Nukus shahrining bosh rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida (837-son)
13.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nukus shahrini kompleks rivojlantirish, qurilish ishlarini rejalashtirish, ularning sifati va darajasini oshirish, shaharning meʼmoriy-rejalashtirish qiyofasini hamda infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 — 2022-yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan taʼminlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3502-son qaroriga muvofiq shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiquvchi etib belgilangan “OʻzshaharsozlikLITI” bosh loyiha instituti davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — bosh loyiha tashkiloti) tomonidan Nukus shahri bosh rejasining loyihasi ishlab chiqilganligi;
b) Nukus shahri bosh rejasining loyihasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilganligi;
v) ishlab chiqilgan Nukus shahri bosh rejasining loyihasida 2040-yilgacha boʻlgan davrda Nukus shahrining Nukus tumani hududiga (876 gektar) kengayishi hisobga olinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Nukus shahrining bosh rejasi loyihasining asosiy yechimlari 1-ilovaga muvofiq;
Nukus shahrining bosh rejasi loyihasining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qisqa, oʻrta va uzoq muddatli istiqbollarga moʻljallangan qurilish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish istiqbollarini rejalashtirishni hisobga olgan holda, Nukus shahrining bosh rejasi loyihasini amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) mazkur qarorga asosan tasdiqlangan Nukus shahrining bosh rejasiga muvofiq Nukus shahri chegarasini oʻzgartirish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻgʻorgʻi Kengesiga koʻrib chiqish uchun kiritsin;
v) manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda quyidagilarni taʼminlasin:
bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarida belgilangan koʻchalarning qizil chiziqlari doirasidagi maydonlarda jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkalarining bosh rejaga zid ravishda egallab olinishini cheklash;
bosh rejaga asosan yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, sanoat zonasi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish, koʻkalamzorlashtirish va daraxt ekish uchun moʻljallagan rekreatsiya zonalarida boshqa maqsadlar uchun bosh rejaga zid ravishda obyektlarni joylashtirish hamda qurilish ishlarini amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida doimiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlash;
bino va inshootlarni joylashtirishda tarixiy zona hamda shaharning boshqa hududlarida joylashgan madaniy yodgorliklarning muhofaza zonalari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
energiya tejamkor zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali suv taʼminoti, oqova suv, irrigatsiya, elektr energiyasi, gaz, issiqlik va telekommunikatsiyalar taʼminoti obyektlarini modernizatsiya qilish;
hududning shaharsozlik qiyofasini shakllantiruvchi mavjud maydonlar, obodonlashtirilgan xiyobonlar va bogʻlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish orqali shaharning meʼmoriy qiyofasini yaxshilash;
uy-joy, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat, sanʼat va dam olish obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash hisobidan ijtimoiy va turizm infratuzilmasini rivojlantirish;
ilmiy gidrogeologik tadqiqotlar asosida sizot suvlar sathini pasaytirish boʻyicha shahar hududini muhandislik jihatidan tayyorlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
g) birinchi navbatda quriladigan hududlarning batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqsin hamda ularning bosqichma-bosqich amalga oshirilishni tashkil etsin;
d) Nukus shahrining bosh rejasi loyihasining kompleks amalga oshirilishi yuzasidan mualliflik nazoratini oʻrnatish boʻyicha bosh loyiha tashkiloti bilan shartnoma imzolash, ishlarni bajarish va moliyalashtirish oʻz vaqtida tashkil etilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi uch oy muddatda aholi punktining bosh rejasi loyihasini kompleks amalga oshirilishi ustidan mualliflik nazoratini taʼminlashni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Bosh loyiha tashkilotiga Nukus shahrining tasdiqlangan bosh rejasi loyihasining kompleks amalga oshirilishi ustidan mualliflik nazoratini toʻlaqonli taʼminlash yuzasidan masʼuliyat yuklansin.
6. Belgilansinki, xorijiy investorlar, ijtimoiy soha obyektlari va mahalliy investorlar tomonidan kiritilgan takliflar (loyihalar) Nukus shahrining bosh rejasiga ushbu obyektlarni joylashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik kengashida koʻrib chiqiladi va kelishiladi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Nukus shahrining bosh rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 6-dekabrdagi 250-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-dekabr,
837-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi 837-son qaroriga 1-ILOVA
Nukus shahrining bosh rejasi loyihasining
ASOSIY YECHIMLARI
Nukus shahri bosh rejasining asosiy parametrlari shaharni maʼmuriy, iqtisodiy, madaniy va sanoat markazi sifatida yanada rivojlantirishni nazarda tutadi.
Shaharning bosh rejasida aholi punkti hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni prognozini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, hududlarning zonalashtirilishi va ularni qurish navbati, aholi punkti hududini tabiiy hamda texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiridan muhofaza qilish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari, aholi punktining qurilgan hamda qurilmagan hududlari nisbati, aholi punktini rivojlantirish uchun zaxira hududlar va chegaralar hamda aholi punktining iqtisodiy, sanoat va hududiy salohiyati, aholining koʻpayish surʼatini nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilangan.
Shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda shaharning xalq hoʻjaligi, sanoat salohiyati, ishchi resurslari, tabiiy-ekologik muhitning rivojlanishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Nukus shahrining shu sohalardagi rivojlanish yoʻnalishi bilan bogʻliq.
Nukus shahrida 2040-yil oxiriga qadar (keyingi oʻrinlarda — hisob davri) quyidagilar rejalashtirilgan:
1. Aholi soni va hududi:
aholi sonining oʻsishi — 312,4 ming kishidan, hisob davrida — 400,0 ming kishi;
Shaharning hududi — 12 507,0 gektardan, hisob davrida 13 383,0 gektarga;
aholi punktining turar joy hududi — 5 030,2 gektardan, hisob davrida 5 486,5 gektarga oʻzgaradi;
2. Uy-joy qurilishi va uy-joy fondi:
uy-joy fondi umumiy maydoni — 5 645,3 ming kv. metrdan, hisob davrida — 9 200,0 ming kv. metr;
umumiy yashash maydoni bilan taʼminlash — 18,0 kv. metr/kishidan, hisob davrida — 23,0 kv. metr/kishi;
uy-joy fondining qisqarishi, hisob davrida — 408,57 ming kv. metr;
uy-joy fondining qavatlar kesimida:
1-2 qavatli yakka tartibdagi uylar — 4 214,1 ming kv. metrdan, hisob davrida — 4 193,6 ming kv. metr;
2-3 qavatli kottej uylar — 144,5 ming kv. metrdan, hisob davrida — 28,5 ming kv. metr;
2-3 qavatli uylar — 30,5 ming kv. metrdan, hisob davrida — 8,89 ming kv. metr;
4-5 qavatli uylar — 1 223,2 ming kv. metrdan, hisob davrida — 2 299,5 ming kv. metr;
7 qavatli uylar hisob davrida — 552,0 ming kv. metr;
9 qavatli uylar — 10,84 ming kv. metrdan, hisob davrida — 779,4 ming kv. metr;
12 qavatli uylar hisob davrida — 415,4 ming kv. metr;
16 qavatli uylar — 22,1 ming kv. metrdan, hisob davrida — 922,7 ming kv. metr;
3. Ijtimoiy sohada:
aholining ijtimoiy soha obyektlariga boʻlgan talabini amaldagi meʼyorlarga moslashtirish maqsadida soha koʻrsatkichlari quyidagi tarzda oʻzgaradi:
maktabgacha taʼlim muassasalarida — 9 915 oʻrindan hisob davrida — 20 800 oʻringacha;
umumiy oʻrta taʼlim maktablarida — 40 111 oʻrindan hisob davrida — 58 400 oʻringacha;
shifoxonalarda — 3 340 oʻrindan hisob davrida — 9 924 oʻringacha;
poliklinikalar smenada — 4 474 tashrifdan hisob davrida — 16 180 tashrifgacha;
doʻkonlar savdo maydoni — 41 683 kv. metrdan hisob davrida — 64 804 kv. metrgacha;
umumiy ovqatlanish joylari — 10 780 oʻrindan hisob davrida — 18 670 oʻringacha;
madaniyat saroylari, klublar — 600 oʻrindan hisob davrida — 16 267 oʻringacha;
kinoteatrlar — 2 752 oʻrindan hisob davrida — 10 645 oʻringacha;
mehmonxonalar — 830 oʻrindan hisob davrida — 2 400 oʻringacha;
maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari — 437 ishchi oʻrinlari hisob davrida — 2 800 ishchi oʻrinlariga oʻzgarishni tashkil qiladi.
4. Jamoat transporti, avtomobil yoʻllari va koʻchalar hisob davrida:
magistral koʻchalarning umumiy uzunligi — 90,35 km.dan hisob davrida — 278,0 km;
shahar jamoat transporti qatnovi umumiy soni — 60 qatnovdan hisob davrida — 300 qatnov;
transport xizmatidan foydalanuvchi yoʻlovchilar — 1,3 mln kishidan hisob davrida — 118,5 mln kishi oʻzgarishni tashkil qiladi.
5. Muhandislik va texnik infratuzilma sohalari boʻyicha hisob davrida:
shaharning muhandislik-texnik infratuzilmalarining taʼminlanganlik, mustahkamlik va tejamkorlik darajasini oshirish;
energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish, hisoblagichlar bilan taʼminlash va muhandislik-texnik resurslarni boshqarish;
muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining mustahkamligi va uzoq muddatga xizmat qilishini taʼminlash rejalashtirilgan.
Ichimlik suvi taʼminoti koʻrsatkichlari:
mavjud suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish, eskilarini taʼmirlash va shu bilan aholining ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlanishini talabga moslashtirish maqsadida loyihalashtirishning birinchi navbati va hisob davrlaridagi koʻrsatkichlari:
ichishga yaroqli boʻlgan umumiy suv hajmi kuniga — 65,05 ming metr kubdan hisob davrida — 98,80 ming metr kub;
kommunal ehtiyojlar uchun umumiy suv hajmi kuniga — 30,48 ming metr kubdan hisob davrida — 76,0 ming metr kub;
ishlab chiqarish uchun umumiy suv hajmi kuniga — 2,97 ming metr kubdan hisob davrida — 15,20 ming metr kub;
boshqa isteʼmolchilar ehtiyojlari uchun kuniga — 31,60 ming metr kubdan hisob davrida — 7,60 ming metr kub oʻzgarishlarni tashkil qiladi.
Oqova suv tarmoqlari koʻrsatkichlari:
chiqariladigan oqova suvning hajmi kuniga — 10,52 ming metr kubdan hisob davrida — 77,85 ming metr kub;
tozalash inshootining kerakli quvvati kuniga — 65,0 ming metr kubdan, hisob davrida — 100,0 ming metr kub;
xoʻjalik-maishiy chiqindi oqova suv hajmi kuniga — 9,52 ming metr kubdan, hisob davrida — 62,56 ming metr kub;
sanoat va ishlab chiqarish oqova suvlari hajmi kuniga — 1,0 ming metr kubdan hisob davrida — 12,16 ming metr kub;
boshqa isteʼmolchilar ehtiyojlari uchun kuniga — 1,73 ming metr kubdan hisob davrida — 3,13 ming metr kub;
uy-joy fondining oqova suv tarmoqlari bilan taʼminlanishi — 30 foizdan hisob davrida — 90 foiz oʻzgarishlarni tashkil qiladi.
Sanitar tozalash ishlari:
sanitar tozalash — har turdagi chiqindilardan tozalash, ularni yigʻish, vaqtincha saqlash, zararsizlantirish va yoʻq qilish bilan bogʻliq kompleks sanitariya-gigiyena jarayoni boʻlib, bu jarayon egalik huquqining turidan qatʼi nazar, shaharning barcha hududlarini qamrab olgan tizimli mexanizm hisoblanadi va SHNQ 2.07.01-03, OʻzR SanPiN 0297-11-son talablariga asosan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Bosh reja loyihasiga koʻra shaharni sanitariya jihatidan tozalash:
qattiq chiqindilarni qayta ishlash zavodiga va mavjud qattiq chiqindilar chiqindixonasiga tashlash va olib chiqish;
shahar hududida qattiq maishiy chiqindilarni alohida yigʻish va saqlash uchun zamonaviy sanitariya talablariga javob beradigan chiqindilarni yigʻish joylarini joylashtirish va qurish;
mexanik tozalash, markaziy koʻchalar va yoʻllarni, shuningdek, mahallalar va mikrorayonlarning ichki qismini yuvish;
veterinariya-sanitariya qoidalariga muvofiq hayvonlar murdalarini zararsizlantirish;
chiqindi poligoni hududida qattiq maishiy chiqindilarni saqlash, siqish va izolyatsiya qilish ishlarini mexanizatsiyalash;
atmosfera, tuproq, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishdan himoya qiluvchi, poligon uchun ajratilgan hududdan samarali foydalanishni taʼminlaydigan inshootlar qurish.
Yaxshilangan poligonni qurish va undan foydalanishning asosiy sanitariya-texnik choralari quyidagilardan iborat:
yerni (30 — 50 sm) zichlash bilan toʻldirish orqali chiqindini oʻz vaqtida, yaxshilab izolyatsiya qilish;
ixtisoslashtirilgan avtoparklarni zarur jihozlar bilan jihozlash;
yangi chiqindixonalarni qayta ishlash zavod hududlari — 9,7 gektardan, hisob davrida — 30,5 gektargacha kengaytirish tavsiya etiladi.
Elektr taʼminoti:
elektr energiyasiga umumiy talab yiliga — 229,5 mln kVt/soatdan hisob davrida — 549,5 mln kVt/soat, shundan:
sanoat korxonalari ehtiyoji uchun yiliga — 42,2 mln kVt/soatdan hisob davrida — 94,3 mln kVt/soat;
kommunal va maishiy ehtiyojlari uchun yiliga — 106,6 mln.kVt/soatdan hisob davrida — 360,0 mln kVt/soat;
boshqa ehtiyojlar uchun yiliga — 80,7 mln.kVt/soatdan hisob davrida — 95,2 mln kVt/soatga oʻzgarishlarni tashkil qiladi.
Issiqlik taʼminoti hisob davrlarida:
markazlashtirilgan issiqlik taʼminotiga boʻlgan ehtiyoj yiliga — 460,0 Gkal/soatdan, hisob davrida — 1 335,63 Gkal/soat, shundan:
uy-joy fondi ehtiyoji uchun — 167,0 Gkal/soatdan hisob davrida — 756,27 Gkal/soatga oʻzgarishlarni tashkil qiladi;
turar joylarga alohida isitish qozonlari oʻrnatish belgilangan.
Gaz taʼminoti:
gaz uzatish stansiyasi va quvurlarini taʼmirlash;
gaz hisoblagichlar bilan taʼminlash va sanoat korxonalari faoliyatini ilmiy-texnik jihatdan gaz tejamkorligini joriy qilish;
gazga boʻlgan umumiy ehtiyoj, yiliga — 3 857 692,2 ming metr kubdan hisob davrida — 3 944 093,1 ming metr kub; shundan:
isitish qozonxonalari uchun yiliga — 7 567,6 ming metr kubdan hisob davrida — 22 478,6 ming metr kub;
uy-joy fondi ehtiyoji uchun yiliga — 37 046,4 ming metr kubdan hisob davrida — 65 147,0 ming metr kub;
kommunal va maishiy ehtiyojlar uchun yiliga — 13078,2 ming metr kubdan, hisob davrida — 25 910,0 ming metr kub;
sanoat korxonalari ehtiyoji uchun yiliga — 3 800 000,0 ming metr kubdan, hisob davrida — 3 830 557,5 ming metr kub;
uy-joy fondining gaz bilan taʼminlanishi — 100 foiz oʻzgarishlarni tashkil qiladi.
6. Shaharni funksional hududlashtirish va meʼmoriy rejalashtirish:
bosh rejada aholi punkti hududini aniq funksional hududlarga ajratish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi, aholini uy-joy va boshqa infratuzilma obyektlari bilan taʼminlashni meʼyoriy talab darajasiga olib chiqish, shaharning Qoraqalpogʻiston Respublikasi markazi sifatida nufuzini oshirish, chekka qishloqlar aholisi uchun xizmat qilish tizimini yaxshilash, zararli, sanoat va ishlab chiqarish korxonalarini shahar hududidan chiqarib, ularning oʻrniga zamon talablariga mos, ekologik toza ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish hamda atrof-muhitni tozalash va boshqa tadbirlardan iborat.
Bosh rejaning asosiy rejalashtirish yechimi, shaharni ixcham, har tomonlama qulay aholi punktiga aylantirish maqsadida quyidagi ishlar bajariladi:
shaharning barcha tizimlarini mujassam tarzda shakllantirib, ularning bir-biri bilan qulay bogʻlash;
uy-joy hududlarini tartibga solish, ikki pogʻonali, yaʼni markaz hamda kichik tuman (mikrorayon) tizimiga bogʻlash;
funksional hududlashtirishda aniqlash va qulaylikka erishish;
funksional hududlarda xizmat koʻrsatish obyektlarini qulay qilib joylashtirish va ular orasidagi piyoda va transport bogʻliqliklarni qulay tarzda shakllantirish;
mavjud hududlarni yangi shakllanayotgan hududlar bilan bogʻlashda, aholi uchun kam xarajatli yoʻllarni topish, ikkala hududlarning bir xil rivojlanishi, orasidagi tafovutni qisqartirish va bir-biriga uygʻunlashtirish.
Meʼmoriy-funksional hududlashtirish va maʼmuriy markazlar:
shahar maʼmuriy, madaniy-maʼrifiy, oʻquv, tibbiyot, sport-sogʻlomlashtirish, istirohat, dam olish, savdo va maishiy xizmat hududlarini aniq funksional hududlarga ajratib, bir-biri bilan qulay tarzda avtomobil va piyodalar yoʻllari bilan bogʻlash.
funksional hududlashtirishda asosiy maqsad turli funksional hududlarning bir-biriga xalaqit bermagan holda rivojlanishi va mustaqil faoliyat yuritishi, aholi turmush tarzini qulay darajaga keltirishdan iborat. Shu bilan birga, Nukus tumanidan Nukus shahriga qoʻshilayotgan hududlarda joylashgan mavjud mahallalarni shahar sharoitiga moslashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Yangi bosh rejaga muvofiq shaharda ikkita maʼmuriy markaz tashkil qilinadi.
Birinchi maʼmuriy markaz — shaharning bugungi kundagi maʼmuriy markazi hisoblanib, Islom Karimov, Amir Temur va M. Jumanazarov koʻchalari kesishmalari hisoblanadi. Ushbu markaz saqlab qolinadi. Unda joylashgan Savitskiy muzeyi, Xotira maydoni, mehmonxonalar, “IT-park”, istirohat bogʻi va boshqa maʼmuriy va xoʻjalik binolarini qurish va qayta taʼmirlash, eski bino va inshootlar oʻrniga yangi va zamonaviy koʻp qavatli binolar joylashtirish taklifi kiritildi.
Kam qavatli uy-joylar oʻrniga koʻp qavatli zamonaviy uy-joy massivlarini joylashtirish rejalashtirilgan. E. Alakoʻz, M. Jumanazarov, A. Dosnazarov koʻchalari boʻyida koʻp qavatli uylarni joylashtirish belgilangan. Bosh rejada ushbu uylarning birinchi qavatlarida aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish taklif etiladi.
Piyodalar yoʻlaklari, dam olish maydonchalari, yashil maydonlarni tashkil qilish, yagona tizim orqali bogʻlash hamda aholiga qulay sharoit yaratish rejalashtirilgan.
Shaharning mavjud va qoʻshilayotgan hududlaridan oqilona foydalanish, har bir massivning maʼmuriy markazlarida zamonaviy bino-inshootlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri oʻziga xos meʼmoriy-madaniy uslubini inobatga olingan holda, aholining turmush tarzini qulaylashtirish orqali aholini yangi ish oʻrinlari bilan taʼminlashga erishiladi.
Ikkinchi maʼmuriy markaz — shaharning janubi-gʻarbiy qismidagi Nukus tumaniga chiqadigan koʻchalar va loyihaviy koʻchalari kesishmasida joylashtiriladi.
“Nukus Siti”ning ushbu markazlari kichik va oʻrta biznesni, bank filiallari, turar joy va jamoat binolarining biznesni boshqarish bilan bogʻliq obyektlarni birlashtiradi va 7 qavatdan 16 qavatgacha boʻlgan obyektlar barpo etiladi.
Har bir tashkil etilayotgan turar joy massivi (mahalla, kichik tuman) aholiga xizmatlar koʻrsatish majmuasi bilan taʼminlangan. Har bir mitti tumanda xizmat koʻrsatish meʼyorlari va unda yashaydigan aholi sonini hisobga olgan holda maktablar, bolalar bogʻchalari, mahalla guzarlari, kichik maydonchalar, yashil maydonlar va xiyobonlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Maʼmuriy va hududiy markazlarga olib boruvchi yoʻllar yoqasidagi binolar oʻrniga zamonaviy loyihalar asosida bosqichma-bosqich qayta qurish ishlari amalga oshiriladi va natijada shaharning koʻrinishi yanada yaxshilanib, koʻchalar obod boʻlishi hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratilishiga erishiladi.
Turar joy hududlari.
Nukus shahrining loyihaviy chegarasi shimolda Nukus tumani hamda “Doʻstlik” kanali oʻzani boʻylab, sharqda kichik halqa yoʻligacha, gʻarbda Amudaryogacha va janub tomondan sanoat hududlarigacha belgilangan. Sharqiy va janubiy yoʻnalishlar qumlar bilan oʻralganligi sababli yangi turar joy massivlari asosan shimoli-gʻarbiy tomonda joylashadi. Shaharga qoʻshilayotgan hududlar 876,0 gektar, hisob davrlarida bu koʻrsatkich 13 383,0 gektarga yetadi. Koʻchalarda transport qatnovini yaxshilash uchun kengaytirish, koʻcha yuzidagi yakka tartibdagi uy-joylar oʻrniga renovatsiya dasturi doirasida zamonaviy va koʻp qavatli uy-joy massivlari joylashtiriladi.
Koʻkalamzor va yashil maydonlar.
Hozirgi kunda Nukus shahrida istirohat bogʻlari va yashil maydonlar aholining kishi boshiga amaldagi meʼyorlarda belgilangan miqdorda taʼminlanmagan, yaʼni shaharning koʻkalamzor va yashil maydonlari juda kam miqdorda. Shu bilan birga, mavjud istirohat bogʻlari va yashil maydonlarni kengaytirish imkoniyati yoʻq. Shu sababli shahar aholisining yashil maydonlarga boʻlgan meʼyoriy talabni tartibga solish maqsadida asosan shaharga qoʻshilayotgan yangi hududlarda istirohat bogʻlari joylashtiriladi.
Har bir turar joy hududining yashil maydonlari, sanoat zonalari, avtomobil yoʻllari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, kanal, ariqlarning sanitar-himoya hududlari bir-biri bilan yashil yoʻlaklar orqali bogʻlanadi va shaharning maʼmuriy markazlarida joylashgan istirohat va koʻngilochar bogʻlarga tutashadi va yagona tizim shakllanadi.
Yangi uy-joy massivlarida tashkil qilingan yashil maydonchalar aholining oʻz uylaridan uzoqqa bormagan holda sayr qilishi va dam olish imkoniyati yaratiladi. Shahar ichidan oqib oʻtuvchi kanal va ariq hamda suv havzalari himoya hududlarida joylashgan qurilma va uy-joylardan boʻshatilib, suvning ifloslanishining oldini olish toʻgʻrisida taklif beriladi va ularning oʻrnida aholining dam olishi, sport bilan shugʻullanishi uchun xizmat koʻrsatish maskanlari bilan toʻldiriladi. Shaharga qoʻshilayotgan gʻarbiy tomonda Nukus tumani hududida shahar stadioni, barcha sport turlari bilan shugʻullanish uchun seksiyalar, bolalar sogʻlomlashtirish va sport inshootlari, suv havzasi va sport toʻgaraklarini oʻz ichiga olgan katta sport-sogʻlomlashtirish majmualari joylashtirildi.
Tibbiyot hududlari.
Tibbiyot muassasalaridan iborat tibbiyot hududi M. Jumanazarov va A. Dosnazarov koʻchalarida joylashgan. Bu hududda shahar va respublika markazi aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatish muassasalari, Qoraqalpogʻiston koʻchasi boʻyida tez tibbiy yordam, tugʻruqxona kompleksi va har xil yoʻnalishda malakali yordam koʻrsata olish salohiyatiga ega tibbiyot muassasalari joylashgan. Boʻlajak shifokorlarga qulay boʻlishi uchun Nukus 2-son tibbiyot kolleji ham mavjud. Nukus tumanidan qoʻshilayotgan yangi barpo boʻlayotgan massivlarda birinchi yordam koʻrsatishga ixtisoslashgan poliklinika va bolalar poliklinikalari joylashtiriladi.
Sanoat korxonalari va hududlari.
Nukus shahri respublikaning maʼmuriy markazi boʻlishi bilan birga yirik sanoat kompleksiga ega shahar sanaladi. Shaharda bir qancha yirik sanoat hududlari mavjud boʻlib, ular nafaqat shahar, balki respublikaning sanoat salohiyati va ish oʻrinlari bilan taʼminlovchi soha hisoblanadi. Bosh reja yechimiga koʻra barcha mavjud sanoat hududlari shaharning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan.
Loyiha shahar va respublika atrof-muhitni himoya qilish boshqarmalari bilan kelishilgan va ularning tavsiyalarini inobatga olgan holda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan:
shahar markaziga, aholi yashash massivlari, jamoat, sogʻlomlashtirish va boshqa hududlarga yaqin sanoat hududlari tarkibidagi yirik, zararli va zararsiz korxonalarni shahar tashqarisiga chiqarish;
barcha sanoat hududlarida boʻsh turgan yoki oʻzini oqlamayotgan korxonalarni xatlovdan oʻtkazib, ularning oʻrniga yangi texnologiyada ishlashga moslashgan, atrof-muhitga zararli taʼsiri kam boʻlgan korxonalarni joylashtirish;
I, II va III toifali sanoat korxonalari qatoriga kiruvchi ogʻir sanoat, avtotransport, kimyo, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari va omborxonalarni shahardan tashqariga, bosh rejada belgilangan sanoat hududiga olib chiqish;
IV va V toifadagi sanoat korxonalari oʻz oʻrnida qoldirib, yangi texnologiyalar bilan taʼminlanishi, kichik xususiy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish;
barcha sanoat hududlarini sanitar-himoya hududlarini saqlagan holda ularda koʻp yillik va serbarg daraxtlar ekish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Shaharning istiqboldagi sanoat imkoniyatini kengaytirish, aholini ish joyi bilan taʼminlash uchun yaratilishi kerak boʻlgan korxonalar tashkil qilinishi, ularni barcha kommunal tarmoqlar bilan jihozlanishi loyihada inobatga olingan.
7. Shaharning ekologik rivojlanishi:
shahar ekologiyasi, atrof-muhit himoyasi masalasida barcha amaldagi sanitar meʼyorlardan kelib chiqqan holda, quyidagi vazifalar maqsad qilib olindi:
aholining turmush tarzini ekologik talablardan kelib chiqqan holda, atrof-muhitni tozalash, zararli omillardan himoya qilish;
transport infratuzilmasini texnik va texnologik qayta jihozlash, qurilish va energetika komplekslarini yangilash, koʻkalamzorlashtirish ishlariga katta eʼtibor berib, aholini yashil zonalar bilan taʼminlashni meʼyoriy talabga yetkazish;
yer, havo, suvning ifloslanishining oldini olish, vertikal va gorizontal drenaj quvurlari ifloslanishining oldini olish, kanal va suv inshootlari qirgʻoqlarini betonlash va barchasi ustidan nazoratni kuchaytirish;
bir qancha kommunal ombor bazalarini va qurilish tashkilotlari va boshqalarni shahar chegarasidan chiqarish;
sanoat-ishlab chiqarish korxonalari, qabristonlar, temir yoʻl, avtomobil yoʻllari va muhandislik-kommunikatsiya inshootlarining sanitar-himoya hududlarini meʼyoriy talablardan kelib chiqqan holda tashkil qilish va koʻkalamzorlashtirishni loyihaning hisob davriga kelib 1 157,9 gektarga yetkazish.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi 837-son qaroriga 2-ILOVA
Nukus shahrining bosh rejasi loyihasining
TEXNIK-IQTISODIY KOʻRSATKICHLARI
T/rKoʻrsatkichlarOʻlchov birligiHozirgi holatiHisob davri12346IAholiShahar aholisi soniming kishi312,4400,0Aholining yosh tarkibi:ming kishi%312,4100,0400,0100,0maktabgacha yoshdagi bolalar (0 — 6 yosh)ming kishi%42,1713,551,612,9maktab yoshidagi bolalar (7 — 15 yosh)ming kishi%49,0515,758,414,6mehnatga layoqatli yoshdagi aholi (16 yoshdan 59 yoshgacha boʻlgan erkaklar, 16 yoshdan 54 yoshgacha boʻlgan ayollar)ming kishi%193,3861,9250,062,5mehnatga layoqatli yoshdan katta aholiming kishi%27,808,940,010,0Aholining mehnat tarkibi:shaharni shakllantiruvchi guruhming kishi%63,7320,487,9422,0shaharga xizmat koʻrsatuvchi guruhming kishi%67,7921,792,023,0ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim oluvchi 16 yoshdan katta oʻquvchilarming kishi%15,314,918,04,5ishsizlar va shaxsiy, maishiy va yordamchi xoʻjaliklarda band boʻlganlarming kishi%47,8015,353,213,3IIShaharni shakllantirish ahamiyatiga ega obyektlarSanoat korxonalarikishi37369060Transport:havo transportikishi343400temir yoʻl transportikishi79130avtomobil transportikishi34498100Ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish tashkilotlarikishi20392400Pedagogik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar sonikishi56755794Maʼmuriy-xoʻjalik va jamoat tashkilotlarikishi910112000Qurilish tashkilotlarikishi555810000Tayyorlov-taʼminot tashkilotlarikishi11771550Sogʻliqni saqlash muassasalarikishi49269753Qishloq xoʻjaligikishi18702500Dam olish va turizm muassasalarikishi137500Boshqa tashkilotlarkishi11183000IIIHududShahar chegarasidagi hududgakv.m/kishi12507,0400,3513383,0334,57A)Turar joy hududlari, jamigakv.m/kishi7526,07240,918480,2212,0Shu jumladan:Turar joy hududlarigakv.m/kishi5030,2161,015486,48137,16Xizmat koʻrsatish korxonalarigakv.m/kishi465,814,91985,624,64Umumiy foydalanishdagi koʻkalamzorlargakv.m/kishi73,12,343609,0Sport inshootlarigakv.m/kishi10,30,34220,05,5Magistral koʻchalar tarmogʻigakv.m/kishi422,713,531013,025,33Boshqa hududlargakv.m/kishi1523,9748,78415,1210,37B)Aholi turar joylaridan tashqari hududlar, jamigakv.m/kishi4980,93159,444902,8122,57Shu jumladan:Sanoatlashgan hududlargakv.m/kishi410,013,12727,618,19Ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari, oliy taʼlim va oʻquv muassasalari hududlarigakv.m/kishi138,04,42138,03,45Kommunal xoʻjaligi korxonalari hududlari va omborxonalargakv.m/kishi222,07,11275,36,88Tashqi transport hududigakv.m/kishi784,025,1963,224,08Avtomobil yoʻllari, yoʻllar, toʻxtash joylari, yuk tushirish joylari va boshqalargakv.m/kishi188,06,01266,46,66Suv sathlarigakv.m/kishi298,09,54369,89,24Maxsus hududlargakv.m/kishi330,010,56330,08,25Sanitar-himoya hududigakv.m/kishi700,022,411157,928,95Qishloq xoʻjaligi ahamiyatiga ega hududlargakv.m/kishi1331,9342,64-Sanitariya-texnik qurilmalar, pitomniklar, qabristonlargakv.m/kishi69,02,2198,62,47Maxsus muhandislik tadbirlarini oʻtkazish talab etiladigan hududlargakv.m/kishi200,06,4256,06,4Foydalanilmaydigan noqulay va boshqa hududlargakv.m/kishi310,09,9236,30,91Shaharning yangi qurilishi uchun zaxira hududlargakv.m/kishi-283,77,09IVAholi zichligishahar chegarasidagi hudud boʻyichakishi/ga25,029,9turar joy hududi boʻyichakishi/ga41,547,2VUy-joy qurilishiUy-joy fondi (jami umumiy maydoni)ming. kv.m5645,39200,0Uy-joy fondini qavatlar soni boʻyicha taqsimlash:ming kv.m%5645,3100,09200,0100,01-2 qavatli yakka tartibdagi uylarming kv.m%4214,174,944193,645,582-3 qavatli kottej uylarming kv.m%144,581,228,50,312-3 qavatli uylarming kv.m%30,512,78,890,14-5 qavatli uylarming kv.m%1223,221,672299,524,997 qavatli uylarming kv.m%-552,06,09 qavatli uylarming kv.m%10,841,8779,48,4712 qavatli uylarming kv.m%-415,44,5216 qavatli uylarming kv.m%22,122,8922,710,03Aholining yashash maydoni bilan oʻrtacha taʼminlanishikv.m/kishi18,023,0Uy-joy fondining qisqarishiming kv.m-408,57yangi qurilishga nisbatan%-11,0mavjud uy-joy fondiga nisbatan%-7,2Yangi uy-joy qurilishlariming kv.m%-3712,9100,04-5 qavatli uylarming kv.m%-1076,328,997 qavatli uylarming kv.m%-552,014,879 qavatli uylarming kv.m%-768,620,712 qavatli uylarming kv.m%-415,411,1916 qavatli uylarming kv.m%-900,624,25VIMadaniy va maishiy qurilishMaktabgacha taʼlim muassasalari, jamioʻrin9915208001000 kishigaoʻrin31,752Umumtaʼlim maktablari, jamioʻrin40111584001000 kishigaoʻrin128,4146Shifoxonalar, jamioʻrin334099241000 kishigaoʻrin10,6924,81Poliklinikalar, jamiqatnov4474161801000 kishigaqatnov14,338,0Doʻkonlar, jamikv.m savdo maydoni41683648041000 kishigakv.m savdo maydoni133,4162,0Sanoat mahsulotlari doʻkonlari, jamikv.m savdo maydoni1496391706261000 kishigakv.m savdo maydoni479,0426,6Umumiy ovqatlanish joylari, jamioʻrin soni10780186701000 kishigaoʻrin soni34,546,7Klublar va madaniyat saroylari, jamioʻrin600162671000 kishigaoʻrin1,940,7Kinoteatrlar, jamioʻrin2752106451000 kishigaoʻrin8,826,6Mehmonxonalar, jamioʻrin83024001000 kishigaoʻrin2,76Kir yuvish korxonalari, jami1 kg quruq kiyim smenada-920001000 kishiga1 kg quruq kiyim smenada-230Maishiy xizmat koʻrsatish, jamiishchi oʻrni43728001000 kishigaishchi oʻrni1,47VIIShahar jamoat transporti va magistral koʻchalar tarmogʻiBir kishining bir yilda barcha shahar transport vositalarida qatnovlari soniqatnov60300Yiliga tashiladigan yoʻlovchilar sonimln.yoʻlov.1,3118,5VIIIMagistral yoʻllar koʻchalar tarmoqlariMagistral koʻchalarning uzunligi, jamikm90,35278jumladan:shahar ahamiyatiga ega magistral yoʻllarkm65,4125,8Shahar koʻcha tarmogʻining zichligi , jamikm/kv.m0,82,5jumladan:shahar ahamiyatidagi magistrallarkm/kv.m0,61,5IXMuhandislik tarmoqlari va obodonlashtirisha)Ichimlik suvi va taʼminotUmumiy talab etiladigan ichimlik suvi, jami:ming m.kub kuniga l/kun.kishi65,0520898,80247kommunal ehtiyojlar uchunming m.kub kuniga l/kun.kishi30,4897,676,00190ishlab chiqarish ehtiyojlari uchunming m.kub/ kuniga2,9715,20boshqa ehtiyojlar uchunming m.kub/ kuniga31,607,60Suv inshootlari quvvatiming m.kub/ kuniga71,32118,60Suv olish manbalari:Mintaqaviy “Tuyamuyun-Nukus-Chimboy-Taxtakoʻpir” suv taʼminoti tizimiming m.kub/ kuniga14,8622,60Doʻstlik kanali boʻyidagi “Qizketken” suv olish va tozalash inshootiming m.kub/ kuniga56,4665,00“Taxiatosh” suv olish va tozalash inshootiming m.kub/ kuniga-31,0Uy-joy fondini markazlashtirilgan suv taʼminoti bilan taʼminlash%%92,3100,0b)Oqova suvChiqariladigan oqova suv hajmi, jamiming m.kub/ kuniga10,5277,85shu jumladan,xoʻjalik-maishiy chiqindi oqova suvlariming m.kub/ kuniga9,5262,56sanoat va ishlab chiqarish oqova suvlariming m.kub/ kuniga1,012,16boshqa ehtiyojlar uchunming m.kub/ kuniga1,733,13Tozalash inshootlarining quvvatiming m.kub/ kuniga65,0100,0Uy-joy fondining oqova suv tarmogʻi bilan taʼminlanganligi%%30,190,0v)Elektr taʼminotiUmumiy elektr energiyasi isteʼmoliyiliga mln. kVts.229,5549,5jumladan,sanoat korxonalari ehtiyojlarigayiliga mln. kVts.42,294,3kommunal — maishiy ehtiyojlar uchunyiliga mln. kVts.106,6360,0boshqa ehtiyojlaryiliga mln. kVts.80,795,2g)Issiqlik taʼminotiMarkazlashtirilgan issiqlik manbalarining quvvatigkal/soat460,001335,63Issiqlik taʼminoti, jamigkal/soat216,381322,41jumladan,uy-joy fondigkal/soat167,00756,27kommunal — maishiy ehtiyojlar uchungkal/soat49,38548,56sanoat korxonalari ehtiyojlarigagkal/soat017,58Uy-joy fondining markazlashtirilgan isitish va issiq suv/issiqlik bilan taʼminlanganligi%%14,0100,0d)Gaz taʼminotiGaz isteʼmoli (jami)ming n.m.kubyiliga3857692,23944093,1jumladan,turar joy qurilishiming n.m.kubyiliga37046,465147,0kommunal — maishiy ehtiyojlar uchun, jamoat binolari uchunming n.m.kubyiliga13078,225910,0sanoat korxonalari ehtiyojlarigaming n.m.kubyiliga3800000,03830557,5isitish qozonxonalariming n.m.kubyiliga7567,622478,6Tabiiy gaz bilan taʼminlangan xonadonlarmiqdori6260090910Uy-joy fondlarining tabiiy gaz bilan taʼminlanganligi%100,0100,0e)Sanitar tozalash inshooti hududiMaishiy chiqindilar hajmiming m.kub/yil340,5436,0Takomillashtirilgan chiqindixonalar: ajratilgan maydon/foydalanilgan maydonga/ga50,02,050,031,8Chiqindilarni qayta ishlash zavodidona11j)Hududni muhandislik tayyorlashSugʻorish maydoniga4624,95885,2Yashil hududlarni sugʻorish uchun sarf qilinadigan suv miqdoril/sek.7708,07357,0Drenaj maydoniga954,04400,0
