Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (KQ-6-V-son)
29.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish, ehtiyojmand aholiga manzilli ijtimoiy yordam koʻrsatilishini kengaytirish, aholi daromadlarini oshirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Buning natijasida kambagʻallik darajasi 2019-yildagi 23 foizdan 2023-yilda 11 foizga qisqartirilishiga erishildi. 2025-yil yakunida kambagʻallikni 6 foizga qisqartirish koʻzda tutilmoqda.
Shu maqsadda respublika boʻyicha kambagʻallikni qisqartirish masalasini umummilliy harakatga aylantirgan holda “Kambagʻal oilalar uchun yettita imkoniyat va masʼuliyat” tamoyili asosida joriy yilning 1-noyabridan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” kompleks dasturini amalga oshirish boshlandi.
Ushbu yoʻnalishda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan hududlarda samarali nazoratni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi ishlar holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ishchi guruhga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida belgilangan kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirishga doir ustuvor vazifalar, shuningdek, tasdiqlangan dasturlarning ijrosi holatini joylarga chiqqan holda oʻrganish;
kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish boʻyicha hududlarga biriktirilgan respublika darajasidagi davlat idoralari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari hamda hududiy ijro organlari rahbarlarining belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga oid faoliyatini tahlil qilib, natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga axborot kiritish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida oʻrganishlar natijalarini muhokama qilish, mahalliy ijro organlari hamda tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturida nazarda tutilgan loyihalar boʻyicha hududlardagi mavjud muammolarni hal etish choralarini koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida kambagʻallikdan chiqarish va aholi turmush farovonligini oshirish boʻyicha hudud rahbarlarining taqdimotlari oʻtkazilishini tashkil etish;
respublika darajasidagi tizimli muammolarni hal etish boʻyicha takliflarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, tegishli vazirlik va idoralarga kiritilishini taʼminlash;
kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrganish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish choralarini koʻrish.
Ishchi guruhga oʻz faoliyatini amalga oshirishda masʼul vazirlik va idoralardan malakali mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish vakolati berilsin.
2. Belgilansinki, Ishchi guruh faoliyati 2025-yil 31-dekabrgacha davom etadi, uning ishchi organi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi hisoblanadi.
3. Hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi (J. Qoʻchqorov) har oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha tahliliy maʼlumot kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (T. Ishmetov) har oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga 2025-yilda tijorat banklarining mahallalarda aholi bandligini taʼminlash va daromadli qilish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosiga oid faoliyatini tahlil qilib, natijalari yuzasidan tijorat banklari va hududlar kesimidagi tahliliy maʼlumotni kiritib borsin.
6. Kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar hamda maqsadli koʻrsatkichlar ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shaharlar Kengashlari huzurida Kambagʻallikni qisqartirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha komissiyalar tuzilsin.
7. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashi huzuridagi Kambagʻallikni qisqartirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha komissiya toʻgʻrisida namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi Kambagʻallikni qisqartirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha komissiyalarning namunaviy tarkibi 4-ilovaga muvofiq;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari huzuridagi Kambagʻallikni qisqartirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha komissiyalarning namunaviy tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlariga:
Kambagʻallikni qisqartirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha komissiya tashkil etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilish hamda uning faoliyatini namunaviy nizom asosida yoʻlga qoʻyish;
har oyda ushbu komissiya majlislarida kambagʻallik darajasini qisqartirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar ijrosini taʼminlash borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarning muhokama qilib borilishini, shuningdek, mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlarining mazkur yoʻnalishdagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlari eshitilishini taʼminlash;
hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini oʻtkazish;
kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi ishlar samaradorligi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda ushbu tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lar hokimliklari:
uch kun muddatda 2024-2025-yillarda oilalarni kambagʻallikdan chiqarishning yoʻnalishlar va hududlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlarini;
har oy yakunida keyingi oyning 10-sanasiga qadar kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va maqsadli koʻrsatkichlar ijrosi haqidagi tahliliy maʼlumotni xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga taqdim etsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga kambagʻallikni qisqartirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha komissiyalarning samarali faoliyat yuritishi uchun koʻmaklashsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Axborot xizmati Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan parlament nazorati tadbirlarining ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlasin.
12. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
13. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 29-noyabr,
KQ-6-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi ishlar holatini oʻrganish boʻyicha
ISHCHI GURUHI TARKIBI
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli qaroriga 2-ILOVA
Hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlar nomiIjro muddatiAxborot beruvchilarMasʼul ijrochilar1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor majlislarida belgilangan kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirishga doir ustuvor vazifalar hamda hududlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishi ustidan taʼsirchan deputatlik nazoratini oʻrnatib, natijalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida muhokama qilish.Har chorak yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasiga qadarAsosiy axborot beruvchilar — dastur ijrosiga masʼul hududiy ijro organlari rahbarlariQoʻshimcha axborot beruvchilar — eng ogʻir ahvoldagi 1 000 ta mahallaga biriktirilgan respublika darajasidagi davlat organlari rahbarlariOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari2.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanining tajribasi taqdimotini oʻtkazish.2024-yil dekabrAsosiy axborot beruvchilar — Samarqand viloyati hokimligi va sektor rahbarlariQoʻshimcha axborot beruvchilar — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasiOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi3.Fargʻona viloyatida aholi turmush sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash dasturlarining ijrosi samaradorligini oʻrganish va natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining sayyor majlisida muhokama qilish.2025-yil yanvarAxborot beruvchilar — Fargʻona viloyati hokimligi,hududiy ijro organlari rahbarlariQoʻshimcha axborot beruvchilar — dasturlar ijrosiga masʼul respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ishchi guruhi4.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil uchun moʻljallangan ish rejasiga muvofiq hududlarda oʻtkaziladigan parlament nazorati tadbirlari doirasida “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi, xususan, 2025-yilda aholini kambagʻallikdan chiqarishning yoʻnalishlar va hududlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlari bajarilishini oʻrganish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida muhokama qilish.Ish rejaga muvofiqAxborot beruvchilar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariQoʻshimcha axborot beruvchilar — dasturlar ijrosiga masʼul respublika darajasidagi davlat organlari rahbarlariOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ishchi guruhi5.Hududlarda barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish, tadbirkorlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatish, “drayver” loyihalarni amalga oshirish, yer maydonlarini kambagʻal oilalarga ijaraga berish, tadbirkorlikka jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish.2025-yil yanvarAsosiy axborot beruvchilar — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiQoʻshimcha axborot beruvchilar — Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi,Soliq qoʻmitasi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,tijorat banklari,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar hamda Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitalari2025-yil avgust6.Tasdiqlangan dasturlar doirasida fuqarolarning sifatli taʼlim olish, davlat va xorijiy tillarni hamda kasb-hunar oʻrganish imkoniyatlarini kengaytirish, maktabgacha taʼlim bilan qamrovni oshirish, xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan shaxslar va kambagʻal oilalar farzandlarining oliy maʼlumot olishiga koʻmaklashish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining qoʻshma majlislarida muhokama qilish.2025-yil fevralAsosiy axborot beruvchilar — Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklariQoʻshimcha axborot beruvchilar — Sport vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Adliya vazirligi,“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari hamda Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitalari2025-yil sentabr7.Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining “Hududlarda kambagʻal oilalar aʼzolarining kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanishi, tibbiy koʻrikdan oʻtishi hamda oʻz sogʻligʻi uchun ijtimoiy masʼuliyatini oshirishiga koʻmaklashish yuzasidan koʻrilayotgan manzilli chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish. 2025-yil martAsosiy axborot beruvchilar — Sogʻliqni saqlash vazirligiQoʻshimcha axborot beruvchilar — Ijtimoiy himoya milliy agentligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Sport vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari hamda Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitalari2025-yil oktabr8.Kambagʻal oilalarning ijtimoiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini roʻyobga chiqarish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash choralarini amalga oshirishga qaratilgan ishlar holatini oʻrganish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining qoʻshma majlislarida muhokama qilish.2025-yil aprelAsosiy axborot beruvchilar — Ijtimoiy himoya milliy agentligiQoʻshimcha axborot beruvchilar — Sogʻliqni saqlash vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar hamda Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitalari2025-yil noyabr9.Hududlarni jadal kompleks rivojlantirish, xususan, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash, tuman markazi bilan transport jihatidan bogʻlanganligini yaxshilash, ichki yoʻllarni taʼmirlash va tomorqalarni sugʻorish suvi bilan taʼminlash imkoniyatini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining qoʻshma majlislarida muhokama qilish.2025-yil mayAsosiy axborot beruvchilar — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiQoʻshimcha axborot beruvchilar — Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Energetika vazirligi,Transport vazirligi,Suv xoʻjaligi vazirligi,Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari hamda Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitalari2025-yil dekabr10.Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, mahallalarda aholini muntazam internet bilan taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining qoʻshma majlislarida muhokama qilish.2025-yil iyunAsosiy axborot beruvchilar — Raqamli texnologiyalar vazirligiQoʻshimcha axborot beruvchilar — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Yoshlar ishlar agentligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi2026-yil fevral11.Aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha banklar oldidagi ustuvor vazifalarning bajarilishi yuzasidan Davlat banklari rahbarlarining axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari majlislarida eshitish.Bunda quyidagi masalalar qamrab olinadi: 2025-yilda 3,6 mln aholi bandligini taʼminlash; sharoiti ogʻir 71 ta tumanda kambagʻallik va ishsizlikni keskin kamaytirish; 60 ta ilgʻor tuman va shaharlarda aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash va kambagʻallikdan chiqarish;“Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “Gʻijduvon” tajribalari asosida aholi bandligini taʼminlash daromadlarini oshirish;“Zarbdor” va “Gʻijduvon” tajribalari boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarni zarur infratuzilma bilan taʼminlash;30 ta tumanda baliqchilik, quyonchilik, chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik yoʻnalishlarida aholi xonadonlari bilan kooperatsiya asosida yangi loyihalarni amalga oshirish; “mahalla bankirlari” faoliyatini samarali tashkil qilish; oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olib, oʻz vaqtida qaytargan mijozlarni kichik va oʻrta biznes darajasiga olib chiqish; tashqi manbalardan mablagʻlar jalb qilish; startap loyihalarni moliyalashtirish; “Moliyaviy ommaboplik” dasturini kengaytirish mikromoliya va faktoring kompaniyalari tashkil etish; jami kreditlar hajmida kichik va oʻrta biznesga ajratiladigan kreditlar ulushini 40 foizga yetkazish; banklardagi aholi omonatlari qoldigʻini oshirish;davlat banklari tomonidan bank balansiga olingan mol-mulklarni sogʻlomlashtirish orqali salohiyatli investorlarga sotish; kreditlar boʻyicha shakllangan muammoli qarzdorliklarni undirish; tuman va shaharlarda loyihalar yarmarkasini oʻtkazish; tumanlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, xorijdan malakali agronom, zootexnik, texnolog, muhandis va boshqa talab yuqori boʻlgan soha mutaxassislarini jalb qilish;2025-yil aprel2025-yil avgust2025-yil noyabr2026-yil fevralAsosiy axborot beruvchi — Markaziy bankQoʻshimcha axborot beruvchilar — tijorat banklari(Milliy bank, Agrobank, Xalq banki, Sanoatqurilishbank, Mikrokreditbank, Biznesni rivojlantirish banki, Asaka bank, Turon bank va Aloqa bank),Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,Bosh prokuratura,Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar hamda Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitalari12. 2025-yilda qishloq xoʻjaligida 1,1 mln hamda qurilish va investitsiya loyihalarida 300 ming aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining qoʻshma majlislarida eshitish.2025-yil aprel2025-yil avgust2025-yil oktabr2026-yil fevralAsosiy axborot beruvchilar — Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiQoʻshimcha axborot beruvchilar — Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Adliya vazirligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Markaziy bank,Bosh prokuratura,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligimasalalari va ekologiya hamda Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitalari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashi huzuridagi Kambagʻallikni qisqartirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha komissiya toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashi huzuridagi Kambagʻallikni qisqartirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya)ning asosiy maqsadi, vazifalari, huquqlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Komissiya mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalari hamda boshqa idora va tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — mahalliy ijro organlari) tomonidan kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish sohasida belgilangan vazifalar va maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishi yuzasidan deputatlik nazoratining samaradorligi va natijadorligini oshirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashi (keyingi oʻrinlarda — mahalliy Kengash) huzurida tashkil etiladi.
3. Komissiya kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirishga oid mahalliy ijro organlariga yuklatilgan vazifalar bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini olib borishda mahalliy Kengashga koʻmaklashuvchi organ hisoblanadi.
4. Komissiya mahalliy Kengash deputatlari, davlat organlari, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda 2026-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatga tuziladi.
5. Komissiyani tashkil etish, tugatish va tarkibini tasdiqlash mahalliy Kengash qarori bilan amalga oshiriladi.
6. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, tegishli mahalliy Kengash qarorlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
2-bob. Komissiyaning asosiy maqsadi va vazifalari
7. Komissiyaning asosiy maqsadi kambagʻallikni qisqartirish, ehtiyojmand aholiga ijtimoiy yordam va xizmatlar koʻrsatish, aholi bandligini taʼminlash yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirishda mahalliy Kengashga koʻmaklashishdan iborat.
8. Komissiyaning vazifasi kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish boʻyicha belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning mahalliy ijro organlari tomonidan bajarilishini oʻrganish, tahlil etish, muhokama qilish, mahalliy Kengash sessiyasi muhokamasiga olib chiqish boʻyicha takliflar kiritishdan iborat:
aholini kambagʻallikdan chiqarish yoʻnalishlari (barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish, taʼlim olish va kasb-hunar oʻrganish, kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, yashash sharoitlarini yaxshilash, davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, davlat organlari xodimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish) boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar ijrosini taʼminlash;
hududning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, sanoat, qishloq xoʻjaligi hamda xizmat koʻrsatish sohalarida tadbirkorlikning rivojlanishiga turtki beruvchi “drayver” loyihalarga zarur infratuzilmani yaratish;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Biznesga birinchi qadam” dasturlari hamda mikromoliya tashkilotlari orqali kreditlar ajratish;
“yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi dasturlarni amalga oshirish;
ogʻir ahvoldagi oilalarni kambagʻallikdan chiqarish maqsadida hududdagi tashkilotlar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlariga eng ogʻir ahvoldagi kambagʻal oilalarni biriktirish orqali ushbu oilalarni kambagʻallikdan chiqarish.
Komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
9. Komissiya oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hududda kambagʻallikni qisqartirish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan hududiy ijro organlaridan komissiyaning vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
hududiy ijro organlari tomonidan kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish sohasida olib borilayotgan ishlar holati va natijadorligini bevosita joylarga chiqib oʻrganish;
bevosita joylarga chiqqan holda amalga oshiriladigan oʻrganish, nazorat-tahlil tadbirlariga mutasaddi idora va tashkilotlar malakali mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish;
“Kambagʻal oilalar uchun yettita imkoniyat va masʼuliyat” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli idora va tashkilotlar rahbarlarining axborotlarini eshitish hamda muhokama qilish;
aholini kambagʻallikdan chiqarishning yoʻnalishlar va hududlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlar ijrosiga doir masalalarni mahalliy Kengashning tegishli doimiy komissiyasi majlislari, mahalliy Kengash sessiyalari muhokamasiga kiritish boʻyicha takliflar berish;
joriy amaliyotdan kelib chiqqan holda kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda mahalliy Kengashga kiritish.
Komissiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
10. Komissiya oʻz vakolatlarini davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxona, tashkilot va muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi
11. Mahalliy Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi bir vaqtning oʻzida Kambagʻallikni qisqartirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha komissiyaning ham raisi hisoblanadi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Komissiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Komissiyaga yuklatilgan vazifalar bajarilishi yuzasidan Komissiya aʼzolarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Komissiya majlisini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularda raislik qilish va ushbu majlis kun tartibini belgilash;
Komissiya faoliyatiga davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxona, tashkilot va muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy muassasalarning mutaxassislarini oʻrnatilgan tartibda jalb etish, uning majlislarida ishtirok etishga taklif qilish;
Komissiya qarorlari va boshqa hujjatlarini imzolash;
Komissiya qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
Komissiyaning samarali faoliyatini taʼminlashga oid boshqa vazifalarni bajarish.
12. Komissiya aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar. Ular:
Komissiya majlislarida koʻrib chiqiladigan kun tartibidagi masalalar boʻyicha muhokamada ishtirok etadilar va qarorlar qabul qilinishini taʼminlaydilar;
kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan dolzarb masalalar yuzasidan Komissiyaga takliflar kiritadilar;
Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlaydilar;
Komissiyaning majlis bayonlari, qarorlari va qoʻyilgan vazifalar ijrosi toʻgʻrisidagi axborotlarni Komissiya raisiga taqdim etadilar;
Komissiyaning samarali ish olib borishini taʼminlashga oid boshqa funksiyalarni bajaradilar.
13. Mahalliy Kengash kotibiyati bosh mutaxassislaridan biri Komissiyaning masʼul kotibi hisoblanadi.
14. Komissiyaning masʼul kotibi:
Komissiya faoliyatining tashkiliy-texnik taʼminotini amalga oshiradi;
ish rejasining loyihasini tayyorlaydi, uni Komissiya muhokamasiga kiritadi;
Komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi, uning ishi oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun zarur boʻlgan axborot va materiallarni aloqador mahalliy ijro organlaridan soʻraydi va oladi;
Komissiya majlisining kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Komissiyaning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uning qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;
Komissiya qarorlari, faoliyati sohasiga oid tasdiqlangan chora-tadbirlar rejalari ijrosi monitoringini olib boradi;
Komissiya aʼzolarining takliflari, shuningdek, mulohazalarini tizimlashtiradi;
Komissiya raisi bilan majlis oʻtkazish muddati va joyini, shuningdek, taklif etilganlar roʻyxatini kelishadi, Komissiya aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlis sanasi, vaqti va oʻtkaziladigan joyi haqida xabardor qiladi;
Komissiya majlisi bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalar nusxalarini Komissiya aʼzolari, aloqador mahalliy ijro organlariga yuborilishini taʼminlaydi;
Komissiya qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va natijalari yuzasidan axborotni Komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun Komissiya raisiga kiritadi;
Komissiyaning qarorlariga hamda Komissiya raisining qonuniy topshiriqlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.
15. Komissiya oʻz faoliyatini majlislar shaklida amalga oshiradi.
Komissiya majlislari Komissiyaning ish rejasiga muvofiq, biroq bir oyda kamida bir marta, shuningdek, Komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan shoshilinch masalalarni koʻrib chiqish zarurati yuzaga kelganda chaqiriladi.
Komissiya majlisi Komissiya aʼzolari umumiy sonining yarmidan koʻpi tashabbusiga koʻra ham chaqirilishi mumkin.
Komissiya aʼzosi Komissiya majlislarida ishtirok etishi shart.
Komissiyaning majlisi, agar unda Komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida yarmi hozir boʻlsa vakolatli hisoblanadi.
Komissiya majlisini Komissiya raisi, u boʻlmagan yoki oʻz vazifalarini bajara olmagan taqdirda Komissiya aʼzolaridan biri olib boradi.
Komissiya majlisi ochiq tarzda oʻtkaziladi.
Komissiya majlisida qarorlar unda ishtirok etayotgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Qarorlar majlis bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va majlisga raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
16. Komissiya majlislariga koʻrib chiqilayotgan masalalardan kelib chiqqan holda Komissiya tarkibiga kiritilmagan davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
17. Komissiya majlisi bayonnomasi bir hafta muddatda Komissiya aʼzolari, mahalliy ijro organlari va boshqa manfaatdor idora va tashkilotlarga yuboriladi.
18. Komissiya qarorlari bajarilishini monitoring qilish Komissiyaning masʼul kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
19. Har bir majlis yakunlari boʻyicha Komissiya amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida mahalliy Kengashga axborot taqdim etadi.
20. Komissiya qarorlari hududda joylashgan davlat organlari tomonidan koʻrib chiqilishi shart, natijalari yoki koʻrilgan choralar toʻgʻrisida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, uzogʻi bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi lozim.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Komissiya mahalliy Kengash oldida masʼul va unga hisobdor.
22. Ushbu Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish mahalliy Kengash qarori asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli qaroriga 4-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi Kambagʻallikni qisqartirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha muvaqqat komissiyalarning
NAMUNAVIY TARKIBI
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli qaroriga 5-ILOVA
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari huzuridagi Kambagʻallikni qisqartirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha komissiyalarning
NAMUNAVIY TARKIBI
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
