Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida (46-V-son)
21.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimiga nomzodni koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 94-moddasi birinchi qismining 5-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimiga Sherzod Saidjanovich Xidoyatovning nomzodi maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-noyabr,
46-V-son
