Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi yopiq harbiy shaharchalar toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida (1869-5-son)
29.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 29-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1869-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2008-yil 14-oktabrdagi 658-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1869, 2008-yil 11-noyabr) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi yopiq harbiy shaharchalar toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-oktabr,
887-son
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2024-yil 30-oktabrdagi 887-son buyrugʻiga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi yopiq harbiy shaharchalar toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi yopiq harbiy shaharchalar
ROʻYXATI
