Tashqi savdo kontraktlariga identifikatsiya raqamini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1365-son)
21.05.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 21-mayda 1365-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida birja va yarmarka savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 223-sonli va 2003-yil 30-sentabrdagi “Eksport operatsiyalarni monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 416-sonli qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki qaror qiladi:
1. “Tashqi savdo kontraktlariga identifikatsiya raqamini berish toʻgʻrisidagi nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2.Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan sanadan 10 kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh
2004-yil 3-may,
01-02/19-23-son;
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJANOV
Toshkent sh
2004-yil 3-may,
250-V-son
