya yoʻlining uzunligi 12,5 m ga karrali boʻlishi kerak.
Xavfsizlik yoʻlining uzunligi kamida 135 m va stansiya platformasining chetidan hisoblaganda kamida 47 m boʻlishi kerak.
Poyezdlarning aylanishi va turishi uchun stansiya yoʻllarining boshqa sxemalaridan foydalanilganda, yuqorida koʻrsatilgan masofalar inobatga olinishi kerak.
84. Poyezdlarning aylanishiga moʻljallangan stansiya yoʻllarining qismida xizmat platformasi joylashtirilishi lozim.
Bunda, uning uzunligi poyezdning maksimal hisoblangan uzunligidan 11 m uzun boʻlishi kerak.
Platformaning boshlanishi strelkali surib qoʻyish markazidan 25,6 m, platformaning balandligini toʻgʻri qismlaridagi rels tepa qismi darajasidan 1150 mm masofada qabul qilinishi lozim.
Platforma boʻyicha oʻtish kengligini poldan 1500 mm balandlikda kamida 700 mm boʻlishi kerak.
Ikkita stansiya yoʻllarda platformani yoʻllar orasida joylashtirish lozim. Asoslashda ikkita bir tomonlama platformani joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Bitta stansiya yoʻli uchun platforma bir tomondan joylashtirilishi lozim.
Butun uzunligi boʻyicha xizmat platformasi har bir vagonning birinchi va oxirgi yoʻlovchi eshiklarining qarama-qarshisida uzilish bilan kamida 1100 mm balandlik bilan poyezd tomonidan toʻsiqqa ega boʻlishi kerak.
Toʻsiq uskunaning yaqinlashish gabariti chegarasidan tashqarida joylashishi lozim.
Platformadan tushish uchun chetlarida 1100 mm balandlikdagi toʻsiq bilan yonmaydigan materiallardan tayyorlangan platforma, pol sathida kamida 500 mm kenglikdagi zinalar boʻlishi kerak.
Zinaning pastki qismida kengligi kamida 400 mm va uzunligi kamida 1000 mm boʻlgan maydoncha boʻlishi zarur.
Vaqtinchalik oxirgi stansiyaning asosiy yoʻlidan foydalanib poyezdlarni aylantirishda, yoʻnalish uzaytirilganda olib tashlanadigan vaqtinchalik xizmat platformasi boʻlishi lozim.
85. Bir stansiya yoʻlining oʻqi boʻyicha texnik xizmat koʻrsatish punktining boshi berk izida kuzatish ariqchasi loyihalanishi kerak.
Stansiya yoʻllarida qoʻshimcha ravishda kuzatish ariqchalari loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ariqchaning oʻlchamlari quyidagicha boʻlishi kerak:
kengligi — 1,2m;
tushishning pastki zinapoyalari orasidagi uzunligi poyezdning maksimal hisoblangan uzunligidan — 2 m ortiq;
rejadagi tushishning uzunligi — 1,5m;
bir yoʻlli doira koʻrinishidagi tunnellarda rels kallaklari darajasidan chuqurligi — 1,2m;
toʻgʻri burchak koʻrinishidagi tunnellarda va ikki yoʻlli doira koʻrinishidagi tunnellarda — 1,4 m.
Kuzatish ariqchasini harakatlanuvchi tarkib aylanishi zonasining orqasiga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Ushbu holatda xizmat platformasi boʻlmasligi mumkin, biroq xizmat koʻpriklari boʻlishi lozim.
Harakatlanuvchi tarkibning aylanishi va turishi uchun vaqtincha qoʻllaniluvchi boshi berk izlarda kuzatish ariqchasi loyihalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
86. Ichki diametri 5,2 m yoki undan kam boʻlgan ikki stansiya oraliq (peregon)li tunnellarda kontakt relsiga qarama-qarshi tomonda, GOST 23961-80 ga muvofiq rels kallaklari darajasidan 0,2 m balandlikdagi texnik xizmat koʻrsatuvchi xodimlar oʻtishi uchun piyodalar yoʻlakchasini loyihalash lozim.
Relslarning km boʻyicha zaxirasini joylashtirish uchun piyodalar yoʻlakchasini 30 m gacha uzunlikda, 300 — 350 m dan keyin uzishga yoʻl qoʻyiladi.
4-bob. Stansiyalar, ikki stansiya oraliqlar (peregon) tunnellar, tunnel oldi inshootlar
1-§. Stansiyalar boʻyicha talablar
87. Stansiyalar reja (tarh)da yoʻlning toʻgʻri qismlarida, koʻndalang kesimda esa 3% ga teng bir tomonlama qiyalikda joylashtirilishi lozim.
Stansiyalarni reja (tarh)da kamida 800 m radius bilan yoʻlning egri qismlarida va 5% gacha boʻylama qiyalikda yoki gorizontal maydonchada joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, suvni boshqa joyga burib yuboradigan lotok va uning tubining boʻylama qiyaligi kamida 3 % boʻlishi kerak.
88. Stansiyalar va oʻtkazish inshootlarining rejalashtirish yechimlari yoʻlovchilar oqimlarini kesib oʻtmasdan va havo oqimi tezligini harakatlanuvchi tarkib harakatidan maksimal kamaytirmasdan yoʻlovchilar harakatini tashkil etishni taʼminlanishi kerak.
89. Stansiyalarning yoʻlovchi platformalari orol va yon turlarida loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Platforma oʻtkazish qismining uzunligi ushbu SHNQning 21-bandiga muvofiq, foydalanishning maksimal hisoblash davridagi poyezd uzunligidan kamida 8 m uzunroq boʻlishi kerak.
Platformaning oʻtkazish qismi tegishli texnik-iqtisodiy asoslanishda ikki yoqqa ochiladigan avtomatik eshiklar bilan loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
90. Platformalar, yoʻlaklar va zinalarning kengligini quyidagi 6-jadval talablariga muvofiq qabul qilinishi lozim.
Izoh. Inshootlarning ustini qoplashgacha boʻlgan oʻlchamlar koʻrsatilgan.
91. Vestibyuldagi kassa zali darajasidagi qismning uzunligi ANP dan eskalatorning balustradasigacha kamida 4 m boʻlishi kerak.
92. Yoʻlovchilar harakat oʻqi boʻyicha oʻtish yoʻlaklarining balandligi kamida 2,5 m, asoslanishda esa 2,1 m boʻlishi lozim.
93. Gumbazning arkali koʻrinishida oʻtish yoʻlaklarining balandligi kamida 1,7 m boʻlishi kerak.
94. Ishlab chiqarish binolarining shiftini tashkil etuvchi konstruksiyalar pastki qismidan polga qadar boʻlgan balandlik texnologik ehtiyojga koʻra aniqlanishi, biroq 2,2 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
95. Xizmat va maishiy xonalarning balandligi kamida 2,5 m boʻlishi kerak.
96. PHNAT va aloqa uskunasini joylashtirish uchun xonalarning balandligi kamida 2,75 m boʻlishi kerak.
Texnik-iqtisodiy asoslantirilganda, balandlikni 2,1 m gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
97. Favqulodda holatlarda odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilishni taʼminlash uchun ikkinchi vestibyul oʻrniga stansiyalardan qoʻshimcha evakuatsiyasi yoʻllarini tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
98. Stansiyalarda yoʻlovchi koʻtarish-transport uskunalari (vestibyullar ichida, platforma sathidan oʻtish yoʻliga, platforma sathidan vestibyullar sathiga) joylashtirilishi lozim.
99. Stansiyalar oʻrtasidagi yoʻlaklarda yoʻlovchilarni koʻtarish va tushirish balandliklari quyidagicha balandlikda belgilanishi kerak:
yoʻlovchilarni koʻtarish uchun 4 m dan ortiq va 6 m gacha;
yoʻlovchilarni koʻtarish va tushirish uchun 6 m dan ortiq.
100. Metropoliten stansiyalarining yer osti vestibyullariga kirishlarda piyodalar oʻtish joylari tunnel polining qiyaligi quyidagilardan oshmasligi kerak:
boʻylama 40 % dan
koʻndalangda 10 % dan.
101. Vestibyulga kirish sathidan yer yuzasi sathigacha piyodalar oʻtish joylari yer osti zinalarining jami balandligi 6 m dan ortiq boʻlsa, yoʻlovchi koʻtarish-transport uskunalarini oʻrnatilishi lozim.
102. Stansiyalarni rekonstruksiya qilishda yoʻlovchilarni koʻtarish-transport uskunalarini oʻrnatmasdan, koʻtarilish va tushish balandligini 5,5 m gacha yoki buyurtmachining texnik topshirigʻiga asosan oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
103. Stansiyalardagi eskalatorlar soni bir vaqtning oʻzida quyidagilardan kelib chiqib hisobga olinishi lozim:
oddiy foydalanish rejimida:
yoʻlovchilarning maksimal hisobdagi oqimini oʻtkazishni;
bir eskalatorni taʼmirlash uchun chiqarishni;
ekstremal holatlarda yoʻlovchilarni evakuatsiya qilish rejimida:
stansiyalardan ularni evakuatsiya qilish rejimida yoʻlovchilarning maksimal hisobdagi oqimini oʻtkazishni;
bir eskalatorni taʼmirlash uchun chiqarishni;
kutilmagan sabablarga koʻra bir eskalatorni toʻxtatib qoʻyishni nazarda tutish lozim.
104. Bitta vestibyulli boʻlgan stansiyalar uchun eskalatorlar soni kamida toʻrtta boʻlishi kerak.
105. Ikkita vestibyulli stansiyalar uchun eskalatorlar soni hisoblash orqali aniqlanishi lozim.
Stansiyalarni rekonstruksiya qilish chogʻida ikkinchi vestibyul qurilishi bilan eskalatorlar soni hisoblanishi kerak.
106. Oʻtkazish inshootlarida yoʻnalishlar boʻyicha eskalatorlar soni quyidagicha boʻlishi kerak:
yoʻlovchilar oqimlari ajratilmaganda eskalatorlar soni hisoblash orqali aniqlanishi, bunda kamida toʻrtta;
yoʻlovchilar oqimlari ajratilganda eskalatorlar soni hisoblash orqali aniqlanishi, bunda kamida ikkita.
107. Stansiyalarning ishlab chiqarish, elektr uskunalari oʻrnatishga moʻljallangan, PHNAT qurilma oʻrnatiladigan, aloqa va boshqaruv uskunauralar xonalari hamda yer usti stansiyalarining yuqori qavatlaridagi pollari gidroizolyatsiya qilinishi va mazkur joylarda soyabonlar boʻlishi lozim.
108. Xodimlar xonalarida pollarni qoplash uchun silliqlangan plitalardan, maydonchalar va zinapoyalarda, koʻcha oldi piyodalar oʻtish joylarida esa togʻ jinslari yoki sunʼiy materiallardan yasalgan sirpanishga qarshi silliq boʻlmagan plitalardan foydalanilishi kerak.
109. Xodim xonalaridagi pol qoplamalari uchun ishlatiladigan materiallar yemirilishi 0,5 g/cm2 dan koʻp va zichlik mustahkamligi 60 MPa dan kam boʻlmasligi kerak.
110. Pollarning suv ketish joylarida qiyaliklar boʻlishi kerak.
111. Yoʻlovchilarning harakati uchun quyidagicha loyihalash lozim:
zinapoyalarni 1:3 qiyalik bilan;
zinapoyalarni qiyaligini oshirish bilan, biroq 1:2,6 dan oshmagan holda.
112. Zinapoya qadam qoʻyish pogʻonalarining kengligini kamida 30 — 36 cm dan oshmagan qilib loyihalanishi kerak.
113. Bitta zinapoyada yoki darajalarning yuqoridan pastga tushishida pogʻonalarning sonini kamida uchta va 18 dan oshmagan qilib loyihalanishi lozim.
114. Stansiyada oʻrtadan oʻtadigan izlar ustidagi vagonlarga oʻtish yoʻlagida oʻtish joylarining zinalar qiyaligini 1:2 va pogʻonalari soni 22 tadan oshmasligi kerak.
Texnik-iqtisodiy asoslantirilganda esa ularni oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
115. Yoʻlovchilar harakatlanish yoʻllaridagi zinapoyalar yuqori maydonchadan boshlangan va pastki maydonchada tugaydigan panjaralar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
116. Stansiya vestibyullarini yerda yoki yer ostida joylashtirilishi lozim.
117. Yer osti vestibyullariga tutash koʻcha oldi yoʻlovchi oʻtish joylarida zinapoya tushishlarini pavilyonlar bilan yopishga yoʻl qoʻyiladi.
Vestibyullarga kirishda ikki qator eshikli tamburlar, pavilyonlarga kirishda esa bir qator eshiklar boʻlishi lozim.
118. Koʻchaning har bir tomonidan piyodalar oʻtish joyida hamda kassa zalidan platformaga zinapoyalardan tushishlarda lift boʻlmaganda, yoʻlovchilarning bolalar aravachalari bilan harakatlanish imkoni inobatga olinishi kerak.
119. Ochiq zinapoya tushishlari bilan koʻcha oldi piyoda oʻtish joylarida vestibyulga tutash qismi bir qator eshikli pardevorlar bilan ajratilishi lozim.
120. Yer usti vestibyuliga kirish (chiqish) yoki yer osti vestibyuliga tushish oldidan trotuar vertikal tekisligining maksimal belgisidan 9 — 15 sm balandlikdagi maydoncha boʻlishi kerak.
Yomgʻirli holatlarda joyning balandligini suv bosish joylarida yoki suvni chiqarish inshootlaridagi avariyalarda hisoblash orqali belgilanishi kerak.
Maydoncha va trotuar oʻrtasida bolalar aravachalari uchun pandus hisobga olinishi kerak.
121. Eskalatorlar bilan vestibyullar yaqinida avtotransport kirish imkoniyati bilan eskalator uzellarini vaqtinchalik saqlash uchun maydoncha inobatga olinishi lozim.
122. Suv va kir-iflosliklarni yigʻish chuqurchasi (priyamok) quyidagicha loyihalanishi va yoʻlovchilar harakati yoʻli boʻyicha ularda panjaralarning minimal oʻlchamlari quyidagicha boʻlishi lozim:
koʻcha oldi piyodalar oʻtish joylarida — zinapoya tushishining pastki pogʻonasida — 1 m;
yerdagi vestibyulda issiq zonada — 3 m;
stansiyalar platformasida vestibyul kassa zalidan zinapoyaning pastki pogʻonasida chuqurchalar — 0,5 m.
Bunda, panjaralar zinapoyalarning butun kengligi boʻylab oʻrnatilishi kerak.
123. Panjaralardagi tirqishlarning kengligi 15 mm dan ortiq boʻlmasligi kerak.
124. Vestibyulning yoʻlovchi hududi quyidagicha loyihalanishi kerak:
ANP kirish va chiqishlari;
kassa bloki;
tovush chiqarish moslamalari bilan ogohlantirish, ANP, aloqa va elektr isitish qurilmalarining ishlashini nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan nazoratchi xonasi;
yoʻlovchilar oqimi yoʻnaltirish uchun eskalatorlar va zinapoyalar oldidagi toʻsiqlar;
mashina xonasiga kirish tomonidan eskalator yonidagi eskalatorlarni boshqarish pulti;
ichki yongʻin oʻchirish joʻmraklari bilan;
metropoliten liniyalarining sxemasi, metropolitendan foydalanish qoidalari uchun joylar;
yoʻlovchilarga vizual axborot elementlari va ularning joylashishi;
soatlar, tovush xabarlagichlar, videokameralar joylashishi.
Stansiyalarning platforma sathida eskalatorlarni toʻxtatish pulti, videokuzatuv ekranlari, aloqa qurilmalari, tovush chiqarish moslamalari bilan ogohlantirish va elektr isitish qurilmalari bilan jihozlangan eskalatorlar oldidagi navbatchi xonasi joylashtirilishi kerak.
Xonani oʻrnatishning iloji boʻlmasa, eskalatorlar boʻyicha navbatchi uchun alohida xona boʻlishi kerak;
yoʻlovchilar oqimini yoʻnaltirish uchun harakatni yopib quygichlar bilan eskalatorlar oldidagi toʻsiqlar;
yoʻlovchilar uchun vizual axborot;
videokameralar, tovush xabarlagichlar, tezkor texnologik aloqa telefonlari;
inventar yongʻin oʻchirgichlar uchun javonlar;
ichki yongʻin oʻchirish joʻmraklari bilan;
eskalatorlarning boshqaruv pulti;
poyezdning boshqarishning bosh xonasida tadqiqot koʻzgulari, orqa koʻrinish monitorlari;
ikki stansiya oʻrtasidagi (peregon) tunnellarga kirish eshiklari oldidagi toʻsuvchi toʻsiqlar;
dam olish uchun oʻrindiqlar joylashtirilishi kerak.
Xizmat va texnologik xonalarning bloklarini loyihalash boʻyicha talablar uning istiqboldagi rivojlanishini hisobga olgan holda qurilayotgan metropolitenning ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilanishi lozim.
125. Stansiyalar platformasi oxirining yon tomonida xizmat koʻprikchasi pol sathidan 1,5 m, oʻtish joyining kengligi 0,75 m va 2,1 m balandlikda butun uzunasiga toʻrsimon toʻsiqqa, ishlab chiqarish xonalari blokining yoʻlakchasidagi kirish joyida yechib olinadigan elementlarga ega boʻlishi kerak.
Platforma tomonida koʻprikcha eshigining ochilishi inobatga olinishi lozim.
Koʻprikcha yoki stansiyalarning platformasidan tunnelga tushishda 1,2 m balandlikdagi panjara va yonmaydigan materiallardan tayyorlangan 2-turdagi zinapoya hisobga olinishi lozim.
Koʻprikcha yoki platformaga kirishdagi zinapoyaning kengligi kamida 0,7 m, pogʻona yuzasining kengligini 0,25 m, pogʻona balandligi esa 0,22 m dan oshmasligi kerak.
126. Platformada joylashtiriladigan dam olish uchun oʻrindiqlar yoʻlovchilar harakatiga toʻsqinlik qilmasligi kerak.
127. Pol yuvish uskunalari, kassa zallari va platformalarning sathidagi koʻtarish uskunalari, narvonlar va uskunalarni saqlash va quvvatlash uchun joylarni xodimlar xonalaridan tashqarida inobatga olinishi lozim.
128. SDP, tibbiyot punkti, eskalatorlar mashinisti, mashinistlar smenasi punkti, kassa bloki xonalari, signalizatsiya va aloqa xizmati qismlari xodimlarining xonalari shiftlari va devorlariga qoplama uchun tovush yutuvchi materiallardan foydalanilishi kerak.
Yengil materiallardan quriladigan xonalar elementlarining mustahkamligi ularga texnologik kommunikatsiyalar (ventilyatsiya qutilari, kabellar, quvurlar, kanalizatsiya qurilmalari)ni biriktirish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
129. Ishlab chiqarish binolari va yoʻlak (koridor)lardagi pollar yuqori darajada ishqalanishga chidamli va suvni yutish darajasi past boʻlgan yonmaydigan va zaharli boʻlmagan materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Barcha xonalardagi pollar kamida 5 kN/m yuklamaga, ishlab chiqarish xonalarida esa ularga oʻrnatilgan uskunalarning yuklamasini hisobga olgan holda bardosh berishi kerak.
130. Barcha xonalarda bir turdagi eshiklardan foydalanish kerak.
Eshiklarning oʻlchamlari foydalanish talablari, ularda joylashtiriladigan uskunalarni tashishdan kelib chiqqan holda, shuningdek mazkur SHNQning I-boʻlimi 16-bobiga mos kelishi kerak.
Xonalarning eshiklari qulflar va oʻz-oʻzini yopish uchun qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
Kassa blokining eshigi metalldan, ikkita qulfli, zanjir va “koʻrish moslamasi” bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Kassa bloki eshigining ichki tomonini qoʻshimcha panjarasimon metall eshik bilan toʻsish kerak.
Yoʻlovchilar harakatlanishining barcha yoʻllaridagi eshiklar tebranuvchi turdagi, kamida 2,2 m balandlikda, 0,8 m kenglikda, yorugʻlik oʻtish gabaritlari bilan shaffof, zarbga chidamli materialdan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Eshiklarning pastki qismi 0,3 m kenglikdagi zarbga chidamli uzun chiziq bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
Shaffof eshiklarning yuzasiga kontrast tamgʻalanish tushirilishi, uning pastki qismi poldan 1,5 m balandlikda joylashishi kerak.
Tashqariga olib chiqadigan vestibyullarning eshiklari ochiq holatda qayd etish uchun qurilmalarga ega boʻlishi kerak.
Tamburni oʻrnatish zaruratida eshik qatorlari orasidagi masofa kamida 2,2 m boʻlishi kerak.
131. Stansiyalar va ularga yondosh joylarni koʻrsatkichlar, ramzlar va elektron tablolar koʻrinishidagi yoʻlovchilarning vizual axborot tizimi bilan jihozlanishi lozim.
Yoʻlovchilar harakatlanishining yoʻnalishi boʻyicha koʻrsatkichlarni quyidagi joylarda joylashtirilishi kerak:
piyodalar oʻtish joyidan yer osti vestibyuliga kirish (chiqish) oldida;
stansiyalar platformasiga vestibyulning kassa zalidan eskalator (zinapoya) oldidagi yuqorida va pastda hamda vagonga oʻtkazish inshootida;
oʻrta zaldagi stansiyalar platformasida.
Stansiyalar uzunligi boʻylab, poyezdlar harakati yoʻnalishining har bir tomonidan boshqa liniyalarning stansiyalariga oʻtib olish joylari koʻrsatilgan holda liniyaning kamida ikki marshrut sxemalari joylashtirilishi lozim.
Yer osti stansiyalarning vestibyullariga tutash piyodalar oʻtish joylaridagi zinapoyalarning portallarida, zinapoyalar tushishlari ustidagi pavilyonlarda, yer ustidagi vestibyullarda va liftli pavilyonlarda porlab turgan ramzlar - “M” harfi - va stansiyalarning nomi oʻrnatilishi kerak.
Stansiyalar yoʻlovchi xonalari interyerlari va vestibyullar eksteryerlarining arxitekturaviy yechimlari arxitekturaviy-badiiy bezash uchun belgilangan badiiy yechimlarga mos kelishi kerak.
Stansiyalarga oʻziga xos koʻrinish berish maqsadida, yoritishning turli uslublari, arxitekturaviy-fazoviy yechimlar hamda kam darajada chang toʻplash, korroziya va namlikdan yemirilishga moyil turli xil materiallardan foydalanilishi lozim.
2-§. Ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellar, tunnel oldi inshootlar
132. Ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellarini joylashishning chuqurligi, muhandislik-geologik sharoitlari, qoplama konstruksiyalarining turi va qurilish usullariga bogʻliq ravishda bir yoʻlli yoki ikki yoʻlli doirasimon, taqasimon yoki toʻgʻri burchakli shakllarda hisobga olish lozim.
Ular poyezdlarni oʻtkazishga imkon beruvchi ichki oʻlchamlar, shuningdek ularda yoʻl qurilmalari, xizmat koʻprikchalar, uskunalar, yoritgichlar, kabel kommunikatsiyalarini joylashtirishga ega boʻlishi kerak.
133. Ishlab chiqarishga moʻljallangan tunnel oldi inshootlarining oʻlchamlari va joylashishida yoʻlovchilarga yer yuzasiga va xavfsiz hududga qoʻshimcha chiqish joylari, shuningdek shaharsozlik holati va yongʻin xavfsizligini taʼminlashni hamda texnologik va foydalanish talablarni qoʻllanilishini inobatga olgan holda bir yoʻlli ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi oʻtish (peregon) tunnellar oʻrtasida oʻtish joylari oʻrnatilishi lozim.
134. Tunnellarning yopma plitalarini joylashtirishda muzlash chuqurligidan yuqorida uning issiqlik izolyatsiyasi boʻlishi kerak.
Issiqlik izolyatsiyasini yaqin portal oldi qismlarda ichki havo harorati 0°C dan past boʻladigan eng sovuq oyda hisobga olinmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
Izolyatsiya materiallari turlarini va qalinligini hisoblash boʻyicha olinishi lozim.
Iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, portallarni muhofaza qilish ushbu SHNQning 437-bandiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Liniyalarning yer ustidagi ochiq qismlari yoritish va kamida 2,5 m balandlikda toʻliqligicha yopiq loyihalanishi lozim.
135. Tunnellarda poyezd tarkiblarini tunda joylashtirish uchun ularga tunnel oldi inshootlarning qoʻshilishida xizmat koʻprikchalar boʻlishi kerak.
136. Texnik sabablarga koʻra, poyezdlar uzoq muddatga ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi oʻtish (peregon) tunnellarida toʻxtatilganda yoʻlovchilarning evakuatsiyasi, yoʻlning yuqori tuzilmasi boʻyicha eng yaqin stansiyagacha birinchi va oxirgi vagonlar orqali amalga oshirilishi lozim.
137. Tunnel oldi inshootlarga olib boruvchi eshiklarning konstruksiyalari, ularning qulflovchi va qayd etuvchi qurilmalari, ularga poyezdlarning “porshenli” harakatidan kelib chiqadigan uzoq muddatli yoʻnalishning oʻzgaruvchi yuklamalari taʼsir qilganda mustahkam boʻlishi kerak.
Eshiklar, xonalar ichiga qarab ochilishi lozim.
5-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun metropolitendan foydalanishga oid talablar
1-§. Asosiy talablar
138. Metropoliten obyektlarini loyihalashda nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun texnik vositalar yoki yoʻlovchilarni joyidan siljitishni taʼminlash SHNQ 2.07.02-22 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
139. Axborotni qoʻllab-quvvatlash vositalari tizimining foydalanishi butun yoʻnalish davomida nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun harakatlanish imkonini taʼminlanishi kerak.
140. Yoʻlovchilarning vizual axborot tizimiga yorugʻlik va rang koʻrsatkichlari va ramzlari, shuningdek oʻzgaruvchan axborot bilan elektron tablolar quyilishi lozim.
141. Stansiyalarda nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini yer yuzasidan yoʻlovchi platformasi sathiga yetkazish uchun texnik qurilmalar (nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun foydalanish imkoni boʻlgan liftlar, vertikal yoki qiya harakatlanish bilan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun koʻtarish platformalari va boshqalar) yoki tadbirlar amalga oshirilishi kerak.
2-§. Kirish joylari va harakatlanish yoʻllari
142. Yoʻlovchilar uchun moʻljallangan har bir metropoliten stansiyasida yoki boshqa obyektda ushbu stansiya yoki boshqa yoʻlovchi obyektga ulangan yer yuzasida nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun foydalanish imkoniyati mavjud boʻlgan hamda moslashtirilgan har bir yer osti yoki yer usti oʻtish joyida kamida bir kirish joyi boʻlishi kerak.
143. Metropoliten obyektiga tutashgan qismdagi piyodalar yoʻllarini qoplashda kamida 0,8 m oldin ogohlantirish vazifasini bajaruvchi taktil vositalarini xavfli qismi, harakat yoʻnalishining oʻzgarishi, kirish va chiqish joylarida joylashtirilishi lozim.
144. Nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari oʻrindiqli aravachalarda qatnashi uchun moʻljallangan harakatlanish yoʻlining boʻylama qiyaligi 5 foizdan oshmasligi kerak.
145. Alohida hollarda 10 m dan oshmagan masofada boʻylama qiyalikni 8 foizgacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Harakatlanish yoʻlining koʻndalang qiyaligini 1-2 foiz chegaralarida qabul qilinishi lozim.
146. Metropolitenning kirish-chiqish turniketlarining bir qatorida oʻrindiqli aravachasining oʻtishiga imkon beruvchi kamida bitta kengaytirilgan oʻtish yoʻlagi inobatga olinishi kerak.
147. Shaffof eshik va toʻsiqlar zarbga chidamli materiallardan tayyorlanishi lozim.
Eshiklarning shaffof tabaqasida quyidagi oʻlchamlarda toʻgʻri burchak yoki aylana koʻrinishidagi 0,15 m diametrli sariq rangdagi yorqin kontrastli tamgʻa joylashtirilishi lozim:
kamida 0,1 m balandlikda;
kamida 0,2 m kenglikda;
piyodalar yoʻli yuzasidan 1,2 m dan past boʻlmagan;
yerdan 1,5 m dan yuqori boʻlmagan.
148. Devordagi eshik va uning oʻrnining kengligi kamida 0,9 m boʻlishi kerak.
149. Eshiklarda ostonalar va pollarda esa tushishlar boʻlmasligi lozim.
Zarur hollarda ostonalar va pollardagi tushishlar balandligi yoki tushishi 0,015 m dan oshmasligi kerak.
Nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun liftlarni toʻxtatish aniqligi 0,010 m dan oshmasligi kerak.
150. Eshiklar “oʻzidan” hamda “oʻziga” ochilganda, eshik oldida oʻrindiqli aravachasining manyovr qilish uchun boʻsh joy boʻlishi va uning oʻlchamlari quyidagicha boʻlishi lozim:
uzunligi kamida — 2,2 m;
kengligi kamida — 2,2 m.
151. Nazorat kirish joylarida nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining oʻtishi uchun moslashtirilgan nazorat qurilmalari inobatga olinishi lozim.
152. Eshik oʻrinlari hamda zinapoyalar va panduslarga kirish oldidan, shuningdek kommunikatsiya yoʻllarning burilishi oldidan 0,6 m masofadagi harakatlanish yoʻllarida pol qismlari ogohlantirish notekis (riflenka) va kontrastli boʻyalgan yuzaga ega boʻlishi kerak.
Pol qoplamalarining taktil yuzalari ularni tez tanib olish, shuningdek tozalash imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Taktil yuzalar ular oʻz-oʻzidan surilmasligi, poyabzal yoki reabilitatsiya uskunalari bilan tirnalmasligi va ilintirib olmasligi kerak.
153. Platformalar boʻylab nogironligi boʻlgan shaxslar va kam harakat guruhlarini harakatlarini taʼminlash uchun SHNQ 2.07.02-22 dan foydalanish lozim.
154. Platformaning chekkasidan 0,6 m kenglikda platforma qismining qoplamasini silliq boʻlmagan yuza bilan issiqlik bilan ishlov berilgan marmar hisobga olinishi kerak.
155. Platformaning chetidan 0,6 m masofada 10 cm kenglikda kontrastli materialdan uzun chiziq, 1,20 m masofada koʻzi ojiz yoʻlovchilarning platformada moʻljal olishlarini taʼminlash uchun pol tekisligidan 5 mm oldinga chiqib turuvchi tigʻ (faska) va silliq boʻlmagan yuzali marmar uzun chizigʻi yotqizilishi lozim.
3-§. Zinapoyalar va panduslar
156. Metropolitenning yer osti oʻtish yoʻllari nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun panduslar yoki koʻtarish qurilmalari bilan jihozlanishi lozim:
bir tomonlama pandusning kengligi — 1,3 m;
ikki tomonlama pandusning kengligi — 1,8 m.
Vintli panduslarni inobatga olinishi yoʻl qoʻyiladi.
157. Koʻchaning har bir tomonida piyodalar oʻtish joyiga zinapoyalardan tushishlarning birida lift boʻlmagan taqdirda, bolalar aravachalari bilan yoʻlovchilarning harakatlanishi uchun 1 m kenglikdagi zona ajratilishi kerak.
158. Pandus yuzasi silliq boʻlmagan tarkibiy tuzilish materialdan tayyorlanishi kerak hamda uning ikkala tomonlari boʻyicha tutqichlar va toʻsiqlar boʻlishi lozim.
159. Panduslarning yumaloq yoki toʻgʻri burchakli kesmadagi qoʻl bilan ushlashga qulay tutqichlarni devordan 40 mm uzoqlikda, 0,7 m balandlikda va 0,9 m joylashtirish lozim.
Tutqichlar zinapoya yoki pandusning butun balandligi boʻyicha uzluksiz va yumaloq hamda silliq boʻlishi kerak.
160. Nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari yurish yoʻllaridagi zinapoyalar har ikki tomonlari boʻyicha tutqichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Tutqichlar yumaloq yoki toʻgʻri burchakli kesmada qoʻl bilan ushlashga qulay, shuningdek devordan uzoqlikda 40 mm, balandlikda 0,7 m va 0,9 m boʻlishi kerak.
161. Zinapoyalar nafaqat panduslar bilan balki boshqa koʻtarish vositalari (nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun koʻtarish platformalari, ular uchun foydalanish imkoni boʻlgan liftlar) bilan ham takrorlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
162. Nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining harakatlanish yoʻllaridagi zinapoyalarning pogʻonalari tekis, oldinga chiqib qolgan joylarsiz boʻlishi, yuzalari esa sirpanishning oldini oluvchi silliq boʻlmagan tuzilishga ega boʻlishi kerak.
163. Chiqish va koʻtarilishda zinapoyalarning birinchi pogʻonalarining chekkasi, shuningdek zinapoyalardagi maydonchalar orasidagi oxirgi pogʻonalari sariq rangli yorqin kontrastli boʻyalgan uzun chiziqlar bilan ajratilishi lozim.
4-§. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun foydalanish imkoni boʻlgan liftlar va koʻtargichlar
164. Stansiyalarda stansiya platformasiga liftni oʻrnatishning texnik imkoniyati mavjudligida nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun qulay joyda bevosita yer yuzasidan loyihalash lozim.
165. Liftga kirish oldidan pavilyon tashkil etish yoki uni boshqa binolar va inshootlarning ichiga joylashtirish kerak.
166. Stansiyalarda platformaga yer yuzasidan liftni loyihalashning imkoni boʻlmaganda, vestibyulning kassa zali darajasidan stansiyalar platformasiga liftni loyihalanishi, bunda lift bilan vestibyulga tutashgan piyodalar oʻtish joyining har bir tomonidan zinapoyalarda nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun koʻtarish platformalari yoki zinapoyalar yonida yoki liftlar oʻrnatilishi lozim.
167. GOST 33652-2019 hamda GOST 5746-2015ga asosan nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun foydalanish imkoni mavjud liftlar hamda koʻtarish platformalarini tanlash va oʻrnatish inobatga olinishi kerak.
168. Liftli xollar foydalanuvchilarning toifalarini cheklaydigan kirishni boshqarish tizimi bilan jihozlanishi lozim.
6-bob. Qurilish konstruksiyalari
1-§. Asosiy yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar
169. Yer osti inshootlarining toʻsuvchi va ichki yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari, shuningdek meʼmoriy ishlov berish materiallari mustahkam, koʻpga chidamli, olovga bardoshli va tashqi muhitning turli xil taʼsirlarga barqaror boʻlishi kerak.
Qabul qilinayotgan texnik yechimlar, konstruksiyalar va materiallar tunnel qoplamasining kamida 100 yillik xizmat qilish muddatini taʼminlashi lozim.
Yerda va yer ustki metropoliten konstruksiyalarini SHNQ 3.06.04-19 ga muvofiq loyihalash kerak.
170. Qoplamaning turini variantlarni taqqoslash asosida qabul qilinishi lozim. Bunda, atrofdagi tuproq bilan qoplamaning birgalikdagi ishi hisobga olinishi kerak.
171. Qoplama yopiq boʻlishi va temir-beton yoki metall (choʻyan, korroziyaga qarshi himoyali poʻlat) elementlar, yaxlit beton yoki purkagich-betondan iborat boʻlishi kerak.
172. Yer osti inshootlari yer usti va yer osti suvlari hamda boshqa suyuqliklarning kirib kelishidan himoyalangan boʻlishi kerak.
173. Yopiq usulda qurilgan konstruksiyalarni loyihalashda yuqori aniqlikdagi yigʻma temir-beton qoplamalardan foydalanilishi lozim.
174. Ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellarga qoplama kamida 5,1 m ichki diametri bilan hisobga olinishi lozim.
175. Stansiyalar va boshqa yer osti inshootlarning ichki yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarini monolit temir-betondan tayyorlash lozim.
176. Quyidagi hollarda poʻlat konstruksiyalardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi:
konstruksiyalarning eng muhim uzellarini gidroizolyatsiyasida;
turli diametrdagi tunnellarning yigʻma qoplamalarining ulash joylarida;
murakkab muhandislik-geologik sharoitlarda rekonstruksiya qilinayotgan inshootlarning alohida elementlari uchun.
2-§. Materiallar
177. Qoplama va ularning gidroizolyatsiyasi hamda ichki qurilish konstruksiyalari uchun foydalaniladigan materiallar, bezash materiallari mustahkamlik, koʻpga chidamlilik, yongʻin xavfsizligi, yer osti suvlarining kimyoviy agressivligi, tashqi muhit salbiy taʼsirining boshqa aniqlangan turlari, shuningdek mikroorganizmlar taʼsiriga chidamlilik talablariga javob berishi kerak.
178. Qurilish va inshootlardan foydalanish sharoitida zaharli birikmalar chiqarmasligi kerak.
179. Beton va temir-beton yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarni SHNQ 2.03.01-24 ga asosan ogʻir betondan tayyorlashni inobatga olish lozim.
Sunʼiy va tabiiy gʻovak toʻldiruvchilarda zichligi kamida 1600 kg/m boʻlgan betondan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
180. Qoplama va ularning elementlari, ichki beton hamda temir-beton konstruksiyalari uchun siqishga mustahkamlik boʻyicha beton sinflarini hisoblar boʻyicha yuk koʻtarish qobiliyati asosida, biroq quyidagi 7-jadvalda keltirilganlaridan past boʻlmagan holda qabul qilinishi lozim.
181. Suv oʻtkazmaslik boʻyicha qoplamalarning beton loyiha markasini mazkur SHNQning 39-jadvali boʻyicha qabul qilinishi lozim.
182. Haroratlarning oʻzgaruvchan zonalaridagi sovuqqa chidamlilik boʻyicha qoplamalar va ichki konstruksiyalarning beton markasi mazkur SHNQning 40-jadvali boʻyicha qabul qilinishi kerak.
Oʻzgaruvchan haroratlar mavjud boʻlmaganda, sovuqqa chidamlilik boʻyicha qoplamalarning beton loyiha markasi F100 dan past boʻlmasligi kerak.
183. Konstruksiyalarni armaturalangan sterjenli armatura orqali SHNQ 2.03.01-24 muvofiq amalga oshirilishi lozim.
3-§. Ishlarning yopiq usulida qoplamalarning konstruksiyasi
184. Ishlarning yopiq usulida qoplama doira yoki gumbaz shaklida boʻlishi kerak. Devor va gumbazlarning shakli tegishli hisob-kitoblar asosida belgilanishi lozim.
Qoplamalar ortidagi boʻshliqlarni, tuproqqa qoplamaning montaj qilinayotgan halqalarini kuch bilan bosilishini taʼminlovchi qotuvchi tarkiblar bilan toʻldirilish kerak.
185. Yuqori aniqlikdagi temir-beton qoplamalarining element (blok)larida elastik germetiklashtiruvchi qistirmalarni joylashtirish uchun pazlarni (masofani rezina bilan toʻldirish) inobatga olinishi lozim.
Yigʻma qoplamalarning boshqa turlarida bloklar yigʻilgan qoplamada oʻyilgan ariqchalarni hosil qiluvchi ichki konturi boʻyicha choklarga ega boʻlishi lozim.
186. Purkama betondan bir qatlamli qoplamalarning qurilishi armatura toʻri, ankerlar, metall arkalar bilan uygʻunlikda hamda purkama betonfibralar bilan armaturalash shartida kam namli toshli tuproqlar va qattiq tuproqlarda yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, metall buyumlarning xizmat qilish muddati ushbu SHNQning 169-bandiga muvofiq kelishi kerak.
187. Monolit va yigʻma temir-beton qoplamalarning oʻlchamlari SHNQ 2.03.01-24 ga muvofiq belgilanishi lozim.
188. Beton va temir-beton qoplamalarning elementlari kamida quyidagi qalinlikda boʻlishi kerak:
yaxlit kesimdagi temir beton bloklar — 150 mm;
qirrali temir beton bloklarning qirralari va orqalari — 60 mm;
monolit beton va temir betondan gumbazlar va devorlar — 200 mm;
purkama betondan gumbazlar va devorlar — 100 mm.
189. Toshli tuproqlar kovlanib ochilganda, bir vaqtning oʻzida yengillashtirilgan devorlar va tuproqqa tayanuvchi monolit betondan, oʻzgaruvchi qattiqlikdagi gumbaz qoplamadan ayrim qismlarda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
190. Monolit temir-beton rama konstruksiyalarining ulanishlari yopiq usulda boʻlsa, ichki metall izolyatsiyasi bajarilishi, bunda membrana (qobiq)li va changlanuvchi gidroizolyatsiyani qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Metalloizolyatsiya konstruksiyasini gidrostatik bosimga bogʻliq ravishda belgilash lozim.
Metalloizolyatsiya listining qalinligi 8 mm dan, yon devorlari esa 10 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
191. Monolit beton, temir-beton va purkama betondan ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) va stansiyali tunnellarning qoplamalarida 40 m dan ulangan joylar monolitlangan yigʻma elementlar qoplamalarida 60 m dan keyin deformatsiya choklari qoldirilishi lozim.
4-§. Ochiq usuldagi ishlarda qoplamalarning konstruksiyalari
192. Ochiq usuldagi ishlarda tunnellar qoplamasi monolit, yigʻma-monolit va yigʻma temir-betondan gumbazsimon konstruksiyalar shaklida yoki toʻgʻri burchak shaklidagi bir, ikki, uch yoki koʻp oraliqli (prolyotli) yopiq ramalar hisobga olinishi lozim.
193. Ochiq kotlovanlarda quriluvchi yigʻma konstruksiyalar sifatida yopma plita bloklari, devor, poydevor va lotokli bloklar, ustunlar osti, ustunlar va progonlardan (tayanch, toʻsin, xari) iborat qoplamalardan foydalanish lozim.
194. Konstruksiyalarning modifikatsiyalari alohida bloklarning konfiguratsiyasi (shakli), oʻlchamlari va turlarini oʻzgartirish yoʻli bilan amalga oshirilishi kerak.
195. Rama konstruksiyasiga yigʻma elementlarni birlashtirishni antiseysmik belbogʻ orqali boʻylama temir-beton progonni (tayanch, toʻsin, xari) hosil qilish va armatura qismlarini payvandlash bilan inobatga olinishi lozim.
196. Yigʻma elementlar oʻrtasida choklarni kirishishsiz sement qorishmasida toʻldirish bilan boʻshliqlarni betonlashtirish kerak.
197. Kuchsiz tuproq asosi (changsimon va mayda nam qumlar, kuchsiz gilli tuproqlar)da tunnellarning konstruksiyalari, agar tuproqlarning holati konstruksiya choʻkishining oldini oluvchi maxsus ishlarning oʻtkazilishini talab qilmasa, inshoot asosida kamida 0,3 m qalinlikdagi taqsimlash temir-beton plitasini birlamchi qurish lozim.
198. Ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellar qoplamalarining romli yigʻma konstruksiyalarini yaxlit boʻlimli qoplamalar koʻrinishida qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Suvli toʻsiqlarni yengib oʻtishda choʻkuvchi seksiyalar koʻrinishidagi qoplama inshootining maxsus usulini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
199. Ochiq usul bilan qurilgan konstruksiyalarni vertikal deformatsiya choklari bilan ajratish lozim.
Choklar oʻrtasidagi masofani tegishli hisob-kitoblar asosida belgilash kerak. Bunda, choklar oʻrtasidagi masofa 60 m dan oshmaganda bajarmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
Deformatsiya choklari joylarini tayyorlashda quyidagilar qoʻshimcha ravishda hisobga olinishi kerak:
konstruksiyalar turining oʻzgarishi;
asosda tuproq turining oʻzgartirishi;
konstruksiyaga yuklamalarning keskin oʻzgarishi.
200. Stansiyalarning meʼmoriy bezagi detallarida konstruksiyalarning deformatsiya choklari chizigʻi boʻyicha choklar ham boʻlishi kerak.
201. Seysmik zonalarda tunnel inshootlarini qurishda deformatsiya choklari oraligʻi 50 m boʻlishi lozim.
5-§. Qoplamalar gidroizolyatsiyasi
202. Turli xil qoplamalarning gidroizolyatsiya turi va konstruksiyasi qurilishning muhandislik-geologik sharoitlari, gidrostatik bosimning miqdori, tashqi muhitning agressiv taʼsiri mavjudligi, qoplama turi, qabul qilingan qurilish texnologiyasida betonning suv oʻtkazmasligini taʼminlash imkoniyatlari va taʼmirlashga yaroqliligi, shuningdek boshqa ishlab chiqarish sharoitlari belgilanishi zarur.
203. Ochiq usul bilan qurilgan tunnellar yaxlit va konturi boʻyicha yopiq gidroizolyatsiyaga ega boʻlishi kerak.
204. Tunnel ostida tabiiy suv oqimi mavjud boʻlganda, uni suvdan qoʻshimcha himoyalash sifatida devor oldi drenajni inobatga olish lozim.
Asos tuproqlarining filtrlash qobiliyati yetarli boʻlmagan holda, tunnelning lotokli qismi ostida suvni boshqa yoqqa burib yuboruvchi qatlamli drenaj qurilishi kerak.
205. Gidroizolyatsiya ishlari ochiq usul (eritiluvchi, changlanuvchi, yopishtiriluvchi, membrana (qobiq) turidagi) bilan quyidagi 8-jadvalda keltirilgan talablarga mos keluvchi bitum-polimer va polimer materiallardan bajarilishi kerak.
* Tunnelni foydalanish sharoitlari bilan belgilanadi.
** Lotokli qismda — gilam usuli bilan.
** Temir-beton konstruksiyalarga yopishqoqsizlikga (adgeziya) ega boʻlmagan gidroizolyatsiyaviy membranalarni istisno etganda.
*** Agressiv muhitlarning taʼsiriga moyil tunnel konstruksiyalarining gidroizolyatsiyasi uchun.
**** Ikki qatlamli beton va temir-beton qoplamalarida kamida 3 MPa shartli mustahkamlik bilan changlanuvchi polimer gidroizolyatsiyaviy materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
206. Ochiq usul bilan qurilgan inshootlarining gidroizolyatsiya materiallari GOST 32805-2014 da keltirilgan.
207. Muzlash zonasida, ijobiy haroratlarda foydalanish inshootlarning yopma plitalari va devorlarini joylashtirishda ularning issiqlik izolyatsiyasi taʼminlanishi lozim.
208. Gidroizolyatsiyaning konstruktiv yechimlari ushbu anʼanaviy (issiqlik izolyatsiyasi ustida suv izolyatsiya gilamini joylashtirish) va teskari (inversiya) (issiqlik izolyatsiyasi ostida suv izolyatsiya gilamini joylashtirish) variantlarda bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Inversiyaviy variantda issiqlik izolyatsiyasi sifatida 28 kun ichida hajmi boʻyicha 0,7 foizdan koʻp boʻlmagan suvni singdirish bilan materiallar qoʻllaniladi.
Issiqlik izolyatsiyasining qalinligini tegishli hisob-kitoblar asosida qabul qilish lozim.
209. Lotok qismida beton asos (kamida 10 cm qalinlik bilan betonning V-7,5 sinfi) yaratilishi, shuningdek ustidan M-100 sement-qum qorishmasidan tekislovchi qatlam hosil qilinishi va qatlam ustiga gidroizolyatsiya yotqizilishi lozim.
210. Tashqi gidroizolyatsiya uchun deformatsiya choklarni qilishda kompensatorlar hisobga olinishi kerak.
Qoplamaning suv oʻtkazmasligi uchun har xil konstruksiyalardagi germetiklovchi elementlar qoʻllanishi lozim.
211. Yigʻma qoplama elementlarining yuzasiga birlamchi tarzda tushiriluvchi gidroizolyatsiyani bajarishda, ularni montaj qilish jarayonida gidroizolyatsiyaning alohida elementlarini biriktirish va qurilish jarayonida uni shikastlanishlardan himoya qilishning ishonchli usullari qoʻllanilishi lozim.
212. Gidroizolyatsiyaviy qoplama ehtimoliy mexanik shikastlanishlardan ishonchli tarzda himoyalangan boʻlishi kerak.
Gidroizolyatsiya qoplamining himoyasi yer osti inshootini foydalanish sharoitlari, uning konstruktiv oʻziga xos xususiyatlari, qurilish ishlarini olib borish texnologiyasi va qoʻllaniluvchi gidroizolyatsiyaviy materiallarning turlarini hisobga olgan holda bajarish kerak.
213. Inshootning yopma plitasi va lotok qismi uchun himoya qatlamini 4 — 10 cm qalinlikdagi V25 sinfidan past boʻlmagan mayda donali betondan foydalanish lozim.
Yopma plitadagi himoya qatlamini 100×100 mm yoki 150×150 mm katak (toʻrlar) bilan poʻlat yoki polimer toʻrlar bilan armaturalab mustahkamlanishi kerak.
214. Inshoot devorlari boʻyicha gidroizolyatsiyani gʻishtli devor, toʻr boʻyicha purkama beton, polimer profillangan membranalar yoki boshqa materiallar bilan himoya qilinishi lozim.
215. 10 MPa dan ortiq shartli mustahkamlik bilan polimer changlanuvchi materiallarni qoʻllashda hamda tuproq bilan qayta koʻmishni oʻtkazishda, devor konstruksiyalariga himoya qatlamlarini bajarmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
216. Namli tuproqlarda doimiy yuk tashuvchi konstruksiyalar sifatida foydalaniluvchi “tuproqdagi devor” turidagi konstruksiyalarning gidroizolyatsiyasini kamida 10 mm qalinlikdagi metall listlar bilan amalga oshirilishi lozim.
217. Yopiq usulidagi tunnel ishlarining yigʻma temir-beton va choʻyan qoplamalarida qoplama elementlari orasidagi choklar, bosim ostida toʻldirish uchun qoldirilgan teshiklar egiluvchan zichlagichlarni qoʻyish bilan yoki qoʻrgʻoshin shnurlar bilan chekanka qilish orqali amalga oshirilishi kerak. Bunda, germetizatsiyasi taʼminlanishi zarur.
6-§. Yuklamalar va taʼsirlarning turlari
218. Yuklamalar va taʼsirlarni SHNQ 2.01.07-21 ga muvofiq, doimiy va vaqtinchalik (uzoq muddatli, qisqa muddatli va maxsus) tunnellarga qoplamada ularning taʼsir qilish davomiyligi boʻyicha ajratish lozim.
219. Doimiy yuklar va taʼsirlarda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
toʻkib solinadigan tuproqning ogʻirligi, togʻ bosimi;
gidrostatik bosim;
inshootlar qismlari, yuk koʻtaruvchi qurilish konstruksiyalarining ogʻirligi;
yer osti konstruksiyasiga ularning taʼsir qilish zonalarida joylashgan binolar va inshootlarning ogʻirligi;
qoplamaning oldindan siqishidan saqlanib qolayotgan kuchlar kirishi lozim.
220. Vaqtinchalik uzoq muddatli yuklamalar va taʼsirlarga quyidagilar kirishi kerak:
tuproqning sovuqdan shishish kuchlari;
statsionar uskunaning ogʻirligi;
mavsumiy harorat taʼsiri, yotqizish va betonning siljuvchanligi va SHNQ 2.01.07-21 boʻyicha ayrim boshqa taʼsirlari;
qoplamaning oldindan siqishidan saqlanib qolayotgan kuchlar.
221. Qisqa muddatli yuklamalarga quyidagilar kirishi lozim:
Qisqa muddatli yuklamalarga quyidagilar kirishi lozim:
ichki tunnel va yerdagi transportdan kelib chiqadigan yuklamalar va taʼsirlar;
tunnelni qurish jarayonidagi shitli domkratlar bosimidan, qoplama uchun qorishmaga dam berishdan, yigʻma konstruksiyalar elementlarini uzatish va oʻrnatish paytida kelib chiqadigan kuchlardan, kovlab olish va boshqa qurilish uskunasi va ishlarni oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari bilan belgilanuvchi ayrim boshqa uskunalar ogʻirligi taʼsiridan kelib chiqadigan yuklar va taʼsirlar.
222. Maxsus taʼsirlar va yuklamalarga seysmik va portlash taʼsirlari, harorat taʼsirlari, grunt massivining siljish deformatsiyalari oqibatidagi taʼsirlar hamda SHNQ 2.01.07-21 boʻyicha loyihalanayotgan obyektga taalluqli boʻlgan boshqa ayrim maxsus yuklamalar kiritilishi lozim.
223. Metropoliten obyektlarini qayta qurishda dastlabki berilgan maʼlumot sifatida muhandislik-geologiya, gidrogeologiya va geotexnik takroriy izlanish natijalarini hisobga olish kerak.
7-§. Doimiy yuklamalar va taʼsirlar
224. Tunnel qoplamalarini hisoblashda ochiq usulda qazilma tuproq ogʻirligidan, yopiq usulda tuproq bosimidan yoki inshoot yoki lahimning butun oraligʻi yoki balandligi boʻylab taʼsir etuvchi boshqa doimiy yuklamalardan kelib chiqadigan vertikal va gorizontal yuklanishlarni mazkur SHNQning 2, 3-formulalari asosida bir tekis taqsimlangan deb qabul qilish lozim.
225. Ochiq usul bilan qurilgan obyektlar uchun toʻkib solinadigan tuproqdan normativ vertikal yuklar qiymatini yer ustidagi binolar va ularning qurilishi ushbu obyekt ustida yoki tuproqning oʻpirilish chegarasida boʻlgan boshqa inshootlarning ogʻirligini hisobga olib, inshoot ustidagi uning butun qalinligi bosimiga muvofiq qabul qilinishi lozim.
226. Yopiq usulda quriluvchi tunnellarga qoplamaning normativ vertikal va gorizontal yuklamalarini tuproqda oʻz yukini koʻtarib turuvchi arkni (svod) hosil qilish imkoniyatini inobatga olib, muhandislik-geologik qidiruv ishlari natijalari mazkur SHNQning 1-rasmi boʻyicha belgilanishi kerak.
1-rasm. Oʻpirilish arki(svod)ning balandligini hisoblash uchun sxema
227. Ark hosil qilish imkoni boʻlmagan barqaror boʻlmagan tuproqlar (suvga toʻyingan, bogʻlanmaydigan va zaif gilli tuproqlar)da yuklar tunnel inshooti ustidagi tuproqlarning butun qalinligi bosimini hisobga olib qabul qilinishi lozim.
Bunday holatlarda qH va pH kN/m2 normativ vertikal va gorizontal yuklamalar quyidagi formulalar boʻyicha belgilanishi lozim:
(2) formula;
(3) formula;
Bu yerda:
Yi — qatlamlantirishning tegishli qatlamiga mos keluvchi tuproqning normativ zichligi, kN/m3;
Hi — qatlamlantirish tegishli qatlamining qalinligi, m;
n — qatlamlantirish qatlamlarining soni;
φ — tuproq ichki ishqalanish burchagi, tunnel kesim darajasida tuyuluvchi toshloq yerlar uchun yoki bogʻlanmagan tuproqlar uchun normativ.
228. Ark hosil qilish mavjudligida, agar oʻpirilish ark tepasidan yer yuzasigacha yoki nobarqaror tuproqlar bilan kontaktgacha boʻlgan masofa oʻpirilish arki balandligidan kam boʻlsa yuklamalarni qabul qilish lozim.
229. Normativ bir tekisda taqsimlangan yuklar (qH vertikal va pH gorizontal, kN/m2)ni tuproqning bir turli qalinligi uchun ark hosil qilish sharoitlarida formulalar boʻyicha belgilanishi kerak:
(4) formula;
(5) formula;
Bu yerda:
h1 — mazkur SHNQning 230 va 231-bandlari boʻyicha belgilanuvchi qoplama yuqori nuqtasi ustidan oʻpirilish arkining balandligi (mazkur SHNQning 1-rasmi), m;
γ — tuproqning normativ zichligi, kN/m;
h — kovlab olingan joyning balandligi, m;
φ — tuproq ichki ishqalanish burchagi, tunnel kesim darajasida tuyuluvchi toshloq yerlar uchun yoki bogʻlanmagan tuproqlar uchun normativ.
230. Toshsiz, namlanmagan tuproqlar uchun ark hosil qilish sharoitlarida qoplama yuqori nuqtasi ustidagi oʻpirilish arki balandligini ushbu SHNQning 1-rasmi boʻyicha belgilanishi lozim:
(6) formula;
Bu yerda:
L — formula boʻyicha belgilanuvchi oʻpirilish arkining oraliq qiymati:
(7) formula;
f — mazkur SHNQning 9-jadvali boʻyicha qabul qilinuvchi mustahkamlik koeffitsiyenti;
b — kovlab olingan joy oraliq qiymati, m.
Chuqurligi 45 m dan koʻp boʻlgan loyli tuproqlarda qurilayotgan tunnellar uchun qoplama yuqori nuqtasi ustidan h1 oʻpirilish arki balandligini K=H/45 koeffitsiyenti bilan qabul qilinishi lozim.
Bu yerda:
H - yer yuzasidan tunnel;
qoplama pastigacha tunnelni joylashtirish chuqurligi, m.
Kelib tushayotgan yer osti suvlarining taʼsiri ostida mustahkamligi kamayuvchi loyli tuproqlarda tunnelni joylashtirishda oʻpirilish arki balandligini 30 foizgacha chegarada oshirish lozim.
Uch arksimon stansiyalarda kovlab olingan joy oraligʻining qiymati uchun stansiya kovlanib boʻlgan joylarning jami kengligi qabul qilinishi lozim.
231. Toshloq yerlar uchun ark hosil qilish sharoitlarida qoplama yuqori nuqtasi ustidan h1 oʻpirilish arki balandligini formulalar boʻyicha belgilash lozim:
vertikal va gorizontal bosim koʻrsatuvchi toshli tuproqlar uchun:
(8) formula;
faqat vertikal bosim koʻrsatuvchi toshli tuproqlar uchun:
;
Bu yerda:
R — “boʻlakda” (namunada) siqishga tuproq mustahkamligining chegarasi, MPa;
α — “boʻlakda” (namunada) siqishga tuproq mustahkamligining chegarasi va mazkur SHNQning 10-jadval boʻyicha yoriq boʻshligʻi va yoriq zichligi (eng rivojlangan yoriq tizimining yoriqlari orasidagi oʻrtacha masofa)ga bogʻliq ravishda qarab belgilanuvchi yoriqlanish darajasi boʻyicha massiv toifasidan kelib chiqqan holda quyidagi10-jadval boʻyicha qabul qilinuvchi massiv yoriqlanish taʼsirini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Izohlar:
1. Yoriq boʻshligʻini belgilashda yumshoq yoki loyga oʻxshash yoriq toʻldirish materiali hisobga olinmaydi.
2. Katta va juda katta yoriq boʻshligʻi va bir vaqtning oʻzida massivning bloklarga yaqqol namoyon boʻlgan boʻlinishini yoriqlarning zichligidan qatʼiy nazar uni yoriqlash darajasi boʻyicha V toifa (maydalangan)ga kiritish kerak.
3. Ularning intensiv qatlamlanishi natijasida toshloq yerlar yaxlitligining kutilayotgan toʻliq buzilish sharoitlarida tuproqlarni V toifaga kiritish kerak.
4. Sirpanuvchi yuzalar mavjud boʻlganda yorilish darajasi boʻyicha tuproq toifasini bir pogʻonaga koʻtarish kerak.
5. Qattiq (kristalli) materiallar bilan qisman shifo topgan yoriqlarda yorilish darajasi boʻyicha tuproq toifasini bir pogʻonaga tushirish ,toʻliq sogʻaygan yoriqlarda esa - I toifa boʻyicha qabul qilish kerak.
232. Qoplama hisoblashni gorizontal bosim mavjudligida va usiz bajarish lozim.
233. Mazkur SHNQning 8 va 9-formulalari boʻyicha olingan toshloq yerlar oʻpirilish arkining balandligini quyidagi omillarning taʼsirini hisobga oluvchi koeffitsiyentlarga koʻpaytirish bilan toʻgʻrilanishi lozim:
yoriqlar yumshoq yoki nam tortib qoluvchi loyga oʻxshash material bilan toʻldirilgan holatlar uchun kovlab olingan joyga suvning oqib kelishi — 1,2;
tarmoqlari rivojlangan yoriqlar joylashishi tunnel oʻqiga nisbatan 45° dan kam boʻlganda — 1,1;
burgʻilash-portlash ishlarisiz metro tunnellarini kovlab berish — 0,8.
234. Tuproq massivida qoplama jarayonlari uchun noqulay rivojlanish ehtimoli boʻlgan (tektonik keskinlik, shishish alomatlari, tuproqlarning siljishliligi, karst-suffoziyaviy hodisalar) yoki ishlarni oʻtkazishning maxsus usullarining qoʻllanilishi natijasida tuproqlarning xossalari yoki holatlarining jiddiy oʻzgarishi taxmin qilinayotgan holatlarda qoplamaga yuklarning qiymati tadqiqotlar asosida oʻrnatilishi lozim.
235. Toshli gruntda arkning oʻpirilish balandligi masofa, uzunlik (prolyotni) 1/6 qismidan kam boʻlganda, yer osti konstruksiyalarini hisoblashda oʻpirilish xususiyatini inobatga olish kerak.
Ark hosil qilish sharoitidan olingan jadallik bilan vertikal yukni qoplama ishlari uchun eng noqulay holatda kovlab olingan joy oraligʻining 1/4 mos keluvchi maydon boʻyicha taqsimlanishi kerak.
236. Oʻpirilish arki chegaralarida tunnel inshooti ustida mustahkamligi kamroq tuproq bilan kontakt mavjudligida, qoplamaga yukni oʻpirilish arkidan mustahkamligi kamroq tuproq parametrlari boʻyicha, ark hosil qilish qobiliyatiga ega boʻlmagan zaif tuproqlar mavjudligida esa, barcha yuqorida yotgan tuproqlar qalinligining ogʻirligidan belgilanishi lozim.
Zaif tuproq bilan kontakt oʻpirilish arki balandligining birdan uchgacha chegarasida boʻlganda kN/m vertikal yuklama qiymatini quyidagi formula boʻyicha belgilanishi kerak:
(10) formula;
bu yerda:
q1H — oʻpirilish arkidan mustahkamligi kamroq tuproq parametrlari boʻyicha olingan normativ vertikal yuklama yoki tunnel inshooti ustida barcha yuqorida yotgan tuproqlar qalinligining ogʻirligidan yuklama (oʻpirilish arki balandligining ikkidan uchgacha chegarasida ark hosil qilish qobiliyatiga ega boʻlmagan zaif tuproqlar mavjudligida), kN/m;
q1H — tunnelga sigʻuvchi tuproqdan normativ vertikal yuklama, kN/m;
α — oʻpirilish arki balandligidan mustahkamligi kamroq tuproq bilan yoki ark hosil qilish qobiliyatiga ega boʻlmagan zaif tuproq bilan kontakt gacha masofa, m;
h1 — tunnelga sigʻuvchi tuproq oʻpirilish arkining balandligi, m.
237. Togʻ bosimini qoplamaga vertikal taʼsirini aniqlashda, parallel yaqin joylashgan tunnellarni ark hosil boʻlishi mumkinligini, kovlanadigan joylar oʻlchami, ular oʻrtasidagi qazilmaydigan (selekni) koʻtarish xususiyati va ishlarni bajarish usullari inobatga olinishi kerak:
har bir kovlab olingan joy ustida mustaqil oʻpirilish arki hosil boʻlish sharoitida alohida har bir kovlab olingan joy uchun;
kovlab olingan joy ustida umumiy oʻpirilish arki hosil boʻlish sharoitida kovlab olingan joy uchun uning oraligʻi barcha kovlanib boʻlgan joylar ular oʻrtasidagi seliklarning kengligi oraliqlarining miqdoriga teng sifatida.
238. Erkin suvni oʻz ichiga olgan suvga toʻyingan, bogʻlanmagan tuproqlarda tunnel qoplamasiga normativ yuklama qiymatini suvning gidrostatik bosimi va tortilgan holatdagi tuproq bosimining qoʻshma harakati shaklida qabul qilinishi lozim.
Bunda, suvning tortuvchi taʼsirini inobatga olib, tuproqning normativ solishtirma ogʻirligi quyidagi formula boʻyicha belgilanishi kerak:
(11) formula;
bu yerda:
γs — qumli tuproq uchun 26 kN/m (2,6 t/m);
changsimon-gilli tuproq uchun — 27 kN/m (2,7 t/m) teng deb qabul qilinuvchi tuproq zarralarining solishtirma ogʻirligi;
γw — 10 kN/m (1,0 t/m) ga teng deb qabul qilinuvchi suvning solishtirma ogʻirligi;
e — gʻovaklilik koeffitsiyenti.
Gidrostatik bosimning qiymatini suvli gorizontlarni qurish bilan ochilgan eng yuqori prognoz qilinuvchi darajani hisobga olish bilan qabul qilinishi lozim.
239. Tunnel inshooti ustida joylashgan binolarning ogʻirligidan yuklamani bir qavatga 10 kN/m2 (1 t/m2) oʻlchamda ularning qavatliligiga bogʻliq ravishda qabul qilinishi kerak.
240. Tuproq oʻpirilish prizmasi chegarasida binolar va boshqa yer ustidagi inshootlarning joylashishida gorizontal yuklamani ortishi hisobga olinishi lozim.
241. Normativ gorizontal kuchlar aylana shaklidagi qoplamaga taʼsirini aniqlashda oquvchan va plastik konsistensiya loy hamda suvga toʻyingan gruntlarda, foydalanish qilish sharoitida suyultirilgan holatga oʻtadigan gruntlarda yuqorida yotuvchi tuproqning qalinligi ogʻirligidan belgilanuvchi normativ vertikal yukning 0,75 dan koʻp boʻlmagan qiymati qabul qilinishi lozim.
242. Loyli gruntlarda ochiq usul bilan quriluvchi konstruksiyalar uchun yon bosimi SHNQ 2.02.01-19 boʻyicha ilashishni hisobga olish bilan belgilanishi kerak.
243. Konstruksiyalarning oʻz ogʻirligidan normativ vertikal yuk konstruksiyalarning loyiha oʻlchamlari materiallarning solishtirma ogʻirligidan kelib chiqib belgilanishi lozim.
Agar qoplamaning oʻz ogʻirligi vertikal bosimning 5 foizdan kamini tashkil etganda uni hisobga olmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
244. Yuk koʻtarish qobiliyatini yoʻqotish boʻyicha qoplamalar konstruksiyalarini hisoblashlarda doimiy yuklarga ishonchlilik koeffitsiyentlar quyidagi 12-jadvalga asosan qabul qilinishi lozim.
Izoh. Qavslarda koʻrsatilgan ishonchlilik koeffitsiyentini uning foydalanilishi qoplamaning foydasiz yuklanishiga olib kelgan holatda qabul qilish lozim.
245. Qurilish bosqichi uchun konstruksiyalarni mustahkamlik va barqarorlik boʻyicha hisoblashda doimiy yuklar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlari 1 ga teng deb qabul qilish lozim.
246. Ochiq usulda quriladigan inshootlar qoplamasini yer osti suvlarini sathi kelajakda oʻzgarishini hisobga olib, hisoblashga oid yuklamalarni qoplamani suv taʼsirida koʻtarilishini quyidagi formulaga asosan hisoblash kerak:
(12) formula;
bu yerda:
ΣG — 1 ga teng yuklar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlari bilan qalqib chiqishga qarshilik koʻrsatuvchi barcha doimiy yuklarning summasi;
A — inshoot tagining maydoni;
hw — yer osti suvlari darajasidan inshoot tagigacha (beton tayyorlashini hisobga olishsiz) masofa;
γw — 1 t/m ga teng suvning solishtirma ogʻirligi;
γf — 1,2 ga teng deb qabul qilinuvchi yuklar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti.
247. Suv kuchlarini taʼsirida koʻtarilib chiqishni hisoblashlar uchun yer osti suvlarining prognoz qabul qilinishi lozim.
Doimiy yuk koʻtaruvchi konstruksiya sifatida “tuproqdagi devor”ni qoʻllash holatida tajriba maʼlumotlarining mavjudligida konstruksiya va tuproq oʻrtasidagi ishqalanish kuchini hisobga olishga yoʻl qoʻyiladi.
8-§. Vaqtinchalik va maxsus yuklar va taʼsirlar
248. Yerdagi transportdan qoplamaga normativ vaqtinchalik vertikal va gorizontal yuklarning ishonchlilik va dinamik koeffitsiyentlari SHNQ 2.05.03-22 ga asosan qabul qilinishi kerak.
249. Yoʻlovchilar bilan harakatlanuvchi tarkibning har bir oʻqidan rels iziga mazkur SHNQning 2-rasmiga muvofiq normativ vaqtinchalik vertikal yukni 150 kN (15 ts) ga teng deb qabul qilinishi lozim.
2-rasm. Harakatlanuvchi tarkibdan rels iziga yuklash sxemasi, m
250. Markazdan qochma kuch va harakatlanuvchi tarkibning zarblaridan normativ gorizontal koʻndalang yuk, tormozlanish yoki tortish kuchidan boʻylama yuk, shuningdek ushbu yuklarga ishonchlilik va dinamik koeffitsiyentlari SHNQ 2.05.03-22 ga asosan qabul qilinishi kerak.
251. Stansiyalar platformalari, zinapoyalar, eskalatorlar uskuna xonalarining yopma plitalari, kassa zallari va yoʻlovchilarning harakatlanishi koʻzda tutilayotgan boshqa yopma plitalarga vaqtinchalik normativ bir tekisda taqsimlangan yukni 1,4 ishonchlilik koeffitsiyenti bilan 4 kN/m2 (400 kgs/m2) ga teng deb qabul qilinishi lozim.
252. Qurilish jarayonida yuzaga keluvchi qoplamaga vaqtinchalik yuklar kovlab borish, koʻtarish-transport, montaj yoki boshqa uskunaning qoplamaga taʼsiri xususiyatini hisobga olib, ishlarni oʻtkazishning qabul qilingan texnologiyasiga muvofiq belgilanishi kerak.
Qoplamaga shiftli domkratlar bosimidan vaqtinchalik yuk, yuk boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentini 1,3 ga teng deb qabul qilinishi lozim.
253. Boshqa vaqtinchalik yuklar uchun ishonchlilik koeffitsiyentlari yoki spetsifik qurilish konstruksiyalarini loyihalashda hisobga olish lozim boʻlgan taʼsirlar yoki ishlarni oʻtkazish shartlari (statsionar uskunaning ogʻirligi, osma kran uskunasining yuki, beton yotqizishi va siljishliligining taʼsiri va boshqalar)ni SHNQ 2.01.07-21 boʻyicha qabul qilinishi kerak.
254. Tunnel qoplamasiga seysmik taʼsirni 7 ball va undan ortiq seysmiklik bilan rayonlar (zonalar)da quriluvchi inshootlar uchun hisobga olish lozim.
7 ball va undan ortiq seysmiklik bilan rayonlar (zonalar)da joylashgan yer osti inshootlarini loyihalashni SHNQ 2.01.03-19 va SHNQ 2.01.20-16 ga muvofiq bajarish lozim.
9-§. Yer osti inshootlarining konstruksiyalarini hisoblash
255. Yer osti konstruksiyalarining hisoblashlari qurilishda yoki foydalanishda bir vaqtning oʻzida taʼsir qiluvchi alohida elementlarga yoki inshootga yuklar va taʼsirlarning ehtimoliy noqulay birikmalarini hisobga olgan holda oxirgi holatlar boʻyicha bajarilishi kerak.
Konstruksiyalarning loyihaviy sxemalari inshootlarning ish sharoitiga va loyihalanayotgan konstruksiya elementlarining bir-biri va tuproq bilan oʻzaro taʼsirining xususiyatlariga maksimal darajada mos kelishi kerak.
256. Yer osti konstruksiyalarining hisoblashlarini qurilishda yoki foydalanishda bir vaqtning oʻzida taʼsir qiluvchi alohida elementlarga yoki inshootga yuklar va taʼsirlarning ehtimoliy noqulay birikmalarini hisobga olgan holda oʻtkazilishi, bunda quyidagilar koʻrib chiqilishi kerak:
doimiy va vaqtinchalik (uzoq muddatli va qisqa muddatli) yuklar va taʼsirlardan tashkil topuvchi yuklarning asosiy birikmalarini;
doimiy yuklardan, eng ehtimoliy vaqtinchalik yuklardan va maxsus yuklar yoki taʼsirlardan biridan tashkil topuvchi yuklarning maxsus birikmalarini.
Bir vaqtning oʻzida taʼsir qiluvchi vaqtinchalik yuklarni SHNQ 2.01.07-21 ga muvofiq hisobga olinishi lozim.
257. Konstruksiyalarni birinchi va ikkinchi guruhlarning chegaraviy holatlari boʻyicha hisoblab chiqish lozim.
258. Birinchi guruhning chegaraviy holatlar boʻyicha hisoblashlar SHNQ 2.01.07-21 ga koʻra yuk birikmalar uchun ishonchlilik koeffitsiyentlari, yuklar birikmalarining koeffitsiyentlarini qoʻllash bilan yuklarning asosiy va maxsus birikmalari, konstruksiyalar ishlashining sharoitlari koeffitsiyentlari va ular materiallarining mustahkamlik tavsifnomalarining hisoblash qiymatlari, dinamik koeffitsiyentlari hisobga olinishi lozim.
Inshootning uzunligi (prolyot) 9 m dan ortiq va ustiga yopilgan yopma plita ustida 1 m dan kam minimal grunt bilan qayta koʻmilsa koʻprik sxemasi boʻyicha hisoblanishi zarur.
259. Birinchi guruhning chegaraviy holatlar boʻyicha yopiq usul bilan quriluvchi konstruksiyalarni hisoblashda monolit beton va monolit temir-beton qoplamalarida suvsiz grunt yoki suvdan himoyalangan (gidroizolyatsiya) holatda-plastik sharnirlarning eng keskin kesimlarida hosil boʻlishi mumkin.
Yigʻma choʻyan va temir-beton qoplamalar ishlash jarayonida choʻziluvchan bogʻlanishlar-ulangan joyning qayishqoqligi va ularda plastik sharnirlarning hosil boʻlishini hisobga olish kerak.
260. Beton va temir-beton qoplamalarni yaxlit qoplamalar uchun hisoblashda, yigʻma qoplamalar uchun hisoblash sxemasini belgilashda monolit qoplamalar uchun noaniqlikni aks ettiruvchi 0,9 ga teng konstruksiyadagi ishlash sharoitining qoʻshimcha koeffitsiyentidan, yigʻma qoplamalar uchun esa ulangan joylarning deformatsiyaliligidan foydalanish lozim.
261. Ikkinchi guruhni chegaraviy holatlar boʻyicha qoplamalarning hisoblashlari yuklar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlaridan foydalanish bilan yuklarning asosiy birikmalari va konstruksiyaning ish sharoitlari koeffitsiyenti 1 ga teng holat boʻyicha va materiallarni mustahkamlik tavsifnomalarining normativ qiymatlariga asoslanib bajarilishi kerak.
262. Ochiq usul bilan qurilgan qoplamalarni hisoblashda quyidagi talablar hisobga olinishi kerak:
yopma plitalarning temir-beton elementlari uchun vertikal egilgan joylar va yoriqlarning ochilish qiymatlari (bunda, 0,2 mm gacha alohida yoriqlarning uzoq muddatli ochilishining oxirgi qiymatida, 0,3 mm gacha — qisqa muddatli ochilishining oxirgi qiymatida oraliq chegarasidagi doimiy va vaqtinchalik vertikal yuklarning taʼsiridan egilgan joy qiymati 1/200L (L — hisoblash oraligʻining uzunligi) dan oshmasligi);
devorlarning temir-beton elementlari uchun gorizontal egilgan joylar va yoriqlarning ochilish qiymatlari (bunda, 0,3 mm gacha alohida yoriqlarning uzoq muddatli ochilishining oxirgi qiymatida, 0,4 mm gacha qisqa muddatli ochilishining oxirgi qiymatida yer osti inshootlari devorlari uchun doimiy va vaqtinchalik yuklamalarning taʼsiridan egilgan joy qiymati 1/300N dan, rampalar devorlari uchun esa 1/200N (N — devorning hisoblangan balandligi)dan oshmasligi.
263. Yoriqlarga chidamlilikka qoplamalarni hisoblash ushbu SHNQning 39-jadvaliga asosan grunt tomondan yoriqlar ochilishi davomiyligining oxirgi yoʻl qoʻyiluvchi qiymati atrof-muhitning agressivlik darajasiga bogʻliq ravishda amalga oshirilishi lozim.
264. Qoplama ichki yuzasining yoriqlar ochilishi davomiyligining oxirgi qiymati 0,2 mm ni tashkil etishi kerak.
265. Taʼsirlarning tashqi turlariga tunnel konstruksiyalarining hisoblashlarini grunt massivining qarshiligini hisobga olib berilgan yuklamalarga qurilish mexanikasining uslublari yaxlit muhit mexanikasining tahliliy uslublari yoki gruntlarning turi va inshootlarning konstruktiv oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq ravishda tanlab olinuvchi nochiziq kontakt modellar va yaxlit muhitlarning nochiziq modellaridan foydalanish bilan sonli modellashtirish uslublari bilan bajarilishi lozim.
266. Grunt massivining deformatsiya tavsifnomalari (deformatsiya moduli, koʻndalang deformatsiya koeffitsiyenti, elastik qarshilik koeffitsiyenti) va nochiziqli modellardan foydalanish bilan sonli modellashtirish uchun zarur boʻlgan tuproqning fizik-mexanik tavsifnomalari mazkur SHNQning 48-bandi talablariga hamda muhandislik-geologik qidiruv ishlari, dala va laboratoriya tadqiqotlarining maʼlumotlari asosida belgilanishi kerak.
267. Tajriba maʼlumotlari boʻlmaganda qarshilik koeffitsiyenti mazkur SHNQning 13-jadvali boʻyicha qabul qilinishi kerak.
268. Gravitatsion maydon taʼsiri, tektonik va seysmik taʼsirlarga hisoblashlari yaxlit muhit mexanikasining uslublari bilan bajarilishi lozim.
269. Qumli-loyli nam va kam namli tuproqlarda qurilayotgan qoplamalarni hisoblashlarida mustahkamlik va yoriq bardoshlikka yaxlit muhit mexanikasi uslubi bilan takroriy yuklashda grunt deformatsiyasi modulining qiymatidan foydalanish lozim.
270. Konstruksiyalarning dastlabki va tekshirish (rekonstruksiya qilishda) hisoblashlarini konstruksiya materialining chiziqli ishi va grunt massivining dastlabki shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Aniqlashtirilgan hisoblashlarda konstruksiya materialining siljishlilik xossalari va nochiziqli ishlashi hisobga olinishi lozim.
271. Tunnel qoplamalari va tuproq oʻrtasidagi ishqalanish hamda ilashish kuchlarini loyihada zaif tuproqlarda tunnel yotqizish holatlaridan tashqari, tuproq bilan qoplamaga ishonchli kontaktini taʼminlovchi choralar amalga oshirilishi lozim.
Bunda, tuproqqa uzatiladigan urinma kuchlanishlar qiymatlari tuproq uchun oxirgi siljituvchi kuchlanishlarning qiymatlaridan oshmasligi kerak.
272. “Tuproqdagi devor” usulida quriluvchi kotlovanlarning toʻsiqlari va yuk koʻtaruvchi devorlarni loyihalashda SHNQ 2.02.01-19 talablariga amal qilish lozim.
273. Tunnel suvli mayda va changli qumlarda yoki namlanib ketgan bogʻlangan tuproqlarda joylashganda, shuningdek trassa boʻyicha ularning xususiyatlari keskin oʻzgarganda tunnelni elastik asosdagi toʻsin sxemasi boʻyicha hisoblab chiqilishi lozim.
hisoblash oʻtuvchi poyezdining yukidan oʻtkaziladi:
poyezd tezligi 70 km/hgacha boʻlganda dinamik koeffitsiyentni 1 ga teng;
poyezd tezligi 70 km/h va undan ortiq tezlikda — 1,1 deb.
Hisoblash natijalariga koʻra halqalar oʻrtasidagi ulanish joylari mustahkamligining tekshiruvi bajarilishi kerak.
274. Gruntga siqiluvchi qoplamalarni hisoblashlarda ularni oʻrnatish bosqichidagi yuklarning asosiy birikmasida siqilishning toʻliq kuchi va vaqtinchalik qurilish yuklari hisobga olinishi lozim.
Qoplamalarni foydalanish davri uchun siqishning qoldiq kuchi qoplamalar togʻ bosimining normal kuchidan oshgan holatda ishlatiladi.
Bunda, hisoblash siqilmagan qoplamalar uchun boʻlganidek bir xil tarzda amalga oshirilishi kerak.
275. Beton va temir-beton qoplamalar kesimlarining mustahkamligini tekshirish SHNQ 2.03.01-24 ga asosan oʻtkazilishi kerak.
Oxirgi holatlar boʻyicha choʻyanli tunnel qoplamalar kesimlarining mustahkamligini tekshirishni SHNQ 2.03.05-23 ga asosan oʻtkazish lozim.
276. Boltlar bilan tortiluvchi yigʻma qoplama elementlarining ulangan joylarini boltlardagi maksimal kuchlarda mustahkamlik va yoriqqa bardoshlilikka hisoblab chiqish lozim.
Bu kuchlarni 1,25 koeffitsiyent bilan boltli poʻlatning qarshiligi boʻyicha hisoblanishi zarur.
7-bob. Yoʻl va kontakt relsi
1-§. Yoʻl
277. Liniyada elektrlashtirilgan rels yoʻllarini quyidagi 14-jadvalga koʻra poyezdlar harakatlanish tezligi va hisoblash statik yuklari ostiga loyihalanishi lozim.
278. Yoʻllarning barcha elementlari quyidagicha boʻlishi kerak:
belgilangan tezlik bilan poyezdlarning xavfsiz va ravon harakatlanishi;
temir yoʻl izi va yoʻllarning barqarorligi;
elektr rels zanjirlarini izolyatsiya;
yoʻllarni joriy saqlash va taʼmirlashning texnologiyaliligini taʼminlangan.
279. Yoʻllarning konstruksiyalari bir xil turli va taʼmirlashga yaroqli boʻlishi kerak.
280. Liniyadan foydalanishda vujudga keluvchi shovqin va tebranishdan yer ustidagi (yer ostidagi) obyektlarni himoya qilish uchun himoya qilinayotgan obyekt yoʻllarining butun uzunligi boʻylab, shuningdek unga kirish yoʻllarining har tomonidan 150 m uzunlik bilan tebranishdan himoya qiluvchi konstruksiyalardan foydalanilishi lozim.
281. Yoʻl relslarini harakatlanuvchi tarkib elektr taʼminoti tarmogʻida elektr oʻtkazgichlar sifatida poyezdlar harakatini boshqarish va rels iplarining butunligini nazorat qilish qurilmalarida ishlatilishi kerak.
282. Reja va yoʻllar boʻylama profilining parametrlari mazkur SHNQning I-boʻlimi 3-bobiga mos kelishi kerak.
283. Yoʻllarning quyi tuzilishi sifatida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
yer osti qismlarida — mazkur SHNQning 7-jadvali boʻyicha temir-beton yoki monolit betondan tayyorlangan yassi asosi;
yer ustidagi qismlarda — I toifa temir yoʻllar uchun yer polotnosi yoki temir-betondan yassi asosi;
yer ustidagi qismlarda — SHNQ 2.05.03-22 boʻyicha koʻpriklarning temir-beton yoki metall konstruksiyalari (kesishgan yoʻl ustidan oʻtkazilgan koʻndalang yoʻllar, estakadalar).
284. Yer ustidagi uchastkalarni yer polotnosi uchun inobatga olish kerak.
Mazkur SHNQning 15-jadvali boʻyicha ballast prizmasi ostida qumlardan (mayda va changsimonlardan tashqari) himoya qatlami boʻlishi lozim.
Himoya qatlami yon bagʻirlarining tikligi 1:2 boʻlishi zarur.
Yer polotnosidan yuza va yer osti suvlarini boshqa tomonga chiqarib yuborish kerak.
Yer polotnosi yon bagʻirlari mustahkamlanishi zarur.
285. Yoʻllarning yuqori tuzilishi sifatida tashkil etilgan relslar, relsli mahkamlashlar, strelkali oʻtkazgichlar, bir-birini kesishgan syezdlar, rels osti asosi, yoʻl beton yoki suvni boshqa yoqqa burib yuborish qurilmasi bilan ballast qatlami inobatga olinishi lozim.
286. Yoʻllarning yuqori tuzilishi quyidagi 16-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.
Izohlar:
1. “S” harfi bilan eski yilgi relslarnig turlari belgilangan.
2. Rels osti asoslarning soni koʻrsatilgan: chiziq ostida — 1200 m va undan katta radiusli toʻgʻri va egri qismlarda, chiziq ostida — 1200 m dan kam radius bilan egri qismlarda.
3. Rels osti asosining turi (daraxt, kompozitsiya material, temir-beton) texnik topshiriqqa asosan qabul qilinadi.
4. Yotiq toʻsinlar yoʻllar boʻylab joylashtirilishi hamda har bir yotiq brusda kamida toʻrtta oraliq relsli mahkamlashlar boʻlishi zarur.
5. Ogʻir turdagi relslar buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha asosiy yoʻllarda qoʻllaniladi.
287. Yoʻl izi radiusi 1200 m va undan katta toʻgʻri va egri qismlarda rels kallaklarining ichki qirralari oʻrtasidagi kengligining nominal oʻlchami 1520 mm boʻlishi kerak.
Yoʻllarning barcha egri qismlarida temir yoʻl izining kengligi quyidagicha boʻlishi kerak:
1199 dan 601 m — 1524 mm;
600 dan 400 m gacha — 1530 mm;
399 dan 125 m gacha — 1535 mm;
124 dan 100 m gacha — 1540 mm;
100 m dan kam - 1544 mm radiusda.
Toʻgʻri va egri qismlarda temir yoʻl izi kengligining normasidan ogʻishlar 2 mm dan oshmasligi kerak.
288. Yoʻllarning egri qismlarida temir yoʻl izi kengligini quyidagicha qabul qilish lozim:
asosiy yoʻllarning ikki yoʻllik qismida yoʻl oraligʻining kengligi 6,5 dan kam boʻlganda — yoʻl oraligʻining ajratuvchi oʻqi boʻyicha egri chiziqning radiusiga bogʻliq ravishda ikkala yoʻllar uchun bir xil;
asosiy yoʻllarning boshqa qismlarida, shuningdek stansiyali va ulanish yoʻllarida — oʻtish egri chizigʻining mavjudligida yoʻllar ajratuvchi oʻqi boʻyicha egri chiziqning radiusiga bogʻliq ravishda va oʻtish egri chizigʻining yoʻqligida yoʻllar oʻqi boʻyicha egri chiziqning radiusiga bogʻliq ravishda alohida har bir yoʻllar boʻyicha.
289. Asosiy yoʻl relslari radiusi 300 m va undan ortiq boʻlgan toʻgʻri va egri yer osti qismlarida uzunligi 300 m dan koʻp boʻlmagan rels pletlariga mazkur SHNQning 17-jadvali talablari boʻyicha payvandlanishi kerak.
290. Asosiy yoʻl relslari radiusi 300 m va undan ortiq boʻlgan toʻgʻri va egri yerda va yer ustki boʻlimlarda 300 m dan ortiq uzunligi bilan rels pletlariga payvandlangan boʻlishi kerak.
Yer ustki qismining rels pletlari maksimal uzunligi 800 m ga yetishi mumkin.
Yer ustida joylashgan pletning maksimal uzunligi konstruksiya uzunliklariga, koʻprikning tayanch qismlarini joylashtirish sxemalariga, yillik harorat oʻzgarishiga bogʻliq boʻlishi lozim.
291. Rels pletlariga relslarning payvandlashini elektr kontakt yoki alyumin termit usuli bilan amalga oshirish lozim.
292. Liniyalarning yer ustidagi qismlarida koʻprik turidagi kontrrelslar yoki kontrburchaklar koʻrinishidagi qoʻriqlash moslamalarini loyihalash lozim.
293. Yoʻllarning yer ustidagi qismlarida koʻprik turidagi kontrrelslar yotqiziluvchi relslarning turiga mos kelishi va har bir yoʻllarning ikkala relslari boʻylab temir yoʻl izi ichida oʻrnatilishi kerak.
Kontrrelslar sifatida eski yilgi relslardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
294. Metalldan qurilgan koʻprik harorat oraligʻi 100 m dan ortiq boʻlganda, unga oʻrnatilgan relslarni choʻzilishini kompensatsiyalash uchun aylanma elektr ulagichlar bilan yotqiziluvchi relslarning turiga muvofiq keluvchi tenglashtirish moslamalari qoʻllanilishi lozim.
295. Oraliq rels mahkamlanishlari quyidagicha boʻlishi kerak:
yoʻllarning pastki tuzilmasi, tunnel qoplamasi, yoʻl beton qatlami, temir-betonli rels osti asosidan relslarning elektr izolyatsiyasi ushbu SHNQning I-boʻlimi 21-bobiga muvofiq;
yoʻlning beton qatlamida yotqizilgan rels osti asosda balandligi boʻyicha ularning holatini rostlash va relslarni tezda almashtirish imkoni.
Yogʻoch rels osti asosga oʻrnatiluvchi mahkamlanishlarni rels ostligi va yoʻl shuruplari bilan hisobga olish kerak:
kuzatish ariqchalari chegarasidan tashqaridagi yer osti qismlariga va yoʻl beton qatlamiga yotqizilgan rels osti asosdagi yer ustidagi qismlarga — elastik yoki relsni boʻsh mahkamlash va elastik qistirmalari bilan boʻlingan turi;
kuzatish ariqchalari chegarasidagi yer osti qismlarida boʻlinmagan turi;
ballast qatlamiga yotqizilgan rels osti asosdagi yer ustidagi qismlarga asosiy yoʻllarga boʻlingan turi, stansiya va ulanish yoʻllarga boʻlingan yoki boʻlinmagan turi;
har bir tomonidan 200 m boʻyicha uzunlik bilan yer ustidagi qismlar va ularga kirish yoʻllari va ushbu qismlarda joylashtirilgan strelkali oʻtkazgichlarda-rels osti asosi, yoʻl shuruplari va koʻprik turidagi kontrrelslar mahkamlanishlarining oraliq shurup mahkamlanishlaridan rels qistirmalarini elektrizolyatsiya qilishni taʼminlash bilan boʻlingan turi.
296. Yoʻl beton qatlamiga yotqiziluvchi rels osti yogʻoch asosda 400 m va undan kam radius bilan asosiy yoʻllarning egri yer osti va yer ustidagi qismlarida uzaytirilgan sakkiz teshikli rels ostligi bilan oraliq mahkamlanishlari qisman qoʻllanilishi lozim.
Boltli relsning ulangan joylarini mazkur SHNQning I-boʻlimi 21-bobiga koʻra elektr oʻtkazuvchi yoki izolyatsiya qiluvchi boʻlishi kerak.
297. Boltli relsning ulangan joylari elektr oʻtkazuvchanligi taʼminlanishi uchun quyidagilar qoʻllanilishi lozim:
yer osti va yer ustidagi yopiq (yerdagi) qismlarda bir yoʻlning ikkala relslaridagi tigʻiz paytlardagi samarali tortish toki 1500 A dan oshmaganda — grafit moylashi yoki tarelkasimon prujinalar;
tortish toki 1500 A dan oshganda — grafit moylashi bilan elektr ulagichlar birga yoki tarelkasimon prujinalar;
alohida holatlarda ochiq yer ustidagi (yerdagi) qismlarda — tarelkasimon prujinalar, elektr ulagichlar bilan birgalikda;
strelkali oʻtkazgichlarda va bir-birini kesishgan syezdlarda — elektr ulagichlar.
298. Boltli rels ulangan joyining elektr qarshiligi 1 m uzunlikdagi butun relsning qarshiligidan ortiq boʻlmasligi kerak.
299. Elektr oʻtkazuvchan boltli relsning ulangan joylaridagi tirqish (zazor)larning qiymati quyidagi 17-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.
* Relslarning salbiy haroratlari “-” belgisi bilan koʻrsatilgan.
300. Izolyatsiya qiluvchi boltli relsning ulangan joylarida polimer zulfin (nakladka)lardan yoki yelim bolt turidan foydalanilishi lozim.
301. Yoʻllarning strelkali oʻtkazgichlari va bir-birini kesishib oʻtgan tushishlari yotqiziluvchi relslarning turiga muvofiq kelishi va 1:9 va 2:9 markalaridagi krestovinalarga ega boʻlishi kerak.
302. Toʻgʻri yoʻnalishda ketayotgan poyezdlar uchun sherstga qarshi joylashuvchi strelkali oʻtkazgichlarning yoʻldan yoʻlga oʻtish uchun oldidagi asosiy yoʻllarga otboyniy brus uchun toʻsinlar oʻrnatilishi lozim.
303. Toʻsinlar poyezdlarning harakatlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar, stansiya yoʻllariga strelkali oʻtkazgichlarning ostryaklari va bir-birini kesishib oʻtgan syezd izlar oldidan oʻrnatilishi kerak.
304. Strelkali oʻtkazgichlar va bir-birini kesib oʻtgan syezd izlarni yotqizish joylari yaqinidagi yer osti va yopiq yer ustidagi va yerdagi qismlarda surib qoʻyishlarning metall qismlari va syezd izlarni saqlash uchun relslarning kallaklari darajasida maydonchalar boʻlishi lozim.
305. Ochiq yer ustidagi va yerdagi qismlarda joylashuvchi hamda elektr markazlashtirishiga kiritiluvchi strelkali oʻtkazgichlarga bir-birini kesishib oʻtgan syezdlar avtopnevmohavo (avtopnevmoobduv) yuborish qurilmalari yoki loyihalash topshirigʻiga asossan elektr isitish qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.
306. Rels osti asosi sifatida quyidagilar inobatga olinishi kerak:
GOST 22830-77 ga muvofiq yogʻoch shpallar va yogʻoch qisqa shpallar;
GOST 8816-2014 ga muvofiq strelkali oʻtkazgichlar va bir-birini kesishib oʻtgan syezd izlar uchun yogʻoch toʻsinlar.
Yogʻoch rels osti asoslari elektr tokini oʻtkazmaydigan zararsizlantiruvchi vosita bilan shimdirilishi kerak.
307. Rels osti asosni yotqizish uchun quyidagilar hisobga olinishi kerak:
temir-beton yoki monolit betondan yassi asosda tashkil etilgan suvni boshqa yoqqa yuborish qurilmasi bilan yoʻl beton qatlami yoki ballast qatlami;
yer polotnosida — ballast qatlami;
koʻprik konstruksiyalarida — ballast qatlami;
strelkali oʻtkazgichlarda va bir-birini kesishib oʻtgan syezdlarda — ballast yoki beton qatlami.
308. Yoʻl beton qatlamida yotqizilayotgan rels osti yogʻoch asosni yuqori qatlami bilan pastga, ballast qatlamidagi yotqizilayotgan rels osti yogʻoch asosni esa yuqori qatlami bilan yuqoriga joylashtirilishi kerak.
309. Stansiyalar platformalari chegarasidagi asosiy yoʻllarda yogʻoch qisqa shpallarning uzunligini 0,9 m ga teng, kuzatish ariqchalari chegarasida stansiya yoʻllariga 0,75 m, rels osti asos turi texnik yoʻriqnomalarga muvofiq qabul qilish lozim.
310. Yoʻlga yotqizishda arralanuvchi yogʻoch shpallarning uchlari, shuningdek yogʻoch rels osti asosda yangidan parmalab teshilgan shurup teshiklari elektr tokini oʻtkazmaydigan zararsizlantiruvchi vosita bilan uch marta surilishi kerak.
311. Yoʻl beton qatlami uchun SHNQ 2.03.01-24 boʻyicha siqishga mustahkamligi boʻyicha V 15 dan past boʻlmagan sinfdagi beton, ballast qatlami uchun esa GOST 7392 boʻyicha 25 dan 60 mm gacha fraksiyalar temir yoʻllarining ballast qatlami uchun zich togʻ jinslaridan shagʻal qoʻllanilishi lozim.
312. Eng koʻp va eng kam oʻlchamdagi fraksiyalarning shagʻaldagi tarkibi shagʻal umumiy ogʻirligining 5 foizdan oshmasligi, shuningdek changsimon zarralar 1 foizdan koʻp boʻlmasligi kerak.
313. Yoʻl beton qatlamining koʻndalang profili relslar va oraliq rels mahkamlanishlaridan suvni boshqa yoqqa yuborishni taʼminlashi kerak.
314. Ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtishlar va stansiyalarda suv chiqarish novining (lotok) kengligi (maydoni) oʻzgarishini, rels osti asosining konstruktiv xususiyatlariga qoʻyiladigan talablarni hisobga olgan holda, novni (lotok) toʻldiradigan barcha manbalarni inobatga olib, hisob-kitob qilingan miqdordan kam boʻlmasligi kerak.
315. Shagʻal asosli yoʻllar bilan yoʻl tunnellarida 200 mm diametrli ikkita quvurlar boʻyicha, tor sharoitlarda yoʻl osti betonida joylashgan 150 mm diametrli uchta quvurlar boʻyicha oʻz-oʻzidan oqadigan suvni boshqa yoqqa yuborish bilan panjaralar bilan traplar va quduqlar orqali suv qabul qilishni inobatga olish kerak.
316. Traplar va quduqlar oʻrtasidagi masofa 20 m dan oshmasligi lozim.
317. Traplar va quduqlarni tozalash uchun imkoni boʻlgan joylarda joylashtirish lozim.
318. Tunnellarda shagʻal asosni yotqizish uchun ballast qatlamining kengligini kamida 3,1 m (yoʻllarning oʻqiga nisbatan) deb qabul qilish lozim.
319. Ballast qatlamining asosi suvni boshqa yoqqa yuborishni tashkil etishi uchun qatlamning markaziga qiyalashtirishni yaratuvchi M100 sement-qum qorishmasidan nishabga boʻlishi kerak.
320. Bir yoʻlli ochiq yer ustidagi qismlarda yuqorisi boʻyicha ballast prizmasining kengligi quyidagicha qabul qilinishi lozim:
asosiy yoʻllarga — kamida 3,6 m;
stansiya va ulanish yoʻllariga kamida — 3,4 m.
600 m dan kam radius bilan asosiy yoʻllarning egri qismlarida tashqi tomondan ballast prizmasining kengligi 0,1 m ga oshirilishi lozim.
321. Ballast prizma yonbagʻirlarining tikligi 1:1,5 boʻlishi kerak.
322. Ballast prizmasining yuzasi temir-beton shpallari oʻrta qismining yuqorisi bilan bir darajadagi yogʻoch rels osti asosning yuqori qatlamidan 3 cm pastroq boʻlishi kerak.
323. Yogʻoch rels osti asosi ostidagi yoʻl beton va ballast qatlami eng kam qalinligini quyidagi 18-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
Izoh. Chiziq ustidagi ballast qatlamining qalinligi — asosiy yoʻllarga, chiziq ostida stansiya va ulanish yoʻllariga.
324. Temir-beton shpallari ostidagi ballast qatlamining qalinligi rels osti yogʻoch asos ostidagiga qaraganda 5 cm ga koʻproq qabul qilinishi lozim.
325. Haqiqiy oʻlchamlardagi yoʻl qoʻyiluvchi ogʻishlar mazkur SHNQning 2-ilovasida keltirilgan talablarga asosan hisoblanishi kerak.
2-§. Kontakt relsi
326. Elektrlashtirilgan yoʻllar quyi tok olishli kontakt relslar bilan jihozlanishi kerak.
Kontakt relsni elektrizolyatsiyalangan himoya qutisi bilan yopish lozim.
327. Kontakt relsni poyezdlarning harakatlanish yoʻnalishi boʻyicha chap tomondan, alohida qismlarda esa oʻng tomondan joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
328. 200 m dan kam radius bilan yoʻllarning egri yer osti qismlarida kontakt relsni egrining tashqi tomonidan, yer osti stansiyalarining orol va xizmat platformalarining chegaralarida platforma ostida joylashtirilishi lozim.
329. Kontakt relsini mahkamlash qurilmasi quyidagicha boʻlishi kerak:
kontakt relsini yoʻllarning yuqori tuzilishi va tunnel qoplamadan elektr izolyatsiyasi;
kontakt relsining holatini rostlash imkoniyati;
kontakt relsiga elektr taʼminoti qurilmalarini ulash imkoniyati;
rels osti asos va yoʻl betonga kontakt rels kronshteynlarining mahkamlangan.
330. Kontakt relsini mahkamlash uchun kronshteynlar oʻrtasidagi masofa 4,5 m dan 5,4 m gacha qabul qilinishi lozim.
331. Kronshteynlar oʻrtasidagi masofani 2,25 m dan 2,7 m gacha oraliqda kamaytirilishi lozim:
boʻylama qiyalik bilan asosiy yoʻllar qismlarida kamaytirilishi 40% dan ortiq;
radius bilan rejadagi egri qismlarda kamaytirilishi 400 m ga.
332. Kontakt relsni loyihaviy uzunligi elektr kontakt usulida payvandlash lozim.
333. Payvandlangan rels qismlarni uzunligi (plet) quyidagicha boʻlishi kerak:
tunnel portalidan 200 m dan ortiq masofada joylashgan yer osti qismlarida 3000 A gacha tortish tokida — 100 m, 3000 A dan ortiq tortish tokida — 75 m;
tunnel portalidan 200 m dan kam masofada joylashgan yer osti qismlarida, yer usti va yerdagi qismlarda — 37,5 m.
334. Payvandlangan bogʻlama (plet)larning ulanish joylarida haroratli ulanish hosil qilinishi lozim.
335. Harorat ulangan joyining elektr qarshiligi 1,25 m uzunlik bilan kontakt relsining butun qismi qarshiligidan koʻp boʻlmasligi kerak.
336. Harorat ulangan joylardagi tirkishlar quyidagi 19-jadval boʻyicha qabul qilinishi lozim.
* Relslarning salbiy haroratlari “-” belgisi bilan koʻrsatilgan.
337. Kronshteynlar tutash harorat ulangan joylari oʻrtasidagi masofa 2,5 m dan ortiq boʻlmasligi lozim.
338. Kontakt relsni uning uzunligidan qatʼiy nazar payvandlash bogʻlamasiga (plet) toʻrtta vagon gʻildiraklarining aylanish taʼsiridan relslarning vagon yurgan tomonga koʻra siljishiga qarshi moslamalar mahkamlanishi kerak.
339. Asosiy yoʻllarga 30%dan ortiq boʻlmagan boʻylama qiyalikda joylashgan va payvandlash bogʻlamasining (plet) oʻrtasidagi stansiyalarning platformalari chegarasida vagon gʻildiraklarining aylanish taʼsiridan relslarning vagon yurgan tomonga qarab siljishiga qarshi juft kronshteynlar qoʻshimcha tarzda inobatga olinishi lozim.
340. Kontakt tarmogʻini boʻlaklash (seksiyalashtirish), strelkali oʻtkazgichlar, bir-birini kesishib oʻtgan syezd izlar joylashgan joylarga, kontakt relsini yotqizish zonasida joylashtiriluvchi tenglashtirish moslamalari va uskunalariga kontakt relsining havo oraliqlari hisobga olinishi kerak.
341. Asosiy yoʻllar kontakt relsiga havo oraliqlarini qurish joylarida 1:30 (qabul qiluvchi uchi) va 1:25 (beruvchi uchi), stansiyali va ulanish yoʻllarga — 1:25 qiyalik bilan uch tarmoqlari hisobga olinishi lozim.
342. Bitta yoʻlovchi vagonining tok qabul qilgichlari bilan bekitiluvchi kontakt relsi tarmoq metall uchlari oʻrtasidagi masofa 10 m dan oshmasligi hamda vagon tok qabul qilgichlari bilan berkitilmaydigan kontakt relsi tarmoq metall uchlari oʻrtasidagi masofa 14 m dan kam boʻlmasligi kerak.
343. R50 ga qaraganda ancha ogʻir turdagi relslar bilan yoʻllar qismlarida bitta yoʻlovchi vagonining tok qabul qilgichlari oʻrtasidagi masofa kamida 12 m boʻlishi kerak.
Kontakt rels havo oraligʻi chegarasida oʻrnatiluvchi uskunani tarmoq metall uchidan kamida 0,8 m masofada joylashtirilishi lozim.
344. Tarmoq uchlari bilan kontakt relsining uzunligi kamida 18,7 m boʻlishi kerak.
345. Tor sharoitlarda, kontakt relsini yotqizish zonasida hamda uskunani joylashtirish zaruratida uch tarmoqlari bilan kontakt relsining uzunligini har bir kronshteynga vagon gʻildiraklarining aylanish taʼsiridan relslarning vagon yurgan tomonga qarab siljishiga qarshi uni mahkamlash bilan kamida 12,5 m qabul qilinishi kerak.
346. Yoʻlning ochiq (estakada yoki yer usti) qismlarida, kontakt relsning konstruktiv uzunligi 2000 m dan ortiq boʻlganda, haroratli oʻzgarishlarni kompensatsiya qilish uchun toʻgʻri qismlarda harakatlanuvchi tarkib tomonidan elektrli berkitiladigan kontakt relsining uzilishlari tashkil etilishi lozim.
347. Harakatlanuvchi tarkib aylanishi zonasi ortida joylashtiriluvchi stansiya yoʻllarning kuzatuv ariqchasi chegarasida kontakt relsining uzunligini mazkur SHNQning 344, 345-bandlari boʻyicha qabul qilish kerak.
348. Yoʻl relslari va kontakt relsi vagon gʻildiraklarining aylanish taʼsiridan relslarning vagon yurgan tomonga qarab siljishiga qarshi mahkamlangan boʻlishi lozim.
349. Yoʻllar boʻylab yoʻl va signal belgilarini oʻrnatilishi inobatga olinishi kerak.
350. Strelkali oʻtkazgichlarda va bir-birini kesishib oʻtgan syezdlarda (poyezdlarni yoʻnalishini oʻzgartirish inshooti) izlar oldida chegara reykalari (chegara ustunlari) oʻrnatilishi kerak.
351. Yoʻllarni qurishda loyiha hujjatlari yoʻllarning elementlari haqidagi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
piketlar va yoʻl reperlarining balandlik belgilarini;
piketlar va reja elementlari va yoʻllar oʻqi boʻylama profili, rels iplari va rels ulangan joylarining geometrik parametrlarini.
352. Yoʻllarning yuqori tuzilishi va kontakt relsining hisoblashlarini quyidagi relslar harorat oʻzgarishi intervallaridan kelib chiqib bajarilishi lozim:
tunnel portalidan 200 m dan koʻp masofada joylashgan yer osti qismlarida, — 0 dan 30 °S gacha;
tunnel portalidan 200 m dan kam masofada joylashgan yer osti qismlarida, yer ustidagi va yerdagi qismlarda — texnik talablar boʻyicha.
353. Kontakt rels harakatlanuvchi tarkibini qulay koʻzdan kechirish uchun TXKPni stansiya yoʻllarga xizmat platformasi tomonidan joylashtirish lozim.
354. Kontakt relsining uzunligi xizmat platformasining uzunligiga muvofiq kelishi, TXKP xonalariga va ariqlarga tushishga xavfsiz oʻtishni taʼminlashi kerak.
8-bob. Ventilyatsiya, konditsiyalash, issiqlik taʼminoti, isitish
1-§. Umumiy talablar
355. Yer osti inshootlari, tunnel ventilyatsiyasi, mahalliy ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi va bu tizimlar havoni mexanik qoʻzgʻatish tizimlari bilan jihozlanishi lozim.
356. Ventilyatsiya tizimlari inshoot va xonalarda normalashtirilmaydigan havo almashinuvi va harakati tezligini taʼminlashi kerak.
357. Mahalliy ventilyatsiya yer osti va yer ustidagi ishlab chiqarish, maishiy va boshqa xonalar uchun ham hisobga olinishi lozim.
358. Yilning sovuq va oʻtish davrlarida stansiyalarning xonalarida kiruvchi havoni isitish yoki qizdirish yoki/va xonalarning joylashuv joyi hamda havo olishga bogʻliq ravishda kiruvchi havoni isitish va qizdirilishi inobatga olinishi kerak.
Yilning issiq davri uchun esa kiruvchi havoni sovitishni hisobga olinishi lozim.
359. Kiruvchi havo yer yuzasidan beriluvchi xonalar uchun tashqi havoning hisoblash harorati va issiqlik saqlashini havo kanallari boʻyicha uning oʻtishida parametrlarning oʻzgarishini hisobga olgan holda SHNQ 2.01.01-22 ga koʻra qabul qilish lozim.
360. Kiruvchi havo tunnellardan beriluvchi yer osti xonalari uchun havo haroratini tunnel ventilyatsiyasining qabul qilingan sxemasini hisobga olgan holda tunnelning tegishli qismida hisoblash qiymatiga teng deb qabul qilinishi kerak.
361. Yer ustidagi xonalar, binolar va boshqa inshootlar SHNQ 2.04.05-22 ga asosan loyihalanishi lozim.
362. Issiqlik tarmoqlariga ulanish va tashqi issiqlik tarmoqlari SHNQ 2.04.07-22 ga asosan loyihalanishi kerak.
363. Ikkilamchi energiya resurslari sifatida isitish ehtiyojlari uchun ventilyatsiya tizimlari tomonidan yoʻq qilinuvchi havo, shuningdek ishlab chiqarish qurilmalarining issiqlik va sovuqlik tashuvchilaridan foydalanilishi lozim.
364. Stansiyalar xonalari va ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellarida tovush bosimining yoʻl qoʻyiladigan darajalari ushbu SHNQning 36-jadvaliga koʻra qabul qilinishi lozim.
365. Shovqinni soʻndirish materiallari sifatida metropoliten inshootlarida foydalanish sharoitlariga muvofiq sintetik va boshqa materiallarga ega boʻlgan konstruksiyalar, gʻovak beton bloklar ishlatilishi kerak.
366. Liniyalarning yer osti va yopiq yer usti qismlarini telemetrik (masofadan oʻlchash) tizimi bilan jihozlash kerak.
367. Havoning quyidagi parametrlari nazoratga olinishi lozim:
stansiyalar markazida;
stansiyalarning vestibyullarida (kassa zallarida);
stansiyalar oʻrtasidagi oʻtish joylarining markazida;
yoʻlovchilarning jamlangan joylarida;
TVQ ventilyatsiya kioskalarida, stansiya va ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) TVQ oʻrtasidagi ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) markazi boʻyicha va agar ularning soni ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon)da bittadan koʻp boʻlsa, TVQ oʻrtasidagi markaz boʻyicha SO (mg/m), nisbiy namlik.
Qismlarda portlash xavfi va zaharli gazlar boʻlgan gazli geologik qatlamlarning kesishgan joylari, avtomobillarga yoqilgʻi qoʻyish shoxobchasi va sanoat korxonalariga yaqin joylashgan gaz va neft quvurlari, TVQ uskuna xonalarida telemetrik tizim bilan jihozlanishi kerak.
368. Tunnel ventilyatsiyasida yongʻin sodir boʻlganda, boshqa muhandislik-texnik chora-tadbirlar bilan birgalikda yongʻinning xavfli omillaridan odamlarni evakuatsiya qilishning samarali himoyasi taʼminlanishi lozim.
369. Ventilyatsiya qurilmalarning konstruksiyalari chang, mikroorganizmlarning xizmat koʻrsatish xonalarida tarqalishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
370. Havoni yuborish-tortish qurilmasi kanallari va changni toʻplashga qurilmalarning boshqa elementlari ichki yuzalarni tozalash imkoniyati uchun moslamalarga ega boʻlishi kerak.
371. Ventilyatsiya qurilmalarda tizimlarning samaradorligini oʻlchash imkoniyatini taʼminlash uchun qurilmalar inobatga olinishi lozim.
372. Havo kiritish va havo chiqarish kioskalarini havodagi zararli moddalar va changlarning eng past konsentratsiyasiga ega boʻlgan joylarda, mavjud yoki maxsus yaratilgan yashil joylar (daraxt va butalar hududlari)da joylashtirish kerak.
373. Tunnel ventilyatsiya qurilmalarining yerdagi kiosklaridan magistral koʻchalar va yoʻllar, avtotransport vositalarining ochiq va yopiq toʻxtash joylari, savdo joylari hamda bino va inshootlarning derazalarigacha masofa kamida 25 m boʻlishi lozim.
Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari, neft va neft mahsulotlari, yonuvchan gazlar, yogʻoch materiallari omborlari, gaz va neft quvurlari, neftni qayta ishlash va kimyo sanoati obyektlarigacha boʻlgan masofa esa 100 m boʻlishi kerak.
374. Havo kiritish va havo chiqarish qurilmalarining joylashtirish joylaridagi zararli moddalar konsentratsiyasini fon konsentratsiyalarini hisobga olgan holda YQCHKdan oshmaydigan qiymatlargacha koʻrsatilgan masofada kamaytirilishi kerak.
375. Tor shahar inshoot solish sharoitlarida ham havo kiritish ham havo chiqarishga ishlaydigan foydalanishning doimiy rejimida ventilyatsiya qurilmalarning kioskalarini yoʻlning qatnov qismidan 25 m dan kam hamda gaz va neft quvurlaridan 100 m dan kam masofada joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda ventilyatsiya kioskaning holati mazkur SHNQning 403, 404, 405-bandlari talablarini bajarish shartida va yer osti kommunikatsiyalariga nisbatan inshootlarni joylashtirish boʻyicha bosh reja talablariga asosan boʻlishi kerak.
376. Binolarga ichiga qurilgan yoki binodan normalangan qiymatdan kam masofada joylashtirilgan tunnel ventilyatsiyasining havo kiritish va havo chiqarish teshiklarini bino eng yuqori qismining tomi ustidan kamida 2 m balandlikda joylashtirilishi lozim.
377. Stansiya qurilmalari kioskalarining tutun chiqarish rejimida ishlash vaqtida joylashishi yoʻlovchilar va xodimlarni evakuatsiya qilishga toʻsqinlik qilmasligi kerak.
378. TVQ va MVQ ventilyatsiya kioskalarini stansiyalar yer usti vestibyulining ichiga qurilgan yoki boshqa binolar yoniga qurilgan holda alohida turgan qilib joylashtirilishi lozim.
379. Kioskalarning havo kiritish va havo chiqarish teshiklarini olib tashlanuvchi havo retsirkulyatsiyasini istisno etadigan masofada joylashtirilishi lozim:
TVQ uchun — gorizontal boʻyicha 25 m;
vertikal boʻyicha — hisob-kitob boʻyicha, biroq kamida 6m;
MVQ uchun — 10 m gorizontal boʻyicha va 6 m vertikal boʻyicha.
380. Kioskalar teshiklarining pastidan yer yuzasigacha boʻlgan masofani kamida 2 m (vaqti-vaqti bilan suv bosadigan joylar uchun — suv bosish darajasidan yuqori) qilib qabul qilinishi lozim.
381. Kioskalarning havo kiritish va havo chiqarish teshiklaridagi panjaralar konstruksiyasi atmosfera yogʻinlarining tushishini istisno qilishi kerak.
Panjaralarning ichki tomonidan 20×20 mm katak (toʻr) bilan metall toʻr mahkamlanishi lozim.
382. Kioskalarga kirishlar yer sathidan 0,2 m balandlik bilan ostonaga ega boʻlishi lozim.
383. Kioskalarda mazkur SHNQning 1139-bandiga muvofiq qoʻriqlash signalizatsiyasiga boʻlishi lozim.
TVQ kioskalarida yuk koʻtarish quvvati kamida 1 tonna boʻlgan toʻsinlar boʻlishi kerak.
384. Ventilyatsiya qurilmalarida uning qulay va xavfsiz foydalanishini taʼminlaydigan uskunalar, maydonchalar, montaj oʻrinlari, yuk koʻtarish qurilmalari va uni ventilyatsiya kioskalar va ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellar orqali tashish uchun mexanizatsiyalashning boshqa vositalari hisobga olinishi lozim.
385. Qurilmalarning yuk koʻtarish qobiliyati va oʻlchamlari uskuna elementining eng katta ogʻirligi va oʻlchami boʻyicha tashish sharoitlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinishi lozim.
386. Ventilyatorlarga xizmat koʻrsatish zonalari, oʻrnatish oʻrinlarining oʻlchamlari va yuk koʻtarish qurilmalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
2-§. Tunnel ventilyatsiya va konditsionerlash
387. Tunnel ventilyatsiyasini yer osti va yer usti yopiq stansiyalarning yoʻlovchi xonalari, stansiyalar orasidagi oʻtkazish yoʻlaklari, ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) va boshi berk tunnellar, ulanish tarmoqlari tunnellari hamda liniyalarning yer usti yopiq qismlari uchun hisobga olinishi kerak.
388. Tunnel ventilyatsiyasi tizimini loyihalashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
ushbu SHNQning I-boʻlim 17-bobi boʻyicha inshootlarda mikroiqlim va havo tarkibining normalashtirilgan parametrlari;
shaharning normalashtirilgan meteorologik sharoitlari;
liniyani joylashtirishning gidrogeologik sharoitlari;
atrofdagi tuproqlarda issiqlik va oltingugurt suvlarining mavjudligi;
atrofdagi tuproqlardan radon, metan va boshqa gazlarning ajralishi;
kiruvchi havo miqdorining yoʻq qilinganlariga qaraganda 15 foiz — 20 foizga koʻpligi;
tunnel ventilyatsiyasi bilan xizmat koʻrsatiluvchi yoʻlovchi va boshqa xonalarning ichki hajmi boʻyicha soatiga kamida uch marotaba havo almashinuvini taʼminlash;
har bir yoʻlovchiga kamida 30 m/h tashqi havoni uzatish;
mazkur SHNQning I-boʻlim 17-bobiga muvofiq tunnel va yoʻlovchi xonalari havosidagi zararli moddalarning maksimal yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyalarini taʼminlash;
atrofdagi tuproqlar haroratining minimal oʻsishida harorat va havoning nisbiy namligining yoʻl qoʻyiluvchi parametrlari bilan taʼminlovchi yillik issiqlik balansi;
stansiyalar yoki tunnelda yongʻin sodir boʻlganda tutunni majburiy haydab chiqarish tizimi;
kelgusida roʻy berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar, shuningdek salbiy omillarga olib kelishi ehtimollari mavjud taʼsiri;
ventilyatsiya agregatlarning ishlash vaqtida yuzaga keladigan shovqin va tebranishlarni kamaytirish uchun qurilmalardan foydalanish;
harakatlanuvchi tarkib harakatidan havo tezliklarini maksimal kamaytirish.
389. Asoslashda havo miqdorini uch karra havo almashinuvini taʼminlamasdan zararli moddalar YQCHK va mikroiqlimning normalashtirilgan parametrlarini qoʻllab-quvvatlash sharoitlaridan tunnel ventilyatsiya tizimi bilan uzatiluvchi havo miqdorini qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
390. Ventilyatsiya sxemalari bir yoʻnalishli yoki reversiv (yoʻnalishni oʻzgartirish) boʻlishi kerak.
Bir yoʻnalishli sxemada yil davomida tashqi havo haydash tunnellariga yoki stansiyalarga uzluksiz beriladi.
Reversiv sxemada esa mavsumga koʻra tashqi havo haydash tunnellariga yoki stansiyalarga berilib, tegishlicha stansiyalardan yoki haydash tunnellaridan havo chiqarib tashlanadi.
391. Liniyaning yopiq yer qismlari uchun poyezdlarning porshenli taʼsiridan foydalanish hisobiga tabiiy ventilyatsiyani qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
392. Tutunni yoʻq qilish rejimida tabiiy ventilyatsiyadan foydalanish imkoniyatini hisoblash yoʻli bilan belgilanishi lozim.
393. Barcha foydalanish rejimlarda normalangan talablarni bajarilishini taʼminlovchi boshqa ventilyatsiya sxemalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
394. Stansiyalar va tunnellarning yoʻlovchi xonalarida normalangan sharoitlarni taʼminlash uchun ventilyatsion qurilmalar bilan uzatiluvchi taʼminlangan havoni sovitish, isitish, normalangan miqdordagi tashqi havo taʼminotini saqlash va tutunsiz ventilyatsiya rejimini taʼminlash bilan soʻrib olinuvchi havoning retsirkulyatsiyasidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
395. Asosiy tunnellarning turish-aylanish boshi berk izlari va boshi berk qismlarining ventilyatsiyasi uchun bevosita yer yuzasiga havoni chiqarib tashlash bilan alohida ventilyatsiya qurilmalari inobatga olinishi lozim.
396. Asosiy yoʻllarning bir yoʻlli turish-aylanish boshi berk izlari, boshi berk qismlari va ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) joylashgan bir yoʻli boshi berk izlarning ventilyatsiyasi uchun ularning birida ikkita ventilyatorlarni oʻrnatish bilan asosiy yoʻllarning tunnellarida ulanish (sboykalari) inobatga olinishiga yoʻl qoʻyiladi.
397. Meteorologik sharoitlar, havo almashinuvining karraligi, mazkur SHNQning I-boʻlimi 16-bobi va SHNQ 2.04.05-22 talablarini taʼminlash uchun kiruvchi havo (yoki tashqi va retsirkulyatsiyaviy (qayta aylanadigan) havoning aralashmasi) miqdorini hisoblash yoʻli bilan belgilanishi lozim.
398. Ulanish tarmoqlarining ventilyatsiya tunnellari va depo tarmoqlariga kiruvchi havoni atmosferadan yoki ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellardan uzatilishi lozim.
399. Ventilyatsiya qurilmalarida kiruvchi havoni sovitish yoki isitishni qoʻllash uchun ventilyatsiya qurilmalarida ishlatishda yuza issiqlik almashgichlaridan foydalanilishi kerak.
400. Kontakt havo sovitgichlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Sovitish uchun suv SanQvaN № 0211-06 da belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Sovuq taʼminoti tizimlarini SHNQ 2.04.05-22 ga muvofiq boʻlishi lozim.
401. TVQ ushbu SHNQning I-boʻlimi 17-bobiga muvofiq yoʻlovchi xonalarida mikroiqlim sharoitlarini taʼminlanishi, bunda xizmat koʻrsatiluvchi inshootlar va xonalarda mikroiqlimning quyidagi hisoblash parametrlari qabul qilinishi kerak:
stansiyalarning platforma va kassa zallari va stansiyalar oʻrtasidagi yoʻlaklarda havo harorati, 28°C — 24°S va undan kam A parametri boʻyicha tashqi havoning hisoblash haroratlari bilan shaharlar uchun;
30°C — 24°S dan koʻp A parametri boʻyicha tashqi havoning hisoblash haroratlari bilan shaharlar uchun;
liniyaning soatiga 40 juft poyezdlarni oʻtkazish qobiliyatida 24°C yoki undan kam A parametri boʻyicha tashqi havoning hisoblash haroratlari bilan shaharlar uchun hisoblangan qismning oxirida yoʻq qilinayotgan havo harorati — yuqori emas, mos ravishda, 33°S — SanQvaN 0324-16 ga muvofiq issiqlik yuklamasi integral koʻrsatkichi miqdorining meʼyoriy qiymatlariga rioya qilganda peregonda yoʻq qilishda;
liniyaning oʻtkazish qobiliyatidan qatʼiy nazar 24°C dan koʻp A parametri boʻyicha tashqi havoning hisoblash haroratlari bilan shaharlar uchun hisoblangan maydonning oxirida yoʻq qilinayotgan havo harorati — 35°C dan koʻp emas — SanQvaN 0324-16 ga muvofiq issiqlik yuklamasi integral koʻrsatkichi miqdorining normativ qiymatlariga rioya qilganda ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) yoʻq qilishda.
402. Yilning sovuq davrida stansiyalarning platforma, kassa zallari va stansiyalar oʻrtasidagi yoʻlaklarda havo harorati quyidagilardan past boʻlmasligi kerak:
24°S va undan kam A parametri boʻyicha yilning issiq mavsumi uchun tashqi havoning hisoblash haroratlari bilan shaharlar uchun — tuproqning tabiiy harorati 2 °C dan yuqori emas, biroq 5°C dan;
24°S dan koʻp A parametri boʻyicha yilning issiq mavsumi uchun tashqi havoning hisoblash haroratlari bilan shaharlar uchun — tuproqning tabiiy haroratidan yuqori emas, biroq 10°C dan;
kassa zallaridagi havo harorati 10°S dan.
Ushbu parametrlarning taʼminlanmaganligi yil davomida 700 h lik ish vaqtidan oshmasligi lozim.
403. Tunnellarda va stansiyalarda zararli moddalarning konsentratsiyasi havoni qabul qilish qurilmalarining joylashtirish joylaridagi ushbu moddalarning fon konsentratsiyalari hisobga olgan holda GOST 12.1.005-88 ga koʻra YQCHKdan oshmasligi lozim.
404. Tashqi havoni qabul qilish joylaridagi zararli moddalar konsentratsiyasi ushbu moddalarning fon konsentratsiyalarini hisobga olgan holda, biroq aholi yashaydigan joylar havosidagi YQCHKdan oshmasligi lozim.
405. Havoni qabul qilish joylarida zararli moddalarning YQCHK oshib ketganda kiruvchi havoning zararli moddalarning normalashtirilgan tarkibi bilan uzatishni taʼminlash ularning konsentratsiyasini normalangan qiymatlargacha kamaytirish bilan amalga oshirilishi kerak.
406. Yer osti va yopiq yer usti liniyalarning ventilyatsiya tizimlari hisob-kitoblarida quyidagi tashqi havo parametrlari qabul qilinishi lozim:
yilning issiq davrida — SHNQ 2.04.05-22 ga koʻra A parametrlari;
yilning sovuq davrida — yer osti liniyalari uchun oʻrtacha harorat va SHNQ 2.01.01-22 ga koʻra ushbu davr uchun muvofiq keluvchi issiqlik saqlashi;
liniyalarning yopiq yer qismlari uchun — SHNQ 2.04.05-22 ga koʻra B parametrlari.
Hisob-kitoblar quyidagi talablarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim:
yilning issiq davrida — tunnellarga tutash tuproq haroratiga quyosh radiatsiyasining taʼsiri;
yilning tegishli davrida ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon)da tashqi havoni bir yil davomida yetkazib berish va stansiyalardan olib tashlash bilan bir yoʻnalishli ventilyatsiya sxemasi uchun — yilning tegishli davrida stansiyalarda normalangan parametrlarga teng hisoblash maydonning oxirida haroratni qabul qilinishi.
407. Yilning sovuq davrida stansiyalar platformalarida va stansiyalar orasidagi yoʻlaklarda havo haroratini haroratning normalashtirilgan yuqori chegaralarini saqlab qolish mumkin emasligini-ekspluatatsiya qilishning hisoblangan muddati davomida havo muhiti parametrlarining meʼyorlangan qiymatlariga erishiluvchi bunday hisoblash natijalariga koʻra qabul qilinishi lozim. Bunda, maksimal havo haroratini 16°S ga teng qabul qilinishi kerak.
408. Stansiyalar, ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellari va boshi berk izlar, shuningdek bir yoʻlli boshi berk izlar TVQda kamida ikki ventilyatorlar, ulanish tunnellari TVQda bitta ventilyatorni inobatga olish lozim.
409. Ventilyatorlar ravon ishga tushirish va unumdorligini rostlash qurilmasi bilan jihozlanishi kerak.
410. Ventilyatorlar belgilangan foydalanish, tutunga qarshi ventilyatsiya rejimlarida mahalliy iqlim sharoitini hisobga olgan holda hisoblash shart-sharoitlari saqlanishi taʼminlanishi lozim.
411. Har bir ventilyatorning unumdorligi qoʻllaniluvchi ventilyatsiya sxemasiga bogʻliq ravishda TVQ talab qilinuvchi unumdorligining 50 foiz yoki 100 foiz tashkil etilishi kerak.
412. Ventilyatorlarning unumdorligi va bosimini:
ventilyatorlarning parallel ishlashi;
poyezdlarning harakatlanishida sodir boʻladigan porshenli samaraning taʼsiri;
mazkur SHNQning I-boʻlimi 16-bobiga muvofiq yongʻin chiqqanda tutunga qarshi ventilyatsiyasi taʼminlashni hisobga olgan holda belgilash lozim.
413. Elektr uskunalarni mashina xonasiga tutash alohida xona (shit xonasi) ga joylashtirish lozim.
Shit xonasida kamida 5°S havo haroratini taʼminlaydigan ventilyatsiya va isitish tizimlari boʻlishi kerak.
Mashina xonalari va shit xonalari ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellari darajasida joylashtirilishi lozim. Bunda, ularning yuqori ventilyatsiya tunnel darajasida joylashishiga yoʻl qoʻyiladi.
414. Elektr depodagi tarmoq tunnellarining ventilyatsiyasi uchun alohida ventilyatsiya qurilmasi inobatga olinishi lozim.
415. Qurilmaning joylashuvi tunnel konstruksiyasi va tarmoq trassasidan kelib chiqqan holda qabul qilinishi kerak.
416. Havo kirib turuvchi ventilyatsiyali kamera bilan birgalikda yoki usiz induksiyali ventilyatorlarni ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
417. Yoʻnalishni oʻzgartirish (reversivlash) zarurati ventilyatsiya sxemasi bilan belgilanishi kerak.
418. TVQ ventilyatsiyali tunnel har bir tunnelga mustaqil ravishda tutashishi kerak.
419. Tunnellar oʻrtasida ulanish (sboyka) qurilishi shartida bitta tunnelga tutashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, uning haqiqiy kesimining maydoni hisob-kitob yoʻli bilan belgilanishi lozim.
Mustaqil ravishda har bir tunnelda tutunga qarshi ventilyatsiya rejimi taʼminlanishi kerak.
420. Ventilyatsiyali tunnellarning ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellarga ulanishini yon tomondan, tunnellar oʻrtasidagi ulanish (sboykaga) yuqoridan yoki alohida hollarda, pastdan, rels kallaklari sathidan pastda joylashgan ventilyatsiya tunnellardan drenaj suvlarini chiqarib tashlash imkoniyati taʼminlanishi hisobga olinishi kerak.
421. Ventilyatsiyali tunnellarini ikki yoʻlli ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunneliga ulashni ushbu SHNQning 1010, 1011-bandlariga asosan tunnel konstruksiyasidan kelib chiqib inobatga olinishi lozim.
422. Stansiya bilan bitta kotlovanda joylashtiriluvchi havo kirib turuvchi shaxtalar uchun ventilyatsiyali tunnelni stansiya va stansiyali inshootlarga sovuq havoning tushishini istisno etuvchi choralarni taʼminlaganda stansiyalar chekkasidagi ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunneliga tutashishi kerak.
423. Kanallarni yuqoridan (ejeksiyali, ventilyatsiyali qurilma kanallari bundan mustasno) yoki pastdan toʻgʻridan-toʻgʻri ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellariga ulashga yoʻl qoʻyilmaydi.
424. Yilning issiq va sovuq davrlari uchun kiruvchi havoning miqdori mazkur SHNQning 390 — 393, 397, 399-400-bandlarini hamda quyidagilarni hisobga olgan holda belgilanishi lozim:
tunnellardagi issiqlik chiqarishlari va tuproqqa issiqlik kelib tushishlari orasidagi farqni tashkil etuvchi issiqlik ortiqchaligi boʻyicha — yilning issiq davrini;
tunnellardagi issiqlik chiqarishlari va tuproqqa issiqlik kelib tushishlari jamligini tashkil etuvchi issiqlik ajralishlari boʻyicha yilning sovuq davri uchun va olingan natijalarning eng kattasini.
425. Hisob-kitoblarda quyidagilar aniqlanishi lozim:
poyezd harakati davrida kun davomida poyezdlar, uskunalar, yoritish asboblari, kabel tarmoqlari va yoʻlovchilardan tunnellarda va stansiyalarda umumiy issiqlik ajralishlarning oʻrtacha soatlik qiymatlari;
yilning iliq davrida tonnellardan gruntga, shuningdek yilning sovuq davrida gruntdan tonnellarga nostatsionar issiqlik oqimi boʻlib, bu metro liniyasidan foydalanish boshlanishidan oldin aniqlangan gruntning tabiiy haroratidan minimal darajada yuqori boʻlgan haroratgacha gruntlarni sovitish uchun xizmat qiladi;
poyezdlarning harakatlanishida yuzaga keluvchi havoning aylanma (sirkulyatsiya) oqimlari;
poyezdlarning harakatlanishida porshenli taʼsir bilan yaratiluvchi havoning sirkulyatsiya oqimlarini hisobga olgan holda ventilyatorlar bilan uzatiluvchi havoning u boʻyicha harakatlanishida havo yoʻlining aerodinamik qarshiligi ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellar va stansiya yoʻlovchi xonalari).
426. Ikkita tutash stansiya oʻqlari oʻrtasidagi yoki stansiyalar oʻqi va boshi berk yoʻl oxirida joylashgan ventilyatsiya qurilmasi oʻrtasidagi masofa hisoblangan qismi uchun qabul qilinishi lozim.
427. Yilning issiq mavsumida gruntda ortiqcha issiqlikni olib tashlashni kunning tungi vaqtini qoʻshganda, tunnel atrofidagi grunt haroratidan past va 0°Sdan yuqori tashqi havo haroratida yilning oʻtish davrlarida ventilyatsiya qurilmalarning unumdorligidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
428. Havoni uzatish va havoni chiqarib yuborish uchun quyidagilar inobatga olinishi kerak:
stansiyalarning yoʻlovchi platformalari darajasida - platformalar ostida yoki ular ustida gorizontal kanallar boʻyicha va platformalarning har ikki uchidagi vertikal kanallar boʻyicha va platforma ostida va ustidagi yoki ularning uchidagi teshiklar orqali;
pilon turidagi stansiyalarda, (konstruktiv imkon boʻlganda) har bir pilonda vertikal kanallar boʻyicha, platforma va oʻrta zallar tomonidan havoni chiqarish (kiritish) bilan, shuningdek tunnel ventilyatsiyasining qabul qilingan sxemasini hisobga olgan holda tarqatishning boshqa usullari;
uzunligi 50 m dan kam boʻlgan stansiyalar oʻrtasidagi yoʻlaklarda — yoʻlakning kesimi boʻyicha;
uzunligi 50 m dan ortiq — yoʻlak boʻylab bir tekis havo chiqarish yoki bir joyga jamlagan holda va olib tashlash bilan tomonidan havoni yuborish-tortish qurilmasi (kanali) boʻyicha — yoʻlakning kesimi boʻylab;
ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellarida, boshi berk yoʻl va ulanish tunnellarida, stansiya vestibyullarining kassa zallari, koʻcha osti yoʻlovchilar oʻtish yoʻllarida — koʻrsatilgan inshootlarning kesimi boʻyicha;
ventilyatsiyali kanal yoki havoni kiritish va chiqarish kanalidan foydalanish vositasi.
429. Yorugʻlikda gorizontal kanallarning balandligi kamida 1,8 m boʻlishi kerak.
Uzunligi 15 m dan koʻp boʻlmagan alohida qismlarda kanallar balandligini 1,1 m gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
430. Ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) TVQlarni qabul qilingan ventilyatsiya tizimiga muvofiq joylashtirilishi lozim:
bir oʻrnatishli ikkala tunnelning ventilyatsiya sxemalari uchun — ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon)ning oʻrtasida va tunnellar orasida (0°C dan past eng sovuq oyning hisoblangan tashqi havo harorati bilan shaharlarda liniyalar uchun ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) ventilyatsiya tunnelning tutashish joyigacha stansiyalar platformasining oxiridan masofani ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) uzunligining 1/3ga teng, biroq kamida 400 m boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi);
har bir tunnelning alohida ventilyatsiyasi bilan sxemalar uchun — stansiyalarda (stansiyalar sovitilishini istisno etuvchi texnik yechimlarni qabul qilish bilan).
431. Ikki yoʻlli tunnelning ventilyatsiya sxemalari uchun TVQni stansiyali majmualar hajmida yoki boshlangʻich kotlovanlar hajmida ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) bajarilishi lozim.
432. TVQ ventilyatsiya tarmogʻi (kanal, havoni kiritish va chiqarish kanali) mavjud boʻlganda uzatish nuqtalaridan uzoqlikda joylashishiga yoʻl qoʻyiladi.
433. Stansiyalarda TVQni tunnellar orasida, yonidan va ularning rejalashtirish oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda stansiyalarning yopma plitasi ustida joylashtirilishi lozim.
434. Ikkita liniyaning TVQni havo vertikal kanali sifatida ularning kesishgan joyida joylashtirganda kamida REI 90 oʻtga chidamlilik chegarasi bilan yaxlit yongʻinga qarshi toʻsiqlarni unda oʻrnatish bilan qurilmalar biri shaxtasining ventilyatsiya dastagini ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
435. Qurilmalarning ventilyatsiya kioskalari oʻrtasidagi masofani hisoblash orqali belgilash, biroq kamida 25 m deb qabul qilinishi lozim.
436. Havo harakatlanish tezligi, m/s, ortiq emas:
gorizontal va vertikal ventilyatsiya tunnellarda — 8;
eskalator tunnellarning ventilyatsiya va kabel boʻlim (otsek)larida, shuningdek asoslanishda, ventilyatsiya tunnellarda — 15;
ventilyatsiya kioskalarning panjaralari orqali — 5.
437. Tunnellarni ularning yuzaga chiqish joylari sovitishdan himoya qilish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
shiberlovchi (havoni oʻtkazish, yoʻnalishni oʻzgartirish) turdagi havo pardalari yoki aralashtiruvchi turdagi havo-issiqlik pardalari;
portallardagi tunnellar oʻrtasidagi boykalar (ulanish) (kesim maydonini hisoblash bilan belgilanadi) va ulanish (sboykadan) keyin har bir bir yoʻlli tunnelda joylashuvchi (poyezd harakati yoʻnalishida) maksimal yoʻl qoʻyiluvchi chegaragacha tunnellarning haqiqiy kesim maydonini cheklovchi diafragmalar;
liniyaning tutash qismidagi havo taʼminoti.
438. Ishlashning har xil rejimlarida uzatiluvchi yoki olib tashlanuvchi havoning miqdorini tartibga solish ishlayotgan ventilyatorlar soni, ventilyatorlarning ishchi gʻildiraklarining aylanishlari soni, ishchi gʻildiraklar kuraklarini oʻrnatish burchagini oʻzgartirish, drosellovchi qurilmalar va boshqa usullardan foydalanish yoʻli bilan amalga oshirilishi lozim.
439. Tutash ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellar oʻrtasida sayoz joylashgan stansiyalarda havoning normalangan hisoblash tezliklarining oshib ketishida “puflash” taʼsirini kamaytirish uchun stansiyalarning chekkalarida yoki ulardan 120 m dan koʻp boʻlmagan masofadagi uzoqlikda ikkitadan sirkulyatsiyaviy ulanish (sboykalar) zarur.
440. Ulanish (sboyka)ning koʻndalang kesim maydoni hisoblash bilan belgilanishi kerak.
441. Stansiyalarning vestibyulida ikkinchi ulanish (sboyka)ni qurish imkoni boʻlmaganda, qoʻshimcha kirish eshiklarining qatorini oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
442. Yoʻl rivojlanishi bilan stansiyalarda sirkulyatsiya ulanish (sboyka)larni faqat yoʻl rivojlanishiga qarama-qarshi tomondan oʻrnatilishi lozim.
Asoslangan hisoblashlar natijasida ventilyatsiya ulanish (sboyka)larni oʻrnatmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
443. Mashina xonalari va TVQ tunnellari, ventilyatsiya ulanish (sboyka)lar (sirkulyatsiya ulanish (sboyka)lar bundan mustasno) oʻrinlarining ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) va boshi berk tunnellarga tutash joylarini ichkariga ochiluvchi panjarali eshiklar bilan yopish lozim.
Panjaralarni mahkamlash uzellari ularning qulay va tez demontaj qilinishini taʼminlashi kerak.
444. Soʻrish va dam berish zonalarini ajratuvchi mashina xonalarining pardevorlarida holat signalizatsiyasi yoki tamburlar bilan jihozlanishi, ishlab turuvchi va ventilyatorda xavfsiz oʻtishini taʼminlovchi zichlangan eshiklardan foydalanish lozim.
445. Tunnel ventilyatsiyasining tizimlari mazkur SHNQning I-boʻlimi 16-bobiga muvofiq odamlarni evakuatsiya qilish yoʻllarining samarali tutunga qarshi himoyasini taʼminlashi kerak.
446. Sanitariya-maishiy, maishiy va ishlab chiqarish xonalariga oʻtkaziluvchi yoki olovga bardoshlilikning normalangan chegaralari bilan konstruksiyalar orqali ushbu xonalar orqali oʻtish joylaridagi tranzit havoni yuborish-tortish qurilmasi kanallarini isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash tizimlari uchun yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi zarur.
3-§. Mahalliy ventilyatsiya va konditsiyanerlash
447. Stansiyalar vestibyullarining yer osti kassa zallari, ularga tutash koʻcha osti oʻtish joylari, kabel tunnellari va stansiyalar oʻrtasidagi yoʻlaklarning ventilyatsiyasi uchun tunnel ventilyatsiyasi tizimi bilan stansiyalarga uzatiluvchi havodan foydalanishi lozim.
448. Yoʻlovchilarga yoʻl-yoʻlakay xizmat koʻrsatish zonalari (doʻkonlar, umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalar)ni oʻz ichiga oluvchi stansiyalarning yer osti vestibyullarining ventilyatsiyasi uchun tashqi havodan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
449. Kiruvchi havo miqdori (tashqi yoki tashqi va retsirkulyatsiyaviy havo aralashmasi)ni SHNQ 2.04.05-22 boʻyicha yoki mazkur SHNQning I-boʻlimi 17-bobi talablari, normalangan meteorologik sharoitlarni taʼminlashdan kelib chiqib, mazkur SHNQning 20-jadvaliga asosan havo almashinuvining karraligi boʻyicha hisoblash bilan belgilanishi lozim.
450. Ortiqcha issiqlikka ega boʻlgan ishlab chiqarish xonalarida havo almashinuvini tuproqqa kelib tushuvchi issiqlikning hisobisiz kirish havosi tomonidan issiqlikni assimilyatsiya qilishini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
451. Yer ustidagi vestibyullarning derazali xonalari uchun mazkur SHNQning 20-jadvali boʻyicha 6, 7, 10, 12 va 13-bandlarida keltirilgan xonalarni istisno etganda, havo almashinuvining karraligini 60 foizga kamaytirilishi lozim.
Izohlar:
1. Hisoblangan haroratni stansiyalarning yoʻlovchi xonalariga nisbatan mazkur SHNQning 401-bandi boʻyicha qabul qilish lozim (qolgan xonalar uchun - sahifaning tagiga tushirib yozilgan matnni ***hisobga olgan holda).
2. Harorat hisoblangan tashqi haroratdan 5°C ga yuqori boʻlishi, biroq 28°S dan oshmasligi kerak.
3. Xodimlar doimiy ravishda boʻladigan xonalarda, agar devorlar, shiftlar va pol yuzasining 40 foizdan koʻprogʻi bevosita gruntga tutashgan boʻlsa, isitish uchun hisoblangan havo haroratini jadvalda koʻrsatilganidan 2°S yuqori qabul qilish lozim.
* Hisoblashlar boʻyicha tekshirish va maksimal qiymat boʻyicha qabul qilish lozim.
** Elektrisitishni qoʻllash lozim.
*** Isitish talab etilmaydi.
452. Ish smenasi davomida odamlar doimiy ravishda boʻladigan yer osti stansiyalaridagi TPP mashina xonalari, ishlab chiqarish, maʼmuriy va boshqa xonalarning ventilyatsiya qurilmalari kamida ikkita kiruvchi va ikkita tortuvchi ventilyatorlar bilan taʼminlanishi lozim.
Ushbu ventilyatorlarning har birining unumdorligi qurilmaning hisoblangan unumdorligining kamida 50 foizini tashkil yetishi kerak.
453. Odamlarning doimiy boʻlishi bilan xonalar uchun alohida ventilyatsiya qurilmalari yilning sovuq davrida havo isitgichlari bilan havo isitish yoki issiq davrda konditsionerlarning sovitishi bilan ishlatilishi kerak.
454. Konditsionerlarning tashqi bloklari kirish va tortib chiqarish ventilyatsiyasi tizimi bilan jihozlangan alohida xonalarga yoki tunnel ventilyatsiyasi tizimi bilan shamollatiladigan xona va inshootlarda oʻrnatilishi lozim.
455. Konditsionerlarning tashqi bloklarini tunnel ventilyatsiyasi tizimi bilan shamollatiluvchi piyodalar oʻtish joylari bilan bogʻlangan xonalarga, uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish uchun kirish imkonini taʼminlash shartida fasadda, vestibyul tomida oʻrnatilishi kerak.
456. Konditsionerlarning tashqi bloklari xonasining ventilyatsiyasi uchun kiruvchi havo sarfi uskunaning ishlash vaqtida ajralib chiquvchi ortiqcha issiqlikning assimilyatsiya qilish shartidan kelib chiqib belgilanishi lozim.
457. Tibbiyot punktlari, hojatxonalar va kanalizatsiya qurilmalari binolari, MMO, qattiq maishiy chiqindilar va qipiq saqlash xonalari, ovqatlanish xonalarini alohida tortib chiqarish qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.
458. Hojatxonalar, tibbiyot punktlari, MMOda MVQ uskunasini alohida xonalarga oʻrnatilishi lozim.
459. Ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellari yopma plitalarida havoni kiritish va chiqarish uchun teshiklarni joylashtirishda rejadagi teshik proyeksiyasi harakatlanuvchi tarkib oʻlchamidan tashqarida joylashishi kerak.
460. Qurilmalarning havo kiritgichlari va havo chiqargichlarini hojatxonalar, MMO, eskalatorlar mashina xonalari, tibbiyot punktlari va dushxonalaridagi havo chiqargichlarni istisno etganda, kamida 2 m balandlikda yer osti vestibyuliga kirish hisoblanuvchi koʻcha osti oʻtish yoʻllarida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
461. Havo kiritgich va havo chiqargich qurilmalarining panjaralari orqali havoning harakat tezligi ularning joylashish sharoitidan kelib chiqib belgilanishi lozim. Biroq, 5 m/s dan oshmasligi kerak.
462. Eskalatorlarning mashina xonalari va TPPga kiruvchi havo sarfini uskunani ishlash vaqtida ajralib chiquvchi ortiqcha issiqlikni assimilyatsiya qilish sharoitidan kelib chiqib belgilanishi kerak.
463. AB xonalari uchun kiruvchi havo sarfi batareyaning turiga bogʻliq ravishda hisoblash bilan belgilanishi lozim.
464. Akkumulyatorli germetizatsiya qilingan hamda xizmat koʻrsatilmaydigan akkumulyatorlarni ishlatishda havoni kiritish u boʻyicha poyezd stansiyaga kirib keluvchi ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnelidan, chiqarib tashlash esa u boʻyicha poyezd stansiyalardan chiqib ketuvchi ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnelida hisobga olinishi kerak.
465. Yer osti stansiyalarining ishlab chiqarish va maishiy xonalariga uzatiluvchi havo quyidagilardan olinishi lozim:
vestibyul qavatlari darajasidagi xonalarga — yer yuzasidan, zinapoya tushishidagi koʻcha osti oʻtish joyidan, vestibyuldan yoki tunneldan;
odamlarning doimiy boʻlishi bilan xonalarni qoʻshgan holda stansiyalarning platforma qismi darajasidagi xonalarga — yer yuzasidan, stansiyalar yoki ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnelidan.
466. Hojatxonalar va kanalizatsiya qurilmalari binolari, MMO, tibbiyot punktlari, dush va maxsus kiyimni quritish uchun xonalar, ovqatlanish xonalari, eskalatorlarning mashina xonalaridan havo yer yuzasiga chiqarib tashlanishi kerak.
467. Boshqa binolardan chiqarilgan havoni stansiyalardan chiqib ketayotgan poyezdning harakatlanish yoʻnalishi boʻyicha uni kiritish joyi ortidagi tunnelga, yer yuzasiga yoki koʻcha osti piyodalar oʻtish joyiga qaytarilishi lozim.
468. PHNAT uskunalari, akkumulyator xonalari uchun alohida kirish-chiqarib tashlash ventilyatsiya qurilmalari boʻlishi kerak.
Sanitariya-gigiyenik mehnat sharoitlari, mashina va uskunalarning ishlash sharoitini taʼminlash hamda retsirkulyatsiya, shuningdek havoni isitish yoki sovitish hisobga olinishi kerak.
469. Yer osti TPP mashina xonalari uchun yer yuzasidan yoki poyezd stansiyaga kirib keluvchi ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnelidan havoni qabul qilish bilan va yuzaga yoki poyezd harakatlanish yoʻnalishi boʻyicha stansiyadan keyin ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunneliga havoni chiqarib tashlash bilan alohida kirish-chiqarib tashlash ventilyatsiya qurilmalari, podstansiyalarning TQ xonalari uchun ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunneldan havoni qabul qilinishi bilan kirish-chiqarib tashlash ventilyatsiya qurilmalari boʻlishi lozim.
Eskalatorlarning yer osti mashinasi xonasida havoni qabul qilish kirish-chiqarish qurilma tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Havoni sovitish bilan retsirkulyatsiyali ventilyatsiya tizimlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
470. Suv toʻkish qurilmalari va zumpf (suvlar yigʻilish joyi) xonalarining ventilyatsiyasi uchun qurilmaning joylashgan joyidan qatʼiy nazar chiqarish ventilyatsiyasini bir tunneldan havoni olish va olib tashlash bilan ishlatish lozim.
Tunnelga havo chiqarishni poyezd harakatlanish yoʻli boʻyicha havo qabul qilish joyining orqasida joylashtirilishi lozim.
471. Ventilyatsiya qurilmalar uskunalarini joylashtirish SHNQ 2.04.05-22 va yongʻin xavfsizligi boʻyicha talablariga muvofiq bajariladi.
Ventilyatsiya tizimlarida ishlatiladigan yongʻinga qarshi klapanlar, yongʻinga qarshi talablarga javob berishi kerak.
Mashina xonalarida kichik mexanizatsiyaning inventar yuk koʻtarish vositalarini mahkamlash uchun yotqizish elementlari boʻlishi kerak.
472. 0°C dan past eng sovuq oyning oʻrtacha tashqi havo harorati bilan shaharlarda yilning sovuq davrida stansiyalarning vestibyullari va platforma zallarida havo muhitining normalangan parametrlarini taʼminlash uchun havo-issiqlik yoki havo pardalari inobatga olinishi lozim.
473. HIP ni hisoblash uchun tashqi havoning harorati va issiqlik saqlashini SHNQ 2.04.05-22 B parametrlari boʻyicha qabul qilinishi lozim.
474. HIP uchun havoni qabul qilishni vestibyul kassa zali xonalaridan, uzatishni kassa zaliga kirish eshiklarining ikki chiziqlari oʻrtasidagi tamburda inobatga olinishi kerak.
475. Havo uzatish va qabul qilishning boshqa sxemalari (vertikal oqim bilan, tambur va kassa zaliga bir tomonlama uzatish bilan), shuningdek osma va pol usti HIP dan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
476. Gorizontal uzatishda uzatish panjarasidagi havo tezligi koʻpi bilan 6 m/s boʻlishi kerak.
Panjaraning tagini poldan 0,3 m balandlikda, ustini koʻpi bilan 1,5 m joylashishi lozim.
Vertikal uzatishda havo tezligini kirish panjarasining joylashuv balandligiga bogʻliq ravishda belgilanishi kerak.
Kaloriferlar oldidan changga qarshi filtrlarda uzatilayotgan havo tozalanishi kerak.
477. HIP ni 10°S haroratgacha kassa zaliga keluvchi tashqi havoni isitishni taʼminlovchi hajmda 45°C dan oshmagan haroratdagi havoni tamburga uzatilishi hisoblanishi lozim.
HIP issiqlik taʼminoti quvurlarda HIP ishlashi bilan blokdan chiqarilgan elektr uzatmalar bilan sharovoy ventillarga oʻrnatilishi kerak.
Tunnel portallarida HP yoki HIP qurilmasiga boʻlgan ehtiyojni yilning sovuq davrida portalga eng yaqin stansiyalarda havo haroratining 5 °C dan past boʻlmasligini taʼminlashdan kelib chiqqan holda hisoblash lozim.
478. Stansiyalarning ishlab chiqarish va maishiy xonalarida sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan yonmaydigan materiallardan tayyorlangan havoni yuborish-tortish qurilmasi kanallaridan foydalanish kerak.
479. Issiqlik ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish boʻyicha texnik yechimlarni ishlab chiqishni SHNQ 2.04.05-22 boʻyicha bajarilishi lozim.
4-§. Issiqlik taʼminoti
480. Stansiyalarning har bir vestibyuli uchun issiqlik tarmogʻi va issiqlik punktining mustaqil kirishi inobatga olinishi lozim.
Zarurat boʻlganda ikkita stansiya vestibyullari uchun bitta kirish hisobga olinishiga yoʻl qoʻyiladi.
481. Tashqi issiqlik tarmoqlarining kirishlarini stansiyalar vestibyullarida joylashgan issiqlik punktlari binolarida inobatga olinishi lozim.
Bunda, xonaning balandligi kamida 2,2 m, uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun oʻtish joylarining kengligi kamida 0,8 m boʻlishi lozim.
482. Issiqlik punktlari SHNQ 2.04.07-22 ga asosan loyihalanishi kerak.
Issiqlik punktlari, HIP va MVQ oʻta qizdirilgan suv bilan issiqlik tashuvchi sifatida yoʻlovchi xonalari, uskuna xonalari, rels, kross, podstansiyalar xonalari ustidan, ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellari ustidan joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Issiqlik punkti, HIP va MVQ xonalarining pollari toza polning belgilangan nuqtasidan 200 mm balandlikda devorlarga oʻrnatish bilan metall gidroizolyatsiyaga ega boʻlishi lozim.
483. Stansiyada bitta issiqlik tizimi kirishidan foydalanilganda vestibyullarning issiqlik punktlari kamida 1100 mm balandlikdagi yer osti kanaliga yotqizilgan truba quvuri orqali ulanishi lozim.
Sayoz joylashgan stansiyada yoʻlaklar, isitilgan suv quvurlarni yotqizish uchun belgilangan ishlab chiqarish xonalari va platforma ostidagi ventilyatsiya kanali boʻyicha quvurlarni yotqizishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, issiqlik punktlaridagi truba quvuriga SDP dan masofaviy boshqaruv va elektr uzatma bilan surma zulfinlarni oʻrnatiladi, barcha ulangan joylar payvandlanishining sifatini tekshirish va ulangan joylarning himoyasini 300 mm uzunlikdagi futlyarlarga olinishi lozim.
484. Stansiyalarning vestibyullariga issiqlik tarmogʻining yotqizilishini shahar isitish tarmogʻi tomonga qiyalik bilan kamida 1100 mm balandlikdagi oʻtish, yarim oʻtish va oʻtmas kanallarda inobatga olinishi lozim.
Stansiya vestibyullarida 5 m uzunlikdagi tutash issiqlik tarmogʻi kanallarini suv oʻtkazmaydigan monolit temir-betondan tayyorlanishi lozim.
485. Issiqlik tizimi izolyatsiyasi va tezkor masofadan nazorat qilish tizimi bilan poʻlat quvurlardan vestibyullarga issiqlik tarmogʻi kirishlari kanalsiz yotqizishni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
486. Quvurlarni olib kirishda salnik joylarni (uzellarini) qurish yoki kirishdan 2 m dan ortiq boʻlmagan masofada qoʻzgʻalmas tayanchni qurish bilan gaz oʻtkazmaydigan salniklar orqali yer osti vestibyullari devoriga oʻrnatiluvchi qoʻzgʻalmas tayanchlar orqali amalga oshirilishi lozim.
487. Issiqlik tarmogʻining tutashuvchi kanalning maydoni boʻyicha devorda issiqlikka chidamli gidroizolyatsiyaga ega boʻlishi kerak.
Issiqlik tarmogʻini olib kirishda quvurlarda poʻlat surma zulfinlar, elektr izolyatsiyalovchi gardishlar (flansi) boʻlishi kerak.
Issiqlik punkti va suv oʻlchash uskunalarini alohida xonalarda joylashtirilishi lozim.
488. Issiqlik tarmogʻi kanallarida yigʻilgan suvni oqova suv tarmoqlari orqali chiqarib tashlash lozim.
489. Issiqlik tarmoqlari inshootga olib kirishda issiqlik punktida nazorat qilishning telemetrik qurilmasi orqali axborotni dispetcherlik punktiga berish bilan issiqlikning sarfi hisoblanishi lozim.
490. Issiqlik tarmoqlarida quyidagi turdagi quvurlar ishlatilishi kerak:
issiqlik tarmoqlarining magistral issiqlik oʻtkazuvchilari — GOST 8732-78 boʻyicha;
GOST 10704-91 boʻyicha poʻlat quvurlar.
115°S gacha suv harorati va 1,6 MPa gacha bosim boʻlganda tarqatish tashqi tarmoqlarini, agar ularning sifati va texnik tavsifnomalari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari javob bersa, shuningdek issiqlik tashuvchisining parametrlarini taʼminlasa, nometall quvurlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
491. Issiqlik punktidan keyin tarqatish ichki tarmoqlari poʻlat quvurlar, GOST 10704-91 boʻyicha elektr payvandlangan va issiq suv taʼminoti uchun GOST 3262-75 boʻyicha ruxlangan poʻlatdan foydalanish zarur.
492. Uzatuvchi va qaytish tarmoqlari uchun quvur armaturasini uzatuvchi quvurdagi eng katta bosim boʻyicha, biroq kamida 1,0 MPa va isitishni loyihalash uchun tashqi havoni hisoblash haroratida uzatuvchi quvurdagi harorat boʻyicha tanlab olinishi lozim.
493. Poʻlat quvurlar kimyoviy korroziya va elektr korroziyadan himoya qatlamlari GOST 9.602-2016 hamda ushbu SHNQning I-boʻlimi 21-bobi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
494. Metropoliten inshootlari issiqlik taʼminoti tizimlarini SHNQ 2.04.05-22 hamda SHNQ 2.04.07-22 ga asosan loyihalanishi lozim.
Kirish uzellari esa SHNQ 2.04.07-22 ga muvofiq loyihalanishi kerak.
5-§. Isitish
495. Eng sovuq oyning tashqi havo oʻrtacha harorati 0°C dan past boʻlgan shaharlarda yer osti va yer ustidagi stansiyalar vestibyullarining kassa zallarida, sanitariya-maishiy, ishlab chiqarish va boshqa xonalarida isitish choralari koʻrilishi kerak.
0°C dan yuqori oʻrtacha harorat boʻlgan shaharlarda — kassalarning xonalarida va xodimlarning doimiy boʻlish xonalarida isitish tizimi boʻlishi lozim.
Xonalarda hisoblangan haroratlar ushbu SHNQning 20-jadvali boʻyicha qabul qilinishi lozim.
496. Issiqlik taʼminoti manbalari sifatida issiqlik elektr stansiyalarining shahar taqsimlash issiqlik tarmoqlari, tuman qozonxonalari, korxonalar va turar joy obyektlarining suv yoki bugʻ qozonxonalari hamda mustaqil issiqlik manbalaridan foydalanilishi lozim.
497. Issiqlik tashuvchisi sifatida quyidagilar inobatga olinishi kerak:
yer osti va yer ustidagi stansiyalar vestibyullarining maishiy va ishlab chiqarish xonalari, shuningdek sayoz joylashgan stansiyalar xonalarini isitish uchun - 95°C (issiqlik punktiga ulanish) dan oshmagan harorat grafigi bilan suv yoki elektr isitish qurilmalari;
stansiyalar vestibyullari kassa zallariga kirishlarda HIP havo isitgichlari, kiruvchi MVQ, vestibyullari kassa zallari isitish vositalari uchun 150°C dan yuqori boʻlmagan harorat grafigi bilan suv (bogʻliq sxema boʻyicha issiqlik punktiga ulanish); 95°C dan yuqori boʻlmagan harorat grafigi bilan suvdan (mustaqil sxema boʻyicha issiqlik punktiga ulanish) foydalanish.
kassa zalini qoʻshgan holda stansiya vestibyullari xonalarini isitish uchun elektr energiyasidan foydalanish;
ANP oldida, eskalatorlar oldidagi navbatchilar xonalari uchun elektr isitish vositalari.
Ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellari va boshqa inshootlar yoki ularning muzlashga moyil boʻlgan elementlari uchun metropoliten sharoitida foydalanish boʻyicha talablarga javob beradigan va himoyalangan isitish elementlari bilan elektr infraqizil nur taratgichlar va isitish kabellaridan (oʻz-oʻzini tartibga soluvchi rezistiv va boshqa turlardagi) foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
498. Stansiyalar vestibyullari kassa zallaridagi isitish vositalarini 10×10 mm katak (toʻrlar) bilan yechib olinadigan metall toʻr va yonmaydigan materiallardan tayyorlangan bezatilgan panjara bilan yopish lozim.
Panjaralarning pastigacha boʻlgan masofa, polni tozalash imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Vestibyullar kassa zallari suv isitish vositalari ostida suvni boshqa yoqqa burib yuboruvchi lotoklar va traplar qurilishi lozim.
499. Stansiyalar yer ustidagi vestibyullarida oyoqosti panjaralarini isitish faqat 0°S dan past eng sovuq oyning tashqi havo oʻrtacha harorati bilan shaharlarda hisobga olinishi kerak.
Oyoq osti panjaralarni isitish uchun yopiq isitish elementlari bilan infraqizil isitgichlar, havoni isitish bilan kiruvchi havo ventilyatsiyasi va boshqa isitish usullari qoʻllanilishi kerak.
500. Zinapoya pogʻonalari va zinapoyalar oldidagi maydoncha qismlari 0°Sdan past eng sovuq oyning tashqi havo oʻrtacha harorati hisobga olinib isitilishi lozim.
501. Ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellarining yon tomonidan joylashgan SCHQ xonalarida yoki 5°S dan past havo harorati boʻlgan tunnel qismlarida elektr isitilishi inobatga olinishi lozim.
502. Elektr isitish vositalarini 95°C dan ortiq boʻlmagan yuza harorati va yopiq isitish elementlari bilan ishlatish kerak.
Ular doimiy tarzda mahkamlanishi lozim.
Ularning elektr tarmogʻiga ulanishi ushbu SHNQning 669 — 700-bandlariga muvofiq inobatga olinishi kerak.
503. Isitish tizimlari quvurlari, ventilyatsiya tizimlari havo isitgichlarining issiqlik taʼminoti, konditsiyalash va havo-issiqlik pardasini (bundan buyon matnda isitish tizimlari quvurlari deb yuritiladi) qurilishda foydalanishga yoʻl qoʻyilgan poʻlat, mis va polimer quvurlardan loyihalanishi lozim.
504. Issiqlik va havo isitgichlarining issiqlik taʼminoti tizimlarida quyidagi turdagi quvurlardan foydalanish lozim:
GOST 10704-91 boʻyicha elektr payvandlangan poʻlat, GOST 3262-75 boʻyicha poʻlat suv va gaz oʻtkazuvchi quvurlardan;
drenaj va havo chiqish quvurlari uchun GOST 3262-75 boʻyicha ruxlangan quvurlar va polimer quvurlardan.
9-bob. Suv taʼminoti, oqova suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish
1-§. Suv taʼminoti
505. Yongʻinga qarshi ichki suv taʼminoti QMQ 2.04.01-98 ga, tashqi suv taʼminoti tarmogʻi esa SHNQ 2.04.02-19 talablariga muvofiq taʼminlanishi kerak.
506. Metropoliten inshootlari xoʻjalik-ichimlik, yongʻinga qarshi va texnologik ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi) ichki birlashgan yoki alohida tizimlariga ega boʻlishi lozim.
Suv taʼminoti manbai shahar suv taʼminoti tarmogʻi yoki boshqa manbalar boʻlishi kerak.
507. Xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun uzatiluvchi va havoni sovitish tizimining havoni sovitishi, changdan tozalash va namlikni oshirish stansiya kameralariga beriluvchi sovuq va issiq suvning sifati ichimlik suvi uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
508. Texnologik ehtiyojlar uchun beriladigan suvning sifati va manbai ularning belgilanishi va metropoliten liniyasining joylashish joyi sharoitlari bilan belgilanishi kerak.
509. Birlashgan tizimda ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi) tashqi halqa tarmogʻining turli xil qismlariga ikki kirishlar bilan ulanishda, alohida tizimlarida esa xoʻjalik-ichimlik va texnologik ehtiyojlari uchun bir kirish va yongʻin oʻchirish ehtiyojlari uchun kamida ikki kirishlarni inobatga olinishi lozim.
Stansiyaning yer osti va yopiq yer usti qismlarida, vodoprovod magistral liniyalarini birlashgan tizimi boʻlishi kerak.
Stansiyalarga, tunnellar va tunnel oldi inshootlariga mavjud magistral liniyalardan suv yetkazib berish lozim.
510. Ichki ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi) tizimini tanlashni texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, sanitariya-gigiyena va yongʻinga qarshi talablarga bogʻliq ravishda, shuningdek tashqi ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi) va texnologik talablarning qabul qilingan tizimini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
511. Har bir stansiya uchun ikkita quvurni kirishini yoki vestibyullardan biriga ikkita quvur bilan yoki har bir vestibyulga bittadan quvur inobatga olinishi kerak.
Ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi) kirishlari stansiya chegarasida halqalangan boʻlishi lozim.
Kirishlarda elektr uzatma bilan surma zulfinlar, teskari klapanlar, masofaviy va mahalliy suv sarfi uchun elektr izolyatsiyalovchi gardishlar hisobga olinishi lozim.
512. Agar suv oʻlchagich suvning yongʻinga qarshi sarfini oʻtkazishga moʻljallanmagan holatda suv oʻlchagich uzelida suvning yongʻinga qarshi sarfini oʻtkazish uchun elektr uzatmali surma zulfin bilan jihozlangan aylanma liniya inobatga olinishi kerak.
513. Keng diapazonli suv oqimlari, kun davomida oʻzgaruvchan oqim tezligi, fasllar yoki texnologik sharoitlarga ega boʻlgan obyektlar uchun maxsus moʻljallangan sovuq suvni differensial (kombinatsiyalangan) hisobga olish moslamalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishga ruxsat beriladi, bu yerda, normal sharoitda oz miqdorda suv sodir boʻladi.
514. Suv oʻlchash uzellari QMQ 2.04.01-98ga muvofiq ishlab chiqilishi va alohida xonaga joylashtirilishi kerak.
515. Suv taʼminoti kirishlarining diametrlari hisoblash yoʻli bilan belgilanadi.
Tashqi devorlar orqali quvurlarning oʻtishlarini salniklarni qoʻllash bilan bajarilishi lozim.
516. Kirishda gidrostatik bosim yetishmaganda yongʻinga qarshi va xoʻjalik- ichimlik ehtiyojlari uchun mustaqil nasos qurilmalarini ularni alohida xonaga yoki suv oʻlchash uzelining xonasiga joylashtirishi kerak.
517. Sayoz joylashgan liniyalar: stansiya, xizmat koʻrsatiluvchi vestibyullar, platforma va ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) qismlarida yongʻinni oʻchirishda, yongʻin joʻmrakning bosimi va hajmini yongʻinga qarshi koʻtaruvchi nasoslar bilan taʼminlanishi kerak.
518. Qurilmalar ikkita nasos bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ulardan biri zaxira hisoblanishi va asosiy nasos toʻxtaganda avtomatik ravishda yonishi kerak.
519. Birlashgan ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi) uning xoʻjalik-ichimlik va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun maksimal sarflanishini qoʻshgan holda yongʻinga qarshi hisoblangan suv sarfining oʻtishini taʼminlashi kerak.
Bunda, dushlardan foydalanish, hududni sugʻorish, inshoot va qurilmalarni yuvish uchun suv sarfi hisobga olinmaydi.
520. Xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun suv sarfi QMQ 2.04.01-98 boʻyicha eng koʻp sonli smenada suv isteʼmolchilari soni boʻyicha olinishi kerak.
Texnologik ehtiyojlar uchun suv sarfini uskunalarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim.
521. Stansiya xonalari va unga tutashgan ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellarni namlab tozalashga quyidagi berkitadigan (moslama) armatura uchun suv sarfini boʻlishi kerak:
diametri 50 mm sugʻorish joʻmrakni — 3 L/s;
diametri 20 mm sugʻorish joʻmrakni — 0,3 L/s;
diametri 50 mm li ikkita joʻmraklardan foydalanish bilan tunnellarni yuvish uchun agregatni toʻldirish — 6 L/s qabul qilinishi lozim.
Sarf va diametri ishlatiladigan agregat turiga koʻra belgilanishi kerak.
522. Qurilmalarning bir vaqtda ishlashiga suv miqdori metropolitenga texnologik xizmat koʻrsatish talablari asosida hisoblash bilan belgilanishi lozim.
523. Yongʻinni oʻchirishga suv sarfini mazkur SHNQning I-boʻlimi 16-bobi hamda 519-bandiga muvofiq belgilanishi kerak.
524. Ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi) tarmogʻi elementlari quvurlarining shartli diametri kamida quyidagicha boʻlishi:
suv oʻlchash uzelining aylanma liniyasi, stansiyalar va boshi berk izlaridagi magistrallar — 100 mm;
tunnellardagi magistrallar — 80 mm;
taqsimlovchi tarmoq — hisoblash boʻyicha.
525. Ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi) yotqizilishi har bir tunnelda rels kallagidan yuqori, boshqa kommunikatsiyalarni joylashtirilishi hisobga olgan holda kuchsiz tok tomoni boʻyicha boʻlishi kerak.
526. Kontakt relsi tomondan ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi) joylashtirishda quvurlarni futlyarga olish lozim.
527. Ikki yoʻlli tunnelda ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi) ikkala tomon boʻyicha yotqizilishi kerak.
528. Yoʻl beton qatlami shtrablarida (mayda transheya) yotqiziluvchi quvurni ushbu SHNQning I-boʻlimi 21-bobiga asosan qoʻlda oʻtkazish va elektr izolyatsiyalovchi gardishlar bilan ikki tomondan surma zulfinlar bilan ajratish kerak.
529. Tunnel ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi) va galereyalar bilan yopilgan qismlarda qoʻlda oʻtkazish bilan surma zulfinlarni 500 m oʻtishidan oshirmay oʻrnatilishi lozim.
530. Elektr uzatma bilan bekitadigan (moslama) armatura oʻrnatilishi quyidagicha boʻlishi kerak:
stansiyada ularni joylashtirish bilan tunnel ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi);
kiruvchi TVQ bilan tutashuvchi va manfiy haroratlar zonasiga tushuvchi tunnellardagi ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi) ajratilgan qismlarida.
531. Surma zulfinlarni tunnel zonasiga ijobiy harorat bilan joylashtirilishi lozim.
532. Tunnel ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi)ning stansiya va ventilyatsiya shaxtalari oʻrtasidagi qismida koʻtarma tashkil qilinishi kerak.
Tunnel ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi)ning boshi berk qismlarida oʻzaro ulanish uchun eng yaqin ulanish (sboyka)dan koʻtarma orqali qoʻl oʻtkazish bilan surma zulfinlarni oʻrnatish lozim.
533. Ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi) tarmogʻiga yuvish agregatlarini toʻldirish uchun sugʻorish, suv tarqatish, yongʻin oʻchirish, joʻmraklari oʻrnatilishi kerak.
534. Diametri kamida 20 mm li sugʻorish joʻmraklari quyidagilarda oʻrnatilishi lozim:
zinapoya tushishlarining oyoqosti panjaralarida, vestibyullarning kassa zallarida, ventilyatsiya kioskalarda, qoʻshimcha va avariya chiqishlarida;
kalorifer, nasos va ventilyatsiya qurilmalari xonalarida, podstansiyalarning yertoʻla xonalarida, stansiyalar orasidagi yoʻlaklarda;
piyodalar koʻcha osti oʻtish joylarida, kabel kanallari, oʻtish ventilyatsiya kanallar va ventilyatsiya tunnellarida;
stansiyalarning platforma osti qismlarida (sugʻorish joʻmraklari oʻrtasidagi masofa 20 m dan oshmasligi kerak);
peregon tunnellarda va yopiq yer ustidagi qismlarda (tunneldagi sugʻorish joʻmraklari orasidagi masofa 30 m dan ortiq boʻlmasligi kerak).
535. Trassaning qisqa qismlariga kamida ikkita joʻmrak joylashtirilishi lozim.
Diametri 20 mm li suv tarqatish joʻmraklarini kub xonalari yoki ayollar sanuzeli xonalarida, ushbu xonalar yoʻqligida, yoʻlakda vestibyulning barcha darajalarida issiq suvni biriga sovuq, boshqasiga issiq suvni olib kelish bilan poldan 0,5 — 0,7 m balandligida joylashtirilishi kerak.
Yongʻin joʻmraklari mazkur SHNQning I-boʻlimi 16-bobiga muvofiq oʻrnatilishi lozim.
Yuvish agregatlarini toʻldirish uchun joʻmraklarni tunnel suv ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi)da liniyaning yer usti yopiq qismlarida va stansiyalarning chekkalari sohasida 450 m dan (ulash kallaklari bilan diametri 50 mm boʻlgan ikkita ventil mazkur SHNQning 332-bandida keltirilgan) keyin oʻrnatilishi kerak.
536. Stansiyalarning vestibyullaridagi kirishlar va koʻcha osti oʻtish yoʻllaridagi zinapoyalarning tushishlarida oyoqosti panjaralarining chuqurchalarini yuvish uchun ulash kallaklari bilan kamida 25 mm diametrdagi sugʻorish joʻmraklari boʻlishi lozim.
537. Ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi)ning magistral va taqsimlovchi tarmoqlarini yotqizishni kabel kanallari, yoʻlaklar, ishlab chiqarish xonalarida ochiq ravishda inobatga olinishi kerak.
538. Elektr shit, uskuna, kross xonalarida ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi) yotqizilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Saqlash xonalarida suv quvurlarini faqat futlyarlarda ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi)ni yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
539. Stansiya vestibyullari yoʻlaklari va xonalarida diametri 50 mm va undan ortiq (yongʻin joʻmraklariga olib kelishlarni istisno etganda) sovuq suv ichimlik suvi taʼminoti (suv tarmogʻi) qismlari va issiq suv taʼminoti magistral quvurlarining qismlari issiqlik izolyatsiyasiga ega boʻlishi kerak.
540. Stansiyalar vestibyullarida sanitariya-texnik vositalariga issiq suv berishni markazlashgan issiq suv taʼminoti tizimidan yoki elektr suv isitgichlari hisobga olinishi kerak.
541. Issiqlik taʼminoti tizimini ajratib qoʻyish davrida ikkita dush toʻriga issiq suv yetkazib berish uchun elektr suv isitgichlari inobatga olinishi lozim.
542. TXKPda dush va yuvinish xonalari, TPP rakovinalarni elektr suv isitgichlardan issiq suv bilan taʼminlash kerak.
543. Stansiyalar vestibyullarida ovqatlanish, pul hisoblash xonasi, tibbiyot punkti, kub xonalarida sigʻimlari hisoblash bilan belgilanuvchi elektr suv isitgichlari loyihalanishi lozim.
544. Aylanma suv taʼminoti tizimlari ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun suv sarfi yuqori boʻlgan inshootlar va korxonalarda qoʻllanilishi kerak.
2-§. Oqova suv
545. Metropoliten inshootlari suv oʻtkazmas qoplamalar buzilishlarida, yongʻinni oʻchirishda, inshootlarni yuvishda, texnologik uskunaning ishlashida oʻz-oʻzidan oqishlarni toʻplash va majburiy suvni boshqa yoqqa yuborish tizimiga ega boʻlishi kerak.
546. Koʻcha osti oʻtish joylari, stansiyalar oʻrtasidagi yoʻlaklar, ventilyatsiya va kabel tunnellari, yoʻlning beton asosi bilan SCHQ suv toʻplagichlariga beton asosli yoʻllar bilan yoʻl va stansiya tunnellaridan suvni boshqa yoqqa yuborishni ochiq lotoklar va quvurlar boʻyicha suvning oʻz-oʻzidan oqishini inobatga olish kerak.
547. Yopiq usulidagi ishlarda bir yoʻlli ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellar oʻrtasidagi lotoklarni yotqizish uchun yurgichlar inobatga olinishi kerak.
548. Panjaralar, quduqlar yoki traplar orqali suvni qabul qilish va uni quvurlar boʻyicha suvning oʻz-oʻzidan oqishi bilan boshqa yoqqa burib yuborilishi quyidagilarda inobatga olinishi kerak:
yoʻllarning shagʻal asosli tunnellarida;
yoʻllarning beton asosidan pastga tushish (syezd)lar bilan tunnellarda;
stansiyalarning platformalarida, vestibyullarning kassa zallarida, stansiyalarning oʻrtasidagi yoʻlaklarda.
549. Pol yuvish uskanalaridan suvning oqizib yuborilishi kamida 1 m3 hajmga ega boʻlgan kir yigʻuvchi quduq yoki stansiya suv toʻkish qurilmasining rezervuar boʻlinmasiga alohida chiqarish bilan trap boʻlishi kerak.
550. Oʻz-oʻzidan oqar suv quvurlarining diametri kamida 100 mm, suvni boshqa yoqqa yuborishlar kamida 120°lotoklarning qiyaligi kamida 0,003, quduqlar oʻrtasidagi masofa 20 m dan oshmasligi lozim.
Platformaning boshi, oʻrtasi va oxirida traplar inobatga olinishi kerak.
551. Inshootlardagi suvni boshqa yoqqa burib yuboruvchi lotoklarni loyihalashda kamida 100x50 (h) mm yoki kamida 50 mm radius bilan suvga chidamli materiallar inobatga olinishi lozim.
552. Traplardan suv kelib tushuvchi sayoz joylashishdagi stansiyalarda platforma ostidagi lotoklarni 200×150 (h) mm oʻlchamda qabul qilish va ular yechib olinuvchi teshikli (perforatsiya) qilingan poʻlat bilan yopilishi kerak.
553. Shagʻal asosli yoʻl bilan yoʻl tunnellarida 200 mm diametrli ikkita quvur boʻyicha oʻz-oʻzidan oqar suvlarni keyinchalik boshqa yoqqa burib yuborish bilan panjarali quduqlar va traplar orqali, tor sharoitlarda yoʻl osti betonida joylashgan 150 mm diametrli uchta trubalar boʻyicha suvni qabul qilish inobatga olinishi lozim.
554. Traplar yoki quduqlar oʻrtasidagi masofa 20 m dan oshmasligi kerak.
Traplar va quduqlarni tozalash imkoni mavjud boʻlgan joylarda joylashtirilishi kerak.
555. Stansiyaning yerdagi vestibyuliga kirish joylarida oyoqosti panjaralari bilan chuqurchalarning chuqurligi 1,0 m, koʻcha osti oʻtish joylariga zinapoya tushishlari oldida 0,65 m, rezervuar qismining sigʻimi kamida 2 m3 boʻlishi lozim.
Chuqurchalar va rezervuarlarni mexanizatsiyalashgan tozalash imkoni mavjud boʻlgan joylarda joylashtirilishi kerak.
556. Suv toʻkish qurilmalari ularning belgilanishi va joylashuviga bogʻliq ravishda asosiy, tranzit va mahalliylarga boʻlinishi kerak.
Suv toʻkish qurilmalari quyidagi joylarda joylashgan boʻlishi kerak:
asosiylari — liniya trassasining pasaygan joylarida, shuningdek qurilma suvni ikki stansiya oraligʻida tunnel qismi, oʻtish (peregon) tunnellaridan qabul qiluvchi sayoz joylashgan stansiyalarda qabul qilganda;
tranzit — suv taqsimlash joyidan 1500 m dan ortiq pasaygan nuqtagacha trassaning uzoq davom etgan yonbagʻirlari bilan qismlarning oʻrtasida;
mahalliy-stansiyalar va tunnel oldi inshootlarining suvni oʻz-oʻzidan oqishi yoʻli bilan chiqarib boʻlmaydigan pasaygan joylarida.
557. Har bir SCHQ alohida xonada joylashgan boʻlishi, SCHQ suv yigʻgichlarida mexanizatsiyalashgan tozalash uchun foydalanish imkoni boʻlishi kerak.
558. 0°C dan past eng sovuq oyning oʻrtacha tashqi harorati boʻlgan shaharlarda kiruvchi TVQ va SCHQ tunnelga tutashishi oʻrtasidagi masofa iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda hisoblash bilan aniqlashtirilishi va SCHQ ning ijobiy haroratlar zonasidagi ishini taʼminlashi kerak.
559. Liniyada asosiy suv toʻkish nasos qurilmasini uchta nasos bilan, tranzit va mahalliy ikkita nasos bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
560. Normal ishlash rejimida asosiy nasos qurilmasida ikkita nasos ishlashi, tranzit yoki mahalliy nasos qurilmasida bitta nasos ishlashi va avariya rejimida barcha nasos qurilmalarining ishlashi inobatga olinishi kerak.
561. Suv toʻkish qurilmalarini davr boʻyicha nasoslar ishlashini boshqarish tizimi bilan hisobga olinishi, bunda har bir nasosning unumdorligi quyidagicha boʻlishi kerak:
asosiy va tranzit tizimlar — kamida 50 m3/h;
mahalliy oʻrnatish — 50 m3/h.
562. Asoslashda ishlov berishlar suv oʻtkazmasligi buzilishi, yongʻinni oʻchirish, inshootlarni yuvish, texnologik uskunalar ishida xarajatlarni hisobga olish bilan nasoslarning unumdorligi kamayishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, bir vaqtning oʻzida yongʻinni oʻchirish va inshootlarni yuvishdagi xarajatlar hisobga olinmaydi hamda ishlov berishlar suv oʻtkazmasligi buzilishi va yuvish agregati bilan tunnellarni yuvishdan xarajatlar esa yuvish agregati pasporti va foydalanish tajribasidan kelib chiqqan holda taqdim etilishi lozim.
563. Qurilmalardagi suv yigʻgichlarning hajmi quyidagi 21-jadval boʻyicha olinishi kerak.
564. Suv yigʻgichning ish hajmi barcha nasoslar oʻchirilgan suv darajasidan oʻrnatilgan nasoslarning oxirgisi yoqiladigan suv sathigacha belgilanishi lozim.
Suv yigʻgichning umumiy hajmi stansiyalarda SCHQ suv yigʻgichi yopma plitasining pastigacha, boshi berk izlarda va shpallarning tagigacha, qolgan qurilmalarda esa barcha nasoslar ajratib qoʻyiladigan suv sathidan belgilanishi lozim.
Suv yigʻgichlarni mexanizatsiyalashgan tozalash imkoniyati boʻlishi kerak.
565. SCHQ xonalari qoʻl uzatmali koʻtarish-transport mexanizmlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
566. Asosiy, tranzit va mahalliy SCHQ uchun ikkitadan bosim quvurlari boʻlishi lozim.
567. Oyoq tozalash chuqurchasidan oʻzidan-oʻzi oqar suv quvurlarining kamida 2 m3 sigʻimli rezervuar qismi bilan quduqlar orqali suv oqadigan shahar tarmogʻiga ulanishi kerak.
568. SCHQ bosim quvurlarida olib tashlanayotgan suv hajmini masofadan turib hisobini olib borish uchun vositalar inobatga olinishi lozim.
569. Asosiy va tranzit SCHQ da suv qatlamlari uchta boʻlmagan (ulardan biri choʻkindi), mahalliylarda esa ikkita (bittasi choʻkindi) boʻlishi kerak.
570. Har bir boʻlinmada kuzatish lyuklari, zinapoyalar va koʻprikchalar, qayta ishga tushirish klapanlari va parda devorlardagi suv toʻkish teshiklari, choʻkindini aralashtirish uchun qurilmalari boʻlishi kerak.
Nasoslarning soʻrish liniyasining qabul qilish klapanlari ostida chuqurligi 200 mm boʻlgan chuqurchalar tashkil qilinishi kerak.
Suv yigʻgich tubining chuqurchalarga qiyaligini kamida 0,02 deb qabul qilinishi lozim.
Suv yigʻgichlarda suv darajasi datchiklari oʻrnatilishi kerak.
571. SCHQ pol darajasi olinishi uchun quyidagilar hisobga olinishi kerak:
asosiy va tranzit qurilmalarida — yoʻl relslari kallagi darajasidan 0,25 m ga yuqorisi;
kuzatish ariqchalari bilan boshi berk izlar SCHQ da — yoʻl relslari kallagi darajasidan 0,15 m ga past boʻlishiga yoʻl qoʻyilishi;
sayoz joylashgan stansiyalarda mahalliy va asosiy SCHQ da — qoʻshni xonalar poli darajasidan yuqori emas deb qabul qilinishi.
572. Nasoslar poydevorlarining balandligi toza pol sathidan kamida 0,2 m boʻlishi lozim.
573. Tunnellar orqali oqova suv quvurlarini yilning sovuq davrida kirish TVQ taʼsir zonasini hisobga olgan holda musbat haroratlar zonasida yotqizilishi kerak.
574. Metropoliten inshootlaridan yomgʻir suvlari shahar tarmogʻi, maishiy kanalizatsiyaga oqova suvlarni oqizishni QMQ 2.04.03-19 ga muvofiq hisobga olinishi lozim.
https://neolex.uz/uz/laws/law-7271573
