Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Butunxitoy xalq vakillari kengashi bilan parlamentlararo hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida (124-V-son)
05.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek Butunxitoy xalq vakillari kengashi bilan parlamentlararo hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Butunxitoy xalq vakillari kengashi bilan parlamentlararo hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish boʻyicha 2025-2026-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻmitalari hamda devonlarining tegishli tarkibiy boʻlinmalari chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda taʼminlash choralarini koʻrsin.
3. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-dekabr,
124-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 5-dekabr,
KQ-12-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 5-dekabrdagi 124-V/KQ-12-V-sonli Qoʻshma qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Butunxitoy xalq vakillari kengashi bilan parlamentlararo hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish boʻyicha 2025-2026-yillarga moʻljallangan
CHORA-TADBIRLAR REJASI
