Suvni chuchuklantiruvchi qurilmalar, chuchuklantirilgan suvning tarkibi, xususiyatlari, suvni sovitish va qoldiq suvni utilizatsiya qilishga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0080-24-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida (23-son)
21.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 10-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 318]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Suvni chuchuklantiruvchi qurilmalar, chuchuklantirilgan suvning tarkibi, xususiyatlari, suvni sovitish va qoldiq suvni utilizatsiya qilishga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0080-24-son SanQvaN) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-noyabr,
23-son
Kelishildi:
Vazir oʻrinbosari I. QUTBIDDINOV
2024-yil 8-noyabr
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
2024-yil 30-oktabr
Vazir B. ISLAMOV
2024-yil 19-oktabr
Vazir Sh. XAMRAYEV
2024-yil 18-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 21-noyabrdagi 23-son qaroriga 1-ILOVA
Suvni chuchuklantiruvchi qurilmalar, chuchuklantirilgan suvning tarkibi, xususiyatlari, suvni sovitish va qoldiq suvni utilizatsiya qilishga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0080-24-son SanQvaN)
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) suvni chuchuklantiruvchi qurilmalar, chuchuklantirilgan suvning tarkibi, xususiyatlari, suvni sovitish va qoldiq suvni utilizatsiya qilishga oid sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
suvni chuchuklantirish — minerallangan va shoʻr suvlarni xoʻjalikda ishlatilish yoki ichimlik suv holiga keltirish jarayoni;
suvni chuchuklantiruvchi qurilmalar — minerallangan va shoʻr suvlarni xoʻjalikda ishlatilish yoki ichimlik suv holiga keltirish uchun qoʻllaniladigan kompleks uskunalar toʻplami;
qayta osmos usuli — bosim ostidagi suvni 0,0001 mikrongacha hajmdagi kichik ifloslantiruvchi moddalarni (suv tarkibidagi erigan ionlar, organik moddalar va mikroorganizmlar, bakteriya va viruslar) ushlab qoladigan yarim oʻtkazuvchan membranadan oʻtkazish orqali chuchuklantirish jarayoni;
elektrodializ usuli — suvni chuchuklantirish uchun elektr toki taʼsirida suvdagi ionlarni parchalash jarayoni;
bugʻlantirish (distillyatsiya) usuli — suvni bugʻlash, bugʻlarni sovitish va kondensatsiya qilish jarayoni;
ion almashinuvi usuli — suvni chuchuklantirish jarayonida suvdan keraksiz ionlar, suvning qattiqligi, ishqoriyligi va shoʻrlanishi ortishiga olib keladigan moddalar ajralib chiqadigan va ekvivalent miqdorda zararsiz ionlar bilan almashadigan jarayon.
2. Suvni chuchuklantirish usullarining samaradorligini qiyosiy baholash mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
3. Chuchuklantirilgan suv muallaq va organik moddalardan tozalanishi, zararsizlantirilishi, shuningdek uning koʻrsatkichlari OʻzMSt 133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
2-bob. Qayta osmos usuli boʻyicha suvni chuchuklantiruvchi qurilmalarning samaradorligi hamda suvning tarkibi va xususiyatlariga doir sanitariya-gigiyena talablari
4. Qayta osmos usuli boʻyicha suvni chuchuklantiruvchi qurilmalardan foydalanganda suvni sifatini yaxshilash uchun moʻljallangan filtrlar qurilma yoʻriqnomasiga muvofiq davriy yuvilishi va almashtirilishi lozim.
5. Qayta osmos usuli boʻyicha suvni chuchuklantiruvchi qurilmalardan foydalanganda membranalarning ushlab qolish qobiliyati 90 foizdan kam boʻlmasligi kerak.
6. Qayta osmos usuli boʻyicha suv chuchuklantirilganda suvning tarkibi va xususiyatlari quyidagicha boʻlishi lozim:
mineralizatsiyaning eng kichik zaruriy darajasi 100 mg/l;
xlorid-sulfatli suvlar uchun optimal darajasi 200 — 400 mg/l;
gidrokarbonat suvlar uchun optimal darajasi 250 — 500 mg/l;
suvning eng kichik zarur boʻlgan ishqoriyligi 0,5 mg/ekv/l;
suvning eng kichik yoʻl qoʻyiladigan qattiqligi 1,5 mg/ekv/l;
kalsiyning eng kichik zaruriy darajasi 30 mg/l;
ftor miqdorining optimal darajasi 0,4 — 2,5 mg/l.
Qayta osmos usuli boʻyicha suv chuchuklantirilganda suvning tarkibi va xususiyatlari quyidagicha boʻlmasligi lozim:
suvning taʼmi va hidi 1 — 2 balldan yuqori;
1 ml suvdagi mikroblarning umumiy soni 100 dan ortiq;
koli-indeksi 3 dan ortiq.
7. Qayta osmos usuli boʻyicha suvni chuchuklantiruvchi qurilmalardan foydalanib, suvni chuchuklantirishda suv oldindan tozalanishi va zararsizlantirilishi, bunda suvning vodorod koʻrsatkichi rN 5-6 boʻlgan hollarda esa suv nordonlashtirilishi kerak.
8. Suv tarkibida yuza faol moddalar va neft mahsulotlari sezilarli miqdorda saqlansa, shuningdek dastlabki suvning koli-indeksi 1000 dan yuqori boʻlsa, chuchuklantiriladigan suv tarkibidagi patogen enterobakteriyalarni bevosita aniqlash hamda dastlabki suvni ham zararsizlantirish lozim.
9. Qayta osmos usuli boʻyicha suvni chuchuklantiruvchi qurilmalarning ish samaradorligi, chuchuklantirilgan suvning kimyoviy tarkibi mazkur sanitariya qoidalarining 2-ilovasiga muvofiq boʻlishi kerak.
3-bob. Elektrodializ usuli boʻyicha suvni chuchuklantiruvchi qurilmalarning samaradorligi hamda suvning tarkibi va xususiyatlariga doir sanitariya-gigiyena talablari
10. Elektrodializ usuli boʻyicha suvni chuchuklantiruvchi qurilmalar samaradorligi suv tarkibidagi bakteriyalar va viruslarni yoʻqotishi bilan baholanishi lozim.
11. Elektrodializ usuli boʻyicha suv chuchuklantirilganda suvning tarkibi va xususiyatlari quyidagicha boʻlishi lozim:
mineralizatsiyaning eng kichik zaruriy darajasi 100 mg/l;
xlorid-sulfatli suvlar uchun optimal darajasi 200 — 400 mg/l;
gidrokarbonat suvlar uchun optimal darajasi 250 — 500 mg/l;
suvning eng kichik zarur boʻlgan ishqoriyligi 0,5 mg/ekv/l;
suvning eng kichik yoʻl qoʻyiladigan qattiqligi 1,5 mg/ekv/l;
kalsiyning eng kichik zaruriy darajasi 30 mg/l;
ftor miqdorini optimal darajasi 0,4 — 2,5 mg/l.
Elektrodializ usuli boʻyicha suv chuchuklantirilganda suvning tarkibi va xususiyatlari quyidagicha boʻlmasligi lozim:
suvning taʼmi va hidi 1-2 balldan yuqori;
1 ml suvdagi mikroblarning umumiy soni 100 dan ortiq;
koli-indeks 3 dan ortiq.
12. Elektrodializ usuli boʻyicha suvni chuchuklantiruvchi qurilmalarning ish samaradorligi, chuchuklantirilgan suvning kimyoviy tarkibi mazkur sanitariya qoidalarining 3-ilovasiga muvofiq boʻlishi zarur.
4-bob. Bugʻlantirish (distillyatsiya) usuli boʻyicha suvni chuchuklantiruvchi qurilmalarning samaradorligi hamda suvning tarkibi va xususiyatlariga doir sanitariya-gigiyena talablari
13. Bugʻlantirish (distillyatsiya) usuli boʻyicha suv chuchuklantirilganda suvning tarkibi va xususiyatlari quyidagicha boʻlishi lozim:
mineralizatsiyaning eng kichik zaruriy darajasi 100 mg/l;
xlorid-sulfatli suvlar uchun optimal darajasi 200 — 400 mg/l;
gidrokarbonat suvlar uchun optimal darajasi 250 — 500 mg/l;
suvning eng kichik zarur boʻlgan ishqoriyligi 0,5 mg/ekv/l;
suvning eng kichik yoʻl qoʻyiladigan qattiqligi 1,5 mg/ekv/l;
kalsiyning eng kichik zaruriy darajasi 30 mg/l;
ftor miqdorini optimal darajasi 0,4 — 2,5 mg/l.
Bugʻlantirish (distillyatsiya) usuli boʻyicha suv chuchuklantirilganda suvning tarkibi va xususiyatlari quyidagicha boʻlmasligi lozim:
suvning taʼmi va hidi 1-2 balldan yuqori;
1 ml suvdagi mikroblarning umumiy soni 100 dan koʻp;
koli-indeks 3 dan ortiq.
14. Bugʻlantirish (distillyatsiya) usulida chuchuklantirilgan suvning kimyoviy tarkibi mazkur sanitariya qoidalarining 4-ilovasiga muvofiq boʻlishi kerak.
15. Bugʻlantirish (distillyatsiya) usuli orqali dastlabki suvni qoʻshish va faollashtirilgan koʻmir orqali filtrlashdan iborat qayta ishlov berishda suvning kimyoviy tarkibi va organoleptik koʻrsatkichlari mazkur sanitariya qoidalarining 5-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
5-bob. Ion almashinuvi usuli boʻyicha suvni chuchuklantiruvchi qurilmalarning samaradorligi hamda suvning tarkibi va xususiyatlariga doir sanitariya-gigiyena talablari
16. Ion almashinuvi usuli boʻyicha suvdagi bikarbonatlar miqdorini 3 — 3,5 dan 7 mg/ekv/l gacha oshirish uchun suvni marmar donachalari orqali filtrlanishi, bunda suvning marmar donachalari bilan filtrlanish vaqti 15 — 20 minni tashkil etishi lozim.
17. Suvdan noxush hidning yoʻqolishi va suv taʼmining oʻzgarmasligi uchun karbonat qattiqlikning dastlabki konsentratsiyasi 2-3 mg-ekv/l, kalsiy ionlari ekvivalenti 130 — 180 mg/l boʻlishi lozim.
18. Ion almashinuvi usuli boʻyicha suv chuchuklantirilganda suvning tarkibi va xususiyatlari quyidagicha boʻlishi lozim:
mineralizatsiyaning eng kichik zaruriy darajasi 100mg/l;
xlorid-sulfatli suvlar uchun optimal darajasi 200 — 400 mg/l;
gidrokarbonat suvlar uchun optimal darajasi 250 — 500 mg/l;
suvning eng kichik zarur boʻlgan ishqoriyligi 0,5 mg/ekv/l;
suvning eng kichik yoʻl qoʻyiladigan qattiqligi 1,5 mg/ekv/l;
kalsiyning eng kichik zaruriy darajasi 30 mg/l;
ftor miqdorining optimal darajasi 0,4 — 2,5 mg/l.
Ion almashinuvi usuli boʻyicha suv chuchuklantirilganda suvning tarkibi va xususiyatlari quyidagicha boʻlmasligi lozim:
suvning taʼmi va hidi 1-2 balldan yuqori;
1 ml suvdagi mikroblarning umumiy soni 100 dan koʻp;
koli-indeks 3 dan ortiq.
6-bob. Chuchuklantirilgan suvni sovitishga doir sanitariya-gigiyena talablari
19. Chuchuklantirilgan suvni sovitish suvning organoleptik xususiyatlari va kimyoviy tarkibini inobatga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
20. Chuchuklantirilgan suv uning organoleptik xususiyatlarini yomonlashtiruvchi yot moddalardan (suv tarkibidagi erigan ionlar, organik moddalar va mikroorganizmlar, bakteriya va viruslar) holi boʻlishi, bunda suv tindirgich (bak), granula tarkibli qumdan iborat boʻlgan ikkita filtr va faollashtirilgan koʻmir filtridan oʻtkazilishi lozim.
21. Chuchuklantirilgan suvni sovitishda zarur hollarda suvning mineral tarkibini yaxshilash uchun suvning dastlabki (chuchuklantirishdan oldingi) minerallashgan holatiga yetadigan darajada minerallar qoʻshish kerak.
7-bob. Chuchuklantirishdan keyingi qoldiq suvlarni utilizatsiya qilishga doir sanitariya-gigiyena talablari
22. Suvni chuchuklantirgandan soʻng atrof-muhitga zarar yetishining oldini olish maqsadida qoldiq suvlar utilizatsiya qilinishi lozim.
23. Elektrodializ usuli boʻyicha suvni chuchuklantirishdan keyingi qoldiq suv kislotali (rN 3,0 — 3,6) muhitga ega boʻlganligi sababli uni utilizatsiya qilishdan oldin neytrallashtirish kerak.
24. Chuchuklantirishdan keyingi qoldiq suvdan ikki quvurli suv taʼminotida texnik suv sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
25. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati ushbu sanitariya qoidalarining 6-ilovasida keltirilgan.
Suvni chuchuklantiruvchi qurilmalar, chuchuklantirilgan suvning tarkibi, xususiyatlari, suvni sovitish va qoldiq suvni utilizatsiya qilishga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0080-24-son SanQvaN) 1-ILOVA
Suvni chuchuklantirish usullarining samaradorligini qiyosiy baholash
Suvni chuchuklantiruvchi qurilmalar, chuchuklantirilgan suvning tarkibi, xususiyatlari, suvni sovitish va qoldiq suvni utilizatsiya qilishga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0080-24-son SanQvaN) 2-ILOVA
Qayta osmos usuli boʻyicha suvni chuchuklantiruvchi qurilmalarning ish samaradorligi, chuchuklantirilgan suvning kimyoviy tarkibi
Suvni chuchuklantiruvchi qurilmalar, chuchuklantirilgan suvning tarkibi, xususiyatlari, suvni sovitish va qoldiq suvni utilizatsiya qilishga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0080-24-son SanQvaN) 3-ILOVA
Elektrodializ usuli boʻyicha suvni chuchuklantiruvchi qurilmalarning ish samaradorligi, chuchuklantirilgan suvning kimyoviy tarkibi
Suvni chuchuklantiruvchi qurilmalar, chuchuklantirilgan suvning tarkibi, xususiyatlari, suvni sovitish va qoldiq suvni utilizatsiya qilishga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0080-24-son SanQvaN) 4-ILOVA
Bugʻlantirish (distillyatsiya) usulida chuchuklantirilgan suvning kimyoviy tarkibi
Izoh:
* dengiz suvi, zavod qurilmasining turi: elektr isitiluvchi;
** quyosh nurida ishlovchi chuchuklantiruvchi qurilma.
Suvni chuchuklantiruvchi qurilmalar, chuchuklantirilgan suvning tarkibi, xususiyatlari, suvni sovitish va qoldiq suvni utilizatsiya qilishga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0080-24-son SanQvaN) 5-ILOVA
Bugʻlantirish (distillyatsiya) usuli orqali dastlabki suvni qoʻshish va faollashtirilgan koʻmir orqali filtrlashdan iborat qayta ishlov berishda suvning kimyoviy tarkibi va organoleptik koʻrsatkichlari
Suvni chuchuklantiruvchi qurilmalar, chuchuklantirilgan suvning tarkibi, xususiyatlari, suvni sovitish va qoldiq suvni utilizatsiya qilishga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0080-24-son SanQvaN) 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 21-noyabrdagi 23-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2004-yil 9-iyunda tasdiqlangan “Oʻzbekiston sharoitida elektrodializli chuchuklashtiruvchi qurilmalarni samaradorligini baholash va ularning ishlatilishini nazorat qilish” 0155-04-son SanQvaM.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2004-yil 9-iyunda tasdiqlangan “Oʻzbekiston sharoitida qayta osmos prinsipi boʻyicha ishlovchi chuchuklashtiruvchi qurilmalarni samaradorligini baholash va ularning ishlatilishini nazorat qilish sanitariya qoidalari va normalari” 0156-04-son SanQvaM.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2004-yil 25-oktabrda tasdiqlangan “Oʻzbekiston sharoitida distillyatsion chuchuklashtiruvchi qurilmalarni samaradorligini baholash va ularning ishlatilishini nazorat qilish sanitariya qoidalari va normalari” 0169-04-son SanQvaM.
