SHNQ 2.06.15-21 “Hududlarni suv toshqini va suv bosishidan muhandislik himoyalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-35-son)
25.07.2024
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 26-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 278]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.06.15-21 “Hududlarni suv toshqini va suv bosishidan muhandislik himoyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirning birinchi oʻrinbosari Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-iyul,
01/2-35-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 10-iyun
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 10-iyun
Suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari T. BUTUNBAYEV
2024-yil 9-iyul
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 15-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal hoʻjaligi vazirining 2024-yil 25-iyuldagi 01/2-35-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.06.15-21 “Hududlarni suv toshqini va suv bosishidan muhandislik himoyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) hududlarni suv toshqini va suv bosishidan muhandislik himoyalash tizimlari va inshootlarini loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQning talablari aholi punktlari, sanoat, transport, energetika va shahar obyektlari, qishloq xoʻjaligi yerlari va oʻrmonzorlarni, tabiiy landshaft hududlarni suv toshqini va suv bosishidan muhandislik himoyalash tizimlari va inshootlariga nisbatan tatbiq etiladi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 2.06.03-12 “Sugʻorish tizimlari. Loyihalash normalari”;
SHNQ 2.06.12-19 “Suv oqimini boshqarish uchun suv omborlari”;
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish”;
QMQ 2.04.03-19 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar”;
QMQ 2.06.01-97 Gidrotexnika inshootlar. Asosiy qoidalar;
SanPiN RUz 0244-07 Xoʻjalik ichimlik suvi quvurlari va suv taʼminoti uchun moʻljallangan sanitar qoʻriqlanadigan zonalardan foydalanish va loyihalashtirishning;
SanPiN RUz 0318-15. Oʻzbekiston Respublikasi hududida suv va suv havzalarini muhofaza qilish boʻyicha gigiyenik va epidemiyaga qarshi talablar;
GOST 17.1.5.02-80 Tabiatni muhofaza qilish. Gidrosfera. Suv havzalarining dam olish joylariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar;
GOST 17.5.3.04-83 Tabiatni muhofaza qilish. Yer. Yerlarning rekultivatsiyasiga qoʻyiladigan umumiy talablar.
2-bob. Atamalar, taʼriflar va qisqartmalar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
suv bosishi — hududning bir qismida suv tarmogʻining, suv omborining yoki yer osti suvlarining koʻtarilishi natijasida erkin suv sathining hosil boʻlishi;
suv toshqini — suv tarmogʻining oʻtkazish qobiliyati (quvvati)ga nisbatan suv sathining keskin koʻtarilishi yoki daryo va suv ombori toʻgʻonining buzilishi natijasida hududlarni suv bosishi;
gidrografik tarmoq — hududdagi daryolar va ochiq suv manbalari oqimlari, doimiy va vaqtincha ishlaydigan suv havzalari, shuningdek suv omborlari majmui;
yer osti suvlari sathini pasaytirish meʼyori — hududda yer osti suvlari sathini yer yuzasiga nisbatan pasaytirish boʻyicha hisoblangan qiymati;
yer osti suvlari sathining koʻtarilishi — hududning suv rejimi va muvozanatining oʻzgarishi natijasida sizot suvlarining koʻtarilishi;
yer osti suvlari sathi — bosimsiz yer osti suvlarining yer sirtiga nisbatan chuqurligi;
koʻtarma (damba) — hududni suv toshqinidan himoya qilishni taʼminlovchi daryo, sel yoʻllari yoki qirgʻoq boʻylab quriladigan inshoot;
yuqori suv sathi — suv sathining yuqori yoki muntazam boʻlishi;
tabiiy tizimlar — atrof-muhit bilan chegaralangan hudud;
hududni yer osti suvlari, suv bosishi va suv toshqinlaridan himoya qilish tizimlari — turli maqsadlar uchun gidravlik tuzilmalar, hududni yer osti suvlari, suv bosishi va suv toshqinlaridan himoya qiluvchi muhandislik inshootlari va tadbirlarining yagona tizimi;
texnogen yer osti suvlari, suv bosishi va suv toshqinlari — qurilish va ishlab chiqarish faoliyati natijasida hududni suv bosishi.
3. Ushbu SHNQda quyidagi qisqartmalar qoʻllanilgan:
SPS — suvning eng past sathi;
SNS — suvning normal sathi;
SYUS — suvning yuqori sathi;
XGH — xavfli gidrologik hodisalar;
IOʻU — instrumental oʻlchash uskunalari.
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Hududni suv toshqini va toshqinlardan muhandislik muhofazasini loyihalashda, ulardan funksional foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga koʻra, hududlarni qor yomgʻir oqimidan, drenaj tizimlarini yoki boshqa himoya inshootlari bilan taʼminlash lozim.
5. Muhandislik muhofazasining yordamchi chora-tadbirlari sifatida quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
tabiiy tizimlarning xususiyatlaridan va ularning tarkibiy qismlaridan foydalanish;
daryo boʻylaridagi yaroqsiz daraxtlardan tozalash, fitomelioratsiya, agrooʻrmonzorlar orqali gidrografik tarmoqning suv qochirish va drenaj rolini oshirish.
6. Yer osti suvlarining koʻtarilishi, suv toshqini hududining chegaralari suv xoʻjaligi obyektlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida aniqlanishi lozim.
7. Loyiha takliflarini tayyorlashda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
geodezik va kartografik materiallar, shuningdek suv bosishiga moyil zonalarni aniqlash uchun kuzatuvlardan olingan maʼlumotlar;
gidrologik va gidrogeologik tadqiqotlarning materiallaridan olingan suv sathi belgilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
turar joylarni joylashtirish, meliorativ tizimlar, chiziqli infratuzilma obyektlari, quvur oʻtish joylari va koʻpriklar;
suv omborlari qurish maqsadida tayyorlangan loyiha materiallari maʼlumotlari;
suv omborlaridan foydalanish qoidalarida keltirilgan maʼlumotlar;
daryo qirgʻoqlarining muhandislik va gidrologik hisoblar asosida aniqlangan suv bosish chegaralarining parametrlari;
injener-geologik va gidrogeologik tekshirishlar asosida aniqlangan yer osti suvlari koʻtarilish chegaralarining parametrlari.
4-bob. Yer osti suvlarining koʻtarilishi, suv bosishi va suv toshqinlari kuzatiladigan hududlarga qoʻyiladigan talablar
8. Suv bosish zonalari quyidagilar orqali belgilanishi lozim:
tartibga solinmagan suv oqimlariga tutash hududlar (bir foiz taʼminot yoki har 100 yilda bir marta takrorlanishi) yoki daryolar oʻzanida muz tiqilishi natijasida 3, 5, 10, 25 va 50 foizlik taʼminotdagi maksimal suv bosish zonalarini aniqlash;
suv omborlarida favqulodda suv sathining koʻtarilishi natijasida suv oqimlari boshlanishiga tutash hududlarda shamol taʼsiridagi suv toʻlqinining bosishi joylarini aniqlash;
tabiiy suv havzalariga tutash choʻkish zonasi va bir foiz hajmni aniqlash;
suv havzalariga tutash hududlarning suv ostida qolish joylarini belgilash;
suv toshqinlari kuzatiladigan oʻzanga tutash hududlardagi xavfsizlik tadbirlarini aniqlash;
9. Ushbu yer osti suvlari koʻtarilish zonalariga tutash hududlar yer osti suvlarining koʻtarilish darajasi nisbati bilan belgilanishi kerak.
10. Yer osti suvlarining koʻtarilish zonalari chegarasida quyidagilar aniqlanishi lozim:
kuchli — yer osti suvlarining yer sirtiga nisbatan chuqurligi 0,3 m dan kam yoki yer sirtiga yaqin, yer sirti botqoqlanishi va shoʻrlanishi;
oʻrtacha — yer osti suvlarining 0,3 — 0,7 dan 1,2 — 2 m gacha chuqurlikda boʻlishi, yer sirtida oʻsimliklarning paydo boʻlishi va tuproqning shoʻrlanishi;
kuchsiz — yer osti suvlarining chuqurligi yer sirtidan 2 dan 3 m gacha chuqur boʻlishi, tuproqda oʻsimlik ildizlarining boʻlmasligi va shoʻrlanishi.
11. Kelib chiqish sabablariga koʻra suv toshqini 6 guruhga boʻlinishi kerak:
1-guruh — kuchli suv toshqinlari — bahorda qor erishi natijasida maksimal oqimning hosil boʻlishi;
2-guruh — sel (jala) — kuchli yogʻingarchilik baʼzan qorning tez erishi natijasida hosil boʻladigan suv toshqinlari;
3-guruh — daryodagi suv oqimiga katta qarshilik koʻrsatadigan tirbandlik (bahorda) yoki muz boʻlaklari (qish va bahorning boshlarida) hosil boʻlishi natijasida kelib chiqadigan suv toshqinlari;
4-guruh — daryolarning va suv omborlarining yuzasida kuchli shamol tufayli sodir boʻladigan suv toshqinlari (suv yuzasining toʻlqinlashishi);
5-guruh — koʻtarma (damba)larning buzilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari;
6-guruh — toʻfon taʼsirida kelib chiqqan suv toshqinlari.
12. Sellarning tarqalish koʻlami va takrorlanishi natijasida hosil boʻladigan suv toshqinlari quyidagi 1-jadvalga muvofiq belgilanishi kerak.
13. Hududni yer osti suvlarining koʻtarilishi, suv bosishi va suv toshqinlaridan muhandislik jihatdan himoya qilish loyihasini tayyorlashda hududlarni yer osti suvlarining koʻtarilishi, suv bosishi va suv toshqinlaridan saqlash, hududlardan funksional foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilish yoki yer osti suvlarining koʻtarilishi, suv bosishi va suv toshqinlarining salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozim.
14. Yer osti suvlari koʻtarilishidan muhandislik muhofazasi tizimi barcha mahalliy tizimlarni hududiy jihatdan birlashtirishi va bosh rejalar hamda hududiy kompleks shaharsozlik sxemalari bilan bogʻlanishi kerak.
15. Aholi punktlari hududini himoya qilish bilan bir vaqtda, sanoat, jamoat biznes va kommunal ombor obyektlari muhofazasi hamda quyidagilar taʼminlanishi zarur:
shaharsozlik, sanoat, texnika, aloqa, transport inshootlari, dam olish maskanlari, va alohida tuzilmalarning uzluksiz ishonchli ishlashi hamda rivojlanishi;
aholining meʼyoriy tibbiy-sanitariya yashash sharoitlari;
muhofaza etiladigan hududlarning sanitariya-gigiyena, ijtimoiy va rekreatsion sharoitlari.
16. Foydali qazilma konlarini va maʼdanlarni yer osti suvlari koʻtarilishi, suv bosishi va suv toshqinlaridan himoya qilish uchun quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
yer osti boyliklari va tabiiy landshaftlarni muhofaza qilish;
foydali qazilma konlarini, shuningdek noruda materiallarini ochiq va yer osti usulida qazib olishni xavfsiz boshqarish;
foydali qazilma konlarini ochiq va yopiq qazib olishda texnogen yer osti suvlarining koʻtarilish, suv bosishi hamda suv toshqinlaridan muhofaza qilish.
17. Qishloq xoʻjaligi yerlarini va tabiiy landshaftlarni muhofaza qilishni taʼminlash uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish sharoitlarini monitoring qilish;
yerlardan funksional foydalanishga koʻra qoʻriqlanadigan hududdagi gidrologik va gidrogeologik marom (rejim)ni belgilash;
yer, suvining koʻtarilishi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish.
18. Daryo qirgʻoqlarini tabiiy toshqinlardan himoya qilish zarurati ushbu hududlarning ayrim qismlarini turar joy yoki sanoat obyektlari, qishloq xoʻjaligi yerlari, shuningdek tabiiy resurslar va foydali qazilma konlarini oʻzlashtirishda foydalanish darajasi bilan belgilanishi kerak.
Daryolar qirgʻoqlarini loyihalash parametrlari muhandislik va gidrologik hisob-kitoblar, himoya inshootlarining qabul qilingan sinflari hamda mazkur SHNQning 5-bobi talablariga muvofiq belgilanishi kerak.
19. Suv bosishi quyidagi darajalarga boʻlinishi kerak:
chuqur suv (yer yuzasidan suvning chuqurligi 5 m>);
oʻrtacha (2 m dan 5 m gacha);
sayoz (2 m gacha).
20. Daryo yuzasining qiyaligi boʻyicha nishabligi 0,01 — 0,001 togʻning togʻli va yuqori qismlarida joylashgan koʻpriklarning qisilib qolish ehtimoli katta, shuningdek qirgʻoq zonasida mavjud yoki qurilayotgan suv quvurlarini, suv bosishi va suv toshqini davomiyligiga koʻra salbiy taʼsirini quyidagicha ajratish kerak:
doimiy suv toshqini darajasiga;
davriy yer osti sathidan past boʻlgan normal darajasining belgilari orasida;
vaqtinchalik (suv ombori sathini yer osti sathidan balandroq kesib oʻtishi)da.
21. Hududni suv bosishining salbiy taʼsirini baholashda yer osti suvlarining chuqurligini, suv bosish jarayonining davomiyligi va jadalligini, gidrogeologik, muhandislik-geologik, geogidrologik, geobotanik, zoologik, tuproq, qishloq xoʻjaligi, meliorativ hamda iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Yer osti suvlarining koʻtarilishidan koʻrilgan zararni baholashda hududning mavjud rivojlanishining texnik holati, muhofaza etiladigan inshootlar va obyektlarning sinflari, qishloq xoʻjaligi yerlari, foydali qazilma konlari hamda tabiiy landshaftlarning qiymatini hisobga olish kerak.
22. Hududni muhandislik muhofaza qilish loyihalarini ishlab chiqishda yer osti suvlari sathini oshirishda quyidagi manbalarni hisobga olish lozim:
suv omborlari, kanallar, gidroelektrostansiya havzalari va boshqa gidrotexnik inshootlar (yer osti suvi koʻtarilishining gidravlik turi) boʻladigan bosim taʼsirini;
tutash sugʻoriladigan yerlardan filtratsiya tufayli zaxiradan (sugʻorish tufayli yer osti suvining koʻtarilish turi) boʻladigan bosim taʼsirini;
zovurlar va katta hajmlardan sizib chiqish, qoʻriqlanadigan hududlardagi inshootlardan (shahar qurilishi yoki shahar yer osti suvlarining koʻtarilishi) boʻladigan bosim taʼsirini.
23. Yer osti suvlarining koʻtarilishiga olib keladigan manbalar bir vaqtning oʻzida paydo boʻlish ehtimoli mavjudligida, muhofaza etiladigan hududlarda atmosfera namligini darajasi hisobga olinishi kerak.
24. Loyihalangan suv ombori yoki boshqa suv tarmogʻidan boʻladigan bosim taʼsirini hisoblangan suv sathi boʻyicha geologik va gidrogeologik hisob-kitoblar bilan aniqlanishi lozim.
Mavjud suv omborlari va suv tarmoqlari uchun yer osti hamda yer usti suvlari sathi tabiiy maromdagi gidrogeologik yoki gidrologik kuzatuvlar asosida aniqlanishi kerak.
25. Sugʻoriladigan yerlar va ularga tutash hududlar tarmogʻidan yer osti suvlari koʻtarilishidan hosil boʻladigan bosim taʼsirini suv balansi yoki gidrodinamik hisoblar, geologik va grunt tadqiqotlari natijalari asosida aniqlanishi lozim.
26. Suv toshqinlarida yer osti suvlarining sathi koʻtarilishida, yer osti suv manbalarini hisoblash asosida belgilanishi kerak.
27. Yangi oʻzlashtirilgan hududlar uchun yer osti suv koʻtarilishini prognoz qilingan miqdoriy xususiyatlari gidrogeologik kuzatuvlarning maʼlumotlari bilan taqqoslanishi kerak.
Agar maʼlumotlar prognoz maʼlumotlaridan oshib ketsa, hisobga olinmagan yer osti suv manbalarini aniqlash va ularni himoya choralarini ishlab chiqishda hisobga olinishi lozim.
28. Aholi turar joy va sanoat hududlarini muhandislik muhofazasini loyihalashda yer osti suvlarining quyidagi salbiy taʼsirlari hisobga olinishi lozim:
muhandislik inshootlari bazasida tuproqlarning fizik-mexanik xususiyatlarining oʻzgarishi va yer osti suvlarining agressivligi;
bino va inshootlarning ishonchliligi, shuningdek ishlab turgan va quriladigan hududlarda quriladigan inshootlarning ishonchliligi;
yer osti inshootlarining gidrostatik bosim oʻzgarishi ostida barqarorligi va mustahkamligi;
metal konstruksiyalar, quvur tizimlar, suv taʼminoti va isitish tizimlarining korroziyasining kuchayishi;
yer osti binolariga suv sizib kirishi tufayli muhandislik kommunikatsiyalari, inshootlar va uskunalarning ishlash ishonchliligi;
suffoziya va eroziyaning namoyon boʻlishi;
hududning sanitar-gigiyenik holati;
oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini yertoʻla va yer osti omborlarida saqlash shartlari.
29. Qishloq xoʻjalik yerlarini va tabiiy landshaftlarni yer osti suvlari koʻtarilganda suv toshqinining quyidagi taʼsiri hisobga olinishi kerak:
tuproqlarning shoʻrlanish maromining oʻzgarishi;
hududning botqoqlanishi va uning sabablari;
tabiiy tizimlar hamda flora va faunaning holati;
hududning sanitar-gigiyenik holati.
30. Hududlarni muhandislik himoya-muhofaza qilishning asosiy vositasi sifatida koʻtarma (damba), hududining yuzasini sunʼiy koʻtarish, oʻzanni tartibga soluvchi va yomgʻir-qor oqimni tartibga soluvchi tuzilmalar, drenaj, mahalliy drenajlar yoki boshqa himoya tuzilmalarini qoʻllash lozim.
31. Muhandislik muhofaza samaradorligini oshirish uchun gidrografik tarmoqlarning atrofida quruq daraxtlarni kesish hamda agro oʻrmon tadbirlari talablarini inobatga olish kerak.
32. Hududlarni suv toshqinlaridan himoya qilish loyihalari, suv omborlari magistral kanallar, drenaj tizimlari suv xoʻjaligi kompleksining qurilish loyihalari bilan bogʻlanishi lozim.
33. Hududni muhandislik himoyasi loyihasining tuzilishi suv bosishi va suv toshqinlari oʻtishini taʼminlovchi tashkiliy hamda texnik tadbirlarni, shuningdek suv havzalaridan tashlanadigan suvni oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻlgan oʻzanlarni muntazam tozalash yoki gidroelektrostansiyalarning ish faoliyatini oʻz ichiga olishi lozim.
34. Suv bosishi yoki suv toshqinlaridan muhandislik himoyasini loyihalashda aholining ichimlik suvi taʼminoti, madaniy va turmush sharoitlarini yaxshilash, sanoat hamda kommunal obyektlarning ishlash samaradorligini oshirish, shuningdek energetika, avtomobil, temir yoʻl suv transporti, togʻ-kon, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, baliqchilik, ovchilik, melioratsiya, dam olish hamda tabiatni muhofaza qilish manfaatlari va muhandislik muhofazasi tizimlaridan bir vaqtning oʻzida foydalanish imkoniyatlari aniqlanishi kerak.
35. Muhandislik himoya loyihasida quyidagilar boʻlishi lozim:
himoya inshootlarining ishonchliligi, kam xarajatlarda uzluksiz ishlashi;
konstruksiyalar va uskunalarning ishlashi hamda texnik holatini tizimli kuzatuvlar oʻtkazish imkoniyati;
zovur, suv chiqarish va oʻtkazish tuzilmalarining optimal ish rejimlari.
36. Hudud yuzasini himoya qilishda qurilish materiallari sifatida atrof-muhitni ifloslantiradigan tuproq va sanoat chiqindilaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
37. Loyiha yechimlari bir nechta variant koʻrsatkichlari bilan texnik-iqtisodiy jihatidan taqqoslash asosida amalga oshirish lozim.
38. Yer osti suvlari koʻtarilishining optimal muhandislik himoya tizimini tanlash uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
mavjud yoki hisoblangan yer osti suvlarining koʻtarilishi, hududining muhandislik va gidrogeologik sharoitlarini baholash;
yer osti suvlarining koʻtarilish omillari va manbalari haqida maʼlumot boʻyicha asoslash;
mavjud yoki hisoblangan yer osti suvlarining koʻtarilishi hududidagi xavfli taʼsir darajasini baholash;
yer osti suvlarining koʻtarilish jarayonining rivojlanish prognozini aniqlash;
yer osti suvlarining koʻtarilishi mumkin boʻlgan zarar yetkazuvchi hajmi haqida maʼlumot yigʻish.
39. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rivojlanish xususiyatiga koʻra, loyihalashda yer osti suv sathini pasaytirish talablari quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
40. Hududlarni muhandislik muhofazasini loyihalashda mazkur SHNQning 3 — 5-boblariga muvofiq amalga oshirish kerak.
41. Suv toshqiniga qarshi chora-tadbirlar samaradorligi suv toʻplovchi havzalar qurilishidan oldingi ushbu yerlardan foydalanish darajasi bilan texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini solishtirish orqali aniqlanishi lozim.
42. Suv toshqiniga qarshi himoya qilish tizimlarini loyihalashda suv oqimlarining suv resurslaridan kompleks foydalanish talablari hisobga olinishi kerak.
Hisoblangan suv toshqini himoya inshootlarining oʻtkazish qobiliyatini tanlash mazkur SHNQning 5-bobi talablariga muvofiq himoya zovur inshootlarining sinflarini hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan bajarilishi lozim.
Joyning yuqori suv sathi xavfsizligi 1 foizdan — 25 foizgacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, yuqori suv sathi bir marta 100 dan 4 yilgacha boʻlgan davrda kuzatilishi lozim.
43. Loyihalashda hududni suv bosishiga sabab boʻluvchi yer usti (yomgʻir-qor, tashlandiq, vaqtinchalik yoki doimiy manbalar) suvlaridan muhofaza qiluvchi inshootlarning sinfiga koʻra suvlarning hisob sarfiga asoslanish lozim.
Suv ayirgʻich havzasidagi hisoblangan oqim himoyalanadigan maydondan togʻ kanallari tizimi orqali yoʻnaltirilishi kerak.
Bu oqimining bir qismini toʻplashga imkon beradigan suv omborlarini qurishga yoʻl qoʻyiladi.
44. Suv bosishi va yer osti suvlarining koʻtarilishidan himoya qilishning hududiy tizimi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
muhofaza etiladigan tabiiy hududda sanoat yoki turar joy tuzilmalarining mavjudligini;
muhandislik muhofazasining muayyan obyektidan foydalanilmaydigan murakkab morfometrik, topografik, gidrogeologik sharoitlarni.
45. Suv bosishi va yer osti suvlarining koʻtarilishidan himoya qilish inshootlarini hamda koʻchki yoki boshqa xavfli geologik jarayonlar hududlarida sel hamda suv toshqinlariga qarshi muhandislik himoya inshootlarini loyihalashda MSN 2.03.02-2002 talablari hisobga olinishi lozim.
Muhandislik himoya tuzilmalarni loyihalashtirish jarayonida maxsus xossalarga ega boʻlgan grunt (namlanganda yoki suv bosganda tuzilmaviy oʻzgarishlar, choʻkishi) maydonlarida, shuningdek ishlanayotgan hududlarda SHNQ 2.02.01-19 talablari hisobga olinishi lozim.
46. Hududlarning vertikal rejalashtirishda botqoqlashgan yerlarining yer osti suvlarini qochirish, namligi yuqori maydonlarning yoki namligi kam joylarda sugʻorish, yer osti suvlarining yuqori sathini pasaytirishni, sel oqimlariga qarshi kurashishni hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
47. Hududlarda XGHning zararli omillari taʼsiridan himoya qilishning choralari ushbu SHNQning 3-jadvali hamda quyidagilarga muvofiq amalga oshirish kerak:
himoya inshootlarini qurish;
oqimning potensial taʼminot maydonini kamaytirish;
oqimning harakat yoʻnalishida muhandislik inshootlarini tuzatish yoki qurish;
koʻchki xavfi paytida oqimning buzuvchi kuchini kamaytirish, himoya ishlarini olib borish.
5-bob. Gidravlik inshootlarining buzilishi natijasida suv bosishi
48. Gidravlik inshootlarning buzilishi tabiiy kuchlarning taʼsiri (zilzila, boʻron, qulashi, koʻchki), shuningdek konstruktiv nuqsonlar, foydalanish talablari buzilishi, suv toshqinlarining taʼsiri, damba (toʻgʻon) asosining buzilishi taʼsiri tufayli sodir boʻladi.
49. Suv toshqinining moddiy zarar koʻrsatkichlari quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
suv toshqini zonasida qolib ketgan odamlar soni;
suv toshqini zonasiga tushgan aholi punktlari soni;
suv toshqini zonasida qolgan iqtisodiyotning turli tarmoqlari obyektlarining soni;
suv toshqin zonasida qolgan temir va avtomobil yoʻllari, elektr tarmoqlari, aloqa liniyalari va kommunikatsiyalarning uzunligi;
suv toshqini natijasida suv ostida qolgan, vayron boʻlgan va shikastlangan koʻprik hamda tunnellar;
suv toshqini bilan qoplangan qishloq xoʻjalik yerlarining maydonining soni;
suv toshqini zonasida oʻlgan uy hayvonlarining soni.
50. Suv bosgan hududga yetkazilgan zararning sifat xususiyatlari quyidagilarga bogʻliq boʻlishi kerak:
daryo yoki suv ombori normal sathidan koʻtarilgan suv balandligiga;
suv bosgan maydon sirtidan koʻtarilgan balandligiga;
turar joyning maydoni sirtidan koʻtarilgan suv balandligiga;
bahor paytidagi hosil boʻladigan maksimal suv sarfi maydoniga;
suv yigʻish maydoni 500 km2boʻlganda maksimal suv oqimi 100 dan 400 m3/s gacha;
1000 km2 — 400 dan 1500 m3/s gacha;
10000 km2 — 1500 dan 4500 m3/s gacha;
toʻfon davomiyligiga (1-2 kun);
toshqin davomiyligiga (kichik daryolarda — 1 — 3 kungacha, katta daryolarda esa — 1 oydan 2 oygacha);
oqim tezligiga (2 dan 5m/s gacha).
51. Koʻprik osti oqim (oʻtish) toʻlqinlari taʼsirining asosiy parametrlari quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:
harakatlanayotgan toʻlqin frontining taʼsiri;
koʻprik elementlariga uzoq muddatli gidravlik bosim (koʻprik tayanchlari, qirgʻoq suyanchigʻi, ustqurmalar);
tuproqning tayanchlar orasidagi yuvilishi (umumiy yuvilish) va tayanchlar ostining yuvilishi (mahalliy), tartibga soluvchi tuzilmalarning buzilishi, koʻprikka yaqin masofadagi dambalarning yuvilishi;
yerlarni, inshootlarni va yoʻllarni sezilarli suv bosishi;
koʻprikning yuqori qismidan oqimni cheklovchi daryo oʻzaning qisilishi.
6-bob. Muhandislik elementlari va hududni himoya qilish
52. Hududlarni suv bosishi va yer osti suvlarining koʻtarilishidan muhofaza qiluvchi muhandislik himoyasi inshootlari hamda tadbirlarga quyidagilar kirishi kerak:
koʻtarma (damba);
hudud yuzasini sunʼiy koʻtarish (grunt bilan toʻldirish);
yer usti suvlarini tartibga solish;
drenaj tizimlarini oʻrnatish.
53. Hududlarni suv bosishi va yer osti suvlarining koʻtarilishidan muhofaza qiluvchi muhandislik himoyasi tuzilmalariga quyidagilar kirishi lozim:
koʻtarmalar (dambalar), drenajlar;
drenaj va zovur tarmoqlari;
togʻ-tepa zovur kanallari;
tez oqizgich va sharsharalar;
truboprovodlar va nasos stansiyalari.
54. Relefni tashkil etishda yer sirtidan qalinligi 150 — 200 mm boʻlgan unumdor grunt qatlamini yigʻib olish va uni vaqtincha saqlash joyini jihozlash, unda ortiqcha ifloslanishning borligi aniqlansa, ifloslanishdan himoya qilish choralarini koʻrish lozim.
55. Hududlarni tuproq bilan toʻldirishda faqat mineral tuproqlar va yuqori unumdor tuproq qatlamlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
56. Kiya relyefni terrasalashtirishda siljishdan saqlovchi tirgak devorlar loyihalanilishi, bunda qiyalik burchaklarining maksimal nishab qiymatlari tuproqlarning turlariga koʻra belgilanishi kerak.
57. Nishabli yer yonbagʻirlarini mustahkamlanishi hamda material va mustahkamlash texnologiyasi quyidagilarni inobatga olgan holda tanlanishi lozim:
ushbu maydon aholi punktining qaysi qismida joylashishini;
nishabdagi mexanik yuklarning kutilgan darajasini;
nishabning tikligi muhit sharoitiga bogʻliqligini.
58. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda suv omborlari ochiq kanallarining yonbagʻirlarini mustahkamlash uchun qirgʻoqlarning tabiiy koʻrinishini saqlovchi quyidagi materiallar va texnikalardan foydalanish lozim:
gabion inshootlar yoki “Reno” matritsasi
notoʻqima sintetik materiallar, gʻovakli qoplama;
chim bosish;
qirgʻoqning yogʻoch sinchinlari;
tabiiy tosh, qum, qoya toshlari.
59. Aholi punktlarini qurishda oqova suvlarning taʼsiri, kuchli mexanik bosimni va tartibsiz ochiq kanallarda quyidagilarni hisobga olish kerak:
qirgʻoq boʻylarida siljishdan saqlovchi tirgak devorlardan foydalanish;
devor bloklari, plitkali qoplamalar, devor oraliqlarini toʻldirish.
60. Siljishdan saqlovchi tirgak devorlar terrasalar qiyalik balandliklari farqini hisobga olgan holda loyihalanishi, bunda relyef balandligining farqi 0,4 m, dan kam boʻlganda, bort toshi yoki tabiiy toshlarni qoʻllash lozim.
Balandlik farqi 0,4 mdan ortiq boʻlganda, siljishdan saqlovchi tirgak devorlar muhandislik inshooti (yaxlit, katta tosh) yoki qoziq (nozik qoziq) va qiyalikning mustahkamligini taʼminlashi kerak.
61. Daryo va soy qirgʻoqlar transport harakati uchun moʻljallangan boʻlsa siljishdan saqlovchi tirgak devorlar yoki qiyaliklar GOST R 52289-2019 hamda GOST 23457-86ga muvofiq boʻlishi lozim.
62. Siljishdan saqlovchi tirgak devorlar balandligi 1,0 m va nishablik farqi 2 m dan baland boʻlganda, bu devorlar boʻylab joylashtirilgan piyodalar yoʻllari toʻsinlar bilan taʼminlanishi, bunda uning balandligi kamida 0,9 m boʻlishi kerak.
Asosiy koʻchalar boʻylab joylashgan relyefning sunʼiy elementlar (siljishdan saqlovchi tirgak devorlar, koʻtarmalar, chuqurliklar) shovqindan himoyalovchi toʻsiqlar sifatida xam foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
63. Yer usti suvlarining oqimlarini loyihalash QMQ 2.04.03-19 talablariga muvofiq boʻlishi, oqova suvlarni tashkil qilishda relyefni kompleks hisobga olish va qurilmalarining ochiq yoki yopiq tizimi, suv oquvchi quvurlar, ariqlar, tez oqizgichlar, oqova suvni (yomgʻir, qor) qabul qiluvchi quduqlari masalalarini kompleks hal qilish kerak.
64. Ochiq suv oqizuvchi ariqlardan foydalanish parklar-chorbogʻlar va shahar bogʻlari hududlari chegaralarida yoʻl qoʻyiladi.
Ochiq ariqlarning osti chim, tosh qoplama, monolit beton, yigʻma beton, keramika qoplamalari bilan mustahkamlanishi, bunda ariqlarning qiyaliklari gruntlarning turlariga koʻra belgilanishi lozim.
65. Yomgʻir suvlarining oqim tezligi yuqori boʻlgan joylarda oqimlarni moʻtadillashtiruvchini sharshara shaklida bajarilishi kerak.
66. Dam olish maskanlari hududlarda ariqlar maysa bilan qoplangan piyoda yoʻllari bilan birlashib ketishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunday joylarda yupqa tosh, silliq yoki silliqlangan tosh va boshqa qoplamalarni qoʻllash kerak.
Baʼzi boʻgʻimlari yuqori sifatli loy qorishmasi bilan ham mustahkamlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
67. Hududlarni yomgʻir kollektori bilan taʼminlash loyiha (hisob-kitob) asosida amalga oshirilishi lozim.
Yomgʻir suvini qabul qiluvchi quduqlar yopiq holda oqizish tizimi elementiga kirishi va rejalashtirish loyihasida relyefning pastda joylashgan nuqtalarida mavzelarga kirish yoki chiqish joylarida, piyodalar oʻtish joylariga yetmasdan, koʻchalar hamda yoʻllarning boʻylama qiyaligiga koʻra yoʻl qatnov qismining chetlarida joylashtirilishi lozim.
Quduqlar ustiga oʻrnatilgan panjara qovurgʻalari orasining kengligi 15 mm dan oshmasligi kerak.
68. Piyodalar yoʻlaklarida suvlarni qabul qiluvchi quduqlarning panjaralarini joylashtirish lozim.
69. Qizil chiziqlarda koʻchaning kengligi 30 m dan va nishabliklar 30 foizdan ortiq boʻlsa, yomgʻir suvini qabul qiluvchi quduqlar orasidagi masofa 60 m dan oshmasligi kerak.
70. Ichki yoʻllar, bulvarlar, koʻkalamzorlashtirilgan maydonlarda yomgʻir quduqlari orasidagi masofani ikki barobar oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
7-bob. Muhandislik himoya inshootlarining sinflari
71. Muhandislik himoya inshootlarining sinflari qoʻriqlanadigan obyektlarning sinflaridan past boʻlmasligi, bunda qurilish inshootlarining sinfi GOST 27751-2014 talablariga muvofiq belgilanishi lozim.
72. Turli sinfli inshootlar joylashgan hududni muhofaza qilishda muhandislik himoya tuzilmalari sinfi muhofaza etiladigan obyektlar sinfiga mos kelishi lozim. Bunda, hududni muhandislik himoyasi uchun belgilangan sinfdan yuqori sinfga ega boʻlgan alohida obyektlar mahalliy darajada muhofaza qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bunday obyektlarning sinflari va ularni lokal muhofaza qilinishi bir-biriga mos kelishi lozim.
Agar texnik-iqtisodiy asoslashda mahalliy muhofaza inshootining sinfi maqsadga muvofiq emasligi aniqlasa, unda butun hududning muhandislik muhofazasi bir sinf yuqori darajada amalga oshirilishi lozim.
73. Ushbu SHNQning 1-ilovasiga asosan bosim ostidagi himoya qiluvchi gidrotexnik inshootlari QMQ 2.06.01-97 talablariga muvofiq belgilanishi lozim.
74. Loyiha qabul qilingan sinfga muvofiq QMQ 2.06.01-97 boʻyicha bajarilishi kerak.
75. Bosim ostidagi himoya inshootlarining hisoblangan suv sathidan balandligini aniqlash himoya inshootlarining sinfga koʻra SHNQ 2.06.05-21 talablarini hisobga olgan holda belgilanishi, suv oqimining himoya tuzilmalari yoki shamol toʻlqinlari bilan toʻsilishi tufayli suv sathining oshishi mumkinligini ham hisobga olish lozim.
76. Hududni suv bosishidan himoya qilishda suv bosish tomonidagi maydon yuzasi gruntini koʻtarish yoki gruntni yuvishda koʻtarma balandligini belgilash hisoblanishi, ularning balandliklari SHNQ 2.07.01-23 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
77. Suv oʻzanlari va omborlari qirgʻoq hududlari muhandislik himoya inshootlarini loyihalashda ularning eng baland sathi QMQ 2.06.01-97 talablariga muvofiq yoki muhandislik himoya tuzilmalari sinfiga koʻra belgilanishi lozim.
100 ming gektardan ortiq boʻlgan qishloq xoʻjaligi hududlarini himoya qiluvchi I-sinf tuzilmalari uchun suv sathining oshib ketish ehtimoli 0,5 foizga teng, IY-sinf rekreatsiya va sanitar-himoya maydonlari uchun esa 10 foizga teng deb belgilanishi zarur.
78. Turar joy hududlarining muhandislik himoya inshootlarining yuqorisidan suv toshib ketishiga QMQ 2.06.01-97 ga asosan loyihalanishi kerak.
Shahar va alohida joylashgan sanoat korxonalari uchun tashkiliy-texnik himoya chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqilishi lozim.
79. Turar joy, sanoat hududlari va jamoat-biznes zonalari, sport hamda dam olish maskanlari, himoya zonalarining yer osti suvlari sathini pasaytirish MSN 2.03.02-2002 ga muvofiq, qishloq xoʻjalik yerlari SHNQ 2.06.03-12 talablarini hisobga olgan holda qabul qilinishi lozim.
80. Muhandislik inshootlarini yer osti suvlarining koʻtarilishidan himoya qilish sinflari quyidagi 4-jadvalga muvofiq boʻlishi lozim.
81. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda tartibga solinadigan yomgʻir oqimi QMQ 2.04.03-19 talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
82. Suv toshqinidan himoya qilish tadbirlarini qoʻllanish vaqtiga koʻra mazkur SHNQning 1-rasmiga muvofiq tasniflanishi kerak.
Suv toshqinidan himoya qilish tadbirlarini oldindan yoki zudlik bilan qoʻllanilishi lozim.
1-rasm. Suv toshqinidan himoya qilish tadbirlarining tasnifi
8-bob. Suv bosishi va yer osti suvlarining koʻtarilishiga qarshi muhandislik himoya tizimlarini loyihalashga qoʻyiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
83. Hududlarni suv bosishdan himoya qilishda quyidagilarni amalga oshirish lozim:
daryo, suv ombori yon qirgʻoqlarini damba (koʻtarma) bilan koʻtarish;
hududni suv bosmaydigan sathigacha sunʼiy ravishda koʻtarish;
suvni yigʻish, oqimni boshqarish va tartibga solish, vaqtincha suv bosgan hududlardagi suvlarni zovurlar yordamida qochirish hamda drenaj suvlarini toʻplash.
84. Yer osti suvlaridan hududlarni himoya qilish uchun quyidagilar qoʻllanilishi kerak:
drenaj tizimlari;
filtrlashga qarshi ekranlar va pardalar;
yer usti oqimini tashkil qilish, ochiq suv oqimlari oʻzanlarini va boshqa elementlarini tozalash hamda suv havzalarining sathlarini tartibga solish.
2-§. Hududni koʻtarma (damba) qurish bilan himoyalash
85. Himoya qilinadigan maydonning tabiiy yuzasining tushirilgan belgilari boʻylab mazkur SHNQning 2-3-rasmlariga muvofiq damba qurilishining umumiy sxemasi variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida tanlanishi lozim.
2-rasm Koʻtarma(damba)larni joylashtirish variantlari: 1-suv bosish chegarasi, 2-damba, 3-qurilish chegarasi, 4-nasos stansiyasi, 5-suv bosish manbai, 6-toʻplovchi havza, 7-toʻgʻon, 8-uzoqlashtiruvchi kanal-zovur
3-rasm. Koʻtarmalar (damba) ning konstruksiyasi: SYUS, 1-suv kam sizuvchi gruntlar, 2-suv sizuvchi gruntlar, 3-filtratsiyaga qarshi gruntli qatlam, 4-suv oʻtqazuvchan qatlam, 5-qattiq toʻsiq-diafragma, 6-himoyalovchi qum qatlam, 7-supes, 8-qum, 9-tosh
86. Suv toshqinidan muhofaza qilishda koʻtarma (damba)ning ikki turidan foydalanish lozim:
suv obyektlari va unga tutash shahar va sanoat hududlarini suv toshqinidan himoya dambalar;
qishloq xoʻjaligi yerlarini suv toshqinidan himoya qiluvchi vaqtinchalik dambalar.
Zichligi baland qurilish hududlarida va iqtisodiy jihatdan nasos ishlatish mumkin boʻlgan joylarda qoʻllanilishi kerak.
87. Koʻtarma (dambalarni)ni qurish variantlarini tanlashda quyidagilarni hisobga olinishi kerak:
qurilish maydonining topografik, muhandislik-geologik, gidrogeologik, gidrologik va iqlim sharoitlari;
yuqori suv sathi va tez oʻtib ketuvchi suvni oʻtkazish imkoniyati;
hududdagi imoratlarning zichligi va binolarni suv bosish zonalaridan koʻchirishni talab qiladigan maydon oʻlchamlari;
inshootlarni qurish muddatlari;
atrof-muhitni muhofaza qilish talablari;
foydalanish qulayligi;
oqova suvlardan hududlarni suv bilan taʼminlashni yaxshilash va foydalanishning maqsadga muvofiqligi.
88. Koʻtarma (dambalarni)ning balandligini aniqlashda, himoya inshootining sinfini mazkur SHNQning 19 va 29-bandlariga muvofiq belgilash lozim.
89. Aholi punktlari, sanoat obyektlari va foydali qazilma konlari zonasida joylashgan suv toshqinidan muhofazalovchi koʻtarmalar, toʻgʻonlar, QMQ 2.06.01-97 ga hamda qishloq xoʻjaligi yerlari zonasida SHNQ 2.06.03-12 ga muvofiq boʻlishi kerak.
3-§. Hudud yuzasining sunʼiy koʻtarish bilan himoyalash
90. Hududning yuzasini quyidagi hollarda sunʼiy koʻtarish kerak:
doimiy yoki vaqtincha suv bosadigan va yer osti suvlari koʻtarilgan hududlarni koʻtarish uchun (mazkur SHNQning 4-rasmida keltirilgan);
qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish va yerlardan foydalanish uchun;
suv omborlari, daryolar va boshqa suv havzalarining qirgʻoqlarini obodonlashtirish uchun.
91. Suv bosgan, vaqtincha suv bosgan va yer osti suvlari koʻtarilgan hududlarda yangi aholi turar joylarini qurishda maxsus himoya choralarini amalga oshirish zarur.
4-rasm. Hududni grunt bilan toʻldirish variantlari
a) daryoga yoʻnaltirilgan nishablik: 1-suv bosish chizigʻi, 2-toʻkiladigan grunt sathi, b) oraliqda suv oqizish kollektorini joylashtirish bilan sunʼiy ravishda pasaytirish syus, sps
92. Hudud yuzasining sunʼiy balandligini oshirish uchun hududlarga qoʻyiladigan funksional rejalashtirish, ijtimoiy va ekologik talablarni hisobga olgan holda, himoyalanadigan hududning tuproq, geologik, iqlim yoki texnogen xususiyatlarini tahlil qilish variantlari asosida tanlanishi lozim.
93. Tuproqni toʻldirish (toʻkish) bilan amalga oshiriladigan tikka reja loyihasi hududdagi binolar zichligini, rejalashtirishdan oldin bajarilgan ishlarini darajasini, himoyalanadigan inshootlar sinflarini, himoyalanadigan hududda joylashgan daryolar hamda suv omborlarining gidrologik rejimidagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak.
94. Suv bosishdan himoya qilish uchun hudud yuzasining sunʼiy balandligini loyihalashda, hisoblangan daryo yoki suv omboridagi suv sathining balandligi mazkur SHNQning 21-bandi talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
95. Hududni tuproq bilan toʻldirish orqali suv toshqinidan himoya qilishda, hududning qirgʻoq qirrasining belgisi mazkur SHNQning 20-bandi talablariga muvofiq aniqlanishi va toʻlqinning hisoblangan balandligi koʻtarma (damba) ustidan kamida 0,5 m balandlikda boʻlishi lozim (mazkur SHNQning 5-rasmida keltirilgan).
96. Toʻldirilgan maydonning qirgʻoq yonbagʻrini loyihalash SHNQ 2.06.05-21 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
5-rasm. Koʻtarma (damba)ning balandligini hisoblash sxemasi
97. Himoyalangan hududlardan oqova suvlari suv omborlari, suv oqimlari, jarliklar, umumshahar kanalizatsiya tizimlariga oqizilishi lozim.
98. Hudud yuzasini sunʼiy ravishda koʻtarishda yer osti suvlarining tabiiy drenajlanishi uchun imkoniyat yaratilishi lozim.
Drenajlar yerning pastqam yoki yuviluvchi jarliklarda qurilishi va ular orqali kollektorlarga tashlanishi zarur.
99. Sunʼiy koʻtarishda yer osti suvlarini drenajlash (qochirish)ga boʻlgan ehtiyoji yondosh hududdagi asos va toʻldirilgan grunt gidrogeologik sharoitlar yoki gruntlarning filtratsiya xususiyatlari bilan belgilanishi lozim.
Vaqtinchalik suv oʻzanlari, omborlari hamda yer osti suvlari jadalligi kamaygan joylarda filtrlovchi drenaj qatlami qurilmasi bilan taʼminlash kerak.
100. Hudud yuzasini sunʼiy ravishda koʻtarish ishlari texnologiyasini tanlashda grunt suv bosmagan joylardan olinishi yoki yuvilgan grunt hisobidan amalga oshirilishi kerak.
Agar grunt yetishmasa daryo oʻzanini suv transportlari yurish uchun chuqurlashtirish, oʻzanni tozalash, obodonlashtirish va atrofdagi suv havzalari resurslaridan foydalanish lozim (mazkur SHNQning 6-rasmida keltirilgan).
6-rasm. Daryo oʻzanini chuqurlashtirish: 1-mavjud oʻzan, 2-yangi oʻzan
4-§. Himoyalanadigan hududda yer usti suvlarini tartibga solish va oqizish
101. Suv bosishdan himoyalanadigan joylarda quriladigan suvni boshqaruvchi inshootlar sinfini loyihalashda ushbu hududda toʻplanadigan oqova (yomgʻir va qor suvlari, vaqtinchalik yoki doimiy suv oqimlari) suvlarning sarfiga moʻljallangan boʻlishi lozim.
102. Suv ayirgʻichdan boshlangan yigʻilgan oqova suvlar togʻ kanallari va suvlarni yigʻuvchi omborlarga tashlanishi kerak.
103. Suv bosishdan suv omborlari, magistral kanallar, yer massalarining drenaj tizimlarini yaratish orqali himoya qilish boʻyicha muhandislik loyihalari butun suv kompleksining qurilish loyihalari bilan bogʻliq boʻlishi lozim.
104. Aholi turar joylari, sanoat korxonalari hududlaridan oqova suvlarni qochirishni boshqaruvchi inshootlar SHNQ 2.07.01-23 talablariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
105. Dyuker, suv tashlovchi, sel oqimlari va ularni tashlovchi, choʻktirishga xizmat qiluvchi hamda nasos stansiyalari yoki boshqa tuzilmalarni loyihalash QMQ 2.04.03-19 ning talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Sanoat va aholi turar joylari hududlari yopiq turdagi yomgʻir suv qochirgichi bilan taʼminlashi kerak.
106. Bir va ikki qavatli binolar hududlarida, koʻchalar, yoʻllar, tratuarlar bilan kesishgan joylarda, bogʻlar yoki dam olish joylarida SHNQ 2.05.02-07 va QMQ 2.05.01-19 talablariga muvofiq ochiq ariq qurilmalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
107. Hududlarni suv toshqini va yer osti suvlari koʻtarilishining oldini olish, oqimlar hamda oʻzanlarni tartibga soluvchi tuzilmalar va tartibga solinmagan oʻrta yoki kichik daryolarga tutash qishloq xoʻjaligi yerlari, shuningdek foydali qazilmalarni va alohida xoʻjalik obyektlarini ochiq yoki yer osti usulda qazib olishni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar, avtomobil yoʻllari ostidan oʻtish, navigatsiya inshootlariga yondashuvni hisobga olgan holda qoʻllanilishi lozim:
hududning suv bosish koʻlami va vaqti;
tabiiy omillar yer osti suvlarining koʻtarilishi va suv eroziyasi;
himoyalanadigan obyektlar hududidagi yerlarni suv bosishi va yer osti suvlarining koʻtarilishiga sabab boʻluvchi texnogen omillar.
108. Himoyalangan qishloq xoʻjaligi yerlari yer usti suvlarini tartibga solish va yoʻnaltirish QMQ 2.05.01-19 talablari boʻyicha bajarilishi lozim.
109. Grunt qatlamining tabiiy suv eroziyasi yogʻingarchilik miqdoriga, suvning bugʻlanishiga, yuza qiyaliklariga, hududlarning tabiiy suv qochishiga koʻra hisoblanishi hamda quyidagilarni taʼminlashi lozim:
nam zonada yomgʻir, qor suvlaridan hosil boʻlgan suv bosish va suv toshqinidan himoya qilish uchun yuqori yer osti suvlari sathini pasaytirish, botqoqliklarni hamda namlangan yerlarning suvlarini oqizish yoʻli bilan himoya qilish;
kam qurgʻoqchil yoki qurgʻoqchil zonalarda maydonlar va chiziqli suv eroziyasidan himoya qiluvchi yaylovlar yerlarni koʻndalang haydash, chimzorlar (oʻtlarni ekish), jarlik va oʻrmon kamarlari zonalarida daraxt hamda buta plantatsiyalarini ekish, suv saqlovchi qurilmalar yaratish, gruntni chuqur hajmli yumshatish yoʻli bilan himoya qilish.
110. Himoya qilinadigan hududlarda oqimni tartibga soluvchi inshootlar oqova suvlarni gidrografik tarmogʻiga yoki suv qabul qilgichga borib tushishini taʼminlash lozim.
Yer usti suvlarini tutib qolish va oqizish tuproqni balandligini koʻtarish hamda kanallardan foydalangan holda amalga oshirish kerak.
5-§. Drenaj tizimlarini oʻrnatish
111. Drenaj tizimlari va inshootlarini tanlashda quyidagilarni inobatga olinishi kerak:
hududning geologik tuzilishi, rejadagi shakli va oʻlchami, yer osti suvlarining harakat tasnifi, qatlamlarning filtratsiya hamda hajmiy xususiyatlari, toʻyinishi yoki kamayish sharoitlariga daxldor tarqalish maydoni;
yer osti suvlari muvozanati miqdoriy qiymatlari;
yer osti suvlari sathining koʻtarilishi va uning pasayishi himoya tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha prognoz.
112. Suv balansi, filtrlash, gidrodinamik va gidravlik hisob-kitoblar, shuningdek texnik-iqtisodiy taqqoslanishi asosida hududlarning drenaj tizimini yakuniy variantini tanlash kerak
Yer osti suvlarining koʻtarilishiga qarshi tanlangan himoya choralari qurilgan maydonlarda yoki ularga tutash hududda ushbu SHNQning 20-bandida keltirilgan oqibatlarga olib kelmasligi lozim.
113. Drenaj tizimini hisoblashda ularni oqilona joylashtirish va chuqurligini aniqlash, himoyalanadigan maydonda yer osti suvlarining sathi pasaytirishni taʼminlash ushbu SHNQning 5-bobi talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
114. Hududlarni yer osti suvlarining koʻtarilishidan himoyalash topografik va geologik sharoitlarga, turar joyning zichligiga, yer osti oqimining suv ayirgʻichdan boshlab yoʻnalishni tabiiy yoki sunʼiy asosda qochirish bir, ikki hamda koʻp chiziqli, konturli yoki omuxta drenaj tizimi hamda quyidagilar qoʻllanilishi lozim:
bosh drenaj (filtrlangan yer osti suvlarini ushlash uchun va himoyalanadigan maydon yer osti suvlari oqimining yuqori qismidagi harakat yoʻnalishiga koʻndalang joylashtirilishi mazkur SHNQning 7a-rasmida keltirilgan);
konturli (hududining yer osti suvlari koʻtarilgan joylarda qurilishi mazkur SHNQning 7b-rasmida keltirilgan);
sistematik (maydonli) (yogʻingarchilik tufayli yerga shimilgan (infiltratsiya) va yer usti suvlarning infiltratsiyasi natijasida yoki yer osti suv oʻtkazish tarmoqlaridan sizib chiqqan suvlar uchun ushbu SHNQning 7v-rasmida keltirilgan);
qirgʻoq (suv oʻzani tomonidan sizilgan yer osti suvlarini toʻxtatish uchun qirgʻoqda yoki hududining pastki chegarasi boʻylab joylashtirilgan boʻlishi mazkur SHNQning 7g-rasmida keltirilgan);
maxsus (yer osti suvlari koʻtarilishini kamaytirish yer osti suvlarining toʻydirilishi qiyin sharoitlarda).
7-rasm. Drenajlarning turlari:
a) bosh drenaj, b) konturli, v) sistematik (maydonli), g) qirgʻoq
115. Suv bosishi va yer osti suvlarining koʻtarilishidan muhandislik himoyalanadigan hududni loyihasida quyidagilar boʻlishi lozim:
oʻzanning, qirgʻoqlarning xavfli yuvilishini oldini olish, himoya inshootlariga tutash hududlarda himoya toʻgʻonlari, koʻtarmalari tomonidan qisilishi va qirgʻoq istehkomlarining yuvilishidan himoya qilish choralari;
suv omborlari atrofidagi daraxtzor-butazor va oʻtloq oʻsimliklarini, oʻrmon plantatsiyalarini asrash choralari;
suv eroziyasiga qarshi agrotexnik, agrooʻrmonchilik va gidrotexnik tadbirlar majmuasini amalga oshirish choralari;
tuproq, suv omborlari, muhofaza qilinadigan qishloq xoʻjaligi yerlari va dam olish uchun foydalaniladigan hududlarda yuqumli kasalliklar qoʻzgʻatuvchilari, sanoat chiqindilari, neft mahsulotlari hamda pestitsidlari bilan ifloslanishining oldini olish choralari.
116. Muhandislik himoya inshootlarini va ularning qurilish bazasini joylashtirish uchun qishloq xoʻjaligi maqsadida foydalanilmaydigan yoki qishloq xoʻjaligi uchun yaroqsiz, sifati yomon yerlarni tanlash lozim.
117. Himoya obyektlari qishloq xoʻjaligi yerlarida va qurilgan maydonlarda muhandislik himoya inshootlarini qurishda tabiiy tizimlar faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi biogeokimyoviy sikl jarayonlari buzilmasligi lozim.
118. Muhandislik himoya qilish loyihalari tabiiy jarayonlar dinamikasi prognozlariga asoslangan atrof-muhitga texnogen taʼsirlarning mumkin boʻlgan oqibatlarini baholashni oʻz ichiga olishi lozim.
Bunda, geodinamik, gidrologik, gidrokimyoviy, geotermik, biologik, suv bosishi va yer osti suvlarining koʻtarilishi muhitiga taʼsiri parazitologik vaziyatdagi oʻzgarishlar prognozlaridan kelib chiqadi.
119. Balandligi yetarli boʻlmagan himoya inshootlarini koʻtarish maqsadidan tuproqni qazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suv omborlari yoki oʻzanlarning muhofaza qilish zonasida nishabliklarni oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
120. Muhofaza etiladigan hududlarda ichimlik suvi manbalari mavjud boʻlsa, inshootlar qurilgandan keyin suv sifatining oʻzgarishi prognozi koʻrib chiqilishi lozim.
121. Himoyalanadigan hududda joylashgan maishiy va ichimlik suvlari manbalari atrofida SanPiN RUz 0244-07 talablariga javob beradigan sanitariya muhofazasi zonalari yaratilishi lozim.
122. Muhandislik himoya inshootlari va hayvonlar migratsiya yoʻnalishlar kesishgan joyda (togʻ kanallari, koʻtarmalar) quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
inshootlarni migratsiya yoʻllaridan tashqariga olib chiqish;
hayvonlarning toʻsiqsiz oʻtishini taʼminlash uchun gruntli inshootlarning yassilangan yonbagʻirlarini loyihalash;
hayvonlarni kesib oʻtish uchun xavfli boʻlgan yuqori oqim tezligiga ega kanallar quvur bilan almashtirilish.
123. Muhandislik muhofazasi obyektlarini qurish paytida buzilgan hududlarni rekultivatsiya qilish va koʻkalamzorlashtirish GOST 17.5.3.04-83 talablarga muvofiq bajarilishi lozim.
6-§. Rekreatsion talablar
124. Muhofazalanadigan etiladigan hududlarda joylashgan, park yashil maydonlari bilan birgalikda rekreatsion maqsadlarda ishlatiladigan suv omborlari SanPiN RUz 0318-15 va GOST 17.1.5.02-80 talablariga javob berishi lozim.
125. GOST 17.1.5.02-80 talablariga muvofiq botqoq va suv bosgan hududlarni tugatish jarayonida aholi punktlari atrofida rekreatsion suv omborlarini loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
9-bob. Muhandislik tadqiqotlari topshirigʻiga qoʻyiladigan talablar
126. Muhandislik tadqiqotlari uchun topshiriq tuzishda mavjud suv omborlarining qirgʻoq hududlarini suv bosishi va yer osti suvining koʻtarilishi hududlarini hisobga olish lozim.
127. Tadqiqot natijalari SHNQ 1.02.07-19 talablariga muvofiq va quyidagilarni taʼminlashi lozim:
muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi mavjud tabiiy sharoitlarni baholashni;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi muhandislik-geologik, gidrogeologik va gidrologik shart-sharoitlarning texnogen omillarini hisobga olgan holda oʻzgarishini prognozlashni;
xavfli geologik jarayonlarning rivojlanishi va tarqalishi;
hududning yer osti suvlarining koʻtarilishini baholash;
hududning suv bosishi miqyosini baholash;
hududlarni suv bosishi va yer osti suvining koʻtarilishi muhandislik himoya qilish usullarini tanlash;
muhandislik himoya inshootlarini hisoblash;
hududlarda suv balansini baholash, shuningdek gidrologik oʻzanda va tajriba maydonlarida yer usti hamda yer osti suvlarining sathini, kimyoviy yoki harorat rejimlarini kuzatuvlar asosida baholash;
hududlarni tabiiy va sunʼiy drenajlash samaradorligini baholash.
128. Muhandislik tadqiqotlari natijalari asosida suv bosishi va yer osti suvining koʻtarilishi bilan birga geologik jarayonlarning xavfini aks ettirishi lozim:
koʻchkilar, qirgʻoqlarining yuvilishi;
oʻpirilishi;
lyoss tuproqlarining choʻkishi;
suffuziyasi.
129. Muhandislik tadqiqotlari materiallarini yer usti va yer osti suvlari maromini uzoq muddatli kuzatuvlar yoki ekzogen geologik jarayonlar, shuningdek gidrologik hamda gidrogeologik prognozlarning natijalari bilan toʻldirilishi lozim.
Kuzatuv davrining davomiyligi, taqdim etilgan davr uchun yetarli boʻlsa yoki oʻrganilayotgan gidrologik tafsilotning hisoblangan qiymatining nisbiy oʻrtacha xatosi yillik hamda mavsumiy oqim uchun 10 foizdan oshmasa yetarli deb hisoblanish kerak.
130. Hisoblangan gidrologik xususiyatlarni aniqlash gidrometeorologik kuzatuvlar maʼlumotlariga asoslangan boʻlishi lozim.
Gidrometeorologik kuzatuv maʼlumotlari boʻlmasa, loyihalash uchun gidrometeorologik tadqiqotlar oʻtkazilishi kerak.
131. Grafik hujjatlarining masshtab boʻyicha loyihalashda quyidagi 5-jadvalga muvofiq loyihalash bosqichlarini hisobga olish lozim.
132. Mazkur SHNQning 3-jadvali grafik materiallarida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
mavjud inshootlar, yoʻllar, kommunikatsiyalarning zamonaviy holati, ularda topilgan deformatsiyalarni ishonchli maʼlumotlar bilan baholash;
hududning xoʻjalik va ekologik ahamiyatini va undan foydalanish istiqbolini baholash;
muhandislik muhofazasining chora-tadbirlari va tuzilmalari, ularning texnik holati, ularni rivojlantirish hamda rekonstruksiya qilish zaruriyati yoki imkoniyatlari.
133. Qishloq xoʻjaligi yerlarini muhandislik himoya loyihalarini ishlab chiqish materiallari tadqiqot tarkibi mazkur SHNQning 2-ilovasi talablariga javob berishi lozim.
10-bob. Muhandislik himoya inshootlari
1-§. Asosiy talablar
134. Hududlarni suv bosishi va yer osti suvlarining koʻtarilishidan muhandislik himoya qilish inshootlari quyidagilarga boʻlinadi:
koʻtarmalar (damba);
drenajlar;
drenaj va oqova suv zovur tarmoqlari;
togʻ hududidagi oqova suv chiqarish zovurlari;
tez oqim va sharsharalar;
quvurlar va nasos stansiyalari.
135. Muhofaza etiladigan hududning tabiiy va gidrogeologik sharoitlariga koʻra muhandislik himoya tizimlari ushbu SHNQning 134-bandida keltirilgan muhandislik inshootlarining bir nechtasini yoki alohida muhandislik inshootlarni loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Yer osti suvi koʻtarilgan hududlardagi muhandislik inshootlarining tarkibi yer osti suvining koʻtarilish xususiyati (doimiy, mavsumiy, epizodik) koʻra belgilanishi lozim.
2-§. Koʻtarmalar (damba)
136. Hududni suv toshqinidan himoya qilish uchun ikki turdagi koʻtarmalardan (damba) foydalanish kerak:
suv bosmaydigan koʻtarma suv omborlari, daryolar va boshqa suv havzalariga ulashgan shahar yoki sanoat hududlarini suv bosishidan doimiy himoya qilinishi;
suv bosadigan koʻtarmalardan ekinlarni yetishtirish davrida qishloq xoʻjaligi yerlarini suv bosishidan vaqtinchalik himoya qilish uchun foydalanishi.
137. Oʻzanini tez-tez oʻzgartirib turuvchi daryolarda hududni suv bosishdan muhandislik himoya qilish vositasi sifatida oʻzanni tartibga soluvchi inshootlar quyidagilarga boʻlinadi:
daryo suv oqimi kengligini chegaralovchi boʻylama yoki unga burchak ostida joylashgan koʻtarmalarga;
oqimni yoʻnaltiruvchi koʻtarmalarga (suv oqimini koʻprik ostidan, toʻgʻonlardan yoki boshqa turdagi gidrotexnik inshootlardan tartib bilan oʻtishini taʼminlaydigan boʻylama, toʻgʻrichiziqli, egri chiziqli gidravlik inshootlar);
koʻl va kanallar orqali suv oqimini toʻliq yoki qisman toʻsib qoʻyish uchun moʻljallangan toʻgʻonlarga;
yarim toʻgʻonlarga (koʻndalang toʻgʻrilash tuzilmalari, oqimning toʻgʻrilanishi va suv transporti harakatlanadigan chuqurliklarni yaratishni taʼminlaydi);
qirgʻoqlarni eroziyadan himoya qilishni taʼminlaydigan oqimga burchak ostida oʻrnatilgan qisqa suv bosmaydigan yarim toʻgʻonlarga;
qirgʻoqlar va uning yonbagʻirlarini oqim va toʻlqinlar eroziyasidan himoya qiluvchi toʻgʻonlarga.
138. Suv omborlari yoki oʻzanlar boʻylab qurilgan koʻtarmalarning uzunligi katta boʻlsa, uning nishabi suv yuzasining boʻylama qiyaligiga koʻra oqim boʻyicha tushirilishi lozim.
Konstruktiv xususiyatlariga muvofiq siqilgan, yassilangan profillar grunt koʻtarmalari profillari sifatida ishlatilishi lozim.
139. Siqilgan profilli tuproq koʻtarmada geotekstil qoplamalar bilan armaturani qatlam-qatlam joylashtirish, chuqur vibratsion mustahkamlash (zichlash) usullaridan foydalanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
140. Armaturadan foydalanib qurilgan koʻtarmalarning asoslari mukammal tayyorlanishi, mustahkamlovchi elementlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan barcha elementlarni olib tashlanishi hamda asosi zichlanishi (shibbalanishi) kerak.
141. Koʻtarmalarning balandligi 5 m va undan ortiq boʻlsa, kengligi kamida 1,5 m, boʻlgan burma (yoʻlak) koʻtarma balandligining yarmida oʻrnatilishi lozim.
Koʻtarmaning quyi qiyaligi (suvsiz tomoni)ning pastki qirrasi boʻylab chiziqli gorizontal teshik quvurli drenaj kuzatuv quduqlari bilan birga amalga oshirilishi lozim.
Drenaj suvi bosimsiz oqizilishi yoki nasos bilan amalga oshirilishi, koʻtarmaning pastki qiyaligi sirtida filtrlash (sizot) oqimining chiqishiga yoʻl qoʻyilmasligi, bunda ushbu holat kuzatilganda quyidagi himoya choralarini amalga oshirish lozim:
drenaj ishchi holatini tekshirishni;
suv chiqish joyida koʻtarma qurilgan tuproq materialini mustahkamlashni;
suv chiqishi kuzatilgan joylardagi drenaj quvurlarini qum-shagʻal materiallari bilan toʻldirish va uni koʻtarma asosida joylashgan gorizontal drenajning qum-shagʻal prizmasi bilan tutashtirish.
142. Muhofazalovchi koʻtarmalar turini tanlashda tabiiy sharoitlarni hisobga olish lozim (muhandislik-geologik, gidrologik, iqlim, hududning seysmiklik darajasi, shuningdek mahalliy qurilish materiallari, asbob-uskunalar, ishlab chiqilgan ishlarni tashkil etish sxemalari, ish sharoitlari, hududni rivojlantirish istiqbollari hamda ekologik talablar).
143. Muhofazalovchi koʻtarmalar turini tanlashda mahalliy qurilish materiallari, tuproq va sanoat chiqindilaridan (agar ular shu maqsadlarga mos boʻlsa) foydalanish lozim.
144. Koʻtarmani loyihalash QMQ 2.0126.05-02 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Toshsiz asosda qurilgan koʻtarmalar bosimli uzluksiz sirtga ega boʻlgan joylarda qurilishi kerak.
145. Koʻtarmalar koʻchkilar yoki koʻchki kutiladigan joylarda qurilganda QMQ 2.0126.05-02 talablariga muvofiq loyihalanishi lozim.
146. Koʻchkilar qurilishning topografik va geologik sharoitlariga, hududning xoʻjalik ahamiyatiga, suv oqimining gidrologik rejimida minimal oʻzgarishlarni taʼminlash hamda maydondan foydalanishni maksimal darajada oshirish imkoniyatlariga koʻra tanlanishi lozim.
147. Vaqtinchalik yonbosh oqimi boʻlgan suv ombori yoki suv oqimi boʻyicha koʻtarmalarni uzluksiz ravishda qurilishi, doimiy yonlama oqim boʻlganda koʻtarma irmoqlari quyidagi 8-rasmga muvofiq boʻlimlar boʻylab amalga oshiriladi.
8-rasm. Irmoqlar orasidagi koʻtarma sxemasi:
1-koʻtarma, 2-drenaj, 3-nasos stansiyasi, 4-daryo. 5-suv sathi
148. Ustidan suv oqib utishi mumkin boʻlgan koʻtarmalar qurilganda barcha himoya inshootlari suv toshqini paytida suv ostida qolishiga yoʻl qoʻyiladi.
149. Shahar chegaralarida koʻtarmalarni qoʻllash SHNQ 2.07.01-23 talablariga muvofiq hamda qurilishi uchun qoʻriqlanadigan hududlardan foydalanishni hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
150. Suv ombori yoki suv oqimidagi hisoblangan maksimal suv sathidan quyidagilar yuqori boʻlishi kerak:
suv bosmaydigan koʻtarmalar inshootlarining sinfiga koʻra QMQ 2.06.01-97 talablariga muvofiq inshootlar sinfi;
suv oshib oʻtuvchi koʻtarmalar.
151. Muhandislik muhofazasi loyihalarini ishlab chiqishda avtomobil yoʻllari va temir yoʻllarni oʻtkazish uchun koʻtarmalardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, koʻtarmaning tizmasi boʻylab kengligi yoki uning egrilik radiusi SHNQ 2.05.02-07 va QMQ 2.05.01-19 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
152. Koʻtarma profili (yassilangan) mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi, yuqori nishabdagi shamol toʻlqinlari sharoitlari va pastki qismida filtrlash oqimi chiqishi hisobga olingan holda tanlanishi kerak.
153. Beton konstruksiyalar bilan grunt konstruksiyali koʻtarmalarni birlashtirish qurilmalari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
suvning yuqori tomondan suv oʻtkazgichlarga qulay joylashishi va quyi oqimda oqimning tekis tarqalishi, koʻtarmalarning tanasi va suv oqimining pastki qismining eroziyasini oldini olishni;
qoʻshni zonadagi beton tuzilmalar bilan birlashgan joylarida filtrlashning oldini olish, I — III sinflardagi koʻtarmalarni birlashtirish qurilmalarining konstruksiyalari gidravlik laboratoriya tadqiqotlari bilan asoslanishini.
154. Hududlarni suv bosishlaridan himoya qiluvchi grunt materiallaridan tayyorlangan koʻtarmalarni hisoblash SHNQ 2.06.05-98 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
155. Koʻtarmalar taʼsirida joylashgan hududlarda daryodagi suv sathi prognozdan yuqori koʻtarilganda koʻtarmalarning balandligini oshirish (koʻtarish) imkoniyatini taʼminlash uchun qum, qoplar va boshqa vositalar yetarli darajada toʻplangan boʻlishi lozim.
3-§. Tepa-togʻ kanallari
156. Tepa-togʻ kanallarining kesmasi va nishabligidagi suv oqimining tezligi tuproq eroziyasini keltirib chiqarmasligi yoki kanal tubining loyqa bilan toʻlib qolmasligini taʼminlashi lozim.
Kanallarning gidravlik hisoblarida gʻadir-budurlik koeffitsiyentlarining qiymatlari SHNQ 2.06.03-12 boʻyicha olinishi kerak.
157. Mazkur SHNQning 9-rasmida oqova suvlarini togʻ yon bagʻridan qochirish sxemalari berilgan.
9-rasm. Oqova suvlarini togʻ yon bagʻridan qochirish sxemasi: a) archa, b) panjara usuli, 1-togʻ kanali, 2-hudud chegarasi, 3-toʻxtab qolgan suv qoldiqlari, 4-magistral kanal, 5-zovur-quritish kanali
158. Tepa-togʻ kanallarni togʻ qiyaliklarda (yonbagʻirlarda) yotqizish gidrogeologik va geologik sharoitlarda joylashgan (mavjud) kanallarning qiyaliklarning barqarorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida olinishi lozim.
159. Taxminiy suv oqimi hajmini oʻtkazish uchun tepa-togʻ kanallarining koʻndalang kesimining shakli suv oqimining gidrologik maromini va himoyalanadigan hududning zichligini hisobga olish lozim.
160. Kanallarning pastki va mustahkamlanmagan qiyaliklari 0,3 — 0,5 m/s dan koʻp boʻlmagan tezlikda minimal suv oqimining oʻtishini taʼminlashi kerak.
161. Himoya qoplamasi boʻlmagan taqdirda kanallarning maksimal boʻylama nishabi 0,005 ga teng boʻlishi lozim.
162. Kanal marshrutining egrilik radiusining minimal qiymati hisoblangan oqim tezligida suvning kesilishi boʻylab kanalning kamida ikki barobar kengligida boʻlishi zarur.
163. Gidravlik hisoblanmagan kanallar uchun maksimal burilish radiusi 25 m dan kam yoki 2b dan 10b gacha yoʻl qoʻyiladi (bu yerda b — kanalning kengligi, m).
164. Chuqurligi 5 m dan va suv oqim tezligi 50 m3/sdan koʻp boʻlmagan tepa-togʻ kanallari, shuningdek dyuker va akveduklar SHNQ 2.06.03-12 talablariga muvofiq loyihalanishi lozim.
4-§. Nasos stansiyalari
165. Nasos stansiyalarining tarkibi, tartibi va qurilishi chiqarilayotgan suv sarfiga yoki inshootning saqlash hajmining imkoniyatlariga koʻra belgilanishi kerak.
166. Nasos stansiyalari, quvvati, ularning jihozlarining turlari, sinfi hamda sigʻimi quyidagilarni hisobga olgan holda belgilanishi lozim:
hisoblangan suv oqimi sarfi, qancha balandlikka koʻtarish lozimligi va suv sathlarining tebranishlari;
oqova suv hisobi, tashlanadigan joy balandligi va uning sathining oʻzgarishi;
energiya manbai turi;
nasoslarning foydali ish koeffitsiyenti samaradorligini taʼminlashi.
167. Nasoslarning turi, quvvati va soni nasos stansiyasining turiga koʻra hisoblangan oqim sarfi, kerakli suv bosimi yoki oqim uchastkasidagi suv havzasi (suv ombori) gorizontlarining oʻzgarish amplitudasini hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.
Zaxiralardan foydalanish drenaj nasos stansiyalari SHNQ 2.06.03-12ga muvofiq loyihalanishi kerak.
168. Suv olish inshooti va nasos stansiyasi uygʻunlashgan (kombinatsiyalangan) yoki alohida turda boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
169. Suv olish inshootlari quyidagilarni taʼminlashi lozim:
hisoblangan suv oqimini qabul qilishni;
uskunaning normal ishlashi va uni taʼmirlash imkoniyatini;
daryo hayvonlari va baliqlardan himoya qilishni.
170. Nasos stansiyalarining suv chiqarish inshootlari suv havzalariga suvning oqishini taʼminlashi lozim.
5-§. Drenaj tizimlari va drenajlar
171. Hududlarni yer osti suvlarining koʻtarilishini oldini olish uchun drenaj tizimlarini loyihalash SHNQ 2.06.03-12 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
172. Drenaj tizimlarini loyihalashda gravitatsion (oʻzi oqar) drenajli tizimlarga ustunlik berish lozim.
173. Drenaj tizimlarini foydalanish debit suvini hisoblash va suv tanqis joylarda (arid zona) yer osti suvlari tuz balansi boʻyicha qabul qilinishi kerak.
Bir bosqichli loyihalashda yer osti suv koʻtarilishi sabablari va oqibatlarini mazkur SHNQning 15-bandiga muvofiq hisoblash lozim.
174. Ikki bosqichli loyihalashda geologik va gidrogeologik tadqiqotlar, birinchi bosqichda olingan tadqiqot natijalari asosida, qurilishning tafsiloti yoki himoyalangan hududning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda, rejada drenaj tarmogʻining joylashishi, uning yotqizilish chuqurligi va alohida drenaj tarmoqlarining bir-biri bilan bogʻliqligini aniqlanishi, bunda tanlangan drenaj sxemalari uchun quyidagi gidrogeologik choralar amalga oshirilishi lozim:
qirgʻoq boʻyi, bosh va boshqa drenajlarning qoʻllash koʻtarmaga yoki poydevorlar chegaralariga nisbatan joylashish holati ularning oqim tezliklarining minimal qiymatlari topilishi;
drenajlarning kerakli chuqurligi va ular orasidagi masofa, drenaj suvining oqim tezligini nasos orqali chiqarish;
drenaj taʼsir zonasida himoyalangan hududda depressiya egri chizigʻi holatini aniqlanishi.
175. Ochiq xandaq (zovur) yoki transheya usuli (yer ostida yotqizish) bilan gorizontal drenaj ishlashi iqtisodiy imkoniyatlarini va samarali foydalanish shartlari bilan belgilanishi kerak.
Agar ochiq gorizontal drenajlar yer yuzasidan koʻpi bilan 2 m chuqurlikda joylashadigan boʻlsa, gruntning muzlash chuqurligi hisobga olinishi lozim.
Ochiq drenaj ariqlar va drenajlar boʻlimlarida (balchiq) toʻplanib qolmasligini taʼminlash kerak.
176. Yer osti suvlarining sathini pasaytiruvchi tik quduqlar va ularning suv qabul qilishdan iborat boʻlgan tik drenajlar barcha holatlarida suv oʻtkazuvchanligi yuqori boʻlgan gruntlarda joylashishi lozim (filtratsiya koeffitsiyenti kamida 2 m/d).
177. Ochiq drenajlardan (kanallar va zovurlar) zichligi kam boʻlgan bir, ikki qavatli binolar joylashgan katta maydonlarda drenaj talab qilingan hollarda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
178. Ochiq drenaj (zovurlar)ning yonbagʻirlarini mustahkamlash, beton yoki temir-beton plitalar, qayroqtosh (shagʻal) yoki toshlardan foydalanish lozim.
Yer osti suvlarini tushishi uchun beton plitalar teshiklar bilan taʼminlangan boʻlishi, yopiq quvurli drenajlarda qum-shagʻal aralashmasi filtrlovchi yoki boshqa materiallar tozalovchi sifatida ishlatilishi kerak.
179. Yigʻilgan drenaj suvlari handaq yoki kanallar orqali oqizib ketilishi, nasos stansiyalari yordamida yigʻish hajmlari himoyalanadigan hududning relyefi suv havzasidagi suv sathidan pastda boʻlganda amalga oshirilishi lozim.
180. Drenaj quvurlari sifatida sopol, beton, temir-beton va polivinilxlorid kabi quvurlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Quvur materiallari drenajning chuqurligiga va muhitning agressivligiga koʻra tanlash kerak.
Beton, temir-beton va xrizotilsement drenaj quvurlari faqat betonga nisbatan agressiv boʻlmagan suv yoki gruntlarda qoʻllanilishi lozim.
Drenajlarni yotqizishning maksimal chuqurligini belgilashda quvur materiali hisobga olinishi, ularning yotqizishning eng kam chuqurligi dinamik yuklardan himoya qilish va muzlamaslik talablari asosida belgilanishi zarur.
181. Yuk koʻtarish qobiliyati kam boʻlgan zaif gruntlarda drenaj quvuri sunʼiy poydevor (asos)ga yotqizilishi kerak.
Mustahkamlikni taʼminlashga koʻra drenaj quvurlarini yotqizish quyidagi 6-jadvalga muvofiq maksimal chuqurlikda amalga oshirilishi lozim.
182. Xrizotilsement, beton, temir-beton va polimer quvurlar sirtidagi suv kirish teshiklarining soni va diametri oqimning sarfiga yoki teshiklarning sigʻimiga koʻra aniqlanishi lozim.
Drenaj quvurlari atrofida suv oʻtkazuvchanligi yetarli boʻlgan sunʼiy toʻqima materiallaridan tayyorlangan va qum-shagʻal qatlam yoki suvni oʻtkazuvchi filtrlar bilan taʼminlash kerak.
183. Drenaj suvlarini suv havzasiga (daryo, kanal, koʻl) chiqarishni rejada oqim yoʻnalishiga oʻtkir burchak ostida joylashtirilishi, bunda uning ogʻzi qismi betondan tayyorlanishi yoki tosh terish bilan mustahkamlanishi lozim.
184. Chuqur drenaj tarmogʻida tekshirish (kuzatish) quduqlari toʻgʻri hududlarda, shuningdek barcha burilishlarda, kesishmalarda va drenaj quvurlarining yonbagʻirlaridagi nishab oʻzgarishlarda kamida har 50 m yoʻl boʻylab joylashtirilishi kerak.
Tekshirish quduqlari beton va temir-beton halqalardan kamida 0,5 m chuqurlikda GOST 8020-2016 boʻyicha beton tagliklardan tayyorlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Meliorativ drenaj tizimlari boʻyicha kuzatish quduqlari SHNQ 2.06.03-12 ga koʻra qabul qilinishi lozim.
185. Galereyali gorizontal quvurli drenajlar yer osti suvlari sathining talab darajasida pasaytirishi mumkin boʻlmagan hollarda ishlatilishi lozim.
Drenaj galereyalarining shakli va koʻndalang kesim maydoni, shuningdek devorlarining teshilish darajasi kerakli suv hajmiga koʻra belgilanishi lozim.
Galereyali drenaj filtrlari ushbu SHNQning 137-bandi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
186. Chuqurda joylashuvchi nasoslar yer osti suvini tortish orqali erishish mumkin hollarda foydalanish lozim.
Agar quduq bir nechta suv qatlamini kesib oʻtsa, har bir oraliq filtrlar bilan taʼminlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
187. Oʻzi toʻladigan quduqlardan qatlamlardagi ortiqcha bosimni kamaytirish uchun foydalanish lozim.
188. Suv yutuvchi va oqizuvchi quduqlardan suv oʻtkazuvchanligi yuqori yoki bosimsiz yer osti suvlari maromiga ega boʻlgan grunt qatlamining suv toʻsigʻi ustida joylashgan hollarda foydalanish lozim.
189. Yuqori qatlam zaif oʻtkazuvchan va pastki qismida bosim boʻlgan ikki qatlamli muhitni drenajlashda uygʻunlashgan (kombinatsiyalangan) drenajlardan foydalanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Gorizontal drenajni yuqori qatlamda, quduqlar esa pastda joylashtirish kerak.
Gorizontal drenajlar va suvni pasaytiruvchi quduqlar rejada bir-biridan kamida 3 m masofada joylashgan boʻlishi lozim.
190. Nur shaklidagi drenajlarni aholi turar joylari zich boʻlganda va yer osti suvini sezilarli (chuqur) pasaytirishda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
191. Hududlarning yer osti suvlaridan himoya qilish talablari yuqori va filtrlash xususiyatlari past gruntlarda filtrlash koeffitsiyenti — 2 m/d dan kam boʻlganda koʻp namlikni qochirish tizimlaridan foydalanish lozim.
11-bob. Hisoblashga asosiy talablar
192. Hisob-kitoblar sanoat maydonlari, qishloq xoʻjaligi yerlari va qurilish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish uchun yangi tashkil qilingan hududlar uchun muhandislik himoya qilish tuzilmalari loyihalaridan tashqari quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
muhofaza etiladigan hududning suv balansining hozirgi holatini;
yangi tashkil etilgan suv omborlari yoki yer osti suvlarining koʻtarilishidan muhandislik himoya inshootlari tashkil qilingandan keyingi sharoitida hududning suv maromini;
yer osti suvining koʻtarilishiga sabab boʻluvchi barcha manbalari taʼsirini hisobga olgan holda hududning gidrogeologik maromdagi oʻzgarishlar prognozini;
suv havzalari va muhandislik himoya inshootlarini qurish oqibatida oʻzgaruvchan gidrologik yoki gidrogeologik sharoitlar taʼsiri ostida tuproq hamda oʻsimliklarning oʻzgarishini.
193. Yer osti suvlari koʻtarilishidan himoyalanadigan hududda gidrogeologik sharoit oʻzgarishlarini prognoz hisob-kitoblarini bajarishdan oldin tabiiy va texnogen sharoitlarni geofiltratsiya sxemalashtirishi bajarilishi lozim.
194. Gidrogeologik sharoitlar oʻzgarishining prognoz hisob-kitoblarini matematik modellashtirish va analitik usullar bilan bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
Geofiltratsiya hisob-kitoblari usulini tanlash geofiltratsiya sxemalashtirish natijalarini va himoya tuzilmalari uchun loyiha yechimlarini birgalikda tahlil qilish asosida amalga oshirilishi kerak.
Drenaj tizimlarining taʼsirini baholash uchun analitik hisoblash usullaridan foydalanish, agar hisoblash uchun ishlatiladigan analitik bogʻliqliklar va ularni asoslashda qilingan taxminlar geofiltratsion sxemalashtirish shartlariga mos kelsa yoʻl qoʻyiladi.
195. Shoʻrlangan tuproqlar zonasida hududni muhandislik himoyasi tizimlarini loyihalashda shoʻrlash rejimini hisoblash kerak.
196. Drenaj-namlovchi, drenaj-sugʻorish va sugʻorish majmualarini muhofaza etiladigan hududlarga joylashtirishda drenaj suvlarini sugʻorishda foydalanish imkoniyatini belgilovchi hisob-kitob ishlari ham bajarilishi lozim.
12-bob. Hududning muhandislik himoya tizimlari
197. Muhandislik himoya tuzilmalari loyihalarida gidroinshootlar, ularning elementlari va asoslarini joyidan siljishida, yer osti suvlari sathining tebranishlari, filtrlash oqimi parametrlari hamda tuproq shoʻrlanish jarayoni nazorati uchun vizual yoki IOʻUini oʻrnatish kerak.
IOʻU bilan qiyin gidrogeologik yoki iqlim sharoitlarida ishlaydigan I va II sinfli muhandislik himoya qilish tizimlari uchun IOʻU filtrlash oqimi parametrlarining oʻzgarishi, sugʻorish, drenaj, yomgʻir oqimlarining taʼsiri, yer osti suvi koʻtarilish zonasida yer osti suvlari sathining koʻtarilishiga koʻra vaqt oʻtishi bilan tuproqlarning suv-tuz maromining oʻzgarishi boʻyicha maxsus tadqiqot ishlari olib borilishi lozim.
198. Yer osti suvlari koʻtarilishidan himoyalanadigan hududlarda yer osti suvlari sathining oʻzgarishini, filtrlash oqimining tuz va harorat sharoitlarini hamda drenaj tizimlarining samaradorligi yoki xavfsizligini nazorat qilish uchun kuzatuv quduqlari tarmogʻi bilan taʼminlash lozim.
199. Gidrogeologik monitoringning asosiy vazifalari quyidagilar kirishi kerak:
yer osti suvlarining rejim (gidrodinamik, kimyoviy va harorat) dinamikasini tavsiflovchi koʻrsatkichlarning oʻzgarishini kuzatish;
olingan kuzatish natijalarini qayta ishlash, ularni tahlil qilish va tizimlashtirish;
vaziyatni baholash (mavjud va prognoz).
200. Qirgʻoq hududining suv bosishi xavfi mavjud boʻlgan suv omborlari va suv oʻzanlarining barcha boʻlimlarida suv sathining oʻzgarishi hamda himoya inshootlarining holatini tahlil qilib borilishi lozim.
13-bob. Muhandislik choralar
201. Muhandislik-texnik chora-tadbirlarga quyidagilar kiritilishi lozim:
suv toshqinlarining yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarini kamaytiruvchi chora-tadbirlarga suvning salbiy taʼsirini oldini olish tadbirlarini rejalashtirish, gidrotexnik inshootlar boʻyicha taʼmirlash ishlarini olib borish;
daryo oqimni oʻz vaqtida qayta taqsimlash;
yomgʻir kollektorini tayyorlash, suv oquvchi ariqlarini jihozlash, mavjud yoʻl ariqlari inshootlarini tozalash va ularning quvvatini oshirish;
koʻtarmalar qurish, hudud yuzasini sunʼiy koʻtarish;
daryolarni toʻgʻrilash va chuqurlashtirish, ularni tozalash, kollektorga joylashtirish, hududlarni toʻldirish; qirgʻoqlarni xamda tubini mustahkamlash, daryolar yoki kichik daryolar oqimini tartibga solish;
yer usti va yer osti suvlarining oqishi hamda yer osti drenajini tartibga solish; suv bosgan hududlar, drenaj tizimlari va alohida drenajlar bilan tutashgan suv oqimining qismiga muz parchalarining tushmasligini taʼminlash;
profilaktik chora-tadbirlarning kombinatsiyalangan usulini qoʻllash (doimiy yoki vaqtinchalik drenajlar, suv oqimlari qurilmalari va boshqalar).
Quyidagi faol va sust (passiv) choralar profilaktik chora-tadbirlarning umumiy tarkibiga kiradi:
daryo havzalarida oʻrmonlarni muhofaza qilish tasmalarini tashkillashtirish, daraxtlar ekish, yaylovlarning yerlarini shudgorlamaslik;
sohil boʻyi himoya chiziqlari hamda suvni muhofaza qilish zonalarida daraxt va buta oʻsimliklarini saqlash, qiyaliklarni (yonbagʻirlarni) terrasalashtirish;
yomgʻir suvlarini toʻxtatish uchun jarliklarda suv havzalari va boshqa sunʼiy suv havzalarini qurish, muntazam suv bosadigan yoki haydaladigan yerlarni oʻtloqlar hamda yaylovlarga aylantirish;
chorvachilik uchun yozgi oʻtloqlarni yaratish;
qurilayotgan koʻtarmalar, qisman qulashi kutiladigan joylarini taʼmirlash;
suv omborlari rezervuarlarning hajmlarini hisoblash va bilish;
bosimli gidrouzellar orqali maksimal toʻfon suvni kesib quyi oqimga qisman oqizish va rezervuarning sigʻimini bir vaqtda oqizishni tashkil etishni amalga oshirish;
zarur hollarda potensial suv bosadigan hududlardan aholini, xoʻjalik hayvonlarini, moddiy va madaniy qadriyatlarni oldindan koʻchirish (evakuatsiya) qilish;
eng oddiy himoya inshootlarini (toʻgʻonlarni) tezkor qurish va himoya qilinmagan hayotiy zarur obyektlarni, potensial xavfli obyektlarni (sogʻliqni saqlash, energetika, suv taʼminoti, issiqlik taʼminoti, kanalizatsiya, suv tozalash, oziq-ovqat sanoati, yuqori moddiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni va boshqalarni) suv bosishining oldini olish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarni koʻrish;
sel bosishi mumkin boʻlgan hududlarda joylashgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatini qisman cheklash, tugatish yoki koʻchirish;
suv bosishi kutilayotgan hududlarni sanitariya talablari asosida tozalash;
suv bosishi paytida favqulodda qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarda foydalanish uchun oldindan aniqlangan suv kemalarini texnik tayyorlash, transport vositalari uchun aylanma yoʻllarni jihozlash, drenajlarni tozalash.
SHNQ 2.06.15-21 “Hududlarni suv toshqini va suv bosishidan muhandislik himoyalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Himoya suv taʼminoti inshootlarining sinflari
* Tegishli asos bilan himoya qilinadigan yirik shaharlar va sanoat korxonalari uchun fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlsa, himoya tuzilmalarini I-sinf sifatida tasniflashga yoʻl qoʻyiladi.
SHNQ 2.06.15-21 “Hududlarni suv toshqini va suv bosishidan muhandislik himoyalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi yer muhandislik himoyasiga doir turli loyiha bosqichlari uchun tadqiqot materiallar tarkibi
