Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikat berish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida (1360-son)
20.05.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 20-mayda 1360-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi va standart talablari hamda IKAO tavsiya qilgan xalqaro fuqaro aviatsiyasi amaliyotiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikat berish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma* tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Buyruq Adliya vazirligida roʻyxatga olingandan soʻng oʻn kun ichida koʻpaytirilib, barcha aviakompaniyalar va mansabdor shaxslarga tarqatilishi taʼminlansin.
3. Mazkur yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingandan soʻng oʻn kun oʻtgach, amalga kiritilsin.
4. Mazkur buyruq bajarilishi ustidan nazorat Sertifikatlash, litsenziyalash va parvoz xavfsizligi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi zimmasiga yuklatilsin.
Davavianazorat boshligʻi X. TROBOV
Toshkent sh.,
2004-yil 16-aprel,
53-son
