Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi toʻgʻrisida (33-V-son)
20.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 94-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Nigmatovich Aripovning nomzodi maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-noyabr,
33-V-son
