Monopolist korxonalar tomonidan deklaratsiya qilinadigan narxlarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qoidalarni tasdiqlash haqida (1359-son)
20.05.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 20-mayda 1359-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 1997-yil 31-martdagi 165-son va “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarorlariga asosan buyuraman:
1. Monopolist korxonalar tomonidan deklaratsiya qilinadigan narxlarni qoʻllanishi toʻgʻrisidagi qoidalar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Monopolist korxonalar tomonidan deklaratsiya qilinadigan narxlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi 1999-yil 23-iyuldagi 58-sonli xati (1999-yil 3-avgust, roʻyxat raqami 792-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-mart,
54-son
