“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3255-2-son)
10.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 10-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3255-2]
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 12-iyundagi 26-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3255, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3255/1031-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 29-noyabr,
195-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 29-noyabrdagi 195-son buyrugʻiga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandda:
beshinchi xatboshidagi “taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “oliy taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “davlat oliy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4-ilovaning nomidagi “taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 6-ilovadagi “taʼlim muassasalaridan” va “taʼlim muassasalariga” tegishli ravishda “taʼlim tashkilotlaridan” hamda “taʼlim tashkilotlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 7-ilovaning nomidagi “Oliy taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Davlat oliy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 22-ilovada:
“taʼlim muassasalaridan” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“taʼlim muassasalariga” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Oliy taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Oliy taʼlim va muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 23-ilovadagi “taʼlim muassasalari” va “Oliy taʼlim muassasalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “davlat taʼlim tashkilotlari” hamda “Davlat oliy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
